Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOT DAVRIDA DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI TAHLILI'

RAQAMLI IQTISODIYOT DAVRIDA DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
35
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / agrar sektor / agrar tarmoq / dehqon xo‘jalik / ko‘chatzorlari / chorvachilik / tabiiy-iqlim / sabzavotchilik / bog‘dorchilik / don mahsuloti / meva-sabzavotchilik va uzumchilik / Digital economy / agrarian sector / agrarian sector / agriculture / nurseries / animal husbandry / natural climate / vegetable growing / horticulture / grain products / fruit and vegetable growing and viticulture

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ergashov Ya.I.

Hozirgi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda, shuningdek jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. Dehqon xo‘jaligini faoliyatini raqamli iqtisodiyot orqali rivojlantirishini baholashning tizimli yondashuvi nazariy jihatlari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF THE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF FARMS IN THE ERA OF THE DIGITAL ECONOMY

Currently, in many developed countries, the digital economy and the factors of their development have a significant impact, and the digital economy plays an important role in the life of society. The theoretical aspects of the systematic approach to the assessment of the development of the agricultural economy through the digital economy are highlighted.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOT DAVRIDA DEHQON XO‘JALIKLARI FAOLIYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI TAHLILI»

Ergashov Ya.I.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Ekonometrika va statistika" mutaxassisligi tayanch doktoranti

RAQAMLI IQTISODIYOT DAVRIDA DEHQON XO'JALIKLARI FAOLIYATINING IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANISHI TAHLILI

Annotatsiya. Hozirgi kunda ko'plab rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyot va ularni rivojlanish omillariga sezilarli darajada ta'sir o'tkazmoqda, shuningdek jamiyat hayotida raqamli iqtisodiyot muhim rol o'ynaydi. Dehqon xojaligini faoliyatini raqamli iqtisodiyot orqali rivojlantirishini baholashning tizimli yondashuvi nazariy jihatlari yoritilgan.

Tayanch so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, agrar sektor, agrar tarmoq, dehqon xojalik, ko'chatzorlari, chorvachilik, tabiiy-iqlim, sabzavotchilik, bog'dorchilik, don mahsuloti, meva-sabzavotchilik va uzumchilik.

Ergashov Ya.I. doctoral student majoring in "Econometrics and Statistics" Karshi Institute of Engineering and Economics

ANALYSIS OF THE SOCIO-ECONOMIC DEVELOPMENT OF FARMS IN THE ERA OF THE DIGITAL ECONOMY

Abstract. Currently, in many developed countries, the digital economy and the factors of their development have a significant impact, and the digital economy plays an important role in the life of society. The theoretical aspects of the systematic approach to the assessment of the development of the agricultural economy through the digital economy are highlighted.

Key words: Digital economy, agrarian sector, agrarian sector, agriculture, nurseries, animal husbandry, natural climate, vegetable growing, horticulture, grain products, fruit and vegetable growing and viticulture.

Kirish. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga qilgan murojaatnomasida "2020 yil - Ilm- ma'rifat va raqamli iqtisodiyot yili" deb e'lon qilgan edi. Shundan keyin fuqarolarda "raqamli iqtisodiyot" atamasi haqida ko'plab savollar tug'ila boshladi. Davlatni modernizatsiyalash jarayonining alohida unsurlari sifatida ta'riflashdan ularga murakkab tizimning o'zaro bog'liq bo'g'inlari sifatida qarashgacha bo'lgan murakkab yo'lni bosib o'tdi. Ayni paytda bu tizim modernizatsiyalashlarning asosiy manbasi sifatida fan, universitetlar va ilmiy markazlar bilan cheklangan yopiq tizim emas, balki milliy davlatlar doirasida, xo'jalik korxonalari tarmoqlarida va yirik korporatsiyalar hamda kichik kompaniyalarda yuz

berayotgan iqtisodiy jarayonlarga uyg'unlashgan tizim ekanligi chuqur anglab etildi.

Bugungi asosiy vazifa raqamli iqtisodiyot tizimni rivojlantirishning strategik maqsadlarini shakllantirishdan iborat.

Raqamli iqtisodiyot deganda iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy aloqalarni raqamli texnologiyalarni qo'llash asosida amalga oshirish tizimidir. Ba'zida u internet iqtisodiyoti, yangi iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot degan terminlar bilan ham ifodalanadi. 1995 yilda amerikalik dasturchi Nikolas Negroponte "raqamli iqtisodiyot" terminini amaliyotga kiritdi. Hozirda bu istilohni butun dunyodagi siyosatchilar, iqtisodchilar, jurnalistlar, tadbirkorlar - deyarli barcha qo'llamoqda. 2016 yilda Butunjahon banki dunyodagi raqamli iqtisodiyotning ahvoli haqida ilk marta ma'ruza e'lon qildi ("Raqamli dividendlar"). Asosan raqamli iqtisodiyotni rivojlanishining asosiy elementi sifatida elektron tijorat, internet banking, elektron tulovlar, internet reklama va shu bilan birga, internet o'yinlari ko'riladi. Axborot texnologiyalarini rivojlanishi va tadbiq qilinishi evaziga kundalik hayotimizda juda ko'plab qulayliklar paydo bo'lmoqda. Deylik ovqatlanmoqchimiz, lekin uni tayyorlashni xohlamaymiz, muommo emas, internetdan uyga ovqat yetkazib berish xizmati orqali xohlagan taomni onlayn buyurtma qilishimiz mumkin. Yoki do'stimizga pul o'tkazishimiz kerak, bunda bank yoki moliya muassasalariga borishga hojat yo'q, biz pulni mobil bank orqali o'tkazishimiz mumkin. Shu kabi ko'plab xizmat turlarini onlayn, smartfon yoki kompyuter orqali amalga oshirishimiz mumkin.

Raqamli iqtisodiyotga bo'lgan qiziqish jamiyat va iqtisodiyotda ro'y bergan jiddiy o'zgarishlar tufayli sezilarli darajada o'sdi. Zamonaviy texnologiyalar va platformalar mijozlar, hamkorlar va davlat tashkilotlari bilan shaxsiy muloqotni minimallashtirish hisobiga korxonalar va jismoniy shaxslarga xarajatlarni qisqartirishga yordam berdi, shuningdek, o'zaro muloqotni yanada tez va oson yo'lga qo'yishga imkoniyat yaratdi. Natijada tarmoq resurslariga asoslangan, raqamli yoki elektron iqtisodiyot paydo bo'ldi. Iqtisodiyotning raqamli segmentiga tegishli bosh manba - trakzaksion sektorning o'sishidir. Rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich YalMning 70 foizdan ortiq miqdorni tashkil etib, davlat boshqaruvi, konsalting va informatsion xizmat ko'rsatish, moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek, xizmatlar sohasini (kommunal, shaxsiy va ijtimoiy) birlashtiradi.

Dunyo tajribasini o'rganish natijasida shu narsa aniq bo'ldiki, raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda raqamli iqtisodiyotda davlat(hukumat) bozor "o'yin" qoidalarini o'yinning barcha ishtirokchilari uchun belgilaydi va bunda davlatning eng muhim vazifasi sifatida o'yin ishtirokchilari uchun bir xil, teng huquqli va imkoniyatli sharoit yaratib berish hisoblanadi. Ya'ni, bozorda katta kompaniya bo'ladimi yoki kichik biznes, ular teng huquqli hisoblanadi. Ularga bir xil imkoniyatlar beriladi. Davlat qoidalarga amal qilinishi va oxir oqibatda oddiy iste'molchi sifatli, zamonaviy xizmat yoki mahsulot olishi ta'minlanadi. Demak, raqamli iqtisodiyot rivojlanishi uchun davlat hamma uchun

teng sharoit yaratib berishi, iloji boricha bozor qoidalari, qonunlar, shartnomalar shaffof bo'lishi, qonunlar bozor talabidan kelib chiqqan holda (ya'ni bozordagi rivojlanish tendensiyalarini oldindan aniqlay olishi va kerakli normativ hujjatlarni qabul qilishi) o'yin ishtirokchilari uchun erkinlik berishi zarur.

O'zbekistonda raqamli iqtisodiyot O'zbekiston potensialiga nisbatan bir necha barobar sekinroq rivojlanmoda. Ya'ni imkoniyat bor, kerakli resurslar mavjud lekin rivojlanish ancha sust. Bunga sabab sifatida raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishini bir qancha to'siqlarini ko'rsatib o'tish mumkin.

- ko'plab sohalardagi monopoliya;

- internet tezligini pastligi va uni sifatsizligi;

- axborot texnologiyalari sohasida qonununchilikning zamondan orqada qolganligi;

- fuqarolarda kompyuter savodxonligining o'ta pastligi;

- qonunchilikning shaffof emasligi;

- axborot texnologiylari bo'yicha mutaxassislarning yetishmasligi yoki ularni boshqa mamlakatlarga ketib qolishi;

- axborot madaniyati, axborot gigiyenasi pastligi;

- axborot texnologiyalari xavfsizligi yaxshi emasligi;

- boshqaruv organlarida sohani tushunadigan mutaxassislarning kamligi yoki(ba'zilarida) ularning umuman yo'qligi;

Raqamli iqtisodiyotning mamlakat YaIMdagi ulushi har yili taxminan 20 foizga o'sishi (rivojlangan mamlakatlarda bu ko'rsatkich 7 foiz atrofida) uning ahamiyati belgilaydigan ko'rsatkich sifatida qaraladi. 2010 yilda Boston Consulting Group kompaniyasi raqamlashtirish ko'lamini 20ta mamlakatdan iborat guruh uchun 2,3 trillion dollarga (4,1 foiz YaIM) baholagan. Agar bu tendensiya saqlanib qolsa, 10-15 yildan keyin bunday iqtisodiyotning jahon YaIMidagi ulushi 30-40 foizga yaqinlashadi.

Bir ijtimoiy-iqtisodiy tizimni ikkinchisi bilan almashtirishda anchagina yangilanishlar bo'lmoqda, ko'p tarmoqli iqtisodiyotni modernizatsiyalash o'tishi natijasida, modernizatsiyalash jarayoni jamiyat hayotiy faoliyatining barcha sohalarini qamrab oladi, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohagagina modernizatsiyalash kiritish bilan cheklanib qolmaydi va modernizatsiyalash jarayoni pirovardida ishlab chiqarishdagi inqirozlarni bartaraf etib, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta'minlaydi.

Respublikamiz iqtisodiyotini rivojlantirish maqsadidagi asosiy chora-tadbirlar ham ushbu yo'nalishni taraqqiy etdirish orqali korxonalarning ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun ishlatilmoqda. Tayyor mahsulotni chiqarishda korxonalar oldidagi birinchi vazifa mehnat resurslaridan, moddiy-texnika vositalari va moliyaviy vositalardan samarali foydalanish, bahoning foydadan ustunligini ta'minlash, ishlab chiqarish rentabelligini oshirish hisoblanadi.

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga, shuningdek, qishloq xo'jalik korxonalari mahsulotlari eksporti doirasini kengaytirishga ishlab

chiqarish, qayta ishlash, saqlash va xizmatlar bo'yicha muammolarni hal qilish orqali erishiladi. Shu bilan birga hozirgi davrda oziq-ovqat bilan ichki bozorni ta'minlashda ham davlat himoyasi zarur, shuningdek, da vlat tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari va ularning qayta ishlanganlariga o'zgaruvchan bahoni qo'yish, er va soliq qonunlari, investitsiya kiritish uchun engilliklar berish orqali imkoniyatlar yaratiladi.

Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga, shuningdek, qishloq xo'jalik korxonalari mahsulotlari eksporti doirasini kengaytirishga ishlab chiqarish, qayta ishlash, saqlash va xizmatlar bo'yicha muammolarni hal qilish orqali erishiladi. Shu bilan birga hozirgi davrda oziq-ovqat bilan ichki bozorni ta'minlashda ham davlat himoyasi zarur, shuningdek, davlat tomonidan qishloq xo'jaligi mahsulotlari va ularning qayta ishlanganlariga o'zgaruvchan bahoni qo'yish, er va soliq qonunlari, investitsiya kiritish uchun engilliklar berish orqali imkoniyatlar yaratiladi.

Qishloq xo'jaligini jadal va to'liq rivojlantirish uchun ishlab chiqarish modernizatsiyasini qo'llash talab qilinadi. Buning uchun er va mehnat resurslari imkoniyatlaridan to'liq foydalanish, qishloq xo'jaligi ekinlarini ekish, parvarishlash texnologiyalarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, tarmoqning moddiy-texnika bazasi talab darajasida mustahkamlanishiga erishish zarur.

Ozbekistonning modernizatsiyalash tizimi xo'jalik korxonalari yuritishning yangi tizimiga ko'nikishi, avvalambor, tadbirkorlik sektori modernizatsiyalash faoliyati transformatsiyasini, ya'ni, «texnologik turtki» modelidan yangi mahsulotga talabni aniqlash modeliga o'tishda namoyon bo'ladi.

Ozbekiston iqtisodiyotining turli sektorlarida amalga oshirilayotgan xalqaro ilmiy-texnik va texnik hamkorlik, korxonalar raqobatbardoshligini oshirishda muhim rol o'ynaydi, yangi texnologiyalar ichki bozorlarga kirib kelishiga ko'maklashadi.

Ichki bozorda intensiv raqobat bo'lmasa, tovar ishlab chiqaruvchilar xorij bozorlariga chiqa olmaydi. Buning uchun yangilik, xususan, yangi texnologiyalar kiritish, mehnat unumdorligini oshirish va iqtisodiy tarmoqni modernizatsiyalash usulida rivojlantirishga o'tish talab qilinadi. Bu bo'shliqni to'ldirish uchun nazarimizda, uchta masalani hal qilish lozim:

- respublika, viloyat va tuman miqyosida qishloq tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchilarining, bozor kon'yunkturasi bo'yicha resurslar bozori, qishloq

xo'jalik tovariga bo'lgan talab, raqobatbardosh mahsulotlar navlari urug'larini etishtirish, zotli mol, texnologiya, transport vositalari, ichki va tashqi bozorga taalluqli boshqa axborotlar bilan ta'minlaydigan axborot xizmatini tuzish va takomillashtirish;

- O zbekiston standartlarini jahon standartlariga moslashtirish bo'yicha ishlash, standartlashni takomillashtirish;

- ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashtirish, qishloq xo'jalik

mahsulotini etishtirishda tor ixtisoslashtirishga o'tish.

Istiqlol yillarida qishloq xo'jaligida bozor munosabatlarini bosqichma-bosqich joriy etishning me'yoriy-huquqiy asoslarini yaratish va uni takomillashtirib borishga alohida e'tibor qaratildi. Ozbekiston Respublikasining Er kodeksi, "Fermer xo'jaligi to'g'risida", "Dehqon xo'jaligi to'g'risida", "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to'g'risida"gi qonunlari va boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlar fermer va dehqon xo'jaliklari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda qishloqda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Sohaning barcha tarmoqlarida turli mulkchilik va xo'jalik yuritish shakllarining rivojlanishi, mahsulot ishlab chiqarish tarkibida nodavlat sektorda faoliyat ko'rsatayotgan xo'jalik sub'ektlari ulushining yuqori bo'lishiga zamin yaratmoqda. Natijada, keyingi yillarda qishloq xo'jaligi yalpi mahsulotida ularning ulushi qariyb 100 foizga etdi.

Faqat erga mehr, uning unumdorligini oshirish va birinchi navbatda dehqon va fermerga doimiy e'tibor, ularning manfaati haqida g'amxo'rlik qilish - bu qishloqni va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini rivojlantirish bo'yicha biz tanlagan yo'ldir.

Davlat boshqaruv idoralarining agrosanoat majmuida xo'jalik mexanizmini tartibga solishdagi roli bevosita iqtisodiy dastaklar va moddiy rag'batlantirish orqali o'sib boradi. Ta'kidlash joizki, davlat tomonidan boshqarishni tartibga solish, nazarimizda, ma'lum vazifadan tashkil topmog'i lozim. Ular quyidagilarda iborat:

- byudjet, kredit resurslaridan va davlat tomonidan xo'jaliklarga beriladigan yordam mablag'laridan oqilona foydalanish;

- qishloq xo'jaligi va boshqa tarmoqlar o'rtasidagi baholar mutanosibligini saqlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- respublika va uning mintaqalari bo'yicha oziq-ovqat fondini yaratish, qishloq tovar ishlab chiqaruvchilari uchun marketing xizmatini tashkil etish;

- samarali investitsiya, innovatsiya va institutsional siyosatni olib borish. Hozirgi paytda agrosanoat majmuini boshqarishda qator kamchiliklar mavjud, Xususan:

- agrosanoat ishlab chiqarishini tartibga solishda ayniqsa, tarmoqlararo munosabatlarga ta'sir etishda va qishloq xo'jaligi hamda sanoat tarmoqlari o'rtasidagi ekvivalent almashuvida davlatning ishtirok etmayotganligi;

- islohotlarni joriy etishda mintaqaviy xususiyatlar va mavjud qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish tuzilmasi hisobga olinmayotganligi;

- agrar sohani qayta tashkil etishda ijtimoiy omillarni, xususan, mehnatga qobiliyatli xodimlarni ish bilan ta'minlashga qaratilgan tadbirlarning hayotga sekin joriy etilayotganligi.

Ma'lumki, tovarliligi yuqori bo'lgan mahsulotlarni erta etishtirish ulardan ko'proq daromad olishga olib keladi. Bu ayniqsa, janubiy hududlarda joylashgan dehqon xo'jaliklari uchun muhimdir. Dehqon xo'jaliklari uchun nafaqat mahsulotni erta etishitirish balki erta etishtirilgan mahsulotni sotish ham katta

xarajatlarni talab qiladi. Erta etishtirilgan mahsulotlarni sotishda mablag' etishmasligi bois etishtirilgan mahsulotning 50 foizigacha bo'lgan qismi vositachilarga sotib yuboriladi. Hozirgi kunda dehqon xo'jaliklaridagi mavjud muammolar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- dehqon xo'jaliklarining mineral o'g'it va o'simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, yonilg'i moylash materiallari va texnika vositalariga bo'lgan haqiqiy talabni to'liq qondirilmayotganligi va yaxshi o'rganilmaganligi;

- dehqon xo'jaliklari chorvadorlikda etakchi mavqega ega bo'lishiga qaramasdan mahsuldorlik darajasi unchalik yuqori emas;

- qayta ishlovchi sanoat korxonalari bilan go'sht va sut sotib olishning samarali tizimi yo'lga qo'yilmagan;

- dehqon xo'jaliklarida bozor talabiga mos ravishda mahsulot etishtirishga ma'lum ma'noda erishilayotgan bo'lishiga qaramasdan, mahsulotni sotish va qayta ishlash yaxshi yo'lga qo'yilmagan.

Xulosa va takliflar Xaridorga poyafzal kerak. Uni bozorga tushib o'zi bevosita tanlasa va naqd pulga sotib olsa, bu an'anaviy iqtisod. Telegramdagi biron savdo boti orqali o'ziga ma'qul tovarni tanlab, tovar egasiga pulni elektron to'lov tizimi orqali to'lash va tovarni yetkazib berish xizmati orqali olish - raqamli iqtisodiyot deyiladi. Bu masalani eng sodda maishiy misol orqali tushuntirishdir. Aslida, hammamiz allaqachon raqamli iqtisodiyot ichidamiz, uning qulayliklaridan foydalanamiz. Masalan, oyliklarimiz plastik kartalarga tushadi, elektron to'lov orqali kommunal xizmatlar, telefon, internet va boshqa mahsulot va xizmatlarga to'lov qilamiz, elektron tarzda soliq deklarasiyasi topshiramiz, kartadan kartaga pul uzatamiz, uyga taom buyurtma qilamiz va hokazo.

Yuqorida keltirilgan muommolar bosqicha-bosqich, tizimli, dunyo tajribasidan kelib chiqib hal qilinsa, O'zbekiston ham bemalol raqamli iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda biri bo'la oladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Ayupov, R.X., Baltabayev, G.r.(2018) Raqamli valyutalar bozor: innovatsiyalar va rivojlanish istiqbollari. - Fan va texnologiya.

2. Gulyamov, S.S. va B. (2019)raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari.-.: Iqtisod-Moliya. 396 b.

3. Raximov A.N. Aholiga xizmat ko'rsatish sohasining rivojlanishini ekonometrik modellashtirish (Qashqadaryo viloyati): iqt. fan. fal. dok. diss. - T.: TDIU, 2020.-165 b.

4. Jo'raev A.M. Agrar sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish muammolari va yechimlari. -T.: Mehnat, 2019.-236 b

5. Бостром Н. Искусственный интеллект. Этапы. Угрозы. Стратегии. М.: Манн, Иванов и Фербер, 2016. 496 c.; Люгер Д.Ф. Искусственный интеллект. Стратегии и методы решения сложныхпроблем. М.: Вилямс, 2005. 864 с.

6. Росс А. Индустрии будущего. М.: АСТ, 2017. 288 с.; Сигел Э. Просчитат будущее. Кто кликнет, купит, соврет или умрет. М.: Алпина Паблишер,

2018. 374 с.; Шваб К.М. Четвертая промышленная революция. М.: Эксмо, 2017. 288 с

7. Мухамедиева Д.Т. Статистическое моделирование в селском хозяйстве с применением теории нечетких множеств. Ташкент: Институт кибернетики НТЦ «Современные информационные технологии». 2004. -200 с.

8. Tulkun Bekmuratov and Dilnoz Mukhamedieva. Qualitative Evaluation of Fertility Land Under Fuzzy Information // Intelligent Technologies and Robotics, Publisher Name: Springer, Cham, 07 November 2019, pages 223-231, (SCOPUS)DOI 2020 yil uchun:

9. Muhamediyeva D.T. Particle swarm method for solving the global optimization problem using the equilibrium coefficient // IOP Conf. Series: Journal of Physics: Conference Series (2020)

10. Alimova M.T. Hududiy turizm bozorining rivojlanish xususiyatlari va tenden^yalari. Monografiya. T.: "Iqtisodiet", 2021y., 282b., B. 126

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.