Научная статья на тему 'INGLIZ TILINI O‘QITISH KOMPETENSIYASINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI SHAKLLANTIRISH'

INGLIZ TILINI O‘QITISH KOMPETENSIYASINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

115
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli texnalogiya / ustoz-shogird-darslik / Axborot kommunikatsiyon texnologiyalar / AKT / DVD / internet resurslari / online / multimediya. / digital technology / teacher-student textbook / information and communication technologies ICT / DVD / Internet resources / online / multimedia

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — M. R. Rashidova

Ushbu maqolada, ingliz tilini o„qitish kompetensiyasini raqamli texnalogiyalar orqali shakllantirish, axborot kommunikatsion texnologiyalarning ingliz tilini o‟qitishdagi o„rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali yuzaga keladigan imkoniyatlar, ingliz tilini o„qitishda multimedia vositalaridan unumli foydalanish jihatlari o„rganilgan, tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the formation of English language teaching competence through digital technologies, the role of information and communication technologies in English language teaching, the opportunities created by the use of digital technologies, and the aspects of effective use of multimedia tools in English language teaching are studied.

Текст научной работы на тему «INGLIZ TILINI O‘QITISH KOMPETENSIYASINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI SHAKLLANTIRISH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

INGLIZ TILINI O'QITISH KOMPETENSIYASINI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR ORQALI SHAKLLANTIRISH

M. R. Rashidova

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali Ijtimoiy va gumaniatr fanlar

kafedrasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada, ingliz tilini o'qitish kompetensiyasini raqamli texnalogiyalar orqali shakllantirish, axborot kommunikatsion texnologiyalarning ingliz tilini o'qitishdagi o'rni, raqamli texnologiyalardan foydalanish orqali yuzaga keladigan imkoniyatlar, ingliz tilini o'qitishda multimedia vositalaridan unumli foydalanish jihatlari o'rganilgan, tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Raqamli texnalogiya, ustoz-shogird-darslik, Axborot kommunikatsiyon texnologiyalar, AKT, DVD, internet resurslari, online, multimediya.

ABSTRACT

In this article, the formation of English language teaching competence through digital technologies, the role of information and communication technologies in English language teaching, the opportunities created by the use of digital technologies, and the aspects of effective use of multimedia tools in English language teaching are studied.

Keywords: digital technology, teacher-student textbook, information and communication technologies ICT, DVD, Internet resources, online, multimedia.

Kirish. Bugungi kunda insonlar o'zaro bir-birlari bilan muloqot qilishda XXI-asr elektron ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni talab qiladi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) ushbu texnologiya asrida kundalik hayotimizning asosiy qismiga aylandi [2]. Mamlakatimizda barcha sohalarda jumladan, ta'lim muassasalarida ham raqamlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng miqyosda foydalanish joriy qilinib kelinmoqda. Bu hodisa ko'pchilik tomonidan til o'rgatish kompyuterlar, internet va mobil texnologiyalarning yangi yutuqlari ta'siri ostida bo'ladigan kelajak to'lqini sifatida takidlandi [3]. Texnologik innovatsiyalarning ta'siri til o'qitishda

May 12-13

212

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

ham sezilarli namoyon bo'la boshladi. Mamlakatimizda xorijiy tillarni o'qitish uchun juda keng qamrovli imkoniyatlar yaratilib kelinmoqda. Xususan Uzluksiz ta'lim tizimining barcha bosqichlarida o'sib kelayotgan yosh avlodni chet tillariga o'qitish sifatini ta'minlash, chet tillarida erkin so'zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish, ushbu yo'nalishdagi o'quv dasturlarining uzviyligi va uzluksizligini ta'minlash, shu bilan bir qatorda tizimni raqamlashtirish orqali foydalanuvchilar, o'rganuvchilar uchun bir muncha yengillik yaratildi.

Manbalar tahlili. Xorijiy tillarni o'qitishni rivojlantirish, oliy ta'lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan jihozlash, oliy ta'lim muassasalari talabalari, o'qituvchilari va yosh tadqiqotchilarining jahon ta'lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma'lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini kengaytirish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi [1].

Raqamli texnologiyalar orqali ta'lim berilsa ta'lim oluvchilarga ta'lim olish usullari osonlashmoqda. Bunda esa ta'lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Ta'lim beruvchilarga bunday vositalar bilan dars mashg'ulotlar o'tkazish ta'lim sifatini oshirishni ta'minlaydi. Onlayn darslarda raqamli texnologiyalar qo'llanilishi yaxshi samara berishi xammamizga ma'lum. Masalan, televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta'lim olishning bir turi deb olsak bo'ladi.

Yangi axborot texnologiyalarining jadal rivojlanishi va ularning mamlakatimizda joriy etilishi zamonaviy bola shaxsini shakllantirishda o'z izini qoldirdi. Bugungi kunda an'anaviy "ustoz-shogird-darslik" sxemasiga yangi bo'g'in - kompyuter kiritilmoqda, kompyuter ta'limi esa bugungi kun ta'lim tizimining ajralmas qismiga aylanib bormoqda. Ta'limni axborotlashtirishning asosiy qismlaridan biri o'quv fanlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish hisoblanadi.

Ingliz tilini o'qitish kompetetsiyasini modernizatsiya qilish, birinchi navbatda, uning zamonaviy imkoniyatlar orqali, elektron texnologiyalar orqali ham xuddi o'qituvchi bilan yuzma-yuz o'rgangandek ta'lim berishni nazarda tutadi. Bu borada o'quvchi-yoshlarning ijodiy shaxsiy salohiyatini rivojlantirish uchun shart-sharoit yaratish, chuqur bilim olish, jumladan, til bilimlari imkoniyatlarini kengaytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Internet zamonaviy voqelikning ajralmas qismiga aylandi. Internet ingliz tilini o'rganishda yordam berishi mumkin, chunki

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

AKTdan foydalanish chet tilini o'rganuvchilar uchun haqiqiy matnlardan foydalanish, tinglash va ona tilida so'zlashuvchilar bilan muloqot qilish uchun noyob imkoniyat yaratadi, ya'ni tabiiy til muhitini yaratadi. Internetga kirish darslarni turli g'oyalar va mashqlar bilan boyitish imkonini beruvchi katta hajmdagi qo'shimcha materiallardan foydalanish imkonini beradi.

Ingliz tili darslarida foydalanilgan raqamli ta'lim resurslari tasnifi

Chet tillari bo'yicha raqamli ta'lim resurslarini mazmuni va funksionalligiga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'lish mumkin:

1) ma'lumot va ma'lumotnomalar (entsiklopediyalar, ma'lumotnomalar, lug'atlar, jurnallar, gazetalar, almanaxlar);

2) o'qish uchun elektron kitoblar;

3) DVD diskdagi filmlar;

4) elektron ko'rgazmali qurollar kutubxonalari va ma'lumotlar bazalari;

5) elektron tashuvchilar bo'yicha o'quv-uslubiy materiallar (dars ishlanmalari, tilning aspektlari va RD turlarini o'qitish bo'yicha uslubiy ko'rsatmalar, testlar va boshqa nazorat-o'lchov materiallari);

6) Internet resurslari;

7) birlashtirilgan elektron o'quv vositalari (qo'llanmalar, elektron darsliklar, mashq kitoblari va o'quv o'yinlari);

8) o'qituvchi tomonidan muayyan dars uchun yaratilgan chet tili darslariga (ko'rgazmali materiallar, taqdimotlar, loyihalar, darslarni kompyuterda ishlanma va boshqalar) hamrohlik qiluvchi o'quv-uslubiy dasturiy ta'minot [4].

Demak raqamli texnalogiyalar orqali ingliz tilini o'qitish quyidagi imkoniyatlarni beradi;

- xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta'lim olish imkoniga ega;

- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;

- ta'lim tizimini yangi bosqichga ko'taradi;

- vaqt va mablag' sarfini keskin kamaytiradi;

- talabalarning o'qishga bo'lgan ishtiyoqini oshiradi;

- mintaqaviy jihatni hisobga oladi;

- darslar emotsional va esda qolarli o'tkaziladi;

- individual yondashuvni amalga oshiradi;

- talabalar bilimi xolisona baholanadi;

- o'qituvchining ishini engillashtiradi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

-"raqamli dunyo"da yo'qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bo'lish kabilar [5].

Xulosa. Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki raqamli texnologiyalar -virtual haqiqat. Insonning virtual haqiqatda bo'lishiga imkon beruvchi texnik qurilmalarning paydo bo'lishi ushbu texnologiyani ko'ngilochar sohada talabga aylantirdi. Til o'rganishda axborot texnologiyalaridan foydalanish bu maqsadga erishishni ancha osonlashtiradi. Ular yozish, o'qish, gapirish, so'z boyligini kengaytirish ko'nikmalarini egallashga yordam beradi. Bundan tashqari, axborot texnologiyalari o'qitish vaqtini sezilarli darajada qisqartiradi, bu zamonaviy jamiyatning yuqori ritmida juda muhim omil hisoblanadi. Raqamli texnalogiyalardan foydalanish orqali ingliz tilini o'rgangan o'quvchining mustaqil izlanishi, til o'rganishi va tahlil qilishi bevosita va bilvosita uning bilim olish samaradorligini sezilarli ravishda oshiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 20.04.2017 yildagi PQ-2909-son

2. Aborisade, P. A. (2012). "Supporting English Language Teaching Using 21st Century ICT Tools." English Language Teaching Today (ELTT) Vol. 9, pp.16-22.

3. Crystal, D. (2007). The Fight for English: How Language Pundits ate, shot and left. Oxford: Oxford University Press.

4. Полат Е.С. Новые педагогические и информационные технологии в системе образования / Е.С. Полат. - М. : Академия, 2000 - С. 43-45.

5. https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-5-2-538-545

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.