YANGI O'ZBEKISTONDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING RIVOJLANIB BORAYOTGAN YANGI KICHIK VA KATTA
BIZNESLARGA TA'SIRI
d https://doi.org/10.5281/zenodo. 11643312
Kamolov Azizbek Anvar o'g'li
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti talabasi Email: [email protected] Ilmiy rahbar: Umarjonov Sohibjon Soyibjon o'g'li
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti Pedagogika va ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi
Email: [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu havola etilayotgan maqolada raqamli iqtisodiyot va uning asosida qurilgan raqamlashuv jarayonining texnalogiyalarga joriy etishdagi yutuqlari hamda kamchiliklariga bag'ishlanadi. Ushbu maqola hozirgi raqamli texnalogiyalarga bo'lgan talabning ortib borishi, tashkiliy-huquqiy malsalalar bilan bog'liq raqamli texnalogiyalarini jadal rivoj toptirish mexanizmi hamda bir qancha samarali modellar haqida ko 'plab qimmatli ma 'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, raqamli O 'zbekiston, AKT, "Bir million dasturchi ", axborot xavfsizligi, elektron tijorat.
THE IMPACT OF DIGITAL TECHNOLOGIES ON NEW
DEVELOPING SMALL AND LARGE BUSINESSES IN THE NEW
UZBEKISTAN
ANNOTATION
This linked article focuses on the achievements and shortcomings of the digital economy and the digitization process based on it. This article provides a lot of valuable information about the increasing demand for current digital technologies, the mechanism of rapid development of digital technologies related to organizational and legal issues, and several effective models.
Keywords: Digital economy, digital technologies, digital Uzbekistan, ICT, "One million developers", information security, e-commerce.
KIRISH
Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o'tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e'lon qilingani bejiz emas. Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning rivojlanishi sharoitida O'zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib bo'lmaydi. Bugun kunimizda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortib borishi hamda ularni keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, kelgusi 3 yil mobaynida iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o'rni axborot texnologiyalari yordamida yaratilishi aytilmoqda. Birinchidan, raqamli iqtisodiyot -bu rivojlanishning zamonaviy bosqichi hisoblanib, u ijodiy mehnat va axborot ne'matlarining ustuvor o'rni bilan tavsiflanadi. Ikkinchidan, raqamli iqtisodiyot - bu o'ziga hos nazariya bo'lib, uning o'rganish ob'ekti, axborotlashgan jamiyatjarayonlari hisoblanadi. Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o'z rivojlanishining boshlang'ich davridadir, chunki tsivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o'tishi bir necha o'n yil avvalgina boshlangan. "Raqamli iqtisodiyot" atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o'zining "Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat" nomli uch jildli monografiyasini tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda doridarmonni onlayn sotish va yetkazib berishni va'da qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga o'tkazishni so'rab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-do'konlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini ta'minlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi. Mahsulot tanlashga keladigan bo'lsak, ko'pchilik respondentlar Internet orqali kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnikava elektronika xarid qilishni afzal ko'rishgan. Avtomobil va ko'chmas mulk predmetlari internet orqali eng kam xarid qilinadigan tovarlar bo'lgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ayni paytda foydalanuvchi «onlayn» rejimida yirik miqdordagi pullarni berishga hali tayyor emas.Bundan tashqari, foydalanuvchilar UzCard, VISA, MasterCard kabi to'lov tizimlaridan faol foydalaniladilar. Ommaviylik darajasi eng past tizimlar Union Pay, WebMoney va kriptovalyutalar hisoblanadi. Mahsulotlarni onlayn xarid qilishdagi muammolarga keladigan bo'lsak, deyarli barcha respondentlar to'lov vaqtidagi qiyinchliklar, tovar/hizmat sifatining pastligi, yetkazib berish vaqti uzoqligi, shuningdek, narx qimmatligini aytib o'tishgan. Shunday qilib, ijtimoiy so'rov
natijasida olingan ma'lumotlardan kelib chiqib, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini to'xtatib turgan bir qator muammolar va kamchiliklarni aytib o'tishimiz mumkin: 1. Aholining elektron bitimlar tuzishga unchalik ishonmasligini; 2. Yetkazish berish qiymatining yuqoriligini; 3. Tovar/hizmatlar sifatining pastligini; 4. Firibagrliklardan qo'rqishni; 5. Kompyuter savodxonligi darajasining pastligini. Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgani Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o'rni va rolini, ularning yurtimiz bo'ylab qamrovini jadal sur'atda oshiradi. Tizim muntazam rivojlanyapti, keng ko'lamli va kompleks loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda. Shu bilan birga, hali oldimizda bajaralishi zarur bo'lgan muhim vazifalar turibdi. Hozirda O'zbekistonning asosiy strategiyalaridan biri hissoblangan raqamli texnologiyalarning barcha soha va tarmoqlarga joriy etilishi va qo'llanilishi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bularga misol qilib kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi va dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslarni oldini olish chora-tadbirlarini olishimiz mumkin.
"RAQAMLI O'ZBEKISTON-2030" konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etish bo'lib, u o'z ichiga barcha soha va tarmoqlarni qamrab olgani hamda eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni shakllantirish, qolaversa, innovatsion g'oyalar, texnologiyalar va ishlanmalarni joriy etish bo'yicha davlat organlari va tadbirkorlik subyektlarining uzviy hamkorligini ta'minlash, barcha soha va tarmoqlarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda "axborotlashgan jamiyat" muhitini yaratishga xizmat qiladi. Ayni damda jadallik bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni "yangi iqtisodiyot"ni vujudga keltirdi. Kam o'rganilgan va kun sayin chuqur tomir otib borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kampaniyalari uyushtirish, minimal xarajat qilib, maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal usullarini taqdim etadi. Iste'molchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat hamda qulaylik yaratiladi. Bu vaqtingiz tig'iz paytida Internet orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul jo'natishdan ko'ra kengroq imkoniyatlar bo'lib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis kabilarni ham qamrab oladi.
Mamlakatimiz uchun dolzarb sohalardan biri bo'lgan qishloq xo'jaligini raqamlashtirish jarayoni yurtimiz rivojlanish uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan ro'yxatda agrar soha muhim o'rin tutadi. Shu bois, tarmoqlarni yangi bosqichga chiqarishga xizmat qiluvchi 24 ta loyihani ro'yobga chiqarish mo'ljallanyapti. Aytish kerakki, qishloq va suv xo'jaligi tarmoqlariga raqamli texnologiyalarni joriy etish
bo'yicha muammolar, tezkor hal etish zarur bo'lgan masalalar oz emas. Axborot texnologiyalari qishloq xo'jaligida yerni hisobga olish va monitoring qilishda juda qo'l keladi. Masalan, yerni kosmik zondlash orqali ekin maydonlari, vegetatsiya jarayoni, yerning meliorativ holati va minerallashuv miqdorini o'rganish mumkin. Bu agrotexnik tadbirlarni aniq belgilab, hosildorlikni 25-30 foizgacha oshirish imkonini beradi.
NATIJALAR
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o'rinbosari Olimjon Umarov ta'kidlashicha, raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obyektlari, xizmatlarda axborot texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Agar oddiy iqtisodiyotda moddiy buyumlar asosiy resurs hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, ma'lumotlar bo'ladi. "Taraqqiyot strategiyasi" markazi ijrochi direktori, Eldor Tulyakovning fikriga ko'ra nufuzli xalqaro tashkilotlar olib borgan tahlillar natijalariga ko'ra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi, shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi. Xalqaro amaliyotga yuzlanadigan bo'lsak, hozirgi kunda raqamli iqtisodiyot elektron tijorat va xizmatlar sohasi bilan cheklanib qolmay, balki hayotning har bir jabhasiga, xususan, sog'liqni saqlash, fan-ta'lim, qurilish, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, transport, geologiya, kadastr, arxiv, internetbanking va boshqa sohalarga jadal kirib bormoqda va ularning har birida o'zining yuqori samaralarini bermoqda. Davlat o'z fuqarolari uchun elektron xizmatlar ko'rsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi. Raqamli texnologiyalar aholi uchun va tadbirkorlik sub'ektlarining davlat organlari bilan kontaktsiz aloqa shakllarini yanada rivojlantirish maqsadida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ishlab chiqildi (https://my.gov.uz). Bugungi kunda Yagona portal orqali 176 tadan ortiq elektron davlat xizmati taqdim etilmoqda. 1 Tadbirkorlarning, shu jumladan, chet el investorlari murojaatlari bilan ishlashni tashkil etish sifati va tezkorligini oshirish, ular bilan ochiq va to'g'ridan-to'g'ri muloqotni ta'minlash, ularning qonuniy talablarini amaliy va samarali ro'yobga chiqarish va muammoli masalalarini hal etish maqsadida Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko'rib chiqish virtual qabulxonasi "business.gov.uz" portali ishga tushirildi. O'zbekiston aholisining 60 foizi yoshlar bo'lib, ularni zamonaviy axborot texnologiyalariga keng jalb qilish, dasturiy mahsulot yaratish va autsoring xizmatlarini ko'rsatishga ko'maklashish orqali ish bilan ta'minlash muhim vazifalardan hisoblanadi. Bu borada AKT sohasi uchun kadrlar tayyorlashda 2019 yil dekabr oyida Muhammad alXorazmiy nomidagi
AKT yo'nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashgan maktabning zamonaviy binosi foydalanishga topshirildi. Ayni paytda matematika va xorijiy tillar bo'yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirgan 680 nafar bola ushbu maktabning 511 sinfida ta'lim olmoqda.
O'zbekiston fanlar akademiyasining akademigi, iqtisod fanlari doktori Qalandar Abdurahmonovning ilmiy izlanishlariga ko'ra, hozirgi davrda mamlakatning rivojlanishi faqat mavjud tabiiy boyliklar yoki aholi soniga bog'liq bo'lmay qoldi, — deydi — Jahon bankining ma'lumotlariga ko'ra, kurrai zaminimiz umumiy boyligining 66 foizi — 365 trillion AQSH dollari inson kapitaliga, ya'ni asosan shaxsning ilm darajasiga to'g'ri kelmoqda. AQSHda ushbu ko'rsatkich milliy boylikning 77 foizi — 95 trillion dollarga yetgan. Shuning uchun davlatimiz rahbari joriy yil Murojaatnomada "Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros — bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik — bu bilimsizlikdir!"degan fikrni alohida keltirib o'tdi. Jumladan, uzbekcoders.uz portali orqali 2020/2021 o'quv yilida 2,1 mingdan ortiq maktabning 47 mingdan ziyod o'quvchisini, 44 ta oliy ta'lim muassasasining 54 mingdan ortiq talabasini o'qitish rejalashtirilgan2 . Shuningdek, 2020/2021 o'quv yilidan boshlab oliy va o'rta maxsus ta'lim muassas alarida tegishli yo'nalishlarning mutaxassislik fanlari hamda umumta'lim maktablarining informatika fani dasturlariga "Bir million dasturchi" loyihasi doirasidagi dasturlash yo'nalishlari mavzularini kiritish bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda yurtimiz bo'ylab aholi va yoshlar uchun raqamli texnologiya o'quv markazlari tashkil qilingan.
MUHOKAMA
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo'yicha kamida 100 ta o'quv markazini ochish rejalashtirilmoqda. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo'nalishlar bo'yicha qisqa muddatli o'quv kurslari yo'lga qo'yiladi. Kiberxavfsizlik - raqamli iqtisodiyotning muhim sharti O'zbekistonda barcha tizimlar raqamlashmoqda. Ayniqsa, koronavirus tufayli joriy etilgan karantin rejimida onlayn tovar va xizmatlarga bo'lgan talab yana-da ortdi, barcha sohalarda raqamli funksiyalarning safi kengaydi. Bugun uydan chiqmasdan to'lovlarni amalga oshirish, hech bir muammosiz masofaviy ta'lim olish, dunyoning yirik kutubxonalaridan foydalanish va hatto ishlash mumkin. Raqamli xizmatlar an'anaviy turga qaraganda qog'ozbozlik, rasmiyatchilikning yo'qligi, vaqtni tejash kabi bir qator afzalliklarga ega. Masalan, davlat xizmatlarini raqamli ko'rinishda olsangiz, sizga belgilangan to'lovning 10 foizi miqdorida chegirma taqdim etiladi. Bularning barchasi mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga faol o'tilayotganining belgisi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning yana bir omili — kiberxavfsizlikni
ta'minlashdir. Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan saqlanish bo'yicha ko'rsatmalar yorlig'i ostida dasturiy
tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar tarqatish holatlari uchradi. Xorijda doridarmonni onlayn sotish va yetkazib berishni va'da qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga o'tkazishni so'rab, sodda odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-do'konlar, veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini ta'minlash zaruratini yana bir bor tasdiqlaydi. Mahsulot tanlashga keladigan bo'lsak, ko'pchilik respondentlar Internet orqali kiyim-bosh, shuningdek, maishiy texnikava elektronika xarid qilishni afzal ko'rishgan. Avtomobil va ko'chmas mulk predmetlari internet orqali eng kam xarid qilinadigan tovarlar bo'lgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, ayni paytda foydalanuvchi «onlayn» rejimida yirik miqdordagi pullarni berishga hali tayyor emas. Bundan tashqari, foydalanuvchilar UzCard, VISA, MasterCard kabi to'lov tizimlaridan faol foydalaniladilar. Ommaviylik darajasi eng past tizimlar Union Pay, WebMoney va kriptovalyutalar hisoblanadi. Mahsulotlarni onlayn xarid qilishdagi muammolarga keladigan bo'lsak, deyarli barcha respondentlar to'lov vaqtidagi qiyinchliklar, tovar/hizmat sifatining pastligi, yetkazib berish vaqti uzoqligi, shuningdek, narx qimmatligini aytib o'tishgan. Shunday qilib, ijtimoiy so'rov natijasida olingan ma'lumotlardan kelib chiqib, O'zbekistonda elektron tijoratning rivojlanishini to'xtatib turgan bir qator muammolar va kamchiliklarni aytib o'tishimiz mumkin:
1. Aholining elektron bitimlar tuzishga unchalik ishonmasligini;
2. Yetkazish berish qiymatining yuqoriligini;
3. Tovar/xizmatlar sifatining pastligini;
4. Firibagrliklardan qo'rqishni;
5. Kompyuter savodxonligi darajasining pastligini.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, bu kabi yirik loyihalarga start berilgani Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yilida raqamli texnologiyalarning hayotimizdagi o'rni va rolini, ularning yurtimiz bo'ylab qamrovini jadal sur'atda oshiradi. Tizim muntazam rivojlanyapti, keng ko'lamli va kompleks loyihalar amaliyotga joriy etilmoqda. Shu bilan birga, hali oldimizda bajaralishi zarur bo'lgan muhim vazifalar turibdi. Hozirda O'zbekistonning asosiy strategiyalaridan biri hissoblangan raqamli texnologiyalarning barcha soha va tarmoqlarga joriy etilishi va qo'llanilishi ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Bularga misol qilib kiberxavfsizlik, axborot xavfsizligi va dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslarni oldini olish chora-tadbirlarini olishimiz mumkin.
1. Oson va Tezkor Boshlanish
Raqamli texnologiyalar kichik bizneslarning bozorga chiqishini sezilarli darajada osonlashtirmoqda. Internet orqali savdo qilish imkoniyatlari, onlayn to'lov tizimlari va raqamli marketing vositalari yangi bizneslarni minimal sarmoya bilan tezda ish boshlash imkonini Oson va Tezkor Boshlanish
Raqamli texnologiyalar kichik bizneslarning bozorga chiqishini sezilarli darajada osonlashtirmoqda. Internet orqali savdo qilish imkoniyatlari, onlayn to'lov tizimlari va raqamli marketing vositalari yangi bizneslarni minimal sarmoya bilan tezda ish boshlash imkonini bermoqda.
2. Marketing va Reklama
Raqamli marketing vositalari kichik bizneslarga o'z mahsulotlarini keng auditoriyaga arzon narxlarda reklama qilish imkonini beradi. Ijtimoiy tarmoqlar, SEO, va onlayn reklama platformalari orqali kichik tadbirkorlar o'z mijozlariga tez va samarali tarzda yetib borishlari mumkin.
3. Ish jarayonlarini avtomatlashtirish
Bulutli xizmatlar va dasturiy ta'minotlarning rivojlanishi kichik bizneslarga ko'plab ish jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini bermoqda. Bu, o'z navbatida, resurslarni tejash va samaradorlikni oshirishga yordam beradi. Masalan, buxgalteriya hisoboti, mijozlar bilan aloqa va inventarizatsiya boshqaruvi raqamli tizimlar yordamida sodda va samarali amalga oshiriladi.
Katta Bizneslarga Ta'siri
1. Raqamli Transformatsiya
Yirik kompaniyalar raqamli texnologiyalar yordamida o'z biznes modellarini tubdan o'zgartirish imkoniyatiga ega. Masalan, sun'iy intellekt, katta ma'lumotlar (big data) va avtomatizatsiya vositalari ishlab chiqarish, logistika va mijozlar xizmatlari sohalarida inqilob qilmoqda.
2. Global Bozorga Chiqqish
Raqamli texnologiyalar orqali katta bizneslar global bozorga chiqish imkoniyatiga ega bo'ladi. Elektron tijorat platformalari, xalqaro to'lov tizimlari va onlayn marketing vositalari yordamida yirik kompaniyalar o'z mahsulot va xizmatlarini dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazishlari mumkin.
3. Innovatsiyalar va Investitsiyalar
Raqamli texnologiyalar innovatsiyalarni rag'batlantiradi va yangi mahsulotlar yaratilishiga zamin yaratadi. Shu bilan birga, yirik bizneslar raqamli platformalar va tarmoqlar orqali yangi startaplarni qo'llab-quvvatlash, ularga investitsiya kiritish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Bu esa iqtisodiyotni yanada diversifikatsiyalash va yangi ish o'rinlari yaratishga xizmat qiladi.
XULOSA
Yangi O'zbekistonda raqamli texnologiyalar rivoji nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, balki kichik va katta bizneslarning o'sish va rivojlanishiga ham katta ta'sir ko'rsatmoqda. Quyida bu ta'sirning asosiy jihatlari kengaytirilgan holda ko'rib chiqiladi. Raqamli texnologiyalarni keng joriy qilish natijasida yangi ish o'rinlari paydo bo'ladi. Misol uchun, IT sohasidagi dasturchilar, tizim administratorlari, kibergigiyena mutaxassislari, raqamli marketing mutaxassislari kabi kasblar bo'yicha talab ortib boradi. Bu jarayon, o'z navbatida, yosh mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratadi va mamlakatdagi ishsizlik darajasini pasaytiradi. korxonalar uchun ish jarayonlarini yanada samarali va mahsuldor qilish imkonini beradi. Avtomatlashtirish, robototexnika, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar (big data) kabi texnologiyalar korxonalarda ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish jarayonlarini optimallashtirishga yordam beradi. Bu esa mahsulot sifatini oshirish va xarajatlarni kamaytirish imkonini beradi. Masalan, sun'iy intellekt va katta ma'lumotlar yordamida yangi mahsulotlar va xizmatlar yaratiladi, mijozlarga xizmat ko'rsatish jarayonlari yaxshilanadi. Buning natijasida korxonalar o'z mijozlari uchun ko'proq qiymat yaratadi va raqobatbardoshligini oshiradi. O'zbekiston korxonalariga xalqaro hamkorlik qilish va global bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytiradi. Onlayn tijorat platformalari va xalqaro to'lov tizimlari yordamida o'z mahsulot va xizmatlarini dunyoning istalgan nuqtasiga yetkazish mumkin bo'ladi. Bu esa eksport hajmini oshirish va iqtisodiy o'sishni tezlashtirishga xizmat qiladi. O'zbekiston raqamli texnologiyalarni rivojlantirish orqali kelajakda yanada katta yutuqlarga erishishi mumkin. Bulardan biri, "aqlli shaharlar" (smart cities) loyihalarini amalga oshirishdir. Aqlli shaharlar texnologiyalari orqali shahar infratuzilmasi samaradorligi oshiriladi, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar yaxshilanadi va ekologik muhit yaxshilanadi. Bu, o'z navbatida, aholining hayot sifatini oshiradi. Bundan tashqari, raqamli texnologiyalar yordamida qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish, suv resurslarini samarali boshqarish va ekologik muammolarni hal qilish mumkin. Masalan, aqlli qishloq xo'jaligi texnologiyalari yordamida suv va o'g'itlardan foydalanishni optimallashtirish, hosildorlikni oshirish va ekologik xavfsizlikni ta'minlash mumkin bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):
1. Mulaydinov, F. (2021). Digital Economy Is A Guarantee Of Government And Society Development. Ilkogretim Online, 20(3), 1474-1479.
2. Mulaydinov, F. M. (2019). Econometric Modelling of the Innovation Process in Uzbekistan. Форум молодых ученых, (3), 35-43.
3. Mulaydinov, F., & Nishonqulov, S. (2021). Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda axborot texnologiyalarining orni-The role of information technologies in the development of the digital economy.
4. Mulaydinov, F., & Nishonqulov, S. (2021). The role of information technologies in the development of the digital economy. The role of information technologies in the development of the digital economy.
5. Butaboyev, M., Urinov, A., Mulaydinov, F., & Tojimatov, I. Digital economy.
6. Mulaydinov, F. M. (2021). Crowdfund opportunities in small business and entrepreneurship. Academic research in educational sciences, 2, 23-32.
7. Farkhod, M. (2020). Econometric Modelling of the Innovation Process in Uzbekistan. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(02).
8. Ogli, N. S. F., & Ogli, R. B. O. (2021). The Digital Economy is The Basis For Forming A Favorable Investment Environment. Eurasian Scientific Herald, 1(1), 1-5.
9. Ogli, N. S. F., & Ogli, R. B. O. (2021). In The Context of Developing the Digital Economy Modern Forms of Employment. Eurasian Scientific Herald, 1(1), 11-16.
10. Can$Ha3apoB, H. (2022). Pragmatizm tadbirkorlik falsafasi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 924-929.
11. Tokhirov, R., & Rahmonov, N. (2021). Technologies of using local networks efficiently. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(6), 250- 254.
12. Saifnazarov, I. (2023). Yangi O'zbekiston: inson qadri ulug'langan yurt. -Tashkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" MChJ. - 209.
13. Ulugbekrakhmatov, & Nodirjonrakhmonov, Yulduzkhonsultanova & Rakhmonov, Nodirjon. (2020). Problems and Solutions for The Implementation of The Industry-4.0 Program In Uzbekistan. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems. 12. 2677-2683. 10.5373/JARDCS/V12I2/S20201321.
14. Saifnazarov, I. (2022). So'z erkinligi - Yangi O'zbekiston tayanchi. "Falsafaning dolzarb muammolari" mavzuidagi Res. ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, Guliston. 129-133 betlar.