Научная статья на тему 'TASVIRIY SA’NAT DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI'

TASVIRIY SA’NAT DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
181
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsion texnologiyalar / kompyuter texnologiyalari / ta’lim / o‘quvchi / o‘qituvchi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Darmenov Janjayxan Abuovich, Qalbaev Erbol Saparbaevich

Ta’lim muassasalarida tasviriy sa’nat darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ahamiyati, o‘quvchilarning bilim olishiga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalardan foydalanishga o‘rgatish, tasviriy san’at darslarida kompyuter texnologiyalari va ko‘rgazmali qurollardan foydalanish haqida so‘z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TASVIRIY SA’NAT DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI»

"Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali №17

TASVIRIY SA'NAT DARSLARIDA ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AHAMIYATI

Darmenov Janjayxan Abuovich

Ajiniyoz nomidagi NDPI docenti Qalbaev Erbol Saparbaevich

Ajiniyoz nomidagi NDPI magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7546815

Annotatsiya: Ta'lim muassasalarida tasviriy sa'nat darslarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish ahamiyati, o'quvchilarning bilim olishiga yo'naltirilgan innovatsion texnologiyalardan foydalanishga o'rgatish, tasviriy san'at darslarida kompyuter texnologiyalari va ko'rgazmali qurollardan foydalanish haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsion texnologiyalar, kompyuter texnologiyalari, ta'lim, o'quvchi, o'qituvchi.

Bugungi kunda mamlakatimiz maktablari uchun innovatsion texnologiya asosida tayyorlanadigan dastur, darslik va o'quv-metodik qo'llanmalariga qo'yiladigan talablar va ularning ilmiy-pedagogik asoslari xususida qator pedagogik qo'llanmalar yaratildi. Ilm-fan, texnika taraqqiyoti va jamiyatimiz hayotiga yuz bergan tub yangilanishlar, shuningdek o'quv axborotlarining muttasil ravishda ortib borayotganligi ta'lim jarayoniga yangicha munosabatda bo'lishni taqazo etmoqda. Hech bir fan tasviriy san'at va chizmachilik fanidek o'quvchilarning tasawur hamda tafakkur qilish qobiliyatini o'stira olmaydi. Chizmachilik fani o'quvchilarning fazoviy tasavvurini oshirib boradi, barcha konsruktor va muhandislar o'z g'oyalarini faqat chizmalardan foydalanadi. Hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda faqat kitob orqali bilim berishning o'zi kamlik qiladi shu bois chizmachilik fani bilan qatorda kompyuter texnologiyalardan foydalanish va ko'rgazmali qurollardan foydalanish zarur.

Bugungi kunga kelib ta'lim tizimi katta rivojlanish yo'lini bosib o'tmoqda. Innovatsiya (inglizcha) -yangilik kiritish, yangilik, o'zgartirish asosan bu ibora ilm fan va texnika bilan bog'langan. Innovatsiya - texnikaga doir kiritilgan yangilik, texnologiyalar, ilm-fanning yutuqlari va yuqori tajribalarni tatbiq etish, maorif tizimida ta'lim berish sifatini, effektini oshirish, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritishdir. Innovatsion texnologiyalar yangiliklarni hayotga joriy etish metod va vositalar hisoblanadi. Mavjud g'oya va gipotezalarni yangilash orqali pedagogik texnologiyalarni qayta qurish jarayoni. Ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni kiritish orqali o'qituvchi o'zini yangi yaratilayotgan

oggo-- O • ---oggo

xP ^^T^C Qy ^^ • Cy

<fm> LÖ3

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

sharoitga tayyorlashi kerak bo'ladi. ozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishiga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi.

Ta'lim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim tajriba va interaktiv metodlar o'quvchilarning bilimli, yetuk, malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi.

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu jamoa bo'lib flkrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat o'quvchining birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

- O'qituvchi -o'quvchining dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil flkrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- O'quvchi-o'quvchilarni o6quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

- O'quvchi-o'quvchining bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish.

- Pedagog va o'quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Zamonaviy ta'lim texnolgiyalarini tashkil etishda qo'yiladigan muhim

talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdan iboratdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchilarga yetkazib berish, ulardan ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, ular faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma, hamda malakalar darajasini baholash o'quvchilardan amaliy mashg'ulotga qiziqishini uyg'otish, o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat,

Talqin va tadqiqotlar" ilmiy-uslubiy jurnali

№17

hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Masalan, quyidagi interfaol metodlarni misol qilish mumkin:

- "Qarorlar shajarasi" metodi

-"Yozma bahs" metodi

-"Klaster" metodi

-"Charxpalak' ' metodi.

-"Men JIF (jamoada ijodiy faoliyat) metodi

Inter faol usullar orqali ta'lim samaradorligi oshadi, o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida o'zaro hamkorlik o'quvchilarda erkin ijodiy fikrlash ko'nikmalari rivojlanadi va shakllanadi.Bu innovatsion yondashuvda o'quvchi shaxsi ta'limda markaziy figuraga aylanadi.

Fovdalanilgan adabiyotlar:

1. R. Hasanov. Maktabda tasviriy san'atni o'qitish metodikasi. T., 2004

2. В. Oripov. Tasviriy san'at va uni o'qitish metodikasi. T., 2005.

3. R. Hasanov. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasidan amaliy mashg'ulotlar. 2-qism. T., 2006.

4. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. Ta'lim muassasalari pedagog-o'qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar. Toshkent: 2008y.

CMS

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.