Научная статья на тему 'Raqs abadiy uning qalbida (Roviya Otajonova)'

Raqs abadiy uning qalbida (Roviya Otajonova) Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
74
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Raqs san’ati / Garmonchi qizlar / Anash chо‘loq / Hazorasp olmasi / Orazibon

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Munavvarxon Rustamovna Amanbayeva

Mazkur maqolada o’zbek raqs san’atining ardoqli faxriylaridan bo’lmish Roviyaxonim Otajonovaning hayoti va ijodi xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Raqs abadiy uning qalbida (Roviya Otajonova)»

Raqs - abadiy uning qalbida (Roviya Otajonova)

Munavvarxon Rustamovna Amanbayeva O'zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi Urganch filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek raqs san'atining ardoqli faxriylaridan bo'lmish Roviyaxonim Otajonovaning hayoti va ijodi xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: Raqs san'ati, Garmonchi qizlar, Anash cho'loq, Hazorasp olmasi, Orazibon.

Dance is forever in her heart (Roviya Otajonova)

Munavvarkhan Rustamovna Amanbayeva Urganch branch of Uzbekistan State Academy of Choreography

Abstract: This article presents opinions about the life and work of Roviyakhanim Otajonova, one of the honored veterans of Uzbek dance art.

Keywords: Dance art, Harmonic girls, Anash lame, Hazorasp apple, Orazibon.

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, raqqosa Robiya Otajonova haqida so'z yuritar ekanmiz, eng avvala uning siymosida raqs san'ati ko'z oldimizda gavdalanadi. Roviya Otajonova O'zbek xalq raqsi san'atida o'zining go'zal va betakror raqs san'ati bilan o'chmas iz qoldirgan. Roviya Otajonova 1924-yil 12-yanvar kuni san'at ixlosmandlari yurti bo'lmish Xorazm diyorida tavallud topgan. Bo'lajak san'atkor bolalik chog'ida raqs san'atiga qiziqishi bois maktab davridanoq raqs to'garagiga qatnashadi.

Roviya Otajonova san'at degan so'zning ma'nosini to'liq anglamagan qizcha vaqtida toza, tabiiy muqomlari bilan bir qishloq kishilarining umidini uyg'otgan edi. Gul izlagan bolariday har chayqalgan novdadan, har pirpiragan gulbarg, har kerilgan qush qanoti-yu, tabitaning har bir sirli tebranishidan naqsh axtara boshladi. Nihoyat, u uztozlarni topdi. Gap shundaki, ustoz deb tanilgan keksa raqqosa ayollar u tanigan naqshlarning ko'pini sozga solgan edilar. Ana shunda bo'lg'usi san'atkorning yuragida hayrat ilinji uyg'ondi. Shu hayrat quvvati bo'lsa kerak o'n uch yoshida san'at degan mashaqqatli va cheksiz fahrli olamga qadam qo'ydi. Dastlabki entikishlar, sinovlar va nihoyat ishonchga kirish o'ylari sira-sira yodidan chiqmaydi. U shu paytlarda raqs faqat musiqa ohangiga mos muqom qilish emasligini, balki ohangni harakatlarda ifodalash san'ati ekanligini aniq tushundi. Anash cho'loq deb

www.0penscience.uz / issn 2181-0842 793

nom chiqargan betakror san'atkor, Sheroziy deb dong taratgan mashhur xonanda ustozligida ishonchlar e'tiqodga aylandi.

San'atkorning o'z yo'lini shakllantirgunga qadar shogird sifatida san'at faoliyatini davom ettirdi tajribadan ma'lumki, raqs sirlarini mukammal o'rgangan yoshlardan ayrimlari dramatik aktyorlikda o'z ijod yo'llarini topdilar. Roviya Otajonova raqsga bir umr qo'l bergan artist. U Ajoyib laparlar ijrochisi, sahnada o'nlab turli-tuman xarakterlar yaratdi.

Voha raqs san'atiga nazar tashlar ekanmiz, juda ko'p mashhur kishilar yodga keladi. Roviyaxonim esa o'zidan oldingi bir davrni mujassam qilgan san'atkordir.

Roviya Otajonovaning o'z haqiqati bor edi: -"Gul ko'karib, chechak ochmog'i uchun dastlab sog' va toza zamin kerak. Quyosh yog'dusi, buloq suvi, yurt shamoli... Bular ko'karish va gullashning asosini tashkil etuvchi yagona haqiqatdir. Demak kimki xalq oldida obro' qozongan ekan, u dastlab shu yurtdan, boshidagi quyoshi, mehr-muhabbatlardan minnatdor bo'lmog'i va hamisha ular oldida qarzini sezmog'i kerak. Agar birov sen nima bilan baxtlisan desa, beixtiyor xalqim bilan deb javob berardim"...deydi.

Raqqosa o'z ijodida ana shu qudrat va kamolotni go'zallikda yarata oldi. Shuning uchun xalq uni olqishladi, qaynab, yonib turgan yoshlik yillarida nari-berida sahnadan qo'yib yubormasdilar. To'ylarni aytmaysizmi?! Raqqosa Roviyaxon kelibdi deyilsa tamom, qur (davra)ning katta olinishidan darak berardi.

Roviyaxonimning ish faoliyatiga to'xtalsak, san'atkor 'Hazorasp olmasi" ashula va raqs ansamblida ko'p yillar mehnat qilgan. Zotan uning tinch o'tirgan paytini ko'rmaganlar. Goh o'tmish ustozlar qoldirgan san'at namunalarini qayta mashq etgan bo'lsa, goh davr nafasiga mos raqslar ijod qilgan. Shuning uchun bo'lsa kerak Roviyaxonim qaysi davraga kirib kelsa, san'at haqida, Xorazmning jozibali raqslari haqida bahsli suhbatlar qilingan.

Hayotda ustoz degan muborak bir so'z bor. Inson umrining to'liqligi, boqiyligi shu so'zning asosidadir. Roviyaxonim bundan oltmish yillar oldin shu so'zni eshitgan edi. Shundan beri o'z xalqidan, murabbiylaridan nimaniki eshitgan bo'lsa, tinimsiz mehnat orqali nimaniki kashf etgan bo'lsa hammasini umrini oxirigacha shogirdlariga o'rgatib keldi.

1939-yilda Toshkent shahrida O'zbekiston xalq artisti Gavhar Rahimova tomonidan tashkil etilgan "Garmonchi qizlar" ansamblida mehnat faoliyatini boshlaydi. 1942-yilda Xorazm viloyati Ogahiy nomidagi musiqali drama va komediya teatriga ishga kiradi. Teatrda ancha yillar balerina sifatida faoliyat yuritadi. 1995-yilda "Orazibon" ansambliga ishga kiradi. Ushbu dargohda umrining oxirigacha ishlaydi.

Raqs san'atining buguni va kelajagi haqida gapirganda, - deydi u,- ham quvonaman, ham tashvishga tushaman. Haqiqiy Xorazm raqs san'atini puxta

www.openscience.uz / issn 2181-0842 794

o'rganayotgan, unga davr nafasini berayotgan yoshlar ko'paymoqda. M.Xarratov nomidagi musiqa bilim yurti talabalari sahnalashtirgan spektakldagi raqslarni ko'rib quvondim. Haqiqatdan ham yoshlar san'atga katta savod, ishtiyoq bilan kirib kelmoqdalar. Ustozlar bilan suhbatlarimda Xorazm raqslarining juda ko'p bo'lganligini eshitganman. Lekin ularning hammasi ham ijro qilinib kelinayotgani yo'q. Men Xorazmning ana shu ijro etilmay kelinayotgan raqslarini unitilib ketilishidan tashvishlanaman.

Ha Roviyaxonim o'z umrining faxrli xosiyatlarini ana shunday mas'uliyat bilan baholaydi. Axir u ham ustozlardan o'rgangan. Shogirdlarga o'rgatish, bugungi san'atni asl holida avlodlarga yetkazishda uning vazifasi katta.

O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist Roviyaxonim 2005-yilning 25-dekabrida bu dunyoni tark etgan bo'lishiga qaramay hamon san'at ixlosmandlari qalbida yashab kelmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Khamraeva, K., & Musaeva, G. (2021, November). QUEEN OF KHOREZM FOLK SCHOOL (ART CRITIC-PEOPLES ARTIST OF UZBEKISTAN GAVHARKHONIM MATYOKUBOVA). In Archive of Conferences (Vol. 22, No. 1, pp. 68-72).

2. Mo'minmirzo, X. Z. O. L. (2022). YANGI O 'ZBEKISTONDA MILLIY RAQS SAN'ATIGA QARATILAYOTGAN YUKSAK E'TIBOR ("LAZGI" RAQSI MISOLIDA). Oriental Art and Culture, 3(2), 168-172.

www.openscience.uz / issn 2181-0842

795

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.