Научная статья на тему 'RESPONSIBLE TOURISM AS A FACTOR OF TOURISM DEVELOPMENT'

RESPONSIBLE TOURISM AS A FACTOR OF TOURISM DEVELOPMENT Текст научной статьи по специальности «Социальная и экономическая география»

CC BY
17
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
responsible tourism / development of tourism / tourism sector / essential touristic components / tourism related parties / tourist behavior / responsible tourism / development of tourism / tourism sector / essential touristic components / tourism related parties / tourist behavior

Аннотация научной статьи по социальной и экономической географии, автор научной работы — Sayfutdinov Shuxratjon

Currently, significant changes in the tourist business are taking place, and new forms of tourism are emerging. Tourism has several beneficial and bad effects on society and areas. Responsible tourism is one of the new tourist development paths that has been presented as a strategy to maximize the beneficial impacts of tourism while minimizing the negative consequences. The essential components and concepts of responsible tourism are examined in this article. It should be mentioned that a new approach to tourism aims to preserve the environment, human habitats, tourist sites, and historical monuments, as well as to give tourism features of sustainability and durability. It is stressed in responsible tourism that travelers, tourism enterprises, hotels, the state, local inhabitants, and other tourism-related parties are accountable for the growth of the tourism sector. Tourist’s contributions to responsible tourism have a specific place in the literature, nevertheless they are typically viewed as part of the issue rather than part of the solution. This essay also addresses visitor behavior and seeks to explain what determines or limits appropriate recreation activity.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESPONSIBLE TOURISM AS A FACTOR OF TOURISM DEVELOPMENT

Currently, significant changes in the tourist business are taking place, and new forms of tourism are emerging. Tourism has several beneficial and bad effects on society and areas. Responsible tourism is one of the new tourist development paths that has been presented as a strategy to maximize the beneficial impacts of tourism while minimizing the negative consequences. The essential components and concepts of responsible tourism are examined in this article. It should be mentioned that a new approach to tourism aims to preserve the environment, human habitats, tourist sites, and historical monuments, as well as to give tourism features of sustainability and durability. It is stressed in responsible tourism that travelers, tourism enterprises, hotels, the state, local inhabitants, and other tourism-related parties are accountable for the growth of the tourism sector. Tourist’s contributions to responsible tourism have a specific place in the literature, nevertheless they are typically viewed as part of the issue rather than part of the solution. This essay also addresses visitor behavior and seeks to explain what determines or limits appropriate recreation activity.

Текст научной работы на тему «RESPONSIBLE TOURISM AS A FACTOR OF TOURISM DEVELOPMENT»

MAS'ULIYATU TURIZM -TURIZM SOHASINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA

Dotsent, Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa

doktori Sayfutdinov Shuxratjon Sultonovich

Alfraganus University

nodavlat oliy ta'lim tashkiloti

ORCID ID 0000-0002-8699-3861

[email protected]

Bugungi kunda turizm sohasini rivojlantirishda yangi o'zgarishlar amalga oshmoqda va turizmning yangi turlari shakllanib bormoqda. Turizmning jamiyatga va hududlarga ijobiy va salbiy ta'siri juda ko'p va xilma-xildir. Turizmni rivojlantirishning yangi yo'nalishlaridan biri mas'uliyatli turizm bo'lib, turizmning ijobiy ta'sirini maksimal darajada oshirish va salbiy ta'sirlarni minimallashtirish usullaridan biri sifatida taklif qilingan.

Ushbu maqolada mas'uliyatli turizmning asosiy jihatlari va tamoyillari ko'rib chiqiladi. Qayd etilishicha, turizmga yangicha yondashuv atrof-muhitni, odamlarning yashash joylarini, sayyohlik obektlari va tarixiy obidalarni asrab-avaylashga, shuningdek, turizmga barqarorlik va uzoq umr ko'rish elementlarini berishga qaratilgan. Mas'uliyatli turizmda turizm sohasini rivojlantirishda sayyohlar, turistik korxonalar, mehmonxonalar, davlat, mahalliy aholi va turizmga aloqador bo'lgan barcha tomonlar mas'ul ekanligi ta'kidlanmoqda.

Sayyohlarning o'zi mas'uliyatli turizmga qo'shgan hissasi alohida o'ringa ega, lekin adabiyotda biroz e'tiborga olinmaydi va ular ko'pincha yechimning bir qismi sifatida emas, balki muammoning bir qismi sifatida ko'riladi. Ushbu maqolada turistning harakatlari ham e'tiborga olingan bo'lib, dam olish paytida mas'uliyatli xatti-harakatlarga nima ta'sir qilishini yoki uni cheklashini tushuntirishga xarakat qiladi. Shuningdek, maqolada samarali muloqot va turistlarxulq-atvorni o'rganish bo'yicha ham fikryuritilgan.

Maqolada muallif tomonidan mas'uliyatli turizm va mas'uliyatli sayyohlarning umumiy ta'riflar keltirilgan. Tadqiqotchilar tomonidan turistlarning sayohat davomidagi bir necha xatti-harakatlari aniqlangan bo'lib, bular qadriyatlar va munosabatlar; axloq va motivatsiya; marketing; tashrif buyuruvchilarni boshqarish; axborot va aloqa.

Umuman olganda mas'uliyatli turizm o'zaro manfaatli ijtimoiy vaziyatlarni yaratish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik va odamlar va ularning madaniyatiga g'amxo'rlik va yordam ko'rsatish orqali turizmning mezbon jamoalarga ijobiy ta'sirini rag'batlantirish hisoblanadi. Ushbu shartlar turizmni tashkil etish bilan shug'ullanadigan biznes shakllanish bosqichidayoq amal qilishi mumkin bo'lgan tavsiyalardir.

Kalit so'zlar: mas'uliyatli turizm, turizmni rivojlantirish, turizm sohasi, muhim turistik komponentlar, turizm bilan bog'liq tomonlar, turistik xatti-harakatlar.

ABSTRACT. Currently, significant changes in the tourist business are taking place, and new forms of tourism are emerging. Tourism has several beneficial and bad effects on society and areas. Responsible tourism is one of the new tourist development paths that has been presented as a strategy to maximize the beneficial impacts of tourism while minimizing the negative consequences. The essential components and concepts of responsible tourism are examined in this article. It should be mentioned that a new approach to tourism aims to preserve the environment, human habitats, tourist sites, and historical monuments, as well as to give tourism features of sustainability and durability. It is stressed in responsible tourism that travelers, tourism enterprises, hotels, the state, local inhabitants, and other tourism-related parties are accountable for the growth of the tourism sector. Tourist's contributions to responsible tourism have a specific place in the literature, nevertheless they are typically viewed as part of the issue rather than part of the solution. This essay also addresses visitor behavior and seeks to explain what determines or limits appropriate recreation activity. The paper also examines effective communication and visitor behavior research. The author provides broad definitions of responsible tourism and responsible visitors in the article. Researchers have identified several tourist behaviors throughout their journey, including values and attitudes; ethics and motivation; marketing; visitor management; information and communication. In general, responsible tourism seeks to increase the

good influence of tourism on host communities by fostering mutually advantageous social conditions, avoiding environmental harm, and caring for and supporting people and their cultures. These criteria are guidelines that can be followed throughout the formation stage of a tourism-related organizations.

Key words: responsible tourism, development of tourism, tourism sector, essential touristic components, tourism related parties, tourist behavior

KIRISH

Bozor munosabatlari va hamkorlik aloqalari rivojlanishi natijasida turizm sohasini rivojlantirish uchun qulay shart sharoitlar yuzaga kelmoqda, turizm sohasining mamlakatlar iqtisodiyotidagi ahamiyati yanada ortib bormoqda. Turizm sohasi mamlakat xazinasi uchun zarur bo'lgan valyuta tushumini ta'minlash, yangi ish joylarini vujudga keltirish va shu bilan birgalikda axolining turmush darajasini ko'tarish uchun xizmat qiladi.

Bugungi yangi ilmiy-texnikaviy inqilob davrida, shuningdek, jamiyat va jahon iqtisodiyotining rviojlanishi, sayyoramiz aholisining haddan tashqari ko'payishi jarayonida - odamlarning, jamiyatning va davlatning atrof-muhitni asrash uchun mas'uliyati har qachongidan ham ko'proq ortib bormoqda.

Turizm sohasini jadal rivojlanayotganligini kuzatish mumkin, buning natijasida dunyo bo'ylab turistlar oqimi ko'paymoqda, transport tizimi takomillashtirilmoqda, mehmondo'stlik tizimi, ammo turistik yo'nalishlar sonining o'sishi bu jarayonga mos kelmayapti, dam olish va turizm obyektlarini ortiqcha yuklash muammosi paydo bo'ladi. Va bu omilni hisobga olish muhimdir.

Turizm odamlarning dunyoqarashini o'zgartirdi va turoperatorlar sayohatchilar borishi qiyin bo'lgan chekka xududlarni ularni tashrif buyurishiga sharoit yaratish, mahalliy axolilarning o'z madaniyatini va urf-odatlarini namoyish etish imkoniyatini berish hamda resurslar cheklangan mintaqalarga iqtisoliy foyda keltirish orqali dunyoning sayyohlar tashrif buyurishi qiyin bo'lgan hududlarini rivojlantirishga hissa qo'shmoqdalar.

Butunjahon turizm bozori Keyptaun deklaratsiyasini (Keyptaunskaya deklaratsiya 2015.) Butunjahon mas'uliyatli turizm kuni munosabati bilan qabul qildi, bu turizmni yanada barqaror qilish uchun turizm sohasi vakillari mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga va o'z mas'uliyatini namoyish etishga chaqiradi.

Mas'uliyatli turizm - bu odamlar yashashi uchun yaxshiroq joylar va odamlar tashrif buyurishi uchun yaxshiroq manzilgohlar yaratish uchun turizmdan foydalanishdir. Shu bilan birga mas'uliyatli turizm turoperatorlar, mehmonxona korxonalari, hukumatlar, mahalliy aholi va sayyohlardan mas'uliyatni o'z zimmasiga olishlarini, turizmni yanada barqaror qilish uchun choralar ko'rishlarini talab qiladi.

Turizmning bu turi sayyohlarga o'ziga xos madaniyat, meros va tarixni taqdim etadigan joyga tashrif buyurish imkonini beradi. Sayyohlar mahalliy jamoalarning madaniyati bilan tanishish va o'rganish uchun tanlagan yo'nalishlarga tashrif buyurishadi. Bu turdagi tajriba mahalliy jamoalar uchun turli madaniyatlarni boshdan kechirish uchun ahamiyatga ega bo'lgan tadbirlar va festivallarda ishtirok etishni o'z ichiga olishi mumkin.

METODOLOGIYA.

Tadqiqotda mas'uliyatli turizm rivojlantirishini belgilashda yaqin yillarda kutilayotgan innovatsion o'zgarishlarni hisobga olish va shu orqali turizmning barqaror rivojlanishini yagona tizim sifatida o'rganish metodologiyasi qo'llanilib, bu borada mutaxassislar fikrini o'rgangan holda, kuzatish, qiyoslash, emperik tadqiqot, tizimli va qiyosiy tahlil kabi usullari orqali turizm sohasini tarkibiy qismlarining rivojlanishi yo'nalishlarini belgilab berish usuli taklif etilgandir.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mas'uliyatli turizm olimlar tomonidan yillar davomida turizm barqaror rivojlanishi, sohani mintaqlardagi aholi turmush tarziga, madaniyati hamda urf-odatlariga ta'sirchanligining turli yo'llariga e'tibor qaratgan holda tadqiqotlar olib borilgan.

Bugungi kunda ko'pchilik xorijlik olimlar, xususan G'arb va MHD davlatlari olimlari tomonidan mas'uliyatli turizm va uningjamiyatlarni zamonaviy turmush tarzi va istiqbol rivojlanishiga ta'siri haqida tadqiqotlar olib borilmoqda. Natijada "Mas'uliyatli turizm" tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy terminlar qatoridan mustahkam o'rin egallamoqda. Shu tariqa, turizmdagi mas'uliyatlilik va uning indikatorlari to'g'risidagi tadqiqotlar ham amalga oshirilmoqda.

Bu borada ayrim mualliflarning fikri va mulohazalarini tahlil qilib, ularning natijalarini umumlashtirib, turizm sohasini barqaror rivojlantirish bo'yicha mulohazalarimizni qisqacha bayon qilamiz.

T.N. Prokopes tomonidan "Mas'uliyatli turizm insoniyatning global muammolarni hal qilish usuli sifatida" nomli maqolasida zamonaviy turizmning sayyoramiz holatiga, sayyohlarni qabul qiladigan mamlakatlar madaniyati va iqtisodiyotiga zararli ta'sirining asosiy jihatlari batafsil yoritib berilgan ( T.N. Prokopes. 2022.). Shuningdek, ekologiyaning global holatiga turizmning salbiy ta'sirlari ham batafsil tavsiflangan. Mas'uliyatli turizmning mohiyati ochib berilgan va turizm biznesi sayyorani saqlab qolishning barqaror usullarini amaliyotga tadbiq etishga qanday hissa qo'shishi mumkinligining asosiy jihatlari tavsiflangan. Ye.N. Trofimov o'zining "Mas'uliyatli turizm: kadrlar tayyorlashga yangicha qarash" nomli maqolasida so'nggi o'n besh yil ichida turizm sohasidagi sifat o'zgarishlari va uning ko'lami o'sishi ta'siri ostida "Mas'uliyatli turizm" tushunchasi qo'llanila boshlaganligi va ko'pincha hollarda ekologik, etno va ijtimoiy turizm bilan bog'liqligini ta'kidlagan (Ye.N. Trofimov. 2019.). Shuningdek, maqolada turizmdagi javobgarlik bir qator tamoyillarga asoslanishi, ularning asosiysi mamlakatning tabiiy resurslaridan, sayyohlar yashaydigan hudud yoki joydan oqilona foydalanish, buning uchun tejamkor texnologiyalardan foydalanish lozimligini ta'kidlagan. Shu bilan birga, turizmga yangicha yondashuv atrof-muhitni, odamlarning yashash joylarini, sayyohlik obyektlari va tarixiy obidalarni asrab-avaylashga, turizmga barqarorlik va chidamlilik elementlarini berish kerakligi, mas'uliyatli turizm bugungi kunda ta'lim dasturlariga mos kelishi lozimligiga alohida e'tibor qaratilgan.

Tanya Mixalik o'zining maqolasida turizm sohasidagi barqarorlik (konsepsiya sifatida qaraladigan nazariya) va mas'uliyatlilik (amaliyot, tegishli harakatlar sifatida tushunilgan) bir-biri bilan o'zaro bog'langan bo'lib, mas'uliyatlilik barqaror rivojlanish dasturining amaliyotda qanday amalga oshirishi jarayonini aniq tushunishni talab qilinishini ta'kidlagan (Tanja Mihalic 2016). Shu nuqtai nazardan, maqolada uch bosqichdan iborat barqarorlik va mas'uliyatning asosli integratsiyalashgan modeli taklif etilgan bo'lib, ushbu bosqich xabardorlik, kun tartibi va harakatni (Awareness, Agenda and Action. Triple-A) o'z ichiga oladi. Ushbu Triple-a modeli barqarorlik ko'rsatkichlari bo'yicha munozarani to'ldiradi va barqarorlik konsepsiyasini doimiy ravishda amalga oshirish shuningdek, bozor iqtisodiyotiga hamda ekologik va ijtimoiy qadriyatlarga ko'proq yo'naltirilgan mas'uliyatli turizmga o'tish bo'yicha tavsiyalar beradi.

Bundan tashqari, ushbu maqolada barqarorlik va javobgarlikning mavjud nomenklaturalari va ulardan foydalanishni taxlil qilingan, shuningdek, Yevropa va YUNVTO amaliyotida barqarorlik va javobgarlikni hozirgi mazmuni va mohiyati to'g'risida tegishli xulosalar berilgan, "Mas'uliyatli turizm" atamasi mavjud ikkita atamani birlashtirish va mas'uliyatli turizm xatti-harakatlarining hozirgi mohiyati barqaror turizm tushunchasiga asoslanishi kerakligi taklif yetiladi.

Nezdoyminov S.G. o'zining maqolasida turizmni rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari, "yashil" iqtisodiyotning dasturiy qoidalari asosida turistik faoliyatni ekologiyalashtirishga yondashuvlar, Ukrainada turizmni rivojlantirishni boshqarishning ekologik muammolari, turizm sohasida ekologik sertifikatlash dasturlarini amalga oshirishning xalqaro tajribalari o'rganilgan (Nezdoyminov S.G. 2016.). Barqaror inson taraqqiyoti mezonlariga muvofiq sayohatlarning ekologik xavfsizligi darajasini oshirish zarurligiga e'tibor qaratilmoqda. Turistik xizmatlar uchun atrof-muhitni sertifikatlash tizimlarini joriy etish mintaqalarda turizmni barqaror rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish uchun zarur ekanligi aniqlandi. Yuqorida keltirilgan mualliflar tomonidan turizm sohasini barqaror rivojlantirishni belgilab beruvchi asosiy omillariga e'tibor qaratilmagan.

O'zbekistonda so'ngi yil larda turizm sohasida tadqiqot olib borgan ba'zi tadqiqotchilarning fikrlarini ham e'tiborga olish lozim, jumladan, O.H. Hamidov ekologik turizmni rivojlantirish bo'yicha tadqiqot olib borgan va o'z tadqiqotida quyidagilar masalalar hal etilgan: ekoturizmni boshqarish mexanizmini takomillashtirish turizm sohasini strategik rivojlantirishning muhim yo'nalishi ekanligi asoslab berilgan; ekoturizmni rivojlantirishni boshqarishning atrof-muhit muhofazasi, ekoturistik xavfsizlik va nazorat strategiyalari ishlab chiqilgan; ekoturizmning resurslar salohiyatini boshqarish hamda samaradorligini baholashning balli usuli ishlab chiqilib amaliyotda foydalanish yo'nalishlari tavsiya etilgan va uni milliy iqtisodiyotga integratsiyalash yo'nalishlari asoslab berilgandir (Hamidov O.X. 2017.).

Deyarli barcha mutaxassislar mas'uliyatli turizmning boshqa bir muhim xususiyatini - bu har bir etnik guruhning o'ziga xosligini hisobga oigan holda sayyohlar va mahalliy aholini madaniy almashinuvni qo'llab-quvvatlashdir, deb ta'kidlagan. Bunday aloqalar tashrif buyuruvchilarga ichki muammolarni yaxshiroq tushunishga va tabiiy muhitga zarar yetkazmaslikka imkon beradi.

NATIJALAR

Mas'uliyatli turizm rivojlanishida turizm sohasidagi barcha tomonlarning mas'uliyati yuqori bo'lishi talab etiladi. Bu jarayonda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy ehtiyojlar mezbon hududning yaxlitligi, ekologiyasi va yovvoyi tabiatiga zarar yetkazmagan holda qondiriladi va muammolar hal qilinadi. Uning mohiyati "odamlar yashashi uchun eng yaxshi joylarni va odamlar tashrif buyuradigan eng yaxshi joylarni tashkil etishdir". (Ye.N. Trofimov. 2019.). Bunday turizm sektori turoperatorlar, mehmonxona egal a ri, hukumatlar, mahalliy aholi va sayyohlardan mas'uliyatni o'z zimmasiga olishni, shu bilan birga turizm sohasini ekologik toza va ijtimoiy barqaror qilish uchun choralar ko'rishni talab qiladi.

Mas'uliyatli turizm o'zaro manfaatli ijtimoiy vaziyatlarni yaratish, atrof-muhitga zarar yetkazmaslik va jamoalar aholisi va madaniyatlariga yordam ko'rsatish orqali turizmning mezbon jamoalarga ijobiy ta'sirini rag'batlantiradi. Ushbu shartlar turizmni tashkil etish bilan shug'ullanadigan biznes vakillari uchun amal qilishi mumkin bo'lgan tavsiyalardir.

Mas'uliyatli turizm, turistlarning ta'minoti, xavfsizligi va sodiqligini ta'minlash masalalariga aloqador bo'lib, ushbu turizmning rivojlanishiga ko'pchilik omillar ta'sir etadi. Mas'uliyatli turizmni tashkiliy jihatdagn rivojlanishiga ta'sir etuvchi bir necha muhim omillar mavjud bo'lib ular quyidagilar:

1. Moliyaviy masalalar: Mas'uliyatli turizmni rivojlanishida moliyaviy masalalar ko'p hollarda muhim roi o'ynaydi. Turizm sektorining moliyaviy holati, soliqlar, kreditlar, kapital investitsiyalar va boshqa moliyaviy omillar turizmni samarali tashkil etilishiga bevosita ta'sir etadi.

2. Xavfsizlik va sodiqlik: Mas'uliyatli turizmda xavfsizlik va sodiqlik muhim masalalardan birdir. Turistlarning xavfsizligini ta'minlash uchun muassasalar, shaxslar va davlat organlari tomonidan ta'minlansa, sodiqlik bevosita turistlar va mahalliy aholining turizm resurslarini asrashga va ularga bo'lgan munosabatiga bog'liq.

3. Infratuzilma: Mas'uliyatli turizmni rivojlanishida infrastruktura muhim roi o'ynaydi. Turizm infratuzilmasining rivojlanganligi, turoperatorlarga, turistlarga va muassasalarga xizmat ko'rsatishda ko'proq imkoniyatlar yaratadi, shu bilan birga sifatli xizmat ko'rsatishga ta'sir etadi.

4. Markazlashtirish: Mas'uliyatli turizm rivojlanishining ma'lum bosqichida markazlashtirish asosiy unsurlardan biri. Turoperatorlar va boshqa davlat muassasalari tomonidan yaxshilashtirilgan markazlashtirish va tashkilotlashtirish orqali turistlarning oqimini ko'paytirish va saqlash imkoniyatlarini yaratadi.

Barqaror turizm yoki ekoturizm deb ham ataladigan mas'uliyatli turizm - bu atrof-muhitga salbiy ta'sirni minimallashtirish, madaniy merosni saqlash va mahalliy jamoalar farovonligini oshirishga qaratilgan sayohat va turizm sanoatini rivojlantirishga yondashuvdir.

Mas'uliyatli turizmning asosiy tamoyillari mavjud va ulardan biri ekologik barqarorlik hisoblanadi. Bu tabiiy resurslarva biologikxilma-xillikni saqlash, chiqindilarni kamaytirish, energiya samaradorligi va zaif ekotizimlarni himoya qilish kabi vazifalarni o'z ichiga oladi.

Mas'uliyatli turizmning yana bir tamoyili ijtimoiy-madaniy barqarorlik bo'lib, bunda mahalliy madaniyatlar, an'analar va urf-odatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish, mahalliy iqtisodiyotni qo'llab-quvvatlash va mahalliy aholi uchun ish o'rinlari yaratish muhim roi o'ynaydi.

Iqtisodiy barqarorlik tamoyilida barqaror va iqtisodiy jihatdan foydali turizm korxonalarini rivojlantirishga ko'maklashadi, iqtisodiy foydalarni mahalliy jamoalar o'rtasida taqsimlashga va turizm biznesida adolatli ishtirok etishga yordam beradi.

Mas'uliyatli turizm turistlarni sayohatlari davrida xabardor va ongli bo'lishga, ekologik va ijtimoiy mas'uliyatli turar joy variantlarini tanlashga, mahalliy madaniyat va ekotizimlarni faol qo'llab-quvvatlashga, mahalliy aholining huquqlari va ehtiyojlarini hurmat qilishga undaydi.

Mas'uliyatli turizm global muammolarni hal qilish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi, chunki u turizm sohasida iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik barqarorlikni birlashtirishga intiladi. Mamlakat iqtisodiyotining barqaror istiqbol taraqqiyoti uchun turizm sohasi rivojining barqarorligi zarur unsurdir. Barqarorlik va uning huquqiy ta'minlanishi iqtisodiy o'sish va bunyodkorlik asosi bo'lib xizmat qilmoqda.

Mamlakat iqtisodiyoti va xususan turizmdagi barqarorlik (ustoychivoye razvitiye/sustainable development) tushunchasiga e'tibor qaratsak, u qanday shart-sharoitlarni taqozo etadi, uni ta'minlash uchun nima ishlarni amalga oshirish darkor, nima uchun barqarorlik iqtisodiy o'sish omilini bo'lib xizmat qiladi kabi masalalar bugungi kunda turizm sohasi uchun ham o'rganilishi va tadqiq etilishi lozim bo'lgan masalalardir. Mas'uliyatli turizm sohadagi barqarorlikni ta'minlash bilan birga bir qancha global muammolarni hal qilinishida zarur vosita hisoblanadi va ularquyidagilar:

1. Ijtimoiy adolat: mas'uliyatli turizm mahalliy aholining yashash sharoitlarini yaxshilashga va ularning rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi. Bu ish o'rinlarini yaratish, daromadlarning o'sishi va mahalliy iqtisodiyotni mustahkamlashga imkon yaratadi.

2. Atrof muhitni muhofaza qilish: mas'uliyatli turizm sohaning tabiatga salbiy ta'sirni minimallashtirish va uning boyligini kelajak avlodlar uchun saqlashga qaratilgan. Bunga ekologik xatti-harakatlar, energiya samaradorligi, chiqindilarni boshqarish va biologik xilma-xillikni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilish kiradi.

3. Madaniy merosni saqlash: mas'uliyatli turizm mahalliy jamoalarning madaniy merosi va an'analarini hurmat qiladi va saqlashga intiladi. Bu tarixiy va madaniy obyektlarni, diqqatga sazovor joylarni, hunarmandchilik va xalq urf-odatlarini saqlash va targ'ib qilishga hissa qo'shadi.

4. Madaniyatlararo tushunishni rivojlantirish: mas'uliyatli turizm sayyohlar va mahalliy aholining o'zaro ta'siri orqali o'zaro hurmat, bag'rikenglik va madaniyatlararo aloqalarni rivojlantiradi. Bu turli madaniyatlar o'rtasida bilim, tajriba va qadriyatlar almashinuvini rag'batlantiradi.

5. Mas'uliyatli turizm global muammolarni hal qilish vositasiga aylanish imkoniyatiga ega, chunki u barqaror rivojlanish, tabiat va madaniy merosni asrab-avaylash, shuningdek, madaniyatlararo muloqot va hamkorlik uchun qulay muhit yaratishga yordam beradi.

Mas'uliyatli turizm davlat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Sayyohlar mamlakatga tashrif buyurganida, ular mehmonxonalar, restoranlar, transport va ekskursiyalar kabi turli xil tovarlar va xizmatlarga pul sarflashadi, bo'sh ish o'rinlarini yaratadi va iqtisodiy o'sishga yordam beradi.

Bundan tashqari, mas'uliyatli turizm mamlakatning tabiiy boyliklari va madaniy merosini saqlashga hissa qo'shishi mumkin, bu esa o'z navbatida ko'proq sayyohlarni jalb qilishi va turizm daromadlarini oshirishi mumkin. Ammo mas'uliyatli turizm tamoyillariga rioya qilinmasa, bu iqtisodiyot uchun atrof-muhitga zarar yetkazish va xizmatlar sifatining yomonlashishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Mamlakatdagi mas'uliyatli turizm turizm sanoatining barqaror rivojlanishiga hissa qo'shadigan va atrof-muhitga, madaniy merosga va mahalliy aholiga salbiy ta'sirni minimallashtiradigan chora-tadbirlarni ishlab chiqishni va amalga oshirilishini nazarda tutadi. Mas'uliyatli turizmni turli yo'nalishlarda qay darajada turizmni barqarorligiga ta'sir qilish mumkinligini kuzatish mumkin.

Tabiiy resurslarni tejash sohasida: sanoat obyektlari va mehmonxonalar energiya tejaydigan texnologiyalardan foydalanishi, shuningdek suv va elektr energiyasini iste'mol qilishni kamaytirishi mumkin. Sayyohlar ekologik xatti-harakatlar zarurligini ham bilishlari mumkin, masalan, qo'riqxonalarga axlat tashlamaslik.

Madaniy merosni saqlash sohasida: mahalliy madaniyat va hunarmandchilikni qo'llab-quvvatlash va targ'ib qilish, masalan, an'anaviy bozorlarga tashrif buyurish yoki mahorat darslarida qatnashish orqali. Sayyohlar mahalliy urf-odatlar va an'analarga hurmat ko'rsatishlari kerak.

Mahalliy aholining ishtiroki sohasida: mahalliy aholiga turizm sohasida imkoniyatlar yaratish, masalan, mehmonxonalarda ishlash yoki ekskursiya gidlari bilan ta'minlash. Bu turizm daromadlarini teng taqsimlashga yordam beradi.

Ijtimoiy javobgarlik sohasida: mahalliy jamoalardagi ijtimoiy loyihalar va xayriya tashkilotlarini qo'llab-quvvatlash, masalan, xayr-ehson yoki ko'ngilli sifatida ishlash orqali.

Mas'uliyatli turizmni joriy etish mamlakatda turizm sanoatini rivojlantirishga, ko'proq sayyohlarni jalb qilishga va barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashga yordam beradi.

Mas'uliyatli turizmni rivojlantirish zamonaviy turizm sanoatida muhim yo'nalish hisoblanadi. Mas'uliyatli turizmni rivojlantirishga quyidagi bir necha omillar ta'sir etadi:

- ta'lim va xabardorlik: sayyohlar, sayyohlik kompaniyalari va mahalliy jamoalarning mas'uliyatli turizm tamoyillari va uning afzalliklari to'g'risida xabardorligini oshirish soha rivojlanishining asosiy omilidir. Bu jarayonda ta'lim dasturlari, treninglar va axborot kampaniyalari yordam berishi mumkin.

- hamkorlik va sheriklik: mas'uliyatli turizmni muvaffaqiyatli rivojlantirish barcha manfaatdor tomonlarning, shu jumladan hukumat, sayyohlik tashkilotlari, mahalliy aholi va nodavlat tashkilotlarning hamkorligini talab qiladi. Hamkorlik umumiy maqsadlarga erishish uchun kuch va resurslarni birlashtirishga imkon beradi.

- boshqarish me'yorlari va standartlarni ishlab chiqish: mas'uliyatli turizmni rivojlantirish tegishli siyosat, qoidalar va standartlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab qiladi. Bunga sayyohlar uchun xulq-atvor kodekslarini ishlab chiqish, mehmonxonalar va turistik kompaniyalarni sertifikatlash, shuningdek boshqarish va nazorat mexanizmlarini yaratish kiradi.

- infratuzilma va resurslar: mas'uliyatli turizmni rivojlantirish tegishli infratuzilma va resurslarni rivojlantirishga sarmoya kiritishni talab qiladi. Bunga ekologik barqaror turar joylarni yaratish, jamoat transportini rivojlantirish va chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish kiradi.

- rag'batlantirish va marketing: mas'uliyatli turizmni samarali targ'ib qilish barqaror amaliyotni qadrlaydigan ko'proq sayyohlarni jalb qilishga yordam beradi. Marketing kampaniyalari, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish, reklama kabi vositalar xabardorlikni oshirish va mas'uliyatli turizmga e'tiborni jalb qilishga yordam beradi.

Mas'uliyatli turizmni rivojlantirish birgalikdagi sa'y-harakatlarni va uzoq muddatli rejalashtirishni talab qiladi shuningdek, turizm sohasi va mahalliy aholi uchun barqaror va qulay muhit yaratishga imkon beradi. XULOSA

Yuqoridagilardan xulosa qilgan holda, mamlakat milliy iqtisodiyotida mas'uliyatli turizm alohida o'ringa ega va bu yo'nalishni rivojlanishi turizmning barqaror rivojlanishiga olib kelishini ta'kidlash mumkin. Turizm sohasi nafaqat sayyohlarning farovonligiga, balki boradigan mamlakatdagi atrof-muhit, jamiyat va iqtisodiyotining farovonligiga ham bog'liq. Agar turistik maskanlar sayyohlar uchun o'z jozibadorligini yo'qotsa, kompaniya uchun noqulay vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin yoki moliyaviy yo'qotishlarga ham olib kelishi mumkin.

Mas'uliyatli turizm barqaror rivojlanishning uchta ustunini, ya'ni atrof-muhit, mahalliy jamoa va iqtisodiyotni hisobga oladigan barqaror turizm yo'nalishi bo'yicha barcha manfaatdor tomonlarning harakatlarini o'z ichiga oladi. Ushbu turizm manfaatdor tomonlar o'rtasida kuchli birlashtiruvchi vosita bo'lib kelgan va Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2030 Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga erishish yo'llaridan biri sifatida qaraladi. Mas'uliyatli turizmning tajribasidan ko'rish mumkinki, bu mahalliy jamoalarga maksimal foyda keltiradi va mahalliy aholiga o'z madaniyati va yashash joylarini tabiiy holatda saqlashga yordam beradi

Turizmni barqaror rivojlantirish barcha tegishli manfaatdor tomonlarning keng ishtirokini va o'zaro konsensusga erishishini ta'minlash uchun kuchli siyosiy yetakchilikni talab qiladi. Mas'uliyatli turizmga erishish - bu turizmni barqaror rivojlanishini doimiy nazorat qilishni va kerak bo'lganda zarur tuzatish choralarini ko'rishni talab qiladigan doimiy jarayondir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR Sanjana Mondal & Kaushik Samaddar. Responsible tourism towards sustainable development: literature reviyew and research agenda. Asia Pacific Business Reviyew, DOI: 10.1080/13602381.2021.1857963

T.N. Prokopes. Otvetstvenniy turizm kak sposob resheniya globalnix problem chelovechestva. Jurnal Turizm i gostepriimstvo. ISSN 2410-3810. 2022. № 1

Ye.N. Trofimov. Otvetstvenniy turizm: noviy vzglyad na podgotovku kadrov. 2019 g. otvetstvennyy-turizm-novyy-vzglyad-na-podgotovku-kadrov.pdf

Keyptaunskaya deklaratsiya (2015) [Elektronniy resurs] / International Federation of Library Associations and Institutions. - Rejim dostupa: https://cdn.ifla.org/wp-content/uploads/2019/05/assets/wlic/2015/documents/cape-town-declaration-of-ministers-ru.pdf.

Tanja Mihalic. Sustainable-responsible tourism discourse - Towards 'responsustable' tourism. Journal of Cleaner Production Volume 111, Part B, 16 January 2016, Pages 461-470

Nezdoyminov S.G. Ekologizatsiya turizma kak faktor ustoychivogo razvitiya turistskix regionov. Regionalize issledovaniya Nol (43), str: 133-139. 2014.

Hamidov O.X. O'zbekistonda ekologik turizmni rivojlantirishni boshqarish mexanizmini takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati. -Samarqand, 2017. - 67 b.

EXTENDED ABSTRACT

RESPONSIBLE TOURISM AS A FACTOR OF TOURISM DEVELOPMENT

Currently, significant changes in the tourist business are taking place, and new forms of tourism are emerging. Tourism has several beneficial and bad effects on society and areas. Responsible tourism is one of the new tourist development paths that has been presented as a strategy to maximize the beneficial impacts of tourism while minimizing the negative consequences. The essential components and concepts of responsible tourism are examined in this article. It should be mentioned that a new approach to tourism aims to preserve the environment, human habitats, tourist sites, and historical monuments, as well as to give tourism features of sustainability and durability. It is stressed in responsible tourism that travelers, tourism enterprises, hotels, the state, local inhabitants, and other tourism-related parties are accountable for the growth of the tourism sector. Tourist's contributions to responsible tourism have a specific place in the literature, nevertheless they are typically viewed as part of the issue rather than part of the solution. This essay also addresses visitor behavior and seeks to explain what determines or limits appropriate recreation activity. The paper also examines effective communication and visitor behavior research. The author provides broad definitions of responsible tourism and responsible visitors in the article. Researchers have identified several tourist behaviors throughout their journey, including values and attitudes; ethics and motivation; marketing; visitor management; information and communication. In general, responsible tourism seeks to increase the good influence of tourism on host communities by fostering mutually advantageous social conditions, avoiding environmental harm, and caring for and supporting people and their cultures. These criteria are guidelines that can be followed throughout the formation stage of a tourism-related organizations. As a result of the development of market relations and cooperative relations, favorable conditions are created for the development of the tourism sector, the importance of the tourism sector in the economy of the countries is increasing. The tourism sector serves to provide the necessary currency income for the country's treasury, to create new jobs and, at the same time, to raise the standard of living of the population.

In today's new scientific and technological revolution, as well as the development of society and the world economy, in the process of overpopulation of the planet, the responsibility of people, society and the state to protect the environment is increasing more than ever.

It can be observed that the tourism sector is developing rapidly, as a result, the flow of tourists around the world is increasing, the transport system is being improved, the hospitality system is being improved, but the increase in the number of tourist destinations is not keeping up with this process, the problem of overloading leisure and tourism facilities appears. And it is important to consider this factor.

Tourism has changed the way people see the world, and tour operators are making hard-to-reach areas of the world accessible to tourists, allowing local people to showcase their culture and traditions, and bringing economic benefits to regions with limited resources, contribute to the development of their regions. The World Tourism Market adopted the Cape Town Declaration (Cape Town Declaration 2015) on the occasion of the World Responsible Tourism Day, which calls on the representatives of the tourism industry to take responsibility and demonstrate their responsibility in order to make tourism more sustainable.

Responsible tourism is the use of tourism to create better places for people to live and better places for people to visit. At the same time, responsible tourism requires tour operators, hotel companies, governments, local residents and tourists to take responsibility and take measures to make tourism more sustainable.

This type of tourism allows tourists to visit a place that offers unique culture, heritage and history. Tourists visit destinations of their choice to learn about and learn about the culture of local

communities. This type of experience can include participating in events and festivals that are important for local communities to experience different cultures.

In the research, the methodology of taking into account the innovative changes expected in the coming years and studying the sustainable development of tourism as a single system in determining the development of responsible tourism is used, and a method of determining the directions of development of the components of the tourism industry through methods such as comparative analysis is proposed.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.