Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘QUV MATNLARINI BOGʻLANISHLI NUTQQA OID KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘QUV MATNLARINI BOGʻLANISHLI NUTQQA OID KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
: o‘quv matni / bog’lanishli nutq / anglash / ko’nikma / mashq / muhokama.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — R.D.Shodiyev, Hamrayeva Muhayyo

Ushbu maqolada o‘quv matnlarini bog’lanishli nutqga oid ko’nikmalarini shakllantirish yo’llarini o’rgatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O‘QUV MATNLARINI BOGʻLANISHLI NUTQQA OID KOʻNIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA O'QUV MATNLARINI BOG'LANISHLI NUTQQA OID KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISH 1R.D.Shodiyev, 2Hamrayeva Muhayyo

1Qarshi davlat universiteti professori, 2Qarshi davlat universiteti doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10678166

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'quv matnlarini bog'lanishli nutqga oid ko'nikmalarini shakllantirishyo'llarini o'rgatadi.

Tayanch so'zlar: o'quv matni, bog'lanishli nutq, anglash,ko'nikma, mashq,muhokama.

Abstract. This article will teach you ways to build skills related to connected speech with educational texts.

Keywords: educational text, connected speech, comprehension, skill, exercise, discussion.

Аннотация. Эта статья научит вас способам формирования навыков, связанных с связной речью с учебными текстами.

Klyuchevbie slova: учебный текст, связная речь, понимание, умение, упражнение, обсуждение.

KIRISH

O'zbekistonda olib borilayotgan tub islohatlar mazmuni yosh avlodni ma'naviy yetuk, intellektual salohiyatli barkamol avlod qilib tarbiyalashga qaratilgan. Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma'naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog'liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o'qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog'onalarga olib chiqish avvalo o'qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifani yuklaydi. Tabiiyki hozirgi ta'lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro'-e'tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o'sib, ulg'ayib, qanday inson bo'lib hayotga kirib borishga bog'liqdir.»

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLARI

Tadqiqot jarayonida Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, Ta'lim to'g'risida qonun, Sh.Mirziyoev asarlari, mavzuga doir adabiyotlar hamda internet manbalaridan foydalanildi.Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish,analiz va sintez, mantiqiylik tamoyillari qo'llanildi.

METODOLOGIYA

O'quvchilar nutqini o'stirish ularga aniq ko'nikmalarini singdirish lozim.Boshlang'ich sinf o'quvchilari mustaqil mashq sifatida bog'lanishli nutqini o'stirishda quyidagi ko'nikmalarga ega bo'ladilar:

1.Mavzuni tushunish,chegarasi ni aniqlash,uni to'liq

2.Inshoni asosiy qismga buysundirish ko'nikmasi.

4.Materialni tartibga solish,joylashtirish,matn rejasini tuzish va yozish ko'nikmasi.

3.Hikoya insho uchun mavzuga taalluqli bo'lgan materiallar yig'ish ko'nikmasi.

1-rasm.Bog'lanishli nutqni o'stirish ko'nikmasi.

O'qituvchi o'quvchini bayon,insho yozishga tayyorlashda shu mashqning pedagogik maqsadini,o'quvchilarga nimaga o'rgatishni,tafakkuri va nutqini qanday boyitishni ,shuningdek,mashqlar izchilligida shu bayon va inshoning tutgan o'rnini aniq ko'z oldiga keltirish kerak.Shuning uchun o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirishga oid mashqlar rejasi tuzib olinadi.Rejada o'quvchi yoshiga mos bayon va insholar hisobga olinadi.

Metodik an'anaga ko'ra matnli mashqlar quyidagi turlari mavjud.Ular:

l.Tasvirlash

2.Hikoya 3.Muhoka

qilish ma

2-rasm.Matnli mashq turlari.

Har uchala janr uchun foydalaniladigan materiallarda ham ,qurulish vositalarida ham,til vositalarini tanlashda ham o'z xususiyatlari mavjud bo'lib, bu insho,bayon yoki matn yozayotganda o'qituvchi va o'quvchi matnning janr xususiyatlarini hisobga oladi.

Tasvir.Tasvirda sujet,qatnashuvchi shaxlar bo'lmaydi.Unda tabiat,hayvon va boshqa predmitlar tasvirlanadi.O'quvchilar o'qish savodxonligida berilgan matnlarni o'qib,qayta hikoya qilishadi.O'qigan matnlaridan bayon yoki insho yozadilar.Tasvir o'quvchilar uchun qiyin janrlardan biri hisoblanadi.Boshlang'ich sinf o'quvchilari tasvir janiri orqali bayon yoki insho yozish bilan chegaralanadi.

Hikoya.Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun mos janr.Chunki,bu janr jo'shqin,jonli,ta'sirchan bo'ladi."o'qish savodxonligi"kitobida hikoyalar ko'p berilgan bo'lib,bunda o'quvchi hikoyalarni o'qib o'ziga xulosa chiqaradi.

Muhokama.Bog'lanishli matnni qiyin shakli hisoblanib,boshlang'ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavfsiya qilinmaydi.Boshlang'ich sinf o'quvchilari muhokama elemintlaridan foydalanadilar.Masalan,"Qishda qushlarga in qurib berish kerak","Qushlar inlarini buzish mumkin emas" mavzularida o'g'zaki hikoya tuzilsa,muhokama janri albatta ishtiroki ko'rinadi.

TADQIQOT NATIJASI

So'nggi o'n yil ichida Xitoy oliy ta'limni universallashtirish jarayoniga kirdi, ammo oliy ta'limning ommalashishi bilan ta'lim sifati masalasi har qachongidan ham muhimroq bo'ldi. Shu sababli, ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi ta'lim motivatsiyasi va ta'lim samaradorligi o'rtasidagi bog'liqlikni, o'quv motivatsiyasi va ta'lim samaradorligiga ta'lim faolligining vositachilik ta'sirini va o'quvchilarning shaxsiy xususiyatlarining ta'lim motivatsiyasi va o'rganish o'rtasidagi munosabatlarga mo'tadil ta'sirini o'rganish edi. Ma'lum bo'lishicha, (1) o'quv motivatsiyasi ta'lim samaradorligiga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatdi; (2) Ta'lim motivatsiyasi o'rganishga faol ta'sir ko'rsatdi; (3) Ta'limga jalb qilish ta'lim samaradorligiga sezilarli ijobiy ta'sir ko'rsatdi; (4) Ta'limga jalb qilish o'quv motivatsiyasi va ta'lim samaradorligiga qisman vositachilik ta'siriga ega edi. (5) Shaxsiy xususiyatlar o'rganish motivatsiyasi va ta'lim samaradorligi o'rtasidagi munosabatlarga mo'tadil ta'sir ko'rsatdi. Maktab o'quvchilarining mustaqil bilim olishga bo'lgan qiziqishini kuchaytirish, o'qishga bo'lgan ishtiyoqini kuchaytirish, ta'lim jarayonida mustaqil bilim olish qobiliyatini tarbiyalash taklif etildi. Shu bilan birga, sinfda o'qituvchilar o'qitish usullarini yangilashlari, o'quvchilarning bilim olishga qiziqishlarini safarbar etishlari va o'quvchilarning tashabbuskorligini rivojlantirishlari kerak. Bundan tashqari, maktablar o'quvchilarning to'g'ri o'rganish munosabatlarini rivojlantirish uchun mavzuli ma'ruzalarni faol ravishda olib borishlari kerak. Shaxsiy xususiyatlarning ta'lim motivatsiyasi va ta'lim samaradorligi o'rtasidagi munosabatlarga ta'sirini e'tiborsiz qoldirmaslik kerak, ta'lim samaradorligini oshirishga tegishli e'tibor qaratish lozim. Turli xil shaxsiy xususiyatlarni yanada chuqurroq o'rganish kerak.

DISKUSSIYA

O'quvchining nutqiy rivojlanishida tilning barcha sathlariga oid bilimlarga amal qilinadi. Til sathlarini o'zlashtirishning asosiy sharti tilning kommunikativ yordamdan foydalanishga olish ko'nikmasini egallashdir. "Nutq o'stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo'limlari alohida ahamiyat kasb etadi,- deb yozadi S.P.Redozubov. - Leksikologiya — so'zlarning ma'nosini va ularning semantik munosabatlarini o'rganadi, grammatika — (grammatika-yunoncha «yozuv san'ti» demakdir) muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. O'quvchilarning lug'at zahirasi rivojlanishi boy bo'lsa, nutqi ham boy bo'ladi". Nutq o'stirish gap qurilishi va uning tarkibini tashkil etgan lug'at ustida ishlash bilan o'zaro bog'liq. Professor N.Mahmudov: "Nutqning ta'sir quvvati, tegishli axborotni tinglovchiga tugal va qulay yordam berishish muhim, kommunikativ sifatlarda esa so'z boyligiga bog'liq. Nutqning boy yoki kambag'alligi unda tilning bir-biridan farq qiladigan ma'lumotlar (so'z nolari, intonatsiya, sintaktik tuzilmalar, iboralar va sh.k.)dan qay darajada barqaror ekanligiga bog'liq. Buning uchun esa nutq tuzuvchida til boshqarishning boy va faol zahirasi mavjud bo'lishi kerak" - deb bejizga aytilmagan. Fikr ifodasi va nutqning emotsional ta'sirchanligi uchun, birinchi navbatdagi, o'quvchilar nutqini leksik birliklar bilan bo'yitish zarur. Lug'at ustida ishlash o'quvchining lug'at boyligini yozishdan iborat emas, o'quvchining diqqatini so'zning mazmuniga qaratish, so'zning semantikasini, ma'nosini aniqlashtirish, so'zning boshqa so'z bilan semantik bog'lanishini, aloqasini ochish, bog'lanishli nutqda har bir so'zning o'z ma'nosiga ko'ra boshqa so'zlar bilan bog'lanishini anglashlariga erishiladi. So'zlar orasida ma'noviy moslashish so'zlar bog'lanishining asosiy qoidasi bo'lib, leksik

birliklarning egalik qobiliyati bilan gapda boshqa so'zlar sintaktik aloqasida ko'rinadi. So'zning nutqda qanday Shaklda qo'llanishini bilish qay darajada zarur bo'lsa, uning ma'nosini bilish ham shunchalik zarurdir. Inson nutqiy munosabatda zarur so'zlarni semantik ma'nosiga qarab tanlaydi va fikrini aniq ifodalashga intiladi. So'z yakka holda hech qanday kommunikativ vazifa bajarmaydi. Nutqni anglashning eng muhim sharti unda ifodalanayotgan fikr va mazmunni ko'rsatadi. Fikrni ifodalashning turli usullar mavjud bo'lib, ularda so'zlar semantik ma'nosiga ko'ra ishtirok etadi. "Nutq o'stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo'limlari alohida ahamiyat kasb etadi,- deb yozadi S.P.Redozubov.O'quvchilarning lug'at zahirasi qanchalik boy bo'lsa, nutqi shunchalik rivojlangan bo'ladi". Bola maktabga kelgunga qadar oila muhitida, maktabgacha ta'lim jarayonida ishlashlari va uni ifodalash uchun zarur bo'lgan so'zlarni gap turli xil shakllarda qo'llash namunasini o'zlashtirgan bo'ladi. Maktab Oldida turgan eng asosiy vazifa o'quvchi—atrof-olam haqidagi tasavvurlarning asoslari asosida O'quvchilarning lug'atini bo'yitish, nutq va tafakkurini, mantiqiy fikrlashini o'stirishdir. Mantiqiy fikrlashning birinchi usuli tahlildir. Til hodisalarini tahlil qila olish ko'nikmasi maktabgacha davrdanoq shakllanadi. Boshlang'ich sinflardan dastur asosida rivojlana boradi. XULOSA

O'qituvchi bog'lanishli nutqni rejalashtirganda ,turli janrda mashq bajarish kerakligi aytiladi. O'quvchilar hikoya, tasvir va muhokama janrlarini o'rganadilar. Bunda hikoya janrida ko'proq matnlar tuzdiriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarini bog'lanishli nutqini egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va muhokama elimentlari ham qo'shib boriladi. Hozirgi paytda bolalarning yuqori darajada aqliy va nutqiy rivojlanishini, ularning til qobiliyatlari shakllanishini ta'minlash imkonini beruvchi bolalar o'quvini tashkil etishning maqbul shaklini qidirish ishlari olib borilmoqda. Bolani har tomonlama rivojlantirish uning insoniyat tajribasi, bilimlari, qobiliyati va madaniyatining saqlovchisi bo'lgan kattalar bilan muloqoti tufayli insoniyatning ko'p asrlik tajribasini o'zlashtirish asosidagina amalga oshiriladi. Bu tajribani faqat insoniy muloqotning eng muhim vositasi - til orqaligina berish mumkin. Til - hayotimizning ajralmas qismi bo'lib, biz unga o'z-o'zidan bo'lishi shart bo'lgan narsa sifatida qaraymiz.

REFERENCES

1. Ta'lim to'g'risida. O'zbekiston Respublikasining Qonuni. - T.: O'zbekiston, 2020.

2. Yo'ldosheva D.N. Ona tili ta"limi maqsadining tadrijiy taraqqiyoti. - Toshkent: O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi, 2013. - 168 b.

3. Lerner I. Ya. Didakticheskiye osnovbi metodov obucheniya Tekst. / I. Ya. Lerner.-M.: Pedagogika, 1981. -186 s.

4. To'xliyev B., Shamsiyeva M., Ziyodova T. O'zbek tili o'qitish metodikasi. -T., 2010. - 184 b.

5. Qosimova K., Matchonov S. Ona tili o'qitish metodikasi Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik.- Toshkent."Nosir"nashriyoti 2009.321-330-bet

6. Hamroyev M., Muhammedova D. Ona tili.-Toshkent,2008. 330-333-bet

7. Xosiyat Abdurasul qizi Abduqahhorova. Ona tili mashg'ulotlari o'quv topshiriqlarining berilishi va ularning mazmuni. Academic Research in Educatition Sciyences ISSN:2181-1385 Volume 3 ISSUE 5 2022. 237-243-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.