Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MAKTAB OʻQUVCHILARINING TAʼLIM YUTUQLARI VA PSIXOSOTSIAL FAROVONLIKLARINING OMILI SIFATIDA'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MAKTAB OʻQUVCHILARINING TAʼLIM YUTUQLARI VA PSIXOSOTSIAL FAROVONLIKLARINING OMILI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Технологии материалов»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
PISA tadqiqotlari / maktab oʻquvchilari / raqamli texnologiyalar / psixosotsial farovonlik / profilaktika / oʻqituvchilar / ota-onalar / hayotdan mamnunlik / ijtimoiy tarmoqlarda muloqot / internetda serfing / onlayn-oʻyinlar / taʼlimiy kontent. / PISA studies / school students / digital technologies / psychosocial well-being / prevention / teachers / parents / life satisfaction / communication on social networks / Internet surfing / online games / educational content.

Аннотация научной статьи по технологиям материалов, автор научной работы — Abdukadirova Laura Yulbarsovna

Ushbu maqolada oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilarining xalqaro PISA tadqiqotlarida ishtirok etishlari hamda ularning raqamli texnologiyalar bilan oʻzaro taʼsirda boʻlishlari natijasida psixosotsial farovonlikning xususiyatlari tahlil qilingan. Bu tahlillar oʻquvchilarning oʻqishga boʻlgan yutuqlariga katta taʼsir koʻrsatganini koʻrsatmoqda. PISA doirasida uchta fan boʻyicha oxirgi oʻnlikda joylashgan Oʻzbekistondagi oʻquvchilarning natijalari nafaqat taʼlim tizimidagi muammolarni, balki texnologik aloqalar bilan bogʻliq kengroq ijtimoiy-madaniy qiyinchiliklarni ham aks ettirishi mumkin, bu bolalarning psixologik sogʻligini saqlash va PISA tadqiqotlaridagi yutuqlariga erishish uchun internetda boʻlish vaqtini cheklash zarurligini koʻrsatadi. Yakunda PISA maqsadlari va vazifalari toʻgʻrisida oʻqituvchi va ota-onalarga sistematik maʼlumot berish va internetga bogʻliqlikning oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES AS A FACTOR OF ACADEMIC ACHIEVEMENTS AND PSYCHOSOCIAL WELL-BEING OF SCHOOLCHILDREN

This article analyzes the characteristics of psychosocial well-being of Uzbek schoolchildren as a result of their participation in international PISA research and their interaction with digital technologies. These analyzes show a significant impact on students' academic achievement. The results of students in Uzbekistan, who ranked in the bottom ten in three PISA subjects, may reflect not only problems in the education system, but also broader socio-cultural difficulties related to technological communication, which indicates the need to limit the time spent on the Internet in order to maintain children's psychological health and achieve PISA results. In the end, there are recommendations on how to systematically inform teachers and parents about the goals and objectives of PISA and how to prevent Internet addiction.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MAKTAB OʻQUVCHILARINING TAʼLIM YUTUQLARI VA PSIXOSOTSIAL FAROVONLIKLARINING OMILI SIFATIDA»

é

ш

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

ARTICLE INFO

USE OF DIGITAL TECHNOLOGIES AS A FACTOR OF ACADEMIC ACHIEVEMENTS AND PSYCHOSOCIAL WELL-BEING OF SCHOOLCHILDREN

Abdukadirova Laura Yulbarsovna

Fergana State University, teacher of psychology department. Fergana, Uzbekistan. https://doi.org/10.5281/zenodo.11654637

ABSTRACT

Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024

KEYWORDS PISA studies, school students, digital

technologies, psychosocial well-being, prevention, teachers, parents, life satisfaction,

communication on social networks, Internet surfing, online games, educational content.

This article analyzes the characteristics of psychosocial well-being of Uzbek schoolchildren as a result of their participation in international PISA research and their interaction with digital technologies. These analyzes show a significant impact on students' academic achievement. The results of students in Uzbekistan, who ranked in the bottom ten in three PISA subjects, may reflect not only problems in the education system, but also broader socio-cultural difficulties related to technological communication, which indicates the need to limit the time spent on the Internet in order to maintain children's psychological health and achieve PISA results. In the end, there are recommendations on how to systematically inform teachers and parents about the goals and objectives of PISA and how to prevent Internet addiction.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ЦИФРОВЫХ ТЕХНОЛОГИИ КАК ФАКТОР УЧЕБНЫХ ДОСТИЖЕНИЙ И ПСИХОСОЦИАЛЬНОГО БЛАГОПОЛУЧИЯ

ШКОЛЬНИКОВ

Абдукадирова Лаура Юлбарсовна

Ферганский государственный университет, преподаватель кафедры психологии.

Фергана, Узбекистан. https://doi.org/10.5281/zenodo.11654637

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 06th June 2024 Accepted: 13th June 2024 Online: 14th June 2024 KEYWORDS

Исследования PISA, школьники, цифровые технологии, психосоциальное благополучие, профилактика, учителя,

В данной статье анализируются особенности психосоциального благополучия узбекских школьников в результате их участия в международном исследовании PISA и взаимодействия с цифровыми технологиями. Этот анализ показывает значительное влияние на академическую успеваемость учащихся. Результаты студентов Узбекистана, занявших место в первой десятке по трем предметам PISA, могут отражать не только проблемы в системе образования, но и более широкие социокультурные трудности, связанные с

родители,

удовлетворенность

жизнью, общение в

социальных сетях,

интернет-серфинг,

онлайн-игры,

образовательный

контент.

технологическими коммуникациями, что указывает на необходимость ограничения времени, затрачиваемого на Интернет для поддержания психологического здоровья детей и достижения результатов PISA. В конце даны рекомендации, как систематически информировать учителей и родителей о целях и задачах PISA и как предотвратить интернет-зависимость.

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH MAKTAB OQUVCHILARINING TALIM YUTUQLARI VA PSIXOSOTSIAL FAROVONLIKLARINING OMILI SIFATIDA

Abdukadirova Laura Yulbarsovna

Farg'ona davlat universiteti, psixologiya kafedrasi o'qituvchisi. Farg'ona sh., O'zbekiston. https://doi.org/10.5281/zenodo.11654637

ARTICLE INFO__ABSTRACT

Received: 06th June 2024 Ushbu maqolada o'zbekistonlik maktab o'quvchilarining

Accepted: 13th June 2024 xalqaro PISA tadqiqotlarida ishtirok etishlari hamda

Online: 14th June 2024 ularning raqamli texnologiyalar bilan o'zaro ta'sirda

KIRISH. Barqaror va sog'lom avlodni tarbiyalash, tez o'zgaruvchan global sharoitlarga moslashish qobiliyatini rivojlantirish zamonaviy jamiyatning asosiy vazifasi hisoblanadi, bu jamiyat raqamli qurilmalar, Internet va boshqa texnologiyalarning keng tarqalishi davrida rivojlanmoqda. Shu munosabat bilan, o'quvchilarda raqamli savodxonlikni, internetga bog'liqlik xavfisiz rivojlanishini, shuningdek, axborot oqimini tanqidiy tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish XXI asrning asosiy kompetensiyalaridan biri bo'lib hisoblanadi va ta'lim tizimi uchun dolzarb vazifa hisoblanadi. Ushbu aspektning ahamiyati o'quvchilarning raqamli qurilmalar bilan o'zaro aloqalari kontekstida PISA tadqiqotlari natijalarini ko'rib chiqishda

KEYWORDS

bo'lishlari natijasida psixosotsial farovonlikning xususiyatlari tahlil qilingan. Bu tahlillar o'quvchilarning o'qishga bo'lgan yutuqlariga katta ta'sir ko'rsatganini ko'rsatmoqda. PISA doirasida uchta fan bo'yicha oxirgi o'nlikda joylashgan O'zbekistondagi o'quvchilarning natijalari nafaqat ta'lim tizimidagi muammolarni, balki texnologik aloqalar bilan bog'liq kengroq ijtimoiy-madaniy qiyinchiliklarni ham aks ettirishi mumkin, bu bolalarning psixologik sog'ligini saqlash va PISA tadqiqotlaridagi yutuqlariga erishish uchun internetda bo'lish vaqtini cheklash zarurligini ko'rsatadi. Yakunda PISA maqsadlari va vazifalari to'g'risida o'qituvchi va ota-onalarga sistematik ma'lumot berish va internetga bog'liqlikning oldini olish bo'yicha tavsiyalar berilgan.

PISA tadqiqotlari, maktab o'quvchilari, raqamli texnologiyalar, psixosotsial farovonlik, profilaktika, o'qituvchilar, ota-onalar, hayotdan mamnunlik, ijtimoiy tarmoqlarda muloqot, internetda

serfing, onlayn-o'yinlar, ta'limiy kontent.

é

Ws,

yanada ortadi (O'quvchilarni baholashning xalqaro dasturi), bu tadqiqotlar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan o'tkaziladi. Mazkur tashkilot ta'lim tizimlari o'quvchilarni hayotiy vaziyatlarga qanchalik yaxshi tayyorlashini, ularning o'qish, matematika va fanlar bo'yicha kompetensiyalariga asoslangan xolis ma'lumotlarni taqdim etadi. Bu davlatlarga o'z ta'lim tizimlarining qaysi jihatlari muvaffaqiyatli ishlayotganini va qaysi jihatlarini yaxshilash kerakligini tushunishga yordam beradi, ta'limdagi eng yaxshi amaliyotlar va innovatsiyalar almashishni rag'batlantiradi, fuqarolik sifatlarini rivojlantirishga, demokratik qadriyatlarni qo'llab-quvvatlashga va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradigan ta'lim siyosatlarini shakllantiradi, bu esa davlatning barqarorligi va mustaqilligi uchun katta ahamiyat kasb etadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. O'zbekistonlik maktab o'quvchilari 2022-yildan boshlab xalqaro PISA tadqiqotlarida ishtirok eta boshladilar. IHTTning 2023-yilgi ma'lumotlariga ko'ra, ushbu tadqiqotda 81 mamlakatdan kelgan maktab o'quvchilari qatnashgan. O'zbekiston 202 maktabdan 7200 o'quvchining ishtirokini tashkil etgan, ular orasida 9-sinf o'quvchilari 83% ni tashkil etgan. Natijalar ko'rsatdiki, o'zbekistonlik o'quvchilar matematika bo'yicha 72-o'rinda, o'qish bo'yicha 80-o'rinda, tabiiy fanlar bo'yicha ham 80-o'rinda, ya'ni uchala fan bo'yicha ham oxirgi o'nlikda joylashganlar [3].

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, bunday natijalarga olib kelgan sabablardan biri o'quvchilarning elektron qurilmalar bilan intensiv o'zaro ta'sirda bo'lishi bo'lib, bu ularning ta'lim faoliyatiga e'tiborini chalg'itadi va kognitiv, shaxsiy, hissiy ruhiy sohalarining rivojlanishida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, YUNISEFning 2022-yilgi tadqiqotiga ko'ra, O'zbekistonning barcha 13 xududi va Toshkent shahridan 299 maktabning 22 854 ta 6, 9 va 11-sinf o'quvchilari ishtirok etgan bo'lib, ularning 51,8% mobil telefon yoki planshetga ega ekanlar, ularning 25,4% kompyuter yoki noutbuk, atigi 7,5% esa o'yin "pristavka"lari bor ekan. Ushbu raqamli vositalardan kamida biriga ega bo'lgan o'quvchilardan ularni o'quv kuni davomida qancha vaqt foydalanishlari so'ralganda, ishtirokchilarning deyarli yarmi ularni ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish (44,3%) yoki uy vazifalarini bajarish uchun (kompyuterdan 51,9% foydalangan) ishlatmaganlar, faqat internetda serfing qilish (45,5%) yoki o'ynash (49,4%) uchun ishlatganlar. O'yin "pristavka"lar eng kam foydalanilgan qurilmalardir. Kuniga 3 soatdan ko'proq vaqtini ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish va internetda serfing qilish bilan o'tkazadigan va internetdan uy vazifalarini bajarish uchun foydalanmaydigan o'quvchilarning mobil telefon yoki planshetlaridan foydalanishi 5 dan 6% gacha bo'lgan [1, 9].

Tadqiqotda shuningdek, mobil telefon yoki planshetga egalik va kun davomida ekran oldida o'tkaziladigan vaqtda jinsiy farqlar mavjudligi aniqlandi. O'g'il bolalar orasida telefon yoki planshetga ega bo'lganlarning soni qizlarga qaraganda 20% ko'proq ekan. Bundan tashqari, o'g'il bolalar, uy vazifalarini bajarish maqsadida emas, balki ko'ngilochar maqsadlarda va ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish uchun ko'proq vaqt sarflashar ekan. Bu farq onlayn-o'yinlarga sarflangan vaqtni o'rganishda ayniqsa ko'zga tashlangan: kuniga 3 soatdan ortiq vaqtni o'yinlarga sarflagan o'smirlar orasida 78,5% o'g'il bolalar edi.

Sinflar bo'yicha solishtirilganda, internetda o'tkazilgan vaqtda farqlar mavjudligi aniqlandi. 9- va 11-sinf o'quvchilariga qaraganda, 6-sinf o'quvchilari ijtimoiy tarmoqlarda

é

Ws,

muloqot qilish, internetda serfing qilish yoki onlayn-o'yinlar o'ynash uchun vaqtni 15% kamroq sarflashar ekan.

Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlar ishlaydigan va ishlamaydigan o'quvchilarga bo'lingan bo'lib, ishlamaydiganlardan farqli o'laroq, ishlaydiganlar internetdan foydalangan paytlarida uy vazifalarini bajarish uchun emas, balki ijtimoiy tarmoqlarda muloqot qilish, saytlarga serfing qilish va o'ynash uchun vaqtlarini ko'proq sarflashlari aniqlangan [1, 46].

IHTTning 2018-yilgi hisobotida qayd etilganidek, yoshlarning sog'ligiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan, ish kunlarida internetda bo'lish uchun ruxsat etiladigan vaqt 2 soatgacha, dam olish kunlari esa 4 soatgacha deb belgilangan [2].

PISA tadqiqotida o'quv muassasasida o'tkazgan vaqtidan tashqarida olti soatdan ortiq vaqt internetda o'tkazadigan respondentlar "internetdan ekstremal foydalanuvchilari" (extreme users) deb belgilangan. 2015-yilda IHTT mamlakatlaridan bo'lgan 15 yoshli o'quvchilar orasida o'tkazilgan so'rovnoma natijalari ularning internetdagi faoliyatini tahlil qilish uchun sharoit yaratgan bo'lib, ularga ko'ra, "internetdan ekstremal foydalanuvchilari"ning ulushi o'rtacha ish kunlarida 16% va dam olish kunlarida esa 26%>ni tashkil etganligini, ushbu ishtirokchilar guruhi hayotdan kamroq qoniqishni hosil qilganliklari, ular bullingga ko'proq duch kelishlari, onlaynda kam vaqt o'tkazadiganlarga qaraganda kuchliroq yakkalanishni his etishlari va ularning internetga kuchli jalb bo'lganliklari ularda psixologik zaiflik va qo'llab-quvvatlashga bo'lgan ehtiyoj mavjudligini aks ettirgan. Bunday bolalar PISA doirasida o'rganiladigan barcha fanlar bo'yicha eng past natijalarni ko'rsatishadi va ularning kelgusida ta'lim olishga bo'lgan umidlari ham pastdir. Chilida "internetning ekstremal foydalanuvchilari"ning yuqori darajasi (30%>dan ortiq) qayd etilgan bo'lsa, Koreyada bu ko'rsatkich taxminan 2%ni tashkil etgan [2].

Tahlil va natijalar. Ushbu ma'lumotlar Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkilotining bolalarning psixologik sog'ligini saqlash uchun internetda bo'lish vaqtini cheklash zarurligi haqidagi tavsiyalari bilan mos keladi. O'zbekistondagi o'quvchilarning PISA doirasida uchta fan bo'yicha oxirgi o'nlikda bo'lishi nafaqat ta'lim tizimidagi muammolarni, balki texnologiya bilan bog'liq kengroq ijtimoiy-madaniy muammolarni ham aks ettirishi mumkin. Aniqki, maktab o'quvchilari orasida internetdan foydalanishni yanada qat'iy tartibga solish va nasihatlash zarur, bu ularning o'qish yutuqlari va umumiy farovonligini yaxshilashga yordam beradi. Buning uchun kompleks yondashuv talab etiladi, bu yondashuv ta'lim choralari, psixologik qo'llab-quvvatlash va ota-onalar hamda jamoat tashkilotlari bilan faol hamkorlikni o'z ichiga olishi maqsadga muvofiqdir.

Xulosa va takliflar. Raqamli qurilmalardan foydalanishning salbiy ta'sirini yengish va o'quvchilarning akademik yutuqlarini, PISA tadqiqotlaridagi natijalarini hamda psixologik farovonligini yaxshilash maqsadida quyidagi kompleks chora-tadbirlar taklif etiladi:

> mehnat, iqtisod va siyosat sohalaridagi o'zgaruvchan talablariga moslashishga tayyorlash, shuningdek, noaniqlik sharoitlarida qaror qabul qilishga o'quvchilarni tayyorlashning muhimligini nazarda tutgan olda, PISA maqsadlari va vazifalari to'g'risida sistematik ma'lumotlar bilan o'qituvchi va ota-onalarni ta'minlash;

> bolalarning psixologik farovonligini ta'minlash maqsadida internetga bog'liqlikni aniqlash va oldini olish sohasidagi o'qituvchi va ota-onalarning kompetensiyalarini oshirish;

é

Ws,

> o'quvchilarning kognitiv, emotsional va shaxsiy rivojlanishiga ta'siri nuqtayi nazaridan o'quvchilar orasida mashhur bo'lgan eng yangi onlayn-o'yin va ilovalar haqida ota-onalar va o'qituvchilarga ma'lumot berish, ularning ijobiy va salbiy jihatlarini tushuntirish;

> ota-onalar va o'qituvchilar uchun raqamli kontentdan ta'lim maqsadlarida foydalanishning amaliy ko'nikmalarini rivojlantirish, bolalarni ta'limiy resurslardan foydalanishga ilhomlantirish va motivatsiyasini oshirishga qaratilgan o'quv seminar va treninglar tashkil etish;

> o'qituvchilar va ota-onalar uchun psixologik treninglar o'tkazish, ularga, shuningdek, o'zini o'zi rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish masalalarida samarali muloqot qilishni o'rgatish zarur.

> o'quvchilar orasida o'zini o'zi rivojlantirish va muvaffaqiyatga erishish masalalari bo'yicha, shuningdek, ijtimoiy muloqot va jismoniy faollikni rag'batlantirish uchun, interaktiv texnologiyalar va jismoniy mashg'ulotlarni birlashtirgan tadbirlarni maktab maydonlari va sport zalida tashkil etish tavsiya etiladi;

> o'qituvchilar, ota-onalar va boshqa mutaxassislarni, ta'limiy kontent yaratishda ishtirok etganliklari uchun rag'batlantirish, ularning ko'ngilochar kontent bilan teng raqobatlasha oladigan jozibador ta'limiy resurslarni ishlab chiqishdagi hissalarini e'tirof etishga bag'ishlangan tadbirlarni amalga oshirish;

> o'quvchilarning akademik yutuqlariga va raqamli texnologiyalardan foydalanish vaqti hamda kontentining ta'sirini aniqlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar o'tkazish va ushbu ma'lumotlar asosida tavsiyalar ishlab chiqish talab etiladi.

Mazkur yondashuv nafaqat o'quv samaradorligini oshirishga, balki dinamik o'zgaruvchan dunyo sharoitida o'quvchilarning har tomonlama rivojlanishini qo'llab-quvvatlashga yordam beradi.

References:

1. Психическое здоровье и психосоциальное благополучие подростков в школе. Исследование в рамках сотрудничества правительства Узбекистана и ЮНИСЕФ, 2022 г. - 200 с. - С. 9. https://www.unicef.org/uzbekistan/media/518.pdf

2. OECD (2016). Are there differences in how advantaged and disadvantaged students use the Internet? PISA in Focus. <https://www.oecd-ilibrary. org/education/are-there-differences-in-how-advantaged-and-disadvantaged-students-use-the-internet_5jlv8zq6hw43-en>.

3. OECD (2023), PISA 2022 Results (Volume I): The State of Learning and Equity in Education, PISA, OECD Publishing, Paris, https://doi.org/10.1787/53f23881-en. ISSN 19963777 (online).

4. World Health Organization (2016). Growing up unequal: gender and socioeconomic differences in young people's health and well-being. <http:// www.euro.who.int/ data/assets /pdf file/0003/303438/HSBC-No.7Growing-up-unequal-Full-Report.pdf>.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

5. Yulbarsovna, Abdukadirova Laura. "PSYCHOANALYTIC APPROACH TO THE STUDY OF PSYCHOLOGICAL WELL-BEING." JOURNAL OF CHILD PSYCHOLOGY AND PSYCHIATRY 7.5 (2024): 61-65.

6. Yulbarsovna, A. L. (2024). PSYCHOANALYTIC APPROACH TO THE STUDY OF PSYCHOLOGICAL WELL-BEING. JOURNAL OF CHILD PSYCHOLOGY AND PSYCHIATRY, 7(5), 61-65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.