Научная статья на тему 'CHIZMACHILIK DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

CHIZMACHILIK DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
333
89
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Chizmachilik / innovatsion pedagogik texnologiyalar / kompyuter texnologiyalari / drawing / innovative pedagogical technologies / computer technologies

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nodira Yahyoyevna Yunusova, Madina Abdimurotovna Beknazarova

Ta’lim muassasalarida talabalarni mustaqil bilim olishiga yo’naltirilgan innovatsion texnologiyalardan foydalanishga o’rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. Chizmachilik darslarida kompyuter texnologiyalari va ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda ta’lim jarayonini tashkil qilish, ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN DRAWING LESSONS

In educational institutions it is necessary to teach students the use of innovative technologies aimed at independent acquisition of knowledge, and constantly increase their activity. The organization of the educational process using computer technology and visual aids in drawing lessons has a positive impact on the effectiveness of learning.

Текст научной работы на тему «CHIZMACHILIK DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 4 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

CHIZMACHILIK DARSLARIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH

Nodira Yahyoyevna Yunusova Madina Abdimurotovna Beknazarova

Qarshi davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti Muhandislik grafikasi va dizayn

nazariyasi yo'nalishi 1-kurs magistrantlari

ANNONTATSIYA

Ta'lim muassasalarida talabalarni mustaqil bilim olishiga yo'naltirilgan innovatsion texnologiyalardan foydalanishga o'rgatish va doimiy ravishda faolligini oshirib borish lozim. Chizmachilik darslarida kompyuter texnologiyalari va ko'rgazmali qurollardan foydalangan holda ta'lim jarayonini tashkil qilish, ta'lim samaradorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

Kalit so'zlar: Chizmachilik, innovatsion pedagogik texnologiyalar, kompyuter texnologiyalari

THE USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN DRAWING LESSONS

ABSTRACT

In educational institutions it is necessary to teach students the use of innovative technologies aimed at independent acquisition of knowledge, and constantly increase their activity. The organization of the educational process using computer technology and visual aids in drawing lessons has a positive impact on the effectiveness of learning.

Keywords: drawing, innovative pedagogical technologies, computer technologies;

KIRISH

Ilm-fan, texnika taraqqiyoti va jamiyatimiz hayotiga yuz bergan tub yangilanishlar, shuningdek o'quv axborotlarining mutassil ravishda ortib borayotganligi ta'lim jarayoniga yangicha munosabatda bo'lishni taqazo etmoqda. Hech bir fan chizmachilik fanidek o'quvchilarning tasavvur hamda tafakkur qilish qobiliyatini o'stira olmaydi. Chizmachilik fani o'quvchilarning fazoviy tasavvurini oshirib boradi, barcha konsruktor va muhandislar o'z g'oyalarini faqat chizmalardan foydalanadi. Hozirgi rivojlanib borayotgan zamonda faqat kitob orqali bilim be rishning o'zi kamlik qiladi shu bois chizmachilik fani bilan qatorda kompyuter texnologiyalardan foydalanish va ko'rgazmali qurollardan foydalanish zarur.

ASOSIY QISM

256

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Bugungi kunga kelib ta'lim tizimi katta rivojlanish yo'lini bosib o'tmoqda. Innovatsiya (inglizcha) -yangilik kiritish, yangilik, o'zgartirish asosan bu ibora ilm- fan va texnika bilan bog'langan.

Innovatsiya - texnikaga doir kiritilgan yangilik, texnologiyalar, ilm-fanning yutuqlari va yuqori tajribalarni tatbiq etish, maorif tizimida ta'lim berish sifatini, effektini oshirish, o'quv jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni kiritishdir. Innovatsion texnologiyalar yangiliklarni hayotga joriy etish metod va vositalar hisoblanadi. Mavjud g'oya va gipotezalarni yangilash orqali pedagogik texnologiyalarni qayta qurish jarayoni.

Ta'lim-tarbiya jarayoniga innovatsion texnologiyalarni kiritish orqali o'qituvchi o'zini yangi yaratilayotgan sharoitga tayyorlashi kerak bo'ladi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalari o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan kunga kuchayib bormoqda, bunday bo'lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha an'anaviy ta'limda o'quvchi - talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishiga, mustaqil o'rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarini ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanish, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik funksiyasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi-talaba asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun oliy o'quv yurtlari va fakultetlarida malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o'qitish metodlari interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim tajriba va interaktiv metodlar o'quvchi -talabalarning bilimli, yetuk, malakaga ega bo'lishlarini ta'minlaydi. {1}

Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o'zgartirishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar bu jamoa bo'lib flkrlash deb yuritiladi, ya'ni pedagogik ta'sir etish usullari bo'lib, ta'lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat o'quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi.

Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

- O'qituvchi -talabaning dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil flkrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- O'quvchi-talabalarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini ta'minlashi;

- O'quvchi-talabaning bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirish.

- Pedagog va o'quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

Zamonaviy ta'lim texnolgiyalarini tashkil etishda qo'yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdan iboratdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o'quvchi -talabalarga yetkazib berish, ulardan ma'lum faoliyat yuzasidan ko'nikma va malakalarini hosil qilish, shuningdek, ular faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko'nikma, hamda malakalar darajasini baholash o'quvchi -talabalardan amaliy mashg'ulotga qiziqishini uyg'otish, o'qituvchidan yuksak pedagogik mahorat, hamda ta'lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.

Masalan, quyidagi interfaol metodlarni misol qilish mumkin: - "Qarorlar shajarasi'' metodi -"Yozma bahs'' metodi

-"Klaster'' (" Fikrlash kengligi shajarasi) metodi

-"Charxpalak'' metodi.

-"Men JIF (jamoada ijodiy faoliyat) metodi

Inter faol usullar orqali ta'lim samaradorligi oshadi, o'qituvchi va talaba o'rtasida o'zaro hamkorlik talabalarda erkin ijodiy fikrlash ko'nikmalari rivojlanadi va shakllanadi.Bu innovatsion yondashuvda talaba shaxsi ta'limda markaziy figuraga aylanadi.

O'qitishda noan'anaviy shakllar interfaol usullarni uch guruhga ajratish mumkin. O'qitishda hamkorlik, modellashtirish o'rganishning tadqiqot modeli.

Foydalanilgan adabiyotlar (REFERENCES

1. I.B.Kamolov." Vocational education of jewelry art students: theoretical foundations" Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities. ISSN 2749-0866Vol.2 Issue 1.5 Pedagogical sciences.

2. IB Kamolov. Some Stages Associated with Artistic and Creative Activity of Future Jeweler - Eastern European Scientific Journal, 2017.

3. И.Б.Камолов. "Основние фактори творчества у студентов" - Наука и Мир, 2019

{2}

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

4. И.Б.Камолов "Особенности развития творческих способностей студентов в процессе профессионального образования" Молодой ученый, 2020

5. ИБ Камолов. К вопросу о психолого-педагогических условиях профессионалной подготовки мастера-ювелира при изучении основ композитсии -Молодой учений, 2015

6. E.LRo'ziyev,A.O.AsЫrboyev "MuhandisHk grafikasini o'qitish metodikasi" Toshkent-2010

7. I.Rahmonov, A.Valiyev, B.Valiyeva, S.Saydaliyev, F.Rasulov, D.Dadaboyeva, S.Mardov "Chizmachilikni o'qitishda pedagogik texnologiyalar'Toshkent -2012

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.