BUXGALTERIYA HISOBIGA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNI JORIY
ETISh YO'LLARI
Po'latov Xudoyberdi O'ktamovich
SamISI mustaqil tadqiqotchisi [email protected]
Annotasiya: Maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobini tashkil etishning innovasion texnologiyalariga asoslangan shakllarining mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari haqida bayon qilingan. Raqamli iqtisodiyot tushunchasining mohiyati hamda xozirgi davrda xorijiy mamlakatlarda buxgalteriya hisobini yuritishda qo'llanilayotgan dasturiy ta'minotlar, bulutli texnologiyalar, blokchayn texnologiyalarini qo'llashda vujudga keladigan qulayliklar va kamchiliklar tadqiq etilgan.
Kalitso'zlar: raqamli iqtisodiyot, dasturiy ta'minotlar, blokchayn, buxgalteriya hisobi.
Kirish. Mamlakatimizda jadal olib borilayotgan iqtisodiy o'zgarishlar tufayli, yurtimizda iqtisodiyotni yanada keskin rivojlantirish va takomillashtirish, Yangi O'zbekistonda ishlab chiqarish (xizmatlar ko'rsatish) ya'ni xo'jalik yurituvchi subyektlarida raqamli texnologiyalarni joriy etish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo'lib qolmoqda. Yaqindagina tasdiqlangan keng jamoatchilik muhokamasi natijasida "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" tamoyiliga asosan ishlab chiqilgan yettita ustuvor yo'nalishdan iborat 2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi (keyingi o'rinlarda - Taraqqiyot strategiyasi) va uni "Inson qadrini ulug'lash va faol mahalla yili"da[1] amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o'rinlarda - Davlat dasturi) muvofiq tasdiqlandi.Unga ko'ra Taraqqiyot strategiyasi 3-bo'lmi milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash dep nomlandi va aynan shu bulimning 25-maqsadida Raqamli iqtisodiyotni asosiy "drayver" sohaga aylantirib, uning hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borishni keltrib o'tgan.
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Xo'sh raqamli iqtisodiyotning o'zi nima? Turli manbalarda turlicha yondashilgan bu atamaga. Sh.Soatovaning fikriga ko'ra: Raqamli iqtisodiyotga quyidagicha ta'rif bergan - bu iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi [2].
Respublikamizda davlat va jamiyat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida, xukumatimiz tomonidan bir qancha muhim qarorlar qabul qilindi[3].
Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2020 yilga "Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili" deb nom berilishi, Prezidentimizning 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalari sohasiniyanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni xamda "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3832 03.07.2018 qarori, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 avgustdagi raqamli iqtisodiyotning maqsad va vazifalarini belgilab beradigan "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni joriy qilish va yanada rivojlantirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarorlarining qabul qilinishi respublikamizda raqamli iqtisodiyotni davlat boshqaruv tizimiga tadbiq qilish, zamonaviy axborot texnologiyalarni jadal rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, axborot havfsizligini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish uchun qonuniy asos yaratdi[4].
Tadqiqot metodologiyasi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, abstrakt-mantiqiy fikrlash, guruhlash, taqqoslash, omilli tahlil, tanlanma kuzatish usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar. Ma'lumki, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot qo'shimcha qiymat yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Turli xil algoritmlar, jarayonlar va raqamli axborotlar korporativ biznesning strategik rivojlanishida asosiy hal qiluvchi kuchga ega bo'lmoqda. Raqamli nomoliyaviy omillar banklarning raqobatbardoshligini belgilab bermoqda, samaradorligiga ta'sir ko'rsatyapti . Dunyo iqtisodiyotining va axborot texnologiyalarining rivojlanishi buxgalteriya hisobini ham rivojlanishiga asos yaratdi. Bu esa buxgalteriya hisobini avtomatlashtirilgan tizimlaridan foydalanish imkoniyalarini yaratdi. Bugungi kunda mamlakatimizda buxgalteriya hisobini yuritishda birqancha dasturiy ta'minotlardan foydalanilmoqda, jumladan 1uz, 1c, uzasbo, estat dasturlaridan foydalanib kelmoqda (1-rasm). Buxgalteriya hisobining ayrim obyektlari uchun my.soliq.uz, faktura.uz, internet banking, didox.uz saytlaridan muntazam ravishda foydalanib kelinmoqda (2-rasm).
1-rasm. Dasturi ta'minot turlari
Mamlakatimizda iqtisodiyotni raqamlashtirishi natijasida buxgalteriya hisobini tashkil etishning quyidagi usularidan foydalanish mumkin.
• luz, 1c, uzasbo, estat kabi dasturiy ta'minotlarni ma'lumotlar bazasiga ulash orqali faoliyatni yuritish;
• bulutli texnologiyalardan foydalanish Google drive(disk),yandyex disk, Onedrive, dropbox texnologiyalaridan foydalanish;
• blokcheyn texnologiyasidan foydalanish;
• mobil buxgalteriya hisobidan foydalanish.
Har bir texnologiyani buxgalteriya hisobida qo'llashning ijobiy va salbiy jihatlari mavjud. luz, lc, uzasbo, estat kabi dasturiy ta'minotlari buxgalterlarga buxgalteriya hisobining bir-biriga bog'langan sohalarini yuritish, boshqaruv xodimlariga tegishli ma'lumotlarga ega bo'lish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkoniyatini beradi.
2-rasm. Elektron hisobot turlari
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish buxgalterlar ishini va ma'lumotni qo'lda qayta ishlash bilan solishtirganda ancha osonlashtiradi. Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish boshlang'ich xujjatlarni avtomatik tarzda rekvizitlarni to'ldirish, ko'p hajmli ma'lumotlarni qayta ishlash, ma'lumotlarni turli ko'rinishlarda foydalanuvchilarga taqdim etish imkoniyatlarining mavjudligi, ortiqcha qog'oz sarfi oldi olinadi, rahbariyat va quyi bo'g'inlar, tashkiliy bo'linmalar o'rtasida tezkor ma'lumot almashinuvi, arifmetik xatolarni bartaraf etish, nazorat qiluvchi organlar va banklar bilan onlayn aloqa, qonun hujjatlaridagi o'zgarishlarga tezda javob berish qobiliyatlarining mavjudligi bilan foydalanuvchilarga qulayliklar yaratadi
Xulosa va takliflar. Xulosa qilib aytganimizda korxonalarda ma'lumotlar bazasini yaratish va ularni saqlashda raqamli texnalogiyalar judayam axamyatga yega. Korxonalarda buxgalteriya hisobi registrlarini to'g'ri va tizimli yuritishda va buxgalteriya provodkalarini to'g'ri amalga oshirishda judayam aniqlik kerak bul adi
va xatolarni kamaytirish va osongina tuzatish, ish joyi va vositasining ahamiyatini kamaytirishga keng manoda bizga raqamli texnalogiyalar judayam katta yordam beradi.Mehnat samaradorligini oshirishda,operativ hisob va hisobotlarni muntazam nazorat qilib borish, mahsulot tannarxi va kalkulyasiyani aniq hisob-kitob qilish, moliyaviy axborotlar va hujjatlarni tezkor aylanishini ta'minlashda, buxgalteriya va soliq hisobotlarini to'g'ri shakllantirishda va hisob yuritish bilan bog'liq xarajatlarini tejashda bizga raqamli texnalogiyalar judayam katta yordam beradi.Bizning takliflarimiz quydagicha:
1. Xodimlarni axborot texnologiyalar bilan ko'nikmalarini oshirib borish.
2. Buxgalteriya hisobida qo'llaniladigan axborot texnologiyalarini Davlat tilida ishlab chiqish.
3. Korxonada hujjatlar va axborotlar almashinuvini to'liq avtomatlashtirish.
4. Axborot xavfsizligini ta'minlash bo'yicha alohida chora-tadbirlar ishlab chiqish.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati
1. https://lex.uz/docs/-5841063
2. Shirinov, U. (2020). ACCOUNTING IN THE DIGITAL ECONOMY: SIGNIFICANCE AND ADVANTAGES. International Finance and Accounting, 2020(3), 23.
3. Shirinov, U. (2017). The ways of accounting over telephone communication services in the existence of billing systems. TRANS Asian Journal of Marketing & Management Research (TAJMMR), 6(2and3), 23-31.
4. Abduxalilovich, S. U., & Azamat o'g'li, B. A. (2021, March). IMPROVEMENT OF ACCOUNTING OF INCOME FROM COMMUNICATION SERVICES. In Euro-Asia Conferences (Vol. 3, No. 1, pp. 108-111).
5. Shirinov, U. A. (2019). TELEFON XIZMATLARIDAN OLINADIGAN DAROMADLAR HISOBINI TAKOMILLAShTIRISh. Internauka, (2-2), 83-85.
6. Shirinov, U. A. (2018). TELERADIO XIZMATLARINI KO 'RSATUVCHI SUB'EKTLARDA HARAJATLAR HISOBI. Turizm ilmiy-amaliy elektron jurnali, 7(1), 96-100.