Научная статья на тему 'MAKTABLARDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI'

MAKTABLARDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
198
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
pedogogika / musiqa / musiqa darsi / ma’naviyat / dars o’tish / mustaqil ta’lim / musiqa va san’at etikasi / musiqa etikasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Batir Bekimbetovich Rajepbaev

Bu maqolada musiqa fani va uning maqsadi, musiqa darsini o’quvchilarga o’qitishda ularning olgan bilim darajasi, olgan bilimlari natijasi o’zlarini qanday qamrab olgani, ularni qanday ishlata olishi, musiqa darsidan olgan tarbiyasi orqali uning fe’l-atvoridagi o’zgarish haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI»

"Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022

MAKTABLARDA MUSIQIY TARBIYANING AHAMIYATI

Batir Bekimbetovich Rajepbaev O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Nukus filiali

Annotatsiya: bu maqolada musiqa fani va uning maqsadi, musiqa darsini o'quvchilarga o'qitishda ularning olgan bilim darajasi, olgan bilimlari natijasi o'zlarini qanday qamrab olgani, ularni qanday ishlata olishi, musiqa darsidan olgan tarbiyasi orqali uning fe'l-atvoridagi o'zgarish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: pedogogika, musiqa, musiqa darsi, ma'naviyat, dars o'tish, mustaqil ta'lim, musiqa va san'at etikasi, musiqa etikasi.

THE IMPORTANCE OF MUSICAL EDUCATION IN SCHOOLS

Rajepbaev Batir Bekimbetovich Nukus branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: this article describes the science of music and its purpose, the level of knowledge acquired by students in teaching a music lesson, how the knowledge gained can use the natiyja to cover themselves, the character of change in his character through his upbringing from a music lesson is mentioned.

Keywords: pedogogics, music, music lesson, spirituality, class passage, independent education, music and art ethics, music ethics.

Maktablarda musiqa darslarini tashkil etish va uni ko'tarinki ruhda o'tkazish ta'lim berish o'rinlarida musiqali havaskorlik to'garaklarga ziyrak yoshlarni jalb qilish, sahnada badiiy ko'rinishlar orqali o'quvchilarni ma'naviy estetik tarbiyalash, ularga zamon bilan hamnafas bo'lgan asarlarni, musiqa va kuy-qo'shiqlarni, o'yinlarni o'rgatish, dramatik, komedik sahna ko'rinishlaridan tashkillashtirilsa bu bugungi kun talabiga mos va juda zarur bo'lgan ishlar hisoblanadi. O'quvchilar qalbini urf-odatlarni, qadiryatlarni o'rgatish orqali ulardan odob-axloqning nurlarini sepuvchi bo'lgan tarbiyachi ustozi teran bilim, pedogogik mahorati va tashkiliy mahoratni egallagan bo'lishi lozim.

Bu haqida O'zbekiston Respublikasining 2016-yilgi 144-sonli Vazirlar Mahkamasiningi qarorida bolalar musiqa va san'at maktablari to'g'risidagi nizomi1da barcha musiqa maktablarini musiqa asboblari, maxsus mebellar, asbob-uskunalar va boshqa anjomlar bilan jihozlash haqidagi qarori yoshlarni bilim olishining

1 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 144-son qarori, 05.05.2016 yil.

IM^^SI 42

samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Maktablarda musiqa darslarini amalga oshirish metodikasi fanining maqsadi:

- O'quvchilarga bo'lajak o'qituvchi tarbiyachilar, darsda tarbiyaga bog'liq amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari haqida bilim berish;

- O'quvchilarni ruhiy sog'-salomat etib tarbiyalashda xalqimizning urf-odatlari, milliy va ruhiy qadriyatlardan foydalanishga o'rgatish;

- Har xil mavzuda o'tkaziladigan bayram kechalarini rejalashtirishda yoshlarning yosh o'zgachaligiga, ularning jamiyatdagi uchrashi mumkun bo'lgan yaxshi-yomon fazilatlarining bor ekanligiga e'tibor berish va baholay olishi;

- Maktablarda musiqa darslarining sifati va natijasini oshirishda yangi usulda ish olib borish metodi va formalarini foydalanish imkoniyatiga ega bo'lish.

Maktablarda musiqa darslarini tashkillashtirish va amalga oshirish orqali o'quvchilarga milliy ong, milliy g'oyani onggiga, qalbiga singdirishga qaratilgan oldingi ish tajribalaridan namuna sifatida keltirilgan. Musiqiy tarbiya masalasi hozirgi zamon pedogogikasida ta'lim tarbiyaning umumiy muommasi bilan bog'liq bo'ladi. Musiqa ijodida intelektual asos qaror toptirishdan xech qachon voz kechmaslik zarur.

Musiqa darsi sinfdan tashqari musiqa to'garagi ishlarini olib borish estetik va ruhiy tarbiya berishda ahamiyatli vosita sifatida xizmat qiladi. Har bir insonning o'z kasbida, chin dildan va bor imkoniyatlaridan to'liq foydalana bilgan holda ijodkorlik bilan ishlashga erishishi - bu ta'lim-tarbiyaning asosiy printsiplaridan hisoblanadi.

Mustaqil turmish tarzining ketma-ket bosqichlarini boshidan o'tkazib kelayotgan mamlakatimizda «ta'lim tarbiya» haqidagi qaror va «kadrlarni tayorlashdagi milliy dastur»2 asosida xalqimiz o'zining kelajagi rivojlanishi yo'lini aniqlab oldi. Bu qarorda asosan: Iqtidorli bolalar va is'tedotli yoshlarni aniqlash va o'qitish uslubiyati, psixologik-pedagogik va tashkiliy sharoitlari yaratiladi, bunday bolalar va yoshlarga oid ma'lumotlarning respublika banki va monitoringi shakllanadi. Maxsus o'quv dasturlari va progressiv pedogogik texnologiyalar ishlab chiqish uchun eng yaxshi pedagog va olimlar jalb qilinadi, o'quv-tarbiya jarayonida ularning faol ishtiroki ta'minlanadi. Fan va texnikani, siyosat va iqtisodiyotni, madaniyat va sa'natni o'rgatish markazlari qabilidagi hamda milliy (elita) ta'lim muassasalari tashkil etiladi. Iqtidorli bolalar va iste'dodli yoshlarni chet ellarda umumiy va kasbiy jihatdan tayyorgarlikdan o'tkazishga qaratilgan sobit qadam faoliyat amalga oshiriladi. O'quvchilarga, birinchi navbatda iqtidorli, yuksak iste'dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yo'nalishlari bo'yicha o'z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o'zlaridagi noyob iste'dotni ro'yobga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratiladi3.

2 I.A.Karimovning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" PQ № 463-I. Toshkent. 29-Avgust 1997-yil.

3 I.A.Karimovning "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" PQ № 463-I. Toshkent. 29-Avgust 1997-yil.

VTZvws^^M1 43

http://oac.dsmi-qf.uz

Bu qabul qilingan qarorlarning bosh maqsadi mustaqil va erkin fikrga ega har tamonlama rivojlangan shaxslarni yuzaga chiqarishga qaratilgan. Farzandlarni bilimli, odabli qilib tarbiyalash, azal-azaldan ota-bobolarimizning orzu-armoni bo'lib kelgan. Ulug' xalq farzandlariga komillik, donolardek o'ylash is'tedodi haqida olimlarimiz, shoir va yozuvchilarimiz, pedagog tarbiyachilarimiz ko'plab fikrlar bildirishgan. G'urur bilan aytishimiz mumkinki, bizda dunyo folklori namunalari bilan bemalol bellasha oladigan doston, ertak, maqol-matal, qo'shiq, afsona va rivoyatlarimiz bor. Bugungi kungacha yozib olingan dostonlar sonining o'zi 400 tadan oshib ketadi4. Albatta milliy folklor ruhiy merosga juda boy xalqimiz aynan (Doston, terma, qo'shiqlar) bo'lsa xalq qahormonlarining odoblilik namunasi sifatida ko'rsatilgan. Lekin ularni yoshlarga ibrat-namuna qilib ko'rsatish, bugungi bozor iqtisodiyotiga o'tgandan keyingi davrga tarbiya masalalarini to'liq yechishga kamlik qiladigandek, ya'ni tarbiyaning barcha nazariyasi va ahamiyati amalyotga bugungi zamon bilan birdek qadam tashlab borish ijtimoiy zaruriyat sifatida yuzaga kelmoqda. Hozirgi yoshlarning emotsional holatining qanday holda bo'lishiga qarab, ulardagi xarakterning erkin holatini bilib olish mumkun. Ruhiy psixologik o'ylash iste'dodi yuqori ko'rinishi og'ir holatlarda ham aqlli, hush fellilik bilan ish yuritishida ko'rinib turadi. Haqiqatdan inson o'z turmishining asosiy ma'nosi nimadan iborat ekanligi aniq ko'z oldiga keltiradi. O'zida bor kuch maqsadini shu ishga sarflaydi. Tarbiyalangan shaxs bu o'zligi anglagan inson. O'zlikni anglash, butun insoniy fazilatlarning eng dastlabki asosi bo'lib xisoblanadi. Sababi, aql, huquqiy bilimlar kabi bir tarbiya turini yuzaga keltirish, albatta insonning yuqari nerv sistemasi bo'lgan psixologik o'ylash sezimi bilan bog'liq. U o'z fikriga ega bo'lib, rivojlaishga ijodkorlikga talpinadi. Bu joyda bizga o'tmishni va hozirgi davrni bog'lovchi tarbiya vositasi sifatida musiqa yordamga keladi. Bolaning kelajagi bilimli inson bo'lib ulg'ayishi, qanday oilada tarbiyalanganligi, o'zining ota-onasi bilan o'zaro munosabatlarining qanday holatda bo'lganligi juda ahamiyatli.

Bu mavzu uzoq o'tmishga ega ekanligi deyarli barcha millatlarda xalq og'zaki san'ati namunalari misolida ko'rishimiz mumkun. Har bir xalqning tarixi, shu xalqdan yetishib chiqqan donishmandalari, mard qahramonlari, fidoyi insonlarining o'lmas donish so'zlari va fikrlari asosida yartiladi.

Musiqa ayni bir vaqtning o'zida ham fan, ham san'at hisoblanadi. Donishmand xalqimiz azal-azaldan musiqani, so'zni madaniy turmishning eng zarur va ajralmas bir bo'lagi dea xisoblagan. Ulug' olimlardan biri Faroviy tamonidan asos solingan fanlar tarmog'iga qaraganda musiqa to'rt matematika ilmlarining biri hisoblangan. O'sha davrda musiqa san'atini o'rganish, uning nazariy aoslarini bilish, qo'shiq kuylash, cholg'u asbobida chevar ijro qilish-bu yaxshi bilim va tarbiyaviylikning nishoni bo'lgan."Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan va inson

4 Folklorshunos Jabbor ESHONQUL bilan muloqot "Yoshlik" jurnali 8-son, 2014 yil.

I icclT^^^^H 44 http://oac.dsmi-qf.uz

shaxsiyatining shakllanishida muhim rol o'ynaydigan san'at turidir5" Albatta musiqa ilmi yuqori darajadagi poklik. Uning har qanday inson tabiati o'ziga qamrab ola olmaydi. Musiqa ilmiga ega bo'lish faqatgina sog', pok tuyg'u egasiga nasib etadi. So'zning sehrli haqiqiy yemishini va uning nozik sirlarini, yomon hayolatlardan uzoq bo'lgan yangi va baland qalb-tuyg'ularigina anglay olishi mumkun». Faylasuf Aristotelning aytganidek «Musiqa insonning ruhiyati, fe'liga yetarli darajada ta'sir qiladi, demak yoshlarni tarbiyalaydigan predmetlarning biri bo'lib xizmat qiladi

Umumiy aytganda, mustaqillik sharofati bilan o'zligimizni tanib, orzu-armonlarimiz amalga oshdi. Shularni yosh avlodga teran o'rgatmasdan, o'z xalqiga uning erishganlari tili va haqiqiy insonni, o'z vatanining jon kuyarini tarbiyalash mumkun emas. Birinchi navbatda milliy madaniyatimiz, xalq ma'naviy boyligini teran tomirlariga e'tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to'plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o'tgan. Odamlarga og'ir damlarda madad bo'lgan. «Bizning vazifamiz-shu xazinani ko'z qorachig'idek asrash va yanada boyitish» O'zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov. Yoshlarni musiqiy ta'lim tarbiya borasida, o'zini tuta bilishi, bosiq fazilat xarakteri, erki o'z ko'rinishini topadi. Bu bolaning xarakteri bo'lsa asosan ijodkorlik ishlarida yuzaga keladi. Shu asnoda yoshlarning o'quv, nazariy bilimlarini amalyotda qo'llash bo'lib topiladi. Bu o'z navbatida musiqa darsida, havaskor to'garaklarda, mahallada va boshqa yashab turgan joylarda o'z foydasini amalga oshiradi. Sababi ma'naviy qadriyatlarimizdan bo'lgan musiqa inson qalbiga go'zallik niholini ekib, yomon illatlardan asraydi. Insonni ma'naviy poklikga chaqiradi, bilim doirasini kengaytadi. Har bir qadamni o'ylab bosishga, yetti o'lchab bir keishga o'rgatadi. Umumiylashtirib aytganda milliy iftiqor hislarini paydo qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 144-son qarori, 05.05.2016 yil.

2. Karimov.I.A.Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch, T. Ma'naviyat 2008 yil. 45-

bet.

3. Amaniyazov. G. „Muzika alipbesi" 1-sinf Nukus, Bilim 2000 yil. 32-bet.

4. Amaniyazov.G., G.O'g'ilfetova "Muzika madeniyati sabaqlig'i ha'm metodikasi" Nukus. Qoraqalpog'iston 2004 yil.

5. Amaniyazov. G. S. Tojetdinova „Musiqa" 2-sinf uchun metodik risola Nukus, Bilim 2008 yil.

6. Amaniyazov. G. O'g'ilfetova „Musiqa" 3-sinf uchun metodik risola Nukus 2009.

5 www.znanio.ru A.Marufjanov "O'quvchi yoshlari shaxsiy kamolotida musiqiy ta'lim-tarbiyaning o'rni" maqola. UTTTtX^^m 45

7. Oyimbetov. Q Aholi nafarligi. Nukus. «Qoraqalpog'iston». 194-196-betlar. 1988.

8. D. B. Kabalevskiy «Programmi sr. obshobr. shkoli 1-3 sinfi trexletney nachal'noy shkoli» Moskva, «Prosveshenie» 1988.

9. Karimova. D „Musiqa va uni o'qitish metodikasi" T. 2006 yil. Nukus, Bilim 2008 yil.

10. Nurmatov. H, Norxo'jaev. N, G. Amaniyazov „Musiqa" 1-sinf uchun darslik. T. 2010.

11. Nurmatov. H. N. Norxojaeb, G. Amaniyazov „Musiqa" 2-sinf uchun darslik. T. 2010.

12. "Yoshlik" jurnali 8-son, 2014 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.