O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO'JALIGIDA INNOVATSION MARKETING STRATEGIYASINI ISHLAB CHIQISH Musyeva Shoira Azimovna
Samarqand iqtisodiyot va servis instiiuti, professor, O'zbekiston. [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10083938
Annotatsiya. Mazkur masolada agrar tarmoq xo'jaliklarida mahsulot tannarxini kamaytirish, uning raqobatbardoshligi hamda tashqi va ichki bozorda sotish hajmini oshirishdagi faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish, rivojlanish strategiyasi, mahsulot etishtiruvchilardan shartnoma asosida sifatli mahsulotlar qabul qilish, ularni tozalash, sarxillash, qoliplash va o'zmuddatlarida eksportga jo'natish ishlarini tashkil qilish ko 'rib chiqlgan.
Kalit so'zlar: Qishloq xo'jaligi , agrar tarmoq , mahsulot , bozor, strategiya, eksport, samaradorlig, diversifikatsiyalash.
Аннотация. В данном вопросе необходимо снизить себестоимость продукции аграрных предприятий, усовершенствовать механизм оценки эффективности их деятельности, повышения их конкурентоспособности и объема продаж на внешнем и внутреннем рынке, стратегии развития, получения качественная продукция от производителей на основе контракта, очистка, была своевременно продумана организация упаковки, формовки и отгрузки на экспорт.
Ключевые слова: Сельское хозяйство, аграрный сектор, продукт, рынок, стратегия, экспорт, эффективность, диверсификация.
Abstract. In this matter, the improvement of the mechanism for evaluating the effectiveness of activities in reducing the cost of products in agricultural sector enterprises, increasing its competitiveness and increasing the volume of sales in the foreign and domestic markets, development strategy, receiving quality products from producers on the basis of a contract, cleaning, peeling, molding and The organization of export shipments in terms of z was considered.
Keywords: Agriculture, agrarian sector, product, market, strategy, export, efficiency, diversification.
Kirish. Hozirgi kunga qadar qishloq xo'jaligining rivojlanishi eng muhim ustuvor yo'nalishlardan biri bo'lib kelgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi. CHunki, qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishning samaradorligi, mamlakatimizning iqtisodiy va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, nafaqat qishloq aholisi, balki mamlakatimiz aholisining moddiy farovonligini oshirish bebaho boyligimiz bo'lgan erimizning unumdorligi, uning sifatini muntazam yaxshilab borish bilan uzviy bog'liqdir.
O'zbekiston qishloq xo'jaligi tarmog'ining barqaror rivojlanishi ko'p jihatdan innovatsion faoliyatning samaradorligiga bog'liq. Innovatsiyalarni o'zlashtirish natijasida qishloq xo'jaligida ishlab chiqarish bazasi texnologik, texnik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan yangilanib boradi. Bu esa o'z navbatida,O'zbekistonning jahon bozoriga integratsiyasini kuchaytiradi.
Bozor iqtisodiyoti davrida mamlakat agrar tarmog'ini yanada rivojlantirish hamda mazkur tarmoqda sifatli mahsulotlar ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Albatta, agrar tarmoqda yanada ko'plab sifatlimahsulotlarni ishlab chiqarish hamda tarmoq rivojlanishiga bir necha omillar ta'sir etadi, ana shunday muhim omillardan biri raqobarbardoshlik omili hisoblanadi, albatta bu omilning o'rni beqiyos ekanligi sir emas, xususan, agrar tarmoq ishlab chiqarishida asosiy tarmoq xo'jaliklarining ustuvor rivojlanishi hamda ularda qishloq xo'jaligi maxsulotlari ishlab
chiqarishdagi raqobatbardoshligini oshirish muammolarini o'rganish va tadqiqetish zurur. Ushbu muammoning echimi aksariyat jihatdan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan tartibga solishning kompleks usullarini ishlab chiqish va amaliyotga qo'llashga bog'liqdir. Vaholanki, resurslar cheklanganligi sharoitida ulardan samarali foydalanish uchun agrar tarmoq xo'jaliklarini rivojlanishi asosiy omil bo'lishi hamda ularda raqobatbardoshlikni yanada oshirish tarmoq rivojlanishi hamda sifatli qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda zarur.
Shuningdek, agrar tarmoq xo'jaliklarida xatarlar bilan bog'liq masalalar mamlakatning ustuvor ahamiyatga ega masalalaridan biri ekanligidan kelib chiqib, raqobatbardoshligini ta'minlashda mavjud holatni e'tiborga olgan holda bozor tamoyillariga mos me'yoriy-uslubiy ta'minotlarni yanada kengaytirish zarur.
Agrar tarmoq xo'jaliklari raqobatbardoshligini baholashning asosiy mezonlaridan biri-tadbirkorlik darajasi hisoblanadi. Tadbirkorlik darajasi esa, bevosita qishloq xo'jaligi tovarlari bozorida shakllangan talab-takliflar va baho asosidagi tadbirkorlikning daromad darajasiga bog'liqdir. Bu esa agrar tarmoq xo'jaliklarining qishloq xo'jaligi mahsulotlari etishtirishga ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda turli tovarlilik darajasiga ega bo'lishi orqali, ularning raqobatbardoshliligi darajasini ham belgilab beradi.
Agrar tarmoq xo'jaliklarining rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish, avvalambor, qishloq xo'jaligining o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan hol daagrar tarmoq xo'jaliklarining tabiiy-iqtisodiy sharoiti, ixtisoslashuvi, ularning faoliyat yo'nalishlari va natijalari bo'yicha tabaqalashuvi hamda moslashuvi, turli tadbirkorlik tizimlarining ichki vatashqi imkoniyatlaridan foydalanishning turli darajasi ob'ektiv jarayonlarga bog'liq. SHu nuqtai nazardan ham agrar tarmoq xo'jaliklariningrivojlanish strategiyasini, ular faoliyatini tavsiflovchi guruhlarni mavjud real sharoitdagi holatidan kelib chiqqan holda belgilash maqsadga muvofiq.
Bunday bo'lish agrar tarmoq xo'jaliklarini rivojlantirish strategiyasini aniqlashda mezon sifatida xizmat qiladi. Hozirgi iqtisodiyotni erkinlashtirish va modernizatsiya qilish sharoitida, agrar tarmoq xo'jaliklarining bozor sharoitidan kelib chiqqan holda agrar tarmoq xo'jaliklarining yuqorida ta'kidlangan qaysi xususiyatiga mos kelishiga qarab, rivojlanish strategiyasini tanlashi nafaqat nazariy, balki real sharoitni to'liq hisobga olish darajasi yuqoriligini ta'minlaydi. SHuning uchun ham agrar tarmoq xo'jaliklarining raqobatbardoshligi va barqaror rivojlanishida ushbu omil muhim ahamiyatga ega. SHuningdek, ushbu yo'nalishdagi agrar tarmoq xo'jaliklarining mehnat sig'imi yuqori bo'lgan va ular faoliyat yuritayotgan hududda raqobatning pastligi sharoitida mahsulotlar ishlab chiqarishga ixtisoslashganlari uchun diversifikatsiyalash strategiyasini tanlashi maqsadga muvofiqdir.
Tadbirkorlik turidagi agrar tarmoq xo'jaliklari uchun kooperatsiya rivojlanish strategiyasi bilan mintaqaviy holda o'sish strategiyasini birgalikda olib borish va rivojlantirishni amalga oshirishni tavsiya etish mumkin. Mintaqaviy strategiyani tanlashda ular ma'lum bir qishloq xo'jaligi mahsuloti etishtirishga ixtisoslashib, asosiy e'tiborni shunga qaratish mumkin.
Tadqiqot uslubi. Tadqiqot jarayonida tizimli yondashuv, abstrakt-mantiqiy fikrlash, guruhlash, taqqoslash, omilli tahlil, tanlanma kuzatish usullaridan foydalanilgan.
Agrar tarmoq xo'jaliklarning rivojlanish strategiyasini amalga oshirish, avvalambor ma'lum darajada resurslarni talab etadi. SHuning uchun ham agrar tarmoq xo'jaliklarining hozirgi resurslar bilan taminlanganlik darajasi, kredit olish imkoniyati va investitsiyalash ularning tanlagan rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda muhim rol o'ynaydi.
Qishloq xo'jaligida davom etayotgan tarkibiy o'zgarishlar jarayonida, qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishning asosiy shakllari etib, fermer va dehqon xo'jaliklari tanlab olindi. Fermer xo'jaliklarini rivojlantirishni rag'batlantirish bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ularning barqaror va samarali rivojlanishida muhim omil hisoblanadi.
Tadqiqot natijasi. Mamlakatlar iqtisodiyoti turi va rivojlanish darajasiga qarab, asosan, xom- ashyo ishlab chiqarishga ixtisoslashgan iqtisodiyot, industrial iqtisodiyot, postindustrial iqtisodiyot, aralash iqtisodiyot va innovatsion iqtisodiyot yoki bilimlar iqtisodiyotiga asoslangan mamlakatlarga bo'linadi.
Innovatsion iqtisodiyot iqtisodiyotning eng yuqori rivojlangan turihisoblanadi va u uchun bilimli jamiyat xosdir. Hozirigi kunda fan -texnika yutuqlarini keng joriy etish va undan samarali foydalanish uchun turli mexanizmlar va institutsional tuzilmalar, ya'ni milliy innovatsion tizim shakllanmoqda. Qishloq xo'jaligini barqarorlashtirishda qishloq xo'jaligini texnologik jihatdan modernizatsiya qilish ustuvor yo'nalishlardan biridir. Qishloq xo'jaligining mashinasozlik korxonalari faoliyatini boshqarishni yanada takomillashtirish, ularning samaradorligi va rentabelligini oshirish, sohada ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy, unumdorligi yuqori, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh texnika va uskunalar ishlab chiqarishni tashkil etishga qaratilgan yagona texnika siyosatini amalga oshirish zarur.
Mamlakat agrar tarmoq rivojlanishiga salbiy ta'sirining oldini olish va yumshatishda qishloq xo'jaligi, xo'jalik yuritish sub'ektlari faoliyatini rivojlantirish, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirishning quyidagi chora-tadbirlarini amalga oshirish bugungi kunda eng dolzarb masalalardan hisoblanadi:
- bozor narxlari kon'yunkturasi talablaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarilayotgan maxsulotlar raqobatbardoshligini ta'minlash uchun ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish tadbirlarini joriy etish, agrotexnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalash hisobiga mahsulot tannarxiniarzonlashtirish;
- agrar tarmoq xo'jaliklarida mahsulot tannarxini kamaytirish, uning raqobatbardoshligi hamda tashqi va ichki bozorda sotish hajmini oshirishdagi faoliyati samaradorligini baholash mexanizmini takomillashtirish;
- mavsum davomida mahsulot etishtiruvchilardan shartnoma asosida sifatli mahsulotlar qabul qilish, ularni tozalash, sarxillash, qoliplash va o'zmuddatlarida eksportga jo'natish ishlarini tashkil qilish va hk.
Hozirgi davrda mamlakatimiz agrar tarmoq xo'jaliklari faoliyatini barqaror rivojlantirishda quyidagi tadbirlarga ustuvorlik berilishi maqsadga muvofiqdir:
- agrar tarmoq xo'jaliklariga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma ob'ektlari ishini yanada rivojlantirish;
- aholini qishloq xo'jaligi mahsulotlarining asosiy turlari bilan arzon narxlarda va uzluksiz ravishda ta'minlashni tashkil etish maqsadida meva-sabzavot hamda uzum mahsulotlari va kartoshkani agrar tarmoq xo'jaliklaridan maqbul narxlarda sotib oladigan, saqlaydigan, tashiydigan, ichki iste'mol bozorlariga realizatsiya qiladigan, eksportini amalga oshiradigan hamda moliyalashtiradigan ixtisoslashgan kompaniyalar tashkil qilish va ularni etarli miqdordagi aylanma mablag'lar hamda zarur moddiy-texnika bazasi bilan ta'minlash;
- bugungi kunda jahon miqyosida kuzatilayotgan oziq-ovqat muammosi salbiy oqibatlarining oldini olish maqsadida, qishloq xo'jaligi ekinlarini joylashtirishdagi
optimallash, mavjud ishlab chiqilgan tavsiyalardansamarali foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishdan iborat.
Bugungi kunda O'zbekistonda innovatsion jarayonlarni chuqurlashtirishga va innovatsiya bazasini mustahkamlash uchun barcha zarur ijtimoiy-iqtisodiy asoslar mavjud. Biroq agrar sohani innovatsion rivojlanish yo'liga o'tkazish, yoki boshqacha aytganda, innovatsion loyihalarni bir, hatto bir necha fermer xo'jaliklarimiqyosida ham amalga oshirishda muammolar mavjud, chunki: birinchidan, fermer xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi sub'ektlar hozirgi vaqtda ilmiy tadqiqot ishlariga buyurtma berish hamda tadqiqotlarni moliyalashtirishda ishtirokining sustligi; ikkinchidan, ilg'or innovatsion texnologiyalarni ishlab chiqishda tadqiqot olib borish va ilmiy-tadqiqotlarni moliyalashtirishni ham xo'jalik sub'ekti o'zi amalga oshira olmaydi; uchinchidan, yangi texnologiya, yangi navlardan foydalanish uchun qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilar va qayta ishlovchilarning etarli darajada bilimlarga ega emasligi, ular olimlar va mutaxassislar xizmatidan foydalanishlari zarur, shuningdek, mahsulotni qayta ishlash va sotishda ham fermerlar ma'lum darajadagi qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar; to'rtinchidan, oliy ta'lim va ilmiy tadqiqot muassasalari olimlari tomonidan tayyorlangan innovatsion ishlanmalarga ishlab chiqaruvchilarning talabi etarli darajada emasligi, ular o'rtasida uzviy bog'liqlik mavjud emas; beshinchidan, ayrim qishloq xo'jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchilarning mas'uliyatsizligi.
Jahonda ro'y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar hamda mamlakatlararo integratsiya sharoitida respublikada qisqa vaqt ichida qishloq xo'jaligi tarmog'ini va qishloqni, shu bilan birga qishloq infratuzilmasini, yangi innovatsion rivojlanish yo'liga o'tishi zarur. Bu yo'l orqali zamonaviy texnik- texnologik asosida qishloqning mavqeini oshirish imkoniyati paydo bo'ladi.
O'zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlanish yo'liga o'tish hozirgi kundagi ustuvor vazifalardan biri sifatida baholanib kelinmoqda. Tahlillarga ko'ra, O'zbekiston agrar sektorida innovatsiyalar hajmi jami yalpi ichki mahsulot hajmida 1-2 %ni tashkil etadi, qishloq infratuzilmasi tarmog'ida esa bu ko'rsatkich undan ham kam, vaholanki ushbu ko'rsatkich boshqa rivojlangan mamlakatlarda 50- 60% dan ko'proqni tashkil etadi.
Ishlab chiqarishda zamonaviy texnika va texnologiyalarning qo'llanilishi quyidagi imkoniyatlarni keltirib chiqaradi:
jahon miqësidagi talablarga javob beruvchi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarilishi;
mahsulot tannarxi ahamiyatli darajada pasaytirilishi hisobiga korxonaning moliyaviy natijalari yuqori bo'lib, imkoniyatlari kengayishi;
xomashë va resurslar tejalishi; atrof- muhitga salbiy ta'sir qisqarishi va h.k. Agar mazkur texnika va texnologiyalar innovatsion tavsifga ega, ya'ni ilgari amalda qo'llanilmagan ishlanma va g'oyalarga asoslangan bo'lsa, u holda ulardan foydalanishning iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati yanada yuqoriroq bo'ladi. Innovatsion texnologiyalarning ishlab chiqarishga tatbiq etilishi ushbu sohada qo'llanib kelinayotgan texnologiyalarga nisbatan yuqoriroq samaraga erishish imkonini beradi.
Xulosa. Xalqaro qishloq xo'jalik maxsulotlari bozori juda murakkab va serqirra ijtimoiy-iqtisodiy tizim hisoblanadi. Undagi munosabatlarga ham maxsulotlarningko'pligi va o'ziga xosligi, ham barcha davlatlarning manffatlari mavjudligi katta ta'sir ko'rsatadi. Oziq ovqat maxmulotlari bozoriga kirib borish va o'z o'rnini egallash milliy iqtisodiyotning rivojlanish olillaridan biri bo'lib xizmat qiladi.
Qishloq xo'jaligida eksport imkoniyatiri yuqori bo'lgan mava-sabzavot maxsulotlari eksportida zamonaviy sotish texnologiyalarni qo'llash. Masalan, agrofranchayzing texnologiyasidan foydalanishda bozordagi mahalliy firmalar yoki yirik sotish kompaniyalarda O'zbekiston maxsuoltlarining brendidan foydalanish orqali eqksport imkoniyatlarini oshirish mumkin.
Yuqoridagi takliflarning qo'llanishi O'zbekiston qishloq xo'jaligi soxasining eksport imkoniyatlarini kengaytiradi deb xisoblaymiz.
REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 23 oktyabr «O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasini tasdiqlash to'g'risida»gi PF-5853-son Farmoni
2. O'zbekiston Respubli
3. kasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi "Tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash va himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5718-son Farmoni.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 20 noyabrdagi «Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» PQ-4525-son Qarori.
5. Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta'minlashni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 25.05.2017 yildagi PF-5057-son Farmoni.
6. "O'zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-4478-son, 22.10.2012 y.
7. Olimjonov O. va boshqalar. Fermerlik faoliyatining asoslari va ishlab chiqarishni tashkil etish. - T.: Sharq, 2003, -270 b.
8. Salimov B. va boshqalar. Fermer va dehqon xo'jaliklari iqtisodi. -T.:TDIU, 2004, 124 b.
9. Umurzoqov U.P., Toshboyev A.J., Toshboyev A.A. Fermer xo'jaligi iqtisodiyoti. - T.: IQTISOD- MOLIYA, 2007. - 226 b.
10. Musaeva Sh.A. Marketing tadqiqotlari. Darslik "STAR-SEL" MChJ nashriyot va ijodiy bo'limi. Samarqand-2023
11. Musaeva Sh.A. Integrallashtirilgan marketing kommunikatsiyasiO'quv qo'llanma "Mahorat" nashriyoti, Samarqand - 2022
12. Musaeva Sh.A., Usmonova D.I. Innovatsion marketing "TURON EDITION" 2021 yil uchun o'quv qo'llanma.