Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYANING MUSTAQIL TA’LIM SHAKLI'

RAQAMLI TEXNOLOGIYANING MUSTAQIL TA’LIM SHAKLI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

6
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‟lim / raqamlashtirish / texnologiya / mustaqil ta‟lim / asos / yondashuv / o„zlashtirish / ko„nikma.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova

Maqolada raqamli texnologiyaning mustaqil ta‟lim shakli to„g„risida fikr yuritilgan va tavsiyalar taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYANING MUSTAQIL TA’LIM SHAKLI»

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

RAQAMLI TEXNOLOGIYANING MUSTAQIL TA'LIM SHAKLI

Onaxon Mannapovna Jabborova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori o.jabborova@mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada raqamli texnologiyaning mustaqil ta'lim shakli to'g'risida fikr yuritilgan va tavsiyalar taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, raqamlashtirish, texnologiya, mustaqil ta'lim, asos, yondashuv, o'zlashtirish, ko'nikma.

Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturida ta'lim jarayoniga turli innovatsion texnologiyalarni tadbiq etish vazifasi qo'yilgan [1]. Shu sababli ta'lim tizimida, jumladan, boshlang'ich ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarga asoslangan o'qitishni amalga oshirish muhim hisoblanadi. Chunki raqamli texnologiyalarga asoslangan o'qitish jarayoni ta'lim oluvchilarni faollashtiradi va ularning mustaqil faoliyat ko'nikmasini tarkib toptiradi. Shu jihatdan bu o'rinda e'tiboringizni raqamli texnologiyaning mustaqil ta'lim shakli tahliliga tortamiz.

Mustaqil ta'lim mazmuni. Mustaqil ta'lim shakli ta'lim oluvchilarga erkinlik tamoyili asosida amalga oshiriladi. Shu sababli mustaqil ta'lim uchun o'quv materiallari alohida tayyorlanib, ularda asosiy e'tibor nazariy va amaliy ma'lumotlarni berishga qaratiladi. Mustaqil ta'lim olish uchun ta'lim oluvchi muayyan tayyorgarlikka ega bo'lishi kerak. Shu sababli mustaqil ta'lim oluvchi vaqt rejimi, maqsadli dastur va mustaqil ta'lim beruvchi bilan munosabatlar rejasiga ega bo'lishi taqozo etiladi. Bugungi kunda mamlakatimiz ta'lim tizimida mustaqil ta'lim imkoniyatlaridan keng foydalanishga ahamiyat berilmoqda. Misol uchun, oliy pedagogik ta'lim muassasalarining har bir o'quv fanida mustaqil ta'lim uchun mavzular va topshiriqlar bo'limi mavjud.

Mustaqil ta'lim Pedagogika tarixida juda qadimgi an'analarga ega. Shu sababli mustaqil ta'lining imkoniyatlari va xususiyatlarini idrok etish taqozo etiladi. Shunisi muhimki, mustaqil ta'lim jarayoniga ta'lim oluvchining fikri, dunyoqarashi va ta'limga munosabati mustaqil ravishda rivojlanib boradi. Shu sababli xorijiy mamlakatlarda mustaqil ta'lim imkoniyatlaridan keng foydalanilmoqda. Misol uchun, Rossiya Federatsiyasi oliy

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

256

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

g

pedagogik ta'lim muassasalarida mustaqil ta'lim jarayoni yo'lga qo'yilgan bo'lib, unda talabalar tanlash huquqiga ega [2]. Shu jihatdan mamlakatimiz oliy ta'lim muassasalarida ta'limning mustaqil ta'lim shakli imkoniyatlaridan oqilona foydalanish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Mustaqil ta'limni tashkil qilish asoslari. Mustaqil ta'limni tashkil qilish uchun quyidagilar amalga oshiriladi:

1) muayyan fan bo'yicha mustaqil ta'lim dasturi ishlab chiqiladi va unda fanning eng muhim asoslari qamrab olinadi;

2) muayyan ta'lim yo'nalishi bo'yicha mustaqil ta'lim kurslari tashkil qilinadi va bunday kurslar o'quv yili davomida chuqurlashtirilgan bilim berishni amalga oshiradi;

3) oliy pedagogik ta'lim muassasasining imkoniyatlaridan kelib chiqib muayyan ixtisoslik bo'yicha mustaqil ta'lim tashkil etiladi va bu bilan ta'lim oluvchilarning ehtiyojlari qoniqtiradi;

4) muayyan professor-o'qituvchining mustaqil ta'lim kursi tashkil etiladi va unda ta'lim beruvchining tajribasi o'zlashtiriladi.

E'tibor berilsa, mustaqil ta'limni tashkil etish oliy pedagogik ta'lim muassasasi yoki jamoasining tashabbusiga asoslanadi. Mustaqil ta'lim vositasida ta'lim oluvchilarni kasbga tayyorlashning amaliy imkoniyatlari mavjudligini eslatib o'tish joiz. Shu sababli bizning yondashuvimizga ko'ra, oliy pedagogik ta'lim muassasalarining o'quv fanlari mustaqil ta'lim bo'limini kuchaytirish maqsadga muvofiq bo'ladi.

O'zbek Pedagogikasi tarixida mustaqil ta'lim qadimiy ildizlarga ega. Misol uchun, o'rta asrlarda asosan mustaqil ta'lim shakli amalda bo'lgan. Unga ko'ra, ta'lim oluvchi mahoratli ta'lim beruvchi ishtirokida va uning ko'rsatmalari asosida o'zi qiziqqan fan asoslarini yoki hunarni o'zlashtirgan [3]. Buning natijasida keyinchalik mustaqil ta'limning shakli bo'lgan individual ta'lim jarayoni yuzaga kelgan. Shu sababli Pedagogika fanimiz tarixidagi mustaqil ta'lim shakllarini, uning asoslarini va samaradorlik ko'rsatkichlari mexanizmlarini o'rganish dolzarb bo'lib turibdi. Bu bilan raqamli texnologiya sharoitida uning mustaqil ta'lim shakli bo'yicha kasbiy bilimlarni chuqurlashtirish imkoniyatiga ega bo'linadi.

Xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarida eng zamonaviy ixtisosliklar bo'yicha mustaqil ta'lim shakli yo'lga qo'yilganligini eslatib o'tish joiz. Buning natijasida jahon mamlakatlarining ta'lim oluvchilari o'zi istagan mamlakatdagi oliy ta'lim muassasalarida mustaqil ta'lim shaklida o'qish imkoniyatiga ega bo'lmoqda. Shu sababli raqamli texnologiyaning mustaqil ta'lim shakli istiqbolli hisoblanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda o'quv fanlari bo'yicha mustaqil ta'lim dasturlari mjmuini ishlab chiqish va ularning didaktik ta'minotini yaratish dolzarb bo'lib turganligini eslatib o'tish lozim.

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital Technologies in the Educational Process

g

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

etish samaradorligi

g

Mustaqil ta'lim imkoniyatlari. Raqamli texnologiyaning mustaqil ta'lim shakli ta'lim oluvchilarga keng imkoniyatlarni beradi. Bunday imkoniyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:

1) ta'lim oluvchilarning mustaqil harakat va fikrlash ko'nikmasini tarkib toptiradi;

2) muayyan fan mavzulari bo'yicha o'zlashtirilgan bilim, ko'nikma va malakalarni chuqurlashtiradi;

3) fanlarning asoslari bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar yoki materiallarni berish imkoniyatini beradi;

4) ta'lim oluvchilarning manfaatlari va ehtiyojlarini ro'yobga chiqaradi.

Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida mustaqil ta'limning imkoniyatlaridan keng foydalanish dolzarb bo'lib turibdi. Buning uchun quyidagilarga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) o'quv fanlarining mustaqil ta'lim bo'limini o'zlashtirish jarayonini qat'iy nazorat qilish;

2) "Mustaqil ta'lim asoslari" maxsus kursini tashkil qilish;

3) o'quvchilar bilan mustaqil ta'lim imkoniyatlaridan foydalangan holda ishlash metodikasini ishlab chiqish;

4) har bir professor-o'qituvchining mustaqil ta'lim kurslarini tashkil etish. Bunday yondashuv ta'lim oluvchilarning kasbiy bilim va ko'nikmalarini maqsadli

tarkib toptirish imkonini beradi.

Shunday qilib raqamli texnologiyaning mustaqil ta'lim shakli ta'lim oluvchilarni amaliy faoliyatga tayyorlash xususiyatlariga egaligi bilan muhim ahamiyatga ega. Shu sababli bo'lajak o'qituvchilarni mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi bilan qurollantirish dolzarb bo'lib turibdi.

REFERENCES

1. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi. // www. ziyonet.uz

2. Bordovskaya N., Rean A. Pedagogika. -Sankt-Peterburg, 2018

3. Jabborova O., Saparbayeva D. Boshlang'ich ta'limda mustaqil ta'limni tashkil etish metodikasi. - Chirchiq, 2023

https://cspi.uz/

Republican Scientific and Practical Conference

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.