Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
68
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
rivojlanish strategiyasi / raqamli iqtisodiyot / axborot tizimlari / milliy iqtisodiyot / raqamli texnologiyalar / iqtisodiy axborotlarni qayd etish / buxgalteriya axborotlari / moliyaviy axborotlar. / development strategy / digital economy / information systems / national economy / digital technologies / accounting of economic information / accounting information / financial information.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Razzaqova Durdona Adashboy Qizi

Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va hisoboti rivojlanish bosqichlari tahlil etish oʻrganish dolzarb mavzulardan sanaladi, zero har qanday iqtisodiy va boshqaruv qarorlar aynan buxgalteriya hisobi va hisobotlari asosida qabul qilinadi. Ushbu sharoit ushbu maqolaning metodologik va ilmiy muvofiqlashtirishga zamin yaratdi hamda asosiy maqsad sifatida buxgalteriya hisobi va hisoboti rivojlanish bosqichlari oʻrganishga qaratildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF DEVELOPMENT OF ACCOUNTING AND REPORTING IN THE DIGITAL ECONOMY

Today, during the period of economic reforms carried out in our republic, especially in the conditions of the digital economy, the analysis of the stages of development of accounting and reporting is one of the relevant topics for study, because any economic and managerial decisions are made on the basis of accounting and reporting. These conditions laid the foundation for the methodological and scientific coordination of this article and were aimed at studying the stages of development of accounting and reporting as the main goal.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBI VA HISOBOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Razzaqova Durdona Adashboy qizi

Farg'ona politexnika instituti tayanch doktoranti [email protected]

Annotatsiya: Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davrida ayniqsa raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalteriya hisobi va hisoboti rivojlanish bosqichlari tahlil etish o'rganish dolzarb mavzulardan sanaladi, zero har qanday iqtisodiy va boshqaruv qarorlar aynan buxgalteriya hisobi va hisobotlari asosida qabul qilinadi. Ushbu sharoit ushbu maqolaning metodologik va ilmiy muvofiqlashtirishga zamin yaratdi hamda asosiy maqsad sifatida buxgalteriya hisobi va hisoboti rivojlanish bosqichlari o'rganishga qaratildi.

Kalit so'zlar: rivojlanish strategiyasi, raqamli iqtisodiyot, axborot tizimlari, milliy iqtisodiyot, raqamli texnologiyalar, iqtisodiy axborotlarni qayd etish, buxgalteriya axborotlari, moliyaviy axborotlar.

ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ БУХГАЛТЕРСКОГО УЧЕТА И ОТЧЕТНОСТИ В

ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКЕ

Раззакова Дурдона Адашбой кизи

Базовый докторант Ферганского политехнического института

d. razzoqova@ferpi. uz

Аннотация: Сегодня, в период экономических реформ, проводимых в нашей республике, особенно в условиях цифровой экономики, анализ этапов развития бухгалтерского учета и отчетности является одной из актуальных тем для изучения, ведь любые экономические и управленческие решения принимаются именно на основе бухгалтерского учета и отчетности. Эти условия заложили основу для методологической и научной координации настоящей статьи и были направлены на изучение этапов развития бухгалтерского учета и отчетности в качестве основной цели.

Ключевые слова: стратегия развития, цифровая экономика, информационные системы, народное хозяйство, цифровые технологии, учет экономической информации, бухгалтерская информация, финансовая информация.

STAGES OF DEVELOPMENT OF ACCOUNTING AND REPORTING IN

THE DIGITAL ECONOMY

Razzaqova Durdona Adashboy kizi

Basic doctoral student at Fergana Polytechnic Institute [email protected]

Abstract: Today, during the period of economic reforms carried out in our republic, especially in the conditions of the digital economy, the analysis of the stages of development of accounting and reporting is one of the relevant topics for study, because any economic and managerial decisions are made on the basis of accounting and reporting. These conditions laid the foundation for the methodological and scientific coordination of this article and were aimed at studying the stages of development of accounting and reporting as the main goal.

Keywords: development strategy, digital economy, information systems, national economy, digital technologies, accounting of economic information, accounting information, financial information.

KIRISH

O'zbekiston ham xalqaro hamjamiyatning va global iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi bo'lib, mintaqada va jahon iqtisodiyotidagi ijobiy yoki salbiy o'zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotiga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Pandemiya davrida va undan keyingi davrlarda O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish hozirgi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifalarni bajarishda raqamli texnologiyalarni davlat boshqaruvi va iqtisodiyotning barcha bo'g'inlariga kirib borishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bu borada boshqa davlatlardagi singari mamlakatimizda ham bir qancha qaror va farmonlar, shuningdek, rivojlanish strategiyalari ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etilmoqda. Jumladan Prezidentimizning 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349 sonli "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni [2], "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 28.04.2020 yildagi PQ-4699-sonli [1], "Raqamli iqtisodiyot - 2030" [3] dasturi hamda "2022-2026-yillarga mo'ljallangan O'zbekistonning eng yangi taraqqiyot strategiyasi"[4] da raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan bandlarning mavjudligi davlatimiz taraqqiyotining zamon bilan hamnafas borayotganligining ayni isbotidir.

Raqamli texnologiyalarni milliy iqtisodiyotning barcha jabhalariga faol joriy etish sharoitida har qanday korxonaning moddiy va moliyaviy oqimlarini boshqarishni

avtomatlashtirishning asosiy vazifasi sifatida buxgalteriya hisobi axborot tizimini ishlab chiqish va yaratish katta ahamiyatga ega.

Buxgalteriya axborotlarini raqamli texnologiyalarga transformatsiya qilish, ya'ni buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish — bu tadbirkorlik va boshqa tashkilotlar faoliyati to'g'risida miqdoriy iqtisodiy ma'lumotlarni olish uchun ma'lumotlarni doimiy ravishda qayd etish va tahlil qilish imkonini beruvchi dasturiy vositalar to'plami yordamida hisob ishlarini amalga oshirish va hisobotlarni tayyorlash jarayonidir

Bu esa oddiy buxgalteriya hisobini "yangicha buxgalteriya hisobi" yoki "raqamli buxgalteriya hisobi"ga o'zgartirish zaruratini yuzaga keltiradi. Bir hisobdan yangicha qarashlar, kelajak talablariga javob bera oladigan moliyaviy axborotlar tizimini yaratish buxgalteriya hisobi va hisoboti evolyutsiyasini chuqur o'rganishga olib kelsa, ularni avtomatlashtirishni davrlashtirish esa raqamli texnologiyalar yordamida kelajakdagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan ko'ra bilish, yangi hisob obyektlarini aniqlash va hisobotlarning yangicha modellarini taklif qilish imkoniyatlarini ochib beradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Buxgalteriya hisobini paydo bo'lishidan tortib to hozirgi kungacha rivojlanishi evolyutsiyasini tahlil etish bu sohaning bugungi va kelajakdagi holatini tahlil etishga urinish natijasida yaqin bir necha yillar mobaynida mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan buxgalteriya hisobining tarixiy rivojlanishini chuqur o'rganishga bo'lgan qiziqishlar ortib borishiga turtki bo'lmoqda.

Olimlarning joylashuvi, tadqiqot olib borgan davrlariga ko'ra buxgalteriya hisobining paydo bo'lishi va rivojlanishining tarixi turli omillarga, jumladan insonning paydo bo'lishi va uning ongi rivojlanishiga, davlatlarning shakllanishiga, fan-texnikaning rivojlanishi kabilarga bog'lab o'rganilgan.

Professor V.T. Chaya va O.V.Latipovalar fikriga ko'ra buxgalteriya hisobi ibtidoiy jamoa davrida vujudga kelgan. Buning asosiy sababi, ushbu davrda mehnat qurollarining takomillashmaganligi, turli xildagi ekologik muammolarga insonlarning tayyor emasligi va oziq-ovqat yetishmasligi natij asida zaxiralar yasharish hamda ularning hisob-kitobini yuritish bo'lgan [5].

Professor K.Karderi va N.Toshmamtovlar o'z tadqiqotlarida buxgalteriya hisobi tarixini dinning paydo bo'lishi va rivojlanishiga bog'laydilar. Ularning nazariyalari diniy ilmlarda buxgalteriya hisobining tamoyillari, maqsadlari va moliyaviy axborotlarni taqdim etish usullari yorilganligini asoslaydi [6], [7].

Professor A.Ch.Litterlon esa buxgalteriya hisobini vujudga kelishi hamda takomillashuvini olamning tabiiy o'zgarishlari bilan chambarchas bog'liq deb qaraydi [8].

Professor Ya.V.Sokolov buxgalteriya hisobining tarixiy shakllanish evolyutsiyasini ilmiy qarashlar va amaliy sabablar asosida tasniflaydi [9].

Buxgalteriya hisobi paydo bo'lish tarixiga bo'lgan yondashuvlar turfa xil bo'lganligi kabi hisob ishlarining takomillashishi va ularni davriylashtirishga bo'lgan qarashlar ham bir biridan farq qiladi. Bu borada mamlakatimiz olimlaridan N.Toshmamatov va boshqa bir necha olimlar, shuningdek, xorij olimlaridan Ya.V.Sokolov, A.M.Galagan, J.Sharar Russo [10], L.Gelbert [11], B.T.Bakster [12], M.I.Sidorova va boshqa olimlar o'z tadqiqotlarida va ilmiy nashrlarida keng yoritib berganlar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ushbu maqola har bir ilmiy izlanish kabi olimlarning fikrlari va mulohazalarini tahlil etishni o'z ichiga olib asosiy maqsadga erishish uchun ilmiy abstraksiyalash, induksiya, deduksiya, tizimli yondashish, qiyosiy tahlil kabi usullardan foydalanildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yuqorida keltirilgan fikrlar va tahlil qilingan adabiyotlardan olingan xulosalarga ko'ra shuni aytishimiz mumkinki, buxgalteriya hisobining paydo bo'lishi hali hal etilmagan savollardan biri bo'lib qolmoqda. Raqamli texnologiyalarning hayotimizda keng jalb etilishi global axborot makonini yaratganligiga qaramasdan buxgalteriya hisobi tarixini o'rganish uni tadqiq etishda hali hamon turfa xil qarashlar va nomunatonisibliklar mavjud bo'lib, buxgalteriya hisobi va hisobotining tarixiy evolyutsiyasini tadqiq etish bugungi kunda ham dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda.

Buxgalteriya hisobi turli xil va ko'plab biznes operatsiyalarining tizimli va dolzarb yozuvlarini taqdim yetishda muhim rol o'ynaydi. Uning maqsadi moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda tahlil qilish, ularni tartibli ravishda qayd yetish, ma'lumotlarni foydali va tushunarli moliyaviy hisobot (balans, daromadlar to'g'risidagi hisobot) bo'yicha guruhlash va tartibga solish va talqin qilish jarayonida yordam berishdir.

Buxgalteriya-bu xizmat faoliyati. Uning vazifasi iqtisodiy qarorlarni qabul qilishda, muqobil harakatlar yo'nalishi bo'yicha oqilona tanlov qilishda foydali bo'lgan iqtisodiy subyektlar to'g'risida miqdoriy ma'lumotlarni, birinchi navbatda moliyaviy xarakterdagi ma'lumotlarni taqdim etishdir [14].

Buxgalteriya hisobi-bu barcha iqtisodiy o'zaro ta'sirlarni uzluksiz, hujjatli va uzluksiz hisobga olish usuli bilan mavjud mulk, tashkilotning majburiyatlari va pul oqimlari to'g'risidagi ma'lumotlarni pul ko'rinishida to'plash, ro'yxatdan o'tkazish va umumlashtirishning yagona tizimidir.

Buxgalteriya hisobi yanada foydali bo'lishi uchun ajralmas axborot tizimida turli xil ma'lumotlarni taqdim etishi kerak. Buxgalteriya hisobining asosiy maqsadi turli xil

moliyaviy hisobotlar orqali taqdim yetilgan buxgalteriya ma'lumotlari asosida turli masalalar bo'yicha qaror qabul qilishdir [15].

Birinchi tomondan xorijiy olimlarning buxgalteriya hisobi paydo bo'lishini tarixi doir qarashlarini tizimlashtirgan holda shuni aytishimiz mumkinki, hisob ishlari ilk bor Qadimgi Misrda vujudga kelganligini asoslovchi dalillar mavjud. Olimlar ushbu davrdagi odamlar tomonidan yozilgan papirus qog'ozlaridagi yozuvlarni topishgan va ularning bir qanchasida fir'avnning xazinasi hisob kitobi yuritilganligi aniqlangan. Qadimgi Mesopotamiya esa iqtisodiy xatti harakatlar ikkiyoqlama yozuvning yaratilishidan 5 ming yil avval yuzaga kelganligini asoslovchi nazariyalar mavjud [16]. Shuningdek, dastlabki hisob kartalarining yuritilishi Qadimgi Bobil davlati tarixi bilan bog'liq bo'lgan dalillarga asoslansa, birinchi hisoblash texnikasi "Abakus"ning ixtiro qilinishi Qadimgi Gretsiya mamlakati haqida axborot beruvchi tarixiy ashyolarga borib taqaladi. Bu yerlarda qiymatning o'lchov birligi hisoblangan pul tanga shaklida vujudga kelgan bo'lib, uning funksiyalari takomillashuvi buxgalteriya hisobini rivojlanishiga katta turtki bo'lgan.

Ikkinchi tomondan esa mahalliy olimlarimizning tadqiqotlarini inobatga olgan holda buxgalteriya hisobining vujudga kelish tarixiga fikr bildiradigan bo'lsak, mamlakatimiz, xususan O'rta Osiyo davlatlarida hisob ishlari haqidagi ilk faktlar Islom dinining paydo bo'lish davriga bo'lib taqalishini, Qur'oni Karim "Baqara" surasining 282-oyati nozil bo'lishi bilan ifodalanadi [17]. Shuningdek, hisob kitoblarning rivojlanishi hamda takomillashuvini asoslovchi manbalar tarkibida "Temur tuzuklari"ning ahamiyatini ham ko'rsatib o'tishimiz zarur deb hisoblayman. Sababi undagi yozuvlar hisob kitoblarning yozib borilishi hamda kirim va chiqimlar uchun alohida kitoblar yuritilishi kerakligini ta'kidlanganligini ko'rsatadi.

Buxgalteriya hisobining vujudga kelishi tarixi va uning rivojlanish tendensiyalarining o'rganishning yana bir asosiy yondashuv rivojlanishni davriylashtirish hisoblanadi. Xorij va mahalliy olimlarning hisobchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi bo'yicha qarashlarini tizimlashtirgan holda o'z nazariyalarimizni quyidagi chizmalarda aks ettiramiz.

C\ Oziq ovqatlar yetishmasligida zaxiralarni hisobga olishning zaruriyati, vaqt ) hisobi, faoliyat natijalari va mulklarni hisobga olish ehtiyojlari hisob ishlarini J paydo bo'lishiva va rivojlanishining ilk kurtaklari yuzaga kelishi_

iqtisodiy shart sharotlar, mehnat qurollarining takomillashuvi, ayirboshlash tushunchasining kengayishi

pulning qiymat o'lchovi va ayirboshlash vositasi sifati yuzaga kelishi

yozuv va u bilan bog'liq texnologiyalarning takomillashuvi

ikkiyoqlama yozuvning paydo bo'lishi

xo'jalik operaysiyalarining kengayishi va buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonunlarning ishlab chiqilishi

гл-1

/ \ moliyaviy axborotdan foydalanuvchilar ehtiyojlarining ortib borishi,

I j texnologiyalarning rivojlanishi

1-rasm. Buxgalteriya hisobi paydo bo'lishi va rivojlanishiga ta'sir etgan omillarning davrlar bo'yicha tasnifi1

Buxgalteriya hisobining paydo bo'lganligiga bir necha ming yillar bo'lganligiga qaramasdan hisob ishlarining rivojlanishi asosan so'nggi 500 yillikka to'g'ri kelmoqda. Yaqin besh asr davomida buxgalteriya hisobining maqsadi, metodologiyasi va hisob yuritish usullari keng qamrovda takomillashtirildi. Xo'jalik yurituvchi subyektlarda faoliyatining kengayishi, davlatlararo savdo munosabatlarining takomillashuvi shuningdek, inson hayotiga axborot texnologiyalarining kirib kelishi sanoatda inqilobiy o'zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu esa buxgalteriya hisobi shakllari va metodologiyasiga ta'sir etmasdan qolmadi. Sanoat inqilobining davrlashtirilishi va ushbu davrlarda buxgalteriya hisobida sodir bo'lgan o'zgarishlar abzas boshida keltirilgan fikrlarning ayni isbotidir.

1 Chizma muallif tomonidan tayyorlandi

1-jadval

Buxgalteriya hisobi va hisoboti metodologiyasi rivojlanishining sanoat inqilobiga asoslangan holda davriylashtirilishi 2

Rivojlanish bosqichi Rivojlanish davri Mazmuni

1- bosqich XVIII asr oxiri-XIX asr boshlari a) buxgalteriya hisobi metodologiyasining shakllanishi b) hisobchilik ishlarini o'rgatuvchi birinchi qo'llanmalar va darsliklarning paydo bo'lishi

2- bosqich XIX asrdan XX asr boshlariga qadar c) buxgalteriya hisobi bo'yicha qonunchilik manbalarining shakllanishi d) buxgalteriya hisobini funksiyalariga ko'ra moliyaviy va boshqaruv hisobiga bo'linishi e) buxgalteriya hisobining fan sifatida shakllanishi f) professional buxgalteriya maktablarining vujudga kelishi

3- bosqich XX asr oxiriga qadar g) iqtisodiy axborotlarni qayta ishlashda qog'oz formatidan informatsion texnologiyalardan foydalanish darajasiga o'tish h) barcha iqtisodiy subyektlar uchun buxgalteriya hisobini qo'llash doirasini kengaytirish i) buxgalteriya hisobi obyektlarini hisobga olishni barcha subyektlar uchun birxillashtirilishi va hisoblar rejasining ishlab chiqilishi j) buxgalteriya hisobi axborotlaridan foydalanuvchilar ehtiyojlarini qondirish uchun ma'lumotlarni tizimlashtirish, ya'ni buxgalteriya hisobotlari shakllarining ishlab chiqilishi k) butun dunyo bo'ylab buxgalteriya hisobi doirasidagi me'yoriy hujjatlarining takomillashuvi

4- bosqich hozirgi davr l) barcha davlatlarda yagona buxgalteriya hisobining xalqaro standartlarining qo'llanilishi m)hisob ishlarida zamonaviy axborot texnologiyalardan keng foydalanish n) boshqa iqtisodiy faktlarni aks ettiruvchi hisobotlar bilan buxgalteriya moliyaviy) hisobotning yaqinlashishi o) raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida yangi hisob obyektlarining paydo bo'lishi p) buxgalteriya hisobida bulutli texnologiyalardan foydalanish q) moliyaviy hisobot axborotlarini foydalanuvchilarga taqdim etishning yangi formatlarini shakllantirishga bo'lgan ehtiyojning yuzaga kelishi

XULOSA

Shunday qilib soha olimlarining fikrlari hamda iqtisodiy adabiyotlar va huquqiy hujjatlar tahlil qilish natijalariga ko'ra, bizningcha raqamli iqtisodiyotning zamonaviy sharoitida buxgalterlar hisobi va hisobotlari ko'plab talablar qo'yiladi, qolaversa ushbu

2 Jadval muallif tomonidan tayyorlandi

faoliyat bilan shug'ullanuvchi shaxslar ko'plab funksiyalar va ko'nikmalami bilishlari talab etiladi shuni hisobga olib quyidagi fikrlar o'rinli deb hisoblaymiz:

- buxgalterlar bu iqtisodiyot, buxgalteriya hisobi, jamiyat faoliyatining huquqiy va ijtimoiy jihatlari bo'yicha professional fikrlarning umumiy konsepsiyasiga asoslanadi;

- ko'plab buxgalterlar hisobi va hisobotlari asosiy foydalanuvchilari soliq idoralari hisoblanadi bu o'z navbatida ko'proq boshqaruv qarorlarining soliq to'lash va uning hisobotlarini shakllantirishga sabab bo'ladi;

- buxgalteriya hisobotlari bu biznesni rivojlantirish masalalari, shuningdek, ayrim boshqaruv qarorlarining potensial natijalari bo'yicha tahlil va ekspert xulosalari uchun manbadir;

- buxgalterlar hisobi va hisobotlari bu korxonaning joriy va kelajakdagi faoliyatini tahlil qilishga imkon yaratadi;

- raqamli iqtisodiyot sharoitida har bir buxgalteriya hisobotlari albatta elektron shaklda shakllantirilari va taqdim etiladi;

- raqamli iqtisodiyot sharoitida buxgalterlar hisobi va hisobotlarini shakllantirish va taqdim etishda eng ilg'or mahalliy va xorijiy axborot texnologiyalaridan foydalanishni talab etadi;

- raqamli iqtisodiyot sharoitida yangi nazariy izlanishlarni, buxgalteriya hisobini rivojlantirishni va takomillashtirish usullarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Shunday qilib, bizning fikrimizcha, bugungi kundagi sharoit ayniqsa raqamli iqtisodiyot buxgalterlarning faoliyati hamda buxgalteriya siyosatini shakllantirishga yangicha voqeliklarni olib keladi va kompaniyaning iqtisodiy faoliyati faktlarini tasniflash ta'sir etadi ish faoliyatini soddalashtiradi qisqartiradi. Ushbu jarayonlar zamonaviy ma'lumotlarni qayta ishlash usullari mohiyatining algoritmi va iqtisodiy mazmunini tushunadigan mutaxassislar tomonidan professional fikrlash orqali amalga oshiriladi. Bizning odatiy ma'noda "buxgalter" kasbi o'tmishda qoladi, uning o'rnini moliyaviy tahlilchi, nazoratchi funksiyalariga ega bo'lgan malakali mutaxassislar egallaydi. Bunday mutaxassislar biznes uchun strategik yechimlarni tavsiya qilishlari mumkin bo'ladi. Yangi kasb egasi Moliyachi, buxgalter, tahlilchi va auditor funksiyalarini birlashtirishi kerak bu kelajak talabidir.

Shunday qilib, raqamli iqtisodiyotning yangi ehtiyojlariga javoban buxgalteriya hisobi o'zgartirilmoqda va buxgalteriya hisobini raqamlashtirish uning rivojlanishidagi zaruriy qadamdir. Umumjahon raqamlashtirish davri buxgalteriya tizimi va usullarining o'zgarishiga (ya'ni yaxshilanishiga) olib keladi, ularning ahamiyati yo'qolmaydi.

Kasbning kelajagini biz buxgalteriya ishchilarining past darajadagi malakadan yuqori darajaga o'tishida ko'ramiz. Bu har qanday kasbda bo'lgani kabi buxgalterlarni o'zi bilimlarning saqlash, balki kasbni rivojlantirish uchun ham ijobiy tendensiyadir.

Evolyutsiya zarurati bilan bog'liq paydo bo'layotgan insoniy muammolarni hal qilish uchun eng yangi texnologiyalar yaratilmoqda. Ammo texnologiyaning o'zi ba'zi muammolarni yanada kuchaytirishi va hatto yangilarini yaratishi mumkin. Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari bilan bir qatorda, juda ahamiyatsiz muammolar bo'lishi mumkin. Bu eng yangi aloqa tizimlarini yaratishda muqarrar bo'lgan yuqori xarajatlardir.

O'zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligi ko'p jihatdan raqamli formatga o'tishga bog'liq. Bizning fikrimizcha, kelajak texnologiyalari faqat inson imkoniyatlarini kengaytirishi kerak.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 28.04.2020 yil PQ-4699-sonli.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 19.02.2018 yil PF-5349-sonli.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining ""Raqamli O'zbekiston — 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni, 05.10.2020 yil PF-6079-sonli.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 28.01.2022 yil PF-60-sonli.

5. Чая, В. Т., & Латыпова, О. В. (2011). Бухгалтерский учет для экономических специальностей.

6. Carder, K.R., & Weston, W.L. (2002). Rofecoxib-Induced Instant Aquagenic Wrinkling of the Palms. Pediatric Dermatology, 19.

7. Buxgalteriya hisobi nazariyasi [Matn] : darslik. T.Toshmamatov. — Toshkent: «O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2019. - 376 bet.

8. Кутер М.И., & Делиболтоян А.Э. (2013). Об исторических исследованиях А. Ч. Литтлтона в части формирования теории и практики амортизации (Окончание следует). Международный бухгалтерский учет, (12), 47-55.

9. Sokolov, Y. V., & Sokolov, V. Y. (2004). History of accounting: Textbook. YV Sokolov-M.: Finance and Statistics. 2003. 272 p.

10. Maroney, C. L., Litke, A., Fischberg, D., Moore, C., & Morrison, R. S. (2004). Acceptability of severe pain among hospitalized adults. Journal of palliative medicine, 7(3), 443-450.

11. Sánchez-Martínez, C., Gelbert, L. M., Lallena, M. J., & de Dios, A. (2015). Cyclin dependent kinase (CDK) inhibitors as anticancer drugs. Bioorganic & medicinal chemistry letters, 25(17), 3420-3435.

12. Бакстер, Н., Бэррел, Т., Вэйнс, Г., Воропаев, Ю., Евстафьев, Д., Ермилов, В., ... & Эвод, Э. (2001). Банковское дело: стратегическое руководство.

13. Раззакова, Д. (2022). Системы Автоматизации Бухгалтерского Учета-Основа Эффективного Управления Экономикой. Central Asian Journal of Theoretical and Applied Science, 3(5), 62-67.

14. Razzaqova, D. A. Q. (2021). RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA BUXGALTERIYA HISOBINI AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 2(8), 243-249.

15. Qudbiyev, N. T., No, D. M. O. G. L., Raximjonov, U. R. O. G. L., & Razzaqova, D. A. Q. (2022). SOLIQ ORGANLARIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING ROLINI OSHIRISH AHAMIYATI. Scientific progress, 3(1), 927-933.

16. Kudbiev, D., Tursunova, D., & Qudbiyev, N. (2022). Buxgalteriya Hisobini Avtomatlashtirish Masalalari. Journal of Integrated Education and Research, 1(2), 107112.

17. Nabievich, I. I., & Jaloliddinovich, M. E. (2022). Accounting of fixed assets according to ifrs-tasks and solutions for the organization of accounting by component parts. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 12(8), 5360.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.