Научная статья на тему 'RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI'

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
86
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
RAQAMLI TEXNOLOGIYA / SAHXSIY MA'LUMOT / MUHOFAZA / HUQUQIY ASOS / AKT / IJTIMOIY TARMOQLAR

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Eshdavlatova Z.N.

Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarurati nafaqat ijtimoiy jarayonlarni boshqarish uslubini o‘zgartiribgina qolmay, balki insonlar faoliyatining barcha sohalari samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkoniyat yaratdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LEGAL BASIS FOR THE PROTECTION OF PERSONAL DATA IN THE ERA OF DIGITAL TECHNOLOGY

The need for the use of new information and communication technologies not only changed the way people manage social processes, but also created an opportunity to significantly increase the efficiency of all spheres of human activity.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA’LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI»

UDK 34

Eshdavlatova Z.N. magistrant

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti O'zbekiston, Toshkent

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA SHAXSIY MA'LUMOTLARNI MUHOFAZA QILISHNING HUQUQIY ASOSLARI

Annotatsiya: Yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish zarurati nafaqat ijtimoiy jarayonlarni boshqarish uslubini o 'zgartiribgina qolmay, balki insonlar faoliyatining barcha sohalari samaradorligini sezilarli darajada oshirishga imkoniyat yaratdi.

Kalit so'zlar: raqamli texnologiya, sahxsiy ma'lumot, muhofaza, huquqiy asos, AKT, ijtimoiy tarmoqlar.

Eshdavlatova Z.N. master student Tashkent State Law University Uzbekistan, Tashkent

LEGAL BASIS FOR THE PROTECTION OF PERSONAL DATA IN THE ERA OF DIGITAL TECHNOLOGY

Annotation: the need for the use of new information and communication technologies not only changed the way people manage social processes, but also created an opportunity to significantly increase the efficiency of all spheres of human activity.

Keywords: digital technology, authentic information, protection, legal basis, ICT, social networks.

So'nggi paytlarda ilmiy adabiyotlarda shaxsning shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish muammosiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu ko'p jihatdan zamonaviy jamiyat va davlat axborot texnologiyalaridan foydalanmasdan normal mavjud bo'lishi va rivojlanishi mumkin emasligi, ular yordamida turli xil ma'lumotlar, shu jumladan odamlar haqidagi ma'lumotlar to'planishi va qayta ishlanishida ko'rinadi. Tan olish kerakki, avvallari shaxsiy ma'lumotlarni himoya qiluvchi huquqiy normalar inson huquqlarini ta'minlash uchun yetarli bo'lgan bo'lsa, bugungi kunda davlat va nodavlat tuzilmalari tomonidan fuqarolar to'g'risidagi elektron ma'lumotlar bazalaridan foydalanish munosabati bilan fuqarolar to'g'risidagi ma'lumotlarni to'plash, ulardan foydalanish va tarqatish bilan bog'liq muammolar yuzaga kelmoqda va bu esa yangi normalarni yaratishni taqazo qilmoqda. Bugungi raqamlashtirish muhitida fuqarolarning

shaxsiy ma'lumotlari borasidagi huquqlarini himoya qilish, uning huquqiy asoslarini tahlil etish maqsadida shaxsiy ma'lumotlar tarkibiga qaysilar kiradi, qanday ma'lumotlarni shaxsiylik xususiyatiga ega ekanligini bilish uchun olimlarimiz tomonidan berilgan shaxsiy ma'lumotlar haqidagi qarashlar va huquqiy hujjatlarda keltirilgan ta'riflarni o'rganish zarurdir.

Shaxsga tegishli ma'lumotlar huquqshunos olimlar bildirgan fikrlardan tashqari huquqiy hujjatlarda ham o'z ta'rifiga ega. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 1-oktabrdagi "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunida shaxsga doir ma'lumotlar muayyan jismoniy shaxsga taalluqli bo'lgan yoki identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron tarzda, qog'ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayt etilgan axborot sifatida tavsiflangan.

Insonlarni shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlash, to'plash hamda rivojlanib borayotgan ommaviy kuzatuv jarayonlari shaxsiy ma'lumotlarni muhofaza qilishni yanada kuchaytiradi. Shaxsiy ma'lumotlar, axborotlar xavfsizligini himoya qilish tizimini huquqiy asoslar bilan ta'minlanishi xavfsizlikning kafolatini yanada kengaytiradi. Internet tarmoqlari tobora ko'proq ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga o'z ta'sirini ko'rsatayotganligi bois, ma'lumotlarni himoya qilish ahamiyatini deyarli barcha davlatlar tomonidan bugungacha ham qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar, mamlakatlar tomonidan imzolanayotgan xalqaro shartnomalar va o'zaro bitimlar orqali anglab olishimiz mumkin. Statistikaga nazar solsak, hozirga qadar rivojlangan 194 ta davlatlardan 137 tasida ma'lumotlar va shaxsiy daxlsizlik huquqini himoya qilish bo'yicha qonunlar ishlab chiqilgan. Osiyo va Afrika davlatlarining 57 foizida bunday qonunlar qabul qilingan. Hozirda ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha yetakchi mintaqalardan biri Yevropa mintaqasi hisoblanadi. Yevropada shaxsiy ma'lumotlarga oid qonunlarning qabul qilinishi har bir Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlar fuqarosining axborot huquqining buzilishidan himoya qiladi.

Jahonda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha dastlabki qonun hujjatlari 1970-yillarda paydo bo'lgan. Birinchi shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonun Germaniyaning Hesse shtatida 1970-yilda ishlab chiqilgan edi. Ushbu qonun mahalliy ma'muriyat tomonidan markazlashtirilgan axborotdan foydalanishni nazarda tutuvchi reja asosida qabul qilingan edi. Hesse shtatining o'ziga xos jihatlaridan biri ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha kommisiyaning tashkil etilishi hamda shaxsiy ma'lumotlarga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini ta'minlash uchun parlament tomonidan mas'ul mansabdor shaxsning tayinlanishi edi. Keyingi yillarda Hesse shtatining shaxsiy ma'lumotlarga doir huquq normalari boshqa Yevropa davlatlarining qonunchilik hujjatlariga katta ta'sir ko'rsatdi. Milliy darajada shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha qonunni birinchi bo'lib 1973-yilda Shvetsiyada va 1974-yilda AQShda qabul qilingan. Bir necha yil o'tib bu ro'yxatga boshqa davlatlar ham qo'shila boshladi: Germaniya va Kanadada 1977-yilda, Fransiya, Norvegiya, Daniya va Avstriyada 1978-yilda, Lyuksemburgda 1979-yilda, Yangi

Zelandiyada 1982-yilda, Buyuk Britaniyada 1984-yilda, Finlyandiya, Irlandiya, Avstraliya, Yaponiya va Niderlandiyada 1988-yilda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishning huquqiy asoslari yaratildi. Ushbu qonunlar keyinchalik boshqa mamlakatlar tomonidan qabul qilingan shaxsiy ma'lumotlarga doir huquqiy hujjatlarning yaratilishiga turtki bo'ldi. Bunda asosan ularga kiritilgan shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish prinsiplari deyarli barchasida aks etdi.

1970-yillarda qabul qilingan ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha qonunlarning birinchi avlodi ma'lumotlar oqimini tashkil etish va boshqarishga qaratilgan edi. Butun dunyoda "adolatli ma'lumotlar amaliyoti" tamoyillari ma'lumotlarni boshqarish, ularni to'plash va foydalanishga cheklovlar qo'yish, javobgarlik mexanizmlarini ta'minlash va individual ishtirok etish uchun joy ochishning asosiy tamoyillari sifatida tan olingan. Ushbu tamoyillar axborot jarayonlarini boshqarish va tartibga solish tizimlarini tashkil qilish uchun asosan AQSH, Kanada va Yevropa Ittifoqida qo'llaniladi.

Shaxsiy ma'lumotlarning himoya qilinishiga oid dastlabki xalqaro-huquqiy hujjatlar biri bu 1950-yilda qabul qilingan "Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida"gi konvensiyadir. Yevropada inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish bo'yicha xalqaro shartnoma sifatida qabul qilingan ushbu hujjatning 8-moddasida shaxsiy va oilaviy hayotning hurmat qilinishi, unga bog'liq ma'lumotlarning himoyasi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat xavfsizligi, fuqarolarning huquq va erkinliklarining ta'minlanishi, davlatning iqtisodiy manfaatlari va jinoyatchilikning oldini olish maqsadida kishilarning 8-moddada keltirilgan huquqlariga daxl qilishi keltirib o'tilgan. G. Nardell "Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini himoya qilish to'g'risida"gi konvensiyaning 8-moddasi 1-bandini juda "saxovatli va keng" deya ta'rif bergan edi. Ushbu Konvensiya shaxslarni ma'lumotlarni to'plash va qayta ishlash jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan suiiste'mollardan himoya qilish uchun birinchi majburiy xalqaro hujjat hisoblanadi.

Demokratik huquqiy davlatchilik qurish yo'lidan ketayotgan O'zbekiston Respublikasida boshqa rivojlangan davlatlar qatori fuqarolarning shaxsiy ma'lumotlarini, shaxsiy va oilaviy sirlarini qonuniy jihatdan himoya qilishga katta e'tibor qaratildi.

Davlatimizda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilishga qaratilgan eng muhim hujjatlardan biri 2019-yil 2-iyulda qabul qilingan "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonundir. Bu qonunni qabul qilish har tomonlama zarur edi. Sababi, axborot-kommunikatsion texnologiyalari rivojlanib borayotgan bir zamonda fuqaroning xususiy ma'lumotlariga tegishli fotosurat, xabar va yozishmalar, telefon so'zlashuvlari bilan bog'liq axborotlardan g'ayriqonuniy tarzda foydalanish, o'z manfaati yo'lida tarqatish hollari ko'payib ketgan edi. Qonun esa eng maqbul yechim sifatida shaxsiy axborotlarni to'plash, tarqatish, saqlash va undan foydalanishning huquqiy asoslarini yaratib berdi. "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi qonunda inson va fuqarolarning huquq va erkinliklariga rioya etish, shaxsga doir ma'lumotlarga ishlov berish

maqsadlari va usullarining qonuniyligi, shaxsga doir ma'lumotlarning aniqligi va ishonchligi, ularning maxfiyligi va himoya qilinganligi, jamiyat va davlatning xavfsizligi asosiy prinsiplar sifatida belgilangan. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish mehanizmlari orqali fuqarolarning xususiy axborotlarini huquqiy va tashkiliy choralar yordamida muhofaza qilish, shaxsiy hayotga aralashuvning oldini olish, ularning yaxlitligi va maxfiyligiga rioya etish, shaxsga doir ma'lumotlarga noqonuniy ishlov berishning oldini olish asosiy vazifalar sifatida mustahkamlangan. Bundan tashqari qonunda shaxsiy ma'lumotlarni boshqalarga taqdim etish va foydalanish ustidan davlat nazoratini o'rnatish, o'zganing xususiy ma'lumotlarini g'ayriqonuniy tarzda foydalanganlik uchun javobgarlik choralari belgilangan.

Xulosa qilsak, shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish masalalari raqamli davrda ayniqsa juda dolzarbdir. Ochiq bo'lishi mumkin bo'lmagan raqamli iqtisodiyotda, uchinchi shaxslar va davlat tomonidan tajovuzlardan himoya qilinishi kerak bo'lgan inson huquqlari qo'llanilishi lozim. Raqamli va biotexnologiyalarning yuksalishi inson huquqlari tushunchalari va mantig'ini o'zlashtirish asosida rivojlangan ilmiy va texnologik kuch tuzilmalarining paydo bo'lishidan darak beradi.

Adabiyotlar:

1. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03.07.2019-y., 03/19/547/3363-son, 4 - modda.

2. Nardell, Gordon Q.C. (2010). Levelling up: Data privacy and the European Court of Human Rights. In Data protection in a profiled world, eds. Serge Gutwirth, Yves Poullet, and Paul De Hert. Dordrecht: Springer. - P. 46.

3. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 03/07/2019-y., 03/19/547/3363-son. 5-modda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.