Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI VA XARAJATLARI STATISTIK TAHLILI'

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI VA XARAJATLARI STATISTIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
87
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy nazorat / byudjet / byudjet jarayoni / byudjetdan moliyalashtirish / byudjet tashkiloti / davlat moliyaviy nazorat / moliyaviy nazoratning subyektlari / moliyaviy nazorat obyektlari / moliyaviy nazorat ta’moyillari / statistic ma`lumotlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Nabixadjayeva Mahfuza, Abdullayev Ilyos

Mazkur maqolada davlat byudjeti mablag’laridan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo’llari to’g’risida keng ko’lamda ko’rsatib o’tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo’naltirilishi orqali satistik ma`lumotlari keltirilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI VA XARAJATLARI STATISTIK TAHLILI»

PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT BYUDJETI VA XARAJATLARI

STATISTIK TAHLILI

Nabixadjayeva Mahfuza Abdullayev Ilyos

Toshkent amaliy fanlar universiteti, Toshkent shaxar Chilonzor tumani Gavxar ko'chasi 1-uy

[email protected] [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13335297 Annotatsiya: Mazkur maqolada davlat byudjeti mablag'laridan samarali foydalanish va moliyaviy nazoratni kuchaytirish yo'llari to'g'risida keng ko'lamda ko'rsatib o'tilgan. Asosan daromadlar maqsadli ravishda xarajatlarga yo'naltirilishi orqali satistik malumotlari keltirilib o'tilgan.

Tayanch so'zlar: moliyaviy nazorat, byudjet, byudjet jarayoni, byudjetdan moliyalashtirish, byudjet tashkiloti, davlat moliyaviy nazorat, moliyaviy nazoratning subyektlari, moliyaviy nazorat obyektlari, moliyaviy nazorat ta'moyillari, statistic malumotlar.

1 KIRISH

Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo'lib moliyaviy nazorat xizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko'rsatkichlarini yaxshilanishini ta'minlashga yo'naltirilgandir. Davlat byudjeti hisobiga mablag' bilan ta'minlanadigan tarmoqlarda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, byudjet mablag'laridan samarali foydalanish nazoratini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan bir hisoblanadi. Byudjet mablag'laridan oqilona foydalanishga esa samarali nazorat tizimini shakllantirmasdan turib erishib bo'lmaydi. Ma'lumki, byudjet jarayonining asosiy bosqichlaridan biri davlatning moliyaviy nazorati hisoblanadi. Moliyaviy nazorat mamlakatimizda amalga oshirilayotgan nazorat faoliyatining tarkibiy qismi hisoblanadi. Moliya, byudjet, soliq intizomiga yetarli darajada rioya qilinmayotganligi va byudjet mablag'larini maqsadsiz ishlatilishida ko'p sonli holatlarning mavjudligi barcha mamlakatlarda davlatning moliyaviy nazoratini kuchaytirishning zarurligini ko'rsatmoqda. Byudjet mablag'larini sarflashda yo'l qo'yilayotgan xato va kamchiliklarni kelib chiqish sababi moliya hamda nazorat taftish idoralari xodimlarining ular oldiga qo'yilgan asosiy vazifa-byudjet intizomiga rioya etishni ta'minlashga mas'uliyat bilan yondashishni talab qiladi. Professorlar A.V.Vahobov va T.S.Malikovlarning fikricha, barcha iqtisodiy sub'yektlarning (davlat, korxona va tashkilotlarning) moliyaviy faoliyati ustidan qonunchilik va ijroiya hokimiyati organlarining turli darajalari, shuningdek maxsus tashkil etilgan muassasalar tomonidan amalga oshiriladigan nazoratga moliyaviy nazorat deyiladi. Bu nazorat, eng avvalo, pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonida moliyaviy-iqtisodiy qonunshilikka rioya etilishi, moliyaviyxo'jalik operatsiyalarining samaradorligini baholash va amalga oshirilgan xarajatlarning maqsadga muvofiqligi ustidan nazoratni o'z ishiga oladi. Boshqacha so'zlar bilan aytganda, moliyaviy nazorat u

yoki bu moliyaviy harakat sodir bo'lishining baholashni o'z ichiga olish bilan cheklanmasdan, balki u o'zining analitik yo'nalishiga ega. Byudjet mablag'laridan foydalanish ustidan samarali davlat nazoratini amalga oshirishda moliyaviy nazorat organlar tizimi faoliyatini ham takomillashtirib borish muhim ahamiyatga egadir. Samarali nazoratni tashkil etishda byudjet munosabatlarida ishtirok etuvchi tashkilotlar o'rtasida o'zaro ma'lumot almashish tizimini keng qo'yish ham muhim rol o'ynaydi. Bu borada byudjet tashkilotlarini moliyalashtiruvchi moliya organlari bilan tijorat banklari, soliq va bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjasi va uning savdo maydonchalari o'rtasida o'zaro axborot almashish aloqalarini yanada mukammalashtirish byudjet mablag'laridan oqilona va maqsadli foydalanishni ta'minlaydi.

Adabiyotlar tahlili. Davlat moliya tizimi va budjetning iqtisodiy mohiyati qadim zamonlardan iqtisodiyotchilar tomonidan o'rganila boshlangan. Masalan, G'arb olimlari tomonidan. Klassik iqtisodiy nazariya asoschilari U.Petti, A.Smit D.Rikardo tomonidan davlat budjeti daromadlari shakllanishida soliq tizimining o'rni va vazifalari yoritilgan. Ular davlatni iqtisodiyotga minimal ishtiroki tarafdorlari bo'lib, davlatning asosiy vazifalari mudofaa va ijtimoiy masalalar deb belgilaganlar. Bozor munosabatlari esa, ularning fikricha, talab va taklif qonuniga asosan iqtisodiy rivojlanish muvofiqlashadi. Yalpi talab darajasini pasayishida davlat aralashish masalalari birinchi marta A. Marshallni ilmiy ishlarida tahlil qilingan. Iqtisodiyotga davlat aralashuvi, jumladan budjet tomonidan uni barqarorlashtirish masalalari J.M.Keynsni ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritilgan. Sharq olimlari Ibn Haldun, Al - Farobiy asarlarida davlat xarajatlari va uning mohiyati ko'rsatilgan. Budjet daromadlariga professorlar T.S Malikov va N.X Haydarovlar quydagicha o'z fikrlarini bildirganlar: "Pul mablag'lari fondlarini shakllantirish jarayonida vujudga keluvchi iqtisodiy (moliyaviy) munosabatlarni ifoda etadigan, hokimiyat organlaring turli darajalari ixtiyoriga kelib tushadigan, davlatning funksiyalarini bajarish uchun zarur bo'lgan davlat markazlashtirilgan moliyaviy resurslarining bir qismi budjet daromadlari

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE 55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of

I Li I toe^centurv

TASHKENT, 6-8 MAY 2004

deyiladi". Tadqiqot jarayonida statistik, analitik, qiyosiy, kuzatuv, iqtisodiy tahlil va boshqa usullarni o'z ichiga oladi.

Tahlil va natijalar Davlat byudjeti mablag'larini shakllantirishda uning ham xarajatlar qismini, ham daromadlar qismini belgilash muhimdir, chunki byudjetning daromadlari va xarajatlari o'zaro bir-birini taqozo etadi, uni to'liq hisobga olmaslik, noxush oqibatlarni keltirib chiqaradi. Budjet siyosatining asosiy yo'nalishi moliyaviy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, moliyaviy tizim sohalari o'rtasida qayta taqsimlash va respublikamizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni barqarorlashtirish maqsadida, davlat ixtiyoridagi moliya resurslarini markazlashtirishdan iboratdir. Respublikamizda byudjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijroetish, budjetdan mablag' bilan ta'minlashni takomillashtirish hamda mablag'lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta'minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Byudjet jarayonlarida, jumladan, budjet ijrosini qa'tiy ta'minlashda budjetdan birinchi darajali ustivor ijtimoiy xarajatlarni moliyalashtirish, byudjet mablag'laridan maqsadli, samarali foydalanish borasida olib borilayotgan ishlar bilan bir qatorda yechimini kutayotgan muammolar ham mavjud. Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor mexanizmining takomillashtirilishi va islohotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Budjet jarayonini mavjud qonunchilik asosida, budjet ijrosini belgilangan parametrlar doirasida ijro etish, budjetdan mablag' bilan ta'minlashni takomillashtirish hamda mablag'lardan samarali va maqsadli foydalanish, budjet intizomini ta'minlash budjet tizimi oldida turgan muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

1-jadval: 2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasi Konsolidatsiyalashgan budjetining jamlanma parametrlari hamda 2024-2025-yillarga budjet mo'ljallari

sur'ati, foizda

6. Xizmatlar ko'rsatishning o'sish sur'ati, foizda 6 6,7 6,2

Ushbu jadvaldan ko'rishimiz mumkinki, 1-4-5-ko'rsatkichlarga qaraydigan bo'lsak, 0,3 foizli o'sishni ko'rishimiz mumkin. Ammo 3-6-ko'rsatkichlar esa buning aksini ko'rsatib turibdi.

2-Jadval: 2023-yil uchun O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlari prognozi va 2024-2025-yillarga maqsadli mo'ljallar

T/R Ko'rsatkichlar 2023-yil uchun prognoz Maq mo'l sadli allar

2024- yil 2025- yil

1. Yalpi ichki mahsulot, mlrd so'm 1 068 044 1 235 398 1 411 965

2. Yalpi ichki mahsulotning o'sish sur'ati, foizda 5,3 5,6 6

3. Iste'mol narxlari indeksi, o'tgan yilning dekabr oyiga nisbatan, foizda 9,5 5-6 5

4. Sanoat mahsulotlarining o'sish sur'ati, foizda 5,1 - 6,9 6 7,2

5. Qishloq, o'rmon va baliqchilik xo'jaliklarida ishlab chiqarishning o'sish 3,5 3,7 3,9

T/r Ko'rsatkichla r 2023-yil uchun Byudjet mo'ljallari:

prognoz 2024-yil 2025- yil

I. Konsolidatsiya lashgan budjet daromadlari 310 677,90 353 697,70 397 219,40

1. Davlat budjeti daromadlari* 232 107,10 269965,60 309 829,90

2. Davlat 41 46 793,80 50

maqsadli jamg'armalari daromadlari* 250,70 609,20

3. O'zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasiga tushumlar 11 11712,00 11 394,20 9 959,00

4. Byudjet tashkilotlarinin g byudjetdan tashqari jamg'armalarig a tushumlar 25 608,10 25544,10 26 821,30

II. Konsolidatsiya lashgan byudjet xarajatlari 343 212,60 387197,10 428 363,70

1. Davlat budjeti xarajatlari * 227 866,60 255 324,10 285 570,50

2. Davlat 70 77 565,20 85

maqsadli jamg'armalari xarajatlari 212,90 342,80

3. O'zbekiston 11 17 474,60 17

Respublikasi Tiklanish va 712,00 765,50

taraqqiyot

jamg'armasi mablag'larinin g sarflanishi

4. Byudjet tashkilotlarinin g budjetdan tashqari jamg'armalari mablag'larinin g sarflanishi 25 608,10 25 033,20 26 284,90

5. Tashqi qarz hisobidan 7 813,00 11 800,00 13 400,00

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

davlat

dasturlariga xarajatlar

III. Davlat 29 34 341,70 37

maqsadli jamg'armalarig a transfertlar 867,60 775,50

IV. Konsolidatsiya lashgan budjet saldosi (profitsit +, defitsit -) -32 534,70 -33 499,40 -31 144,30

V. Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari saldosi (profitsit +, defitsit -) -24 721,70 -16 129,90 -10 474,20

VI. Davlat 19 31 498,80 26

qarzlarini so'ndirish 173,70 657,50

Ushbu jadvalda eng yuqori ko'rstakichni davlat byudjeti daromadlari ya'ni 2025-yilga borib, 309 829,90 mlrd so'mni tashkil qilar ekan. 1 va 2 yillar o'rtasidagi farqi 43019,8 mlrd so'mni tashkil qiladi. Davlat byudjeti xarajatlari esa, 285 570,50 mlrd so'mni tashkil qilar ekan. 1 va 2 yillar o'rtasidagi farqni olib qaraydigan bo'lsak, 27457,5 mlrd so'mni tashkil qilmoqda. Qonun loyihasi O'zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 29-moddasiga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, unda:

2024-yil uchun O'zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan budjetining, shu jumladan, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari, O'zbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi daromadlari va xarajatlari prognozi hamda

2025-2026-yillar uchun mo'ljallari, ularni tayyorlashda asos bo'lib xizmat qilgan asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlarning prognozlari;

-birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilar uchun O'zbekiston Respublikasi respublika budjetidan (bundan buyon matnda respublika budjeti deb yuritiladi) 2024-yilda ajratilayotgan mablag'larning cheklangan miqdorlari;

- Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromadlari va xarajatlari prognozlari;

respublika budjetidan mahalliy budjetlarga ajratilayotgan tartibga soluvchi transfertlar;

-O'zbekiston Respublikasi nomidan va kafolati ostida olinadigan davlat qarzining cheklangan hajmlari belgilangan.

"2024-yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to'g'risida"gi Qonun loyihasi 17 ta modda va 11 ta ilovadan iborat.

2024-yil uchun Davlat budjeti loyihasi va 2025-

2026-yillar uchun budjet mo'ljallari asosiy makroiqtisodiy ko'rsatkichlar prognozi asosida ishlab chiqilgan.

Xususan, 2024-yilda yalpi ichki mahsulotning 5,65,8 foiz o'sishi prognoz qilingan. Yalpi ichki mahsulotning ko'zlangan o'sish sur'atlari sanoatda ishlab chiqarish 6 foiz, xizmatlar sohasi 6,1 foiz, qishloq xo'jaligi 4 foizga o'sishi hisobiga ta'minlanishi prognoz qilinmoqda.

Mazkur rivojlanish ko'rsatkichlariga har bir sohada boshlangan tarkibiy islohotlarni sifatli davom ettirish orqali erishish maqsad qilingan.

Davlat budjetining o'rta muddatga mo'ljallangan prognoz parametrlari va 2024-yil uchun budjet loyihasi "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan maqsadlarga uyg'unlikda, ya'ni ularni bajarish vazifasidan kelib chiqqan holda tayyorlangan.

O'rta muddatda soliq-budjet siyosatining asosiy yo'nalishlari:

-konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligini 2024-yilda yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foizga, 2025-2026-yillarda esa 3 foizdan oshirmaslik;

-byudjet taqchilligi qisqartirilishi iqtisodiyotda yalpi talabning o'sishini tartibga solish, o'z navbatida, tashqi savdo balansi manfiy taqchilligi va inflatsion bosimni kamaytirishga xizmat qiladi;

-o'rta muddatda asosiy soliq stavkalarini o'zgartirmasdan saqlab qolish;

budjet daromadlari bazasini kengaytirish, berilgan soliq, bojxona imtiyozlarini samarasi va bergan natijasiga qarab, qayta ko'rib chiqish va bosqichma-bosqich bekor qilish;

- soliq va budjet siyosatini bosqichma-bosqich Jahon savdo tashkilotining talablariga uyg'unlashtirish;

-davlat qarzining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 60 foizlik makroiqtisodiy xavfsiz darajadan oshib ketmasligi uchun barcha choralarni ko'rish, bunda o'rta muddatda YIMga nisbatan 50 foizdan oshirmaslik;

-yillik budjetni shakllantirishda "Natijaga yo'naltirilgan budjet" tizimini bosqichma-bosqich to'laqonli joriy etish;

-inson kapitali rivojlanishiga doir xarajatlar ustuvorligini ta'minlash va ijtimoiy himoyaning manzilliligini kuchaytirish;

- ish haqi va pensiya miqdorlarini inflatsiyadan kam bo'lmagan miqdorda oshirib borish;

budjet ochiqligini ta'minlash hamda budjetni shakllantirishda fuqarolar ishtirokini yanada oshirish;

Davlat sektorida ichki nazorat va ichki auditni takomillashtirish hamda kuchaytirish;

Davlat budjeti loyihasini tayyorlash hamda ko'rib chiqishda Milliy barqaror rivojlanish maqsadlarini aks ettirish;

- "Yashil budjetlashtirish" tamoyillarini bosqichma-bosqich joriy etish;

Davlat investisiyalarini boshqarishni baholash mezonlariga (PIMA) muvofiqligini -ta'minlash;

-atrof-muhit va tabiat muhofazasi, iqlim o'zgarishiga moslashish tadbirlarining, suv sarfini kamaytirish va iqtisod qilib ishlatilishini rag'batlantiruvchi tadbirlar ustuvorligini ta'minlash;

- barcha sohalarda budjet xarajatlarini maqbullashtirish, iqtisod qilinadigan mablag'larni

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

yuqori samara beradigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlarga yo'naltirish.

Ushbu maqsad va yo'nalishlardan kelib chiqib, 2024-yil uchun Davlat budjeti daromadlari (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 270,3 trln so'm, xarajatlari esa (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 279,6 trln so'm miqdorida (Qonun loyihasining 1-ilovasi) belgilanmoqda.

Davlat maqsadli jamg'armalari daromadlari (budjetlararo transfertlarni inobatga olmagan holda) 55,4 trln so'm, xarajatlari esa 86,8 trln so'm miqdorida rejalashtirilmoqda. Bunda, Davlat maqsadli jamg'armalariga respublika budjetidan 33,1 trln so'm transfertlar ajratish belgilangan (Qonun loyihasining 3-ilovasi).

Xususan, budjetdan tashqari Pensiya jamg'armasi daromadlari 46,8 trln so'm, xarajatlari 63,1 trln so'mni tashkil etgan holda Davlat budjetidan 16 trln so'm miqdorida transfert ajratilishi rejalashtirilmoqda (Qonun loyihasining 3-ilovasi 3-pozitsiyasi).

Davlat moliyasini boshqarishning halqaro standartlariga muvofiq budjet qamrovini oshirish hamda to'liqligini ta'minlash maqsadida 2021-yildan boshlab, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga rejalashtirilayotgan xarajatlar konsolidatsiyalashgan budjet tarkibiga kiritildi. 2024-yilda ushbu xarajatlar 11,8 trln so'm miqdorida bo'lishi prognoz qilinmoqda (Qonun loyihasining 1-ilovasi).

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda 2024-yil uchun O'zbekiston Respublikasining

konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining (Davlat budjeti, Davlat maqsadli jamg'armalari, Tiklanish va taraqqiyot jamg'armasi, tashqi qarz hisobidan davlat dasturlariga amalga oshirish bilan bog'liq xarajatlar bilan birga) yuqori chegarasi 52,5 trln so'm yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdorida belgilanmoqda.

Bunda, Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg'armalari budjetlari 40,8 trln so'm yoki prognoz qilinayotgan yalpi ichki mahsulotga nisbatan 3,1 foiz miqdorida taqchillik bilan rejalashtirilgan (Qonun loyihasining 1-ilovasi).

Davlat budjeti va maqsadli jamg'armalarining taqchilligi davlat ichki va tashqi qarzlarini jalb qilish, davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushadigan mablag'lar hamda boshqa manbalar hisobidan qoplanadi.

2024-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining ushbu miqdorda belgilanishi jahon iqtisodiyotidagi noaniqliklar va geosiyosiy vaziyatning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta'sirini yumshatish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, aholining to'lov qobiliyati tushib ketishining oldini olish tadbirlariga qo'shimcha mablag'lar ajratilishi hamda davlat tomonidan tadbirkorlikni yanada qo'llab-quvvatlash choralari ko'rilishi bilan izohlanadi.

Respublika budjetining xarajatlari Qonun loyihasining 5-ilovasida 51 ta birinchi darajali budjet

mablag'larining taqsimlovchilari (vazirlik va idoralar) kesimida tasdiqlanmoqda.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Bunda, Davlat dasturlarining rejalashtirilgan davlat xarajatlari bilan uyg'unligini ta'minlash, ularni ijrosi bo'yicha jamoatchilik va Parlament nazoratini kuchaytirish maqsadida Qonun loyihasida birinchi darajali budjet mablag'larini taqsimlovchilari budjetida Davlat dasturlari uchun ajratilayotgan mablag'lar alohida ko'rsatilgan.

Misol uchun, Sog'liqni saqlash vazirligi joriy xarajatlari qatorida 25 ta, Yoshlar siyosati va sport vazirligida 11 ta, Qishloq xo'jaligi vazirligida 17 ta, Madaniyat vazirligida 6 ta davlat dasturlari va tadbirlar uchun ajratilgan mablag'lar alohida satrlarda ko'rsatilgan.

Qoraqalpog'iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlarining daromad va xarajatlari Qonun loyihasining 6-ilovasiga muvofiq ma'lumot uchun qabul qilinmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Budjet kodeksining 27-moddasiga muvofiq, mahalliy budjetlarning xarajatlari xududiy budjet mablag'larining taqsimlovchilari kesimida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan mustaqil ravishda shakllantiriladi hamda tegishincha Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadi.

2024-yilda konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligining yuqori chegarasi 4 foiz etib belgilanishi sababli tashqi qarzni jalb qilish bo'yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,0 mlrd AQSh dollari, shundan Davlat budjetini qo'llab quvvatlash uchun 2,5 mlrd AQSh dollari, investisiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2,5 mlrd AQSh dollari miqdorida belgilanmoqda.

Shuningdek, davlat qarzi portfelini diversifikatsiya qilish hamda valyuta xatarlarini kamaytirish maqsadida 2024-yil uchun O'zbekiston Respublikasi nomidan chiqariladigan davlat qimmatli qog'ozlarining cheklangan sof hajmini 25 trln so'm miqdorida belgilash rejalashtirilmoqda.

XULOSA

O'zbekiston Respublikasida davlat byudjeti harajatlari va daromadlari bo'yicha nazorat ishlari samaradorligini ta'minlash, hamda byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan samarali moliyaviy nazoratni amalga oshirishning asosiy yo'nalishlari yuzasidan quyidagi asosiy xulosa, taklif va tavsiyalarimizni aks ettiramiz:

- davlat siyosatiga mos ravishda moliyaviy nazorat tizimini isloh qilib borishni ta'minlash;

- moliyaviy nazorat qo'yilgan maqsadlarga erishish uchun ko'zda tutilgan natijaga erishishni ta'minlashga xizmat qilishi lozim;

- moliyaviy nazorat organlarining byudjet xarajatlarini optimallashtirishga qaratilgan yuqori samarali faoliyatini rag'batlantirish mexanizmini takomillashtirish;

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 may 2004 www.in-academy.uz

- moliyaviy nazorat sohasida ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini amalga oshirish; - moliyaviy nazorat tizimi organlari faoliyatini muvofiqlashtirishning me'yoriyhuquqiy asoslarini yanada mustahkamlash va takomillashtirish; - nazorat organi tizimi bilan turli tashkilotlar (tijorat banklari, soliq, bojxona organlari, tovar xom-ashyo birjalari) o'rtasidagi axborot almashish tizimini yanada muvofiqlashtirish;

- xorijiy davlatlarda byudjet mablag'laridan foydalanish yuzasidan nazorat tadbirlarini amalga oshirish mexanizmini va nazorat-taftish organlari faoliyatini kuzatish va tajribalarini o'rganish, so'ngra ularning ijobiy yutuqlari va natijalarini milliy moliyaviy nazorat tizimimizga tadbiq etish lozim.

ADABIYOTLAR RO'YXATI:

[1] Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya: umumnazariy masalalar. O'quv qo'llanma.T.:"Iqtisod-moliya" 2008 y. 316 b.

[2] Gaibnazarova Z.T., Isamuxametov Sh.A. darslik "Iqtisodiyot nazariyasi" Toshkent-2020 y. 14 b.

[3] Malikov T.S. "Byudjet-soliq siyosati" T.: "Iqtisod-moliya" 2019 y.

[4] Lex.uz O'RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 1-ilova

[5] Lex.uz O'RQ-813-son Toshkent sh., 2022-yil 30-dekabr 2-ilova

[6] Jumaniyazov, I. T. (2021). The Progressive Foreign Experiments in the Activity of Sovereign Wealth Funds. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 109-116.

[7] Jumaniyozov, I. (2018). Impact of Development Finance Institutions on Economic Growth: Implications for Reconstruction and Development Fund of Uzbekistan. International Journal of Management Science and Business Administration, 4(2), 84-88.

[8] Jumaniyozov, I. (2020). ISSUES OF ENSURING THE TRANSPARENCY OF SOVEREIGN WEALTH FUNDS. International Finance and Accounting, 2020(5), 1. "Science and Education" Scientific Journal / www.openscience.uz June 2023 / Volume 4 Issue 6 ISSN 2181-0842 / Impact Factor 3.848 885

[9] "2024 yil uchun O'zbekiston Respublikasining Davlat Byudjeti to'g'risida" gi Qonuni va Byudjetnoma.

[10] 10.0'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat boshqaruvining ochiqligi va shaffofligini ta'minlash hamda mamlakatning statistika salohiyatini oshirish yuzasidan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" 2019 yil 9-apreldagi PQ-4273-sonli qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.