Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O`QUVCHILАRNI MUSTАQIL FIKRLАSH KOMPETENSIYALАRINI RIVOJLАNTIRISH'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O`QUVCHILАRNI MUSTАQIL FIKRLАSH KOMPETENSIYALАRINI RIVOJLАNTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
9
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinfdan tashkari ishlar / mustaqil fikrlash / kompetensiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Mirzakulov Islomjon Xoljigitovich, Shaymuradov Taxir Zamonovich

Tasviriy san’at fanidan o`quvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ta’limda ularning mustaqil fikrlash kompetensiyasini oshirishda didaktik materiallarning maqsadga muvoffiqligini ta’minlash ko`zda tutilgan. Maqolada “Barkamol avlod” bolalar markazlari hamda “Bolalar musiqa va sanʼat maktablari”da o`qiydigan o`quvchilarning orasidan ham eng iqtidorlilarini aniqlash yo`llari haqida ham fikirlar kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O`QUVCHILАRNI MUSTАQIL FIKRLАSH KOMPETENSIYALАRINI RIVOJLАNTIRISH»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O QUVCHILARNI MUSTAQIL FIKRLASH KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISH 1Mirzakulov Islomjon Xoljigitovich, 2Shaymuradov Taxir Zamonovich

1Guliston davlat uniaersiteti o'qituvchisi 2Guliston davlat uniaersiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10677608

Annotatsiya. Tasviriy san'at fanidan oquvchilarning sinfdan va maktabdan tashqari ta'limda ularning mustaqil fikrlash kompetensiyasini oshirishda didaktik materiallarning maqsadga muvoffiqligini ta'minlash kozda tutilgan. Maqolada "Barkamol avlod" bolalar markazlari hamda "Bolalar musiqa va san'at maktablari"da oqiydigan oquvchilarning orasidan ham eng iqtidorlilarini aniqlash yollari haqida ham fikirlar kiritilgan.

Kalit so'zlar: sinfdan tashkari ishlar, mustaqil fikrlash, kompetensiya.

Tasviriy san'atdan sinfdan tashqari ishlar asosan maktab to'garagi, "Barkamol avlod" bolalar markazlari hamda "Bolalar musiqa va san'at maktablari" qoshida tashkil etilishi mumkin.

Tasviriy san'at to'garaklarida o'quvchilar uchun qiziqarli va sermazmun mavzular tanlash o'quvchilarning tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi.

Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar va maktablarda olib borilgan kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, bolalarning o'zlari qiziqadigan mavzular asosida chizgan rasmlari boshqa mavzularda chizgan rasmlariga qaraganda mazmunliroq va sifatliroq bo'ladi. Bolalar tomonidan chizilgan bunday rasmlar tasviriy san'atda narsaning o'ziga qarab, dekorativ rasm chizish, ayniqsa mavzu asosida rasm chizish mashg'ulotlarida alohida ahamiyat kasb etadi.

Bunday mavzular qatoriga «Men sevgan qahramon», «Yil fasllari», «Hayvonot bo g'ida», «Sirkda», «Ertaklar olamida» va boshqalarni kiritish mumkin.

Shuningdek, o'quvchilarning futbol, boks, tennis, kurashga oid chizgan rasmlari o'z mazmuni, kompozitsiyasi va ranglari bilan boshqa mavzularda ishlangan ishlaridan keskin farq qiladi. Bunday bo'lishi tabiiy albatta, chunki bolalarda sportning bu turlariga bo'lgan kompetensiya mavjud. Bolalar sport bilan shug'ullanadilar, bunday o'yinlarni televizor ekranlarida tez-tez tomosha qiladilar. Natijada o'yin yoki tomoshadan olgan taassurotlari bolalarning tasavvurida uzoq vaqtgacha yaxshi saqlanib qoladi.

Sport bolalarning kundalik faoliyatlari bilan bog'liq bo'lganligi uchun tasviriy faoliyatga samarali ta'sir ko'rsatsa, fantastik mavzulardagi obraz va ko'rinishlar o'zining originalligi (shakl, rang, mazmun) bilan bolalarda qiziqish orttiradi.

Mavzu asosida rasm chizish mashg'ulotlarida o'quvchilarning qiziqishlarini oshirishda qiziqarli mavzular muhim bo'lsa, narsaning o'ziga qarab rasm chizish mashg'ulotlarida esa natura uchun qiziqarli buyum va predmetlar, drappirovkalar tanlash, ularni chizish uchun kompozitsion jihatdan bog'liq holda o'rnatish muhimdir. [5]

Ayniqsa chizdirish uchun turli shakl va hajmdagi buyumlar, turli rangdagi narsalarni qo'yish yaxshi natijalar beradi.

Shuningdek, o'quvchilarning tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda buyuk rassomlarning hayoti va ijodi, ularning hayotidagi qiziqarli voqealardan so'zlab berish, slaydlar orqali namoyish etish foydalidir.

Maktablarda olib borilgan kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ko'pchilik o'qituvchilar dars va darsdan tashqari ishlarda turli xil material va ishlash texnikasini qo'llashga butunlay e'tibor bermaydilar.

Ma'lumki, rasm ishlashda faqat rangli qalam va akvarelgina emas, guash, tempera, tush, rangli bo'rlar, pastel, ko'mir, flomasterlardan ham keng foydalanish mumkin. Bu ham oz ornida bolalarda turli materiallar bilan rasm chiza olish kompetensiyasini rivojlanishiga olib keladi.

Rasm ishlashda turli-tuman qog'ozlar, gazmol, ip, folga, faner, karton kabi materiallardan foydalanib, applikatsiyalar ishlash ham yaxshi natijalar beradi.

Rasm ishlashda tabiiy materiallar hisoblangan qovun, tarvuz, bodring, mosh, loviya, jo'xori, qovoq urug'lari, yeryong'oq, quritilgan barg va gullar, shuningdek, rangli tosh, koshin, yog'och, oyna parchalari, rangli linoleum, plastmassa, turli yo'g'onlik va rangdagi simlardan foydalanish mashg'ulot mazmunini boyitadi hamda o'quvchilarning badiiy kompetensiyasining ro'yobga chiqishiga imkon beradi.

Bugungi kunda maktabdan va sinfdan tashqari ta'lim -tarbiya ishlarini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. O'quvchilarni bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishda umumta'lim maktablari, maktabdan tashqari ta'lim muassalari, mahalla, ota-onalar, davlat va nodavlat tashkilotlari, bolalar va yoshlar tuzilmalarining hamkorligini muvofiqlashtirish orqaligina kutilgan natijaga erishish mumkin.

Tasviriy san'at fanidan sinfdan va maktabdan tashqari mashg'ulot shakllariga quyidagilar

kiradi:

1.Bolalar musiqa va san'at maktablari;

2. Barkamol avlod markazi;

3. Maktabda tashkil etilgan tasviriy va amaliy san'at t o'graklari va hakozo.

Maktabdan tashqari ta'lim muassasalarida iqtidorli o'quvchilarni aniqlashda ular uchun

turli xil ta'limiy didaktik materiallar, savol va topshiriqlar tayyorlashga alohida ahamiyat berish kerak. Ta'kidlash joizki, ko'rgazmali qurollar, ta'limiy-didaktik materiallarning ta'lim-tarbiyadagi o'rni va rolini, ularni tayyorlashga qo'yiladigan talablarni hamma ham yetarli darajada tushunavermaydi.

Didaktik materiallarni o'xshatish joiz bo'lsa, darsning masalliqlari deyish mumkin. Ular darsning qiziqarli bo'lishini ta'minlaydi, samaradorligini oshiradi. Didaktik materiallar va ko'rgazmali vositalar o'quv dasturini (mavzu materialini) o'quvchilar tomonidan yaxshiroq o'zlashtirilishiga yordam beradi, ularda erkin va mustaqil fikrlash, topqirlik, hozirjavoblik, ijodiy fikrlash kabi kompetensiyalar o'rgatadi . Aslida har qanday darsning maqsadi ham shu. Bejizga "eng yaxshi dars- o'quvchini mustaqil fikrlashga va ishlashga o'rgatuvchi dars", deyilmaydi.[4]

Dars kabi uning barcha jihozlari ham ta'limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi. Demak, ko'rgazmali qurollar va o'quv-didaktik materiallar darsda qo'yilgan maqsadlarga erishishning muhim vositasi hamda omili bo'lib xizmat qiladi.

Ta'limiy didaktik materiallar (ishlanmalar) foydalanish maqsadiga ko'ra ikki yo'nalishda bo'lishi mumkin:

Birinchidan, muayyan bir sinfda davlat ta'lim standarti va o'quv dasturi asosida o'rganiladigan mavzulardan dars mashg'ulotlari uchun;

Ikkinchidan, darsdan (sinfdan) tashqari tashkil etiladigan mashg'ulotlar (masalan, to'garak, iqtidorli va bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar bilan qo'shimcha mashg'ulotlar, bilimlar bellashuvi va fan olimpiada tanlovlari) uchun, maktabda o'tkaziladigan turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda foydalanish maqsadida.[3]

Bevosita darslarda foydalanish uchun tayyorlanadigan o'quv-didaktik ishlanmalar quyidagi talab va tamoyillarga javob berishi zarur:

• ilmiy jihatdan to'g'riligi;

• ta'limiy va tarbiyaviy (pedagogik) maqsadlarga yo'naltirilganligi;

• davlat ta'lim standarti va o'quv dasturiga mos bo'lishi;

• muayyan sinfdagi o'quvchilarning yoshi, psixofiziologik darajasiga mosligi;

• ma'lumotlar, tasvirlar noaniq va mujmal bo'lmasligi;

• shakli, tuzilishi va rangi estetik talablarga mos bo'lishi;

• foydalanishga qulay bo'lishi;

• mazmuni, bajarish usullariga ko'ra noodatiy, xilma- xil va qiziqarli bo'lishi, o'quvchilar faolligini oshirishga, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

• O'quvchilarda bilish, anglash, mustaqil fikrlash, mushohada qilish kabi rivojlantiruvchi kompetensiyalarni qo'zg'atishi lozim.[2]

Shuni unutmaslik kerakki, o'quv mashg'ulotlari uchun tayyorlangan ko'rgazmali qurollar, texnik vositalar, ta'limiy didaktik materiallar aslida maqsad emas, balki maqsadga erishishni ta'minlovchi yordamchi elementlardir. Ular qanday bo'lishidan qat'iy nazar, avvalo dars mavzusi mazmunini ochib berishi, o'quvchilarda muayyan bilim, ko'nikma va malakalarni, hayotiy kompetentsiyalarni shakllantirishi zarur.

Dars mashg'ulotlari uchun didaktik materiallar tayyorlash bir tomondan, o'qituvchidan ma'lum bir ko'nikma va malakalarni talab qilsa, ikkinchi tomondan, o'qituvchining ijodiy va intellektual qobiliyatlarini rivojlantiradi, darsni rejalashtirish, loyihalash, didaktik jihozlash bo'yicha kasbiy mahoratini, tajribasini oshiradi. O'quvchilarni esa fanga, o'rganilayotgan mavzuga bo'lgan qiziqishini oshiradi. Darsni mazmunan boyitib, unga rangbaranglik, maroqlilik baxsh etadi. O'quvchilarda turli xil iqtidor va fazilatlarni rivojlantiradi. Mashq guruhni jipslantipadi, kayfiyatni ko'tapadi, qizg'inlikni tanglikni yumshatadiyu.[1]

Xulosa qilib aytganda, darsdan (sinfdan) tashqari mashg'ulotlar va tadbirlarda foydalanish maqsadida tayyorlanagan didaktik ishlanmalar ham u yoki bu sinfda fanning o'quv dasturiga mosligi talabidan tashqari, yuqoridagi talab va tamoyillarga javob berishi lozim. Shu bilan birga o'quvchilarning mustaqil fikrlash kompetensiyasining rivojlanishini ta'minlanishiga erishish kozda tutilishi kerak.

REFERENCES

1. A.Berikbayev "Tasviriy san'atning nazariy va uslubiy asoslari". O'quv qo'llanma. — Toshkent: "Ilm ziyo zakovat" nashriyoti, 2023 yil. 175 b.

2. Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Development of Professional Competence of the Pedagogue through Visual Means." American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157) 1.9 (2023): 438-442.

3. A.A.Berikbayev "Bo'lajak tasviriy sanat o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirish" 13.00.01.Dissertatsiya (PhD) Toshkent.:2023y.

4. Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Subject Training Disciplines as a Means of Forming Professional Competence in Future Teachers of Fine Arts." Annals of the Romanian Society for Cell Biology (2021): 8965-8989

5. Alikulovich, Berikbaev Alisher. "Development of Professional Competence of the Pedagogue through Visual Means." American Journal of Public Diplomacy and International Studies (2993-2157) 1.9 (2023): 438-442.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.