Научная статья на тему 'XORIJIY DAVLATLARDA MUSIQA TARBIYASI'

XORIJIY DAVLATLARDA MUSIQA TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
934
107
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
elektron organ / Sundo’ku tizimi / Ma'rifat / obrazli tasavvur qilish / ijodkorlik. / electronic organ / Sundoku system / Enlightenment / visual imagination / creativity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A. Ergashev

Xorijiy mamlakatlarda musiqa o’qitish metodikasi, biznikidan bir muncha farq qiladi. Bu musiqiy bilimlardan olayotgan ma’naviy ozuqa esa bolani tarbiyasida, uni kelajakdagi o’rni uchun muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Bunday musiqa tarbiyasini quyida rivojlangan mamlakatlar misolida hamda yurtimizning musiqa o’qitish metodikalarida ko’rib chiqasak bo’ladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUSIC EDUCATION IN FOREIGN COUNTRIES

The methodology of teaching music in foreign countries is somewhat different from ours. The spiritual nourishment that you receive from this musical knowledge is an important factor in the upbringing of the child and his future role. Below we can consider such music education on the example of developed countries and methods of music education in our country.

Текст научной работы на тему «XORIJIY DAVLATLARDA MUSIQA TARBIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XORIJIY DAVLATLARDA MUSIQA TARBIYASI Ergashev Alijon Abdullayevich

Farg'ona davlat universiteti San'atshunoslik fakulteti vokal va cholg'u ijrochiligi

kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7308200

Annotatsiya. Xorijiy mamlakatlarda musiqa o'qitish metodikasi, biznikidan bir muncha farq qiladi. Bu musiqiy bilimlardan olayotgan ma'naviy ozuqa esa bolani tarbiyasida, uni kelajakdagi o'rni uchun muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Bunday musiqa tarbiyasini quyida rivojlangan mamlakatlar misolida hamda yurtimizning musiqa o'qitish metodikalarida ko'rib chiqasak bo'ladi.

Kalit so'zlar: elektron organ, Sundo'ku tizimi, Ma'rifat, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik.

МУЗЫКАЛЬНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ В ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАНАХ

Аннотатция. Методика обучения музыке в зарубежных странах несколько отличается от нашей. Духовная пища, которую вы получаете от этих музыкальных знаний, служит важным фактором воспитания ребенка и его будущей роли. Ниже мы можем рассмотреть такое музыкальное образование на примере развитых стран и методов музыкального образования в нашей стране.

Ключевые слова: электронный орган, система Сундоку, Просвещение, зрительное воображение, творчество.

MUSIC EDUCATION IN FOREIGN COUNTRIES

Abstract. The methodology of teaching music in foreign countries is somewhat different from ours. The spiritual nourishment that you receive from this musical knowledge is an important factor in the upbringing of the child and his future role. Below we can consider such music education on the example of developed countries and methods of music education in our country.

Keywords: electronic organ, Sundoku system, Enlightenment, visual imagination, creativity.

KIRISH

Xar bir mamlakatning musiqa tarbiyasi g'oyaviy-siyosiy jixatdan xalqning sotsial tuzumiga- xizmat qiladi. Shuning uchun musiqa tarbiyasi mustaqil mamlakatlarda e'tikod uchun xorijiy mamlakatlarida esa burjua demokratiyasi uchun xizmat qiladi.Xar bir xalqning maorifdia musiqa tarbiyasi metodikasi pedagogikaning didaktik qonuniyatlariga va shu xalqning milliy musiqa madaniyati tili va madaniy an'alariga asoslanadi.Shu bilan birga musiqa tarbiyasining struktura sistemasi (tizimi) va ilmiy- metodik yutuqlar boshqa millatning ma'rifiy madaniyatiga ham ijobiy ta'sir qiladi.

TADQIQOT NATIJALARI VA METODOLOGIYASI

Xorijiy mamlakatlarda yagona o'quv reja va dasturga amal qilinmaydi. Davlat maktablari bilan birga shaxsiy kollejlar va oliy ta'lim dargoxlari mavjud bo'lib turlicha darajada estetik tarbiyani amalga oshirishda o'quvchiga keng ijodiy erkinlik berilgan. O'qituvchi o'zining sharoiti imkoniyatlari vao'quvchilarning bilim darajasiga qarab dasturga o'zlashtirishlar kiritishi mumkin va tarbiya jarayonida o'quvchiarda san'at orqali xayotni va unga shaxsiy munosabat bildirish ijodiy munosabatda bo'lish malakalarini rivojlantiradi. Musiqalarda yuksak rivojlangan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

texnik vositalaridan keng foydalaniladi. O'quvchiar elektron organlarda chalib kuylaydilar, turli faoliyatlardan (aytishuv xarakatlar, bir-biriga jo'rnavozlik qilishlarni) bajaradilar. Bunda asosan o'quvchilarda ijodiy qobiliyatini ro'yobga chiqarishdan iborat. Jumladan AQSh da yagona davlat dasturi yo'q. Musiqa ta'limi "estetika" sifatida qo'yiladi. Unda musiqa tasviriy san'at va mexnat mazmunan bir —biri bilan bog'langan. Davlat maktablari bilan birga diniy hamda shaxsiy dunyoviy maktablar ham mavjud. Shuning uchun xar bir maktabda, davlat maktablarida shaxsiy va diniy maktablarda o'quv xarakatlari ham bir xil emas, urta xisobga I-VII sinflarda xaftasiga 4-2 soatdan dars o'tiladi. Darsdan tashqari xar bir o'quvchi musiqa to'garaklar (xor, orkestr, raqs) a'zolari bilan bir maktabda simfonik orkestr mavjud.

Yaponiyada ham yagona o'quv reja va dasturga amal qilinmaydi. Yaponiyada musiqa tarbiyasining o'ziga xos sistemasi vujudga kelgan. Ularda bolalar bog'chasidan oliy ta'limgacha estetik tarbiya amalga oshiriladi. Estetik tarbiya intengrasiya qilingan fan bo'lib unga musiqa, tasviriy san'at va mexnat uzviy birlashgan. U bir necha bosqichda amalga oshiriladi.

a) 1-5 yoshgacha bolalar bog'chasida

b) 6-14 yoshgacha to'liqsiz o'rta maktab

v) 15-18 yosh o'rta maktabi

g) 18-23 yosh oliy ta'lim maktabi

Bolalar bog'chasida «Sundo'ku» tizimi mashxurdir. Uning tizimida ona tilini o'qitilishi, musiqa tinglab idrok etishi bilan amalga oshiriladi. Bolalar cholg'u asboblarda kuy chalishlar ham rol o'ynaydi. Mashg'ulotlar jarayonida bolalarning onasi ham ishtirok etadi. Mashg'ulot mazmuni va maqsadidan ogox bo'ladi va oilada o'z ovozi bilan shug'ullanadi. Sundo'kuning tadbirlarida onalar musiqa ma'lumotiga ega bo'lishi shart emas.Oilada gramzapisi, televideniya, konsertlarda tinglangan asarlarni muxokama etadilar. Bunda bog'cha va oilaning hamkorligi ham rol o'ynaydi. Natijada 5-6 yoshli bolalar Betxoven sonatalarini chalishga erishadilar. Yuqori sinflarga ko'chgan sari "estetik tarbiya ham bir predmet singari murakkablashib boradi. Sinflarda rassomchilik, xaykaltaroshlik, xalq amaliy san'ati va musiqa san'ati tanqidchilari yetishadi.

TADQIQOT NATIJALARI

O'qituvchi kadrlar tayyorlash ishi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Respublika oliy pedagogika va san'at oliygoxlarida tayyorlanadi. O'qituvchilar shuningdek ona Vatanida olgan bilimlarga qaramay, rivojlangan Yevropa mamlakatlariga o'qishga borib o'z bilim va malakallarini oshiradilar.

Mustaqil Respublikamizda amalga oshirilayotgani jamiyatimizni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va madaniy jixatdan jahonning eng rivojlangan mamlakatlari qatoridan o'rin olishida o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. O'zbekistonning "Ta'lim to'g'risida"gi qonunga ko'ra 9 yillik umumiy o'rta ta'lim joriy etildi. Ta'limni mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda musiqa-bo'yicha konsepsiyasi ishlab chiqildi.

1992 yil 25 noyabrda ''Ma'rifat" ro'znomasida musiqa ta'lim-tarbiyasining konsepsiyasi loyixasida musiqa ta'limning milliy va ilmiy asoslari, mazmuni, tuzulishi. Tabaqalanishi, musiqa o'qituvchisiga bo'lgan zamonaviy talablar va uning ilmiy uslubiy ta'minoti bayon etildi. Bugungi o'zligimizni anglash o'z taqdirimiz va farzandlarimiz istiqbolini yaratish imkoniyatiga ega bo'lgan, mustaqil O'zbekistonda milliy madaniyatimizni o'ziga xosligini tiklash maktablarida yoshlarni badiiy tarbiyalash va kamol hamda xozirgi kunimizni to'laroq idrok etish uchun esa tariximizni yaxshi bilmoqlik xisoblanadi. Chunki,xar biri tarixiy bog'lanish orqali amalga oshiriladi. Barcha fanlar qatori musiqiy ta'limda ham davlat ta'lim standartlarini joriy etilishi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

milliy musiqiy meroslardan to'lakonli foydalanish imkonini beradi. Bular ommaviy xalq, kuy qo'shiklarida xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari, maqom, shashmakom, dostonlar va bugungi zamonaviy musiqiy faoliyatida o'z aksini topdi.

Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda ularning barkamol bo'lib yetishishlarida o'ziga xos takrorlanmas manba bo'lib xizmat bo'ladi. Musiqa ta'limidan, davlat ta'lim standartlari asosida ta'lim mazmuni o'quvchiarning musiqiy bilim va tajribalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani taqqoslash, obrazli tasavvur qilish, ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarini rivojlantirishni ta'minlaydi. Demak, yosh avlodni yetuk qilib tarbiyalashda musiqiy madaniyat darslarini ahamiyati ega.

Musiqiy madaniyat darslari o'quvchilarni axloqiy-estetik tarbiyasiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ulardagi go'zalikka bo'lgan xis-tuyg'ularini o'stiradi, musiqa san'atiga mexr-muxabbat qiziqish uyg'otadi, ona Vatanni sevishga, bir-birini, kattalarni xurmat qilish, mehnatni tabiatni sevishga, qadrlashga o'rgatadi, xayotda o'z o'rnini topa olishga madad beradi. Bunda o'quvchilar bir san'atini butun nafosati bilan o'rganishlari, musiqani idrok etish, yakka va jamoa bo'lib qo'shiq kuylash va raqsga tushish ijodkorlik malakalarini shakllantirish musiqa tarbiyasining maqsadi xisoblanadi, Shuningdek, o'quvchilar iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratib berish va ularning badiiy ehtiyojlarini qondirish musiqa ta'lim tarbiyasining vazifasini tashkil etadi.

Xozirgi musiqiy ta'lim shuni ko'rsatadiki, milliy musiqa merosimizni musiqa darslarini va sinfdan tashqari musiqa tarbiya ahamiyati katta. Musiqa darslarini xayotga joriy etish maqsadida umumiy o'rta ta'lim maktablari standarti asosida yangi dastur asosiy moxiyati avvalo darsningmavzulari har bir chorak belgilangan bosh mavzulardan olib chiqadi. Darsni qiziqarli bo'lishi uchun musiqa qo'llaniladi, barcha musiqa faoliyatlari (xor bo'lib savodi musiqa tinglash) dars mavzusining ajralmas qismi va mantiqan uzviy bog'lanib o'tiladi.

Dars - ta'lim tarbiyani amalga oshirishni eng qulay va samarali shaklidir. Jamiyatimizning turli jabxalarida siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy ma'rifiy o'zgarishlar barcha fanlar qatori musiqa darslarining mazmuni va metodikasiga ham yangi zamonaviy talablar qo'yiladi:

1. Darsda ta'limiy-didaktik, tarbiyaviy rivojlantiruvchi maqsadlarni bilish va ularni amalga oshirish.

2. Darsda ta'limning faol usul va uslublardan foydalanish.

3. Dars jarayonida xalq pedogogikasi an'analarini, jahon pedagogikasi psixologiyasi, san'atimiz buyuk ajdodlarimiz o'gitlari, rivoyatlarimiz, xikmat to'la xadislarimizdan unumli foydalanib, olib borish maqsadga muvofiqdir.

Ma'lumki keyingi yillarda tajribali metodistlar, olimlar va amaliyotchi o'quvchilarning o'quv jarayonini taxlil qilish soxasida o'tkazilgan tadqiqotlar dars samaradorligini oshirish pedagogik va didaktik shart-sharoitlariga bog'lik ekanligi ko'rsatmokda. Eng muxim shart-sharoitlar quyidagilardan iborat:

Darsliklar, qo'llanmalar, dastur tavsiyanomalar, didaktik ko'rgazmali qurollar va texnik vositalardan foydalanish, sinfda ijobiy psixologik muxit bo'lish, o'qituvchi va o'quvchilar orasida o'zaro yaxshi munosabatda bo'lish bu pedagogik shart-sharoitlarga amal qilib darsning maqsadi mavzusi, to'g'ri tashkil qilinsa dars, sifatli samarali bo'lishi mumkin.

Oliy majlisning 1997 yil 28 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan '' Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" muxim tarixiy amaliy xujjat bo'lib ta'lim tizimini tubdan islox qilish, uni dunyoning ilg'or demakratik davlat darajasiga yetkazish va yosh kadrlarni yuksak ma'naviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

axloqiy yuqori bilimlarga ega qilib tarbiyalashni maqsad qilib qo'ydi. Shuningdek yosh bo'lajak pedagog-kadrlarimizni tayyorlashda musiqa o'qituvchisi uchun zarur bo'lgan sifatlarni shakllantirishimiz lozim.Taxlil jarayonida, eng muximi tinglovchilar o'zining dars o'tqazuvchi o'qituvchi sifatida tasavvur qilib, o'z - o'zini uddasidan qanchalik chiqa olishni to'g'ri baxolaydi. Tinglovchilar tomonidan o'tkazilgan darslarni va tarbiyaviy ishlarni taxlili odatda o'z - o'zini baxolashda, o'zini sabotini reja konspektlarini taxlil qilishdan o'z ishini qo'llay olishdan boshlanadi.

MUHOKAMA

Metodist-o'qituvchi amaliyotchi tinglovchilarga metodik yordam ko'rsatish va maslaxatlar berib yutuqlarini arniqlab to'g'ri yo'l ko'rsatishi lozim. Bunda eng asosiy maqsad va tinglovchilar yoshlarimizni qobiliyat va yutuqlarini imkoniyatlarini aniqlab to'g'ri yo'l shakllantirish va yuzaga chiqarishdir. Bu borada yurtboshimiz I.A.Karimovning "Barchamiz yaxshi anglab olishimiz kerakki, xayotimizning boshqa soxalaridagi axvol - amalga oshirilayotgan isloxatlarimizning samaradorligi avvalo xalq ma'naviyatining tiklanishi, boy tarixiy merosimizning keng o'rganilishi an'analarimizning shaklanishi, madaniyat va san'at, fan va ta'lim rivoji bilan uzviy bog'liqdir" - degan so'zlari bilan ma'naviyat cho'qqisiga intilishiga chorlamoqda.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytsak, mana shunday tarzda o'qituvchilar o'quvchilarga musiqa san'atini o'tgatishda ko'plab uslub va metodlardan foydalanib kelmoqdalar. Bunday dars jarayonlari o'quvchilarni yana ham ilg'or bo'lishga, ular orqali musiqa san'atini yoshlar orasida keng targ'ib qilib, san'atimizni jahonga tanitishadi. Bolalarning tarbiyasidagi musiqa san'ati esa, ularni tarbiyasida rivojlantirilgan estetik bilimlar, bolalarning kelajak tarbiyasida yaqqol namoyon bo'ladi. Ularni kelajakda yetuk shaxs bo'lib yetishishida muhim omillardan biri desak mubolag'a bo'lmay

REFERENCES

1. "Milliy mafkura - mamlakat kelajagining poydevori" I.A. Karimov.

2. "Musiqa uslubiyoti" Jayxun Sh. Raxmatullayev Termiz. 1991 yil.

3. "Metodika uz obucheniye" O. Apraksina 1978 Moskva.

4. Oonullayev D. "Umumiy ta'im maktablari uchun musiqa dasturlari" Toshkent . 1992

5. "Musiqa ta'limi" yo'nalishi "Musiqa ta'limi fanlarining taraqqiyot tendensiyalari va innovatsiyalari" moduli bo'yicha o'quv - uslubiy majmua. Q.B. Panjiyev, Sh. N. Raximov, A.X.Trig'ulova. Toshkent 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.