Научная статья на тему 'RAQAMLI TA’LIM TARAQQIYOTIDA TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI'

RAQAMLI TA’LIM TARAQQIYOTIDA TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Tulyaganova Sh.E

Bugungi zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va ta'lim muassasalari chetda qolmadi, ularni o'quv jarayoniga faol kiritmoqda. Texnologiyalar ta'lim jarayonining turli jabhalarida: ma'muriy vazifalarni hal qilishdan tortib, onlayn tarzda uy vazifalarini bajarishgacha qo'llaniladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TA’LIM TARAQQIYOTIDA TASVIRIY SAN’ATNI O‘QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI»

RAQAMLI TA'LIM TARAQQIYOTIDA TASVIRIY SAN'ATNI O'QITISH JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNING SAMARADORLIGI

Tulyaganova Sh.E

Angren Shahar 37-umumiy o'rta ta'lim maktabi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10677942

Bugungi zamonaviy dunyoda raqamli texnologiyalar kundalik hayotning ajralmas qismiga aylanib bormoqda va ta'lim muassasalari chetda qolmadi, ularni o'quv jarayoniga faol kiritmoqda. Texnologiyalar ta'lim jarayonining turli jabhalarida: ma'muriy vazifalarni hal qilishdan tortib, onlayn tarzda uy vazifalarini bajarishgacha qo'llaniladi.

Hozirgi davr ta'lim taraqqiyoti, ayniqsa, innovatsion ta'lim muhitining rivojlanishiga — innovatsion faoliyatni maydonga olib chiqdi. XXI asr yuksak rivojlangan texnologiyalar asrida ta'lim jarayoniga innovatsiyani keng joriy qilish masalasiga e'tibor yanada kuchaytirildi. Dars jarayonida o'quvchilar asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun o'quvchilarni tasviriy san'atga qiziqtirishda dars jarayonida zamonaviy o'qitish metodlarini — interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya muhimdir.

O'zbekistonda ham so'nggi yillarda innovatsiya boshqa sohalarga qaraganda birinchilardan bo'lib ta'lim tizimiga kirib keldi va innovatsiyani ta'lim jarayonida qanday o'z aksini topganligini mamlakatimizdagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida ta'lim jarayonlari, ularning e'lon qilingan yutuqlaridan ham bilish mumkin. Ta'lim jarayonining samaradorligi bevosita zamonaviy o'qitish modeliga, shuningdek, fan va texnika sohasidagi aniq yutuqlarga bog'liq. Badiiy soha, tasviriy san'at, dekorativ san'at, garchi u muayyan shartlarni talab qilsa ham, bundan mustasno emas. Zamonaviy tadqiqot va ishlanmalar hozirda turli fanlarni o'qitishda faol foydalanilmoqda. San'atshunoslik fanlari nomzodi L.A.Molchanovaning ta'rifiga ko'ra «San'atdagi innovatsiya — bu tadqiqot, ishlanma, yangi yoki takomillashtirilgan badiiy yechim, uni san'atda qo'llash orqali jamoatchilik e'tirofiga intilish natijasi». Demak, bundan anglash mumkinki, san'at sohasining biror yo'nalishida yaratilgan asarlarda ta'limda joriy bo'lgan, natijakorligi bilan faollik darajasi oshgan biror innovatsiyaning aks ettirilishi va uning jamoaga e'tiboriga, tushib e'tirof etilishi desak, mubolag'a emas.

O'quvchilarning rasm chizishga qiziqishini oshirishda intellekt darajasi qobiliyatini aniqlashga qaratilgan turli metodik usullardan, nostandart testlardan foydalanish ham mumkin. Bu kompyuter vositalari orqali amalga oshiriladi. Bunda testli vazifalar faqat so'zlar ifodasi emas, balki animatsiyali lavhalar ko'rinishida bo'ladi. Kompyuter texnologiyalarini qo'llash orqali o'quvchilarda darsni tushunish, ma'lumotlarni tez qabul qilishi ta'minlanadi. Bundan tashqari o'quvchilardagi shaxsiy xislatlarini ham tarbiyalaydigan ijodiy faoliyatlarga jalb qilinadi. Tasvirli badiiy bezaklar ijobiy ruhiy muhitni yaratib, ularda muayyan madaniy-axloqiy xususiyatlar shakllana boshlaydi, dunyoqarashlari kengayadi. Kompyuterdagi axborot almashish tamoyillari an'anaviy darsni tashkil etish bilan birgalikda uni qayta ko'rish imkoniyatlarini ochib beradi.

Ma'lumki, tasviriy san'at o'qitish usullarining evolyutsiyasi kashfiyotlar va ulkan jahon tajribasiga boydir. Masalan, misrliklar rasm chizishga har qanday yondashuvda o'zlarining tasvir qoidalarini o'rnatishga intilishgan, tayoq va qamchilar esa qat'iyatli va mashaqqatli ish uchun turtki bo'lib xizmat qilgan. Yunonlar esa tabiatni birinchi o'ringa qo'yishgan, kompozitsiyalarning matematik yechimi va barcha madaniy izlanishlar uchun asos, birinchi navbatda, inson va tabiatni hisoblashgan. Yana shuni aytish kerakki, yunon o'qituvchilari geometriya va matematikadan ma'lumotsiz haqiqatni tasvirlashda to'liq tajribaga ega bo'lish mumkin emasligini o'rgatishgan. Bu kabilarning barchasi bugungi kundagi innovatsion jarayonlarda mustahkam o'rin egallab

borayotgan innovatsion texnologiyalar, axborot kommunikatsiya vositalarining eng ommabop turlaridan bo'lgan kompyuter vositalaridan foydalanishga poydevor bo'ldi.

Innovatsion texnologiyalar yordamida o'quvchilarga tasviriy san'at asarlarini keng va yaxlit idrok etish uchun imkon beradigan mashg'ulotlarga ko'proq e'tibor qaratiladi. Kompyuterlar orqali tasviriy san'at asarlarini tahlil qilish, muzeylar va galereyalar bo'ylab virtual sayohatlar uyushtirishda har xil ovozli matnlar, musiqa, animatsion bezaklardan foydalanish bilan real hayotdagidek ko'rish imkoniyatiga erishiladi. Tasviriy san'at, dekorativ san'at, adabiyot, musiqa va umuman olganda, badiiy ijodkorlikda innovatsion texnologiyalarning o'zaro bog'liqligini amalda sinash o'quvchilarning dars mashg'ulotlarida faol ishtirokini jonlantirishga xizmat qiladi. Ta'limning innovatsion texnologiyalar bilan o'zaro bog'liqligi o'quvchilarning bilim olish va san'atga qiziqishlarini oshiradi. Yangicha ta'lim usullari ta'sirida o'quvchilar keng fikrlash, tasavvur qilish orqali asoslash, amaliyotga tadbiq etish vositasi sifatida munosabatda bo'lish ko'nikmalari rivojlanadi. Bu asosida o'quvchilarning tasviriy san'atga qiziqish hissi shakllanib, mustaqil ijodkorlik tajribasi ham ortadi. Yangi avlod multimedia texnologiyalari bilan faol shug'ullanganda o'quvchilardagi san'at asarlarini idrok qilish tezroq shakllanadi. Tasviriy san'at dars mashg'ulotlarida innovatsion texnologiyalarning faol qo'llanilishi natijasida zamonaviy o'quvchilarning tasavvur qilishi hamda badiiy tarzda his etish holati rivojlanadi. Yangi pedagogik texnologiya nazariyasi g'oyalaridan foydalanish asosida tashkil etilgan tasviriy san'at darslari yuqori malakali mutaxassisni tarbiyalashda yetakchi o'rinni egallaydi. Buni tushunib yetgan ko'plab pedagog-rassomlar tasviriy san'at mashg'ulotlarida innovatsion texnologiyalarni qo'llashda kompyuter vositalaridan unumli foydalanib kelishmoqda. Ular bu vositalar orqali mavzuga oid «mahorat darslari», jahondagi mashhur san'at muzeylariga sayohat, buyuk rassomlar asarlaridan iborat 3D videoroliklar namoyishi, grafik organayzerlar va nostandart testlardan foydalanishadi. Jumladan, O'qituvchilarning shaxsan o'zi kompozitsiya yaratish jarayonini amalda ko'rsatib, amaliy mashg'ulotlarning qiziqarli o'tishiga erishmoqdalar. Shunday qilib, hayotimizdagi yangi shart-sharoitlaridan kelib chiqib, o'quv jarayonida kompyuter vositalari va innovatsion texnologiyalardan foydalanishni axborot hajmining ko'payib ketganligi, jamiyatdagi ilmiy-texnologik rivojlanish bilan izohlash mumkin.

Ta'limga texnologik yondashuv pedagogik jarayonga samarali ta'sir etuvchi omillaridan biridir. Pedagogik innovatsiya — ta'lim jarayoni sifatini oshirish va pedagogik amaliyotni sifat jihatdan yaxshilashni maqsad qiladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, zamonaviy ta'limni kompyuter grafikasi kabi o'quv jarayonida qo'llash imkonini oshiradigan innovatsion texnologiyalarisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Taklif qilinayotgan tasvirni ko'rish bilan birga o'quvchilarning obrazli tasavvuri, fikrlashi, erkin rasm chiza olishiga katta yordam beradi. Bu orqali o'quvchilarda ham nazariy ham amaliy tushunchalar paydo bo'ladi.

REFERENCES

1. 1. Султанов Х.Э. Тасвирий санъат таълимида кластер ёндашуви таълим-тарбия тизимини такомиллаштириш омили /Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar, nazariy va amaliy strategiyalar tadqiqi No 4-sonli respublikasi ko"p tarmoqli, ilmiy konferensiya// 22-dekabr 2022-yil 236- 242 б.

2. Султанов Х.Э. Тасвирий санъат машгулотларида талабаларнинг ижодий кобилиятини ривожлантиришда инновацион технологиялардан фойдаланиш // "Замонавий таълим" илмий-амалий оммабоп журнали, No11, 2016. -59-64 б. 3. 3. Bozorov F. Ijodiy

to"garaklarda yoshlarni tasviriy san"atdan tasvirlash malaka va ko"nikmalarni shakllantirish metodikasi// "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) August 2022 / Volume 3 Issue - 8 pages - 130-137.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.