Научная статья на тему 'RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA TALABALAR MUSTAQIL TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI'

RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA TALABALAR MUSTAQIL TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
8
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mustaqil ta’lim / talabalar mustaqil tayyorgarligi / motivatsiya / mediaresurs

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Umarova Zaxro Abduraxim Qizi

Mazkur maqolada talabalar nustaqil tayyorgarligini rivojlantirish masalasi atroflicha yoritilib, mustaqil ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va talabalar motivatsiyasini oshirishning ilmiy – innovatsion yechimi sifatida mediaresurslardan foydalanish taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TA’LIM SHAROITIDA TALABALAR MUSTAQIL TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI»

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

RAQAMLI TA'LIM SHAROITIDA TALABALAR MUSTAQIL TAYYORGARLIGINI RIVOJLANTIRISHNING PSIXOLOGIK ASPEKTLARI Umarova Zaxro Abduraxim qizi

Toshkent davlat pedagogik universiteti Matematika va ta'limda axborot texnologiyalari kafedrasi dotsent v.b., pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD) https://doi.org/10.5281/zenodo.10159369

Annotatsiya. Mazkur maqolada talabalar nustaqil tayyorgarligini rivojlantirish masalasi atroflicha yoritilib, mustaqil ta'lim jarayonini samarali tashkil etish va talabalar motivatsiyasini oshirishning ilmiy - innovatsion yechimi sifatida mediaresurslardan foydalanish taklif etilgan.

Kalit so'zlar: mustaqil ta'lim, talabalar mustaqil tayyorgarligi, motivatsiya, mediaresurs

Abstract. In this article, the issue of developing self-preparation of students was covered in detail, and it was proposed to use media resources as a scientific - innovative solution to effectively organize the process independent education and increase student motivation.

Keywords: independent education, student self-preparation, motivation, media resource

Аннотация. В данной статье подробно освещен вопрос развития самостоятельной подготовки студентов, предложено использовать медиаресурсы как научно-инновационное решение для эффективной организации самостоятельного образовательного процесса и повышения мотивации студентов.

Ключевые слова: самообразования, самоподготовка студентов, мотивация, медиаресурс

Kirish. "Ma'lumki, yosh avlod tarbiyasi hamma zamonlarda ham muhim va dolzarb ahamiyatga ega bo'lib kelgan. Ammo biz yashayotgan XXI asrda bu masala haqiqatan ham hayot-mamot masalasiga aylanib bormoqda" [1]. Bo'lajak mutaxassislarni tayyorlashda va o'quv jarayoni sifatini oshirishda talabalarning ijodiy faoliyat yuritishi va ularning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirishga imkon beradigan mustaqil ta'lim jarayoni alohida o'rin tutadi.

Ayniqsa, bugungi kunda raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi natijasida mehnat bozoridagi bo'lajak kadrlarga qo'yilayotgan zamonaviy talablar va ayrim kasb turlarining yo'qolib borishi va yangilarining vujudga kelishi, natijada esa kadrlarning o'z kasbini o'zgartirishga bo'lgan ehtiyojni talab etmoqda.

McKinsey Global Institute tadqiqoti hammuallifi Syuzen Landning ta'kidlashicha, "avvallari insonlar hayotining ilk 20 yilida ta'lim olib, keyingi 40-50 yilida o'qigan kasbi bo'yicha ishlagan bo'lsa, endilikda bu model biz yashayotgan davrga umuman to'g'ri kelmaydi. Bugungi kun talabiga ko'ra, inson butun umri va karyerasi davomida doimiy o'qib - o'rganishi zarur".

Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, oliy ta'lim muassasalari oldida turgan asosiy vazifa bo'lajak kadrlarni o'zgaruvchan davrga tez moslasha oladigan va yangi bilimlar va ko'nikmalarni tez o'rgana oladigan kadr qilib tayyorlash hisoblanadi. Mazkur jarayonni mustaqil ta'limsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Sababi, samarali tashkil etilgan mustaqil ta'lim bu - "umr bo'yi ta'lim olish" konsepsiyasining asosi hisoblanadi.

Shu o'rinda, insonlar, xususan talabalarimiz mustaqil ta'limga, ya'ni mustaqil ravishda yangi sohalarni o'qib-o'rganishga, yangidan-yangi bilim va ko'nikmalarni egallashga tayyormi degan savol tug'iladi.

Afsuski, yo'q, barchasini tayyor deb ayta olmaymiz. Ayrim talabalar o'z mustaqil ta'limini samarali tashkil etish va boshqarish usullarini bilmasa, ayrimlariga mazkur jarayonda shaxsiy motivatsiya yetishmaydi.

Mazkur muammolar tadqiqot ishimizning bugungi kunda naqadar dolzarb ekanligini asoslab beradi.

Tahlil va natijalar: Oliy ta'lim jarayonida talabalarning mustaqil ta'limini samarali tashkil etish bevosita talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishga, ularning mustaqil ishlash va mustaqil o'rganish ko'nikmalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

"RAQOBATBARDOSH KADRLAR TAYYORLASHDA FAN - TA'LIM - ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI" MAVZUSIDAGI XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA 2023-yil 22-noyabr

Raqamli ta'lim sharoitida talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishda uning psixologik aspektlariga alohida ahamiyat berish talab etiladi. Sababi, uning asosida talabalarning motivatsiyasi yotadi.

So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, eng yaxshi natijalar nafaqat yuqori akademik ko'rsatkichlarga erishishga intiladigan, balki o'zlari o'qiyotgan fanlarga chinakam ishtiyoqi baland va qiziqadigan talabalar tomonidan ko'rsatiladi.

Inson o'zi uchun qiziq bo'lgan va o'ziga jalb etadigan ma'lumotlarni yaxshiroq qabul qiladi[4]. Shunday ekan, o'quv jarayonini faqatgina zerikarli matnlarni o'qish bilan emas, balki turli ko'rinishdagi, xususan, podkast, caption video, longread, infografika kabi mediaresurslar orqali tashkil etilishi nafaqat ma'lumotni oson qabul qilinishi va o'zlashtirilishi, balki uni ishtiyoq bilan o'rganishni ta'minlaydi. Demak, mediaresurslar vositasida ishtiyoq bilan qabul qilingan o'quv axboroti uni o'zlashtirish, tushunish jarayonini oson kechishiga olib keladi.

Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatdiki, media resurslar o'quv jarayonini ko'rgazmali materiallar bilan boyitish, talabalarning mustaqil bilim olishi samaradorligini oshirishga xizmat qiladi[2]. Bu esa o'z navbatida, talabalarning yakuniy natijadan zavqlanish va mamnuniyat hissi orqali davom etishga undovchi kuch - motivatsiyani yanada oshishiga olib keladi.

Sababi, motivatsiya insonning hissiy - psixologik holati bo'lib, inson har qanday harakatni amalga oshirishdan oldin, uning miyasi birinchi navbatda kutilayotgan natijani bashorat qiladi. Harakatni bajarib bo'lgach, haqiqiy yakuniy natija bilan bashorat qilingan kutilgan natijani solishtiradi. Agar kutilgan natija va yakuniy natija o'zaro mos kelsa, miya baxtiyorlik hissini uyg'otuvchi neyrotransmitter - ya'ni dofaminni ishlab chiqaradi. Bir so'z bilan aytganda, miya xato qilmasa, xursand bo'ladi va mamnuniyat hissi orqali insonda davom etish uchun yangi undovchi kuch - motivatsiya paydo bo'ladi.

Maqsadga erishish nazariyasiga ko'ra, yuqori maqsadlarga ega bo'lgan talabalar faol ravishda ustunlikka intiladilar, o'zlarini tengdoshlaridan pastroq ko'rinmasliklari uchun faol ishlaydilar[3].

Xulosa. Xulosa qilib aytganda, talabalar mustaqil tayyorgarligini rivojlantirishda motivatsiya muhim rol o'ynaydi. Motivatsiya talabani murakkab bo'lgan mustaqil ta'lim jarayonida faol ishtirok etish, maqsad sari intilish va albatta davom etishga undovchi kuch bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. SH.M.Mirziyoyev Jismoniy va ma'naviy yetuk yoshlar - ezgu maqsadlarimizga yetishda tayanchimiz va suyanchimizdir: http://www.uza.uz

2. Z.A.Umarova Effectiveness of organizing students' self-education with the facilities of media resources in educational media environment // Revista geintec-gestao inovacao e tecnologias Vol. 11, Issue 2, 2021. 756-764 p.

3. А.Вигфилд, Дж. Экклз. Теория ожидаемой ценности мотивации достижения // Современная педагогическая психология, 2000. 25 (1), стр. 68-81.

4. N.A.Muslimov, Z.A.Umarova The role of media resources in the process of self-education // International Journal Papier Public Review. Vol. 2, Issue 1. 2021. 49-53 p.

5. З.А.Умарова Эффективность организации самообразования в электронной образовательной медиа среде // International conference on Language and Literature Proceeding. 2022, 44-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.