Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNING TARKIBIY QISMLARI VA ASOSIY KO‘RSATKICHLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOTNING TARKIBIY QISMLARI VA ASOSIY KO‘RSATKICHLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
363
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
iqtisodiyot / Raqamli iqtisodiyot / strategiya / AKT sektori / paradigma / ma’lumot / eletkron ma’lumot / AKT bozori / Intellektual faoliyat / Postindustrial iqtisodiyot / infratuzilma / elektron biznes / elektron tijorat / Bozor segmenti / Bozor infratuzilmasi / fundamental innovatsiyalar / Raqamlashtirish / Gibrid dunyo mobil texnologiyalar / biznes-modellar / bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Kusharov Z.K

Mazkur maqolada Raqamli iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari, Raqamli iqtisodiyot ko‘rsatkichlari, Raqamli iqtisodiyot haqidagi iqtisodchi olimlarni fikrlari, ularni asarlarida raqamli iqtisodiyotni tarkibiy qismlari va ularga tavsiflar yetarlicha bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNING TARKIBIY QISMLARI VA ASOSIY KO‘RSATKICHLARI»

RAQAMLIIQTISODIYOTNING TARKIBIY QISMLARI VA ASOSIY KO'RSATKICHLARI

Kusharov Z.K

Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti, Iqtisodiyot fakulteti dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.11207923

Annotatsiya. Mazkur maqolada Raqamli iqtisodiyot va uning tarkibiy qismlari, Raqamli iqtisodiyot ko'rsatkichlari, Raqamli iqtisodiyot haqidagi iqtisodchi olimlarni fikrlari, ularni asarlarida raqamli iqtisodiyotni tarkibiy qismlari va ularga tavsiflar yetarlicha bayon qilingan.

Kalit so'zlar: iqtisodiyot, Raqamli iqtisodiyot, strategiya, AKT sektori, paradigma, ma'lumot, eletkron ma'lumot, AKT bozori, Intellektual faoliyat, Postindustrial iqtisodiyot, infratuzilma, elektron biznes, elektron tijorat, Bozor segmenti, Bozor infratuzilmasi, fundamental innovatsiyalar, Raqamlashtirish, Gibrid dunyo mobil texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalar.

Mamlakatimizda Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo'yicha muhim dasturiy amal hisoblangan hujjatlardan biri bu O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrda qabul qilingan "«Raqamli O'zbekiston—2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079- sonli Farmoni hisoblanadi.

Raqamli texnologiyalar innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun katta salohiyat kerak ekanligini hisobga olinadi, shuning uchun iqtisodiyot sektorining raqamli salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan investitsiyalar bugungi sharoitda uning raqobatbardoshligida muhim omil hisoblanadi.

Zamonaviy sharoitda raqamli iqtisodiyot sektorining muammolari muqarrar ravishda iqtisodiyotning raqobatbardoshligiga ta'sir qiladi, chunki aktual ma'lumotlarni olish va qayta ishlashda kechikish, raqamli resursdan foydalana olmaslik natijasida avvalgi bozor pozitsiyalarining yo'qolishiga olib keladi.

XX-asr oxiri - XXI-asr boshlarida jahon iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy tendensiya sanoat va postindustrial iqtisodiyot raqamli iqtisodiyot deb ataladigan yoki AKT dan foydalanishga asoslangan iqtisodiyotga o'tish boshlandi.

AKT sektori - elektron ko'rinishdagi ma'lumotlarni ro'yxatdan o'tkazish, qayta ishlash, uzatish, namoyish qilish bilan bog'liq bo'lgan vazifalarni tashkil qilishni o'z ichiga oluvchi iqtisodiyotning tarmog'i hisoblanadi.

Jahon AKT bozori subyektlari:

-davlatlar,

-kompaniyalar,

-universitetlar,

-maxsus fondlar va jismoniy shaxslar.

Jahon AKT bozorining obyektlari:

-Intellektual faoliyatning moddiy shakli natijalari (masalan, yangi dasturiy-texnik vositalar va jihozlar) va nomoddiy shakli (litsenziyalar, patentlar).

Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi ko'pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosida o'rganilmoqda. Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon "raqamli iqtisodiyot" turli xil atamalar bilan nomlanadi.

Masalan, "Postindustrial iqtisodiyot" (D. Bell), "Axborotlashgan iqtisodiyot" (O. Toffler), "Megaiqtisodiyot" (V.Kuvaldin), va h.k.

Raqamli iqtisodiyot atamasini 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte amaliyotga kiritdi.

Raqamli iqtisodiyot - umumtexnologik jarayon bo'lib, iqtisodiyotni bir butunlikda rivojlanishini ta'minlaydi hamda raqamli iqtisodiyot - bu paradigma hisoblanadi.

XXI asrda raqamli texnologiyalarning rivojlanishi bilan bir qatorda ularning ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sohalaridagi ahamiyatini ham oshirdi.

"Raqamli iqtisodiyot" 2 xil turli tushunchalarni ifodalash uchun ishlatiladi:

Birinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o'rni bilan tavsiflanadi.

Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o'ziga xos kategoriya bo'lib, uning o'rganish obyekti axborotlashgan jamiyat hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyot - bu jamiyat ne'matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, ayraboshlash va iste'mol qilish jarayonlarida AKTni keng joriy etishni ko'zda tutadigan insonning iqtisodiy faoliyat turi hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyot belgilari:

• yuqori darajada avtomatlashtirilganlik;

• elektron hujjat almashinuvi;

• Buxgalteriya xisobi, xisobotlari va boshqaruv tizimlarining elektron integratsiyalashuvi;

• ma'lumotlar elektron bazalari;

• CRM (mijozlar bilan o'zaro munosabat tizimi) mavjudligi;

• korporativ tarmoqlar.

Raqamli iqtisodiyotning qulayliklari:

• To'lovlar uchun xarajatlar kamayadi (masalan, bankka borish uchun yo'lkira va boshqa resurslar tejaladi).

• Tovarlar va xizmatlar haqida ko'proq va tezroq ma'lumot olinadi.

• Raqamli dunyodagi tovar va xizmatlarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlari katta.

• Iste'molchi fikrini tez olish hisobiga tovar va xizmatlar jadal takomillashtiriladi.

• Tezroq, sifatliroq, qulayroq.

Shunday qilib, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asnosida amalga oshirishning yaxlit bir tizimi-bu raqamli iqtisodiyotdir.

Raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar:

— infratuzilma, shu jumladan texnik, dasturiy ta'minot, telekommunikatsiya va h.k.;

— virtual bozor subyektlari o'rtasidagi virtual o'zaro aloqalar doirasida kompyuter tarmoqlari orqali amalga oshiriladigan elektron biznes;

— kompyuter tarmoqlari yordamida amalga oshiriladigan barcha moliyaviy va tijorat operatsiyalarini, shuningdek bunday operatsiyalar bilan bog'liq bo'lgan biznes-jarayonlarni o'z ichiga olgan elektron tijorat.

Raqamli iqtisodiyot rivojlanish segmentlari. Bozor segmenti (lot. segmentum — qism) — bozorning sotiladigan tovarlar turi, hududiy joylashuvi, xaridorlarning toifasi va ijtimoiy qatlamlari kabi belgilarga ko'ra alohida qismlarga ajralishi tushuniladi.

Raqamli iqtisodiyotning rivojlamishi uchta asosiy segmentda ko'rib chiqiladi:

1. real tovarlar va hizmatlar ta'minotchilari va xaridorlari sektori;

2. dasturiy ta'minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori;

3. qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi ma'lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko'rinishidagi infratuzilma

Bozor infratuzilmasi — bu bozor aloqalarini o'rnatish va ularning bir maromda amal qilishga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar tizimidir.

Unga ombor xo'jaligi, transport, aloqa xizmatlari ko'rsatuvchi korxonalar, tovar va xizmatlar muomalasiga xizmat qiluvchi muassasalar (birjalar, auksionlar, savdo uylari, savdo-sotiq idoralari va agentliklari kabilar), moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar (bank turidagi muassasalar, kreditlash idoralari, sug'urta va moliya kompaniyalari, soliq idoralari) va ijtimoiy sohaga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar (uy-joy va kommunal xizmat idoralari, aholini ishga joylashtirish firmalari) kiradi.

Axborot xizmati idoralari ham bozor infratuzilmasining alohida bo'g'inini tashkil qilib, ularga ma'lumotlarni to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi kompaniya va firmalar kiradi.

Raqamli iqtisodiyot rivojlanish segmentlariga:

— real tovarlar va xizmatlar ta'minotchilari hamda xaridorlari sektori;

— dasturiy ta'minot va texnologiyalar ishlab chiquvchilar sektori;

— qonunchilik bazasi, kadrlar tayyorlash tizimi, barcha turdagi ma'lumotlar uzatish va saqlash kanallari ko'rinishidagi infratuzilma sektori kiradi.

"Raqamli iqtisodiyot" atamasini 1995-yilda Don Tepkott tomonidan birinchi bo'lib asos solgan.

"Raqamli iqtisodiyot" atamasi birinchi bo'lib AQSH olimi 1995 yilda Don Tepkott muallifligida chop etilgan "Raqamli iqtisodiyot: tarmoqli intelekt asrida va'da va xavf-xatar" nashrida alohida tushuncha sifatida istiloh etilgan.

Ushbu nashrda raqamli iqtisodiyotning asosiy tarkibiy qismlariga:

1. fundamental innovatsiyalar (yarimo'tkazgichlar, protsessorlar),

2. asosiy texnologiyalar (kompyuterlar),

3. bog'lovchi infratuzilmalar (internet va telekommunikatsiya tarmoqlari) ajratib ko'rsatiladi.

Amerikalik olim iqtisodchi Don Tapskott(1947) - Jamiyat va biznesda axborot texnologiyalari sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. Bu olimni ta'kidlashicha, Raqamli

1-rasm. Raqamli iqtisodiyotni tarkiy qismlari

iqtisodiyot - bilimlarga asoslangan iqtisodiyotdir! deyilgan.

Ushbu ma'lumotlar shuni anglatadiki, raqamli iqtisodiyot bizning ommaga sezilarli darajada kech kirib kelgan. Bu esa o'z o'rnida davlat iqtisodiyotiga salbiy ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi.

Raqamli iqtisodiyotning asosiy ko'rsatkichlari.

1. Raqamli iqtisodiyot platformalari

2. Personifikatsiya qilingan servis modellari

Big Data, targetlangan (maqsadli) marketing, 3D-bosma kabi texnologiyalar

3. Ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilarning bevosita o'zaro aloqa qilishi

4. Birgalikda foydalanish (Sharing Economy, Free Economy)

5. Individual qatnashchilar hissasi

Iqtisodiyotni raqamlashtirishni hisobga olgan holda iqtisodiyotni tashkil etish konseptual modeli aqliy iqtisodiy muhit uchta savolga javob berish lozim:

1. Nima ishlab chiqarish kerak?

2. Qanday ishlab chiqarish kerak?

3. Kim uchun ishlab chiqarish kerak?

Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish uchun muayyan bazaga ega bo'lishlikni talab qilinadi:

- raqamli infratuzilmani va aloqa standartlarini ishlab chiqish;

- axborot xavfsizligini ta'minlash;

- On-Line xizmatlarni kengaytirish;

- fuqarolar uchun tarmoq ichidagi va On-Line kommunikatsiyalarga bepul kirishni yaratish;

- raqamli ekotizimlarda axborot oqimlari va bilimlarni boshqarishni takomillashtirish.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda avvalo telekommunikatsiya va elektron infratuzilmani

takomillashtirish alohida ahamiyatga ega.

Yangi texnologiyalar, platformalar, biznes modellarini yaratish va ularni kundalik hayotga joriy etish orqali mavjud iqtisodiyotni yangicha iqtisodiyotga ko'chirish-bu bugungi kunda raqamli iqtisodiyotni anglatadi.

Raqamlashtirish deganda obyektiv, muqarrar jarayon bo'lib, uni to'xtatishning iloji yo'q bo'lgan jarayon hisoblanadi.

Raqamli iqtisodiyotda muhim tushunchalaridan biri - bu Gibrid dunyo tushunchasidir. Gibrid dunyo - real dunyoda virtual dunyo orqali barcha «hayotiy ahamiyatga ega» harakatlarni amalga oshirish imkoniyati bilan ajralib turadigan real va virtual dunyolar birlashuvi natijasida hosil bo'ladi.

Raqamli iqtisodiyot YAIMni kamida 30 foizga o'stirish, korrupsiyani keskin kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar o'tkazgan tahlillar ham buni tasdiqlamoqda.

Raqamli iqtisodiyotni asosiy xarakatga keltiruvchi mexanizm-bu raqamli texnologiyalardir, raqamli texnologiyalar asosini Internet tashkil etadi. Internet o'z-o'zidan iqtisodiy jarayonlarni naqd pulsiz shaklda amalga oshirishni nazarda tutadi.

Texnologik jihatdan, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanishini 4 ta asosiy trend belgilab beradi: bular mobil texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalaridir.

Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va amalga oshirishning muhim jihati, birinchi navbatda, quyidagi muammolarni hal etishga yo'naltirilgan davlat mintaqaviy siyosatini amalga oshirish hisoblanadi:

birinchidan, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy tizimi sifatida hududlarning raqobatdoshligini oshirish va ularning resurs salohiyatini mustahkamlash;

ikkinchidan, inson omiliga ahamiyat berish, resurslarni rivojlantirish;

uchinchidan, mintaqalararo hamkorlikni rivojlantirish hamda mintaqalarni rivojlantirish uchun institutsional sharoitlarni yaratish;

to'rtinchidan, jarayonni samarali boshqarish va o'z vaqtida to'g'ri qaror qabul qilish uchun onlayn rejimda xo'jalik yurituvchi subyekt darajasida moliyaviy va iqtisodiy xavfsizlikni monitoring qilish uchun dasturiy ta'minotni taqdim etish uchun bevosita muloqot qilish va aloqa tizimini yaratish kerak.

Raqamli tizimlar uchun texnologiyalar va xizmatlar o'z ichiga quyidagilarni olishi kerak:

- axborot-kommunikatsiya tizimining rivojlangan tuzilmasi;

- obyektiv yo'naltirilgan guruhlarda ishtirok etadigan interaktiv jamoalar;

- axborot resurslari;

- ma'lumot bazasi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- elektron o'zaro ta'sirlarning yangi shakllari;

- biznes, hukumat va jamiyatni integratsiyalashishi uchun platforma;

- raqamli muhit.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, manbalarda keltirilishicha, raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi xalqaro biznesning ichki va tashqi muhitiga ta'sir ko'rsatishi mumkin. AKT sohasida katta o'z garishlar ro'y bermoqda, bu esa xo'jaliklar faoliyatining barcha yo'nalishlarida aks ettirilishi mumkin emas.

Axborot texnologiyalari yordamida xarajatlarni kamaytirish va ayni paytda iqtisodiyotning ko'plab tarmoqlarida mehnat unumdorligi va samaradorligini oshirish uchun bunday imkoniyat mavjud. Shu bilan birga, raqamli iqtisodiyotni hisobga olgan holda bozorda kompaniyalarning yo'nalishi tobora murakkablashib bormoqda.

Raqamli iqtisodiyotga xos bo'lgan texnologik o'zgarishlar ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar uchun yangi bozor qoidalarini yaratishi mumkin. Bunday muhitda kompaniyalar yangi raqobat strategiyalarini qidirishi va raqobat samaradorligini oshirishlari kerak. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktyabrda qabul qilingan «Raqamli O'zbekiston—2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079- sonli Farmoni;

2. Z.K.Kusharov, N. I.Abduraxmanova. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishida milliy raqamli iqtisodiy xavfsizlik masalalari (tezis). "O'zbekiston yoshlari: agrar soha rivojida mening hissam" mavzusidagi iqtidorli talaba-yoshlar, magistrlar va yosh olimlarning respublika ilmiy-amaliy (masofaviy) konferensiyasi materiallari to'plami, TDAU, 30 may 2020 y, 638640 betlar

3. Z.K.Kusharov, F.Toshnazarova. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning nazariy jihatlari (tezis). "O'zbekiston yoshlari: agrar soha rivojida mening hissam" mavzusidagi iqtidorli talaba-yoshlar, magistrlar va yosh olimlarning respublika ilmiy-amaliy (masofaviy) konferensiyasi materiallari to'plami, TDAU, 30 may 2020 y, 646-648 betlar

4. N.Noraliyev, Z.Kusharov. Raqamli iqtisodiyot sharoitida chorvachilik mahsulotlari yetishtirish

jarayonlarini modellashtirish (monografiya). "Iqtisod-moliya" nashriyoti, "Xumoyunbek-istiqlol mo'jizasi" bosmaxonasi. Toshkent - 2019 y

5. Z.K.Kusharov. Ta'lim jarayonini raqamlashtirishning ustuvor jihatlari(maqola). Xorazm Ma'mun Akademiyasi axborotnomasi, 2023-11/3, Xiva-2023, 189-193 betlar https://www.mamun.uz/bulletin/archive/2023/11

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.