Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisod / raqamli texnologiyalar / raqamli startup / kompetensiya / tadbirkorlik kompetensiyasi / raqamli kompetensiya. / Digital economy / digital technologies / digital startup / competence / entrepreneurial competence / digital competence.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Saidaxmedova Dilafruz Saidbaxromovna

Ushbu maqola O‘zbekistonda raqamli tadbirkorlikni shakllantirish va tadbirkorlik subyektlarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan. Maqolada raqamli tadbirkorlik va raqamli kompetensiya tushunchlarining mohiyati yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF DIGITAL COMPETENCE OF BUSINESS ENTITIES IN THE DIGITAL ECONOMY

This article is devoted to the formation of digital entrepreneurship in Uzbekistan and the development of digital competence of business entities. The article reveals the essence of the concepts of digital entrepreneurship and digital competence

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING RAQAMLI KOMPETENSIYASINI

RIVOJLANTIRISH

Saidaxmedova Dilafruz Saidbaxromovna

Jizzax politexnika instituti "Iqtisodiyot va menejment" kafedrasi dotsenti

77.angel.88@inbox.ru

Annotatsiya: Ushbu maqola O'zbekistonda raqamli tadbirkorlikni shakllantirish va tadbirkorlik subyektlarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan. Maqolada raqamli tadbirkorlik va raqamli kompetensiya tushunchlarining mohiyati yoritib berilgan

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisod, raqamli texnologiyalar, raqamli startup, kompetensiya, tadbirkorlik kompetensiyasi, raqamli kompetensiya.

РАЗВИТИЕ ЦИФРОВОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ СУБЪЕКТОВ ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В УСЛОВИЯХ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ

Саидахмедова Дилафруз Саидбахромовна.

Джизакский политехнический институт, доцент кафедры «Экономика и

менеджмент»

77.angel.88@inbox.ru

Аннотация: Данная статья посвящена формированию цифрового предпринимательства в Узбекистане и развитию цифровой компетентности субъектов предпринимательства. В статье раскрыта суть понятий цифрового предпринимательства и цифровой компетентности.

Ключевые слова: Цифровая экономика, цифровые технологии, цифровой стартап, компетентность, предпринимательская компетентность, цифровая компетентность.

DEVELOPMENT OF DIGITAL COMPETENCE OF BUSINESS ENTITIES

IN THE DIGITAL ECONOMY

Saidakhmedova Dilafruz Saidbakhromovna

Jizzakh Polytechnic Institute, Associate Professor of the Department of "Economics

and Management"

77.angel.88@inbox.ru

Abstract: This article is devoted to the formation of digital entrepreneurship in Uzbekistan and the development of digital competence of business entities. The article reveals the essence of the concepts of digital entrepreneurship and digital competence

Keywords: Digital economy, digital technologies, digital startup, competence, entrepreneurial competence, digital competence.

KIRISH

Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, xususan, biznes sohasida elektron hukumat tizimini takomillashtirish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarining mahalliy bozorini yanada jadallashtirish, shuningdek, raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishni ko'zda tutuvchi ustuvor loyihalar amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalarni tadbirkorlik sohasida joriy etish tovarlar va xizmatlarni tanlash, ularning sifatini yaxshilash, marketing faoliyatini yanada samarali olib borish, shuningdek, biznes yuritish jarayonini takomillashtirishga yordam beradi. Ushbu sohani raqamlashtirish pudratchi va buyurtmachilar bilan shartnomalar tuzish, xodimlarni jalb qilish va shartnomalarning bajarilishini nazorat qilishni osonlashtiradi. Biroq, O'zbekistonda biznes jarayonlarini boshqarishda raqamli texnologiyalarni joriy etish darajasini hozircha yuqori deb bo'lmaydi. Bunda asosiy muammo axborot texnologiyalarining yetishmasligida emas, balki inson omilida, chunki tadbirkorlarimiz raqamli texnologiyalardan foydalanishga hali to'liq tayyor emas. Shuni ta'kidlash joizki, shiddatli o'zgarishlar va islohotlar davrida tadbirkorlarning internet tarmog'iga ulanmasdan, ya'ni raqamli texnologiyalardan foydalanmasdan turib biznesni rivojlantirishi mushkul. Bu o'z navbatida, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining raqamli kompetensiyasini rivojlantirish zaruriyatini kun tartibiga qo'ymoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Respublikamizda raqamli iqtisodiyotni joriy etishning dolzarb masalalari va ijtimoiy-iqtisodiyotga ta'sirini o'lchash bilan bog'liq tadqiqotlar S.S.Gulyamov, K.X.Abdurahmonov, R.H.Ayupov, O.M.Abdullayev, G.R.Baltabayeva, O.Umarov va mamlakatimizning boshqa ko'plab yetakchi iqtisodchi olimlari tomonidan olib borilgan. Raqamli iqtisodiyot sharoitida raqamli tadbirkorlik masalalari V.Yu. Pestov, B.G. Preobrajenskiy, N.A. Serebryakova, T.O. Tolstix kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida o'z ifodasini topgan. Biroq, mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlarining raqamli kompetensiyasini oshirish masalalari hali o'z yechimini topmagan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot ishini yoritishda ilmiy abstraksiyalash, mantiqiy fikrlash, ma'lumotlarni guruhlash va taqqoslash usullaridan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Osiyo rivojlanish istiqbollari"ning (ORI) (Asian Development Outlook) 2022 yilgi nashriga qo'shimchada e'lon qilingan Raqamli tadbirkorlik tizimlarining global indeksiga ko'ra, Singapur dunyodagi eng yaxshi raqamli muhit va tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash tizimiga ega. Ro'yxatdagi 113 ta davlat orasida AQSh ikkinchi va Shvetsiya uchinchi o'rinni egalladi. Ammo ro'yxatga kiritilgan 21 ta rivojlanayotgan Osiyo davlatidan 17 tasi reytingning quyi pog'onasida joylashgan bo'lib, bu ularning ko'pchiligi uchun raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish zarurati mavjud ekanligidan dalolat beradi.

Shu nuqtai nazardan, respublikamizning har bir xududida raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi va iqtisodiyot tarmoqlariga keng joriy etish, xususan taqamli tadbirkorlikni rivojlantirish va ularni qo'llab quvvatlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni bilan tasdiqlangan "Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasida raqamli texnologiyalar va "raqamli" startaplarni rivojlantirish chora tadbirlarida belgilangan ustuvor vazifalar fikrimizni yana bir bor tasdiqlaydi:

- axborot texnologiyalari sohasidagi startap va tadbirkorlik subyektlari loyihalarini moliyalashtirish tizimining muqobil mexanizmlarini joriy etish;

- innovatsion g'oyalar, startaplar va venchur loyihalarini moliyalashtirish tizimining barqaror zanjirini rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;

- axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini investitsiyalarni jalb qilgan holda ko'maklashish;

- axborot texnologiyalari sohasida tijoratlashtirish salohiyati baland bo'lgan yuqori texnologik mahsulotlar yaratilishiga yo'naltirilgan ilmiy-tadqiqot ishlanmalari ishlab chiqilishini rivojlantirish;

- biznes korxonalari, universitetlar, ilmiy-tadqiqot institutlari va ilmiy markazlar o'rtasidagi hamkorlikka asoslangan yuqori texnologiyali tadbirkorlik markazlari va klasterlarini yaratishga ko'maklashish;

- texnoparklar, akseleratorlar va inkubatorlarni xakatonlar, tanlovlar va konferensiyalar orqali tizimli ravishda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash va grant subsidiyalari berish.[1]

Avvalombor, raqamli tadbirkorlik tushunchasiga oydinlik kiritamiz. Raqamli tadbirkorlik - bu tadbirkorlik faoliyatining zamonaviy shakli bo'lib, u o'z faoliyatida

raqamli texnologiyalardan, ya'ni internet, mobil texnologiyalar va raqamli platformalar kabilardan unumli foydalanishi bilan farq qiladi [5]. Boshqacha qilib aytganda, raqamli tadbirkorlik deganda, jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan yaratadilagan va boshqariladigan onlayn biznes demakdir. Shu nuqtai nazardan, tadbirkorlarning raqamli kompetensiyasiga veb-saytlarni ishlab chiqish, biznesni avtomatlashtirish, Internetda reklama qilish kabi ko'nikmalarni kiritish mumkin.

Mamlakatimizda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishdagi asosiy muammo sifatida tadbirkorlik subyektlarining raqamli kompetensiyasining yetishmasligini ko'rsatish mumkin.

O'zbekiston Respublikasining Milly ensiklopediyasida "Kompetensiya" (lot. competense - erishyapman, munosibman, loyiqman) - 1) muayyan davlat tashkiloti (mahalliy o'zini o'zi boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, nizom yoki boshqa hujjat bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; 2) u yoki bu sohadagi bilimlar, tajribalar majmui" deb ta'rif berilgan.

A.V.Xutorskiy "kompetensiya" tushunchasi bilan birga "kompetentlik" tushunchasiga ham to'xtalib o'tadi va ularni quyidagicha ajratisnni taklif qiladi: Kompetensiya - insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat usullari) hisoblanib, ma'lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig'indisiga ega bo'lishi demakdir [10].

Umuman olganda, kompetensiya tushunchasiga turlicha yondashish mumkin. Kompetensiya shaxsning biror maqsadiga erishishi uchun o'zining ichki va tashqi resurslardan samarali foydalana olish qobiliyati bilan belgilanadi. Boshqacha qilib aytganda, kompetensiyalar bu - muayyan faoliyatni samarali bajarish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va shaxsiy tajribalar yig'indisidir.

Har bir kasb sohasining o'ziga xos vazifalari va ishbilarmonlik fazilatlari mavjud bo'lgani kabi, har bir mutaxassis uchun alohida kompetensiya darajasi ham mavjud bo'ladi. Jumladan, tadbirkorlik kompetensiyasi deganda, "shaxsning g'oyalarni harakatga aylantira olish qobiliyati"ni tushunish mumkin.

B. Birdning fikricha, tadbirkorlar uchun quyidagi kompetensiyalarning bo'lishi muhim[11]:

- korxonani ishga tushirish yoki biznes g'oyani amalga oshirish uchun zarur bo'lgan asosiy yoki tayanch komperensiyalar;

- biznesni boshlagandan keyin, uni muvaffaqiyatli davom ettirish imkonini beruvchi, tashkilotning omon qolishi va rivojlanishini ta'minlaydigan yuqori darajadagi kompetensiyalar.

Bizning fikrimizcha, shaxsning belgilangan maqsadga erishishda o'zining ijodkorlik, innovatorlik, tavakkalchilik, loyihalarni rejalashtirish va boshqarish kabi

qobiliyatlarini har xil vaziyatlarda namoyon eta olishi tadbirkorlik kompetensiyasining shakllanganligini ko'rsatadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida tadbirkorlik subyektlarining muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi va raqobat bozorida ustunlikka erishishida ularning tadbirkorlik kompetensiyasi bilan bir qatorda raqamli kompetensiyasining rivojlanganligi ham muhim ahamiyatga ega.

Zamonaviy sharoitlarda tadbirkorlik kompetensiyasining muhim elementlariga quyidagilar kiritiladi [4]:

- korporativ kompetensiyalar korxona qadriyatlaridan kelib chiqqan holda shakllanib, xodimlarga munosabati, mijozlarga e'tibor, sodiqlik, kasbiy rivojlanish kabilarda namoyon bo'ladi;

- boshqaruv kompetensiyalari strategik fikrlash, yetakchilik, rejalashtirish va tashkil etish kabilarda biznes maqsadlariga erishish uchun zarur hisoblanadi;

- kasbiy kompetensiyalar tadbirkorlik faoliyati sohasidagi muammolarni hal etish, kutilmagan vaziyatlarda innovatsion fikrlash imkonini beradi;

- raqamli kompetensiyalar har xil turdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda professional, ijtimoiy, shaxsiy xarakterdagi muammolarni samarali hal qilish ko'nikmalarining mavjudligi bilan belgilanadi.

Jahonda raqamli iqtisodiyotning ahamiyati oshib borayotgan bir davrda tadbirkorlik subyektlarning raqamli kompetensiyasining shakllanganligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlanrishga sezilarli hissa qo'shmoqda.

XULOSA

O'zbekistonda raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun zaruruiy me'yoriy-huquqiy asos yaratilgan bo'lsada, tadbirkorlarning raqamli kompetensiyasini rivojlanrishning tashkiliy, iqtisodiy va pedagogik asoslari hali yetarlicha o'rganilmagan. O'zbekiston sharoitida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish uchun talab qiladigan kompetensiyalarni aniqlab olish va tanlangan kompetensiyalarni rivojlantirishning batafsil tashkiliy-metodik rejasini ishlab chiqish qo'yilgan maqsadga erishishga yordam beradi.

Umuman olganda, kompetensiyalarni minimal darajadan talab qilinadigan darajagacha rivojlantirish oson emas. Kompetensiyalarni rivojlantirishning bir qancha tamoyillari va strategiyalari mavjud bo'lib, ularning har biri o'ziga xos afzallik va kamchiliklarga ega. Shulardan biri FIRST uzluksiz rivojlanish tamoyili bo'lib, bu tamoyil 1995 yilda taniqli psixolog Devid B. Peterson tomonidan ishlab chiqilgan. FIRST uzluksiz rivojlanish tamoyilining mohiyati quyidagicha [2]:

- F - (ustuvor yo'nalishga e'tibor qaratish) Rivojlanish uchun ma'lum bir sohani tanlang va uni yaxshilash maqsadlarini iloji boricha aniq belgilang.

- I - (muntazam ravishda mashq qilish) o'zingizni rivojlantiruvchi tadbirlar bilan muntazam shug'ullaning, yangi bilim va ko'nikmalarni amaliyotda qo'llang, iloji

boricha "komfort zonasi" doirasidan tashqariga chiqadigan murakkabroq vazifalarni hal qiling.

- R - (rivojlanishni baholab borish) hatti-harakatlaringizdagi o'zgarishlarni doimiy ravishda kuzatib boring, harakatlaringizni va erishilgan natijalarni, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik sabablarini tahlil qiling.

- S - (qo'llab-quvvatlash va fikr-mulohazalarni izlang) - tajribali hamkasblar va ekspertlarning fikr-mulohazalarini o'rganing, ularning tavsiyalarini tinglang va yordamidan foydalaning.

- T - (o'zingizga yangi maqsadlar qo'ying) - doimiy ravishda o'zingiz uchun yangi rivojlanish maqsadlarini belgilang, o'zingizni takomillashtiring.

Kompetensiyalarni rivojlantirishda FIRST tamoyilidan foydalanish samarali natija beradi. Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va ularga axborot maslahat ko'rsatishga xizmat qiluvchi infratuzilmalar mavjud bo'lib, ular tomonidan har bir viloyat kesimida tadbirkorlaning raqamli texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari tahlil qilinishi va asosida tegishli o'quv kurslari tashkil etish chora tadbirini belgilash maqsadga muvofiq. Jumladan, respublikamizda tadbirkorlik subyeklarining raqamli kompetensiyalarini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan ko'nikmalar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

- Faoliyat jarayonida Microsoft Office dasturlar paketidan erkin foydalanish;

- Biznes boshqaruvida CRM (mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish) va ERP(korxona resurslarini rejalashtirish) tizimlarini joriy etish, axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanish;

- Internet orqali biznes yuritish, biznes saytlarni ishlab chiqish va boshqarish;

- Xaridlarni tashkil etish va o'tkazish uchun elektron platformalardan foydalanish;

- Raqamli axborot muhitida dasturiy mahsulotlardan foydalanish va h.o.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, tadbirkorlik subyektlarining raqamli

kompetensiyasini rivojlantirish orqali mamlakatimizda raqamli tadbirkorlikni kengaytirish imkoniyati ortadi. Mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari o'rtasida biznes jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar va raqamli platformalardan foydalanib amalga oshirilishi boshqaruv xarajatlarini qisqarishiga, shuningdek, o'zaro muloqotni tez va oson yo'lga qo'yilishiga, zamonaviy biznes modellarining innovatsion shakllarini rivojlanishiga zamin yaratadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi PF-6079-son Farmoni

2. Development First: Strategies for Self-Development Paperback - January 1,

1995.

3. Саидахмедова, Д., & Норбоева, Д. (2021). УЗБЕКИСТОНДА СТАРТАП ЭКОТИЗИМИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ИННОВАЦИОН МУХДТНИНГ АХАМИЯТИ. Збгрник наукових працъ SCIENTIA.

4. Saidahmedova, D. Management Analysis and Innovation Management Model. Published in International Journal of Trend in Scientific Research and Development (ijtsrd), ISSN, 2456-6470.

5. Saidbaxromovna, S. D., & Muhabbat, X. (2022). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI BOSHQARISHGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 124-128.

6. Dilafruz, S., & Shaxnoza, G. O. (2023). O'ZBEKISTONDA RAQAMLI TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRSH-DOLZARB MUAMMO SIFATIDA. International Journal of Contemporary Scientific and Technical Research, 153-157.

7. Saidbaxromovna, S. D. (2023). O'ZBEKISTONDA RAQAMLI TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRSH ISTIQBOLLARI. BARQARORLIK VA YETAKCHITADQIQOTLAR ONLAYNILMIY JURNALI, 3(3), 183-187.

8. Саидахмедова, Д., & Норбоева, Д. (2021). УЗБЕКИСТОНДА СТАРТАП ЭКОТИЗИМИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ИННОВАЦИОН МУХДТНИНГ АХАМИЯТИ. Збiрник наукових праць SCIENTIA.

9. Gaybullayevna, R. S. (2023). THE STATE OF THE DIGITAL ECONOMY TODAY: PROBLEMS AND SOLUTIONS. JOURNAL OF ECONOMY, TOURISM AND SERVICE, 2(12), 38-42.

10. Хуторской А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы. // "Народное образование" журнали. - 2003. - №2 2. - С. 58-64

11. Bird, B. (2019), "Toward a Theory of Entrepreneurial Competency", Katz, J.A. and Corbet, A.C. (Ed.) Seminal Ideas for the Next Twenty-Five Years of Advances (Advances in Entrepreneur ship, Firm Emergence and Growth, Vol. 21), Emerald Publishing Limited, Leeds, pp. 115-131.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.