Tursunova F.Z. magistrant Bank moliya akademiyasi O'zbekiston
RAQAMLI IQTISODIYOT - O'ZBEKISTON IQTISODIYOTI STRATEGIYASINING ASOSI
Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi, qo'llanilishi va afzalliklari to'g'risidagi fikrlar keltirilgan. Shuningdek, raqamli iqtisodiyotning rivojlanish shart-sharoitlari hamda strategik yo 'nalishlari yoritilgan.
Kalit so'zlar: raqamli iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, elektron hukumat, elektron xizmatlar, dasturiy mahsulotlar, strategik loyihalar, infratuzilma, modernizatsiya, elektron to 'lovlar.
Tursunova F. master's student Academy of Banking and Finance
Uzbekistan
DIGITAL ECONOMY IS THE BASIS OF THE ECONOMIC STRATEGY
OF UZBEKISTAN
Annotation. This article presents proposals for the accession, applicability and benefits of the digital economy in our country in our country. The conditions and strategic directions of development and strategic directions of the digital economy are also covered.
Keywords: digital economy, information technologies, electronic government, electronic services, software, strategic projects, infrastructure, modernization, electronic payments.
Kirish. Jahon iqtisodiyotining tajribasidan kelib chiqqan holda XXI asrning ikkinchi o'n yilligida bir qator iqtisodiy adabiyotlarda mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishish hamda makroiqtisodiy muvozanatini ta'minlashning muhim jihati raqamli iqtisodiyot tizimiga o'tish deb qaralmoqda. Iqtisodiy taraqqiyotning bugungi bosqichida O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, tizimga oid meyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, yangi texnologiyalarni joriy etish, kadrlarni tayyorlash va boshqa bir qancha muhim yo'nalishlarda samarali ishlarni bajarish, mamlakatimizda amalga oshirilishi lozim bo'lgan muhim ishlar doirasidagi asosiy vazifalar qatoriga kiradi. Ta'kidlash lozimki, keyingi yillarda O'zbekistonda raqamli iktisodiyotni rivojlantirishga doir bir qancha meyoriy-
мЭкономнка h ^uyM" №7(122) 2024
www.iupr.ru
336
huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, unda mazkur tizimni taraqqiy ettirishga doir ko'plab bajarilishi lozim bo'lgan ishlaг belgilab berildi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbiriari to'g'risidagi PQ-3832-sonli, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabráagi "Raqamli 0'zbekiston-2030" stгategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbiriari to'g'risida"gi PK-6079-sonli qarorlariga binoan respublikada raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, yaqin istiqbolda barcha tarmoq va sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha kompleks choгa-tadbiгlar amalga oshirildi. O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish vazifasi milliy statistika doirasida ham bir qancha muhim ishlarning bajarilishini, shuningdek, milliy iqtisodiyot tarmoq va sohalarini raqamlashtirishga oid indikatorlar tizimi ishlab chiqilishi, mazkur tizim uchun ma'lumot^ bazasi shakllantiгilishi, maxsus kuzatuvla^ so'гovnomalaг, hisobot shakllaгi ishlab chiqilishini taqozo etadi. Shunday ekan, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va makroiqtisodiy muvozanatini baholash ko'гsatkicЫaгi tizimini shakllantiгishning muhim yo'nalishlaridan biгi hisoblangan raqamli iktisodiyot rivojlanishiga oid milliy indikatorlar majmuini ishlab chiqish milliy statistika tizimiga oid muhim masalalar ichida dolzarb ahamiyat kasb etadi.
O'zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakat^ stгategiyasini "Ilm, ma'rifat va гaqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq hamda iqtisodiyot tarmoqlari va davlat boshqaruvi tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish va telekommunikatsiya tarmoqlarini kengaytirish orqali respublika iqtisodiyotining raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirishning qo'shimcha vazifalari belgilandi.
2025 yilga kelib raqamli iqtisodiyotning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushini 2,2 barava^a ko'paytiгishni nazarda tutgan holda, shu jumladan ishlab chiqarishni boshqarishda axborot tizimlari kompleksini joriy qilish, moliyaviy-xo'jalik faoliyatda hisobot yuritishda dasturiy mahsulotlaгdan keng foydalanish, shuningdek, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish orqali uni jadal shakllantirish belgilangan.
TaMilla^a ko'гa, 2020-2021 yillaгda baгcha sog'liqni saqlash muassasalari, maktablaг va maktabgacha ta'lim tashkilotlaгini, qishloqlaг va mahallalami yuqoгi tezlikdagi Internet taгmog'iga ulash hamda aloqa xizmatlari sifatini oshirish belgilanganligidan ko'zda tutilgan holda mamlakatning raqamli infratuzilmasini to'liq modemizatsiya qilish va zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan barcha hududlarda foydalanish imkoniyatini ta'minlanishga erishildi. 2022 yilga kelib elektron davlat xizmatlari ulushi 60 foizga yetkazildi. Davlat axborot tizimlari va resurslarini yaratish hamda integratsiya qilish, davlat
"Экономика и социум" №7(122) 2024
www.iupr.ru
337
ma'lumotlar bazalaridagi axborotlarni unifikatsiya qilish, shuningdek, davlat xizmatlarini ko'rsatish tartibotlarini optimallashtirish va tartibga solish orqali elektron hukumat tizimini rivojlantirish yo'lga qo'yildi.
2024 yilga kelib dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqarish va texnologik maydonchalar yaratish orqali "raqamli tadbirkorlik"ni rivojlantirish, ushbu sohadagi xizmatlar hajmini 3 baravarga oshirish va ularning eksportini 100 million dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Buning uchun ta'lim tizimining barcha bosqichlarida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish va zamonaviy iqtisodiyot uchun zarur bo'lgan raqamli bilimlarning darajasini oshirish, ta'lim infratuzilmasini takomillashtirish hamda "Besh tashabbus" loyihasini amalga oshirish doirasida respublikaning barcha hududlarida raqamli bilimlarga o'qitish markazlarini ochish tashkil etildi.
2020-2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo'nalishlari ma'lum qilindi. 2022 yil 18 fevral kuni Toshkentda o'tgan mamlakatda davlat va jamiyat qurilishining yangi bosqichiga bag'ishlangan xalqaro konferensiyada O'zbekiston iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan 2020-2022 yillarda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarini raqamlashtirishning asosiy yo'nalishlari ma'lum qilindi. Ma'lumotlarga ko'ra, keyingi ikki yilda 37 ta korxona faoliyatida raqamlashtirish keng tatbiq etilishi hamda real sektor tarmoqlarini raqamlashtirishda quyidagi uchta strategik ustuvor yo'nalish aytib o'tildi:
1. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatni avtomatlashtirish, moddiy-texnik resurslarni hisobga olish va boshqarish tizimlari (ERP);
2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishga qaratilgan axborot tizimlarni yagona axborot kompleksga jamlash bo'yicha dasturiy mahsulotlar;
3. Mijozlar bilan munosabatlarni tartibga solish, mahsulotlarni elektron tizimlar orqali sotish, marketingni boshqarish tizimlari (CRM).
Yuqorida qayd etilgan yo'nalishlar bo'yicha mamlakatimizda 2023 yilga qadar umumiy qiymati 5,2 trln so'mga teng jami 92 ta loyiha amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihalar 37 ta korxona faoliyatiga doir bo'lishi hamda quyidagi yirik o'zgarishlarni nazarda tutadi:
- "Olmaliq KMK", "Yoshlik-1" va "Qolmoqqir" konlarida kon transport kompleksini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi;
- "Navoiy kon-metallurgiya kombinati", "Muruntov" konida kontransporti kompleksini avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi;
- "O'zbekneftgaz" kompaniyasining boshqarishga yo'naltirilgan korporativ axborot tizimi (ERP), bundan tashqari konlardagi texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va monitoring qilish axborot tizimi;
- "O'ztransgaz" dispetcherlik boshqaruvi va ma'lumotlarni yig'ish dasturiy-apparat kompleksi (SCADA).
мЭкономнка h ^uyM" №7(122) 2024
www.iupr.ru
338
Bugungi kunda mamlakatimizda tashkil etilgan raqamli maydonchalar, ya'ni raqamli platformalarni chuqurlashtirish va ularning faoliyatini kengaytirish bilan bog'liq masalaga alohida e'tibor qaratiladi. Tarmoq rivojlanish darajasini ko'paytirish, oshirish hisobiga ushbu vazifalarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda. 2022 yilda 47 ta rejalashtirilgan loyihani amalga oshirish uchun 1,2 trln so'm ajratilishi, keyingi yilda bu ko'rsatkich 2,1 trln so'mni tashkil etib, 23 ta loyiha bajarilishi belgilangan.
Xulosa o'rnida ta'kidlashimiz lozimki, raqamli iqtisodiyotning yetakchi davlatlar YAIMdagi ulushi yil sayin o'sib bormoqda. Masalan, uning AQSH iqtisodiyotidagi ulushi 10,9 foiz, Rossiyada 3,9 foiz, Hindistonda 5,5 foiz, Belarusda 6,5 foiz va Xitoyda 10 foizni tashkil etadi. O'zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishning strategik yo'nalishlari hukumat tomonidan iqtisodiyotni raqamli ko'rinishga transformatsiya qilishda alohida tashkilot tuzishni istisno etmaydi. Masalan, 2011 yilda Germaniyada raqamlashtirish bo'yicha hukumatning harakatlar rejasining alohida strategiyasi qabul qilingan -Industrie 4.0, AQShda esa raqamlashgan sanoatni yaratish uchun Industrial Internet Consortium tashkiloti tuzilgan. Rossiya Federatsiyasida „Milliy texnologik tashabbus" degan tashkilot tashkil etish orqali shu jarayonni rivojlantirish masalasi ancha tizimli ravishda olib borilgan. Albatta, biz bu borada o'zimizning tajribaga suyangan holda ishimizni tashkil etishimiz maqsadga muvofiqdir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktabrdagi "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6079-sonli Farmoni// www.lex.uz
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 18 dekabrdagi "O'zbekiston Respublikasi davlat boshqaruviga raqamli iqtisodiyot, elektron hukumat hamda axborot tizimlarini joriy etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi №5598-sonli Farmoni// www.lex.uz
3. Клаус Шваб. Четвертая промышленная революция. - М., Эксмо. 2016. С.30
4. Gulyamov S.S. va boshqalar. Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari. - T.: "Iqtisod-Moliya", 2019 y
5. "Raqamli O'zbekiston - 2030" strategiyasi// www.lex.uz
6. Dustova M. Prospects of improving independent education in the higher education system of uzbekistan//Intent Research Scientific Journal. - 2023. - Т. 2. - №. 3. - С. 30-34.
7. Sobitjon M., Dustova M. X. QADIMGI VA HOZIRGI DUNYO DAVLATLARI IQTISODIYOTIDAGI FARQLAR, BOG'LIQLIKLAR VA O'XSHASHLIKLAR//PEDAGOG. - 2022. - Т. 5. - №. 7. - С. 804-807.
8. Yuldosheva S., Normurodov S. Improving the mechanisms of formation and development of housing and communal economy cluster//Agroeconomics scientific-practical agroeconomic journal. - 2022.
9. Юлдошева Ш. А. САНОАТ КОРХОНАЛАРИ САМАРАЛИЛИГИНИ ОШИРИШ БУЙИЧА ИШЛАБ ЧЩАРИШ ЙУНАЛИШЛАРИ//Экономика и социум. - 2023. - №. 11 (114)-1. - С. 1168-1172.
10. Юлдошева Ш. А. ЭКОНОМИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ОБСЛУЖИВАНИЕ В ЖИЛИЩНО-КОММУНАЛЬНЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ//Экономика и социум. - 2022. - №. 12-1 (103). - С. 1158-1165.