Научная статья на тему 'DEVELOPMENT OF INTER-NETWORK TOURISM-RECREATION CLUSTER IN UZBEKISTAN'

DEVELOPMENT OF INTER-NETWORK TOURISM-RECREATION CLUSTER IN UZBEKISTAN Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tourism / tourist products / service / recreational-tourism services / cluster / recreation potential / hotel / motel / camping / recreation facility / recreationists / tourism / tourist products / service / recreational-tourism services / cluster / recreation potential / hotel / motel / camping / recreation facility / recreationists

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Olimjanova Sh

In terms of the innovative development of the economy, tourism contributesthe large share to national income in the most of developed and developing countries. Increasing the export of tourism services creates additional demand in each national economy, ensures increase of the level of employment and provides higher foreign exchange earnings. Therefore, the development of tourism in the national economy is important for the addingin value chain and the achievement of economic development. Today, the tourism sector has become one of the leading sectors of the world economy. After the COVID-19 pandemic, due to the development of domestic tourism on a global scale, ample conditions have been created in our country to restore the tourist flow that has decreased in tourism services market. Thus, the agenda of the formation in effective supply services which are approached to increased demand for tourism and recreation services

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF INTER-NETWORK TOURISM-RECREATION CLUSTER IN UZBEKISTAN

In terms of the innovative development of the economy, tourism contributesthe large share to national income in the most of developed and developing countries. Increasing the export of tourism services creates additional demand in each national economy, ensures increase of the level of employment and provides higher foreign exchange earnings. Therefore, the development of tourism in the national economy is important for the addingin value chain and the achievement of economic development. Today, the tourism sector has become one of the leading sectors of the world economy. After the COVID-19 pandemic, due to the development of domestic tourism on a global scale, ample conditions have been created in our country to restore the tourist flow that has decreased in tourism services market. Thus, the agenda of the formation in effective supply services which are approached to increased demand for tourism and recreation services

Текст научной работы на тему «DEVELOPMENT OF INTER-NETWORK TOURISM-RECREATION CLUSTER IN UZBEKISTAN»

O'ZBEKISTONDA TARMOQLARARO TURISTIK-REKREATSIYA KLASTERLARINI RIVOJLANTIRISH

Dotsenti Olimjanova Sh.O., O'zbekiston milliy universiteti, "Alfraganus universiti" universiteti ORCID: 0000-0001-9600-6009 Magistranti Xavrullaev S.I., O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oily maktabi sivovushxavrullayev91@email.com Pulatova M.Yu. "Xabar.uz" axborot-tahliliy porta I i muharriri maftuna.vusupovna@gmail.com

Annotatsiya. Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida turizm aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar milliy daromadining asosiy manbai hisoblanadi. Turistik mahsulotlarni eksportini oshirish har bir milliy iqtisodiyotda qo'shimcha talabni paydo qiladi va aholining ish bilan bandligi darajasi oshishi va xorijiy valyuta tushumlari ko'payishini ta'minlaydi. Shuning uchun milliy iqtisodiyotda turizmni rivojlantirish qo'shimcha qiymat zanjirining oshishini, iqtisodiy rivojlanishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda turizm sohasi jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. COVID-19 pandemiyasidan keyin dunyo miqyosida ichki turizmni rivojlantirish hisobiga turizm xizmatlari bozorida pasayib ketgan turistik oqimni tiklash uchun mamlakatimizda ham keng sharoitlar yaratib berilmoqda. Bu esa, aholini turistik-rekreatsiya xizmatlariga bo'lgan talabining ortishiga va ushbu xizmatlarning samarali taklifini shakllantirish masalasini kun tartibiga qo'ymoqda.

Mamlakatimiz mintaqalarida turistik-rekreatsiya faoliyatini tashkil etishning samarali yo'nalishlaridan biri bo'lgan tarmoqlararo rekreatsion xizmatlar ko'rsatish klasterlarini rivojlantirish istiqbolli yo'nalish sifatida e'tirof etilmoqda.

Maqolada mamlakatimizda turistlar tomonidan talab etiladigan rekreatsion-turistik xizmatlar masalalari yoritilgan. Shuningdek, turizm va rekreatsiya sohasida klasterli yondashuv cheklangan hududda sayyohlar va boshqa iste'molchilar (mahalliy aholi, rekreantlar)ning ehtiyojlarini qondiradigan turli korxona va tashkilotlarning o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlarini ta'minlash chora-tadbirlari belgilab berilgan.

Kalit so'zlar: turizm, turistik mahsulotlar, xizmat ko'rsatish, rekreatsion-turistik xizmatlar, klaster, rekreatsion salohiyati, mehmonxona, motel, kemping, rekreatsion obyekt, rekreantlar.

Abstract: In terms of the innovative development of the economy, tourism contributesthe large share to national income in the most of developed and developing countries. Increasing the export of tourism services creates additional demand in each national economy, ensures increase of the level of employment and provides higher foreign exchange earnings. Therefore, the development of tourism in the national economy is important for the addingin value chain and the achievement of economic development. Today, the tourism sector has become one of the leading sectors of the world economy. After the COVID-19 pandemic, due to the development of domestic tourism on a global scale, ample conditions have been created in our country to restore the tourist flow that has decreased in tourism services market. Thus, the agenda of the formation in effective supply services which are approached to increased demand for tourism and recreation services.

The development of clusters which are in interbranch recreation service, is recognized as a priority direction of organizing tourism and recreation activities in the regions.

The article reports the issues of recreational and tourist services required by tourists in the country. Also, measures have been defined to ensure the cooperation of various enterprises and organizations that meet the needs of tourists and other consumers (local residents, recreationists) in the area where the cluster approach is limited in the field of tourism and recreation.

Key words: tourism, tourist products, service, recreational-tourism services, cluster, recreation potential, hotel, motel, camping, recreation facility, recreationists.

KIRISH

Iqtisodiyotning innovatsion rivojlanishi sharoitida turizm aksariyat rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar milliy daromadining asosiy manbai bo'lib hisoblanadi. Turistik mahsulotlarni eksportini oshirish har bir milliy iqtisodiyotda qo'shimcha talabni paydo qiladi va aholining ish bilan bandligi darajasi oshishi va xorijiy valyuta tushumlari ko'payishini ta'minlaydi. Shuning uchun milliy iqtisodiyotda turizmni rivojlantirish qo'shimcha qiymat zanjirining oshishini, iqtisodiy rivojlanishga erishishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bugungi kunda turizm sohasi jahon iqtisodiyotining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Jahon Turizm Tashkiloti (United Nations World Tourism Organization (UNWTO)) ma'lumotlariga ko'ra, 2021 yilda jahonda turistlar soni 2020 yilga nisbatan 4%ga, ya'ni 400 mln. kishidan 450 mln. kishiga qadar oshdi. 2021 yilda xalqaro turizm xizmatlari qiymati 1,9 trln dollar baholanmoqda. Ushbu ko'rsatkich 2020 yilga nisbatan 1,6 trln. dollarga yuqori bo'lishiga qaramasdan pandemiya inqiroziga qadar erishilgan 3,5 trln. dollarga nisbatan ancha past ko'rsatkichligicha qolmoqda [https://www.unwto.org/news/tourism-grows-4-in-2021].

Jahon amaliyoti milliy iqtisodiyotning alohida tarmoq yoki sohalarini klasterli yondashuv asosida rivojlantirish samarali usullardan ekanligini ko'rsatmoqda. Mamlakatimiz mintaqalarida turistik-rekreatsiya faoliyatini tashkil etishning samarali yo'nalishlaridan biri bo'lgan tarmoqlararo rekreatsion xizmatlar ko'rsatish klasterlarini rivojlantirish istiqbolli yo'nalish sifatida e'tirof etilmoqda.

Pandemiya sharoitida jahonda turizm xizmatlari bozorida pasayib ketgan turistik oqimni ichki turizmni rivojlantirish hisobiga tiklash muammosi dolzarb ilmiy-amaliy muammoga aylanib bormoqda. Bu o'z navbatida aholini turistik-rekreatsiya xizmatlariga bo'lgan talabining ortishi va ushbu xizmatlarning samarali taklifini shakllantirish masalasini kun tartibi tartibiga qo'ymoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan «2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi Farmonida "O'zbekiston bo'ylab sayohat qiling" dasturi doirasida mahalliy sayyohlar sonini 12 mln. nafardan oshirish hamda respublikaga tashrif buyuradigan xorijiy turistlar sonini 9 mln. nafarga yetkazish vazifasi belgilangan[https://strategy.uz/index.]. Ushbu vazifani hayotga tatbiq etishning muhim omillaridan biri mamlakatimiz turistik-rekreatsion salohiyatini klaster usulida rivojlantirish hisoblanadi. Klasterlar, jumladan, turistik klasterlar o'ziga xos innovatsion tizim bo'lib, butun mintaqa iqtisodiyotining samarali rivojlanishi, uning raqobatbardoshligini oshirish, fan, kadrlar tayyorlash tizimi va biznes o'rtasida hamkorlikni kuchaytirish uchun asos bo'lishi mumkin. Shu sababdan turistik klasterlarni shakllantirishning ilmiy va amaliy jihatlarini o'rganish, bu masala bo'yicha jahon tajribasini tahlil etish asosida mamlakatimizda turizm klasterlarini rivojlantirish bo'yicha takliflar ishlab chiqish dolzarbdir.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili

Turizm sohasini rirojlantirish va tartibga solish mexanizmlariga bag'ishlangan ko'plab tadqiqotlar amalga oshirilgan bo'lib, ushbu tadqiqotlarda turizm sohasini rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish bo'yicha turli xil qarash va yondashuvlar ishlab chiqilgan. Bu boradagi tadqiqot ishlari keng qamrovliligi va tadqiqot mavzularining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jumladan, ayrim tadqiqotchilar asosiy etiborni xalqaro turizm bozori rivojlanishining asosiy yo'nalishlari va integratsion jarayonlar, turizm industriyasi subyektlari faoliyati, xalqaro turizmni tartibga solish mexanizmlari, xalqaro turistik siyosatning maqsadlari, vazifalari va ustuvor yo'nalishlariga qaratishgan [International Journal December 2018]

Alimova M.T., Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tendensiyalarini [Samarqand -2017], Ibragimov, N.S. turistik hududni barqaror rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarini, Tuxliev N., T.Abdullaevalar turizmni rivojlantirishning milliy modellarini yoritishgan ["O'zbekiston milliy ensiklopediyasi", 2006].

Martin va Sanli ma'lumotlariga ko'ra, klasterlar konsepsiyasi borasida turli mavhumliklar mavjud bo'lib, bu mualliflar uchun "kosmosdagi klasterlarni aniqlash osonroq" degan fikrga kelishgan. Soun va Prevezer uni oddiy tarzda aniqladilar, ya'ni klaster - ma'lum geografik makonda joylashgan bir guruh kompaniyalar yig'indisidir. "Klaster" tushunchasini birinchi bo'lib fanga Garvard biznes maktabi

professori Maykl Porter kiritgan bo'lib, uning e'tirof etishicha, "klaster - bu bir-biri bilan raqobatlashuvchi, lekin shu bilan birga, butun klasterning raqobatbardoshligini ta'minlash maqsadida o'zaro hamkorlikda faoliyat yurituvchi, geografik jihatdan yaqin joylashgan tashkilotlarning o'zaro bog'langan guruhlari, ular faoliyatiga ixtisoslashgan xizmat ko'rsatish tashkilotlari, jihozlar yetkazib beruvchi tashkilotlar, ularga hamroh tarmoq tashkilotlari, shuningdek, ularning faoliyati bilan bog'liq turli soha tashkilotlari va boshqa bir qator tashkilotlar guruhidir"[ Turistik hudud raqobatbardoshligi 2017].

M.Porter fikricha, mamlakat, hudud va tarmoq raqobatbardoshligini ta'minlashda alohida korxonalar emas, balki klasterlar belgilovchi ahamiyat kasb etadi [Porter M.E. 1998. # 76 (6)]. Jekson va Murfi klasterlar tushunchasini turizm sohasiga tadbiq etish, mahsulotning mahalliy bazalar bilan o'zaro aloqada bo'lishi va o'zaro bog'liq kompaniyalarning aglomeratlarning shakllanishiga olib keladigan qo'shma harakatlarini qo'llab-quvvatlagan holda mos kelishini ta'kidlaydi. M.Porter turizm klasteriga tegishli elementlarning muhimligini ta'kidlab, sayyohlar extiyojini qondirish nafaqat joyning diqqatga sazovorligi balki mexmonxonalar, restoranlar, savdo markazlari va transporting samaradorligi va sifatiga bog'liqligini ko'zda tutgan. T.A. Lavrovaning fikricha, "turistik-rekreatsion klasterlar o'zaro bog'liq rekreatsion va madaniy ob'ektlar majmuini tashkil etadi.

Bunda zarur infratuzilma bilan ta'minlangan ovqatlanish va xizmat ko'rsatuvchi korxonalarning mablag'lari hamkorlikda sohani rivojlantirishga yo'naltiriladi [Вестник Национальной академии туризма. - №3 (19), июль-сентябрь], О.М. Kalchenko esa "turistik klaster turistik xizmatlar tarkibiga kiruvchi asosiy va qo'shimcha xizmatlar ko'rsatuvchi korxona va tashkilotlarning texnologik va axborot nuqtai nazaridan o'zaro intensiv bog'lanishdagi tizim", deya ta'rif beradi [Кальченко О.М. 2009].

O'zbekiston Repsublikasining «Turizm to'g'risidagi» Qonunida esa turistik klasterga quyidagi ta'rif berilgan «. kompleks turistik xizmatlar hamda turistning va ekskursantning ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun zarur bo'lgan boshqa qo'shimcha xizmatlar ko'rsatuvchi mustaqil tashkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar majmui turistik klasterdir. Turistik klasterlar kompleks turistik xizmatlar ko'rsatish, turistik faoliyatning raqobatbardoshliligi va sifatini oshirish maqsadida turistik mahsulotni shakllantiradi, targ'ib etadi va realizatsiya qiladi» [ O'zbekiston Respublikasining «Turizm to'g'risidagi» Qonuni ].

Ko'rib o'tilgan mutaxassislarning fikriga ko'ra, xozirgi kunda mamlakat turizm salohiyatini dunyoga namoyon qilishda turizm xizmatlarini, turistik-rekreatsion salohiyatini tarmoqlararo turistik-rekreatsiya klasterlarini rivojlantirish dolzarb hisoblanadi.

Demak, iqtisodiy nuqtai nazardan klaster muayyan hududda o'zaro bog'liq ishlab chiqarish munosabatlari va kapitalning yuqori darajada konsentratsiyalashuvi, umumiy raqobat ustunliklarining mavjudligi, kuchli raqobat muhiti bilan ajralib turadi.

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqotda turizmni rivojlanishini tahlil qilish natijasida mamlakatimizning turistik-rekreatsiya sohasidagi klasterlarni aholash monografik tadqiqot asosida nazariy jihatdan o'rganib chiqildi. Rasmiy statistik ma'lumotlari asosida Stata va R-Studio dasturi tahlildan foydalangan holda, asosiy ko'rsatkich hisoblangan rekreatsiya xizmatlari hajmi va unga ta'sir etuvchi resurs komponent ko'rsatkichlari vaqtli qatorlari negizida ekonometrik model aniqlandi. Modeldan mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari sonining 1 donaga ko'payishi, mamlakat hududi bo'ylab sayohatga chiqqan O'zbekiston fuqarolarining soni 2.6594 martaga o'sishiga olib kelar ekan..

Tadqiqotni amalga oshirish jarayonida tadqiqot metodologiyasi sifatida ilmiy abstraksiya, korrelyasion-regression tahlil, tahlil va sintez usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar

Turizm har qanday mamlakat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega. Mintaqalarning turistik salohiyatidan samarli foydalanish iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Bu borada turistik-rekreatsion klasterlar doirasida kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Chunki, ular iqtisodiy sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yo'lga qo'yish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. Shu bilan bir vaqtda O'zbekistonda turizm tarmoqlarida yaratilgan qo'shilgan qiymat va yalpi ichki mahsulotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi pastligicha qolmoqda. Jumladan, ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 2019 yildagi 4,6 va 4,3 foizdan

pandemiya inqirozining salbiy ta'siri natijasida 2021 yilga kelib 2,6 va 0,7 foizgacha qisqargan. Mamlakat ichidagi turizmga oid iste'molning iqtisodiy tarmoqlarning ichki taklifidagi ulushi ham bor yo'g'i 0,6 foizni tashkil etadi (1-rasm)

Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной Основной

Основной

Основной ■

Основной

1 новн ои

ос нсФШзной

Н(йй«РН0Й

■ ■■

I Turizm tarmoqlarida qo'shilgan qiymatini mamlakat YIMdagi ulushi

I To'g'ridan-to'g'ri turizmdagi yaratilgan yalpi ichiki mahsulotning mamlakat YIMdagi ulushi

Mamlakat ichidagi turizmgi oid iste'molning iqtisodiy tarmoqlarning ichiki taklifidagi ulushi

1-rasm. Turizm tarmoqlarining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi, jamiga nisbatan foizda

Tahlillar O'zbekiston turizm tarmoqlarida band bo'lganlar sonining ham pandemiya inqirozi tufayli 2019-2021 yillarda 231431 kishidan 208 053 kishiga qadar qisqarganligini ko'rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda turizm tarmoqlarida band bo'lganlarning salmoqli qismi umumiy ovqatlanish korxonalari xizmatlari (32,7%), tashrif buyuruvchilarni joylashtirish bo'yicha xizmatlar (24,8%) va quruqlikdagi yo'lovchi transporti (23,2%) xizmatlariga to'g'ri kelayotganligini ko'rsatmoqda. Temir yo'l yo'lovchi transporti xizmatlari (2,5%),madaniyat sohasidagi xizmatlar (6,0),sport va dam olish bo'yicha xizmatlari (8,2%) kabi mintaqalarning rekreatsion salohiyatidan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga xizmat qiluvchi yo'nalishlar ulushi pastligicha qolmoqda (1-jadval).

1-jadval

O'zbekiston turizm tarmoqlarida bandlik, jamiga nisbatan foizda

Turizm tarmoqlari

20 19

20 20

2021

1. Tashrif buyuruvchilarni j oylashtirish bo'yicha xizm atlar

23 ,6

26 Л

24, 8

2. U

mu mi yo vq atl ani sh kor xo nal ari xiz ma tlar i

28, 8

28, 4

32, 7

3.Temir yo'l yo'lovchi transporti xizmatlari

2, 3

2, 2

2,5

4.Quruqlikdagi yo'lovchi transporti xizmatlari 30 ,6 26 ,3 23,2

5.Havo yo'li yo'lovchi transporti xizmatlari 0, 9 0, 8 1,0

6.Transport vositalarini ¡jaraga berish xizmatlari 0, 8 0, 6 0,7

7.Turizm agentliklari xizmatlari va bron qilish bo'yicha boshqa 1, 1, 1,2

xizmatlar 4 3

8. Madaniyat sohasidagi xizmatlar 4, 8 6, 1 6,0

9.Sport va dam olish bo'yicha xizmatlari 6, 9 8, 2 8,2

Jami: 10 0 10 0 100

Turizm sohasini klaster asosida rivojlantirish mahalliy rekreatsion resurslardan yanada samarali foydalanish, ishsizlik muammosini hal qilish, mehnat unumdorligini oshirish, o'rta mulkdorlar qatlamini shakllantirish va ichki bozorni iste'mol tovarlari bilan to'ldirishda muayyan afzalliklarga ega. Mintaqalarning turistik-rekreatsion salohiyatidan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan izchil, tizîmli islohotlar 2010-2022 yillarda ichki turizmning jadal sur'atlarda rivojlanayotganligini ko'rsatmoqda. Shu bilan bir qatorda mintaqalarning turistik-rekreatsion salohiyatidan ustun darajada ichki turizmni rivojlantirish maqsadida foydalanish maqsadga muvofiq. Sohani klasterli yondashuv asosida rivojlantirish istiqbollarini baholash uchun ichki turizmning rivojlanishiga ta'sir qiluvchi aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real daromadlar, turistik ob'ektlar soni, jumladan mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari kabi omillar olindi. Ushbu bog'liqlikni aniqlash maqsadida aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real daromadlar miqdori, jami turistik ob'ektlar, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari sonini aniqlab olamiz (2-jadval)

2-jadval

Ichki turizmning rivojlanishiga ta'sir etuvchi omillar dinamikasi_

Yillar Ichki sayyohlar soni, ming kishi Jami joylashtirish vositalari soni Aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real daromadlar, so'm Mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari

2010 846 440 2038700 251

2011 1029 580 2729900 341

2012 1208 720 3267800 432

2013 1392 860 3902700 522

2014 1571 1000 4472000 613

2015 1757 1053 5127500 661

2016 1871 1184 5887900 750

2017 2145 1307 6681400 816

2018 2255 1503 7767000 916

2019 2480 1785 9509600 1051

2020 2661 1839 10734300 1156

2021 2843 1978 13416800 1246

2022 3025 2118 16099000 1337

O'zbekiston fuqarolarining mamlakat hududi bo'ylab sayohatga chiqishini natijaviy ko'rsatkich sifatida ekonometrik modelga ki rita miz va "Y" bilan belgilaymiz. Turizmga oid obyektlar (XI), aholi jon

boshiga to'g'ri keluvchi real daromadlar (X2),mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari (X3) funksiyaga ta'sir etuvchi omillar sifatida qabul qilindi. 3-jadval ma'lumotlari asosida Microsoft Excel dasturida quyidagi ekonometrik model hisoblandi (4-jadval).

3-jadval

O'zgaruvchilar orasidagi korrelyatsiya matritsasi_

Ichki turizm, ming kishi (Y) Turizmga oid jami obyektlar (Oi) Aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real daromadlar (Ô2) Mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari (03)

Ichki turizm, ming kishi (Y) 1

Jami obyektlar (Oi) 0,9955141 1

Aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real daromadlar (Ô2) 0,9596021 0,9656322 1

Mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari (Ô3) 0,9974265 0,9982528 0,9702884 1

4-jadval

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Regression statistika à)

Ko'p miqdorli R 0,998

R-kvadrat 0,9961

Norma R-kvadrat 0,993

Standart xatolik 50863

Kuzatuvlar 13

Ekonometrik modelning asosiy parametrlari (a);b);c);)

3-jadvalda keltirilgan R korrelyatsiya koeffiyenti bo'lib, u omillar o'rtisidagi bog'lanish zichligini ko'rsatadi. Demak, ichki turizm tarkibida turizmga oid jami obyektlar, aholi jon boshiga to'g'ri keluvchi real daromadlar, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari O'zbekiston fuqarolarining mamlakat hududi bo'ylab sayohatga chiqishlari soni o'rtasidagi bog'lanish zichligi boshqa shart-sharoitlar o'zgarmas bo'lgan holatda 0,998 ga teng ekan. Bu ko'rsatkich ushbu omillar o'rtasida juda kuchli bog'lanish mavjudligini ko'rsatadi.

Dispersion analiz b)

df SS MS F

Regressiya 3 5.9579e+12 1.9860e+12 767.65

Qoldiq 9 2.3284e+10 2.5871e+09

Jami 12 5.9812e+12 4.9843e+ll

c)

Koeffitsiyentlar Standart xatolik t-statistika Past 95% Yuqori 95%

Ozod had (à) 319414.4 0.4620555 -0.49 -1.269651 0.8208336

O'zgaruvchi (0J -0.2244086 0.0144097 -1.69 -.0569892 0.008205

O'zgaruvchi m -0.0243921 0.7809292 3.41 0.8928159 4.425985

O'zgaruvchi

(Os) 2.6594 48885.22 6.53 208828.4 430000.5

Yuqoridagi ko'rsatkichlarni tahlil qiladigan bo'lsak, ichki turizmga kuchli ta'sir etuvchi omil mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari bo'lib chiqmoqda. Boshqa o'zgaruvchilarning ishonch intervallarida 0 mavjudligi sabab, to'plangan ma'lumotlardan kelib chiqqan holda ahamiyatsiz bo'lib chiqdi.

Stata va R-Studio dasturlaridagi hisob-kitoblar natijasida quyidagi ekonometrik modelni tuzamiz:

Y = 319414.4 + 2.6594 x X3 R = 0,998 D = R2 = 0,9961 F = 767.65

Modeldan ko'rinib turibdiki, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari sonining 1 donaga ko'payishi, mamlakat hududi bo'ylab sayohatga chiqqan O'zbekiston fuqarolarining soni 2.6594 martaga o'sishiga olib kelarekan.

Prognozlashning eng sodda usullaridan biri bo'lgan trend funksiyasi orqali ichki sayyohlar, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari o'sishini istiqbolli davr uchun prognoz qilamiz. Bunda trend y=ao+bixt funksiyasida o'zgaruvchilarni yillar qilib olamiz hamda chiziqli funksiya hosil qilamiz. Unga ko'ra yillar o'zgaruvchilar (t) hisoblanadi.

Regression model adekvatligi regressiya tenglamasi parametrlari va chiziqli korrelyatsiya koeffitsiyentining ahamiyatlilgini tekshirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun Styudentning t-me'zonidan foydalaniladi.

t-me'zonning haqiqiy va Styudent jadvalidagi qiymatlarini taqqoslash orqali model adekvatligiga baho beriladi. Model adekvat bo'lishi uchun:

thaqiqiy> tjadval bo'lishi kerak.

Styudentning t-mezoni hisoblangan (hisob) va jadval (tjadval) qiymatlarini hisoblab, /ogipoteza qabul qilinadi. Buning uchun t-mezonning jadval qiymatini tanlangan ishonchlilik ehtimoli (a ) va ozodlik darajasi (d.f. = n —m — 1) shartlar asosida topiladi. Bu yerda"-kuzatuvlar soni; m -omillarsoni.

5-jadval

Ichki sayyohlar sonining davr uchun o'sish funksiyasi_

a0 bl(vaqt) Ichki turizm, Y R (korrelyatsi ya koef-ti) F (Fisher mezoni) t-(Styudent mezoni)

Ichki turizm (Yl) 181186. 8 -3.63e+08 Y=(181186.8 +) -3.63e+08 xt 0.9995 10332.37 101.65

Mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari (Yl) 1.80e+0 8 89478.02 Y=(-1.80e+08)+89 478.02xt 0.9973 2037.41 45.14

6-jadval ma'lumotlariga asosan ishonchlilik ehtimoli a = °'05 va ozodlik darajasi d.f.=13-l-l=ll bo'lganda, t-mezoning jadval qiymati tjadvai=2,16 ga teng. Barcha hisoblangan t-mezoning qiymatlari jadval qiymatlaridan katta bo'lganligi bois model parametrlari adekvat, deb topiladi.

6-jadvaldagi funksiyalar asosida ichki sayyohlar sonini istiqbolli davr uchun prognoz qilamiz (6-jadval).

6-jadval

Ichki turizmning rivojlanish istiqbollari

Mehmonxona va shunga

Yillar T Ichki sayyohlar soni, kishi (Y) o'xshash joylashtirish vositalari, (Ôi)

2023 16 3206143 1427

2024 17 3387935 1518

2025 18 3569235 1608

2026 19 3750909 1699

2027 20 3932299 1789

2028 21 4113904 1880

2029 22 4295346 1970

2030 23 4476912 2061

Jadvaldan ko'rinib turibdiki, 2030 yilda prognoz qilinayotgan ichki sayyohlar soni 4476912 kishini tashkil qiladi. Agarda bu qiymatni 2022 yildagi qiymat (3025000) bilan taqqoslasak, ichki turizm hajmi 1,47 barobarga, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari soni esa 1,54 martaga oshishi mumkin.

Xulosa

Klaster asosida rivojlantirish tarafdorlari fikricha rekreatsion-turistik faoliyatidan manfaatdor barcha tomonlarning birgalikda faoliyat olib borishlarida real hamkorlik mexanizmi hisoblanadi. Klasterlar xususiy kompaniyalar va davlat organlarining o'zaro munosabatlarini samarali tartibga solishda muhim ahamiyat kasb etadi.Klasterlarning turli mamlakatlar iqtisodiyotida keng qo'llanilishiga qaramasdan ularning iqtisodiy tabiati to'lig'icha ochib berilmagan. Nazariya va amaliyotda iqtlsodiyotdagi klaster jamiyat va tabiatdagi kasterlashtirish jarayonining namoyon bo'lish shakllaridan biri sifatida e'tirof etiladi.

Turizm va rekreatsiya sohasida klasterli yondashuv cheklangan hududda sayyohlar va boshqa iste'molchilar (mahalliy aholi, rekreantlar)ning ehtiyojlarini turistik-rekreatsion mahsulotlar bilan ta'minlay oladigan turli korxona va tashkilotlarning o'zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlarini ta'minlashga yordam beradi.

Mintaqalarning turistik salohiyatidan samarli foydalanish iqtisodiy islohotlarining ustuvor yo'nalishlaridan hisoblanadi. Bu borada turistik-rekreatsion klasterlar doirasida kichik biznes imkoniyatlaridan foydalanish zarur. Chunki, ular iqtisodiy sharoitga tez moslashuvchanlik bilan ajralib turadi, uning faoliyatini yo'lga qo'yish katta miqdordagi dastlabki kapitalni talab qilmaydi. Shu bilan bir vaqtda O'zbekistonda turizm tarmoqlarida yaratilgan qo'shilgan qiymat va yalpi ichki mahsulotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi pastligicha qolmoqda. Jumladan, ushbu ko'rsatkichlar mos ravishda 2019 yildagi 4,6 va 4,3 foizdan pandemiya inqirozining salbiy ta'siri natijasida 2021 yilga kelib 2,6 va 0,7 foizgacha qisqargan.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy mintaqalarning turistik-rekreatsion salohiyatidan samarali foydalanishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, turli imtiyozlarni joriy qilish yo'li bilan turizm sohasiga yanada ko'proq investorlarni jalb qilib, mukammal raqobatni shakllantirish; ishonchli ma'lumotlarni ta'minlovchi va qayta ishlovchi tashkilotlarni klasterlar tarkibiga a'zo sifatida kiritish; katta hajmda tovar aylanmasini ta'minlash maqsadida viloyatlar va transchegaraviy aloqalarni rivojlantirish; klasterlar va ta'lim muassasalari o'rtasida xamkorlikni qo'llab quwatlash; O'zbekistonda eng arzon tashish usuli ternir yo'l transporti hisoblangani uchun klaster munosabatlari rivojlantiriladigan hududlarda ternir yo'llarqurish.

Tahlillar, mintaqalarning turizm imkoniyatlarini oshirishda turizm infratuzimasini rivojlantirish bilan bog'liq klasterli yondashuv qator afzalliklarga ega ekanligini ko'rsatmoqda. Jumladan, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari sonining 1 donaga ko'payishi, mamlakat hududi bo'ylab sayohatga chiqqan O'zbekiston fuqarolarining soni 2.6594 martaga o'sishiga olib kelar ekan.

Ekonometrik model asosidaga prognozlar ko'rsatishicha,2030 yilda prognoz qilinayotgan ichki sayyohlar soni 4476912 kishini tashkil qiladi. Agarda bu qiymatni 2022 yildagi qiymat (3025000) bilan

taqqoslasak, ichki turizm hajmi 1,47 barobarga, mehmonxona va shunga o'xshash joylashtirish vositalari soni esa 1,54 martaga oshishi mumkin.

Adabiyotlar ro'yxati

O'zbekiston Respublikasining "Turizm to'g'risidagi" Qonuni Toshkent sh., 2019 yil 18 iyul, O'RQ-549-

2022 — 2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

Porter M.E. Clusters and the new economics of competition // Harvard Business Review. 1998. # 76 (6). P. 77-90

Turistik hudud raqobatbardoshligi [Matn]: Monografiya \ i.f.d., prof. B.N.Navruz-Zoda tahriri ostida. Mualliflar: Navruz-Zoda B.N., Ibragimov N.S., Navruz-zoda Z.B., Navruz-zoda Sh.B. Buxoro: "Sadriddin Salim Buxoriy" Durdona nashriyoti, 2017 -156 b.

O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi (stat.uz)

https://www.unwto.org/news/tourism-grows-4-in-2021-but-remains-far-below-pre-pandemic-levels

Extended abstract.

Under conditions of the innovation-based development of the economy, tourism is consideredthe primary source of the national income of most developed and developing countries. Raising the export of tourism products creates additional demand in each national economy and ensures an increase in the employment level of the population, as well as an increase in foreign exchange earnings. Therefore, tourism development in the national economy is essential for the increase of the added value chain and economic development achievement.

The world practice demonstrates that the development of individual branches or sectors of the national economy in reliance upon the cluster approach is one of the efficientmethods. Development of multisectoral recreation service clusters, which is one of the effective areas for organizing tourism and recreation activities in the regions of our country, is considered a promising focus area.

In the conditions of the pandemic, the problem of restoring the tourist flow that has decreased in the market of tourism services in the world due to the development of internal tourism, is becoming an urgent scientific and practical problem. This, in turn, puts on the agenda the issue of enhancing the demand of the population for tourism and recreation services and formation of an efficientoffer of these services.

The Decree of the President of the Republic of Uzbekistan "On the Development Strategy of New Uzbekistan for 2022-2026" sets the task to increase the number of local tourists up to 12 million people and the number of foreign tourists visiting the republic up to 9 million within the framework of the "Travel around Uzbekistan" program. One of the most essential factors in the implementation of this task is developing the touristic and recreational potential of our country with a cluster method. Clusters, including tourism clusters, represent a unique innovation-based system that can constitute the basis for effective development of the economy of the entire region, enhancing its competitiveness, strengthening cooperation between science, personnel training system and business. For this reason, it is important to investigate the scientific and practical aspects of the formation of tourist clusters, to develop proposals aimed at the development of tourism clusters in our country based on the analysis of the world experience on this issue.

Tourism plays an important role in the economy of any country. Efficientuse of tourism potential of regions is one of the priorities of economic reforms. In this regard, it is necessary to use small business opportunities within the framework of touristic-recreational clusters because they are characterized by quick adaptability to economic conditions. Furthermore, launching of the activity does not require a large amount of initial capital. At the same time, the share of the added value created in the tourism sector in Uzbekistan and the gross domestic product in the gross domestic product of the whole country remains low.

Cluster-based development of the tourism sector has certain advantages in more efficient use of local recreational resources, solving the unemployment problem, improving labor productivity, establishing a middle class of owners, as well as replenishing the domestic market with consumer

goods.Consistent, systematic reforms aimed at enhancing the efficiency of using the tourist and recreational potential of the regions demonstrate that domestic tourism is developing rapidly in 2010-2022. Herewith with the aim of developing internal tourism,it is advisable to use the touristic and recreational potential of the regions.

The mutual impact and interrelation of such factors as real income per capita, number of tourist facilities, including hotels and similar accommodation facilities, as well as the number of tourists related to domestic tourism, the number of accommodation facilities affecting this sector, the amount of real income per capita, hotel and similar accommodation facilities have been analyzed to assess the prospects for the development of the industry in reliance upon the cluster approach.

According to supporters of cluster-based development, it is a real cooperation mechanism in the joint activities of all parties interested in recreational and tourist activities. From an economic point of view, a cluster is characterized by interdependent production relations and a high concentration of capital in a certain area, presence of common competitive advantages, as well as a strong competitive environment.

A cluster approach in the field of tourism and recreation helps to ensure cooperation of various enterprises and companies that can provide tourism and recreation products to the needs of tourists and other consumers (local residents, recreationists) in a limited area.

The economic reforms implemented in the Republic of Uzbekistan are aimed at effective use of touristic and recreational potential of regions, in particular: creating perfect competition by attracting more investors to the tourism sector by introducing various benefits;admitting the entities that provide and process reliable data as members of clusters; developing regional and cross-border relations in order to ensure a large turnover of goods; supporting cooperation between clusters and educational institutions; constructing railways in the areas where cluster relations are developed as railway transport is considered the cheapest transport in Uzbekistan.

Analyzes demonstrate that the cluster approach to the tourism infrastructure development has a number of advantages in enhancing the tourism potential of the regions.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.