Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TA’LIM TIZIMIDA BYUDJET MABLAGʻLARI SARFLANISHI NAZORATINI TA’MINLASH'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TA’LIM TIZIMIDA BYUDJET MABLAGʻLARI SARFLANISHI NAZORATINI TA’MINLASH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
byudjet / moliya / moliyaviy nazorat / ta’lim / raqamlashtirish / boshqaruv / raqamli transformatsiya / autsorser / ta’lim sifati / mexanizmlar. / budget / finance / financial control / education / digitalization / management / digital transformation / outsourcer / quality of education / mechanisms.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gʻaffarov Oybek Shavkatovich

Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida ta’lim tizimida byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish, moliyaviy nazoratni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilingan. Ta’lim tizimida moliyaviy mablag‘larning maqsadli sarflanishi, ta’lim xizmatlarini realizatsiya qilish jarayonida raqamlashtirish sohasidagi o‘zgarishlar asosida moliyaviy mexanizmlar shakllanishi bilan tizimda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish jarayonini nazorat qilishni bog‘liqligining o‘ziga xos farqli xususiyatlari o‘rganilgan va amaliy tavsiyalar taklif qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MONITORING BUDGET SPENDING IN DIGITAL ECONOMIC EDUCATION

This article examines the theoretical and practical aspects of the effective use of budgetary funds, the implementation of financial control in the education system in the digital economy. With the formation of financial mechanisms in the education system based on targeted spending of funds, changes in the field of digitalization in the process of implementing educational services, the specifics of monitoring the effective use of budgetary funds were studied and practical recommendations were proposed.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TA’LIM TIZIMIDA BYUDJET MABLAGʻLARI SARFLANISHI NAZORATINI TA’MINLASH»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA TA'LIM TIZIMIDA BYUDJET MABLAG'LARI SARFLANISHI NAZORATINI TA'MINLASH

G'affarov Oybek Shavkatovich

Jizzax politexnika instituti reja-moliya bo'limi boshlig'i oybekgaffarov@mail. ru

Annotatsiya: Mazkur maqolada raqamli iqtisodiyot sharoitida ta'lim tizimida byudjet mablag'laridan samarali foydalanish, moliyaviy nazoratni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlari tadqiq qilingan. Ta'lim tizimida moliyaviy mablag'larning maqsadli sarflanishi, ta'lim xizmatlarini realizatsiya qilish jarayonida raqamlashtirish sohasidagi o'zgarishlar asosida moliyaviy mexanizmlar shakllanishi bilan tizimda byudjet mablag'laridan samarali foydalanish jarayonini nazorat qilishni bog'liqligining o'ziga xos farqli xususiyatlari o'rganilgan va amaliy tavsiyalar taklif qilingan.

Kalit so'zlar: byudjet, moliya, moliyaviy nazorat, ta'lim, raqamlashtirish, boshqaruv, raqamli transformatsiya, autsorser, ta'lim sifati, mexanizmlar.

ОБЕСПЕЧЕНИЕ КОНТРОЛЯ ЗА РАСХОДОВАНИЕМ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В СИСТЕМЕ ЦИФРОВОГО ЭКОНОМИЧЕСКОГО

ОБРАЗОВАНИЯ

Гаффаров Ойбек Шавкатович

Начальник планово-финансового отдела Джизакского политехнического

института

oybekgaffarov@mail. ru

Аннотация: В данной статье изучены теоретические и практические аспекты эффективного использования бюджетных средств, осуществления финансового контроля в системе образования в условиях цифровой экономики. С формированием финансовых механизмов в системе образования на основе целевого расходования финансовых средств, изменений в сфере цифровизации в процессе реализации образовательных услуг были изучены особенности контроля за эффективным использованием бюджетных средств и предложены практические рекомендации.

Ключевые слова: бюджет, финансы, финансовый контроль, образование, цифровизация, управление, цифровая трансформация, аутсорсер, качество образования, механизмы.

MONITORING BUDGET SPENDING IN DIGITAL ECONOMIC

EDUCATION

Gaffarov Oybek Shavkatovich

Zhizakh Polytechnic Institute mode-finance without restrictions

oybekgaffarov@mail. ru

Abstract: This article examines the theoretical and practical aspects of the effective use of budgetary funds, the implementation of financial control in the education system in the digital economy. With the formation of financial mechanisms in the education system based on targeted spending of funds, changes in the field of digitalization in the process of implementing educational services, the specifics of monitoring the effective use of budgetary funds were studied and practical recommendations were proposed.

Key words: budget, finance, financial control, education, digitalization, management, digital transformation, outsourcer, quality of education, mechanisms.

KIRISH

Jahonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iqtisodiy taraqqiyotning axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda raqamli ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish, shuningdek, qo'shimcha qiymat ega bilim va axborot salmog'ining oshib borishiga keng imkoniyatlar yaratadi. Mamlakatimizda ham raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida zamonaviy ta'lim tizimining rivojlanishida amalga oshirilayotgan innovasion jarayonlar, avvalo, inson faoliyatining barcha sohalarida raqamli texnologiyalaridan faol foydalanish bilan bog'liq va birinchi navbatda ta'lim sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgandir. Bunday tizimning samarali faoliyat ko'rsatishi nafaqat ta'lim tizimining sifat, samaradorligi, ilm-fan, ishlab chiqarish, institusional sharoitlar va ta'lim tizimida byudjet mablag'laridan samarali foydalanish, moliyaviy nazoratni amalga oshirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini nazariy-amaliy asoslarini tadqiq qilish, takliflar ishlab chiqish zaruriyati vujudga keldi va bu tadqiqot ishining dolzarbligini belgilab beradi.

Mamlakatlar boshqaruv tizimida davlat byudjetidan moliyalashtirishda turli usullardan foydalanib mablag'larni taqsimlashni amalga oshiradilar. Byudjet xarajatlarini yo'naltirish va ulardan maqsadli foydalanish asosiy omillardan biri hisoblanadi. Tadqiqotlardan ma'lumki, davlat byudjeti davlatning zimmasidagi vazifalarni bajarilishi uchun moliyaviy ta'minlash vositasi sifatida aks etib kelgan. Bu esa, davlat byudjetidan moliyalashtirish usulining qanday bo'lishidan qat'iy nazar davlatning vazifalari byudjetdan moliyalashtirilishi doimiy mavjud bo'lishini anglatadi.

Mazkur vazifalarning ahamiyatini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlisga Murojaatnomada ko'rsatib berganidek, "2021 yilda "maktabgacha ta'lim qamrovini 65 foizga, 2023 yil oxirida esa 75 foizga yetkazishimiz kerak. Bu ishlarga byudjetdan 600 milliard so'm subsidiya berish hisobidan qo'shimcha ravishda 2 mingta nodavlat bog'cha tashkil etilib, xususiy sektor ulushi 25 foizga yetkaziladi"[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI

MDH mamlakatlari olimlaridan biri L.N. Ovsyannikovning tadqiqotlarida keltirilishicha, "Davlat moliyaviy nazorati - davlatning moliyaviy manfaatlarini va fuqarolarning moliyaviy huquqlarini qonunlar, tashkiliy, boshqaruv, huquqni himoya qilish vositalari orqali amalga oshiriladigan tadbirdir" [2;5]. Mazkur fikrni davom ettirgan mahalliy olimlardan I.Alimov "... har bir mamlakatda davlat byudjeti tuzilmasi va byudjet tizimi mavjud bo'lib, byudjet tuzilmasi mazkur davlatning siyosiy-ma'muriy tuzilmasiga asosan shakllantiriladi. Davlat byudjeti tuzilmasi o'z mohiyatiga ko'ra, davlat byudjetini tuzish tamoyillari, uni tuzish, ko'rib chiqish, qabul qilish va ijro etish tartibi, byudjet daromadlarini shakllantirish, uning xarajatlarini amalga oshirish tamoyillarini tashkil etishni ifodalaydi" deb ta'kidlab o'tadi [3, 8].

Iqtisodchi olim D.Nabiyevning fikricha "O'zbekiston milliy iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan islohotlar, tarkibiy-tuzilmaviy o'zgarishlar, jahon hamjamiyatmiga kirish va yangi ishlab chiqarish kuchlarini yaratish, yangilash va qayta qurish kabi yumushlar katta hajmdagi moliyaviy mablag'larni jalb qilishni taqazo etadi" [4, 28].

Shu o'rinda biz tadqiqot ob'yekti hisoblangan maktab ta'limini rivojlantirishda raqamli transformatsiyani qo'llab-quvvatlashning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish orqali moliyaviy mablag'larning sarflanishi, ularni maqsadli sarflash, ta'lim tizimida davlat moliya nazoratini o'tkazishdagi iqtisodiy munosabatlarga e'tibor qaratamiz.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Statistika Agentligi e'lon qilgan ma'lumotlarda O'zbekistonda so'nggi 5 yilda maktablar soni 6,5 foizga oshib 10 750 tani [5] tashkil etganligi va umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini har tomonlama rag'barlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 823-son qarori "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini rag'batlantirishning direktor jamg'armasini tashkil etish va uning mablag'laridan foydalanish tartibi to'g'risida" qarori qabul qilinganligini aytishimiz mumkin. Hozirda hukumatimiz tomonidan maktab ta'limini rivojlantirish uchun katta e'tibor berilmoqda, o'qituvchilarning oylik ish haqi o'rtacha 2,5 baravar oshganligi [6] va qurilayotgan maktablar sonidan ham bilsak bo'ladi. Maktabgacha va maktab ta'limi tizimini rivojlantirish uchun shunday imkoniyatlari yaratilganligiga qaramay bugungi kundagi natijalarimizni ijobiy deb bo'lmasligini Prezident raisligida

2023 yil 28 avgust kuni maktablarda ta'lim sifatini oshirish, o'quvchi o'rnini ko'paytirish va o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishida alohida qayd qilingan. Bugungi kunda boshlang'ich sinflarda 11 ta, yuqori sinflarda 16 ta fan o'tiladi. Lekin o'quvchilar aniq bir yo'nalishda chuqur bilimga ega bo'lmay, maktabni bitirayapti. O'tgan yili 220 ming o'qituvchidan 86 ming nafari yoki 37 foizining bilim va ko'nikmasi "qoniqarsiz" baholangan. Bu hol, ayniqsa, hozir talab yuqori bo'lgan informatika, ingliz tili, fizika, matematika va kimyo fani o'qituvchilarida bo'lgani tashvishli [7].

Ta'lim tizimida moliyaviy mablag'larning maqsadli sarflanishida raqamli iqtisod, noyob funksiyaning ayrim xususiyatlarining mavjudligi sababli klassik iqtisodga xos bo'lgan cheklovlarni yengishga imkon beradi:

1. Bir nechta odamlar moddiy mahsulotlardan foydalana olmaydilar, chunki raqamli mahsulotlarning bunday to'siqlari yo'q: nusxa ko'chirish va cheksiz odamlar doirasiga taqsimlanishi mumkin.

2. Materiallardan foydalanish paytida foydalanish taqiqlanadi. Raqamli mahsulotlar asl xususiyatlarini yo'qotmaydi, shuningdek, bu xususiyatlar birgalikda ishlash yoki almashinuv jarayonida yaxshilanishi mumkin.

3. Axborot-kommunikatsiya maydonchalari odatiy savdo binolarida mavjud bo'lgan maydonlarning hajmiga cheklovlar va shu bilan birga bir vaqtning o'zida xizmat ko'rsatadigan mijozlarning soni va miqdori jihatidan cheklanishlarini oldini oladi" [7].

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Tadqiqot jarayonida dialektik va tizimli yondashuv, qiyosiy va solishtirma tahlil, sotsiologik so'rovnoma usullaridan foydalanildi. Bu borada O'zbekiston Respublikaning Konstitutsiyasi, qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari ham o'rganildi va muammoning kompleks o'rganish uchun moliya, maktabgacha ta'lim va maktab ta'limi faoliyatiga doir ma'lumotlardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Byudjet mablag'lari sarflanishi takomillashtirishni rejalashtirish usulining bosh omili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi "Byudjet tashkilotlarini mablag' bilan ta'minlash tartibini takomillashtirish to'g'risida"gi 414-sonli qarori bilan bevosita bog'liq hisoblanadi. Mazkur hujjatga ko'ra, byudjet tashkilotlari moliyalashtirilishi smeta xarajatlari asosida to'rt guruh (ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar, ish haqiga qo'shimchalar, kapital qo'yilmalar va boshqa xarajatlar)ga ajratilgan holda amalga oshirilishi belgilangan. Ushbu metodning 2000-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilishi har qanday byudjet xarajat yo'nalishlari qat'iy belgilanishini o'zida aks ettiradi.

Ta'lim xizmatlari bozorining kon'yunkturasiga muvofiq muayyan vaqt mobaynida ta'lim xizmatlarini sotish va xarid qilish jarayonida mehnat va ta'lim xizmatlari bozorida yuzaga keladigan shart-sharoitlar uzluksiz o'zgarib turadi. Shunga ko'ra, ta'lim xizmatlarini realizatsiya qilish jarayonida moliyaviy mexanizmlar shakllanishi bilan o'zaro bog'liqlik sxemasini quyidagi ko'rinishda ilgari surildi (1-rasm).

1-rasm. Ta'lim xizmatlari va moliyaviy mexanizmlarning o'zaro bog'liqligi1

Ta'lim muassasalarining o'quv-uslubiy va moliyaviy mustaqilligi sharoiti xususiyatlarini e'tiborga olgan holda, ta'lim xizmatlarini isloh qilish, bitiruvchilar raqobatbardoshligini oshirishda sifatni ta'minlash ko'p jihatdan davlat byudjeti mablag'larining maqsadli sarflanishini tadqiq qilish yangi mazmun bilan to'ldirish zaruriyati bilan bog'liq.

Shuningdek, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot Strategiyasini 46-maqsadida: oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 50 foizga

1Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.

yetkazish va ta'lim sifatini oshirish uchun kadrlar buyurtmachilari takliflari asosida qabul parametrlarini oshirish, yoshlarni oliy ta'lim bilan qamrov darajasini 38 foizga yetkazish, to'lov-kontrakt asosida o'qishga qabul qilish parametrlarini oliy ta'lim muassasalari tomonidan mustaqil belgilash tartibini joriy etish, 2026 yilda qabul ko'rsatkichini kamida 250 mingga yetkazish hamda davlat oliy ta'lim muassasalariga akademik va moliyaviy mustaqillik berish, shu jumladan ular tomonidan mehnatga haq to'lash, xodimlar soni, to'lov-kontrakt miqdori va ta'lim shaklini mustaqil belgilash amaliyotini yo'lga qo'yish belgilangan [8].

Bu borada «O'zbekiston — 2030» strategiyasida "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" uchun maktabgacha ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to'liq qamrovini ta'minlash, bolalarni maktabgacha ta'lim va tayyorlov guruhlari bilan to'liq qamrab olish, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta'minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang'ich kompyuter savodxonligi ko'nikmalarini shakllantirish, 100 foiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarini toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta'minlash hamda pedagog kadrlar maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, maktabgacha ta'lim tashkilotlari va umumiy o'rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining o'rtacha ish haqini 2 barobar oshirish, ehtiyoj yuqori bo'lgan yo'nalishlar va olis hududlardagi abituriyentlar uchun pedagogik ta'lim yo'nalishlari bo'yicha kadrlarni to'liq davlat granti asosida tayyorlash tizimini joriy qilish va boshqa bir qator sohaga tegishli vazifalar belgilangan [9].

Mamlakatimiz byudjet amaliyotiga autsorsing amaliyotining kirib kelishi byudjet xarajatlarini shartnomali asosda amalga oshirishga imkoniyat yaratmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi sog'liqni saqlash tizimini tubdan takomillashtirish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5590-sonli farmonida tibbiyot tizimini rivojlantirishning ustuvorliklari belgilandi. Unga ko'ra, "davlat tibbiyot tashkilotlarining ayrim funksiyalari yoki xizmatlarini tadbirkorlik sub'yektlariga autsorsing asosida o'tkazish" belgilab berildi. Ushbu metodning afzalligi byudjet mablag'lari smeta xarajatlari moddasi doirasida emas, balki shartnoma asosida belgilangan xizmatlarning ko'rsatilishiga nisbatan moliyalashtirilishi ko'zda tutiladi.

Bundan tashqari maktabgacha ta'lim muassasalarida autsorsing amaliyotini o'ziga xos jihatlari va undan foydalanish samaradorligini oshirishda byudjet tashkilotlarida autsorsing usulini tatbiq etishda quyidagilar alohida ahamiyatga ega "Autsorser tomonidan muassasalarda sog'lom ovqatlantirishni tashkil etish bo'yicha uzoq muddatga rejalashtirilgan istiqbolli loyihalar taqdim qilinganda, tanlov komissiyasining qaroriga asosan tuman (shahar) maktabgacha ta'lim bo'limlari bilan autsorser o'rtasida besh yilgacha muddatga shartnomalar tuzilishi lozim, ijtimoiy

sohada autsorsing asosida byudjet xarajatlarining natijadorligini baholash uslubiyotini ishlab chiqishda yakuniy natijalar indeksidan foydalanish kerak, sog'liqni saqlash muassasalarida davlat byudjetining ovqatlanish xarajatlari ijrosida ham autsorsing mexanizmidan foydalanish yaxshi natijalar beradi [10].

XULOSA VA TAKLIFLAR

Bizning fikrimizcha ta'lim tizimida davlat moliya nazoratini o'tkazishda har bir viloyat, tumandagi iqtisodiy holat va moliyaviy imkoniyatlar e'tiborga olinishi lozim. Shuningdek, mazkur tizimda byudjet mablag'laridan samarali foydalanish jarayonini nazorat qilishda joriy qonunchilikka va normativ xujjatlarga qat'iy amal qilgan xolda ish olib borish lozim. Shuning uchun ta'lim tizimida davlat moliya nazoratini o'tkazishning ilmiy asoslangan usullariga aniqlik kiritish kerak, iqtisodiyotning yangi taraqqiyot bosqichida uning rivojlanish konsepsiyasini takomillashtirish lozim. Ta'lim tizimida byudjet mablag'laridan samarali foydalanish masalalari davlat moliya nazoratiga yuklatilgan bo'lsada, uning tashkiliy, metodologik asoslarini takomillashtirish kerak. Bizningcha ta'lim tizimida moliyaviy nazoratni olib borishda har bir hududning ham iqtisodiy ham moliyaviy imkoniyatlari alohida tadqiq etilishi kerak. Bunda byudjet mablag'laridan samarali foydalanish jarayonini nazorat qilishda qonunchilik, normativ huquqiy xujjatlarga amal qilgan holda tashkil qilinishi kerak, ta'lim tizimida davlat moliya nazoratini o'tkazishning ilmiy asoslangan usullaridan foydalanishni taklif qilamiz.

Shuningdek, ta'lim muassasalari boshqaruv tizimiga, moliyaviy xizmat va buxgalteriya sohasiga raqamli iqtisodiyot imkoniyatlarini muntazam joriy etish, ta'lim muassasalari uchun zarur bo'lgan mahsulotlarni xarid qilish va ulardan samarali hisob-kitob tizimini shaffofligini ta'minlash, ta'lim tizimida byudjet mablag'laridan samarali foydalanish tizimi ustidan raqamli transformatsiyani qo'llab-quvvatlashning tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish, bo'sh ish o'rinlarini ijtimoiy tarmoqlarda va mahalliy ommaviy axborot vositalarida e'lon qilish, ta'lim tizimi xodimlarining huquqiy madaniyatini oshirish, noqonuniy mablag' o'zlashtirish holatlarining oldini olishda muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. https://president.uz/uz/lists/view/40572.

2. Овсянников Л.Н. Государственный финансовый контроль: подходы к стандартизации. // Финансы. Москва, 2010 г. С.5.

3. Alimov I. Byudjet tizimi: o'ziga xos xususiyatlar// Biznes-Ekspert jurnali. Toshkent, 2017 y. - №7. B. 8.

4. Nabiyev D.H. Ta'lim sohasidagi investisiyalarni moliyalashtirish masalalari. I.f.n. dissertatsiyasi. -T.: 2005 y. B. 28.

5. https://sputniknews.uz/20240404

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 28 avgust kuni maktablarda ta'lim sifatini oshirish, o'quvchi o'rnini ko'paytirish va o'qituvchilarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig'ilishidan. Lex.uz.

7. Umarov O. Raqamli iqtisodiyot va uning rivojlanish tendensiyalari. "Iqtisodiyot va innovasion texnologiyalar" ilmiy elektron jurnali 2018 yil. №2 3, 4-bet. www.iqtisodiyot.uz.

8. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvar, PF-60-son 20222026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida Farmoni. Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 29.01.2022 y., 06/22/60/0082-son).

9. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi PF-158-son «O'zbekiston - 2030» Strategiyasi to'g'risidagi Farmoni. (Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 12.09.2023 y., 06/23/158/0694-son; 29.12.2023 y., 06/23/214/098

10. Kasimova G.A. Maktabgacha ta'lim muassalarida autsorsing va undan foydalanishning afzalliklari// "Xalqaro moliya va hisob" ilmiy elektron jurnali. Toshkent, 2019. - № 4 B. 65.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.