RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH
MEXANIZMLARI Xodjaniyazov Sardor Umarovich
Pedagogika fanlari doktori, dots., Urganch davlat universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.7994871
Annotatsiya: Ushbu maqolada oliy ta'lim muassasalari faoliyatini takomillashtirishda raqamlashtirishjarayonining ta'siri va asosiy tashkiliy-pedagogikomillari tahlil qilingan.
Kalit so'zlari: oliy ta'lim, raqamlashtirish, ta'lim jarayoni, boshqarish tamoiyllari, texnologiya, zamonaviypedagogika, omil, vosita, ta'lim sifati.
Hozirgi zamonaviy bosqichda pedagogik dolzarb vazifalarga fan, texnika, ilg'or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash, o'qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni, metodlari, vositalari va tashkiliy shakllarini ilmiy ta'minlash kiradi. Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati uzluksiz ta'lim tizimini orqali har tomonlama rivojlangan shaxs - fuqaroning tashkil topishni ko'zda tutadi. U ushbu ta'lim tizimida va kadrlar tayyorlashda ta'lim xizmatlarining istemolchisi, buyurtmachisi sifatida va huddi shunday ishlab chiqaruvchi sifatida ishtirok etadi. Ta'lim sifatini oshirish, fan va texnologiyaning eng so'ngi yutuqlarini amaliyotga joriy etish asosida ijodkor, kasb-hunarli, ijodiy va mustaqil fikr yurita oladigan, tashabbuskor va tadbirkor, o'z javobgarligini his etadigan yoshlarni tayyorlash kabi muhim vazifalarni amalga oshirish nazarda tutiladi. Bu o'z navbatida ta'lim jarayonida zamonaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanishni taqozo etadi. Ularni qo'llash, avvalo, pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirishni talab etadi. Chunki, uni amalga oshirmay turib qo'llangan har qanday texnologiya kutilgan natijani bermaydi. Bugun kunda o'qitishning an'anaviy ko'rinishidan farq qiladigan zamonaviy texnologiyalarni qo'llash, o'qitish jarayonini yagona shaklga keltirish va yuqori samaradorlikka erishishga imkoniyat yaratadi. Shu bois ham ilmiy-texnika taraqqiyotining jadal sur'atlarda rivojlanayotgan hozirgi davrda o'qitishning an'anaviy texologiyalari talaba shaxsiga yo'naltirilgan ilg'or texnologiyalar bilan almashtirilmoqda. Bundan ko'zlangan maqsad har tomonlama yetuk, jahon standartlari darajasi talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlashdir. Ta'lim sifatining oshib borishi o'quv mashg'uloti jarayonida foydalanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalarni turli yo'nalish va maqsadlarda qo'llanilayotganligiga bog'liq. Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi -pirovard natijaga erishish yo'llarini ketma-ket aniqlash, natijada unga erishishdan iborat. Bu texnologiya pedagogik loyihalashtirish, ta'lim jarayonini tashkil qilish va albatta ta'lim oluvchi hamda pedagog uchun qulay shart-sharoit yaratish orqali hamkorlikda ishlashdir . Uning asosiylaridan biri, bu shaxsga yo'naltirilgan texnologiyadir. Mazkur texnologiya ta'lim oluvchi qobiliyati va tajribasini yuzaga chiqarishga imkon beradi, uni loyihalashtirishda ularning individual va yosh xususiyatlari, tayyorgarlik darajasi hisobga olinadi, u ta'lim oluvchi shaxsidagi mustaqillik, tashabbuskorlik, javobgarlikni his etish, tanqidiy fikrlash kabi sifatlarini tarbiyalaydi. Bunda ularning o'z-o'zini rivojlantirish, mustaqil o'qish, o'zligini namoyon etish, o'z amaliy faoliyatida sinab ko'rish, yangi g'oya va fikrlarni bildirish, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun erkinlik berish, ta'lim oluvchining ijodiy, tanqidiy fikrlashini rivojlantirish uchun sharoit yaratiladi . Shuni alohida ta'kidlash lozimki, bugunki kunda texnologiyalar shunchalik ko'pki, ulardan foydalanishda pedagoglarimiz turli qiyinchiliklarga uchramoqda hamda chalkashliklarga yo'l qo'yishmoqda. Aslida mavjud barcha texnologiyalar asosida
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
muаmmоli vаziyаt vа hоlаtlаmi yechish mаsаlаlаri yоtibdi. Mаsаlаn, аyni bir mаvzuni talabaga yetkazish va singdirishning o'zi bu muammodir. Shuning uchun ham bugungi kunda eng maqbul texnologiya sifatida muammoli o'qitish texnologiyasidan o'quv mashg'ulotlarida foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Loyihalashni, modullarga ajratishni mazkur texnologiya ichida amalga oshirish mumkin. Umuman olganda muammoli o'qitish texnologiyasi bugungi kunda bitiruvchilarimiz uchun talab etilayotgan mustaqillik, ijodkorlik, tashabbuskorlik hamda eng asosiysi tadbirkorlik kabi sifatlarini rivojlantirish va takomillashtirishda muhim hisoblanadi. Mazkur texnologiyadan o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishda foydalanish yaxshi natijalar beradi. Bunda pedagog avvalo, muammoli vaziyat yaratadi, muammoli savollar, masalalar va topshiriqlarni ishlab chiqadi. Ta'lim oluvchilar o'z bilim va tajribalariga asoslanib muammoli vaziyatni yechish yo'llarini izlaydi, topadi, umumlashtiradi va oqilona xulosalarni chiqaradi. Bu ularning bilimga qiziqishlarini oshirish bilan birga, ularda fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. O'quv mashg'uloti mavzusini mazkur texnologiya yordamida o'tish muammoli tuzilgan ma'ruza uslubi orqali bilim berish davomida mulohaza yuritish, isbotlash, umumlashtirish, tahlil qilish, ta'lim oluvchini faolroq qilish kabilardan foydalanishni ko'zda tutadi. Bu texnologiya ko'proq ijodiy faoliyat ko'nikmalarini rivojlantirish maqsadida qo'llanadi, ularning bilimni chuqur anglashiga, mustaqil egallashiga yordam beradi. Ta'lim oluvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatadi, ijodkorlikni va qiziqishni rivojlantiradi, o'zlashtirilgan bilimlarni puxta bo'lishiga yordam beradi va kasbiy tayyorgarlikni mustahkamlaydi. Muammoli o'qitish mazmunning qiziqarligi jihatlari yangi mazmun, eski bilimga yangicha nigoh, hayot bilan bog'lanishi, ta'lim oluvchi amaliy faoliyati, hozirgi zamon, tarix va kelajak bilan bog'liqligida. Pedagog muammoli masalalarni va butun bir muammoni hal etish uchun axborotni saralaydi. So'ngra, muammoli vaziyatlar o'rtasidagi o'zaro aloqani mukammal o'ylab ko'rib, diqqat-e'tiborni ana shu aloqalarga alohida jalb qilishi zarur. Ushbu mashg'ulotga pedagogni tayyorlashning navbatdagi bosqichi muammoli vaziyatlarni shakllantirish uchun kerak bo'lagan ko'rgazmali qurollarni tanlashdan iborat. So'nggi bosqich esa, ta'lim oluvchilarning mustaqil ishlashi uchun muammoli topshiriq va savollarni ishlab chiqishdan iborat. Ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda talaba muammoli vaziyatlarni aniqlash, tahlil qilish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko'nikmalarini egallaydi, ko'rgazmali vositalar tayyorlash, ilmiy tavsifdagi izlanishlarni talab qiladigan masalalarni hal qilish uslublari bilan tanishadi. Bugungi kun ta'lim oluvchidan faol harakat qilishni, mustaqil qaror qabul qilishni, hayotning o'zgarayotgan sharoitlariga tez moslashishni talab qiladi. Buning uchun, ta'lim oluvchi zarur bilimlarni mustaqil egallash va amaliyotda qo'llash; muammolarni yechishga qaratilgan qarashlarni taklif qilish, yangi muammolarni aniqlash va yechish; erkin va mustaqil fikrlash; innovatsion g'oyalar yaratish qobiliyatiga ega bo'lish; o'zining intellektual salohiyati rivojlantirish ustida mustaqil ishlash kabi ko'nikma va malakalarga ega bo'lishi lozim. Ushbu sifatlarga ega ta'lim oluvchilarni tayyorlashda faqat ta'lim mazmuni emas, balki muammoli o'qitishtexnologiyalari ham muhim o'rin egallaydi. Chunki, bu jarayonda pedagog ham, ta'lim oluvchi ham o'zining intellektual, jismoniy, ma'naviy imkoniyatlarini o'quv va amaliy muammolarni yechish uchun doim sinovdan o'tkazadi hamda zarur sifatlarni shakllantirishga olib keladi. Bugungi kunda ta'lim oluvchi maqsadlarini topshiriqlarga aylantirish mashg'ulotni pedagogik texnologiya bo'yicha loyihalashning muhim bosqichi bo'lib hisoblanadi. Chunki, maqsadlar topshiriqlarga muvaffaqiyatli aylantirilgandagina, ularga erishganlikni aniq bilish mumkin bo'ladi. Talaba maqsadlari o'quv materialining muhim tushunchalarini qamrab olishi va
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
topshiriqlar ham shunga muvofiq tuzilishi kerak. Topshiriqlar talabalar aniq hatti-harakatini anglatuvchi yuqoridagi fe'llarda ifodalanishi darkor. Bunda o'zlashtirishning fikrlash darajalariga muvofiq bo'lgan fe'llardan ko'proq foydalanishga alohida e'tibor berish lozim. Chunki, ular materialni yuqori intellektuallik darajalarida o'zlashtirilishini ta'minlaydi. Har bir topshiriq faqat bir tushuncha yoki qonun-qoidani o'zlashtirilganligini tekshirishi hamda ixcham, tushunarli tarzda bayon qilinishi lozim. Aks holda, bu talaba uchun qo'shimcha qiyinchilik tug'diradi va o'quv motivlarini susaytiradi . Topshiriqlar og'zaki savol-javob, yozma va test shakllarida tuzilishi mumkin. Bir maqsadga turli shakllardagi topshiriqlar tuzish ham samarali bo'ladi. Chunki, bunda ta'lim oluvchilarning muayyan topshiriqni o'zlashtirganligiga oid bilimini xolisona baholash imkoniyati yaratiladi. Og'zaki savol-javob, pedagogning talabalar bilan bevosita muloqati bo'lib, bunda savollarga berilgan javoblar baholanadi.
Bugungi kunda, ta'lim tizimida talaygina kamchilik va muammolar mavjud. Bunday muammolarga yechim topish, ularni bartataf etish uchun quyidgagi takliflarni ilgari suramiz: yuzaki ta'lim berish tizimidan chekinish va ta'lim sifatini nazorat ostiga olishda inson omilini qisqartirib, sohaga zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni to'liq amaliyotga joriy etish; ta'lim sifatini xorijiy tajribalar asnosida rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish; Oliy ta'limda nazoratning ilg'or standartlarini shakllantirish va amaliyotga joriy etish; Xorijdagi yetakchi mutaxassislarni O'zbekistondagi ta'lim nazorati jarayonlariga jalb etiishini ta'minlash; Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasining vazifalarini OTM professor-o'qituvchilariga tushuntirish maqsadida soddalashtirilgan qo'llanmalarni ishlab chiqish va tarqatish; ta'lim sifatini oshirish uchun istiqbolli loyixalarni ishlab chiqish va takomillashtirish kerak. Shunday qilib, raqamlashtirish sharoitida zamonaviy ta'lim talablari asosida tashkil etilgan o'quv mashg'uloti bu jarayon sifati oshiradi, ta'lim oluvchilarning bilim, ko'nikma va malakalarini, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi hamda kasbga qiziqishini kuchaytiradi.
REFERENCES
1. Ibragimov, X., and Abdullayeva Sh. "Pedagogika nazariyasi (darslik)." T.: Fan va texnologiya 288 (2008).
2. Ибрaимoв Х. И. KpearaBHocib KaK oднa из xapaKTep^raK личшсти будущего педaгoгa //HayKa, o6pa3oBaH^ и KynbTypa. - 2018. - №. 3 (27). - С. 44-46.
3. Ibragimovich X. I. O 'ZBEKISTON OLIY TA'LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TEXNOLOGIYALARINI QO 'LLASHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL. - 2021. - С. 209-214.
4. Ibragimovich, Ibraimov Kholboy. "Theoretical and methodological basis of quality control and evaluation of education in higher education system." International journal of discourse on innovation, integration and education 1 (2020): 6-15.
5. Maxmutovna T. X. INFLUENCE OF MASS CULTURE ON THE FORMATION AND DEVELOPMENT OF THE SPIRITUAL AND MORAL IMAGE OF THE YOUNG GENERATION //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. - Т. 7. - №. 12.
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun
6. Mahmutovna T. X. Ways to Form Immunity of Protection from" Public Culture" in Adolescent Students //Kresna Social Science and Humanities Research. - 2022. - Т. 3. - С. 115-117.
7. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.
8. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.
9. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.
10. Abduganiyev, O. T. (2022, December). FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS. In E Conference Zone (pp. 10-13).
11. Abduganiev O. Developing Student Civil Competency //Eastern European Scientific Journal. - 2019. - №. 1.
12. Махмудов А. Х., Джураев Р. Х., Ахунжонов А. Т. Дидактический потенциал шахматной игры //Наука и образование сегодня. - 2020. - №. 6-2 (53). - С. 70-71.
13. Махмудов А. Х. ИНТЕНСИФИКАЦИЯ ОБУЧЕНИЯ ПРЕДМЕТА «ШАХМАТЫ» ЧЕРЕЗ РЕШЕНИЯ ШАХМАТНЫХ ЗАДАЧ: 10.53885/ед. 2022.49. 38.098 Махмудов Абдулхалим Хамидович, д. 2 п. н, зам. директора Узбекского научно-исследовательского института педагогических наук им. Кары Ниязи, abdu-hm@ yandex. ru //Научно-практическая конференция. - 2022. - С. 766-768.
14. Джураев Р. Х., Махмудов А. Х., Фефелов В. С. Методология формирования учебно-творческого плана для компетентностной подготовки магистров //Педагогические науки. - 2012. - №. 1. - С. 84-90.
15. Махмудов А. Х., Абдурахмонов З. Б. Таълимда замонавий ракамли технологияларидан фойдаланишнинг ютуклари ва муаммолари //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. CSPI conference 3. - С. 97-99.