RAQAMLI TRASFORMATSIYA SHAROITIDA FARMASEVTIKA SANOATIDA MARKETINGNING RAQOBAT STRATEGIYALARINI
QO'LLASH YONALISHLARI
Bobojonov Baxrom Ruzimovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, "Marketing" kafedrasi dotsenti vazifasini
bajaruvchi
Annotatsiya: Ushbu maqolada raqamli transformatsiya sharoitida farmasevtika sanoatida marketingning raqobat strategiyalarini qo'llash yo'nalishlari tadqiq qilingan hamda ushbu yo'nalishni rivojlantirish yuzasidan xulosa va takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: raqamli transformatsiya, islohot, raqobat, farmasevtika, marketing, rivojlantirish, tarmoq.
НАПРАВЛЕНИЯ ПРИМЕНЕНИЯ КОНКУРЕНТНЫХ СТРАТЕГИЙ
МАРКЕТИНГА В ФАРМАЦЕВТИЧЕСКОЙ ПРОМЫШЛЕННОСТИ В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ТРАНСФОРМАЦИИ
Бобожонов Бахром Рузимович
Ташкентский государственный экономический университет исполняющий обязанности доцента кафедры «Маркетинг»
Аннотация. В данной статье исследованы направления применения конкурентных стратегий маркетинга в фармацевтической отрасли в условиях цифровой трансформации, а также сформулированы выводы и предложения по развитию данного направления.
Ключевые слова: цифровая трансформация, реформа, конкуренция, фармацевтика, маркетинг, развитие, сеть.
DIRECTIONS FOR APPLYING COMPETITIVE MARKETING
STRATEGIES IN THE PHARMACEUTICAL INDUSTRY IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION
Bobojonov Baxrom Ruzimovich
Acting associate professor of the "Marketing" department of Tashkent State
University of Economics
Abstract: This article explores the areas of application of competitive marketing strategies in the pharmaceutical industry in the context of digital transformation and also formulates conclusions and proposals for the development of this area.
Keywords: digital transformation, reform, competition, pharmaceuticals, marketing, development, network.
KIRISH
Yangi O'zbekistonda jadal ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish davrida farmasevtika sanoati taraqqiyotiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Tarmoqda ko'plab investision loyihalarni amalga oshirish hisobiga turli mulkchilik shakliga asoslangan yangidan-yangi zamonaviy korxonalar barpo etilmoqda. Dori-darmon hamda ularning xomashyo vositalari eksporti sezilarli darajada ortdi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "dorivor o'simliklar yetishtirish, ularni qayta ishlash, investisiyalar jalb etib, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish uchun keng sharoitlar yaratildi. Bularning natijasida so'nggi besh yilda 71 ta yangi korxona tashkil etilib, 2 ming 500 dan ortiq turdagi dori vositalari, 241 turdagi tibbiy buyumlar va 78 turdagi tibbiy texnika ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi. Farmasevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar oshdi. Lekin bu natijalar hali yetarli emas. Bugungi kunda mahalliy korxonalar ichki bozor talabini natural hajmda 55 foizga ta'minlamoqda, xolos.1
2022 yil 21 yanvarda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-2026 yillarda farmasevtika tarmog'ini jadal rivojlantirishga oid farmoni qabul qilingan edi. Unga ko'ra, mahalliy dori vositalari ishlab chiqarish hajmini 3 barobarga oshirish, ichki bozorni ta'minlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish vazifasi qo'yilgan.2
Sanoat korxonalari natijadorligini ta'minlash faqatgina yangi ishlab chiqarish uskunalarini joriy etish bilangina cheklanmasdan, ishlab chiqarish, ta'minot, sotish, marketing va umuman boshqaruv jarayonlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali erishilinadi. Buning uchun esa boshqaruvchilardan tezkor ma'lumot va axborotlar almashinuvi, barcha bo'g'inlardagi muammolarni oldindan kuzatish va bartaraf etish, bozor xolatini o'rganish va shulardan kelib chiqqan xolda tezkor qarorlar qabul qilish, taktika va strategiyalarni ishlab chiqish va belgilashni taqozo etmoqda.
Rivojlangan mamlakatlar tajribalari shuni ko'rsatmoqdaki korxonalar boshqaruvida tezkor ma'lumot va axborotlar almashinuvini ta'minlash, muammolarni oldindan kuzatish va bartaraf etish, bozor xolatini o'rganish va tezkor qarorlar qabul qilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish va raqamlashtirish katta samaralar bermoqda.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Dunyoda raqamli texnologiyalar yangi payda bo'la boshlagan vaqtlarda, "raqamlashtirish" ("digitization") atamasi qo'llanilgan bo'lib, uni birinchi bor muomalaga kiritgan shaxs Robert Machal bo'lib, 2014 yil Shimoliy Amerika sharhida
1 "Yangi O'zbekiston" Ijtimoiy -siyosiy gazeta. FARMASEVTIKA TARMOG'IDAGI LOYIHALAR KO'RIB CHIQILDI Prezident Shavkat Mirziyoyev 6 sentyabr kuni farmasevtika tarmog'ida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. № 178 (434), 2021 yil 7sentabr, seshanba.
2 Farmatsevtika tarmog'idagi ko'rsatkichlar tahlil qilinib, qo'shimcha vazifalar belgilandi https://president.uz/uz/lists/view/5124
chop etilgan maqolasida u "jamiyatni raqamlashtirish" ni komp'yuter yordamida tadqiqotning cheklovlari va istiqbollari haqida gapirgan.
Bugungi dunyo biznesda tub o'zgarishlarni talab qilmoqda. Kecha talabga ega bo'lgan va ishlagan narsa bugungi kunda ahamiyatsiz bo'lib qolmoqda. To'yingan bozor, yuqori raqobat, mijozlar talablari - biznesni raqamli transformasiyasiga bo'lgan zaruratining ba'zi sabablaridan hisoblanadi. Yangi texnologiyalarni joriy etish bugun kirib kelayotgan kelajakka qadamdir.
METODOLOGIYA
Tadqiqot davomida ilmiy mushohada, induksiya va deduksiya, dinamik qatorlar, iqtisodiy-statistik tahlil va sintez, statistik guruhlash, tizimli tahlil, taqqoslash va boshqa usullardan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Raqamli transformasiya — bu kompaniyaning biznes jarayonlariga yangi texnologiyalarni joriy etish usuli bo'lib, unda raqamli texnologiyalaridan biznes faoliyatini o'zgartirish va yaxshilash uchun foydalaniladi. Buning hisobiga uning miqyosi kengayib, yanada samarali va daromadliroq bo'ladi.
Biznesning raqamli transformasiyasi yangi texnologiyalarni qo'llash orqali mijozlarga xizmat ko'rsatish sifatini oshirishga qaratilgan. Biroz oldin biznes sohasiga ijtimoiy tarmoqlarning joriy etilishini inqilob deb atash mumkin edi. Bugun esa bu yetarli emas bo'lib qoldi. Kompaniyalar takomillashtirish va rivojlanish uchun zamonaviy texnologiyalarga muhtoj. Biznesni yuritishning an'anaviy strategiyalaridan raqamli biznes strategiyalariga inqilobiy o'tish tufayli kompaniya raqobatchilarga nisbatan sezilarli afzalliklarga ega bo'ladi. Biroq, qat'iy harakat qilish zarur. Yangi jarayonlarning ba'zilari tez va samarali ishga tushiriladi, boshqalari esa uzoq muddatli o'zgarishlarga olib kelishi va hatto qisqa masofalarda buzilishlarni keltirib chiqarishi mumkin. Misol uchun, ba'zi mijozlar innovasiyalarni qabul qilishni istamasliklari sababli rad etishadi. Biroq raqamli transformasiyaga to'g'ri yondashish va samarali vositalarni joriy etish kompaniyani «raqamlashtirish» va uning imkoniyatlarini kengaytirishga yordam beradi.
Bu shunchaki ma'lumotni raqamlashtirish emas. Bu kompaniyani raqamli makonda targ'ib qilishga qaratilgan tadbirlarning katta to'plamidir. Siz turli tajribalarga tayyor bo'lishingiz, eskirgan biznes jarayonlaridan voz kechishingiz va biznesingizni kengaytirish uchun zamonaviy texnologiyalardan foydalanishingiz kerak.
Raqamli transformasiya juda katta sur'atlarda amalga oshirilmoqda. Bir necha o'n yillar oldin biznesni faqat mahalliy darajada targ'ib qilish mumkin edi. Gazetalardagi mahalliy e'lonlar, ustunlardagi e'lonlar va tashrif qog'ozlarini tarqatish kabi. Keyin veb-saytlar paydo bo'ldi va kompaniyalar asta-sekin, bir vaqtning o'zida televizorda reklama berish bilan birga raqamli makonga kira boshladilar. Bugungi
kunda raqamli transformasiya yangi to'lqinni boshdan kechirmoqda. Sun'iy intellekt faol rivojlanmoqda, mashinani o'rganish amalga oshirilmoqda.
Farmasevtika sanoati raqobatbardoshliligin oshirish va korxonalarning ishlab chiqarishini qo'llab quvvatlashda farmonning ahamiyati katta.
Iqtisodchi olimlar B. V. Sorvirov va A. M. Baranovning fikriga ko'ra, raqobat milliy va jahon iqtisodiyotining yanada samarali rivojlanishini rag'batlantiruvchi kuchdir. "Raqobat" atamasi iqtisodiyotga lotin tilidan kirib kelgan bo'lib, lotincha " соncштentia" so'zidan kelib chiqib, "to'qnashuv", "musobaqa" degan ma'noni anglatadi3.
Iqtisodiy adabiyotlarda xorijiy va mahalliy mualliflar raqobat atamasiga juda ko'p turli xil ta'riflar berilgan.
1-jadval ma'lumotlaridan ko'rishimiz mumkinki, har xil davrlarda yashab o'tgan va hozirgi kunda yashab ijod qilayotgan iqtisodchi olimlarning raqobat borasidagi ta'riflari keltirib o'tilgan. "Raqobat" tushunchasining formulalari va talqinlarining tuzilishi va mazmunini tahlil qilish turli mualliflar tomonidan taklif qilingan ta'riflar raqobatning ko'p jihatlaridan faqat ma'lum tomonini tavsiflaydi, mualliflarning har biri o'z tadqiqot sohasidagi raqobatni tavsiflaydi degan xulosaga kelishimizga imkon beradi.
Avstriyalik iqtisodchi va siyosiy faylasuf F. fon Xayek raqobatni yanada kengroq ko'rib chiqdi va uni "kashfiyot protsedurasi"deb tushundi .
A. Romanovning ta'kidlashicha, raqobat bu - dinamik va harakatlantiruvchi kuchdir.
R.Fathutdinov raqobatni boshqaruv nuqtai nazaridan ko'rib chiqadi, u uni qonunchilik doirasida yoki tabiiy sharoitda obyektiv yoki subyektiv ehtiyojlarni qondirish uchun raqobatchilarga qarshi kurashda g'alaba qozonish yoki boshqa maqsadlarga erishish uchun subyektni raqobatdosh ustunliklari bilan boshqarish jarayoni sifatida izohlaydi.
1-jadval
Raqobat atamasining ilmiy talqinlari4
Mualliflar Ta'riflar talqini Manba
A.Smit Narxlarni oshiruvchi (taklifning qisqarishi bilan) raqobat va narxlarni pasaytiruvchi (taklifning ko'pligi bilan) raqobat. Смит, А. Исследование о природе и причинах богатства народов [Электронный ресурс].- Режим доступа: http://lib.rus.ec
A.Shumpeter Eskining yangi bilan ya'ni, innovatsiya bilan raqobati. Schumprter, J. Capitalism, Socialism and Democracy. - N. Y. : Harper and Row, 1962
3 Сорвиров Б.В., Баранов А.М. С65 Теория конкуренции: учебное пособие / Баранов А.М. - М.: Интеграция, 2014. -с. ISBN 978-5-91010-018-7. Elektron resurs: https://core.ac.uk/download/pdf/75999528.pdf
4 Muallif tomonidan ilmiy-tadqiqotlar asosida ishlab chiqilgan.
M.Porter Dinamik va rivojlanayotgan jarayon, doimiy ravishda o'zgarib turadigan landshaft, unda yangi mahsulotlar, yangi marketing yo'llari, yangi ishlab chiqarish jarayonlari va yangi bozor segmentlari paydo bo'ladi. Портер, М. Международная конкурен-ция: пер. с англ. / под ред. В. Д. Щети-нина.- М.: Международные отноше-ния, 1993. - С. 32; Портер, М. Э. Кон-куренция / М. Э. Портер. -М.: Изд. дом «Вильяме», 2002. -С. 17.
P.Xeyne Noyob imtiyozlardan foydalanish mezonlarini iloji boricha qondirishga intilish. Хейне, П. Экономический образ мышле-ния: пер. с англ. / П. Хейне - М. : Изд-во «Новости», 1991. - С. 38.
R.A.Fatxutdinov Qonunchilik doirasida yoki tabiiy sharoitda obyektiv yoki subyektiv ehtiyojlarni qondirish uchun raqobatchilarga qarshi kurashda g'alaba qozonish yoki boshqa maqsadlarga erishish uchun subyektni raqobatdosh ustunliklari bilan boshqarish jarayoni. Фатхутдинов, Р. А. Конкурентоспособность: экономика, стратегия, управление. - М. : ИНФРА-М, 2000. -С. 12
A.Yudanov Firmalarning mavjud bozor segmentlarida iste'molchilarning to'lov qobiliyatiga bo'lgan talabining cheklangan miqdori uchun kurashi. Юданов, А. Ю. Конкуренция: теория и практика / А. Ю. Юданов. - 3-е изд., перераб. и доп. - М.: Гном-Пресс, 2001.-С. 12.
S.G'ulomov Raqobat faqat sotuvchilar o'rtasida emas shuningdek xaridorlar o'rtasida ham yuz beradi. S.G'ulomov va M.Sharifxo'jayev Bozor iqtisodiyoti nazariyasi va amaliyoti Toshkent. O'qituvchi 2000-y. Darslik. 280 bet.
Sh.Shodmonov va B.Xodiyev Raqobat - bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to'qnashuvidan iborat bo'lib, ular o'rtasidagi yuqori foyda va ko'proq naflilikka ega bo'lish uchun kurashni anglatadi. B.Xodiyev, Sh. Shodmonov. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. -T.: "Barkamol fayz media", 2017, 784 bet.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Taniqli iqtisodchi va Garvard biznes maktabining professori Maykl Porterning tadqiqotlariga ko'ra, raqobatning beshta kuchlari nazariyasi sanoat yoki kompaniya faoliyatiga ta'sir qiluvchi raqobat kuchlarini tahlil qilish uchun asosdir.
1. Yangi ishtirokchilar tahdidi: Bu kuch yangi kompaniyalar uchun sanoatga kirish qanchalik oson yoki qiyinligini ko'rib chiqadi. Kirish to'siqlari yuqori boshlang'ich xarajatlar, tartibga solishni o'z ichiga olishi mumkin.
2. Tarmoq ichidagi raqobat: Bu kuch yetkazib beruvchilarning sanoat yoki kompaniya ustidan egalik qiladigan kuchini tekshiradi. Ta'minotchilar tovarning bozordagi raqobatbardoshligiga xom ashyo yetkazib beruvchi sifatida ta'sir ko'rsatadi. Xom ashyo narxlarining ko'tarilishi ishlab chiqarish xarajatlarining ko'payishiga va shu asosda tayyor mahsulot tannarxining oshishiga olib keladi. Savdolashish qobiliyati
yuqori bo'lgan yetkazib beruvchilar narxlarni ko'tarishi yoki o'z tovarlari yoki xizmatlari sifatini pasaytirishi mumkin, bu esa sanoat yoki kompaniyaning rentabelligiga putur yetkazishi mumkin.
3. Xaridorlarning bozordagi hukmronligi: Bu kuch xaridorlarning sanoat yoki kompaniya ustidan egalik qiladigan kuchini hisobga oladi. Savdo qobiliyati yuqori bo'lgan xaridorlar pastroq narxlarni yoki yuqori sifatni talab qilishlari mumkin, bu esa sanoat yoki kompaniyaning rentabelligini kamaytirishi mumkin.
Bular quyidagi holatlarda namoyon bo'ladi:
- yetkazib beruvchi soha bir necha kichik kompaniyalardan tarkib topgan bo'lib, xaridorlar kam bo'lganda;
- xaridorlar tovarlarni katta miqdorda sotib olganda;
- tarmoq o'z faoliyat turidan kelib chiqqan xolda xaridorlarga kuchli darajada bog'liq bo'lganda;
- xaridorlar bir necha etkazib beruvchi tarmoqlar ichidan eng past narx taklif qilayotganini tanlash imkoniyatiga ega bo'lganda (bu ushbu tarmoqda narx raqobati-ni kuchaytiradi);
- xaridorlar talabining tovar sifatiga, narxiga va servis darajasiga nisbatan noziklashib va chuqurlashib borishida.
4. O'rnini bosuvchi mahsulotlar yoki xizmatlar tahdidi: Bu kuch iste'molchilarning muqobil mahsulot yoki xizmatlarga qay darajada tez moslashishlari yoki o'tishlari mumkinligini tekshiradi. Iste'molchilar o'rnini bosuvchi mahsulotlarni qanchalik oson topa olsalar, narxlarni past va sifatli ushlab turish orqali sanoat yoki kompaniyaga shunchalik ko'p bosim o'tkaziladi.
5. Sotuvchilar o'rtasidagi raqobat: Bu kuch sanoatdagi mavjud kompaniyalar o'rtasidagi raqobatning intensivligini hisobga oladi. Yuqori darajadagi raqobat narxlardagi urushlarga yoki sanoat yoki kompaniyaning rentabelligini pasaytiradigan boshqa raqobat bosimiga olib kelishi mumkin.
Ushbu beshta kuchni tahlil qilish natijasida, kompaniyalar va tarmoqlar raqobatga moyil bo'lishi mumkin bo'lgan sohalarni aniqlashlari va raqobatbardoshligini saqlab qolish yoki yaxshilash uchun strategiyalarni ishlab chiqishlari mumkin.
Raqobat besh kuchi nazariyasining oltin qoidasi - raqobat kuchlarining ta'siri naqadar zaif bo'lsa, tarmoqda kompaniya ko'proq foyda olish imkoniyatiga ega bo'ladi, va aksincha, raqobat kuchlarining ta'siri naqadar kuchli bo'lsa, tarmoqda kompaniya kamroq foyda olish imkoniyatiga ega bo'ladi5.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. "Yangi O'zbekiston" Ijtimoiy -siyosiy gazeta. FARMASEVTIKA TARMOG'IDAGI LOYIHALAR KO'RIB CHIQILDI Prezident Shavkat Mirziyoyev
5 ^xmneBa M.T. X,03Hpra 3aMaH pa;o6aT Ha3apHflcn: YKyB KymaHMa. - T.: T^Hy, 2019. - 280 6eT
6 sentyabr kuni farmasevtika tarmog'ida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. № 178 (434), 2021 yil 7sentabr, seshanba.
2. Farmatsevtika tarmog'idagi ko'rsatkichlar tahlil qilinib, qo'shimcha vazifalar belgilandi https://president.uz/uz/lists/view/5124.
3. https: //www. wto. org/english/tratop_e/serv_e/phi_e. html
4. https://ifpma.org/insights/ethical-business-stimulates-best-value-in-health-economy/
5. http://www.fingramota.org/teoriya-finansov/item/2198-chto-takoe-tsifrovaya-ekonomika
6. World Bank Group (2021). "What is the Digital Economy?" https://www.worldbank.org/en/topic/digitaldevelopment/brief/what-is-the-digital-economy.
7. World Trade Organization (2021). "E-commerce and the Digital Economy." https: //www. wto. org/e-commerce.
8. Daniele Schiliro Towards Digital Globalization and the Covid-19 Challenge. International Journal of Business Management and Economic Research (IJBMER), Vol 11(2),2020, 1710-1716.
9. Гулямов С.С., Р. Х.Эргашев., Хамраева С.Н., М.Абдуллаев. Ракамли иктисодиёт. ТДИУДар.МИИ, 2020й, 26 бет.
10. Д.А. Аверьянова Этапы развития цифровой экономики., аспирант Московский государственный институт международных отношений. Journal of Economy and Business, vol. 3-1.
11. Digital Development https:// www.worldbank.org/ en/topic/ digitaldevelopment/ overview.