Научная статья на тему 'EURO EKOLOGIK STANDARTLAR ASOSIDA BENZINDAGI BENZOL MIQDORINI ME’YORLASH'

EURO EKOLOGIK STANDARTLAR ASOSIDA BENZINDAGI BENZOL MIQDORINI ME’YORLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
549
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
avtomobil yoqilg’ilari / aromatik uglevodorodlar / benzol / tashlama gazlar / chiqindi gazlar / zararli komponentlar. / motor fuels / aromatic hydrocarbons / benzene / exhaust gases / exhaust gases / harmful components.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shohruh Xamidullo O’g’li Usanboyev, Yulduz Malikjon Qizi Murodova, Saidjon Abdusalimovich G’aybullayev

Ushbu maqolada avtomobil yoqilg’ilari hisobiga atrof-muhitning ifloslanishi, EURO iqtisodiy hamjamiyati tomonidan yoqilg’i tarkibi va atmosferaga chiqariladigan tashlama gazlar miqdoriga o’rtanilgan cheklovlar hamda yoqilg’idagi benzol miqdorini qo’shilmalar qo’shish orqali kamaytirish haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

REGULATION OF THE AMOUNT OF BENZENE IN GASOLINE ON THE BASIS OF EURO ENVIRONMENTAL STANDARDS

This article discusses environmental pollution due to automotive fuels, restrictions imposed by the EURO Economic Community on fuel composition and emissions, and reduction of benzene in fuels by the addition of additives.

Текст научной работы на тему «EURO EKOLOGIK STANDARTLAR ASOSIDA BENZINDAGI BENZOL MIQDORINI ME’YORLASH»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

EURO EKOLOGIK STANDARTLAR ASOSIDA BENZINDAGI BENZOL

MIQDORINI ME'YORLASH

Shohruh Xamidullo o'g'li Usanboyev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Yulduz Malikjon qizi Murodova

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

Saidjon Abdusalimovich G'aybullayev

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti E-mail: saidxontura@mail .ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada avtomobil yoqilg'ilari hisobiga atrof-muhitning ifloslanishi, EURO iqtisodiy hamjamiyati tomonidan yoqilg'i tarkibi va atmosferaga chiqariladigan tashlama gazlar miqdoriga o'rtanilgan cheklovlar hamda yoqilg'idagi benzol miqdorini qo'shilmalar qo'shish orqali kamaytirish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: avtomobil yoqilg'ilari, aromatik uglevodorodlar, benzol, tashlama gazlar, chiqindi gazlar, zararli komponentlar.

REGULATION OF THE AMOUNT OF BENZENE IN GASOLINE ON THE BASIS OF EURO ENVIRONMENTAL STANDARDS

ABSTRACT

This article discusses environmental pollution due to automotive fuels, restrictions imposed by the EURO Economic Community on fuel composition and emissions, and reduction of benzene in fuels by the addition of additives.

Keywords: motor fuels, aromatic hydrocarbons, benzene, exhaust gases, exhaust gases, harmful components.

KIRISH

Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xo'jaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

foydalanishni ta'minlash kabi masalalar energetik xomashyolardan oqilona foydalanshni taqazo etish bilan birga atrof-muhitga zarar keltirmaydigan muqobil energiya manbalarini izlab topish va joriy qilish yo'nalishidagi amalga oshiriladigan asosiy vazifalarning dolzarbligini oshiradi. Shu sababli ekologiyaga antropogen ta'sirni kamaytirish va yuqori sifatli yoqilg'i ishlab chiqarish hamda yurtimizda transport sohasi uchun tovar yoqilg'ilar tayyorlashda ekologik toza energoresurslarni qo'llash borasidagi tadqiqotlar bugunning ustuvor masalalaridandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

O'tgan besh yil, ya'ni 2017-2021 yillarda Harakatlar strategiyasi doirasida sanoatning yetakchi tarmoqlari (to'qimachilik, elektroteхnika, avtomobil sanoati, qurilish materiallari sanoati, kimyo va neft-kimyo sanoati, qishloq хo'jaligi mashinasozligi, energetika kabi tarmoqlar) ni rivojlantirish strategiyalari qabul qilindi. Bu borada "Besh yillik muvaffaqiyatli islohotlar — yangi taraqqiyotning boshlanishi" deyish o'rinli bo'ladi.

Bugungi kunda mazkur siyosatning huquqiy asoslari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 07.02.2017 yildagi PF-4947-sonli O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasining III-ustuvor yo'nalishi "yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo 'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatdan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish" doirasida boshlangan islohotlarning uzviy davomi sifatida Yangi O'zbekistonni 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasining uchinchi yo'nalishi - milliy iqtisodiyotni, uning o'sish sur'atlarini zamon talablari darajasida rivojlantirish bo'yicha belgilangan ustuvor vazifalarining Kimyo va gaz kimyosi sohalarini rivojlantirish va tabiiy gazni qayta ishlash darajasini oshirish yo'nalishida o'z aksini topgan. O'z o'rnida shuni ham aytish joizki, samarali amalga oshirilgan islohotlar navbatdagi muvaffaqiyat garovidir.

Neft mahsulotlari bozorining talabi, ehtiyojlari va sifat ko'rsatkichlari asosida keng ko'lamda ishlab chiqariladigan tovar mahsulotlar - benzin, dizel va qozonxona yoqilg'isi, surkov moylarining ancha qismi neftni qayta ishalash zavodlarining turli qurilmalarida ishlab chiqariladigan komponentlarni aralashtirib (kompaundirlab) tayyorlanadi. Komponentlar, qo'shilma va qo'ndirmalarni aralashtirib kerakli sifatdagi tovar mahsulot tayyorlanadi. Tovar yoqilg'ini tayyorlashda foydalaniladigan

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

bazaviy komponentlar va qo'shilmalarning tanlovi avvalo ichki imkoniyatlarga asoslanadi.

Respublikamizning eng yorqin yutuqlaridan biri sifatida e'tirof etiluvchi "UzDaewooauto" - O'zbek-Koreya QK ning ishga tushishi bilan mamlakatimizda vujudga kelgan avtomobilsozlik sanoati zamonaviy dvigatellar, ehtiyot qismlar, murakkab detallar qatori yuqori sifatli motor yoqilg'ilari va surkov moylarini ishlab chiqarishni talab qiladi. Ushbu sanoatning taraqqiyot strategiyasi jahon bozoridagi qat'iy raqobatlashuv sharoitida ishlab chiqarilayotgan avtomobil yoqilg'ilari sifatini jahon standartlari darajasigacha yaxshilashni taqazo etdi.

Benzin fraksiyasini asosan alkanlar, siklanlar va benzol qatori aromatik uglevodorodlardan iborat uch guruhdagi uglevodorodlar tashkil etadi.

Metan, etan, propan va butan singari quyi alkanlar yuqori Oktan soniga (100 atrofida) ega. Alkanlarning tarmoqlanmagan tuzilishi ozchil aralashmalardagi kabi boy aralashmalarda ham juda quyi detonatsion turg'unlikni namoyon etadi. Biroq, to'yingan uglevodorodlarning tarmoqlangan tuzilishi ularning detonatsion barqarorligini keskin oshiradi. Normal tuzilishli oktanning Oktan soni - 20 bo'lsa, 2,2,4-trimetilpentanniki +100 ekanligi bunga yaqqol misol bo'la oladi. Yanada yuqoriroq Oktan soni va navlik bir uglerod atomiga juft metil guruhlari mavjud bo'lgan izomerlar (neogeksan, triptan, etalon izooktan)ga va oktanning boshqa uchmetilli izomerlariga xos.

Normal tuzilishli uglevodorodlar molekulasida qo'shbog'ning hosil bo'lishi, uning mos to'yingan uglevodoordlarga nisbatan detonatsion turg'unligining sezilarli darajada yuqori bo'lishini ta'minlaydi. Oktan soni kattaligiga qo'shbog'ning o'rnashgan o'tni ham ta'sir ko'rsatadi. Qo'shbog' molekula markaziga qancha yaqin bo'lsa, uning Oktan soni shunchalik yuqori bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Siklanlarning siklopentan va siklogeksan qatori birinchi vakillari (ayniqsa siklopentan) yaxshi detonatsion turg'unlikka ega. Bu uglevodorodlar benzinning qimmatbaho tarkibiy qismlaridan sanaladi. Biroq, siklopentanli singari siklogeksanli uglevodorodlar molekulalarida ham normal tuzilishli yon zanjirlarning bo'lishi ularning Oktan xususiyatlarini pasayishiga olib keladi.

Benzol qatori deyarli barcha oddiy aromatik uglevodorodlar detonatsiyaga qarshi yuqori turg'unlik namoyon etadi. Ularning Oktan soni 100 atrofida va undan yoqori. Ularda yon zanjirlarning bo'lishi ayniqsa, tarmoqlanganlari detonatsiyaga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

turg'unligini yanada oshiradi. Bundan faqatgina o-ksilol istisno.

Uglevodorodlar aralashmalarining Oktan sonlarini individual uglevodorodlarning chin Oktan soni bilan qiyoslashda ularning o'rtasidagi katta og'ishlarni to'yinmagan va aromatik uglevodorodlarda kuzatish mumkin. Bunda to'yinmagan uglevodorodlarning Oktan soni chin qiymatidan pastligini va aromatik uglevodorodlarda esa aksincha yuqoriligini guvohi bo'lamiz. Ularning farqi Oktan sonining 5-10 birligiga yetishi mumkin.

Zamonaviy avtomobil va aviatsion benzinlari - to'g'ri haydash, kreking, katalitik riforming mahsulotlari, polimer benzin singari bazaviy komponentlar hamda izo-parafinlar va turli qo'shimchalarning murakkab aralashmasi sanalib, uning yetarlicha turli-tumanlikni namoyon etuvchi kimyoviy tarkibi yoqilg'ining detonatsion xususiyatlariga hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.

Yevropa mamlakatlarida avtomobil transportlarining ko'paygani sababli 90 -yillarning boshida chiqadigan zararli chiqindi gazlar yirik shaharlarda ekologiyani buzayotganligi haqida bong urishdi.

BMT ushbu shahar fuqarolarining kelgusi hayoti va salomatligini o'ylab tuzilgan komissiyasining xulosalari juda ajinarli bo'lib, unga ko'ra is gazi; chala yongan yoki, yonishga ishtirok etmagan uglevodorodlar; azot oksidlari; og'ir metallar va kanserogen moddalar chiqindilarining miqdori qonun bilan chegaralanmagani juda ayanchli oqibatlar keltirib chiqargani aniqlangan. Shu sababli avtomobil yoqilg'ilarining tashlamalarini tartib soluvchi standartlari negizida 1992 yilda BMT Yevropa iqtisodiy komissiyasining EURO ekologik standarti kuchga kirdi (1-jadval).

1-jadval.

Yoqilg'ilar uchun EURO talablarini tadrijiy o'zgarishining xronologiyasi

Euro-0 Ushbu standart bazaviy sanalib, "Euro-1" paydo bo'lishi bilan " Euro-0" nomini oldi. 1988 yilda Yevropada qabul qilingan mazkur standart hech qanday maxsus cheklovlarni qo'llamay, faqatgina benzinli dvigatellarning atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi zararli tashlamalarini biroz tartibga solgan xolos.

Euro-1 Ushbu standart BMT tomonidan ishlab chiqilib, 1992 yilda Yevropa Ittifoqi tomonidan qabul qilingan. Bu atrof-muhitni yaxshilash yo'lidagi katta qadam edi, chunki u uglerod oksidi chiqindilarining ruxsat etilgan darajasini sezilarli darajada kamaytirdi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

Euro-2 Euro-2 ning qabul qilinishi bilan birga, 1995 yilda oktan soni 95 dan kam bo'lgan benzinni sotishga chek qo'yildi. Ushbu standart dizel dvigatelli transport vositalariga qo'yiladigan talablarni jiddiy ravishda kuchaytirdi. MDH ga Evropa ittifoqidan 10 yil kechikish bilan dastlab Euro-2 standartlari qabul qilindi.

Euro-3 2000 yilda qabul qilingan ushbu standart talablarni kuchaytirdi, zararli moddalar emissiyasining ruxsat etilgan darajasini o'rtacha 40% ga qisqartirdi. Masalan, benzindagi oltingugurtning maksimal miqdori 500 g/km dan 150 g/km gacha kamaytirildi. Evro-3 ga mos keladigan yangi dvigatellarni ishlab chiqish dvigatel quvvatining sezilarli pasayishiga olib kelganligi sababli, birinchi navbatda purkash tizimini almashtirish zarurati bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklarga duch keldi.

Euro-4 2005 yildan boshlab barcha avtomobillar yangi talabli dvigatel tavsiflariga mosligini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo'lishi talab etildi. Ushbu standart ruxsat etilgan me'yomi yana 70% ga kamaytirdi. MDH davlatlarida bu standartning qabul qilinishining kechikish sabablaridan biri albatta yangi standartni qabul qilingandan keyin mahalliy avtomobillar narxining muqarrar ravishda oshishi bilan bog'liq.

Euro-5 Ushbu standart Evropa Ittifoqi tomonidan 2008 yilda qabul qilingan. Biroq, u dastlab faqat yuk mashinalariga joriy etildi. Yengil avtotransportlar uchun ushbu me'yorlar bir yildan so'ng qo'llanila boshlandi. Euro-5 nafaqat talablarni yana kuchaytirdi, balki 2015 yil oxiriga qadar yangi standartlarga javob bermaydigan barcha yoqilg'ilarni muomaladan chiqarishni ham nazarda tutdi. Yangi standart avtomobilning bosib o'tish masofasini, o'rnatilgan zararli moddalar tashlamalarini qisqartirish tizimini va dvigatelni yangi talablarga qadar qayta jihozlash imkoniyatini hisobga olgan.

Euro-6 Amaldagi standart Evropada 2015 yilda qabul qilingan. U benzin dvigatellari me'yorlariga unchalik ta'sir qilmadi. Lekin, dizelga qo'yiladigan talablarni jiddiy ravishda kuchaytirdi. Zararli moddalarning ruxsat etilgan miqdori o'rtacha 3 barobar kamaytirildi. Masalan, ruxsat etilgan maksimal NOx tashlamasi 2 dan 0 , 4 g/(kVt ■ s o at) gacha kamaydi.

Avtomobil benzinining va yonish mahsulotlarining zaharliligi asosan undagi aromatik va olefin uglevodorodlari hamda oltingugurt miqdoriga ko'ra baholanadi. Aromatik uglevodorodlar, xususan, benzol paraffin uglevodorodlarga nisbatan zaharlidir. Benzol - aromatik birikmalar orasidagi eng yengil qaynovchi uglevodorod sanalib, havodagi barcha toksinlar orasida eng xavfli kanserogen modda sifatida identifitsirlangan. Leykoza rivojlanishiga sabab bo'luvchi benzolning mutagen va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

teratogen ta'sirlari isbotlangan. U leykomiya xastaligini keltirib chiqaruvchi, inson salomatligi uchun jiddiy xavfli tug'diruvchi hamda yoqilg'i va tutun gazlarning zaharligini oshiruvchi komponent hisoblanadi. Benzinda aromatik uglevodorodlar miqdori qancha ko'p bo'lsa, uning yonish issiqligi va tashlama gazlardagi azot oksidi miqdori shuncha yuqori bo'ladi.

Uning yonishida politsiklik aromatik uglevodorodlar, shu jumladan chala yonishi natijasida avtomobil benzinidan atmosferaga chiqariladigan o'ta toksik va kanserogen modda sanalgan mahsulot - benz-a-piren hosil bo'lishi, havodagi konsentratsiyasi 3 ng/m dan oshgan benz-a-pirenning davomli ta'siri aholi orasida o'pka saratoni kasalligini keltirib chiqarishga sabab bo'lgani bois ekologik talablarda yoqilg'idagi benzol miqdoriga qat'iy me'yorlar o'rnatilgan. Yoqilg'i tarkibidagi benzol miqdoriga qo'yilgan cheklovlar neftni qayta ishlash zavodlarida qo'shimcha xarajatlarni talab qiladi. Yoqilg'ining tarkib o'zgarishlari

Avtotransportlarning chiqindi gazlarni neytrallash tizimi (katalizator economayzer) bilan jihozlanishi turli antidetonator qo'ndirmali benzinlardan foydalanishni ta'qiqlab, oltingugurt; benzol; aromatik, olefin va quyi qaynovchi uglevodorodlar miqdoriga qat'iy talablar keltirib chiqarib, tashlama gazlarning zaharli komponentlari me'yorlarining o'zgarish dinamikasi 2-jadvaldagi ko'rinishni namoyon etadi.

2-jadval.

Yevropadagi avtomobillar chiqindi gazlaridagi zaharli komponentlar me'yorlarining o'zgarish dinamikasi

Avtomobillarning zararli chiqindilariga o'rnatilgan me'yorlar, g/km

Zaharli komponcntlar EURO-1 EURO-2 EURO-3 EURO-4 EURO-5 EURO-6

CO 2,72 2,2 2,3 1,0 1,0 1,0

CH 0,2 0,10 0,10 0,10

NOx 0,97 0,50 0,15 0,08 0,060 0,060

Jami 3,69 2,70 2,65 1,18 1,16 1,16

Dunyo miqyosida motor yoqilg'isiga va uning sifatiga bo'lgan talabning doimiy oshishi hamda tobora qat'iylashib borayongan ekologik talablar neftni qayta ishlash sxemasini ixchamlashtirish va takomillashtirilishni, texnik-texnologik qayta

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

jihozlash, modernizatsiyalashni taqozo qilmoqda.

Hozirgi kunda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida yoqilg'i tarkibida kislorod saqlovchi yuqori oktanli qo'shilmalarning yo'qligi, uning o'rnida riformat qo'llanilayotgani ma'lum.

Shu sababli EURO standartlariga to'liq javob bermasligi kundek ravshandir.

Oksigenatlarni qo'llagan holda, atmosferaga chiqariladigan zaharli chiqindilarning miqdorini kamaytirishga erishiladi.

Jahon avtomobilsozlari va dvigatel ishlab chiqaruvchilari Amerika, G'arbiy Yevropa va Yaponiya istiqbolli avtomobil benzinlari sifati bo'yicha to'xtamga kelib, Yevropa ekologiya dasturiga muvofiq Yevropacha me'yor (Европейской нормалью (стандартом)) EN 228 bilan baholanuvchi butun jahon yoqilg'i tarxini (Всемирную топливную хартию (Worldwide Fuel Charter)) taqdim qilishdi.

Avtotransportlarning tashlamalari hisobiga ekologik xavfni kamaytirishga qaratilgan BUTUN JAHON YOQILG'I TARXI (Worldwide Fuel Charter) tavsiya etayotgan avtomobil benzinining fizik-kimyoviy va ekspluatatsion ko'rsatkichlari

3-jadval.

Ko'rsatkichlar Sifat toifalari

1 2 3 4 5

Oktan soni: - Tadqiqot usulida - Motor usulida 91 95 98 91 95 98 95

82 85 88 82,5 85 88 85

Induksion davri, min., dan kam emas 360 480

Oltingugurt konsentratsiyasi, mg/kg, dan ko'p emas 1000 200 30 5-10 10

Qo'rg'oshin konsentratsiyasi, g/dm3 0,005 mavjud emas

Fosfor va metallar konsentratsiyasi 2 Fe, Mn va boshqalar, g/dm mavjud emas

Kislorodning hajmiy ulushi, %, dan ko'p emas 2,7

Olefin uglevodorodlarning hajmiy ulushi, %, dan ko'p emas - 20 10 13

Aromatik uglevodorodlarning hajmiy ulushi, %, dan ko'p emas 50 40 35 35

Benzolning hajmiy ulushi, %, dan ko'p emas 5 2,5 1,0 1,0

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

Faktik sn^la kоnsеntratsiyasi 2 mg/100 sm benzinga, dan ko'p emas 70/5 30/5

15°S dagi zichligi, kg/m3 715-780 715-770 743-756

Karbyurator tоzaligi, ball, dan kam emas 8,0 -

Yoqilg'i forsunkasi tozaligi, %,dan ko'p emas 10 5

Amalga oshirilgan taqiqotlar samarasi o'iaroq bugungi kunda, faqatgina metanol tovar benzini tarkibiga kiritilmoqda. Biroq, metil spirtining kamchiligi uning qaynash haroratining pastligi sanaladi. Avtomobilga yoqilg'i quyish jarayonida chayqalgan benzindan ajralib chiqqan metanol bug'lanish hisobiga yo'qotiladi.

Aromatik uglevodorodlar yoqilg'ining Oktan sonini sun'iy ko'tarib, detonatsion turg'unligini oshiradi. Benzol aromatik uglevodorodlar orasida yuqori detonatsion turg'unlik namoyon etsada, benzolning salbiy ta'sirlari uning miqdori oshishi bilan dvigatel porsheni va silindrlar devorlarida qurum qatlami ortib, rezina zichlashtirgichlar, plastmassali naylar va plastikli boshqa detallarning deformatsiyalanishi hamda erish va yedirilish hisobiga yemirilishida namoyon bo'lgani sababli zichligi va nur sindirish ko'rsatkichining yuqoriligi bilan tavsiflanuvchi aromatik uglevodorodlar yuqori Oktan soniga ega ekaniga qaramay ularning benzindagi miqdori chegaralanadi. Euro-5 ekologik standarti talablariga ko'ra aromatik uglevodorodlarning maksimal konsentratsiyasi 35 % ni tashkil etadi.

Bundan tashqari, avtomobil benzini tarkibidagi benzol dvigatelda qurum hosil bo'lishini kuchaytirib, tashlama gazlardagi saja va polisiklik aromatik uglevodorodlar konsentratsiyasini oshiradi. Qurum hosil bo'lishi natijasida dvigatel devorlari orqali issiqlikni chiqarish yomonlashadi va alanga frontida harorat oshib, tashlama gazlardagi zaharligi yuqori bo'lgan azot oksidlari miqdorining o'sishiga olib keladi.

Benzindagi aromatik uglevodorodlar miqdorining ortishi, chiqindi gazlarda chala yongan uglevodorodlar miqdorining oshishini keltirib chiqaradi. Ushbu bog'liqlikning kanserogen ta'sirga ega poliarimatik uglevodorodlar konsentratsiyasi bilan aloqadorligi kam.

Benzindagi benzol miqdori va uning tashlamalardagi - chiqindi gazlar, avtomobilga yoqilg'i quyish chog'idagi konsentratsiyalari orasidagi chiziqli bog'liqlik o'rnatilgan. Katalitik neytralizator bilan jihozlanmagan avtomobillar uchun atmosferaga tashlanadigan benzolning asosiy manbai deyarli 70 % tashlama gazlar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

hisobiga, 20 % ga yaqini bug'lanish hisobiga, 10 % dan kamroq qismi esa yoqilg'i quyish jarayonidagi yo'qotishlar hisobiga to'g'ri keladi. Benzolning umumiy emissiyasi benzindagi benzol hajmiy miqdorining har bir foizga oshishi bilan taxminan 2 mg/km ga ortadi.

Yuqori oktanli tovar benzin tayyorlash asosan ikki yo'nalishda: 1) yuqori fraksiyalarni ishlab chiqarish hamda 2) oktanni oshiruvchi qo'ndirma va qo'shilmalar qo'shish orqali amalga oshiriladi. Neftkimyo sanoati chuqur taraqqiy etmagan zavodlarda aksariyat hollarda yuqorioktanli benzin riforminglash hisobiga katalizatni aromatizatsiyalash yo'li orqali ko'p miqdorda benzol hosil qilish bilan ishlab chiqariladi.

XULOSA

Dvigatellarning ishonchli, samarali va tejamkor ishlashini ta'minlash maqsadida yoqilg'i xossalarini quyidagi yo'nalishlarda yaxshilash maqsadga muvofiq:

Yuqori karbyuratsion xossa namoyon etishi; ya'ni, dvigatelning yengil o't olishi va barqaror ishlash tarzini ta'minlovchi yonuvchi aralashma hosil qilishi.

DvigatеMa dеtonatsiya kеltirib chiqarmasligi; ya'ni, yetarli detonatsion turg'unlikka ega bo'lmog'i.

To'la yonish ta'minlanishi; ya'ni, dvigatel detalllarida qatron- va qurum hosil bo'lmasligi.

Yuqori barqarorlik namoyon etmog'i; ya'ni, davomli saqlashda yoqilg'ining tarkibi va xossalari o'zgarishsiz qolishi.

Yuqori antikorrozion хususiyatga ega bo'lishi; saqlaganda rezervuar, yoqilg'i baki, trubka va yoqilg'i o'tkazgichlar metallarida korroziya keltirib chiqarmasligi, yonganida esa dvigatel detallarini yonish mahsulotlari ta'sirida yemirmasligi.

Yonuvchi aralashma yonish issiqligi imkon qadar yuqori bo'lishi lozimligi. REFERENCES

1. Yulduz Malikjon Qizi Murodova, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). BENZOLNING NEFTKIMYOVIY SINTEZDA QO'LLANILISHI. Scientific progress, 3 (1), 79-86.

2. Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Neft mahsulotlarini gidrotozalashning nazariy asoslari. Science and Education, 3 (1),

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

229-237.

3. Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Neft mahsulotlari tarkibidagi oltingugurtli birikmalar va ularning xossalari. Science and Education, 3 (1), 137-146.

4. Nodir Sirojiddinovich Hasanov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). NEFT MAHSULOTLARINI GIDROTOZALASH JARAYONIGA TA'SIR ETUVCHI ASOSIY OMILLAR. Scientific progress, 3 (1), 784-792.

5. Гайбуллаев С. А., Тураев М. М. Октаноповышающие компоненты бензинов и их свойств //Молодой ученый. - 2016. - №. 3. - С. 349-351.

6. Urunov N. S. et al. PIROKONDENSAT TARKIBINING KIMYOVIY TAHLILI //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3. - С. 32-40.

7. G'aybullayev S. A. MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 1594-1603.

8. Sadriddinovch S. M. et al. INFLUENCE OF THE QUANTITY OF BENZENE ON THE PERFORMANCE CHARACTERISTICS OF GASOLINE //Euro-Asia Conferences. - 2021. - Т. 4. - №. 1. - С. 188-192.

9. Nilufar Saydyaxyayevna Maxmudova, Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev TABIIY GAZLARNI VODOROD SUL'FIDIDAN TOZALASH USULLARINING TASNIFI // Scientific progress. 2021. №5.

10.Sharipov M. S., G'aybullayev S. A. TASHLAMA GAZLARNI NOAN'ANAVIY USULLARDA TOZALASH //Science and Education. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

11. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI ABSORBSION QURITISH JARAYONIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 659-668.

12. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "TABIIY GAZLARNI UZATISH VA QAYTA ISHLASHDA GIDRATLANISHGA QARSHI KURASH" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 675-681.

13. Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev. "QURITUVCHI ABSORBENTLARNING QIYOSIY TAHLILI" Scientific progress, vol. 2, no. 4, 2021, pp. 649-658.

14.Zaripov, M. X. O. G. L., & G'Aybullayev, S. A. (2021). PIROLIZ KINETIKASINING MATEMATIK MODELI. Academic research in educational sciences, 2(9), 619-625.

15.Jumaev, A. V. O. G. L., & G'Aybullayev S. A. (2021). Adsоrbentlarning turlari va

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-48-58

tasnifi. Science and Education, 2 (9), 145-154.

16.G'Aybullayev, S. A. (2021). MEMBRANALI USULDA TABIIY GAZLARDAN GELIY AJRATIB OLISH. Academic research in educational sciences, 2 (5), 15941603. doi: 10.24411/2181-1385-2021-01074

17.Raupov, B. K. O. G. L., Mavlonov, B. A., & G'Aybullayev S. A. (2021). Bitumlarning ekspluatatsion xossalari va ularni yaxshilash. Science and Education, 2 (9), 170-179.

18.Mizrobjon Xalim O'G'Li Zaripov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2021). UGLEVODORODLARNING TERMIK PIROLIZI MAHSULOTLARI HOSIL BO'LISHIGA REAKSIYA SHAROITINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, 2 (11), 723-731.

19.Behruz To'Ymurodovich Salomatov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). UGLEVODORODLI GAZLAR TARKIBIDAGI NORDON KOMPONENTLAR VA ULARNI GAZNING XOSSALARIGA TA'SIRI. Scientific progress, 3 (1), 71-78.

20.Фазлиддин Мустаким Угли Каромов, Нилуфар Илёс Кизи Шокирова, & Саиджон Абдусалимович Гайбуллаев (2022). ПОЛИМЕРЛАР САНОАТИНИНГ ХАЛК ХУЖАЛИГИДА КУЛЛАНИЛИШ ДОЛАТИНИНГ ТАДЛИЛИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (3), 83-93.

21.Jamshidbek Alisherovich Umarov, Murodillo Zoirovich Komilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GAZ KONDENASTINING TASNIFIY VA TARKIBIY TAVSIFLARI. Scientific progress, 3 (3), 593-599.

22.O'Lmas Niyoz O'G'Li Namozov, Qayum Karimovich Jumayev, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). GAZLARNI QURITISH USULLARI VA JARAYON PARAMETRLARI. Scientific progress, 3 (3), 602-611. 23.Mirshod Ismatovich Isroilov, & Saidjon Abdusalimovich G'Aybullayev (2022). Piroliz jarayonining neft-gazkimyo sanoatidagi ahamiyati. Science and Education, 3 (2), 349-358.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.