Научная статья на тему 'O’QITUVCHI FAOLIYATIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI'

O’QITUVCHI FAOLIYATIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
389
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy pedagogika / tasviriy sanʼat / pedagogik texnologiyalar. / modern pedagogy / visual arts / pedagogical technologies.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A’zamjonov, A., Kimsanboyev, Muhammadrizo

Mazkur maqolada o’qituvchi faoliyatida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning o’rni va ahamiyati, pedagogikadagi yangilanish jarayonlarini ta’lim amaliyotiga tatbiq etish va maktabda tasviriy sanʼatni oʻqitishda pedagogik texnologiya masalasi haqida toʻliq fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ROLE OF MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHER'S ACTIVITY

In this article, the role and importance of modern pedagogical technologies in the activity of the teacher, the application of the renewal processes in pedagogy to the educational practice, and the issue of pedagogical technology in teaching visual arts at school are fully discussed

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHI FAOLIYATIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O’RNI»

O'QITUVCHI FAOLIYATIDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O'RNI

A'ZAMJONOV A.

Farg'ona davlat universiteti o 'qituvchisi KIMSANBOYEV Muhammadrizo

Farg'ona davlat universiteti san 'atshunoslik fakulteti talabasi

d https://doi.org/10.24412/2181-2993-2022-2-199-205

Mazkur maqolada o 'qituvchi faoliyatida zamonaviy pedagogik ANNOTATSIYA texnologiyalarning o'rni va ahamiyati, pedagogikadagi yangilanish

jarayonlarini ta'lim amaliyotiga tatbiq etish va maktabda tasviriy san'atni o'qitishda pedagogik texnologiya masalasi haqida to'liq fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy pedagogika, tasviriy san 'at, pedagogik texnologiyalar.

In this article, the role and importance of modern pedagogical ABSTRACT technologies in the activity of the teacher, the application of the renewal

processes in pedagogy to the educational practice, and the issue of pedagogical technology in teaching visual arts at school are fully discussed.

Key words: modern pedagogy, visual arts, pedagogical technologies.

KIRISH (Introduction)

Umumiy O'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at darslarini didaktik uslublarsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy bog'lagan holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta'lim va tarbiyaning samarali bo'lishiga erishish mumkin. Didaktik uslublar va ularning asosiy masalalari Yevropaning buyuk pedagog olimlari Y.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G.Pestalotstsoplar tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, didaktik printsiplarni ishlab chiqishga F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar ham katta hissa qo'shganlar. Ular tomonidan ilgari surilgan g'oya hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil etadi.

Didaktik prinsiplar hisoblangan ta'lim va tarbiyaning birligi, ko'rgazmalilik, ilmiylik, onglilik va faollik, muntazzamlik va ketma-ketlik, ta'lim mazmunini bolalarning kuchi va yoshiga mos bO'lishi maktabda tasviriy san'atni o'qitishda alohida ahamiyat kasb etadi.

199

> www.birunijournal.uz

f

\ i -.1 il /

Maktabda tasviriy san'atni o'qitishda didaktik prinsiplar professorlar N.N.Rostovtsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan.

Ta'lim-tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan hisoblanadi va bu tasviriy san'atni o'qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, bugungi kunda ta'lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o'quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi.

O'.Tansiqboevning "Jonajon O'lka", H.Rahmonovning "May tongi", N.Karaxanning "Oltin kuz", Z.Inog'omovning "Choyga", Yu.Elizarovning "Natyurmort" kabi asarlarida O'zbekiston ko'rk-jamoli yorqin ask ettirilgan.

o'quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga bo'lgan ilk muhabbat paydo bo'ladi, shu zaylda ularda ona Vatanga, o'lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg'ulari yanada kuchayadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)

Tasviriy san'at darslarida o'qituvchi bolalarda millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirishda turli mavzularda millat va xalqlar hayotini ifodolovchi suratlarning reproduktsiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi.

Tasviriy san'at darslarini o'quvchilar mehnat tarbiyasini amalga oshirishdagi imkoniyatlari katta.

Bu masala tasviriy san'at darslarining barcha turlari-naturaga qarab tasvirlash, kompozitsiya, san'atshunoslik asoslari mashg'ulotlari mazmunida ko'zda tutilgan.

Naturaga o'ziga qarab tasvirlash jarayonida o'quvchilar turmushda qo'llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va mevalar tasvirini ishlaydilar. o'qituvchi dars jarayonida o'quvchilar mustaqil ish boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha tahlil qilib, faqat buyumlar shakli, proportsiyasi, rangi va tuzilishi haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun sarflangan katta mehnat haqida ham gapirib beradi.

Masalan, turmushda qo'llaniladigan ayrim san'at buyumlarining o'ziga qarab rasmini chizdirishda o'qituvchi o'quvchilarga buyumlarning vazifasi, shakli, ularning qanday materiallardan ajralgani, buning uchun qancha mehnat sarflangani va hokazolar haqida to'xtaladi. Shuningdek, o'zbek xalq amaliy san'ati haqidagi suhbat darslarida o'qituvchi ularning turlari va ustalarning mehnat shijoatining o'ziga xos jihatlari haqida gapiradi.

Ilmiylik prinsipi didaktik printsiplarning eng asosiylaridan biri bo'lib, u fan asoslarini chuqur o'zlashtirmasdan o'quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish mumkin emasligini bildiradi. Boshqa o'quv predmetlaridagi kabi bu printsip tasviriy san'at darslarida ham amalga oshiriladi.

200

www.birunijournal.uz

Tasviriy san'at atrof-muhitni his etish, undagi voqea va hodisalarni o'ziga xos jihatlarini belgilashni talab etadi. Shu boisdan tasviriy san'at darslarida o'quvchilar chiziqli va havo perspektivasi, yorug' soya, rangshunoslik, kompozitsiya qonunlarini yaxshi bilishlari talab etiladi. Rassom yoki o'quvchining rasm chizish uslubi har-xil bo'lishi mumkin, lekin rasm yoki san'at asarlarining qurilishi bir xil, ilmiy asosida bo'lishi shart. Perspektiva qonunlari hisoblangan chiziqli va havo perspektivasi, ufq chizig'i, kesishish nuqtasi, kuzatish nuqtasi asosida rasmini ishlash, o'lchovlarini o'zgarish perspektivasi, och-to'qlikni o'zgarish perspektivasi, ranglarni o'zgarish perspektivasi, shakl va chegaralardagi aniqligi kamayishi perspektivasi v.b. realistik rasm ishlashga o'rgatishning asosini tashkil etadi.

Ilmiylik printsipi tasviriy san'at o'qituvchilaridan dars jarayonida va sinfdan tashqari ishlarda o'quvchilarga berilayotgan barcha material va mahlumotlar ilmiy bo'lishligini, maktab amaliyotida tekshirilgan hamda o'quvchilarning yosh xususiyatlariga mos bo'lishligini talab etadi.

Ko'rgazmalilik prinsipi tasviriy san'atni o'qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishga, uning xarakterli xususiyatlari va qonuniyatlarini o'rganishga ko'maklashadi.

Naturani o'rganish chog'ida (sinfda va plenerda) o'quvchilarning kuzatuvchanlik va mantiqiy fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi.

O'qituvchida har doim ham o'rganilayotgan ob'ektni ko'rsatish imkoni bo'lavermaydi, bunday hollarda unga ko'rgazmalilik yordam beradi. bu esa o'quvchilarda mazkur sohaga bo'lgan qiziqishni jonlantiradi.

O'quvchi naturadan rasm chizish jarayonida doim izlanadi, shakllarni solishtiradi, naturaning tuzilishi, o'lchovlari, shakllari, rangi kabilarni bilib oladi. Shubhasiz, bularning hammasi o'quvchilarda kuzatuvchanlikni rivojlanishiga olib keladi. Ma'lumki, bolalarda fikrlash konkretlikdan abstraktlikkacha borish jarayonida rivojlanadi. Tushuncha va abstrakt qoidalari ma'lum dalil, misol va obrazlar bilan mustahkamlangandagina o'quvchilar ongiga oson yetib boradi.

Ko'rgazmalilik tasviriy san'at darslarida boshqa o'quv predmetlaridagidek yordamchi emas, balki o'quvchilarda tushuncha va tasavvurlar hosil qiluvchi asosiy materialdir.

Naturaning o'ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tasavvur etib bo'lmaydi. Bu o'rinda tasviriy san'at darslarida ko'rgazmalilik printsipining roli juda katta.

Darslar uchun ko'rgazmali qurollar tayyorlash va tanlashda ularga quyidagicha talablar qo'yiladi:

1. Darsning maqsad va vazifalariga mosligi

201

www.birunijournal.uz

2. O'quvchilarning yosh xususiyatlariga mosligi

3. KO'rgazmaning aniqligi, tushunarli bo'lishi

4. Tasvirning sifatli bo'lishi

5. Ko'rgazmalar o'zining rang-barangligi bilan o'quvchilarda zavq va qiziqish uyg'otish

Rasmlar asarlarning reproduktsiyalari, badiiy asarlarga ishlangan illyustratsiyalarni tanlashda quyidagilar ehtiborga olinishi kerak:

1. Materiallarning g'oyaviyligi

2. Ularning badiiyligi

3. Tasviriy san'at darslarining o'quv-tarbiya vazifalariga mosligi

4. Bolalar idrokiga mosligi

O'qituvchilik kasbi hamma zamonlarda ham ma'suliyatli va sharafli kasb ekanligi ehtirof etib kelingan. Yosh avlodni yuksak va oliyjanob fazilatlar bilan qurollantiradi, kishilardagi nodonlik va yomon illatlar bilan kurashishga o'rgatadi. Kishilarning o'tmishdagi tarixiy tajribalarini yoshlarga o'rgatadi. Bu borada jamiyatimiz uchun vositachilik qiladi, natijada jamiyatimiz taraqqiyoti uchun zamin yaratiladi.

O'zbekistonning hozirgi taraqqiyot bosqichida bu kasb yanada katta ahamiyat kasb etmoqda. Chunki, o'zbek xalqi chet el bosqinchilarining ko'p yillik zulmi ostida o'zining ma'naviyati va madaniyati, an'anasi va urf-odatlarini unutayozgan edi. O'zbek xalqi oldida turgan muhim vazifalaridan biri o'z-o'zini anglash, milliy istiqlol mafkurasi asosida o'z Vatani va xalqiga sodiq bo'lgan, yangi barkamol avlodni shakllantirishdan iborat. Bu borada o'qituvchi benihoyat katta rol' o'ynaydi.

Barcha mutaxassislardan farqli o'laroq o'qituvchi shunday shaxski, u moddiy boyliklar ishlab chiqarishi bilan emas, yosh avlodni ichki dunyosini, mahnaviyatini shakllantirish bilan shug'ullanadi. Bundan bu kasbni qiyin, biroq mahsuliyatli ekanligini bilib olish mumkin.boshqa kasb mutaxassislari o'z faoliyatlarida xato qilishlari mumkiin bo'lsa-da, muallim xato qilishi mumkin emas. Chunki, bu xato yosh avlod kelajagini barbod qilishi yoki mamlakatda nodon kishilarning bir butun avlodini vujudga keltirishi mumkin. Shunday ekan, o'qituvchi bolalarni yoshlik xususiyatlari, dunyoqarashlari, qiziqishlari, bilim darajalarini yaxshi bilishi kerak bo'ladi. Shundagina uning ishi samarali kechishi mumkin.

Bugungi kunning o'ta muhim masalalaridan biri o'qituvchilarning metodik, pedagogik, psixologik tayyorgarligini oshirib borishning demokratik asoslarini yaratishdan iborat.

Jahon pedagogik tajribasida shaxsga yo'naltirilgan ta'lim jarayonini tashkil etish va boshqarishning bir nechta kontseptsiyalari mavjud. Bunday kontseptual

202

www.birunijournal.uz

yondashuvlar sirasiga shaxs omiliga markaziy omil sifatida qarash, bu siz shaxsga yo'naltirilgan ta'lim-tarbiya tizimini tashkil etish mumkin emasligi; o'quv biluv jarayonining psixologik-didaktik birligi; aniq nuqtai nazarga asoslangan didaktik kontseptsiya; loyhachilik ko'nikmalarini rivojlantirish kontseptsiyasi; modullashgan ta'lim tizimini vujudga keltirish; o'quvchini madaniy jihatdan yo'naltirilganlik kontseptsiyalari kiradi.

So'nggi yillardagi tub islohotlar ta'lim mazmunini yaratish yo'lida dastlabki qadam bo'la oladi. Bundan keyingi strategik vazifa esa ta'limning shaxsga yo'naltirilgan demokratik modelini vujudga keltirishdan iboratdir. Bugungi kunning xarakterli xususiyatlaridan biri ijtimoiy, moddiy, madaniy taraqqiyotni tamoman yangi bosqichga ko'taradigan qator o'zgarishlarni vujudga keltira oladigan yangi davr kishisi mustahkam bilim, ko'nikma va salohiyatga ega bo'lishi kerak. Bu esa ta'lim tizimi, ayniqsa ta'lim mazmunini yangi model asosida qurishni taqozo qiladi.

Ta'lim mazmuni-o'qitish tizimining muhim tashkiliy qismi hisoblanib, uning asosiy maqsadi o'zgarishlarni ta'lim mazmunining davlat ta'lim standartida belgilab qo'yilgan negiziga mutanosib tarzda kiritishdan iboratdir. O'qitish tizimidagi tashkiliy-boshqaruv, iqtisodiy islohotlarning mohiyati yangi, yuqori sifatli ta'lim jarayonini tashkil etishning barcha shart-sharoitlari va mexanizmlarini belgilab berishni taqozo qiladi. Bunday tashkiliy chora-tadbirlarning maqsadi esa yangilangan ta'lim-mazmunini amaliyotga tadbiq etishdan iborat.

XULOSA (Conclusion)

Bugungi kunda amaliy jihatdan umumiy o'rta ta'lim mazmunini yangilash, uning demokratik modelini ishlab chiqish zaruriyati o'z yechimini kutayotgan strategik muammolardan biriga aylanib qolgan. Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasi ta'lim tizimida, ayniqsa, O'quv-biluv jarayoni mazmunida tub o'zgarishlar amalga oshirildi. Davlat ta'limi standartlari negizida ta'lim mazmuni muayyan darajada yangilandi.

REFERENCES

1. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida tasviriy san'at ta'limi kontseptsiyasi.-Toshkent, 1995.

2. Azimova B. Natyurmort tuzish va tasvirlash metodikasi.-Toshkent: O'qituvchi, 1984.

3. Oydinov N. Rassom-o'qituvchilar tayyorlash muammolari. -Toshkent; O'qituvchi, 1997.

4. Bulatov S. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati.-Toshkent: Mehnat, 1994.

203

www.birunijournal.uz

5. B.Oripov. Tasviriy san'at va chizmachilik kabineti, sinfdan tashqari ishlar. T., 1974.

6. B.N.Oripov. Tasviriy san'atni o'qitish uslubiyoti.O'quv qo'llanma. N., 2001.

7. Oydinov N. Rassom-o'qituvchilar tayyorlash muammolari. -Toshkent; O'qituvchi, 1997.

8. Hasanov R. Tasviriy san atni o qitish metodikasidan amaliy mashg ulotlar. Oquv qo'llanma. 1,2 qismlar. - T:TDPU, 2006.

9. R.Hasanov, B.Oripov. Tasviriy san'at va badiiy mehnat o'quv materiallarini rejalashtirish. N., 2000.

10. R.Hasanov. Tasviriy san'at mashg'ulotlarini takomillashtirish. T., 1986.

11. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

12. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.

13. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

14. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

15. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.

16. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.

17. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.

18. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.

19. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

204

www.birunijournal.uz

20. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.

21. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.

22. Akbarjonovna, B. Z., & Ruzimuhammad, A. (2021). FACTORS FOR FORMING STUDENTS'VIEWS THROUGH THE FINE ART. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 9(6), 197-200.

205

-\

www.birunijournal.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.