Научная статья на тему 'RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA OLIY TEXNIK TA’LIM TALABALARIDA AXBOROT RAQAMLI KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH'

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA OLIY TEXNIK TA’LIM TALABALARIDA AXBOROT RAQAMLI KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli texnologiya / raqamli kompetentsiya / xorijiy tajriba / amaliy ahamiyat / iqtisod / pedagogik mahorat / ta’lim / tarbiya / rivojlanish / axborot kommunikatsion texnologiyalar / virtual dunyo / rivojlanish / globallashuv / motivatsiya / integratsiya / natija / tajriba. / digital technologies / digital competence / foreign experience / practical significance / economics / pedagogical skills / education / upbringing / development / information and communication technologies / virtual world / development / globalization / motivation / integration / result / experience

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich, Akmalov Kamoliddin Kodirovich, Madraximova Muyassarxon Boqijonovna

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar muhitida talabalarni raqamli kompetentsiyalarini oshirish usullari va mazmuni, samarali vositalar hususida fikr yuritilgan. O‘qituvchini yangi raqamli kompetensiyalariga qanday bo‘lishi jahon pedagogikasi misolida bayon qilingan. Raqamlashtirish kompyuterlashtirishni joriy qilinishi, hayotni va jamiyatni barcha sohalariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Oliy ta’limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF INFORMATION DIGITAL COMPETENCE IN HIGHER TECHNICAL EDUCATION STUDENTS IN A DIGITAL EDUCATIONAL ENVIRONMENT

This article discusses the ways and content of improving students’ digital competencies in the digital technology environment, as well as effective tools. How to equip teachers with new digital competencies is described using the example of global pedagogy. Digitalization and the introduction of computerization affects all spheres of life and society. The importance of digital technologies in higher education and the requirements for their rational and effective use are presented.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA OLIY TEXNIK TA’LIM TALABALARIDA AXBOROT RAQAMLI KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH»

UDK. 371, 37.013.83,37.015.3

RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA OLIY TEXNIK TA'LIM TALABALARIDA AXBOROT RAQAMLI KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich Namangan muhandislik qurilish instituti e-mail: mnosirion07@gmail.com

Akmalov Kamoliddin Kodirovich o'qituvchi Namangan muhandislik qurilish instituti

Madraximova Muyassarxon Boqijonovna o'qituvchi Namangan muhandislik qurilish instituti e-mail: muyassarxonmadraximova84@gmail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar muhitida talabalarni raqamli kompetentsiyalarini oshirish usullari va mazmuni, samarali vositalar hususida fikr yuritilgan. O'qituvchini yangi raqamli kompetensiyalariga qanday bo'lishi jahon pedagogikasi misolida bayon qilingan. Raqamlashtirish kompyuterlashtirishni joriy qilinishi, hayotni va jamiyatni barcha sohalariga ham o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Oliy ta'limda raqamli texnologiyalar ahamiyati, ulardan oqilona va samarali foydalanish talablari keltirilgan.

Аннотация. В данной статье рассматриваются пути и содержание совершенствования цифровых компетенций студентов в среде цифровых технологий, а также эффективные инструменты. Как вооружить учителя новыми цифровыми компетенциями, рассказано на примере мировой педагогики. Цифровизация, внедрение компьютеризации затрагивает все сферы жизни и общества. Представлено значение цифровых технологий в высшем образовании, требования к их рациональному и эффективному использованию.

Annotation. This article discusses the ways and content of improving students' digital competencies in the digital technology environment, as well as effective tools. How to equip teachers with new digital competencies is described using the example of global pedagogy. Digitalization and the introduction of computerization affects all spheres of life and society. The importance of digital technologies in higher education and the requirements for their rational and effective use are presented.

Kalit so'zlar. raqamli texnologiya, raqamli kompetentsiya, xorijiy tajriba, amaliy ahamiyat, iqtisod, pedagogik mahorat, ta'lim, tarbiya, rivojlanish, axborot kommunikatsion texnologiyalar, virtual dunyo, rivojlanish, globallashuv, motivatsiya, integratsiya, natija, tajriba.

Ключевые слова. цифровые технологии, цифровая компетентность, зарубежный опыт, практическая значимость, экономика, педагогическое мастерство, образование, воспитание, развитие, информационно-коммуникационные технологии, виртуальный мир, развитие, глобализация, мотивация, интеграция, результат, опыт

Key words. digital technologies, digital competence, foreign experience, practical significance, economics, pedagogical skills, education, upbringing, development, information and communication technologies, virtual world, development, globalization, motivation, integration, result, experience

Bugungi zamonaviy oliy ta'limda raqamli texnologiyalardan oqilona foydalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda va bu ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi eng samarali yondashuv sifatida baholanmoqda. Buning uchun oliy ta'lim talabalarini raqamli texnologiyalari

imkoniyatlaridan ham samarali foydalanish kompetentligini shakllantirish ustuvorlik kasb etmoqda. Shunday ekan, ptalabalarning axborot kompetentligini rivojlantirishda ularning raqamli texnologiyalardan foydalanish, ta'limga ularni keng joriy etish dolzarb vazifalardan biridir. Talabalarning axborot kompetentligini oshirishni ta'minlashda, ularning kompyuter, internet, kommunikatsiya va boshqa axborot vositalarini foydalanishida ko'rsatilishi kerak bo'lgan qulayliklar va ko'rsatkichlar kengaytirilishi kerak. Bundan tashqari, talabalarning axborot kompetentligini oshirish uchun, ularning juda muhim. bo'lgan ma'lumotlarga yo'naltirilishi, xabar sifatini tahlil qilish va odamlar orasida faol axborot almashish bilan bog'liq xususiyatlarini o'rganish katta ahamiyat kasb etadi. Bu mavzuda chuqur tahlil va rivojlantirish tajriba to'plash uchun talabalarning muayyan platformalarda faol ishtirok etishi lozimligi talab etiladi .

Malakali kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri-bu ta'lim sifati va samaradorligini oshirishdir. Ta'lim sifati va samaradorligini oshirish va kasbiy ijodiyotni rivojlantirishda zamonaviy ta'lim usullari, ta'lim shakllari, vositalari, o'yin texnikasi, muammoli ta'lim, ayniqsa, mustaqil ta'limning noan'anaviy jihatlari, usullari muhim rol o'ynaydi. Hozirgi kunda ta'lim oluvchilarni "o'qitish" jarayoni emas, balki "ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish" jarayonida bilim, ko'nikma, malaka va ko'nikmalarni takomillashtirish ijobiy ta'sir ko'rsatishi isbotlangan. O'yin texnikasidan foydalanib tashkil qilingan dars jarayonlaridan yaxshi natijalar olish mumkin. Bunday jarayonda ta'lim oluvchida dars jarayonida bilimlar, topshiriq va vazifalarni eslab qolishadi. Dars jarayonida raqamli axborot texnologiyalardan foydalanish bu birdan - bir maqsad emas, balki yoshlar dunyosiga kirib borishning ya'na bir usulidir, to'laroq axborot berishning qo'shimcha usulidir, o'qituvchi ta'lim berishining-boshqaruvchi, yo'naltiruvchi, amaliy ko'nikmalarni shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi, yoshlarning bilim olishining ilg'or usulidir, yoshlarning individual bilim olishi faolligi doirasini, dunyoqarashini kengaytirishning ya'na bir usulidir. Hozirgi davrda ilmiy fikrlash va ilmiy texnika progressi keskin va intensiv ro'y bermoqda. Shundan kelib chiqqan holda raqamli texnologiyalar davrdagi o'qituvchi professor-o'qituvchilar ya'ni murabbiylar zamon bilan hamnafas bo'lishlari shart va zarurdir. Raqamli axborot texnologiyalari bo'yicha pedagogning kasbiy mahorati quyidagilarni o'z ichiga oladi:

a) ta'lim tizimining global axborot jarayonlariga jalb qilinishi to'g'risida xabardorlik;

b) deyarli cheksiz miqdordagi ma'lumotlarga va ushbu ma'lumotlarni tahliliy qayta ishlashga samarali kirish usullarini o'zlashtirishga tayyorlik;

d) innovatsion pedagogik natijalarni olish uchun zamonaviy axborot muhitida pedagogik g'oyalarni shakllantirishga imkon beradigan shaxsiy ijodiy fazilatlarni shakllantirish va rivojlantirishga intilish, shuningdek, o'ziga xos axborot muhitini yaratish;

e) ilmiy va ijtimoiy tajribani birgalikda rivojlantirishga, axborotning o'zaro ta'sirining barcha subektlari bilan birgalikda aks ettirish va o'z-o'zini aks ettirishga tayyorligi;

f) ma'lumotlarni olish, tanlash, saqlash, takrorlash, taqdim etish, uzatish va integratsiya qilish ma'daniyatini o'zlashtirish;

g) doimiy o'zgarib turadigan axborot jamiyatida, uzluksiz ta'lim sharoitida kasbiy o'sishning muhim yo'nalishi sifatida zamonaviy interfaol telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishga tayyorlik;

h) axborot va ta'lim muhitini modellashtirish va loyihalashtirish va o'z kasbiy faoliyati natijalarinibashorat qilish qobiliyati.

Dars jarayonida raqamli axborot texnologiyalaridan foydalanish o'qituvchi va talabalarga, interaktiv o'quv qo'llanmalari bilan bog'liq bo'lgan yangidan - yangi o'ziga xos qulayliklar yaratadi. Kompyuterni boshqa zamonaviy raqamli o'qitish vositalari proyektor, elektron doska, smart panellar bilan bo'glashi, ko'rgazmali qurollardan foydalanib ma'lumot berish xajmini oshiradi va bu bilan o'qituvchi uchun dars vaqtidan unumli foydalanishga imkoniyat yaratadi.

Dars jarayonida kompyuter texnologiyasi elementlarini ko'proq qo'llash, o'quv jarayonini xilma-xilligini oshirishga yordam berib, talabalarni - tinglovchilarni zerikishdan qutqaradi, ta'lim berishni sifat jihatdan yangi, yuqori bosqichlarga ko'taradi, benuqson o'quv darsliklaribilan ta'minlashga erishiladi, shaxs rivojlanishiga yordam beradi, talaba va o'qituvchining ijodiy potensiali va bilish faolligini shakllantiradi ularda o'qishga, hayotga bo'lgan qiziqishini orttiradi. Bugungi kunda talabalarni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash vazifasi asosiy maqsadlardan biri qilib qo' yilgan.

Ushbu masalani hal etilishi ko'p jihatdan o'qitishning interfaol usullarini qo'llashga ham bog'liq. Bunday usullar hamkorlikda ishlashni talab etib auditoriyadagi barchani qamrab olishga qaratilagn. Interfaol o'qitishning mohiyati o'quv jarayonini shunday tashkil etadiki, unda barcha talabalar bilish jarayoniga jalb qilingan bo'lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish imkoniyatlariga ega bo'ladilar.

Interfaol usuldan foydalanib o'qitishni tashkilotchilari uchun, sof o'quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:

^ guruhdagi talabalarning o'zaro muloqotlari jarayonida, boshqalarning qobilyatlarini tushunib yetish;

^ boshqalar bilan o'zaro muloqotda bo'lish va ularning yordamiga muhtojlik zaruratining shakllanishi;

^ talabalarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.

Shuning uchun interfaol usullardan foydalanib o'qitish guruhlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko'rsatish uchun zarur bo'lgan ikkita asosiy funksiyalaramalga oshirilishi lozim: ^ o'qitishning pragmatik jihati qo'yilgan o'quv masalasini hal qilishningshartligi; ^ tarbiyaviy masalalarni yechish (hamkorlikdagi ish jarayonida guruh a'zolariga yordam ko'rsatish, hulq-atvor normalarini shakllantirish).

Xulosa qilib aytish lozimki shaxsga ta'lim va tarbiya berishda nafaqat ta'lim oluvchiga ta'limning yo'naltirilishi, balki o'qituvchining pedagogik faoliyatga psixologik tayyorligi muhimdir. Bunday hollarda o'qituvchining kasbiy kompetentlik darajasiga alohida e'tibor qaratishni talab etadi. Ta'lim tizimida kompetentli yondoshuv ta'lim islohatlarining konseptual asoslari sifatida qabul qilinishi, ta'lim tizimiga kompetentli yondoshuvning joriy etilishi ta'lim maqsadi, mazmuni, o'qitish.

ADABIYOTLAR

l.Ozoda Abdullayeva, Nosirjon Mallaboyev Process of student self-education and its design. Vol 27 No 2 (2018): Scientific Journal of Polonia University

2. Mallaboyev N., Imamnazarov E., Abdullayeva N, Perspektivi proizvodstva produktov pitaniya. //"Ekonomika i sotsium" №5(48) 2018. S. 770-773

3.Mallaboyev N., Shokirov D.Rol standarta v proizvodstve kachestvennix i bezopasnix produktov//Ekonomika i sotsium. -Moskva, 2018.-№ 5(48) S. 773-775.

4.Mamurova Feruza Tojimatovna, Abdullayeva Nozima Khoshimovna, Mallaboyev Nosirjon. Using the "assessment" method in assessing students' knowledge. //Theoretical & applied science. nomer: 11(79) god: 2019 stranitsi:80-83.

5.N.M. Mallaboev, I.A.Xolmirzaev; Joint educational educational work of the teacher and student and methods of improving the quality of education// Ekonomika i sotsium.-Moskva, 2019.-№ 6(61) S. 48-53

6. Abdullaeva N, Mamurova F, Mallaboev N. Efficiency of experimental preparation use multimedia to enlarge some questions //Экономика и социум-Москва, 2018.-№ 5(48) С. 11-13.

7. Nosirjon Mallaboyev.Using the «assessment» method in assessing students' knowledge. //International Scientific Journal ISJ Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA issue 11, volume 79 published November 30, 2019.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.