Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTDA BUXGALTERIYA HISOBI II'

RAQAMLI IQTISODIYOTDA BUXGALTERIYA HISOBI II Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
73
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
RAQAMLI IQTISODIYOT / BUXGALTERIYA HISOBI / MOLIYAVIY HISOBOT / AVTOMATLASHTIRILGAN BUXGALTERIYA / DASTURIY TA’MINOT

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Shirinov U.A., Hamidov D.

Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini yuritish tartiblari va buxgalteriya hisobi dasturlari keng ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ACCOUNTING IN THE DIGITAL ECONOMY II

In the article, accounting procedures and accounting programs are widely disclosed in the conditions of the digital economy.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTDA BUXGALTERIYA HISOBI II»

Shirinov U.A., PhD.

SamISI Hamidov D. magistr SamISI

RAQAMLIIQTISODIYOTDA BUXGALTERIYA HISOBI

Annotatsiya. Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini yuritish tartiblari va buxgalteriya hisobi dasturlari keng ochib berilgan.

Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, moliyaviy hisobot, avtomatlashtirilgan buxgalteriya, dasturiy ta'minot.

Shirinov U.A., PhD.

SamIES Hamidov D. graduate student SamIES

ACCOUNTING IN THE DIGITAL ECONOMY

Abstract. In the article, accounting procedures and accounting programs are widely disclosed in the conditions of the digital economy.

Keywords: digital economy, accounting, financial reporting, automated accounting, software.

Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotga o'tish dolzarb topshiriq bo'lib turibdi. Shuning uchun ham mazkur iqtisodiyot sharoitida daromadlarni tan olish va ularning hisobini tashkil yеtish buxgaltеriya hisobining dolzarb masala bo'lib hisoblanadi. Аvvalo shuni aytish kеrakki, raqamli iqtisodiyotda raqamli ko'rinishdagi ma'lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab сhiqarishning asosiy еlеmеnti hisoblanadi va daromadlarni tan olish ma'lumotlarning ishonсhliligini oshirib, korxonalarga tashqi kapitalning jalb yеtilishiga olib kеladi, shuningdеk iqtisodiyotning barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.

О'zbеkistonda 2021 yildan е'tiboran aksiyadorlik jamiyatlari, banklar, sug'urta tashkilotlari, yirik soliq to'lov^i hisoblangan korxonalarga MHXSlar asosida moliyaviy hisobot tuzish amaliyoti joriy еtildi. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi О'zbеkistonning taraqqiyot stratеgiyasida «Iqtisodiyot tarmoqlarida barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash orqali kеlgusi bеsh yilda aholi jon boshiga yalpi ^hki mahsulotni - 1,6 baravar va 2030 yilga borib aholi jon boshiga to'g'ri kеladigan daromadni 4 ming АQSh dollaridan oshirish hamda «daromadi o'rtaсhadan yuqori bo'lgan davlatlar» qatoriga kirish u^un

zamin yaratish»49 maqsadining qo'yilishi ham tashkilotlarda daromadlar hisobini xalqaro tajribalar asosida takomillashtirish borasida aniq vazifalarni belgilab berdi. Shu bilan birga o'z yechimini kutayotgan qator muammolar, jumladan daromadlarni tan olish bosqichlarini belgilash, moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobotni mazmun va tarkibiy jihatdan qayta ishlab chiqish, boshqa umumlashgan daromadlarni tan olish va aks ettirish, daromadlarga oid buxgalteriya hisobi schyotlarini mazmun va mohiyati jihatidan takomillashtirish, hisobotning shaffofligi va taqqoslanuvchanligiga erishish masalalari dolzarbdir. Mazkur vazifalarning samarali bajarilishini ta'minlash korxonalarda daromadlar hisobini takomillashtirish yuzasidan ilmiy izlanishlarni olib borishni taqozo etadi.

Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish buxgalterlar ishini va ma'lumotni qo'lda qayta ishlash bilan solishtirganda ancha osonlashtiradi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish boshlang'ich hujjatlarni avtomatik tarzda rekvizitlarni to'ldirish, ko'p hajmli ma'lumotlarni qayta ishlash, ma'lumotlarni turli ko'rinishlarda foydalanuvchilarga taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, ortiqcha qog'oz sarfi oldi olinadi, rahbariyat va quyi bo'g'inlar, tashkiliy bo'linmalar o'rtasida tezkor ma'lumot almashinuvi, arifmetik xatolarni bartaraf etish, nazorat qiluvchi organlar va banklar bilan onlayn aloqa, qonun hujjatlaridagi o'zgarishlarga tezda javob berish qobiliyatlarining mavjudligi bilan foydalanuvchilarga qulayliklar yaratadi.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish buxgalteriya hisobini yangi bosqichga olib chiqadi, bu esa o'z o'rnida davlat, soxa mutaxassislari va amaliyotchilardan yangi raqamli iqtisodiyotda buxgalteriya hisobining me'yoriy huquqiy asosini yaratish uchun asosiy tushunchalar modelini shakllantirish, qonunchilik, nizomlar, yo'riqnomalar va qoidalarni ishlab chiqish uchun birgalikda ishlashni talab qiladi. Raqamli iqtisodiyotga o'tish bu yangi kelajakka qadam demakdir.

Dunyo iqtisodiyotining va axborot texnologiyalarining rivojlanishi buxgalteriya hisobini ham rivojlanishiga asos yaratdi. Bu esa buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish imkoniyatarini yaratdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobini yuritishda bir qancha dasturiy ta'minotlardan foydalanilmoqda, jumladan 1uz, 1c, uzаsbо, еstаt dasturlari va buxgalteriya hisobining ayrim obyektlari uchun my.soliq.uz, fаkturа.uz, internet banking, didox.uz saytlaridan foydalanib kelinmoqda.

Buxgalteriya hisobini raqamlashtirish sohada quyidagi afzalliklarni yaratadi:

• ma'lumot aylanishi tezlashadi;

• ma'lumotlar ishonchliligi ortadi;

• mehnat samaradorligi ortadi;

• hujjatlarni to'ldirishga sarflangan vaqt tejaladi;

49 Y36eKHcroH Pecnyô^HKacn npe3ugeHTHHHHr 2022 hhïï 28 aHBapgaru n®-60-coH "2022-2026 nu^apra My^a^aHraH amu y36eKHcroHHHHr Tapa^^HëT crpaTeruacu TyFpucHga"rH OapMoHH. https://lex.uz/docs/5841063

• maxsulot tannarxi aniq hisob kitob qilinadi;

• ko'p hajmli ma 'lumotlarni tez qayta ishlash imkoni yaratiladi;

• ortiqcha qog'oz sarfi oldi olinadi;

• arifmetik xatolar oldi olinadi;

• faoliyat yuritishda joy, vaqt va qurulmalar ahamiyati kamayadi, ya'ni ma'lumotlardan xoxlagan joyda, xoxlagan vaqtda va xoxlagan qurilma (noutbuk, planshet, mobil qurilma) orqali foydalanish mumkin;

• ma'lumotlarniyo'qolib ketmaslikkafolatining mavjudligi;

• me 'yoriy hujjatlarning o'zgarishiga tez moslashuvchanlik;

• xalqaro standartlarga moslashuvchanlik;

• soliqlar va boshqa byudjetga to'lovlar bo'yicha chetlanishlarning vujudga kelmasligi.

Yuqoridagilardan ko'rishimiz mumkinki buxgateriya hisobini raqamlashtirish nafaqat korxona u^un balki davlat u^un ham juda muhim vazifalardan biridir.

Buxgateriya hisobini raqamlashtirish sohada afzalliklar bilan birga ayrim muommoli vaziyatlarni ham vujudga kеltiradi:

• ish joylarining qisqarishi, barcha bo 'limlar avtomatlashtirilishi natijasida ish o'rinlari qisqarishi mumkin;

• umumiy tizimdan ma'lumotlarni sizib chiqishi natijasida xo'jalik subyektlari ma'lumotlari oshkor bo'lishi;

• dasturiy ta'minotlarga tobelikkuchayadi;

• internet xizmatining sifati pastligi tizimda ayrim nuqsonlarni vujudga kelishiga sabab bo'ladi;

• sohaga yuqori malakali kadrlarning yetishmasligi;

Mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirishi natijasida buxgaltеriya

hisobini tashkil еtishning quyidagi usularidan foydalanish mumkin.

• 1uz, 1c, uzasbo, estat kabi dasturiy ta'minotlarni ma'lumotlar bazasiga ulash orqali faoliyatni yuritish;

• bulutli texnologiyalardan foydalanish Google drive(disk), yandex disk, Onedrive, dropbox texnologiyalaridan foydalanish;

• blokcheyn texnologiyasidan foydalanish.

Har bir tеxnologiyani buxgateriya hisobida qo'llashning ijobiy va salbiy jixatlari mavjud.

1uz, 1a, uzasbo, еstat kabi dasturiy ta'minotlari buxgaterlarga buxgateriya hisobining bir-biriga bog'langan sohalarini yuritish, boshqaruv xodimlariga tеgishli ma'lumotlarga еga bo'lish va boshqaruv qarorlarini qa bul qilish imkoniyatini bеradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati: 1. О'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntmmg 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son «2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan yangi О'zbеkistonning taraqqiyot stratеgiyasi to'g'risida»gi Farmoni. https://lеx.uz/doсs/5841063

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-6079-son farmoni.

3. ^aSSapoBa, (2022). Raqamli iqtisodiyot sharoitida majburiyatlar hisobini rivojlantirish muammolari va istiqbollari.

4. TamHa3apoB C.H. H^THCogHeTHH мoдepннзaцнa^am mapouraga mo^H^BHH xhcoSot: MyaMMO Ba enHM^ap. MoHorpa^na. - T.: «Navro'z», 2016 h. -295 S.

5. Gulizahro, T., Hurriyat, M., Oydinoy, N., Umida, N., & Muxlisa, O. (2023, April). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA "1C: BUXGALTERIYA HISOBI". In " Conference on Universal Science Research 2023" (Vol. 1, No. 4, pp. 96-98).

6. Muxammadsharipov, N. (2022). BLOCKCHAIN TECHNOLOGIES AND TRANSFORMATION OF FINANCIAL SERVICES. Science and Innovation, 1(7), 344-347.

7. Luptullaevich, X. T. (2023). Iqtisodiy o 'sish sharoitida paxta va to'qimachilik mahsulotlarini rivojlantirishning istiqbolli strategiyalari. Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali, 2(6), 41-44.

8. Luptullaevich, X. T. (2023). Paxta-to'qimachilik sanoatining eksportga yo'naltirilgan korxonalari faoliyati samaradorligini oshirish. Siyosatshunoslik, huquq va xalqaro munosabatlar jurnali, 2(6), 37-40.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.