Научная статья на тему 'RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA MUSIQA DARSLARINI FANLARO ALOQADORLIK ASOSIDA TASHKIL ETISH MUAMMOLARI'

RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA MUSIQA DARSLARINI FANLARO ALOQADORLIK ASOSIDA TASHKIL ETISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
11
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
musiqa san’ati

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — S.Karimov

Ma’lumki insonning ongi, dunyoqarashi va ma’naviy kamolotining shakllanishida musiqa san’ati o‘zining qudrati, ta’sir kuchi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ayniqsa musiqa san’ati boshqa san’at turlariga nisbatan yoshlarning tarbiyasiga ko‘proq va kuchliroq ta’sir etmoqda. Haqiqatdan ham, musiqa insonning ahloqiy va estetik hissiyotlariga kuchli va betakror ta’sir etish hususiyati bilan pedagogik fanlar tizimida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham ta’lim tizimida ushbu fan o‘qitilishida eng avvalo yosh avlodga tarbiyaviy ahloqiy fazilatlarni shakllantirish masalasi bosh vazifa bo‘lib hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA MUSIQA DARSLARINI FANLARO ALOQADORLIK ASOSIDA TASHKIL ETISH MUAMMOLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

RAQAMLI TA'LIM MUHITIDA MUSIQA DARSLARINI FANLARO ALOQADORLIK

ASOSIDA TASHKIL ETISH MUAMMOLARI S.Karimov

Jizzax pedagogika instituti mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10036068 Ma'lumki insonning ongi, dunyoqarashi va ma'naviy kamolotining shakllanishida musiqa san'ati o'zining qudrati, ta'sir kuchi bilan alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda ayniqsa musiqa san'ati boshqa san'at turlariga nisbatan yoshlarning tarbiyasiga ko'proq va kuchliroq ta'sir etmoqda. Haqiqatdan ham, musiqa insonning ahloqiy va estetik hissiyotlariga kuchli va betakror ta'sir etish hususiyati bilan pedagogik fanlar tizimida muhim o'rin tutadi. Shuning uchun ham ta'lim tizimida ushbu fan o'qitilishida eng avvalo yosh avlodga tarbiyaviy ahloqiy fazilatlarni shakllantirish masalasi bosh vazifa bo'lib hisoblanadi.

Respublikamizdagi amaldagi ta'lim tizimida hususiy umumiy o'rta ta'lim tizimi eng muhim shakllantiruvchi bosqich bo'lib, umumta'lim maktablarida o'qitiladigan musiqa madaniyati fani o'zining tashkiliy uslubiy pedagogik hamda ta'limiy maqsad va vazifalarni amalga oshirishda o'zining tuzilishi hususiyati bilan boshqa fanlardan keskin ajralib turadi. Ushbu jarayon asosan musiqa darslarining o'zaro bir-biriga bog'liq, bir-birini davom ettiruvchi, to'ldiruvchi va bir maqsadga yo'naltirilgan besh faoliyat negizida uyushtirilishida ko'rinadi. Bu faoliyatlar alohida ma'lum bir pedagogik maqsad va vazifalar bilan belgilangan bo'lmasada, provardida ularning barchasi o'quvchilarni, ma'naviy, madaniy, axloqiy rivojlanishiga, bir so'z bilan aytganda ularning musiqa madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi. Fan o'qitilishining yana bir alohidalik hususiyati ushbu faoliyatlarning har biri musiqiy fanlar tuzilmasidagi alohida ma'lum bir fanga oid bilm tushunchalarga tayanadi. Masalan, musiqa tinglash faoliyatini olib qaraydigan bo'lsak, bu faoliyat ayni vaqtda musiqa asarlarini tinglash mazmunida ularni shakli, tuzulishi, janri g'oyaviy-badiiy mazmuni ijrochilik an'analari, uslublari ko'p ovozlilik hususiyatlari, zamonaviy, xalq musiqa ijodiyoti kompozitorlik uslubiga tegishli, shuningdek, qardosh va chet el kompozitorlari ijodiga oid bilmlarni o'quvchilarga yetkazish bilan ajralib turadi. Mulohaza qilib qaraydigan bo'lsak, bu o'rinda musiqa asarlarni shakli, tuzulishi, janriga oid bilm va tushunchalarini o'quvchilarga yetkazib berishda o'qituvchi o'zining "Musiqa asarlari tahlili" va "Musiqa nazariya"siga oid bilmlariga tayanadi. Asarning g'oyaviy-badiiy mazmuni, mualliflari haqidagi ma'lumotlar musiqa tarixi va adabiyot faniga aloqadorligi bilan, asarni badiiy ijrosi bilan bog'liq: lad tonalligi, o'lchovi, harakteri, qo'llanilgan dinamik belgilarni sharxlashda musiqa nazariyasiga oid bilmlarga murojat qilinadi. Darsning "jamoa bo'lib kuylash" faoliyati esa bevosita "Xor va xorshunoslik", "Dirijiorlik", fanlari negizida olib boriladi, "Musiqa savodi" faoliyatida ham "Musiqaning elementar nazariyasi", "Musiqa asarlari tahlili", "Garmoniya" fanlariga oid va qonunlar uyg'un mujassamlashadi.

Musiqaga ritmik tur bo'limida esa jismoniy harakterlar va raqs elementlari bajariladi. Ko'rinadiki, bir soatlik dars davomida ayni bir musiqani tinglash, biror qo'shiqni o'rganish, ijro etish jarayonida bir necha musiqa san'atiga va boshqa san'at turlari shuningdek adabiyot, jismoniy madaniyat, tasviriy san'at, tarix, san'atshunoslikka oid bilm, tushunchalar, ma'lumotlardagi maqsadi va vazifalarga ko'ra mazmunan va mohiyatan hamda tarkiban uyg'unlashadi. O'rta umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik letsey, kasb hunar kollejlaridagi ta'lim va tarbiya jarayonini hamda fanlarning o'qitilishini qiyosiy o'rganish va tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, o'quv fanlarini o'zaro aloqadorlikda tashkil etilsa va qo'llanilsa to'g'ri didaktik imkoniyatlari

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ta'lim jarayonini yanada mazmunli sifatli bo'lishi ta'minlanadi degan hulosaga kelish mumkin. Biz o'z tadqiqotimizni olib borishda bir qator yetuk olimlar, tajribali pedagoglar va tadqiqotchilarning fikrlariga ko'ra ta'lim mazmuni o'zida asosan to'rt komponentni mujassam etadi degan hulosalarga keldik. Bular:

l.Insonlarni dunyo bilan, bir-birlari bilan munosabatlari, umuminsoniy e'tiqod va milliy qadryatlarining asosi hisoblangan shaxs dunyoqarash va ahloqiy sifatlari majmuasi.

2.O'quvchilar ongida dunyoni dialiktik anglashni shakllantiruvchi, ularni ongli faoliyatga to'g'ri metodoligik yondashuvga o'rgatuvchi bilmlar tizimini mavjudligi;

3.Aniq faoliyat turlari, jumladan o'qish, o'rganish, malaka va ko'nikmalar hosil qilishning negizini tashkil qiluvchi umumiy intellektual salohiyatlari shakllanadi;

4.Turli muammolar yechimini izlashga, fan sirlarini chuqur anglash, o'ziga kerakli ta'limiy va tarbiyaviy sifatlarini hosil qilishga yo'naltirilgan ijodiy faoliyatning asosli komponentlarini o'zlashtirish.

Aynan shu to'rtinchi komponent haqida batafsil to'xtalib o'tamiz ya'ni o'quvchilarda ijodiy faoliyat va o'quv ko'nikmalarini bosqichma-bosqich shakllantirib borishda barcha o'quv fanlarni fanlararo aloqadorlikni tizimli ravishda yo'lga qo'yish, har bir fanni o'ziga yaqin (bir soha, yo'nalish, mutahassislik, o'quv fanlari bloki) va ijtimoiy gumanitar (tarix, falsafa, pedagogika, psixologiya, milliy g'oya), tabiiy fanlar (matematika, biologiya, geografiya) va boshqa fanlar bilan bog'lab (mazmuni va mohiyatiga ko'ra) tashkil etish va ulardan maqsadga muvofiq holda, o'z o'rinda shuni unutmaslik kerakki, fanlar aloqadorligi atayin, majburiy va maqsadsiz bo'lmasligi lozim. Aytaylik jamiyat taraqqiyotining ma'lum bir tarixiy davrlari ruhini, siyosiy, ijtimoiy, madaniy voqeyliklari aks ettirgan asarlarni o'rganishda o'sha davrga oid tarixiy adabiy manbalardan, folklor, mumtoz musiqa namunalarini tinglash, o'rganish jarayonida adabiyot, tarix, ona-tili fanlariga mansub ilmlardan, musiqali drama, vokal xor asarlari, opera, balet, ya'ni sahnaviy asarlarga oid bilm va tushunchalarni egallashda san'atshunoslik, musiqa tarixi, avtobiagrafik va badiiy asarlarga tayanib, kerakli, qiziqarli, mavzu mohiyatini atroflicha, keng, to'laroq, qiziqarliroq yoritish maqsadida zarur ma'lumotlardan foydalanish yaxshi natija beradi, dars mazmunini boyitish, o'quvchilarni kengroq bilm, tushunchalar olishiga olib keladi.

Bularning barchasi umumta'lim maktablarida tabiiy, gumanitar, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, estetik bilmlar o'rgatilishi, o'qitilishi munosabati bilan barcha o'quv fanlarini bosh g'oya va nazariya atrofida yagona tizimda muvofiqlashtirish maqsadiga xizmat qiladi degan fikrdamiz shuning uchun biz dars olib borishimizda

O'quv fanlarini o'zaro aloqadorlik komponentlaridan o'z o'rnida va to'g'ri foydalanishning didaktik maqsadi bu jarayonlarni umumiy bilm, ko'nikma va malakalarini shakllanishida ijobiy samaradorlikka erishish bizning fikrimizcha mana shunday ish tutish ta'lim jarayonini yakuniy natijalarga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatishni ta'minlaydi. Xuddi shu o'rinda musiqa darslarini boshqa fanlar bilan aloqadorlik hususiyatlari va bog'liqlik jihatlari hamda ularni ilmiy tadqiq etishning ahamiyati haqida alohida to'xtalib o'tishni joiz deb topdik.

Ma'lumki, musiqa darsi (fan) boshqa fanlar va ularni o'qitilishidan o'zining tuzulishi va bir qator fanlar bilan bevosita aloqadorlik hususiyati bilan ajralib turadi. Musiqa darsi avvalo san'at darsidir. Shu jihatdan u o'zining badiiyligi, qiziqarliligi, o'quvchilarga ko'proq ijodiy zavq emotsional tuyg'ular va obrazli kechinmalar uyg'otish bilan ahamiyatlidir.

REFERENCES

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

1. X.I.Ibraimov, M.Quronov. Umumiy pedagogika (darslik). -T., "Shaffof", 2023, 416-bet.

2. Ibragimovich I. K. et al. PEDAGOGICAL ABILITIES OF A TEACHER, STRUCTURE AND DEVELOPMENT (ЙШ^Ш). - 2021. - Т. 48. - №. 12.

3. Ибрагимов Х. И. ПЕДАГОГИКА И ВОСПИТАНИЕ //Экономика и социум. - 2021. -№. 1-1 (80). - С. 608-611.

4. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Intensive methods of teaching foreign languages at university." Вопросы науки и образования 27 (39) (2018): 78-80.

5. Ибраимов Х. И. Педагогические и психологические особенности обучения взрослых //Academy. - 2019. - №. 10 (49). - С. 39-41.

6. Ибрагимов Х. И. Организatsiя самостоятельной работы студентов в условиях цифровизatsiи вузовского образования //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 7 (54). - С. 74-75.

7. Ibragimov, X. I., U. A. Yo'ldoshev, and X. Bobomirzayev. "Pedagogik psixologiya." O'quv qo'llanma. O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashiriyoti Toshkent (2009).

8. Z.Mamarasulzoda. "Ozbek musiqa namunalarini toplash va yozib olish tarixi" Jizzax.: 2022-

yil.

9. Abdulaxadova Sh.R, S.B.Karimov. "Socio-Pedagogical bases of students for pedagogical activity preparation". An International Multidisciplinary Research Journal.India-2021-yil 5-may. 367-369-bet.

10. Qudratov, E. Abdukarimova. "Musiqa talimida fanlararo aloqadorlik" Samarqand.: 2015-yil. 29- bet.

11. S.B.Karimov. "Musiqa darslarini tabiat fani bilan ozaro bogliqlikda tashkil etishning oziga xos uslublari". "Xorijiy filologiya , adabiyotshunoslik va tarjimashunoslik masalalari" Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. Jizzax 2021-yil 23-fevral. 238-241 bet.

12. S.B.Karimov. "Musiqa darslarini fanlararo aloqadorlikda tashkil etishning oziga hos uslublari" . Alma mater Samarqand.2014-yil 2-kitob. 51-52-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.