Научная статья на тему 'LABORATORIYA DARSLARIDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI VA AHAMIYATI.'

LABORATORIYA DARSLARIDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI VA AHAMIYATI. Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
8
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
laboratoriya / didaktika / raqamli didaktika / interfaol metod / multimedia

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursinboyeva Halima Otabekovna

Mazkur maqolada laboratoriya mashg‘ulotlarida yoshlarga zamonaviy ta’lim berishda raqamli ta’lim texnologiyasidan foydalanishning o‘rni va uning ahamiyati mazmuni va mohiyati yoritilgan. Undan tashqari laboratoriya mashg’ulotlarida raqamli ta'lim manbalari, multimedia taqdimotlari, internet manbalari, elektron entsiklopediyalar, didaktik materiallar va video va audio materiallarni o‘rni va vazifalari keltirilgan .

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «LABORATORIYA DARSLARIDA RAQAMLI TA’LIM TEXNOLOGIYASINING O‘RNI VA AHAMIYATI.»

LABORATORIYA DARSLARIDA RAQAMLI TA'LIM TEXNOLOGIYASINING

O'RNI VA AHAMIYATI.

Tursinboyeva Halima Otabekovna

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti 1-bosqich

tayanch daktaranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10981234

Annatotsiya. Mazkur maqolada laboratoriya mashg'ulotlarida yoshlarga zamonaviy ta'lim berishda raqamli ta'lim texnologiyasidan foydalanishning o 'rni va uning ahamiyati mazmuni va mohiyati yoritilgan. Undan tashqari laboratoriya mashg'ulotlarida raqamli ta'lim manbalari, multimedia taqdimotlari, internet manbalari, elektron entsiklopediyalar, didaktik materiallar va video va audio materiallarni o'rni va vazifalari keltirilgan .

Kalit so 'zlar: laboratoriya, didaktika, raqamli didaktika, interfaol metod, multimedia

Butun dunyoda hozir katta e'tibor ostida turgan tushunchalar bular "raqamli savodxonlik, "raqamli ta'lim", "raqamli ta'lim muhiti", "raqamli didaktika" bo'lib hisoblanadi. Hozirgi vaqtda raqamlashtirish inson faoliyatining barcha sohalarini ishonch bilan tezkor egallab bormoqda. Jamiyat oldida endi ana shu raqamli kasbiy kompetensiyalarga ega bo'lgan mutaxassislarni tarbiyalash vazifasi turibdi. Bugun dunyoda yoshlarga zamonaviy ta'lim berish va bu orqali mamlakat barqaror rivojini ta'minlash asosiy muammolardan biriga aylandi. Shiddat bilan rivojlanish kechayotgan hozirgi davrda axborot olish va undan to'g'ri foydalanishni o'rganish yoshlar oldidagi asosiy maqsadga aylangani ayni haqiqat.

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev ta'kidlaganidek, "Taraqqiyotga erishish uchun raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo'lidan borish imkoniyatini beradi. Davlat xizmatlarini yo'lga quyib butun aholiga raqamli ta'lim berish ularda raqamli murojat ko'nikmalarini, telefon va kompyuterlardan foydalanish ko'nikmalarini shakllantirish yo'lga qo'yilmoqda.

Axborot texnologiyalarini o'qitish - bu axborot bilan ishlashda maxsus usullardan, dasturiy va texnik vositalardan (kino, audio va video , kompyuterlar, telekommunikatsiya tarmoqlari) foydalanadigan pedagogik texnologiya . Barcha metodlar singari, o'qitish usullari, o'quv qo'llanmalari, didaktik funktsiyalarning uchligini bajaradi, ular asosan har qanday fanga asoslangan o'qishda o'zgarishsiz qoladi va uch funktsiyani bajaradi: raqamli ta'lim resurslaridan (RTR) foydalanishni hisobga olgan holda fan bilan bog'liq faoliyat doirasida o'qitish, rivojlantirish, ta'lim. va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT).

Raqamli texnologiyalarga o'tish deganda, kompuyterlar va bilimlarga asoslangan holda jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining butunlay yangicha turini barpo etishni tushunamiz. Raqamli texnologiyalarga o'tish jarayonining asosiy tarkibiy qismlari sifatida ma'umotlar bilan ishlashni amalga oshirib beradigan mobil ijtimoiy tarmoqlar, bulutli texnologiyalar. sensor tarmoqlar, buyumlar interneti hamda sun'iy intellekt texnologiyalari misol sifatida ko'rsatish mumkin.

Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta'lim tizimi vositalari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan ta'lim tizimining qurollantirilishi o'quvchilarga dars mashg'ulotlarini sifatli o'tilishini ta'minlaydi. Bugungi pandemiya sharoiti ta'lim tizimida raqamli texnologiyalar qo'llanilishi yaxshi samara berishini isbotladi. Televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta'limga o'tishning bir debochasi sifatida qabul qilsak bo'ladi. Bu jarayon o'quvchiga uydan chiqmay turib ham ta'lim olish mumkinligini isbotlab berdi. Raqamli ta'limga

o'tishning boshqa afzalliklari to'g'risida ham fikr yuritadigan bo'lsak ularga quyidagilarni kiritish o'rinlidir.

Raqamli ta'lim muhiti ta'lim jarayonining turli muammolarini hal qilish uchun mo'ljallangan axborot tizimlarining ochiq to'plamidir. Raqamli texnologiyalarining o'quv vositalari (interaktiv doskalar, raqamli kameralar, mikroskoplar, proektorlar, kompyuterlar, laboratoriyalar, virtual texnologiyalar va boshqalar) bilan tobora kengayib bormoqda. O'qituvchi darsni o'tishdan oldin talabalarga asosiy muhokama prinsiplarini aytadi, maksimal sonda g'oyalar sifatiga e'tibor qilinmagan holda, qisqacha muammoning yechimi, bunda kritik va tahlil qilinmasdan aqlga kelgan hamma g'oyalar mujmal bo'lsa ham aytiladi, birovlarning g'oyasini rivojlantirish mumkin, faqat tanqid qilinmaydi. Bunda o'qituvchida avvaldan tayyorlab qo'yilgan darsga oid savollar to'plamidan laboratoriya mashg'ulotini bajarish jarayonida qo'llashi mumkin.

Laboratoriya va amaliy mashg'ulotlar turli didaktik maqsadlarga ega.

Laboratoriya ishlarining yetakchi didaktik maqsadi muayyan nazariyalarni eksperimental tasdiqlash va tekshirishdir. Laboratoriya mashg'ulotlari talabalar tomonidan eksperimental o'quv va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishning muayyan turlari hamda usullarini o'zlashtirishga, ularni zamonaviy texnik va dasturiy vositalar bilan tanishtirishga qaratilgan o'quv ishining shakllaridan biridir. Shuningdek, laboratoriya mashg'ulotlarida talabalarning fanga oid ijodiy qobiliyatini oshirishga va kompetentligini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Raqamli texnologiyalar orqali ta'lim berilsa ta'lim oluvchilarga ta'lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta'lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta'lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg'ulotlar o'tkazish ta'lim sifatini oshirishni ta'minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo'llanilishi yaxshi samara berishi hammamizga ma'lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta'lim olishning bir turi deb olsak bo'ladi. Demak, raqamli ta'limda:

- hohlagan joyida va hohlagan vaqtida ta'lim olish imkoniga ega;

- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;

- ta'lim tizimini yangi bosqichga ko'taradi;

- vaqt va mablag' sarfini keskin kamaytiradi;

- "raqamli dunyo"da yo'qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo'lishgi

kabilar.

Laboratoriya mashg'ulotlarining turli bosqichlarida AKT texnologiyalarini qo'llash:

- Yangi materialni tushuntirishda (rangli rasmlar va fotosuratlar, slaydshoular, videokliplar, 3D-rasmlar va modellar, qisqa animatsiyalar, syujet animatsiyalari, interfaol modellar, interfaol chizmalar, yordamchi materiallar) multimediya proyektori yordamida namoyish etilgan interfaol rasm sifatida.

- Kompyuter va haqiqiy eksperiment bilan birgalikda laboratoriya ishlari shaklida ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishda. Shuni ta'kidlash kerakki, kompyuterdan foydalanganda talaba eksperimentlarni o'z-o'zini rejalashtirish, ularni amalga oshirish va natijalarni haqiqiy laboratoriya ishlari bilan taqqoslash uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'ladi;

- Takrorlash, tuzatish paytida (javobni tanlash bilan vazifalar, klaviaturadan raqamli yoki og'zaki javobni kiritish zaruriyati bo'lgan vazifalar, tematik to'plamlar, fotosuratlar, videolar va animatsiyalardan foydalangan holda topshiriqlar, javobga reaktsiya bo'lgan vazifalar, interfaol topshiriqlar, yordamchi materiallar) va boshqarish tanib olish, tushunish va qo'llash darajasidagi bilimlar (avtomatik tekshirish, diagnostik testlar bilan test topshiriqlarining tematik to'plamlari).

Darsning ushbu bosqichlarida talabalar virtual laboratoriya ishlari va eksperimentlarni amalga oshirganda, o'quvchilarning motivatsiyasi kuchayadi - ular haqiqiy hayotda olingan bilimlar qanday yordam berishini ko'rishadi. Biologiya fanini o'qitish jarayonida quyidagi AKT dasturlari foydalanish mumkin

O'qituvchilarning an'anaviy o'qitish usulida laboratoriya va amaliy ishlar o'tkazilishi uchun ko'p vaqt sarflangan shu vaqt oralig'ida zamonaviy ta'lim vositalaridan foydalanish orqali ko'p talaba yoshlaga berilayotgan bilimni tez va oson o'zlashtirilishi, ularning tushunarli va xotirada yaxshi saqlanishiga yordam berayotganligi aniq isbotini topgan. Bundan tashqari ta'lim tizimida vidiokonferensiyalar tashkil qilinishi juda yaxshi samara beribgina qolmasdan o'ziga xos imkoniyatlari ham mavjud ya'ni talabalar o'rtasida fikr almashishi, erkin va ijodiy tafakkurini rivojlantirish va o'z fikrini to'g'ri va aniq yetkazib berish qobiliyatiga ega bo'ladi. Zamonaviy ta'lim tizimining vazifasi shunchaki bilim berishgina emas balki o'quvchi talabalarning ijodiy tafakkurini loyihalashtirishga yordam berishdan iborat. Shunday ekan raqamli didaktik vositalardan laboratoriya mashg'ulotlarida internet bilan bog'liq holda interfaol va multimediali vositalardan to'g'ri foydalanilsa, dars talaba-o'quvchilar uchun maroqli, tushunarli, qiziqarli bo'lib o'tadi. Chunki ayrim oliygohlarda laboratoriya mashg'ulotlarini o'tkazish uchun sharoitlar yetarlicha emas, shu bois raqamli texnologiyali vositalar orqali bu muommoni qisman hal qilgan bo'lamiz. Xulosa o'rnida aytish joizki laboratoriya mashg'ulotlarida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish bir tomondan muayyan qiyinchiliklar va muammolarni keltirib chiqarsada boshqa tomondan turli yutuqlarni qo'lga kiritilishiga sabab bo'ladi. Bu jarayon induvidial salohiyatli o'quvchilarning yanada rivojlanishi holatida yaqqol namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomasi. 2020 y.

2. 2.Aleks Muur. Ta'lim berish vata'lim olish: Pedagogika, ta'lim dasturi va tarbiya. Rutlej. Ikkinchi nashr. 2012. - B. (Ikkinchi nusxa uchun so'z boshida).

3. А.В.Владико. Компетенции педагога для эффективной работы в цифровой оброзовательной среде.2020

4. Arabov J.O. "Mexanika bo'limi" ga doir mavzularni dasturiy ta'lim vositalari yordamida o'qitish. // Центр научных публикаций. Том 7 № 7 (2021)

5. Mirsanov U.M. Uzluksiz ta'lim tizimida dasturlash tillarini o'qitish nazariyasi va amaliyoti // Monografiya. - Navoiy, 2023. - 168 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.