RANGTASVIR FANIDA KONTRAST FONDA TURLI SHAKLLI VA HAR XIL FAKTURADA TUZILGAN NATYURMORTLAR ISHLASH
Xakimjon Zokirjonovich Soliyev Namangan davlat universiteti
Annotatsiya: Mazkur maqolada tasviriy san'at o'qituchilarini tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlarida rangtasvir fanida kontrast fonda turli shaklli va har xil fakturada tuzilgan natyurmortning buyumlardagi rangtasvirini bajarishda uning tuslari, issiq ranglardan iborat bo'lishi, foni sovuq rangli matolardan tashkil topishi, aksincha bo'lgan taqdirda esa, ya'ni buyumlarning tusi sovuq ranglardan tashkil topgan bo'lsa orqa foniga issiq matolardan qo'yish vazifalari bayon qilinadi.
Kalit so'zlar: kontrast fon, faktura, kompozitsiya, natyurmort, yorug'lik shu'lasi, matoning, rang kontrastligi, xromatik qarama-qarshilik, kolorit, rassom palitrasi, moyqalam, tasvirlash bosqichlari
WORKING ON CONTRAST BACKGROUNDS WITH DIFFERENT SHAPES AND DIFFERENT TEXTURES IN PAINTING
Khakimjon Zakirjonovich Soliyev Namangan State University
Abstract: In this article, in the subject of painting in higher education institutions that prepare teachers of fine arts, in the subject of painting, a still life of different shapes and texture is composed of objects on a contrasting background. and in the event that the color of the objects consists of cold colors, the task of placing warm fabrics on the background is described.
Keywords: contrast background, texture, composition, still life, ray of light, fabric, color contrast, chromatic contrast, color, painter's palette, brush, painting stages
Kontrast fonda turli shaklga ega bo'lgan buyumlar deganda avvalo, natyurmort kompozitsiyasida ishtirok etayotgan buyumlarning rangi va orqa fon vazifasini bajarayotgan matolarning rangi bir-biridan keskin farq qilishi nazarda tutiladi. Natyurmotdagi buyumlarning tuslari issiq ranglardan iborat bo'lsa, foni sovuq rangli matolardan tashkil topishi, aksincha bo'lgan taqdirda esa, ya'ni buyumlarning tusi sovuq ranglardan tashkil topgan bo'lsa, u holda orqa foniga issiq matolardan qo'yish tavsiya qilinadi. Natyurmort kompozitsiyasidagi buyumlarning rangi va ularni orqa fonidagi matolar rangi kontrastligi asosida hosil bo'ladigan qarama - qarshilik
rfciTii^^Bl 306 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
kompozitsiyaning ichki dinamikasiga xizmat qiladi.
Shuningdek, ushbu vazifada natyurmort kompozitsiyasida ishtirok etadigan buyumlarning shakli ham bir-biridan farq qilishi nazarda tutilgan, ya'ni katta - kichik, yo'g'on - ingichka, dumaloq - cho'zinchoq va shu kabi turli xil kontarst shakl-shamoyilga ega bo'lishi lozim. Ayrim buyumlar aylana asosga ega bo'lsa, boshqasi esa to'g'ri burchak yoki cho'zinchoq shaklga ega bo'lishi kerak. Bu vazifadan ko'zlangan maqsad esa katta va kichik, aylana va to'g'ri chiziq shakllardan tashkil topgan buyumlarning fon bilan issiq va sovuq ranglar kontrastiligi asosida hosil bo'ladigan koloritni o'rganish hisoblanadi. Bu ham yuqorida ta'kidlab o'tilganidek natyurmort kompozitsiyasining ichki dinamikasini hosil qiladi.
Har xil fakturali buyumlardan tuzilgan natyurmortning rangtasviri deganda esa materiali cho'yan, mis, temir, shisha, oyna, sopol, chinni, gips, shamot, yog'och va shu kabi ko'plab boshqa turli xil materiallardan iborat bo'lishi inobatga olingan. Har xil fakturaga ega bo'lgan buyumlarning vazifasi ham turlicha bo'lib, ularni yorug'lik nurini turlicha yutish va qaytarish xususiyatiga ham ega hisoblanadi.
Misol uchun, to'q yashil rangli, sirlangan, uzun shaklga ega bo'lgan temir choynak, uni yarmiga teng keladigan sariq tusli sopol chashka va shamotdan yasalgan och sariq tusli nok kabi buyumlardan tashkil topgan natyurmort kompozitsiyasini olamiz. Orqa fonida esa zarg'aldoq va to'q qizil rangli matolar, orqa fon va qo'yilmada yetakchi shaklga ega bo'lgan choynak va orqa fonning rangiga kontrast bo'lgan oq tusli qo'l sochig'ini choynakning ichidan buyum tekisligiga tushirib qo'yiladi.
Ushbu natyurmort kompozitsiyasida buyumlarning fakturasi, rangi har xil bo'lganligi bois yorug'likni yutish va qaytarish darajlari ham turlicha bo'lishi inobatga olingan. Ushbu vazifa talabalarga haddan ziyod murakkablik qilmasligi va ular umumiy rang koloritini oson topa olishlari uchun orqa fonga issiq rangli matolarning sovuq tuslaridan foydalanilgan. Shunda ham nok va mato misolida ranglarning keskin kontrastligini ko'rish mumkin.
Yorug'lik esa eng och tusli, yorqin rangli nokka yaqin tomondan tushib turibdi, buyum tekisligidan qaytgan yorug'lik shu'lasi esa nokda o'ziga xos jilvalanishini hosil qiladi. Choynakda esa uni shakliga mos ravishda yorug'lik ham uzun-uzun ko'rinishda ko'zga tashlansa, uni soya qismida esa orqa fondagi zarg'aldoq matodan qaytgan yorug'lik shu'lasi va chashkaning rangini ko'ramiz. Chashkadagi yorug'lik esa unchalik ham ko'zga yaqqol tashlanmaydi. Biroq, ushbu rasmni shu ko'rinishidagi tasviri ishlanganda, chashka tasvirlovchiga nisbatan yaqinroqda joylashganligini ham aslo unutmaslik kerak. Choynak esa qanchalik kuchlik yorug'lik kontrastiga ega bo'lmasin nisbatan chashkaga nisbatan orqaroqda joylashgan.
Ushbu turli xil buyumlarning fakturasini va har xil ranglarini xis qilish, yorug'-
rfccTii^^Bl 307 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
soya nisbatlarini ham yaxshi topish uchun uzoq muddatli mashg'ulotga o'tishdan oldin avvalgi mashg'ulotda o'rgangan qisqa muddatli etyudlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Temirdan yasalgan qattiq buyumlar va shishadan yasalgan nozik buyumlar kontrastligi ham o'ziga xos ko'rinish kashf etadi. Har ikkisi ham olovda toplab pishiriladi, biroq bittasi o'ta nozik, mo'rtligi bilan ajrab tursa, ikkinchisi esa qattiqligi bilan mashhur sanaladi. Shuningdek, amaliy san'at namoyondalari bo'lgan mohir misgar ustalar qo'lida sayqal topgan misdan yasalgan obdasta, tovoq va shu kabi boshqa ko'plab buyumlar bilan kulollarning ijod maxsuli bo'lgan chinni va sopoldan yasalgan piyola, choynak, tovoq kabi boshqa ko'plab buyumlarning o'zaro kontrastligi asosida milliy san'at buyumlari natyurmort kompozitsiyasini tuzish mumkin.
Kontrast rangli jismlardan tashkil topgan natyurmort kompozitsiyasini ishlashdan oldin qanday ranglar bir-biri bilan kuchli kontrastlik hosil qilishi haqida talabalarga tushuncha berish zarur. Tabiat son-sanoqsiz ranglar olamiga burkangan, rassom esa undagi bor jozibani bo'yoqlarning sanoqli ranglari orqali tekis yuzaga joylab, undagi rang uyg'unligini, fazoviylikni, yaxlitlikda tasvirlashga intiladi. Kartina tekisligiga qo'yilgan har bir rang yonida turgan boshqa bir rangni o'zgartiradi, o'zi ham o'zgaradi. Keyingi qo'yilgan rang oldin qo'yilgan rangni yanada yorqinroq ko'rsatishi yoki ansincha, so'ndirishi, bo'g'ib qo'yishi, rang uyg'unligini buzishi yoki yanada mukammal yaxlitlikka olib kelishi mumkin.
Yonma-yon turgan narsalarning rangi tabiatda ham bir-biriga o'zaro ta'sir qiladi, o'zgarib ko'rinadi. Misol uchun, oq matoni yashil maysa ustiga tashlab, unga maysa rangining ta'sirini kuzatish mumkin. Matoning ba'zi joylari yashil refleks hosil qilsa, boshqa joylari esa sarg'ish, och qizil rangda bo'lib ko'rinadi. Ushbu holatni shundayligicha qog'ozga tushirib ko'radigan bo'lsak, ranglarning qog'ozdagi va tabiatdagisi bir xil bo'lmaydi. Chunki, tabiatdagi, ma'lum bir masofada yotgan ranglarning o'zaro ta'siri bilan tekis yuzadagi ranglarning bir-biriga o'zaro ta'siri sira ham o'xshamaydi. Tabiatda ranglarning tarqalishi, yoyilishi chegarasiz, rassom asarida esa uning aksi, ranglar ma'lum bir masofada turadi, ularni aynan o'sha joyda ko'ramiz va his qilamiz.
Rassom tomonidan yaratilgan badiiy asardagi, xolst yuzasidagi ranglar tabiat ranglari singari har soniyada o'zgarmaydi, tabiatdagi singari yashamaydi, balki rassom bo'yoqlarni qanday qo'ygan bo'lsa, shu holatda o'zgarmay turadi. Badiiy asarda yonma-yon turgan rang dog'lari ham bir-biriga o'zaro ta'sir qilib, tamoshabin uchun tabiat ko'rinishini beradi. Ma'lum bir rangni boshqa bir rang ta'sirida o'zgarishiga, ya'ni bir rangni ikkinchi bir rang ta'sirida yanada yorqin ko'rinishiga rang kontrastligi (qarama-qarshilgik) deyiladi.
Atrofdagi ranglar halqasida bo'yoq tuslarining o'zgarishi, to'yinib borishi
rfccTii^^Bl 308 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
xromatik qarama-qarshilik deb ataladi1. Barcha xromatik ranglar axromatik ranglar ta'sirida o'z tuslarini o'zgartirishi, kuchaytirishi yoki aksincha, kuchsizlanishi, xilma-xil tuslar hosil qilishi mumkin. Misol uchun, kulrang zangori fonda sarg'ish bo'lib, qizil fonda yashiltob, yashil fonda esa qirmizi tuslarga ega bo'lib ko'rinadi. Qizil rangni yashil rangli muhitga joylashtiradigan bo'lsak, u yanada tiniqroq, to'yinganroq, intensiv, ya'ni zichroq bo'lib ko'rinadi va aslidan ham ko'ra ko'proq qizil tusda idrok qilinadi. Aynan shu qizil rangni zangori rangli yuzaga qo'yilganda esa, u binafsha rang tusga ega bo'lib ko'rinadi. Ranglarning bu xildagi o'zgarishlariga sabab esa har ikkala rangdan qaytayotgan yorug'lik kuchlarining ko'zimizga aralashib ko'rinishi hisoblanadi.
Ba'zan xromatik yuzalarda ayrim bo'yoq ranglarining "bo'g'ilib" qolganligini ko'ramiz. Xromatik qarama-qarshiliklar asosan bir rang ikkinchi bir rang yonida ochilib, yoqimli bo'lib ko'ringanda yaqqol ko'zga tashlanadi. Masalan, sariq rang to'q havo rangning oldida yanada ravshanroq ko'rinadi. Qizil bilan zangori ranglar ham shunga o'xshash kontrastlik hosil qiladi. Demak, boshqa rangli yuzalarga qo'yilgan rang dog'lari o'z tuslarini ma'lum darajada o'zgartiradi. Iliq ranglar sovuq rangli yuzada "soviydi", aksincha sovuq ranglar esa iliq rangli fon ta'sirida "iliydi"
Xulosa qilib, issiq va sovuq ranglarning o'zaro qarama-qarshiligi eng kuchli kontrastlilik deyish mumkin. Ranglarning o'ziga xos bu qarama-qarshiligi asosida uyg'unlik, yaxlitlik hosil qilish esa talabadan katta mahoratni talab qiladi.
Ranglarning o'zaro qarama-qarshiligi haqida etarli tushunchaga ega bo'lgan talaba natyurmort kompozitsiyasi uchun tanlayotgan buyumlarning ranglariga diqqat bilan razm solishga harakat qiladi. Qaysi rangdagi buyum yonida turgan boshqa tusdagi buyum bilan hosil bo'ladigan qarama-qarshilik evaziga yanada yorqinroq ko'rinishiga e'tiborini qaratadi. Bu ranglar qarama - qarshiligi xuddi badiiy adabiyotdagi "kecha va kunduz", "yaxshi va yomon", "oq va qora" qarama -qarshiligi singari badiiy obraz desak mubolag'a bo'lmasa kerak
Yuqorida tasviri keltirilgan natyurmort kompozitsiyasini taxlil qiladigan bo'lsak, kompozitsiya markazida to'q tusli, past bo'yli, kichik hajmga ega bo'lgan choynak, uni ortida esa ikkita oq tusli buyumlar tasvirlangan. Ulardan biri oq rangli, katta hajmga ega bo'lgan choynak bo'lsa, ikkinchisi esa mevalar solingan oq vaza. Ularni oldida turgan past bo'yli, to'q havo rangdagi choynak aslidan ham to'qroq tusda ko'rinadi. Oq rangdagi choynak va vazalar ham orqa fondagi to'q tusli matolar fonida yanada oqroq ko'rinish hosil qilganligini guvohi bo'lish mumkin.
To'q havo rangli choynak bilan oq tusli choynak va vazaning ranglari qarama-qarshiligi haddan tashqari ortib ketib, yaxlitlik yo'qolib qolmasligi uchun ularga mos keladigan oraliq ranglardagi mevalar va matolardan foydalanib yaxlitlikni hosil qilishga harakat qilingan. Jumladan, uzum va ayrim olmalarning tusi havo rangli
1 ®a66apoB E.F. PaHrmyHOC^HK. Maipy3a MaTHH. -H.:2001. 29-6.
ffciTii^^Bl 309 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
choynak tusiga mos kelsa, och tusdagi olmalarning rangi esa oq tusli buyumlarning rangiga bevosita mos keladi. Och va to'q tusli qizil matolarning ranglari ham kontrast buyumlar ranglarini bir-biri bilan aralashtirilganda hosil bo'ladigan omuxta ranglarga monand tanlangan.
Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, kontrast rangli buyumlardan tashkil topgan natyurmort kompozitsiyasini ishlaganda ham buyumlar qanchalik qarama -qarshilik hosil qilishidan qat'iy nazar kompozitsiya yaxlitligi, umumiylikni inobatga olish zarur. Yuqorida sovuq tusli, bir xil maqsadda foydalaniladigan buyumlardan tashkil topgan natyurmort kompozitsiyasi ko'rib chiqildi. Endilikda xuddi shunday uslub yordamida issiq ranglarning o'zaro kontrastligi asosida, turli xil maqsadda foydalaniladigan buyumlardan tashkil topgan natyurmort kompozitsiyasini ham ishlab ko'rish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Keyingi vazifa esa issiq va sovuq rangli buyumlar kontrastligi asosida tashkil qilingan natyurmort kompozitsiyasini ishlash bo'ladi. Bunday qarama - qarshilik asosida hosil qilingan kolorit juda ham qiziqarli bo'lishini alohida ta'kidlab o'tish joizdir. (18-rasm)
Фойдаланилган адабиётлар
1. Эгамов X,.. Буёклар билан ишлаш. -Тошкент, 1981.
2. Жаббаров Б.Рaнгшyносликкa оид атама ва ибораларнинг изошли лyFaти. - Наманган, 2001.
3. Жаббаров Б. Академик каламтасвир асослари. Дарслик. - Тошкент, 2022.
4. Сyлaймонов A., Жаббаров Б. Тасвирий санъатда оким ва йуналишлар. -Тошкент, 2008. 8-б.
5. Жаббаров Б. Pam^yro^m. Ma^y3a матни. - Наманган, 2001.
6. Абдоллаев У. Рангтасвирда натюрморт. - Тошкент, 2014.
310
ISSN 2181-063X I Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)