Научная статья на тему 'RAVNAQ LIRIKASIDA FOLKLOR TAʼSIRIGA DOIR AYRIM QAYDLAR'

RAVNAQ LIRIKASIDA FOLKLOR TAʼSIRIGA DOIR AYRIM QAYDLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
folklor / sayyor obrazlar / irsoli masal / radif / ijtimoiy lirika / poetik mahorat / folklore / itinerant images / hereditary parable / radif / social lyricism / poetic skill

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M.Usmonova

Maqolada Xorazm shoiri Pahlavonquli Ravnaq gʻazallarida uchrovchi xalq ogʻzaki ijodiga xos birliklar va xalqona obrazlar haqida fikr yuritilgan. Ularning gʻazal poetikasini mukammallashtirishga va badiiy jihatdan boyitishga xizmat qilganligi misollar bilan tushuntirilgan. Ravnaq gʻazallari va folklor janrlaridagi ayrim namunalar qiyosiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME NOTES ON THE INFLUENCE OF FOLKLORE IN RAVNAQ'S LYRICS

The article reflects on the units and folk images found in the ghazals of the Khorezm poet Pahlavanquli Ravnaq. The fact that they served to perfect the poetics of the ghazal and enrich it artistically is explained with examples. A comparative analysis of some examples of Ravnaq ghazals and folklore genres is made.

Текст научной работы на тему «RAVNAQ LIRIKASIDA FOLKLOR TAʼSIRIGA DOIR AYRIM QAYDLAR»

UDK 39(585)

RAVNAQ LIRIKASIDA FOLKLOR TA'SIRIGA DOIR AYRIM QAYDLAR

M.Usmonova*

Kalit so 'zjar: folklor, sayyor obrazlar, irsoli masal, radif, ijtimoiy lirika, poetik mahorat.

Har bir xalqning adabiyoti, dastlab, xalq og'zaki ijodi zaminida shakllangan, ya'ni ibtidoiy odamlar tomonidan o'ylab topilgan afsona va miflar, turli vaziyatlarda aytiladigan she'r va qo'shiqlar keyinchalik "so'z san'ati" deb ataluvchi adabiyotning yuzaga kelishiga asos bo'lib xizmat qilgan. Zamonlar o'tib, adabiyot nazariyasi, badiiy asarlar to'g'risida ilmiy mulohazalar paydo bo'lgan bo'lsa-da, ammo har doim xalq og'zaki ijodi unsurlari badiiy asarlarning ajralmas qismi sifatida yashab kelmoqda. "Folklor yozma adabiyotning bunyodga kelishi va rivojlanishiga genetik manba bo'lib xizmat qiladi. Badiiy asar yozish sohasidagi ilk urinishlar folklor tajribasiga so'yanish va uni ijodiy o'zlashtirish negizida kechganligi, qolaversa, bunda folklorga xos syujetlar, obrazlar, motivlar, uslub va tasviriy vositalardan ijodiy foydalanilganligi hech kimda shubha uyg'otmaydi" [6. 20-b.]. Folklorshunos olim Jabbor Eshonqul folklorning badiiy adabiyotga ta'siri xususida quyidagi fikrlarni bildiradi: "Folklorning yozma adabiyotga ta'siri masalalari Alisher Navoiy zamonida qanday dolzarb ahamiyatga ega bo'lsa, bugun ham xuddi Alisher Navoiyning barcha asarlarida biz folklorga ijodiy yondashuvni, milliylikka suyanib, umumbashariy qadriyatlar ulug'langanligini kuzatamiz. Bu an'ana Navoiy, Bobur zamonidan so'ng Abdulla Qodiriydan to bugungi kunda ijod etayotgan adiblarimizgacha, Cho'lpondan to zamonamiz shoirlarining izlanishlarida ham u yoki bu darajada davom etyapti. Faqat bizda emas, dunyo adabiyotida ham shu hoi kuzatilmoqda" [7]. Darhaqiqat, adabiyot tarixidan ham ma'lumki, ma'lum asarlarni xalqona tilda yaratish ularning yanada mashhur bo'lishiga va keng tarqalishiga sabab bo'lgan. Atoiy, Lutfiy, Fuzuliy, Navoiy she'riyatiga e'tibor bersak, ular xalq jonli qo'llaniluvchi birliklardan unumli foydalangan holda, go'zal badiiyat namunalarini yaratishgan. Ayni shu jihat tufayli bunday g'azallar ravon, o'qishli va sevimli bo'lgan.

Xorazmda yashab, ijod etgan Abulg'ozi Bahodirxon, Shermuhammad Munis, Ogahiy, Pahlavonquli Ravnaq kabi ijodkorlar ijodiy merosi bilan tanishar ekanmiz, ularda ham xalq og'zaki ijodiga xos unsurlarni, xalq tiliga xos birliklarni uchratishimiz mumkin. Quyida Pahlavonquli Ravnaq lirikasida uchraydigan ayrim xalqona so'z va birliklarning g'azal mazmunini boyitishi hamda shoir badiiy niyatining tasviriga ijobiy ta'siri xususida ayrim mulohazalarga to'xtalamiz.

Ma'lumki, Xorazmda XVIII-XIX asriarda lirik janrlar rivoj topdi. Ayni shu davrda bir qancha bayoz va devonlar yaratildi. Pahlavonquli Ravnaq ham bu jarayonda faol ishtirok etdi va o'zbek adabiyotini o'zining betakror va o'tli satrlari bilan boyitdi. Ravnaq lirik merosi jamlangan "Devoni Ravnaq"dagi bir qancha g'azallarda biz xalqona ohanglarni uchratamiz. Misol uchun, quyidagi baytga e'tibor qaratsak:

Yo Rab, ne ajab, ko'rguli dilbar, yetilibsen, Zebo qad ila sarvi sanubar, yetilibsen. Desam san, tong yo'q, duri yakdonai ofoq, Daryoyi latofat aro gavhar, yetilibsen [4. 81-b.].

Bir qaraganda, radif sifatida tanlangan so'z noodatiy va quloqqa erish tuyulishi mumkin. "Yetilmoq" fe'li "pishmoq" fe'li bilan birga qo'llanilib, bir butun qo'shma fe'lni hosil qiladi va o'z ma'nosini yanada aniqroq yuzaga chiqaradi. Masalan, yegulikka nisbatan qo'llanishini eshitsak hayron qolmaymiz. Biroq xalq og'zaki ijodida uchrovchi qo'shiq va she'riar matnidabu so'z insonga

* Mohidil Usmonova - Qarslii davlat universiteti Filologiya fakulteti.

nisbatan ham qo'llaniladi. Ravnaq ayni shu variantni tanlab olib, bu fe'lni yorga nisbatan ko'chma ma'noda qo'llaydi. Bunda yorning husniga, zohiriy va botiniy sifatlariga ishora mavjud. Shoir yorning jismonan kamolga yetganligini ifodalashda ayni shu radifga murojaat qilgan holda, g'azal poetikasini boyitib, ifodalamoqchi bo'lgan fikrlarini yanada kuchaytirgan: Olamg'atushub g'ulg'ula jamoling quyoshidin, Husn avji uza mohi munavvar, yetilibsen. Davrong'a solib g'amzai jodu bila yuz sho'r, Fitnauchun, ey ko'zlari kofar, yetilibsen [4. 81-b.]. Ko'rinadiki, baytdan baytga qarab tasvir kengayib, ifoda usuli mukammallashib boradi. Ravnaq lirikasida folklorning ayrim obrazlariga murojaat ko'p uchraydi. Xalq og'zaki ijodining turli janrlardagi namunalarida "Bog'i Eram", "Ko'hi Qof" singari ko'chib yuruvchi (sayyor) obrazlar mavjud bo'lib, biz ko'pincha xalq dostonlarida bu kabi joy nomlariga duch kelamiz. Ayni shu obrazlardan Ravnaq ham o'z g'azallarida unumli foydalanadi: Qayda bo'lg'ay jilvai tovusi gulzori Eram, Tarzi raftori qadi mastonajavloningchaxo'b [4. 18-b.].

Baytda yorning mastona yurishi Eram gulzori tovusining jilvasi bilan qiyoslanib, ma'shuqa siymosining betakror go'zalligini tasvirlashga xizmat qilgan.

Boshqa bir baytda esa bu tasvirning yanada quyuqroq shakliga duch kelamiz: Qomating bo'lsa qayu diydag'akim maddi nazar, Qayda bo'stoni Eram sarvig'a nazzorasi bor [4. 38-b.].

Ya'ni ma'shuqa go'zal suvratiga, qomatiga nazari tushgan oshiqda endi o'zga go'zallikka ehtiyoj qolmaydi. Hatto Eram bog'ining sarviga nazar solmaydi.

Bog'i Eram ilmiy adabiyotlarda Sharq mifologiyasida Yamanda podshoh Shaddod tomonidan bunyod etilgan afsonaviy bog' deya ta'riflanadi. Xalq dostonlarida esa u parilar yashaydigan, gulzor, mevazor va o'tloqzor bilan qoplangan tilsimli bog' sifatida talqin etiladi. Ravnaq yuqoridagi baytlarda Eram bog'ini keltirish orqali yorini o'sha bog'ning parisi, hattoki, ulardan ham a'lo, go'zallikda ulardan ham ustun deya e'tirof etadi.

Quyidagi baytlarda esa Qof tog'i (Ko'hi Qof) tasviri beriladi:

Qiyomi qomatingdin Qof to Oofi jahon titrab,

Bo'lur qoyim qiyomat bu nechuk oshubi davrondur [4. 43-b.].

Qof qadimiy tasavvurlarga ko'ra Yerni qamrab oluvchi tog' silsilasi bo'lib, qoyalari osmonga tutashgan. Qur'oni Karimdagi 50-suraning nomi ham shu tog'ga bog'lab tushuntirilgan. Ayrim tafsirlarda Qof yerning sokinligini ta'minlovchi qoziq deb sharhlangan[2. 201-b], Bu o'rinda shoir yor qomatining mukammalligini qalamga olar ekan, uning go'zalligi oldida hatto yerning jismini tutib turgan Qof ham titroqqa kelib davron oshubi hosil bo'ladi deya tasvirlaydi. Mubolag'a san'ati vositasida teran mazmunni ifodalaydi.

Ayni shunday mubolag'aviy tasvir boshqa bir baytda ham uchraydi.

Oof to Oofi jahonni g'arqi to'fon ayladi,

Oqizib seli sirishkin tutmayin orom ko'z [4. 55-b.].

Yor ishqida oshiqning ko'z yoshidan sel va to'fon hosil bo'lishi mumtoz she'riyatda faol an'anaviy tasvir. Biroq bu selu to'fonning Qof tog'ini ham g'arq qilishi mavjud an'anaga shoirning o'ziga xos yondashuvi deyishimiz mumkin.

Mumtoz she'riyatimizda faol qo'llangan badiiy san'atlardan biri - irsoli masaldir. Ya'ni shoir badiiy niyatining ro'yobga chiqishida xalq tilida keng iste'molda bo'lgan maqollarning lirik asarda istifoda etilishidir. Ravnaq g'azallarida ham buning ko'pgina o'rinlarda qo'llanganini uchratamiz. Masalan, "Ne samar hosil bo'lur yuzda degcmdin sizu biz" misrasi bilan boshlanuvchi g'azalida folklor an'analaridan ijodiy foydalangan. Matla' quyidagicha:

Ne samar hosil bo'lur yuzda degandin sizu biz, Yaxshiroq ming sizu bizdin ko'rinur bir jizu biz [4. 56-b.].

Ko'rinadiki, dastlabki misralardanoq Ravnaq xalq og'zaki ijodiga murojaat qiladi, ya'ni xalqimizda "Yuzta siz-bizdan bitta jiz-biz yaxshi" degan maqol bor. Bu o'zbekona lutf, biroz mutoyiba va beg'araz chapanilik bilan qo'llaniladigan xalq naqli. Ikkinchi misrada shunga ishora qilingan. G'azalning keyingi bayti ham xalq og'zaki ijodi namunalari uchraydigan va qisman mumtoz she'riyatimizga ko'chib o'tgan obraz va ashyolar nomi bilan davom etadi: Soqiyi bazm bo'lub o'rtada bir lola uzor, To'stag'on ichra na bo'lg'ay edi tushsa qimiz [4:56-b.].

Mazkur baytda she'riyatda soqiy obrazi bilan assotsiativ munosabatga kirishuvchi "jom", "qadah", "ayoq", "sog'ar" singari obrazlar bilan bir qatorda ularning nofaol ma'nodoshi "to'stag'on" ham uchraydi. Nofaol deyishimizning boisi eski o'zbek tilida, xalq orasida keng qo'llanilgan ushbu so'z qimiz va may ichiladigan yog'och idish ma'nosida ishlatilgan. "Navoiy asarían lug'ati"da bu isiiXohga." Oimiz quyib ichiladigan yog'och kosci, ayoq" deb ta'rif beriladi [5. 621-b.]. Kuzatishlarimiz davomidaNavoiy ijodida bu so'zga ikki o'rinda duch keldik. "Navodir ush-shabob"ning 218-g'azali oltinchi baytiga yuzlanamiz:

Halol ona sutidekdur gar o'zbakim tutsa,

Tobuq qilib yukunub to'stag'on ichinda qimiz [1. 223-b.].

Mazmuni \ Agar o'zbegim to'stag'onda qimiz tutsa, bu ona suti kabi haloldir. Ko'rinadiki, mazmun nihoyatda sodda va xalqona uslubda bayon qilingan. Yuqorida Ravnaq g'azalidan keltirilgan bayt mazmunida shoirning xalq ijodidan oziqlanish bilan bir qatorda Navoiyga izdoshlikni ham ko'ramiz. Ravnaq eski o'zbek tilida mavjud xalqona so'zdan foydalangan holda, uni qaytadan nutqqa olib kirgan. G'azalning keyingi baytini o'qir ekanmiz, beixtiyor, xayolimizda xalq qo'shiqlari va dostonlarida uchraydigan tasvir gavdalanadi:

U1 qimizning gazakig'a bo'lg'ay erdi dilxoh, Sho'rboyi issig' bor esa qo'y go'shti semiz [4. 56-b.].

Turkiy xalqlar turmush tarzida ko'p uchraydigan gastronomik birliklar semiz qo'y go'shtidan tayyorlangan sho'rva va qimiz o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalarida ko'plab uchraydi. Xususan, "Alpomish" dostonida Ko'kaman alpning Barchindan qimiz so'rab turgani aks etgan kattagina aytishuv fikrimizni dalillaydi [3. 48-51-b],

Pahlavonquli Ravnaq ijtimoiy lirikasida ham xalq maqollari, xalq orasida mashhur bo'lgan aforizmlar va iboralarga bir necha bor murojaat qiladi. Jumladan, xalqimizda "Suv keltirgan xor-u zor, ko'za sindirgan aziz" maqoli mavjud. Ravnaq g'azallaridan birida shu maqol mazmuniga mutanosib jumlalarni ishlatadi. Xususan, shoirning "Ko'r" radifli g'azalida ayni shu holatning guvohi bo'lamiz:

Aziz aylar arozilni, xor aylar aziz elni, Sipehri siflaparvarning bu bir aks imtiyozin ko'r [4. 44-b.]. Xuddi shu holat Ravnaq qalamiga mansub qasidada ham uchraydi: Kimki nodondur etib oni jahon ichra aziz, Kimki donodur, oni aylamaking xor nedur. Kimki johildur, oni loyiqi iqbol ko'rub, Kimki olimdur, oni qismati idbor, nedur [4. 146-b.]. Bunday ruhdagi g'azallarning yozilishi, bevosita, shoir yashagan davr bilan bog'liq. Ya'ni Xiva xonligidagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy tartibsizliklar, bundan tashqari, Ravnaq hayotining ham qiyinchilik va sargardonlikda o'tgani bu kabi g'azallar yozilishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin. Ushbu baytlardagi har bir jumlalar xalq og'zaki ijodida uchrovchi maqollarga o'ta o'xshash, ma'no mazmuni hamohangdir.

Ravnaq lirik merosi bilan tanishish davomida yana ko'plab g'azallarning xalq og'zaki ijodidan oziqlangan holda yaratilganligini ko'rishimiz mumkin. Bu esa shoir she'rlaridagi obrazlilik va xalqchillikni oshirishga xizmat qilgan. Zero, badiiy ijodning eng sara namunalari xalq donishmandligining xazinasidan oziqlanib yaratilgani ayni haqiqatdir.

Adabiyotlar:

1. Alisher Navoiy. Navodir ush-shabob. To'la asarlar to'plami. 10 jildlik. 2-jild: - Т.: G'afur G'ulom nomidagi NMIU, 2011.

2. Alisher Navoiy: qomusiy lug'at. 2 jildlik, 2-jild. - Т.: Sharq, 2016.

3. Alpomish. Aytuvchi F. Yo'ldosh o'g'li, yozib oluvchi M. Zarifov. - Т.: Sharq, 2010.

4. Devoni Ravnaq. Qo'lyozma. O'zR FASHI fondi. Inv.№922.

5. Navoiy asarlari lug'ati. - Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyoti, 1972.

6. Safarov O. Xalq og'zaki ijodi. - Т.: Musiqa, 2010.

7. https://kh-davron.uz/kutubxona/uzbek/jabbor-eshonqul-folklor-millatning-boqiy-tarixi.html.

____

RA VNAQ LIRIKASIDA FOLKLOR ТА 'SIRIGA DOIR A YRIM QA YDLAR

Maqolada Xorazm shoiri Pahlavonqidi Ravnaq g 'azallarida uchrovchi xalq og 'zaki ijodiga xos birliklar va xalqona obrazlar haqida fikr yuritilgan. Ularning g'azalpoetikasini mukammallashtirishga va badiiy jihatdan boyitishga xizmat qilganligi misollar bilan tushuntirilgan. Ravnaq g 'azallari va folklor janrlaridagi ayrim namunalar qiyosiy tahlil qilingan.

НЕКОТОРЫЕ ЗАМЕЧАНИЯ О ВЛИЯНИИ ФОЛЬКЛОРА НА ЛИРИКУ РАВНАКА

В статье размышляются единицы и народные образы, встречаюгциеся в газелях хорезмийского поэта Пахлаванкули Равнака, на примерах поясняется то, что они послужили совершенствованию поэтики газели и ее художественному обогагценню. Проведен сравнительный анализ некоторых примеров газелей Равнака и фольклорных жанров.

SOME NOTES ON THE INFLUENCE OF FOLKLORE IN RAVNAQ'S LYRICS

The article reflects on the units and folk images found in the ghazals of the Khorezm poet Pahlavanqidi Ravnaq. The fact that they served to perfect the poetics of the ghazal and enrich it artistically is explained with examples. A comparative analysis of some examples of Ravnaq ghazals andfolklore genres is made.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.