Научная статья на тему 'To’garak mashg’ulоtlarida naqqоshik tеxnоlоgiyasi, asbоbuskunalar, matеriallar va ulardan fоydalanishga o’rgatish'

To’garak mashg’ulоtlarida naqqоshik tеxnоlоgiyasi, asbоbuskunalar, matеriallar va ulardan fоydalanishga o’rgatish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
96
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
to’garak mashg’uloti / texnologiya / naqqoshlik / ta’lim tizimi

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — J.K.Tajiyev, Sh.Y.Do’Schanov

Mazkur maqolada to’garak mashg’ulotlarida naqqoshlik texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy uslublari haqida fikrmulohazalar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «To’garak mashg’ulоtlarida naqqоshik tеxnоlоgiyasi, asbоbuskunalar, matеriallar va ulardan fоydalanishga o’rgatish»

To'garak mashg'ulotlarida naqqoshik texnologiyasi, asbob-uskunalar, materiallar va ulardan foydalanishga o'rgatish

J.K.Tajiyev Sh.Y.Do'schanov Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada to'garak mashg'ulotlarida naqqoshlik texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy uslublari haqida fikr-mulohazalar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: to'garak mashg'uloti, texnologiya, naqqoshlik, ta'lim tizimi

Teaching painting technology, tools, materials and their use in

group classes

J.K.Tajiyev Sh.Y.Duschanov Urganch State University

Abstract: This article describes the theoretical and practical methods of using drawing technologies in group classes.

Keywords: circle training, technology, painting, education system

Mamlakatimizda yoshlarning ijodiy kompetentini rivojlantirish bugungi kunning dolzarb ijtimoiy masalaridan biri hisoblanadi. Badiiy ijodni rivojlantirish uchun olib boriladigan har qanday ish estetik tarbiya masalasi, shaxsga ta'sir masalasi, badiiy-estetik taassurotlar tajribasi, ijodiy yondashib baho berish, san'at vositalari orqali o'zining his-tuyg'ulari bilan bog'lanadi. Bu shaxsning individual xususiyatlari va dunyoqarashini hisobga olgan holda takomillashadi. Shuning uchun badiiy ijodiyotni rivojlantirish masalasi shaxsni umumiy rivojlantirish, uni uyg'unlashtirish masalasi bilan ajralmasdir. Hozirgi kunda umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun sinfdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida turli xunarmandchilik sohalari bo'yicha tashkil qilingan to'garaklar bilan bir qatorda naqqoshlik to'garaklari ham tashkil qilinib o'quvchilar uchbu san'at turning sir asrorlari bilan yanada mukammalroq tanishtirib borilmoqda.

To'garaklar har bir maktabda san'atning turlari, guruhlar bo'yicha bitta yoki bir nechta bo'lishi mumkin. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida to'garak rahbarining asosiy e'tibori quyidagilarga qaratiladi:

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 754 [Ml^^^H

- tasviriy yoki amaliy san'at to'garaklariga qiziqishi va qobiliyati bor o'quvchilar qabul qilinadi hamda har bir guruhda ularning soni 10-15 tadan oshmasligi lozim. Aks holda ular bilan olib boriladigan ishlarning sifati pasayib ketadi.

- to'garakda bolalarning qiziqishi, idroki, tasviriy malakalari, ijodiy qobiliyatlari o'rganilib va ma'lum vaqt mobaynida sinovdan o'tkazilib, qabul qilinadi.

To'garaklarda tasviriy va amaliy san'at ta'limi mazmuni alohida e'tiborga loyiq. Ta'lim mazmunining to'g'ri belgilanishi to'garak ishini muvaffaqqiyatini ta'minlaydi. Shuning uchun rahbar mavjud dasturlarni o'rganib chiqishi va shu asosda o'zining mahalliy sharoitlari, bolalarning tayyorgarligi va imkoniyatlari, moddiy-texnikaviy asosning mavjudligiga qarab ta'lim mazmuniga oid o'z rejasini ishlab chiqadi.

To'garaklar tasviriy va amaliy san'atning qaysi turi yoki janri yuzasidan bo'lishligidan qat'iy nazar, u amaliy va nazariy qismlardan tashkil topadi.

Tasviriy san'atdan amaliy ishlar bevosita, naturaga qarab rasm ishlash, kompozitsiya, suvrat namunalarini ko'chirish kabi yo'nalishlarda amalga oshiriladi.

Amaliy san'atga doir (naqqoshlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi,badiiy sopoldo'zlik, misgarlik, kashtachilik v.b.) to'garaklarda bolalar naqsh namunalaridan ko'chirish, mustaqil ijodiy kompozitsiyalar ishlashdan tashqari tasviriy san'at to'garaklaridagi kabi naturaga qarab rasm ishlash bilan ham shug'ullanadilar. Bunday darslarda o'qituvchi tasvirlashning nazariy asoslari hisoblangan yorug'soya, perspektiva, rangshunoslik qonunlariga ham alohida e'tibor beradi. Bu qonun va qoidalarga doir maxsus mashg'ulotlar tashkil etilishi ham mumkin.

To'garak mashg'ulotlarida naqqoshik texnologiyasi, asbob-uskunalar, materiallar va ulardan foydalanish mashg'ulotni boshlashdan avval dars uchun maxsus xona jihozlanishi zarur. Jihozlar mashg'ulotni metodik va didaktik jihatdan to'g'ri tashkil etishni ta'minlaydi va darsning samaradorligini oshiradi. Xona keng derazali bo'lib, unga quyosh nuri chap tomondan tushishi zarur. Yorug'lik chap tarafdan tushib tursa, bolalarning ko'rish qobiliyati susaymaydi. Ularning umurtqa pog'onasi qiyshaymasligi uchun stol-stullar bolalarning bo'yi va yoshiga munosib bo'lishi zarur. Xona doim quruq, toza bo'lishi xarorati (18-20 daraja) saqlanish kerak.

O'qituvchi o'quvchilar ishi ustidan to'la nazorat qilib turishi va har bir o'quvchi bilan individual ishlay olishi uchun xonada to'la imkoniyat yaratilishi lozim. Xonada o'quv qurollari va materiallar, ko'rgazma materiallar hamda o'quvchilar ishlarini saqlash uchun shkaf yoki tokchalar bo'lishi zarur. O'quvchilar mashg'ulot paytida gavdalarini to'g'ri tutib o'tirish hamda asbob-uskunalardan foydalanishda metodik va xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligi tushuntiriladi va ko'rsatiladi.

Naqqoshlik san'ati asarlarini tahlil qilishda, xalq ustalarining asarlarini, ularning ijodiy faoliyatlaridagi ayrim davrlarni, ustalar ish uslubini qiyoslab, ularning bir-biridan farqini ko'rsatishda texnik vositalardan foydalanish katta samara beradi.

Texnik vositalardan to'g'ri va unumli foydalanish o'quvchilarda san'atga katta qiziqish uyg'otish bilan birga mashg'ulotlarni samaradorli tashkil qilinishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga mashg'ulotlarning mazmunli olib borilishiga yordam beradi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ko'rsatmalilik yordamida o'tkazilgan mashg'ulotlar o'quvchilarda fikrlash, narsa va hodisalarni bir-biriga taqqoslash, ular o'rtasidagi umumiylik yoki tafovutni aniqlash, o'tilgan mavzuni uzoq vaqt esda saqlab qolish ko'nikmalarini hosil qiladi.

Naqsh chizish uchun yaxshi sifatli rasm daftari, albom va butun oq "vatman", o'rtacha yumshoqlikdagi oddiy qora qalam, yumshoq oq yoki ko'k o'chirgich, uchburchakli yoki to'g'ri chizg'ichlar, sirkul, 1 dan 10 gacha nomerli har xil mo'yqalam(kist)lar kerakli bo'yoq turlari: quruq bo'yoq, mineral bo'yoq, moy bo'yoqlar, guash, tempera bo'yoqlari, bo'yoq qorish uchun idishchalar yoki bankachalar, aralashtirish uchun tayoqchalar mavjud bo'lishi lozim. Odatda, naqsh chizish uchun yumshoq va o'rtacha yumshoqlikdagi M, TM yoki N, NV kabi belgili qalam turlaridan foydalaniladi. Qattiq qalamlar qog'ozni tilib yuboradi va o'chirganda iz qoldiradi. Haddan tashqari yumshoq qalam bilan ham naqsh chizish yaramaydi, u bo'yalib ketadi. Qalamni ishga tayyorlashga alohida ahamiyat berish kerak. Qalam uchini chiqarishda yog'och qismi 15-20 mm, grafit qismi taxminan 5-6 mm ochiladi. Chiziladigan chiziqlarni barmoqlar to'sib qolmasligi uchun qalamning ochilgan uchidan sal balandroqdan uch barmoq bilan ushlanadi. Qattiq qisib ushlamaslik kerak, bularning hammasini muallim ko'rsatib tushuntiradi.

Chizilgan naqshning markazini aniq belgilash va ramkalar hosil qilishda to'g'ri va uchburchakli chizg'ichdan, har xil o'lchamdagi aylanalar chizishda va ularni teng bo'laklarga bo'lishda sirkuldan foydalaniladi. Naqshga bo'yoq yaxshi mo'yqalamlar bilan surtiladi. Mo'yqalamlarning ishga yaroqlisi quyidagicha tanlab olinadi: uni toza suvga solib silkitiladi, agar mo'yqalamning uchi birikib ingichka holga kelsa, u ishga yaroqli, to'zib tursa, yaroqsizdir. Mo'yqalamlar bo'rsiq, suvsar, olmaxon kabi xayvonlar junidan tayyorlanadi. Biz bo'rsiq junidan yasalgan 1 dan 10 gacha raqamli mo'yqalamlardan foydalanishni tavsiya etamiz.

1. Siyoh mo'yqalam - 1,2,3 raqamli mo'yqalamlar bo'lib, axta yordamida naqsh tushirilgandan so'ng ularni yurgizib chiqish va gullar tortishda ishlatiladi. 4,5 raqamli mo'yqalamlar esa band va marg'o'lalarni ranglashda qo'llaniladi.

2. Obi mo'yqalam -6,7 raqamli mo'yqalamlar bo'lib, ular barg, gul va kichik yuzlarni ranglash hamda naqsh kompozitsiyalarini chekkalarini (ramkalarni) yurgizib chiqish uchun ishlatiladi.

3.Mola mo'yqalamlari - 8,9,10 raqamli mo'yqalamlar bo'lib, katta barg, band, gullar va naqshlar tagiga (katta zamin, kichik zaminga) rang berish uchun foydalaniladi.

Naqqoshlikda ishlatiladigan bo'yoq turlari quyidagilardan iborat: quruq bo'yoq, guash,akvarel, emulsiya, bo'yoq, minéral bo'yoq, moybo'yoq, tempera bo'yoqlari. Naqqoshlik mashg'ulotlarida eng ko'p qo'llaniladigan bo'yoq guashdir. Guash kichik idishchalarda yoki alohida bankalarda bo'lib, u suvda yaxshi eriydi. Guashning yana bir qulayligi shundaki, u bilan turli rangdagi qog'ozlar va yog'ochlarni ham bo'yash, bir rangni ikkinchi rang bilan aralashtirib, uchinchi bir rang hosil qilish mumkin. Har bir bo'yoq alohida stakan yoki kichik idishchada tayyorlanadi, alohida tayoqcha bilan aralashtiriladi. Bo'yoq zarur suyuqlikda va tiniqlikda tayyorlanishi lozim.[3] Bunda oq bo'yoqni boshqa bo'yoqlar bilan aralashtirib, kerakli rangni topa bilish muhim axamiyatga ega. Yog'och buyumlarni naqshlash uchun quyidagi asbob-uskuna va materiallar kerak: yog'och, belchalar, jilvir qog'oz, bo'r, pista ko'mir, sinka, doka, xitoy qog'ozi (kalka), nina, alif, yelim, quruq kukunli bo'yoqlar, lak, 1-20 nomerli mo'yqalamlar, idishchalar va boshqalar.

Naqsh muallimi o'quvchilarga bu asboblarni ishga tayyorlash va ulardan foydalanish yo'llarini o'rgatadi. O'quvchilar yog'och buyumlarni naqshlashlari uchun yog'och turlari va ularning xususiyatlarini bilishlari kerak. Chunki naqsh ishlashga har qanday yog'och ham yarayvermaydi. Naqsh ishlash uchun mos yog'och tanlangandan keyin unga dastlabki ishlov beriladi va yuza tekislanadi (shpaklyovka qilinadi) hamda tekislangan yuza bo'yoq bilan bo'yaladi (gruntovka qilinadi).[5]

Naqsh ishlash uchun qayin, qora qayin, terak, qarag'ay, nok, yong'oq va boshqa yog'ochlar tanlanadi. Bu yog'ochlar tabiiy sharoitda yaxshi quritilgan va hech qanday nuqsonsiz bo'lishi kerak. Yog'och yuzasiga mexanik ishlov berilgandan so'ng unga alif moyi yoki duradgorlik yelimi suriladi.

Xoka tayyorlash: yupqa mato yoki ikki qavat dokaga maydalangan pista ko'mir kukuni, sinka, bo'r yoki belil poroshogi solinadi va xaltacha xolida tugiladi. Shu bilan xoka tayyor bo'ladi.[1]

Axta tayyorlash: yupqa xitoy qog'ozi (kalka) naqshlanadigan buyum yuzasiga qo'yilib, o'lchab olinadi va shu yuzaga mos axta tayyorlanadi. Naqshning yarim yoki chorak qismi qog'ozga yumshoq qora qalam bilan chiziladi. Naqsh simmetrik o'qlari bo'yicha ikki, to'rt va undan ortiq bo'laklarga buklanadi. Naqshni yumshoq yostiqcha ustiga qo'yib, nusha ustini igna bilan teshib chiqiladi. Teshilgan nusha aniq va ravshan ko'rinishi uchun teshikchalar oralig'i naqsh nushasining yirik yoki maydaligiga qarab belgilanadi. Nusha qanchalik mayda bo'lsa, teshikchalar oralig'i shunchalik yaqin bo'lishi kerak. Shundan so'ng qog'oz yoyib yuborilganda butun naqsh (axta), ya'ni nusha hosil bo'ladi. Tayyorlangan axtalardan bir necha marotaba foydalaniladi, shuning uchun ular ehtiyotlab saqlanadi. Axta yog'och yuzasiga

yoyilib, ustidan xoka urib chiqiladi yoki bosib yurgiziladi. Yuzaga tushirilgan iz o'chib ketmasligi uchun naqsh yo'llari ustidan kichik raqamli mo'yqalam, qora yoki biror to'q rangdagi qalam bilan chizib chiqiladi. Chizilgan va naqshlangan yuzaning eng chetidan qora bo'yoq bilan 3-5 mm yo'g'onlikda obi tortiladi. Yog'och yuzasiga tushirilgan naqshlarning izlari bo'yaladi va bo'yoqlar o'chib va surkalib ketmasligi uchun ustidan 2 yoki 3 marta laklab chiqiladi. Laklarning rangi toza va tiniq bo'lishi kerak. Laklangan buyumlar 18-22 gradusli, changsiz va quruq joyda saqlanadi.

Naqqoshlik to'garaklari o'quvchilarning badiiy ijodiy kompetentligini rivojlantirish uchun eng qulay sharoitni yaratdi. Bu o'rinda naqqoshlik to'garaklari o'quvchilarning ijodiy kompetentligini quyidagicha rivojlantirishni nazarda tutadi: o'quvchilarning hayotdan olgan taassurotlari ijodiy xususiyatga aylanganligi sababli ular badiiy-ijodiy obrazlar yaratishga harakat qilishni; o'quvchilarni mustaqil ijodiy faoliyat jarayoniga jalb qilish orqali ularning ijodiy kompetentlarini rivojlantirishni; o'quvchilarni san'at turlarining asoslari bilan aniq tanishtirishga, tahlil va idrok etish amaliyotiga nazariy jihatdan tayorgarlik va unga obektiv baho berishni; u yoki bu san'at turida o'quvchilarning qiziqishi va ijodiy kompetentini rivojlantirish uchun yuqori darajadagi shart-sharoitlar yaratishga yordam berishni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Булaтoв С.С. Узбек xan; aмaлий 6e3aK canbara. T. «Ме^тат». -1991.

2. ^ochmob K. ^к^шли^ T. «Укитувчи» -1990.

3. 3raMoB Х. Буёктар билан ишлаш. T. «Укитувчи» -1990.

4. Xolmatov B.Q. Naqqoshlik. - T: Iqtisod - molya, 2007.

5. Tajiyev J.K. Development of professional competences of future technology teachers by improving the educational and methodological support of folk crafts and artistic design. Science and innovation international scientific journal volume 2 issue 4 april 2023 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337. -P. 315-322;

6. S.O.Sharifzoda. Possibilities of using an integrative approach in the formation of key competences of pupils. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 2019. (Angliya) P.44-47;

7. S.O.Sharifzoda. Укувчиларда таянч кoмпeтeнцияларни шакллантиришда интегратив ёндашувнинг ахдмиятли жихдтлари. Педагогик махррат. Махсус coh. 2019 йил. Б.106-109;

8. S.O.Sharifzoda. The use of an integrative approach in the formation of basic competencies in students as a socio-didactic necessity. Journal of critical reviews ISSN- 2394-5125vol 7, issue 12, 2020. P. 3115-3120;

9. S.O.Sharifzoda. Укувчиларда таянч кoмпeтeнцияларни шакллантиришда интегратив ёндашувдан фoйдаланиш. Таълим ва иншвацшн тадкикoтлар -7.2021 йил.Б.306-313;

10. S.O. Sharifzoda. Укувчиларда таянч компетенцияларни шакллантиришда интегратив технологиялардан фойдаланиш имкониятлари. Ilm sarchashmalari. -9.2021 йил. Б.102-105;

11. S.O.Sharifzoda. Integrative methods of formation of basic competencies in students. Turkish Journal of Physiotherapy and Rehabilitation; 32(3) ISSN 26514451 | e-ISSN 2651-446X;

12. S.O.Sharifzoda. Tayanch kompetentsiyalarni shakllantirish asosida o'quvchilarda ijtimoiy kompetentlilikni tarkib toptirish mazmuni. Pedagogika va psixologiya. №-1. 2022 йил dekabr. Б.43-49;

13. S.O. Sharifzoda. Talabalarda kompetensiyalarni shakllantirishda integrativ yondashuvdan foydalanishning mazmuni va metodlari. Ilm sarchashmalari. -1.2023 йил. Б.100-103;

14. S.O.Sharifzoda. Интегративный подход в формировании базовых компетенций Учащих в образовательном процессе. International scientific review of the problems and prospects of modern science and education:LXXIII international correspondence scientific and practical conference. Boston. USA. September 22-23, 2020.P. 77-80;

15. S.O. Sharifzoda. Pedagogical aspects of the process of formation of basic competencies using integrated learning materials. Theoretical & Applied Science p-ISSN: 2308-4944 e-ISSN: 2409-0085 (online)Year: 2021 Issue: 06 Volume: 98 Philadelphia, USA Published: 30.06.2021 http://T-Science.org. P.760-763;

16. Хасанов, Х., & Омонова, Д. (2022). Talabalarning ijodiy kompetentini rivojlantirishda badiiy ijodning ahamiyati. Общество и инновации, 3(1/S), 159-165.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.