Научная статья на тему 'BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING AMALIY DARSLARGA TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA KREATIVLIK JIHATLARI'

BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING AMALIY DARSLARGA TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA KREATIVLIK JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
70
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kreativ pedagogika / musiqa / rassomchilik / adabiyot / teatr va san’at / Nasrulloyi / musiqiy tuzilma. / Creative pedagogy / music / painting / literature / theater and art / Nasrullayi / musical structure

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Djalolova, Nigora

Ushbu bayon etilayotgan maqolada Pedagogik Oliy ta’limning musiqa sohasida tahsil olayotgan bo’lg’usi kadrlarni kreativ bilimlarni egallashi, bu malakalarni egallashdagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi takliflar haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CREATIVE ASPECTS OF FUTURE MUSIC TEACHER IN PREPARING FOR PRACTICAL LESSONS

This article discusses the acquisition of creative knowledge by the future personnel studying in the field of music of the Pedagogical Higher Education, the problems in acquiring these skills and the suggestions for their solutions.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK MUSIQA O’QITUVCHISINING AMALIY DARSLARGA TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA KREATIVLIK JIHATLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BO'LAJAK MUSIQA O'QITUVCHISINING AMALIY DARSLARGA TAYYORGARLIK FAOLIYATIDA KREATIVLIK JIHATLARI

Nigora Djalolova

Farg'ona davlat universiteti Musiqiy ta'lim va madaniyat kafedrasi o'qituvchisi nx_djalalova@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu bayon etilayotgan maqolada Pedagogik Oliy ta'limning musiqa sohasida tahsil olayotgan bo'lg'usi kadrlarni kreativ bilimlarni egallashi, bu malakalarni egallashdagi muammolar va ularning yechimlari borasidagi takliflar haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Kreativ pedagogika, musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'at, Nasrulloyi, musiqiy tuzilma.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматриваются вопросы приобретения творческих знаний будущими кадрами музыкального педагогического вуза, проблемы приобретения этих навыков и предложения по их решению.

Ключевые слова: Творческая педагогика, музыка, живопись, литература, театр и искусство, Насруллаи, музыкальный строй.

ABSTRACT

This article discusses the acquisition of creative knowledge by the future personnel studying in the field of music of the Pedagogical Higher Education, the problems in acquiring these skills and the suggestions for their solutions.

Keywords: Creative pedagogy, music, painting, literature, theater and art, Nasrullayi, musical structure

KIRISH

Ayni vaqtda, madaniyat sohasida jaholatga qarshi ma'rifat bilan kurashish, yoshlarimizni haqiqiy san'atni anglashga o'rgatish, ularning estetik olamini sog'lom asosda shakllantirish bo'yicha oldimizda juda muhim vazifalar turibdi. 1 Farzandlarimizning qobiliyatini ruyobga chiqarishga bolalikdan e'tibor berib,

1 Sh.Mirziyoev. "Xalqimizning roziligi bizning foliyatimizga berilgan eng loyiq bahodir". 196-bet

534

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ularning kamoloti uchun barcha imkoniyatlarimizni safarbar etsak, yurtimizda yana ko'plab Beruniylar, Ibn Sinolar, Ulug'beklar yetishib chiqadi.2

Iqtidorli yoshlarimizni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, ularni ijodiy kamoloti uchun barcha sharoitlarni yaratib berish ustuvor vazifalarimizdan biri bo'lishi kerak.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 31-may kungi "Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarorida yoshlarning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularni milliy va umumbashariy madaniyatning eng yaxshi namunalaridan bahramand etish, shu asosda ma'naviy yetuk, barkamol shaxslarni tarbiyalash, yosh iste'dod egalarining qobiliyati va salohiyatini ro'yobga chiqarish borasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilganligi qayd etildi.

O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda rivojlantirishning ustuvor yo'nalislari bo'yicha Harakatlar strategiyasining to'rtinchi bosqichi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Milliy tarbiya barcha tarbiyaning asosidir. Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridan eng avvalo ta'lim tizimini isloh qilish, uni milliy-ma'naviy qadriyatlar negizida shakllantirish, jismoniy sog'lom, ma'naviy yetuk, aqliy barkamol insonlarni tarbiyalashga asosiy e'tibor qaratildi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Talaba-yoshlarimizning bo'sh vaqtlarini kamrab olish ularning qiziqish va ijodiy izlanishlari uchun barcha bosqichda amaliy yordam - ko'mak berish ustoz va murabbiylarga katta vazifalar yuklaydi. Jumladan Prezidentimiz tomonidan olg'a surilgan tashabbusning birinchi asosiy bandida aynanb yoshlarning musiqa, rassomchilik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini rivojlantirish, ularning, iste'dodini yanada yuzaga chiqarishga hizmat qilinishi ta'kidlanganligi maqolani yaratishga turtki bo'ldi.

Shunday ekan, bugungi kunning musiqa o'qituvchisi o'quvchilarni darsga bo'lgan qiziqishlarini o'stirish va darsni yangi pedagogik texnalogiyalardan unumli hamda o'rinli foydalanishi, shuningdek, maqbul shakl, usul va vositalar yordamida tashkil etishi lozim. Jumladan: texnik vositalar, komp' yuter va boshqa musiqiy cholg'ular uslublari, ko'rgazmali jihozlar, amaliy mashg'ulotlar, pedagogik va psixologik vositalar ilg'or o'qituvchining ilg'or tajribasi va mahorati hisoblanadi.

2Sh.Mirziyoev. "Bilimli avlod-buyuk kelajakning, tadbirkor xalq-farovon hayotning, do'stona hamkorlik esa taraqqiyotning kafolatidir" T.O'zbekiston. 2018 yil. 21-bet

535

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Kreativlik shaxsni yahlit holda yoki uni muayyan xususiyatlarini, zexni o'tkirligini tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorlilikning muhim omili sifatida aks etadi.[1] M.Usmonbayeva. "Kreativ pedagogika".

Har qanday mutaxassislar bo'lgani kabi bo'lajak pedagoglarning kreativ qobiliyatga ega bo'lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo'yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlanib boradi. Bunda talaba Oliy ta'lim o'qituvchisi tomonidan o'zini-o'zi ijodiy faoliyatga yo'naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega.

Buning uchun mashg'ulot davrida talabalar o'zaro mavzular yuzasidan muammoli masalalar yechishi, muammoli vaziyatlarni taxlil etishi,shuningdek, pedagogik harakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e'tibor qaratishlari zarur.

NATIJALAR

Talaba muammoli masala va vaziyatlarni hal qilish kerak ekan, ularning o'zaro masala yechishini topishga ijtimoiy yondashish, unda xissiy irodaviy sifatlarining rivojlanishiga yordam beradi. Pedagogik sohaga tayyorgarlik ko'rayotgan talaba kreativ sifatlarga ega bo'lishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy o'rgatishni ko'paytiradi. Oliy ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativ sifatlarga ega bo'lishlari, ularning o'quv va taxlil jarayonlarini tashkil etishga an'anaviy yondashishdan farqli yangi g'oyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o'ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam bo'ladi. Ayniqsa, kreativ sifatlarga ega bo'lish o'qituvchi kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi ilg'or talabalarning o'quv faolligini shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g'oyalarni yaratishga faollik ko'rsatish, ilg'or pedagogic yutuq va tajribalarning mustaqil o'ganish, shuningdek, (hamkasblar) bilan pedagogik yutuq xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo'lishga e'tibor qaratiladi.

MUHOKAMA

Barcha shaxslarda bo'gani kabi pedagoglarda ham kreativ sifatlari o'z-o'zidan rivojlanmaydi.

Misol- Nasrulloyi asarining musiqiy tuzilmasi bo'yicha tahliliy suhbat:

Transdistsiplinar manbaalar- turli interaktiv faoliyat turlari va ia'limiy o'yinlarni o'z ichiga oluvchi saytlarga tayanib Nasrulloyi asarining alhon (kuy) birligi haqidagi suhbatimizda asarning (melbtselb metronomi) bo'yicha bir chorak notaning sadolanish tezligi 84-88 darajada, ya'ni naqr (ritm, usul, zarblar tengligi)ga ko'ra 6/8 (2/4;4/4 ) o'lchovi, saqil (uzun va qisqa bo'g'inlar munosabatiga asoslanuvchi she'riy vazn) ifodasiga mos keluvchi, zarbul qadim (ya'ni "bum" va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

"bak"dan iborat birlamchi doira usuli ( bum-bak, bak, bak-ka bum, bak ) ijroviy qaydda o'z ifodasini topdi.

Asar sur'atini xotirada mustahkam saqlab qolish uchun metro-ritmik o'lchovni dirijyorlik harakatlarida takrorladik. Asar sarxati (maqom-ashula yo'llarining boshida keladigan ikki kuy jumlasi) taktoldi tamoyiliga binoan boshlanib, olti taktli sarahbor vazifasini o'tayotganligi qayd etildi. Asarning namud (ladning asosiy tayanch pardasi) tayanch asosi kalit yonida albteratsiya belgisi yo'qligi bilan do major ladi ekanligi e'tirof etildi. Ifodaviy bezaklardan forshlag hamda liga belgilarining mohiyati tushantirildi. Mavjud yarimtalik, choraklik, nimchoraklik, o'n oltitalik hamda nuqtalik notalarning vazifalari ko'rsatib berildi.

Mashg'ulotimizning asosiy maqsadlaridan biri bo'lajak musiqa o'qituvchilari ruhiyatida asar shavqini saqlab qolish, ya'ni dilda paydo bo'lgan holatni yaqin qalblar bilan baham ko'rish, zavq lazzatini uyg'otish, ana shunday his-tuyg'ular tutashuvida uyg'unlashgan musiqa jarayonini yuzaga keltirish asnosida ularda kreativ komponentlik (ijodkorlik-yaratuvchilik) texnologiyalarini takomillashtirishga ko'maklashildi.

Asar bayti (she'rning nisbatan tugallangan mantiqiy bo'lagi) ning yakunida bir necha notalarni o'z qamroviga olgan zamzama (yarim ovozda hirgoyi qilish, she'rsiz "o" lab aytish) daromaddan miyonxatga payvand (qismdan-qismga silliq o'tish) va pardoz (kuy va ohangga qo'shimcha zeb berish) vazifasini o'taganligi bo'lajak musiqa o'qituvchilari tomonidan ta'kidlandi. Bunday tahliliy mashqda jami 224 taktdan iborat g'azalning har bir misrasi asosida ijod qilingan kuy tarkiblari o'rganib chiqildi. Bu borada daromad, miyonxat, dunasr, avj, chuqur avjlar haqida bilim berildi. Ayniqsa asarning 105 va 130 taktlar orasida 24 taktdan iborat dunasr (f.t. ikkinchi ibtido-kuy boshlanishining yuqori pardalardagi ko'rinishi) ikkinchi oktavadan mavjlanib, rivojlangan hang (ashulla yo'llarida so'zsiz aytiladigan lavha), ijro davomida ikki bora uchraydigan Zul kull val hamsa (duodetsima intervalidan ham yuqori, ya'ni, Zul kull tarrataynga yaqin diopozonli sehrli ko'lami ta'sirida bo'lajak musiqa o'qituvchilari chuqur meditatsiya (kuy ta'sirida ruhiy) holatga tushganliklarini qayd etdilar. Shuningdek bo'lajak musiqa o'qituvchilari musiqa shunchaki tovushlar majmuasi emas, aksincha parda va usullarning muvofiqlashgan tizimi, ya'ni, kuy-bu yoqimli tovushlar vositasida ifodalangan ma'no ekanligi, kuylar negizida xalq xotirasi mujassam bo'lishligini uqib oldilar.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, bo'lajak musiqa o'qituvchilari cholg'u jo'rligida asarni shaxsan kuylar ekanlar, ko'zlaridagi mehr va g'urur, dillaridagi surur, yuzlaridagi nur, rost qaddilari bilan uyg'unlashib, Mulla To'ychi Toshmuhammedov,

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Yunus Rajabiy, Domla Halim Ibodov, Hoji Abdulaziz Abdurasulov, Hojixon Boltaev, Mamatbuva Sattorov, Komiljon Otaniyozov, Jo'raxon Sultonov, Ma'mirjon Uzoqov, Tavakkal Qodirov, Fattoxon Mamadaliev kabi maqomchi xonanda va sozandalar izidan borishga, maqom san'ati vositasida yosh avlodning zavq-shavqini sarbaland etish, ularning qalbida Vatanga cheksiz muhabbat, milliy fahr tuyg'ulari jo'sh urishlari uchun o'z ijodiy qobiliyatlarini safarbar etgan holda yangi-yangi kreativ komponentlik usul va texnologiyalarini takomillashtirish uchun rag'bat uyg'otildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Sh.Mirziyoev. "Xalqimizning roziligi bizning foliyatimizga berilgan eng loyiq bahodir".196-bet

2. Karimova D.A. Musiqiy pedagogik mahorat asoslari. T. Iqtisod moliya. 2008.

3. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4), 25-27.

4. Usmonbayeva M. "Kreativ pedagogika". darslik, H. Omonov, N. Xo'jayev T.,

5. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash, o'quv qo'llanma, D.Namozova, T,

6. Musiqa o'qitish texnologiyalari va loyihalash, darslik, D.Namozova, T 2020

7. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

8. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

9. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

10. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

103 bet.

2009

2018

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

11. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

12. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

13. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

14. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

15. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

16. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

17. Mannopov, S., Karimov, A., Qurbonova, B., & Dilobar, J. (2022, February). THE EMERGENCE AND DEVELOPMENT OF MUSIC. In Archive of Conferences (pp. 49-52).

18. Mannopov, S. (2004). Uzbek folk music culture.(Study guide) Tashkent. New

Age Generation.

19. Маннопов, С. (2018). Навобахш охднглар. Т.: IJOD-PRESS нашриети.

20. Маннопов, С. У. Л. Т. О. Н. А. Л. И. (2004). Узбек халк мусика маданияти. Янги аср авлоди.

21. Маннопов, С. (1852). Ходжи Абдулазиз Абдурасулов (1852-1936).

22. Abdusattorov, A. About Makom Melodies Adapted for Orchestra of Uzbek Folk Instruments. International Journal on Economics, Finance and Sustainable Development, 2(11), 28-30.

23. Kurbanova, B., Khurshid, M., & Tokhirjon, S. (2022, May). THE ROLE AND IMPORTANCE OF A SYSTEMATIC APPROACH TO TEACHING IN THE FINE ARTS. In Archive of Conferences (pp. 105-107)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.