Научная статья на тему 'RESPUBLIKAMIZ ICHKI YO‘LLARINI XIZMAT MUDDATINI OSHIRISHDA GEOSINTETIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH'

RESPUBLIKAMIZ ICHKI YO‘LLARINI XIZMAT MUDDATINI OSHIRISHDA GEOSINTETIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Geotekstil material / geosetka o‘ramlari / bitum emulsiyalari / temir shayba / yo‘l poyi / GAT texnologiyalari / chaqiq tosh / qum-shag‘al aralashmasi / qaynoq yirik donali yuqori g‘ovak asfaltobeton. / Геотекстильный материал / геосетка / битумные эмульсии / железная шайба / дорожное основание / ГАТ-технологии / щебень / песчано-гравийная смесь / крупнозернистый высокопористый асфальтобетон.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xabibullayev Alimardon Xidoyatillayevich

Maqolada birinchi marta respublikamiz ichki yo‘llarini qurishda geosintetik materiallardan foydalanib mustahkamligini oshirish bo‘yicha tadqiqot natijalari keltirilgan bo‘lib, buning natijasida asfaltobeton qoplamalarini deformatsion siljishga, yorilishga chidamliligini oshishiga erishilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Use of geosynthetic materials for increasing the service period of internal roads of our republic

В статье впервые представлены результаты исследований по повышению прочности внутренних автомобильных дорог нашей республики за счет применения геосинтетических материалов.

Текст научной работы на тему «RESPUBLIKAMIZ ICHKI YO‘LLARINI XIZMAT MUDDATINI OSHIRISHDA GEOSINTETIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH»

АВТОМОБИЛ ВА КИШЛОК ХУЖАЛИК МАШИНАЛАРИ

UDK:691.168

RESPUBLIKAMIZ ICHKI YO'LLARINI XIZMAT MUDDATINI OSHIRISHDA GEOSINTETIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH.

Xabibullayev Alimardon Xidoyatillayevich NamMQI, dotsent khabibullaev@ mail.ru, (998883695555)

Annotatsiya. Maqolada birinchi marta respublikamiz ichki yo'llarini qurishda geosintetik materiallardan foydalanib mustahkamligini oshirish bo'yicha tadqiqot natijalari keltirilgan bo'lib, buning natijasida asfaltobeton qoplamalarini deformatsion siljishga, yorilishga chidamliligini oshishiga erishilgan.

Аннотация. В статье впервые представлены результаты исследований по повышению прочности внутренних автомобильных дорог нашей республики за счет применения геосинтетических материалов.

Abstract. For the first time, the article presents the results of the research on increasing the strength of the internal roads of our Republic by using geosynthetic materials.

Kalit so'zlar. Geotekstil material, geosetka o'ramlari, bitum emulsiyalari, temir shayba, yo'l poyi, GAT texnologiyalari, chaqiq tosh, qum-shag'al aralashmasi, qaynoq yirik donali yuqori g'ovak asfaltobeton.

Ключевые слова. Геотекстильный материал, геосетка, битумные эмульсии, железная шайба, дорожное основание, ГАТ-технологии, щебень, песчано-гравийная смесь, крупнозернистый высокопористый асфальтобетон.

Key words. Geotextile material, geonet wraps, bitumen emulsions, iron puck, road base, GAT technologies, crushed stone, sand-gravel mixture, large-grained high-pore asphalt concrete.

Kirish. Respublikamizning shahar va qishloqlarini obodonlashtirish, chiroyli va ko'rkam turar joy binolari, ishlab chiqarish inshootlari va shahar ko'chalarinii barpo etish, shuningdek, tekis va ravon yo'llarni qurish va ta'mirlash hozirgi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha "Harakatlar strategiyasi"da keyingi besh yilda barcha sohalarda olib boriladigan islohatlarning aniq yo'nalishi belgilab berilgan. Jumladan, "Ijtimoiy sohani rivojlantirish" deb nomlangan to'rtinchi yo'nalish tuman va shaharlarni kompleks va mutonasib holda ijtimoiy iqtisodiy taraqqiy ettirish, aholini arzon uy-joy, elektr energiya, gaz, yo'ltransport, muhandislik-kommunikasiyalar bilan ta'minlashni yaxshilash, shuningdek, "Oliy o'quv yurtlari" ta'lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish, zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Insoniyatning tarixiy rivojlanishida "yo'l fenomeni" muhim o'rinni egallab, hayot va turmush darajasini yaxshilashda uning xissasi beqiyosdir. Avtomobil yo'llari ham o'zining "ixchamlilik" xususiyatiga ko'ra, yer yuzida foydalaniladigan barcha yo'l tarmoqlari ichida asosiy infratuzilmalardan biri hisoblanadi [1].

Respublikamiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab joylarda kapital qurilish sohasiga jumladan, yo'l qurilishiga ham alohida e'tibor berib kelinmoqda. Yo'l qurilishi sohasida avtomobil yo'llarini qurish, ta'mirlash va ularga qarov o'tkazish ishlarida industrial usullar va zamonaviy texnologiyalardan, yangi uslub va me'yorlardan foydalanilmoqda.

Tadqiqot usullari. Geosetka (SSP) ni yotqizish avval asosni tayyorlash ishlaridan boshlanadi. Ikki qavvat geosetkani yotqizishda birinchi bo'ylama qatlam, so'ngra ko'ndalang qatlam yotqiziladi. Geosetkani zichlash asosan qo'l yordamida 3-4 ishchi bilan bajariladi.

МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 4 (13)

125

ABTÜMÜEH.H BA KHrn^OK XY^A^HK MAfflHHA^APH

Geosetkalar P yoki G shaklidagi metal ankerlar yordamida asosga mahkamlanadi.

Geosetkani yotqizishdan oldin asosdagi ayrim nuqsonliklar (chuqurlar, yoriqlar va boshq.) bartaraf etilishi lozim. Pastki qatlam quruq va changlardan tozalangan bo'lishi kerak. Qatlamning tekisligi belgilangan talablarga mos bo'lishi kerak.

Tadqiqot natijalari. Geosetka o'ramlari ish joyiga bevosita yotqizishdan oldin olib kelindi.Uning uzunligi yotqiziladigan qavatning uzunligiga mos xolda xisoblandi. Geosetka yotqizish jarayoni boshlangunga qadar o'zining mahsus ximoya o'ramida saqlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ximoya o'rami buzilgan geosetkani quyosh nurida qoldirish mumkin emas.

Yopishqoq bog'lovchi sifatida bitum emulsiyalaridan foydalanildi. Bitum emulsiya sarfi 0,6 dan 1,1 1/m gacha me'yorlashtirildi. Sepish kengligini esa geosetka kengligidan 10 - 15 smga katta holda sepildi[2],

Geosetkani yotqizish uning ximoya qoplamasini buzishdan boshlanadi. Geosetka uncha katta bo'lmagan tortish kuchi ta'sirida yotqizilishi lozim bo'lgan maydon chetlaridan kamida 0,10-0,15 m chiqarib yotqizildi. Geosetkani mahkamlash temir shayba yordamida 1,0-1,3 m oralig'ida bajarildi. Geosetkani bo'ylama yo'nalish bo'yicha oraliq 3,0-5,0 m, ko'ndalang yo'nalishda 1,0-1,3 mni tashkil etdi.

Ixtiyoriy tuzilishdagi geosetka bir biridan kuchlanishni qabul qilish darajasi va ekspluatatsiya qilish xossalariga ko'ra farqlanadi.

1-rasm. Geosetkani yo'l poyiga yotqizish jarayonlari

Geosetka materialini yotqizish uchun yo'l poyi asosi yuzasi tekislandi, toza va quruq bo'lishi ta'minlandi. 3 mmdan katta yoriqlar berkitildi. Chuqurliklar va siniqlar ko'p miqdorda bo'lgan qismlariga tekislovchi qatlam yotqizildi. Barcha geosetkalar maxsus himoya qatlamiga ega bo'lib, u fizik-mexanik xossalarini yaxshilanishiga olib keldi. Natijada, materialni deformatsiyaga bardoshli va mustaxkamligi oshishiga olib keldi.

Eski qoplamada ko'p uchraydigan haroratdan yoriladigan yoriqlarni orasi 4 m va undan kichik bo'lsa, yoriqlar to'rining yuzasi ta'mirlanadigan bo'lakning 20% gacha qismini tashkil qilsa, to'r ta'mirlanadigan bo'lakning hamma yuzasiga dastlabki tozalash (chang va moydan tozalash, chuqurliklarni va o'lchami 3 m dan katta yoriqlarni to'ldirish) va bog'lovchi modda quyishdan so'ng yotqizildi. Transport yukidan yuzaga keluvchi, o'zaro 8 m dan katta masofada joylashgan haroratdan hosil bo'lgan yoriqlar bo'lganda, yoriqlar joylashgan joylarda va xususan,

MEXAHHKA BA TBXHOnürHfl HHMHH ^yPHAHH, 2023, № 4 (13)

126

ABTOMOEH. BA KHrn^OK XY^A^HK MAfflHHA.APH

uning ustida to'rlarni yotqizish maqsadga muvofiq. Hosil qilinayotgan qatlamcha eni 1,5-2,0 m dan kam bo'lishi mumkin emas va u yoriqlarni to'ldirilgandan so'ng amalga oshiriladi. Geosetka atrof-muxit ta'siriga ayniqsa, namlik va quyoshning ultrafeolit nurlariga juda chidamlidir[3].

2-rasm. Geosetkani yuklanishni qabul qilishi

Ta'mirlanayotgan qoplamani tayyorlashda uni loy va changdan tozalandi, hamma chuqurliklar va g'ildirak izlari bartaraf qilinadi, yirik yoriqlar (kengligi 3 mm dan katta) berkitiladi. Bu ishlar amalga oshirilmaganda, asfaltobetondan qatlamlari o'zaro va geosetka bilan mustahkam birlashmaydi, geosetka yo'l konstruksiyasiga kiritilishidan kerakli samara olinmaydi[4,5].

Namangan shahar Ma'rifat MFY Qo'qon ko'chasini (Sardoba bozoridan Toshbuloq aylanma yo'ligacha) masofani axborot texnologiyalaridan foydalanib GAT texnologiyasi va shagomer orqali aniqlandi.

Avtomobil yo'llarini qurishda bajariladigan yer ishlari, odatda, qurilayotgan yo'l uzunligi bo'yicha bir xil bo'lmaydi. Yer ishlarining hajmi ko'tarmaning balandligi va o'ymaning chuqurligiga qarab o'zgarib turadi. Yo'l poyining tuzilmasi ham bu tavsiflarga va bundan tashqari, grunt-gidrogeologik sharoitga qarab o'zgaradi.

Bularning hammasi, umuman olganda, ayrim texnologik jarayonlarni yoki texnologiyaning o'ziga xos farqlanishini belgilaydi. Ammo yo'l poyini qurishda quyidagi ish tarkibi o'zgarmas hisoblanadi: tayyorgarlik ishlari, ko'tarmalarni qurish va o'ymalarni o'yishdagi asosiy ishlar, pardozlash ishlari.

Yer ishlari har xil mashinalar yordamida bajariladi, ishning kerakli sifatini ta'minlanishi uchun ularni shunday tanlash kerakki, har bir mashindan to'liq foydalanilsin. Bu esa ish unumdorligini oshishiga va ishning tannarxi kamayishiga olib keladi[7].

Turli sharoit va texnologik jarayonlar uchun mashinalarni tanlash har xil variantlarning hisobi va texnik-iqtisodiy solishtirish asosida olib boriladi.

MEXAHHKA BA TEXHO.OrHtf H.HMHH ^yPHAHH, 2023, № 4 (13)

127

ABTOMOБИЛ BA KИШЛOK MAШИHAЛAPИ

3-rasm. Namangan shaxar Ma'rifat MFY Qo'qon ko'chasini geometrik o'lchamlarini GAT

texnologiyalari orqali aniqlash.

Namangan shaxar Ma'rifat MFY Qo'qon ko'chasini 1506 metrini mukammal ta'mirlash

jarayonida asos qatlamini qurishda geosetka (geotekstil) materialidan foydalanildi.

2 • 2 10956,8 m mukammal ta'mirlanayotgan avtomobil yo'lining 1m yuzasiga 300gramm

nisbatda geosetka (geotekstil) materiali yotqizildi. Ushbu yo'l uchun 3,29 tonna geosetka

(geotekstil) materiali ishlatildi.

Shundan so'ng, GOST 25607-2009da keltirilgan talablarga asosan h=0,25sm qalinlikda

asosni ostki qatlamiga, 16361,2 m yo'l yuzasiga (geosetka (geotekstil) ustidan) qum-shag'al

aralashmasidan 5181,10 m3 xajmda tashib kelib, avtogreyder yordamida yoyib tekislandi. GOST

3344-835-20 talablariga asosan, 5-20 mm o'lchamdagi chaqiq toshdan 245,42 m , qalinlikda

40-70 mm o'lchamdagi chaqiq toshdan 2846,85 m3 xajmda asosni o'rta qatlami uchun h-15sm

qalinlikda tashib kelib, avtogreyder yordamida yoyib tekislandi.

Qaynoq mayda donali zich a/b qorishmasidan qoplamani ustki qatlami B-tur, marka I, GOST 9128-2009 -0.05m Qaynoq yirik donali g'ovak a/b qorishmasidan qoplamani

ostki qatlami marka I, GOST 9128-2009 -0.07m._

Qaynoq yirik donali yuqori g'ovak a/b qorishmasidan asosni ustki qatlami, marka I GOST 9128-2009 -0.09m Chaqiq toshdan asosni o'rta qatlami fraksiyalari GOST 3344-835-20; 40-70 mm h-0,15m._

Qum-shag'al aralashmasidan asosni ostki qatlami GOST 25607-09 S3 h-0,25m.

Geotekstil 300gr/m2 GOST 5902.2-2003 (ISO 90732:1995) GOST 53225-2008. (PK5+00-PK15+06)

4-rasm. Namangan shaxar Ma'rifat MFY Qo'qon ko'chasini mukammal ta'mirlash yo'l

to'shamasi turlari

Qaynoq yirik donali yuqori g'ovak asfaltobeton qorishmasidan asosni ustki qatlami

MEXAHHKA BA TЕXHOЛOГИЯ HHMM ЖУPHAЛИ, 2023, № 4 (13)

128

ABTOMOEH. BA KHmnOK XY^A^HK MAfflHHA.APH

uchun GOST 9128-2009 talablariga asosan 16361,2 m2 bitum BND 90/130 markali 8,18 tonna bitum va 9 sm qalinlikda 3360,59 m asfaltobeton qorishmasi asfaltobeton zavodidan olib kelib, asfaltyotqizg'ichda yotqizib, katokda zichlandi.

Qaynoq yirik donali g'ovak asfaltobeton qorishmasidan asosni ustki qatlami uchun GOST 9128-2009 talablariga asosan 16361,2 m2 bitum BND 90/130 markali 3,27 tonna bitum va 7 sm qalinlikda 2648,22 m3 asfaltobeton qorishmasi asfaltobeton zavodidan olib kelib, asfaltyotqizg'ichda yotqizib, katokda zichlandi.

Qaynoq mayda donali yuqori g'ovak asfaltobeton qorishmasidan asosni ustki qatlami uchun GOST 9128-2009 talablariga asosan 16361,2 m2 bitum BND 90/130 markali 3,27 tonna bitum va 5 sm qalinlikda 1976,43 m asfaltobeton qorishmasi asfaltobeton zavodidan olib kelib, asfaltyotqizg'ichda yotqizib katokda zichlandi.

Yo'l poyini qurilishida ishi, ekspluatatsiya xarajatlarini ishlash muddati va ta'mirlar oralig'ini uzayishi xisobiga erishiladi.

Geosetkaning yo'l qatlamlari tarkibiga kiritish qatlamlar qalinligini kamayishi va yo'l qurilish materiallar sarfini kamaytirishga sabab bo'ladi, bu esa material xarajatlarini kamaytiradi.

Qatlamlar qalinligini kamaytirilmasa, qoplamaning mustaxkamligi ortishi hisobiga uning ekspluatatsion xarajatlari kamayadi.

Xulosa. Avtomobil yo'llarini qurishda innovatsiyalardan foydalanish mexanizmlarini takomillashtirish, asfaltbeton qoplamalariga ta'sir qiluvchi turli xil omillarga chidamliligini va bardoshliligini oshirish uchun geosetkalardan foydalanishni maqsadga muvofiqdir,

Avtomobil yo'llari qo'mitasining viloyatlar xududiy yo'llardan foydalanish tashkilotlarining avtomobil yo'llarini saqlash va ta'mirlash sohasidagi faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ularning me'yoriy-huquqiy faoliyati, avtomobil yo'li sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish kabi tadbirlar avtomobil yo'llari holatini yaxshilashga xizmat qiladi.

Yo'l to'shamasini loyihalashda geosintetik materiallar yaxshi ishlash xususiyatlari barcha turdagi yo'llar qurilishida barcha ajoyib dasturlarni topishga imkon beradi. Ushbu material elastiklikni, mexanik va kimyoviy xarakterga chidamlilik, harorat farqlariga chidamliligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, yo'l geosetkalari ta'mirlash ishlaridan so'ng uni yanada kuchaytiruvchi vosita sifatida kamaytiradigan yo'l qoplamasi sifatida qo'llaniladi va yo'llar o'tkaziladi.

ADABIYOTLAR

1. Makhkamov Dilshod Ismatillayevich, Inoyatov Qaxramon Muydinovich, Abdurazakov Mirzokhid Abdurakhmonxujayevich, O'ktamov Sardor Makhmudjanovich. Physical and mechanical properties of composite materials filled with mechanoactivated ingredients, applied for roads, bridges and aerodromes. International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology Vol. 7, Issue 11 , November 2020

2. Sobirov A.B., Rahmonov B.Sh., Abdullayev A.X., Inoyatov K.M., Salimsakov Y.A., Mahkamov D.I., Soliyev R.X. Study of composition and technology of highly filled composite polymeric materials for asphalt roads, which can be used in hot climates and increasing their operation life. European polymer congress in 2011. XII congress of the specialized group of polymers., / Congress program, june 26 - jule 1, 2011, Granada, Spain.

3. Makhkamov Dilshod Ismatillayevich, Inoyatov Qaxramon Muydinovich, Abdurazakov Mirzokhid Abdurakhmonxujayevich, O'ktamov Sardor Makhmudjanovich. Use of mechanically activated components in road construction. An international multidisciplinary research journal.Vol. 10, issue 5, may 2020. p.1558-1566 India.

4. Sayibjan Negmatov, Kakhramon Inoytov, Lochin Oblakulov, Shukhrat Bozorboyev,

MEXAHHKA BA TEXHO.OrHtf HHMHH ^yPHAHH, 2023, № 4 (13)

129

АВТОМОБИЛ ВА КИШЛОК ХУЖАЛИК МАШИНАЛАРИ

Bahodir Sobirov, Bakhrom Rakhmonov, Jahongir Negmatov, Dilshod Makhkamov, Rustam Soliev, Andrey Lisenko. Research And Development Of Technologies Of Obtaining The Mechanically Activated Powder Based On Natural Ingredients And Dune Sand For Production Of Sealing Composite Cements And Composite Materials For Various Purposes. International Porous and Powder Materials Symposium and Exhibition, PPM 2013, September 3-6, 2013 в г. Измире.

5. Махкамов Д. И. и др. Механоактивации минеральных порошковых ингредиентов и их влияние на прочностные свойства композиций для герметизирующих мастик и асфальтобетонных покрытий автомобильный дорог. - 2020.

6. Махкамов Д.И., Мамасолиев С.Н., Мадаминова Д.Д. Улучшение качества битума, используемого на автомобильных дорогах. //Экономика и социум.№. 06(109) 2023.

7. Иноятов К.М., Махкамов Д.И., Гоипов А.Х., Суробов Г.М. Применение композиционных материалов в конструкционных слоях дорожных покрытий //Экономика и социум.№. 06(109) 2023.

МЕХАНИКА ВА ТЕХНОЛОГИЯ ИЛМИЙ ЖУРНАЛИ, 2023, № 4 (13)

130

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.