Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO‘LISHI VA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI'

RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO‘LISHI VA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

68
68
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqamli iqtisodiyot / zamonaviy / axborot / kommunikatsiya / internet / virtual dunyo / raqamlashtirish / global internet / tushuncha / ijtimoiy tarmoqlar. / digital economy / modern / information / communication / Internet / virtual world / digitization / global Internet / understanding / social networks.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Akmal Akbarov

Raqamli iqtisodiyotning paydo bo„lishi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Global Internet tar-mog„isiz tasavvur qilib bo„lmaydi. Fayllarni uzatish, masofadan kirish. "Virtual dunyo" ning paydo bo„lishi haqida gapirish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The emergence of the digital economy is modern information and communication technologies. It is impossible to imagine without the global Internet network. File transfer, remote access. We can talk about the emergence of the "virtual world".

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO‘LISHI VA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

RAQAMLI IQTISODIYOTNING PAYDO BO'LISHI VA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI

Akmal Akbarov

TDIU Samarqand filiali 2-kurs magistranti akmmalaaaa@gmail. com

ANNOTATSIYA

Raqamli iqtisodiyotning paydo bo'lishi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Global Internet tar-mog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Fayllarni uzatish, masofadan kirish. "Virtual dunyo" ning paydo bo'lishi haqida gapirish mumkin.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, zamonaviy, axborot, kommunikatsiya, internet, virtual dunyo, raqamlashtirish, global internet, tushuncha, ijtimoiy tarmoqlar.

ABSTRACT

The emergence of the digital economy is modern information and communication technologies. It is impossible to imagine without the global Internet network. File transfer, remote access. We can talk about the emergence of the "virtual world".

Keywords: digital economy, modern, information, communication, Internet, virtual world, digitization, global Internet, understanding, social networks.

АННОТАЦИЯ

Появление цифровой экономики - это современные информационно-коммуникационные технологии. Его невозможно представить без глобальной сети Интернет. Передача файлов, удаленный доступ. Можно говорить о появлении «виртуального мира».

Ключевые слова: цифровая экономика, современность, информация, общение, Интернет, виртуальный мир, цифровизация, глобальный Интернет, понимание, социальные сети.

Kirish. Raqamli iqtisodiyotning paydo bo'lishi zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va Global

May 12-13

129

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Internet tar-mog'isiz tasavvur qilib bo'lmaydi. «Raqamli iqtisodiyot», AKT va Internet tushunchalari bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Hozirgi kunda mavjud bo'lgan Internet dastavval 1995-yilda vujudga kelgan. O'sha paytdan boshlab Internet orqali taqdim etiladigan turli xil xizmatlar, fayllarni uzatish, masofadan kirish (TELNET ), elektron pochta, qidiruv tizimlari, forumlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqalar bilan to'ldirilgan "virtual dunyo" ning paydo bo'lishi haqida gapirish mumkin. Bugungi kunda Internet ulkan ko'ngilochar, ta'lim, savdo, moliyaviy va siyosiy sohadir.

«Raqamli iqtisodiyot» atamasi ikki olimning nom-lari bi-lan bog'liq-kanadalik iqtisodchi Don Tapskott va amerikalik ax-borot texnologiya (IT) mutaxassisi Nicholas Negroponte .

1995-yilda "Being Digital" kitobida Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" atamasini qo'llagan. Ilmiy asarida uchta kesishidagan media tarmoqlarga (ommaviy axborot vositalar, (OAV) aloqa vositalari va kompyuterlar) asoslangan konvergentsiya mo-delini taklif etgan. Bunday birlashish natijasida yangi (raqamli) media shakllandi.

Raqamli iqtisodiyotga bo'lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar tufayli sezilarli darajada o'sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o'zaro muloqotni yanada tez va oson yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo'ldi.

«Raqamlashtirish» so'zi aslida yangi atama bo'lib, innovatsion boshqaruv va ish yuritish jarayoniga IT yechimlarning jalb etilishini, buning samarasi o'laroq esa internet buyumlardan tortib, elektron hukumatgacha bo'lgan barcha tizimlarda axborot texnologiyalarini qo'llashni ko'zda tutadi.

Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba - trakzaksion sektorning o'sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich YalMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko'rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.

Iqtisodiyot diversifikatsiyasi va dinamikasi qanchalik yuqori bo'lsa, mamlakat ichida va tashqarisida noyob axborotlar aylanmasi shunchalik ko'p, milliy iqtisodiyotlar ichida axborot trafigi esa shu qadar

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

salmoqli bo'ladi. Shu bois ishtirokchilar soni ko'p va IT xizmatlar keng tarqalgan bozorlarda raqamli iqtisodiyot jadal sur'atlarda rivojlanadi.

Ayniqsa, bu - transport, savdo, logistika va shu singari internet bilan faol ishlovchi sohalarga cheksiz qulayliklar yaratadi. Ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, ularda elektron segmentning ulushi YalMning 10 foiziga yaqinlashib, 4 foiz aholi bandligini ta'minlaydi. Eng ahamiyatlisi, bu ko'rsatkichlar barqaror tarzda o'sib boradi.

Shubhasiz, raqamli iqtisodiyotning samaradorligiga nafaqat axborot texnologiyalarining qamrovi va infratuzilmaning mavjudligi, balki ishbilarmonlik muhiti, inson kapitali va muvaffaqiyatli boshqaruv instrumentlari kabi standart iqtisodiy mezonlar ham ta'sir ko'rsatadi. Binobarin, iqtisodiy taraqqiyot aynan ularga tayanadi, bu esa ushbu mezonlarning raqamli iqtisodiyot rivojlanishida avvalgiday muhim o'rin tutishini bildiradi.

Hozir butun dunyo bo'ylab yangi servislar va biznes modellarni yaratish uchun IT instrumentlardan foydalanadigan eski va yangi kompaniyalar aksariyat sohalarda yetakchi bo'lgan kompaniyalarga kuchli raqobat tug'dirmoqda.

Prognozlarga ko'ra, yaqin yillarda makroiqtisodiyot «lean production», addiktiv, nano va biotexnologiya mezonlariga tayanadigan ishlab chiqaruvchilarga qattiq bog'liq bo'lishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan oqilona boshqaruv uchun zarur hisoblangan axborot ko'lami ham ortib boradi, ishlab chiqarish va fuqarolar muloqoti, biznes va davlat organlarini boshqarish tuzilmasi esa jiddiy o'zgarishlarni boshdan kechiradi.

Quyidagilar bunda ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyot yo'liga bosqichma-bosqich chiqish uchun asosiy shart va omillar sifatida ko'rsatilmoqda:

-axborotlashtirish va davlat boshqaruvi organlari hamda munitsipal xizmatlarni integratsiyalash hisobiga elektron hukumat va raqamli shahar konsepsiyalarini tatbiq etish;

-yangi texnologik avloddagi mahsulotlarni yalpi ishlab chiqarish (pilotsiz avtomobillar va boshqalar singari);

-o'ziga xos bezak va qurilish materiallari yordamida «aqlli» va ekologik uylarni barpo etishga oid g'oyalarni amalga oshirish;

-autsorsing, o'zini band etish va boshqalar orqali bandlikning muqobil shakllarini keng targ'ib qilish;

-muayyan vazifalarni bajarish uchun ishchi-frilanserlarni izlashga xizmat qiladigan professional tarmoqlarni yaratish.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Yuqoridagilar barchasi biznesga ishlab chiqarish va boshqaruvda tovar va elektron xizmatlar integratsiyalanadigan zamonaviy platformalar yordamida xarajatlarni qisqartirishga imkoniyat beradi. Birinchi galda bu masala xizmatlar buyurtmasi integratsiyasi, resurslardan birgalikda foydalanish, kontragentlarni tanlash, elektron savdoni yuritish, to'lovlar va boshqalarga tegishlidir.

Texnologik raqamli muhit - bu yuridik va jismoniy shaxslar hamkorlikdagi faoliyat uchun butunlay yangi muloqotni yo'lga qo'yadigan «akvarium» hisoblanadi. Axborot texnologiyalari korxonalarga butunlay yangi, yanada jadal ish sur'atlarini o'zlashtirish hamda xizmat va mahsulotlar shaklini xilma-xillashtirishga imkoniyat yaratadi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar qisqa saqlanadigan mahsulotlarning bozorga chiqarilishi haqida ham gapirishmoqda. Xizmat ko'rsatish sohasi haqida gapiradigan bo'lsak, axborot texnologiyalari ko'plab kundalik vazifalarni hal qiladi, buning natijasida esa yirik ko'lamdagi amallar tezroq, arzonroq, qulayroq va o'rtadagi vositachilarsiz bajariladi.

Elektron savdo, internet-banking va boshqa shu kabi zamonaviy yo'nalishlar kundan kunga rivojlanib bormoqda. Natijada daromadni oshirish uchun aksar sohalarda avtomatik tarmoqli servislar (masalan, sifatli veb-sayt yoki mobil ilova kabi) biznesdagi vositachilar o'rnini egallamoqda.

Buning samarasi o'laroq biznes xizmatga belgilangan narxlarni sezilarli darajada tushirishi, makroiqtisodiy yo'nalishda esa yakka ishlab chiqarish va noto'liq bandlik ko'rsatkichlari o'sishi mumkin. Shuningdek, kraudfanding va kraudsorsing kabi yo'nalishlar ham hozirda yangi iqtisodiy texnologiyalar sirasiga kiritilmoqda.

Iqtisodchilarning fikriga ko'ra, ayni vaqtda bu kabi o'zgarishlar natijasida qo'shimcha qiymatni chiqarib olish amaliyotiga asoslangan iqtisodiyot hamkorlik va manfaatlarni baham ko'rish («sharing-economy») iqtisodiyotiga almashmoqda. Bu esa bozordagi raqobat o'z o'rnini o'zaro manfaatli kooperatsiyaga va hamkorlikka faol bo'shatishi, shu bilan birga, vertikal muloqotdan o'zaro teng munosabatlar va bir-birini to'ldiruvchi xizmatlarga o'tishiga umid uyg'otadi.

REFERENCES

1. Sh.M. Mirziyoev. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag'ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisidagi nutq / -Toshkent: O'zbekiston, 2016. - 56 b.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

2. Norqobilov S., Dadaboeva H., Jo'raev O'. Xalqaro amaliyotda bank nazorati. -T.: "IQTISOD-MOLIYA", 2017. 35- 71 b.

3. Omonov A.A. "Tijorat banklarining moliyaviy resurslarini boshqarish". T.: "Fan va texnologiya" Monografiya, 2008 yil. 248 b.

4. Rashidov O.Yu. va boshqalar. Pul, kredit va banklar. O'quv qo'llanma TDIU, "MAX-PRINT" MChJ, 2008.-432 b.

5. Oymuxamedov I.R. Bank ishi. O'quv qo'llanma. - T.: O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashiryoti, 2005. - 185 b.

6. Abdullaev Yo.A., Qoraliev T.M., va boshqalar "Bank ishi". O'quv qo'llanma - B.M.: T.: "Iqtisod-Moliya", 2015. - 576 b.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.