Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZDAGI AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA EHTIYOT QISMLARGA BO’LGAN EHTIYOJ HAJMINI XISOBLASH METODIKASINI ISHLAB CHIQISH'

RESPUBLIKAMIZDAGI AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA EHTIYOT QISMLARGA BO’LGAN EHTIYOJ HAJMINI XISOBLASH METODIKASINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
200
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil / avtoservis korxonasi / dillerlik punktlari / ehtiyot qismlar / аvtоmоbil kоnstruktsiyasi / dеtаl / uzеl vа аgrеgаtlаr / avtomobil sanoati / texnik ximat ko’rsatish va ta’mirlash.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Akmal Baxtiyor O’G’Li Norqo’Ziyev, Ravshanbek Abdug’Aniyevich Djumabayev, Jamshid Baxriddin Ogli Islomov

Mazkur maqola, O‘zbekistonda Avtoservis korxonalarining rivojlanish holati, mavjud muammolar va uning istiqboli yuzasidan olib borilgan tadqiqotga bag’ishlangan. O’zbekistonda Avtoservis korxonalarini ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta’minlash va ehtiyot qismlarga bo`lgan ehtiyoj, milliy iqtisodiyotda transport tizimining tutgan o‘rnini belgilash, mavjud muammolarni tizimlashtirish va rivojlanish istiqbollari bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZDAGI AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA EHTIYOT QISMLARGA BO’LGAN EHTIYOJ HAJMINI XISOBLASH METODIKASINI ISHLAB CHIQISH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

RESPUBLIKAMIZDAGI AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA EHTIYOT QISMLARGA BO'LGAN EHTIYOJ HAJMINI XISOBLASH METODIKASINIISHLAB CHIQISH

Akmal Baxtiyor o'g'li Norqo'ziyev

Jizzax politexnika institute, assistent E-mail: akmalnorqoziev@gmail.com

Ravshanbek Abdug'aniyevich Djumabayev

Jizzax politexnika instituti,tyutor E-mail : ravshanbekdj umabay e v8 @gmail. com

Jamshid Baxriddin o'g'li Islomov

Jizzax politexnika instituti talabasi E-mail: j amshidislamov394@gmail. com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola, O'zbekistonda Avtoservis korxonalarining rivojlanish holati, mavjud muammolar va uning istiqboli yuzasidan olib borilgan tadqiqotga bag'ishlangan. O'zbekistonda Avtoservis korxonalarini ehtiyot qismlar va materiallar bilan ta'minlash va ehtiyot qismlarga boTgan ehtiyoj, milliy iqtisodiyotda transport tizimining tutgan o'rnini belgilash, mavjud muammolarni tizimlashtirish va rivojlanish istiqbollari bo'yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Kalit so'zlar: avtomobil, avtoservis korxonasi,dillerlik punktlari, ehtiyot qismlar, avtomobil konstruktsiyasi, detal , uzel va agregatlar, avtomobil sanoati, texnik ximat ko'rsatish va ta'mirlash.

ABSTRACT

This article is a study of the development of the Auto Service in Uzbekistan, the current challenges and prospects. The supply of spare parts and materials for the Auto Service Company in Uzbekistan is primarily based on the role of the transport system in the national economy, systematization of existing problems, and the development of scientifically sound proposals for development prospects.

Keywords: automobile, auto service, dealer offices, spare parts, car design, details, nodes and aggregates, automotive industry, maintenance and repair.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

KIRISH

Respublikamizda avtomobilsozlik sanoati jadal rivojlantirish bosqichidan o'tmoqda.Hozirgi bozor iqtisodiyotga o'tish davrida avtoservis korxonaiarini ehtiyot qismlar bilan ta'minlanish yangi istiqbolli va samarali usul topish zaruriyatini talab qilmoqda. Chunki avvalgi mavjud bo'lgan ehtiyot qismlar bilan Avtoservis korxonalarni (ATXKS) ta'minlash tizimi izdan chiqib, xozirgi kunlarda dillerlik punktlari, avtoservislar, ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi do'konlarning ta'minlanishi talab darajasida emas. ATXKSlarni markazlashtirilgan usul bilan ehtiyot qismlarni taqsimlash orqali sobiq ittifoq respublikalari bo'ylab tarqatish tizimi to'xtatilgan.

Avtoservis korxonalari, dillerlik punklari va extityot qismlar bilan savdo qiluvchi do'konlarning ta'minlanishi yomon axvolda ekanligining bir qator sabablari bor. Bularning asosiylaridan biri ehtiyot qismlarining qaysi turi qanday miqdorda zarur ekanligi xaqidagi ma'lumotlarning yo'qligi, bor bo'lgan kichik ma'lumotlarning esa markazlashtirilgan xolda taxlil etilmayotganligi, ularning kompyuterlashtirilgan hisoblash tizimi (EХM) orqali o'rganilmaganligidir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonalar, yetakchi avtomobil kompaniyalari tajribasini o'rganish shuni ko'rsatadiki, avtoservis korxonalarini ehtiyot qismlar bilan ta'minlashni muntazam yo'lga qo'yish mumkin. Buning uchun avtoservis korxonalarini ehtiyot qismlar bilan ta'minlashni boshqarish va zarur bo'lgan ehtiyot qismlar miqdorini taxlil etish va rejalashtirish tizimini tashkil etish zarur.

Bunday tizimni amalga oshirish uchun Respublika ekspluatatsiya sharoitidan kelib chiqqan xolda avtomobillarning ekspluatatsion ishonchlilik sifatini o'rganish asosida ishdan chiqayotgan detai , uzel va agregatlar xaqida axborotlar yig'ilib, ularning markazlashtirish, EХM yordamida o'rganish va taxlil etish, rejalashtirish asoslarini o'rnatish zarur.

Yetakchi avtomobil kontsernlari, bir qator olimlarning olib borgan tajribalarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, ekpluatatsiyadan olingan statistik ma'lumotlarga asosan barcha ehtiyot qismlarni 3 ta A, V va S yoki X, U va Z guruxlariga bo'lish qabul qilingan. Birinchi usulda guruxlarga bo'lish ehtiyot qismlarni sotilish ko'rsatkichi bo'yicha amalga oshiriladi.

A guruhi — qiymati bo'yicha hamma sotilayotgan ehtiyot qismlarning 70-80

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

% tashkil etuvchi, lekin umumiy ehtiyot qismlar miqdorining oz qismini tashkil etgan detallar.

V guruhi — sotish hajmini 10-20 % tashkil etib, ehtiyot qismlar nomenklaturasining 30% miqdoridan ozroq qismini tashkil etgan detallar.

S guruhi — mahsulot aylanishida 5-10 % tashkil etib va ehtiyot qismlar nomenklaturasining asosiy qismini tashkil etuvchi detallar (1-jadval).

Ehtiyot qismlarni ikkinchi usulda guruxlash detal zaxirasining narxiga qarab olib boriladi, masalan: qandaydir ehtiyot qismlar narxi avtomobil narxining 2% dan ortiq bo'lsa — X guruhiga, 0.1-2% oraligida bo'lsa — U guruhiga va narxi 0.1% dan arzon bo'lsa — Z guruhiga kiritiladi (2-jadval). Ikkala usuldan biri tanlab olinib ehtiyot qismlarni foiziy nisbati bo'yicha omborxonani ta'minlash maqsadga muvofikdir.

1-jadval

Ehtiyot qismlarni solishtirma hajm bo'yicha egallagan miqdoriga ko'ra guruhlanishi

Sotilish darajasi Detal nomlari Bir nomdagi Mahsulotning

bo'yicha guruh (%) mahsulot sotilish aylanish foizi

qiymati (%)

(mln so'm)

A 12 50 ortiq 82

V 19 10 ortiq 14

S 69 10 gacha 4

100 100

2-jadval

Ehtiyot qismlar zaxira hajmini qismlari bo'yicha guruhlash

Zaxira darajasi Detal nomlari Bir nomdagi Zaxira foizi

bo'yicha guruh (%) ehtiyot qismlar (%)

uchun zaxira

qiymati ( %)

X 9 2 ortiq 60

U 19 0,1 ortiq 26

Z 72 0,1 gacha 14

100 100

Bir qator yetakchi avtotransport kompaniyalari ya'ni, "Ford", "Fiat", "Volkswagen", "International Harvester" korporatsiyalarida qo'llanilayotgan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

"Speed", "Komputair" va xokazo ehtiyot qismlar bilan ta'minlash tizimlarini o'rganib chiqqan xolda, xamda O'zbekiston Respublikasida avtomobillardan foydalanish sharoitidan kelib chiqib, quyidagi ehtiyot qismlar bilan ta'minlash tizimini taklif etamiz.

Bu tizimda ehtiyot qismlar bilan ta'minlashning o'ziga xos xususiyatlari keltirilgan. Ya'ni avtomobillarga xizmat ko'rsatuvchi dillerlik punkti omborxonasida A va V (X va U) gurux ehtiyot qismlarini bir xaftalik zaxirasi saqlanadi, ya'ni A gurux ehtiyot qism 85-90 % ni, V gurux ehtiyot qismlar esa 10-15% ni tashkil etadi. Tuman omborlarida esa barcha A,V va S (X, U va Z) gurux ehtiyot qismni bir-bir yarim oylik zaxirasi saqlanadi va mos ravishda 60-80% , 14-26% va 4-14 % ni tashkil qiladi. Ehtiyot qismlar markaziy omborida barcha gurux ehtiyot qismlarini 3 oylik zaxirasi saqlanadi. Bu tizimda ehtiyot qismlar bilan ta'minlashning uzluksiz jarayonini yaratish maqsadida va keraksiz yoki kam ishlatiladigan ehtiyot qismlar dillerlik punktlarida turib qolmasligi, ya'ni ortiqcha joy va mablag'ni ushlab turmasligining oldi olingan bo'ladi. Shuningdek, barcha tashkil tashkil etuvchilar yagona kompyuterlashtirilgan tizimga ulanishi ko'zda tutiladi.

Agar ehtiyot qismning dillerlik punktidagi meyoriy zaxirasi oz qolsa, uni EXM tizimi orqali "Bosh xisoblash markaziga" bu xaqida "Axborot yuboriladi" va bu ehtiyot qism tezkor talabga ko'ra 24 soatgacha yoki oddiy talabga ko'ra 3 kungacha muxlat bilan dillerdik punktiga yetkazilib beriladi.

Oddiy talabga ko'ra ehtiyot qism t a'minoti "Ehtiyot qismlar markaziy ombori" orqali va ba'zi bir ehtiyot qismlar tashish harajatlarini kamaytirish uchun ishlab chiqaruvchi korxona ombori orqali olib boriladi.

Respublikamiz xududida ishlab chiqarilmaydigan ehtiyot qismlar bilan ta'minot faqat "Ehtiyot qismlar markaziy ombori" orqali olib boriladi va bu omborga ehtiyot qismlar chet davl atlardagi korxonalardan "Bosh xisoblash markazi" talabiga binoan keltiriladi.

Bu tizimdagi "Bosh xisoblash markazi" avtomobil ishlab chiqaruvchi korxonada tashkil etiladi va ehtiyot qismlarga bo'lgan barcha talablar markazda yig'iladi, taxlil qilinadi. Buning natijasida, birinchidan, ishlab chiqarilgan avtomobillardan foydalanish jarayonida ishdan chiqish sabablarining son va sifat ko'rsatkichlari xaqida to'la ma'lumotga ega bo'linadi, xamda ularni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish uchun yetarli axborot va omillar yig'iladi. Ikkinchidan, avtomobillarga servis xizmati yuqori darajada va sifatli tashkil etish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida, UzDEU avtomobillariga bo'lgan ishonchni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

oshiradi.

Ehtiyot qismlar bilan ta'minlash tizimining sifatli va samarali ishlashi bir qator ko'rsatkichlar orqali aniqlanadi, ya'ni: etishmayotgan ehtiyot qismlar hajmi: birinchi martadayoq qondirilgan talabnomalar soni; reja asosidagi va rejadan tashqari talabnomalarni bajarish vaqti; bitta avtomobilga to'g'ri kelgan ehtiyot qismlar zaxirasining nisbiy hajmi; ishlatilmay turib qolgan ehtiyot qismlar miqdori bilan.

Ehtiyot qismlarning etishmasligi natij asida avtomobillarning turib qolish xollari ortadi. Xozirgi sharoitda bunday xollar natij asida ehtiyot qismni yo'qligi tufayli nosoz avt omobillardan foydalanish xollari bo'lib turadi.

Ehtiyot qismlar etishmasligi sababli ishchilarning mexnatidan samarali foyd alanilmaydi. Turib qolgan ehtiyot qismlarning bo'lishi esa ortiqcha tayyorlov va transport harajatlarini oshiradi. Ortiqcha mablag'ning harajatiga va aylanmay turib qolishiga olib keladi.

Aholining ehtiyot qismlarga va ashyolarga bo'lgan extiyojini qondirish uchun muntazam va maqsadga yo'naltirilgan ishlar olib boriladi, ya'ni aholining ehtiyot qismlarga bo'lgan talabi va extiyoji o'rganiladi. Buning uchun omborxonalardagi, baza va do'konlardagi kolgan ehtiyot qismlarning xisob-kitobi olib boriladi.

Ehtiyot qismlar va ashyolar bilan samarali ta'minlash ishlariga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatadi.

Ishlab chiqaruvchi zavod orqali ko'p ishlatiladigan detallar zaxirasi hajmini ishlab chiqarish:

ehtiyot qismlar ishlatilishining extimoliyligi;

avtomobil ishlab chiqaruvchi zavodlar markaziy omborxonalaridan foyd alanish;

taqsimlovchi respublika markaziy omborxonalarini tashkil etish va ular yordamida respublikaning turli viloyatlariga ehtiyot qismlarni barcha avtomobil modellari uchun tarqatish.

Istalgan vaqtda zarur bo'lgan ehtiyot qismlar hajmini ta'minlash uchun xisob-kitob ishlarini avtomatlashtirish va EXM yordamida olib borish zarur. Detallar sarfining me'yorini ko'p omillar xisobga oladi.

avtomobillar parkining texnik xolati va uning ortib borishi; avtomobil konstruktsiyasining yoki ishlab chiqarish texnologiyasining o'zgarishi;

ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi tarmoqlarning imkoniyatlari;

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

iste'molchining moddiy xolati;

ehtiyot qismlarga bo'lgan extiyoj hajmini aniqlash uchun ko'p ishlatiladigan detallarga ta'sir ko'rsatuvchi barcha omillarni avtomatik ravishda xisobga olib, ma'lum haqiqiy ishlatilgan ehtiyot qismlar xisoblash kompleksi ba'zi bir ekspluatatsion faktorlarning ta'sirini xisobga olgan xolda ehtiyot qismlar zaxirasi hajmini ma'lum davrga katta aniqlik bilan xisoblab beradi.

Respublikamizda Avtoservis korxonalarining bugungi kundagi extiyot qismlar va materiallar yetkazib berilishini ta'minlashdagi ahvolini tahlil qilib chiqadigan bo'lsak quyidagi muammolarni keltirib o'tishimiz mumkin:

-avtoservis korxonalarini ehtiyot qismlar bilan ta'minlashni boshqarish va zarur bo'lgan ehtiyot qismlar miqdorini tahlil etilmaganligi va rejalashtirish tizimini yo'qligi;

-avtosevis korxonalari, dillerlik punktlari ehtiyot qismlar bilan savdo qiluvchi do'konlariga markazlashtirilgan usul bilan tarqatish tizimi umuman tashkil qilinmagan, buning natijasida ehtiyot qismlarning ishonchliligi , sifati talab darajasida yetkazilmayapti;

-ehtiyot qismlarining qaysi turi qanday miqdorda zarur ekanligi xaqidagi ma'lumotlarning yo'qligi;

-ishlab chiqaruvchi zavod orqali ko'p ishlatiladigan detallar xajmini aniqlash tizimining yo'qligi;

-ba'zi turdagi avtomobil modellari uchun ehtiyot qismlarining yo'qligi va buyurtma qilinsa esa uning qimmatligi;

Mazkur xolatdan kelib chiqib, Respublikamizdagi Avtoservis korxonalarini (ATXKS) ehtiyot qismlar bilan ta'minlashning markazlashtirilgan xolda tahlil qilishni, ularning yagona kompyuterlashtirilgan tizimga ulanishi orqali faqat zarur bo'lgan ehtiyot qismlar yetkazib berishni ko'zda tutib o'tganman.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, avtoservis korxonalarini ehtiyot qismlar bilan ta'minlashni muntazam yo'lga qo'yish uchun, avtoservis korxonalarini ehtiyot qismlar bilan ta'minlashni boshqarish va zarur bo'lgan ehtiyot qismlar miqdorini tahlil etish varejalashtirish tizimini tashkil etish zarur.

REFERENCES

1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 iyuldagi "O'zbekiston

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ№4394-sonli qarori.

2.Islomov Sh. E., Norqo'ziev А. B. Respublikamizda avtomobilb servisning istiqboli . ME'MORCHILIK va QURILISH MUAMMOLARI (ilmiy-texnikjurnal). SAMARQAND 123 b.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3.Положение о техническом обслуживании и ремонте подвижного состава автомобильного транспорта. - М.: Транспорт, 2006. - 72 с.

4."MAMLAKATIMIZDA ZAMONAVIY AVTOMOBILLARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH UZLUKSIZLIGINI TA'MINLASHNING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNING SAMARADOR YECHIMLARI" Mavzusida Respublika ilmiy va ilmiy-amaliy Anjuman ma'ruzalar to'plami Norqo'ziyev Akmal Baxtiyor o'g'li (JizPI) - Avtosеrvislarning bajaradigan ishlari va quvvatiga qarab bo'linishi 153 b. FARG'ONA - 2021.

5.Islomov Sh. E. "Jizzax shahrida avtomobillarga servis xizmat ko'rsatish sifatini oshirish muammolari"; Iqtisodiyot tarmoqlari rivojlanishini ta'minlovchi fan, ta'lim hamda modernizatsiyalagan energiya va resurs tejamkor texnologiyalar, texnika vositalari: muammolar, yechimlar, istiqbollar. Respublika miqyosidagi ilmiy texnik anjuman. Jizzax: JizPI, 17-18 aprel 2015 y. 407- 409 b

6.Musajonov M. Z. Avtoservis korxonalarini loyihalash asoslari. Toshkent. Tamaddun nashriyoti 2017 yil

7.Akmal Baxtiyor O'G'Li Norqo'Ziyev, Bobur Baxtiyorovich Halilov, & Nurali Ilhom O'G'Li Bolqiboyev (2022). AVTOMOBILLARAGA EKSPLUATATSIYA SHAROITIDA TURG'UNLIGINI SAQLASHGA TA'SIR QILUVCH VA ULARNI TA'SIRINI KAMAYTIRISH CHORA-TADBIRLARINI KO'RISH. Academic research in educational sciences, 3 (4), 5-10. doi: 10.24412/2181-1385-2022-4-5-10

8.Norqo'Ziyev, Akmal Baxtiyor O'G'Li, & Djumabayev, Ravshanbek Abdug'Aniyevich (2022). PANDEMIYA SHAROITLARIDA MAMLAKATIMIZDA AVTOTA'MIRLASH BOZORI RIVOJLANISH OMILLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 734-743.

9.Norqo'Ziyev, Akmal Baxtiyor O'G'Li, & Islomov, Jamshid Baxriddin O'G'Li (2022). AVTOMOBILLARNI DIAGNOZLASH VA ULARGA TEXNIK XIZMAT KO'RSATISH VA TA'MIRLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 845-853.

10.Akmal Baxtiyor O'G'Li Norqo'Ziyev, & Jamshid Baxriddin Ogli Islomov (2022).

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 10 |October, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-10-343-350

RESPUBLIKAMIZDAGI AVTOSERVIS KORXONALARINING SAMARALI ISHLASHIGA TA'SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR. Academic research in educational sciences, 3 (1), 426-433. doi: 10.24412/2181-1385-2022-1-426-433 11 .Akmal Baxtiyor O'G'Li Norqo'Ziyev (2021). AVTOSERVIS KORXONALARIDA BAJARADIGAN ISHLARI VA QUVVATIGA QARAB BCKLINISHI. Scientific progress, 2 (7), 709-711.

12.https: //www. autostat. ru/news/41081/

13.www.stat.uz -Davlat statistika qo'mitasi rasmiy veb sayti.

14.http://uzautomotors.com/articles/uzavtosanoat_za_9_mesyasev_2019goda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.