Научная статья на тему 'RENESSANS-BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING KOMPETATSION TAKOMILI SIFATIDA'

RENESSANS-BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING KOMPETATSION TAKOMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
33
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Renessans / kompetatsion / qayta tug’ilish / san’at / ta’lim / ijtimoiy ong / qadriyat / tizim / mahbub / dilbar / jabr / joziba. / Revival / competence / revival / art / education / public consciousness / values / system / lover / charm / oppression / charm.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Namozova, Dilorom Tursunovna

Yurtimizda bo’layotgan islohotlar, ona Vatanimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishda bo’lajak bo’lajak musiqa o’qituvchilarining musiqa san’ati sohasida qo’shadigan hissalari haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RENAISSANCE AS COMPETITIVE DEVELOPMENT OF THE FUTURE MUSIC TEACHER

We are talking about the reforms being carried out in our country, about the contribution of future music teachers in the field of music to the creation of the foundation of the third Renaissance in our homeland.

Текст научной работы на тему «RENESSANS-BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING KOMPETATSION TAKOMILI SIFATIDA»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

RENESSANS-BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISINING KOMPETATSION

TAKOMILI SIFATIDA

Yurtimizda bo 'layotgan islohotlar, ona Vatanimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishda bo 'lajak bo 'lajak musiqa o'qituvchilarining musiqa san'ati sohasida qo'shadigan hissalari haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: Renessans, kompetatsion, qayta tug'ilish, san'at, ta'lim, ijtimoiy ong, qadriyat, tizim, mahbub, dilbar, jabr, joziba.

Речь идет о проводимых в нашей стране реформах, о вкладе будущих учителей музыки в области музыки в создание фундамента третьего Возрождения на нашей родине.

Ключевые слова: Возрождение, компетентность, возрождение, искусство, образование, общественное сознание, ценности, система, любовник, обаяние, угнетение, обаяние.

We are talking about the reforms being carried out in our country, about the contribution of future music teachers in the field of music to the creation of the foundation of the third Renaissance in our homeland.

Key words: Revival, competence, revival, art, education, public consciousness, values, system, lover, charm, oppression, charm.

"Renessans" lug'aviy fransuzcha "qayta tug'ilish" degan ma'noni anglatadigan atama sifatida uning mazmuni ancha keng: madaniyatda, ilm-fanda, san'atda, ta'lim-tarbiyada, umuman, jamiyat hayotida uzoq muddatli turg'unlikdan keyin qayta jonlanib, tez rivojlanishni, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichiga ko'tarilishini bildiradi.

"O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tantanali tabrik nutqida taraqqiyotimizning maqsadi uchinchi Renessans bo'lishi lozimligini ta'kidladi. Nihoyatda jozibali mazkur

Namozova Dilorom Tursunovna

FarDU Musiqiy talim va madaniyat kafedrasi mudiri, dotsent

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИИ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10/2

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

strategik g'oya o'zining ulug'vorligi, milliy yuksalishning barcha jabhalarida qanday umumiy maqsadni ko'zlamog'i zarurligini ko'rsatadi"1 -deya davlatimiz rahbari taraqqiyotning hozirgi bosqichida O'zbekiston milliy g'oyasining yangi va aniqlashtirilgan mazmunini ifodalab berdi.

Yangi O'zbekiston barpo etish jarayonlarida ilgari surilayotgan "Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot" g'oyasini amalga oishirishda yuksak layoqad sohibi bo'lmish musiqa o'qituvchisi o'z takomili darajasi va tendensiyalaridan kelib chiqib axloqiy, e'tiqodiy, kasbiy-professional va boshqa qator talablarni bajaradi.

Prezident Shavkat Mirziyoev 2020 yil 25 dekabr kuni O'zbekiston yoshlari forumida qatnashib, «Biz yurtimizda qanday islohotlarga qo'l urmaylik, avvalo, siz kabi yoshlarga, sizlarning kuch-g'ayratingiz, azmu shijoatingizga suyanamiz. Barchangiz yaxshi bilasiz, bugun o'z oldimizga ulkan marralar qo'yganmiz. Ona Vatanimizda uchinchi Renessans poydevorini yaratishga kirishdik. Biz oila, maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'limni hamda ilmiy-madaniy dargohlarni bo'lg'usi Renessansning eng muhim bo'g'inlari deb hisoblaymiz"2 -deya ta'kidlar ekan , O'zbekiston Uchinchi Renessansi amaliyotida yoshlarimiz ma'naviyatini yuksaltirishda musiqa san'ati va uning rivojiga munosib hissa qo'shgan buyuk san'atkorlarimiz ijodiy hayoti hamda ular ijro etgan musiqiy asarlarini o'rganish dolzarblik kasb etishini anglash muhimdir. Chunki, xotira o'zlikni anglashga, bugun va kelajakdagi ustuvor vazifalarni belgilashda to'g'ri xulosa chiqarishga zamin yaratadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu bois davlatimiz tomonidan musiqa san'atiga, uning yaratuvchilari hamda ijrochilariga qaratilayotgan katta e'tibor bu noyob durdonaning fuqarolar ayniqsa, yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga ega ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida har ikki yilda bir marotaba SHahrisabzda bo'lib o'tadigan "Maqom Art" xalqaro anjumani tashkil etildi. Bu anjumanning tashkil etilishi xalqimiz va yoshlar orasida milliy musiqamiz va maqom san'atiga bo'lgan qiziqishini va shunday ma'naviy merosga ega ekanligidan faxrlanish tuyg'ularini yanada kuchaytirdi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev "Agar biz, asl, haqiqiy san'atni bilmoqchi, o'rganmoqchi bo'lsak, avvalo, mumtoz maqom san'atini bilishimiz, o'rganishimiz kerak. Maqom ohanglari,

1. Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacH MycraRHOTHrHHHHr 29 HH^Hra MyHOcaöaTH 6raaH npe3HgeHTHMH3 fflaBKaT Mup3ueeB Tamaras TaöpuK HyT^H.

2. npe3HgeHT fflaBKaT Mup3ueeB 2020 hh^ 25 geKaöp KyHH Y36eKMCTOH em^apu ^opyMHgara HyT^H.

492

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

maqom ruhi va falsafasi har bir inson qalbidan, avvalo, unib o'sib kelayotgan yosh avlodimizning ongi va yuragidan chuqur joy olishi uchun bor imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz lozim" 3-deya musiqiy tarbiyaga kengroq yondashish kerakligini ta'kidladilar. Aynan yosh avlod orasida milliy musiqamizni qanchalik ko'p targ'ib etsak, ularda milliy o'zlikni anglash hissi shakllanib boradi. Milliy urf-odat va qadriyatlarimiz, an'analarimizni asrab-avaylashga, hurmat qilishga o'rganadilar. Jumladan, "Shashmaqom"ni mukammal darajada ijro etib bizgacha asrab-avaylab yetkazib kelgan ulug' ajdodlar va hozirgi kunda ham barhayot ustozlarni e'zozlashga odatlanadilar.

Jumladan O'zbekiston xalq hofizi Ma'muron Uzoqov tomonidan (Alisher Navoiy g'azali, Doni Zokirov musiqasi bilan ) "Ey sabo" ashulasini kuylanganda tongi pallasini, subhi sodiqni his etishn, har bir so'z, misra hamda baytdagi oshiqona holatga tushib qolganini bilmaydi kishi.

Ey sabo, holim borib sarvi xiromonimg'a ayt4,

Yig'larimning shiddatin gulbargi xandonimg'a ayt... ya'ani, "ey tong shabodasi mening holimni sarvi xiromonimga (sarvi xiromon- "Tavrot"ga ko'ra abadiylik xususiyatiga ega daraxt) ayt, mening ayriliq dardlariga chiday olmay qay darajada yig'layotganimni gulbargi xandonimga (lablari tabassum qilib turgan yorimga) yetkaz.

Sabo - tasavvufda Alloh taoloning rahmoniy nafasiga nisbat berilib, xayrga bois bo'lishi aytiladi. U oshiqning ohu nolalarini Allohga, o'z navbatida, Allohning xabarini oshiqqa yetkazadi. Tasavvuf ahli tong chog'ida chekkan oh Alloh taologa yetib boradi, deb hisoblaydilar. Shayx Abu Bakr Kattoniy: "Alloh taoloning bir yeli bor - tong chog'ida esgay. Ul yel ohu nolishlarini eshitgay, uni Arshga olib chiqqay, undan Hazrati Parvardigorga yetkazgay"

Sarv-tik o'sadigan, ignabargli, doimo yashil daraxt. Yunonlarda - ta'ziya, ayriliq; "Tavrot"da - abadiylik, zardushtiylikda - jannatdan keltirilgan daraxt; arablarda - shajarat-ul hayot (tiriklik daraxti).

Gulbargi xandon - kulib turuvchi mahbub, go'zal yor, dilbar.

Buki aning ahdu paymonida men o'lsam dag'i

Yaxshi fursat topsang, ul bad'ahdu paymonimg'a ayt.

3. Узбекистан Президента Ш.М.Мирзиёев "Агар биз, асл, хакикий санъатни билмокчи, урганмокчи булсак, аввало, мумтоз маком санъатини билишимиз, урганишимиз керак. "Maqom Art"

4"Наводир уш-шабоб". 4-жилд. 85-газал. 64-бет.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Men uning ahdu paymonida o'lsam, ya'ni bergan (qat'iy qaror qilgan) va'dalarimga sodiq qolsam, sen (sabo) yaxshi bir fursat topsang, ul bad'ahdu paymonimga (oshiqlariga jabr qiluvchi) ayt.

Ahdu paymon - qat'iy qaror.

Bad'ahdu paymon - yomon qaror qiluvchi.

Buki aning zulfi zunnorida dinim hosili

Kufr ila bo'lmish mubaddal nomusulmonimg'a ayt.

Uning zulfi zunnorida mening dinim hosili kufr bilan almashg'anini u nomusulmonimga ayt.

Zulf - Jaloliy tajalliy va tariqat mushkulotlari.

Zunnor - haqiqiy Mahbub xizmatiga kamar bog'lash, butkul unga itoat qilish, ya'ni toat-ibodatga astoydil bel bog'lash.

Kufr-fano martabasiga yetgan bandaning Haqdan o'zgani tan olmasligidir.

Nomusulmon-musulmon emas, g'ayridin, dinsiz; majozan oshiqlarini jabr-sitamlar bilan sinovchi yor.

Buki qilmishmen jahonu jonni aning sadqasi,

Yuz tuman jonu jahondin yaxshi jononimg'a ayt.

Unga jonu jahonni, ya'ni boru yo'g'imni sadqa qilganman, buni men uchun yuz tuman (million) jonu jahondan ham yaxshi jononimga ayt.

Buki yuz jon sadqasi qilsam pushaymon bo'lmag'um,

Vaslig'a bir va'da qilg'andin pushaymonimg'a ayt.

Yana shuni aytki, men uning uchun yuz jonimni sadqa qilsam ham pushaymon emasman, vasliga bir va'da qilganligidan pushaymonimga ayt.

Buki yuz ming fitnako'zlug bo'lsa paydo onsizin,

Qilmag'um nazzora hargiz ko'zi fattonimg'a ayt.

Yana shuki, yuz ming fitna ko'zli paydo bo'lsa ham, u bo'lmasa, hech qachon ularning hech biriga nazar tashlamasligimni ko'zi fattonimga (nigohlari fitna soluvchimga) ayt.

Buki chok aylab yoqa, usruk chiqar el qasdig'a,

Men o'lib el jon topar, bebok nodonimg'a ayt.

Yana shuki, u yoqasini chok (butun go'zalligini namoyon) etib, mast bo'lib elning qasdiga chiqar ekan, bundan men halok bo'lishimni, el esa jon topishini u bebok (qo'rqmas) nodonim (bilmasim yoki bilmaslikka oluvchim)ga ayt. XULOSA

Xulosa o'rnida aytish joizki, ulkan o'zgarishlar jarayonida bo'lajak musiqa o'qituvchisinining takomillashgan kompetentsiyasi o'z ta'siri doirasida yoshlarda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

sabr-toqat, iroda va matonatni tarbiyalashga, yoshlarda esa, hissiyotlami ijobiylashishiga va atrofdagi olam haqida o'zgacha tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev tantanali tabrik nutqi.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2017 yil 17-noyabrdagi "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat MirziyoevNING 3 aprelb kuni yoshlar ta'lim-tarbiyasi uchun qo'shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlari.

4. "Navodir ush-shabob". 4-jild. 85-g'azal. 64-bet.

5. Karimov I.A. "Istiqlol va ma'naviyat" T.: "O'zbekiston", 1994 y.

6. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

7. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

8. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

9. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

10. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

11. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

12. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

13. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

14. Kirgizov, I., Imyaminovich, K. I., Nurmuhammedjanov, A., Sotvoldievich, S. B., Mamasodikovna, N. M., & Juraevna, A. S. (2021). The Pleasure of Singing,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

0

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Listening and Understanding Navoi. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 2410-2413.

15. Kirgizov, I., Kirgizov, I., Najmetdinova, M., & Atabayeva, S. (2022, February). THE GENESIS OF THE DEVELOPMENT OF MUSIC CULTURE. In Archive of Conferences (pp. 57-60).

16. Namozova, D. T. (2021). MUSIQA DARSLARIDA O'QUVCHILARNI KREATIVLIK HAMDA ERKIN TAFAKKURINI SHAKLLANTIRISHNI TASHKIL ETISH. Scientific progress, 2(2), 1313-1315.

17. Dilorom, N., & Tohirovna, A. Z. (2022). BRAYL NOTA TIZIMINING MUSIQA TA'LIMIDAGI ILK QADAMLARI. Science and innovation, 1(C2), 3638.

18. Mannopov, S., Karimov, A., Ataboeva, S., Ergashev, A., & Usmanova, S. (2021). Development Of Symphonic Music in Uzbekistan. Journal of Pedagogical Inventions and Practices, 2(2), 53-56.

19. Ergashev, A., Ataboyeva, S., Djalalova, N., & Usmonova, S. (2021). THE ROLE OF COMPOSERY IN THE ART OF NATIONAL SINGING. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(12), 863-867.

20. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.