Научная статья на тему 'DEKORATIV KOMPOZITSIYALARNI BAJARISHDA RANG MUNOSABATLARIDAGI O’ZARO UYG’UNLIK'

DEKORATIV KOMPOZITSIYALARNI BAJARISHDA RANG MUNOSABATLARIDAGI O’ZARO UYG’UNLIK Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
319
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mato / uyg’unlik / uslub / sаn’ат / tahlil / ramz / kompozitsiya / rang / vazn. / Fabric / harmony / style / art / analysis / symbol / composition / color / weight.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Yuldashev, I.T., Aхmedova, N. E.

Maqolada tasviriy san’at turlarida kompozitsiya masalalari va echimlari va uning o’ziga hos hususiyatlari hamda rang orqali asardagi muozanat,dinamika,vazin kabi tahliliy o’rganish bo’yicha tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MUTUAL HARMONY IN COLOR RELATIONS WHEN PERFORMING DECORATIVE COMPOSITIONS

The article gives recommendations for the analytical study of compositional problems and solutions in the visual arts and its features, as well as balance, dynamics and weight in work through color.

Текст научной работы на тему «DEKORATIV KOMPOZITSIYALARNI BAJARISHDA RANG MUNOSABATLARIDAGI O’ZARO UYG’UNLIK»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

DEKORATIV KOMPOZITSIYALARNI BAJARISHDA RANG MUNOSABATLARIDAGI O'ZARO UYG'UNLIK

I.T.Yuldashev

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi katta o'qituvchisi

N.E.Aхmedoya

Farg'ona davlat universiteti Tasviriy san'at kafedrasi o'qituvchisi

АННОТАЦИЯ

Maqolada tasviriy san'at turlarida kompozitsiya masalalari va echimlari va uning o 'ziga hos hususiyatlari hamda rang orqali asardagi muozanat,dinamika,vazin kabi tahliliy o 'rganish bo 'yicha tavsiyalar berilgan.

Tayanch s'o'z va iboralar. Mato, uyg'unlik, uslub, sаn'ат, tahlil, ramz, kompozitsiya, rang, vazn.

АННОТАЦИЯ

В статье даны рекомендации по аналитическому изучению композиционных задач и решений в изобразительном искусстве и ее особенностей, а также баланса, динамики и веса в работе через цвет.

Ключевые слова и выражение. Ткань, гармония, стиль, искусство, анализ, символ, состав, цвет, вес.

ABSTRACT

The article gives recommendations for the analytical study of compositional problems and solutions in the visual arts and its features, as well as balance, dynamics and weight in work through color.

Key words and expressions. Fabric, harmony, style, art, analysis, symbol, composition, color, weight.

Kompozitsiya amalda dastlab qalamtasvirda bajariladi. Keyingi bosqichda shtrih chiziqlarning qalinligi narsalarning soya, yorug' joylariga shakl berib, chuqurlik, masofani ifodalashga beradi. Rang va tus kompozitsiya tuzishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manzara - tasviriy san'atning qadimiy janrlaridan bo'lib, tarixiy, maishiy asarlarda ham vosita-fon sifatida muhim ahamiyatga ega.

Manzara san'ati tashqi dunyoning go'zalligini aks ettirish bilan insonga ijobiy ta'sir etuvchi kuchga ega. Shuning uchun rassom tabiat olamining eng nozik, tipik holatlarini, rang garmoniyalarini anglab, tabiatga nisbatan bo'lgan estetik munosabatini bildiradi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Manzara asarida inson shaxsi, aql-zakovati, ichki tuyg'ularini tasvir orqali qo'shiq qilib kuylaydi va tabiat obrazini yaratadi. I.Levitanning "Oltin kuz", "Abadiy sokinlik uzra", I.Shishkinning "O'rmon yiroqliklari", V.Meshkovning "Ural haqida o'ylar" kabilar shunday asarlardandir.

Tasviriy san'at dagi dekorativ manzara insonda tabiatga muxabbat va go'zallik fazilatlarini shakllantiradi. Rassomlar tarixiy va maishiy dekorativ asarlarda bevosita manzaraga ham murojaat qiladilar, etyud, eskizlar yozadilar. Bunda manzara kartinada qo'shimcha fan vazifasini o'taydi.

XX asrning 50 yillarida o'zbek manzara janrida O'rol Tansiqboev karvonboshi bo'ldi. Qishloq xo'jalik mavzusiga oid asarlar yarata boshladi. U "O'zbekistonda bahor", "Paxtani sug'orish" asarini yaratdi. Tongda esayotgan mayin shabada va shildirab oqayotgan suv, salqin tabiatning uyg'onishi tomoshabinda quvonchli hissiyotni uyg'otuvchi ta'sirchan vositasidir.

Hayotning Ob'ektiv qonunlari va inqilobiy rivojlanishining epik holatda yuzaga kelishi "Ona o'lka" asarida o'z aksini topdi. Dekorativ kompozitsiya usulida yechish rassom ijodining xarakterli nuqtalaridan bo'lib qoldi. Ayniqsa holat cho'lni ochishga bag'ishlangan, "Taxyatosh" va "Issiq ko'l" nomli asarlarida namoyon bo'ladi. Manzara kompozitsiyasini dekorativ usulida tasvirlash rassomga xos xususiyatlardan biridir.

"Qayroqqum GES tongi" (1957 y) eng yaxshi industrial manzara asarlaridan biri deb tan olingan. Asar 1957 yili Moskva va Bryuseldagi ko'rgazmada namoyish etilib kumush medal' bilan taqdirlangan. Hozir u Moskvadagi Sharq xalqlari Davlat san'at muzeyida saqlanmoqda. Tepalikda bul'dozer, to'g'on ustidagi kranlar, oldingi rejada qumli do'ngliklar, to'g'on orqasidagi cho'l manzarasi, cho'lda hosil bo'layotgan mo'jizani eslatadi. Eng asosiysi manzara asarida qayroqqumda haqiqatni shoirona, dekorativ talqin etish mahorat bilan ko'rsatib berilgan. Yorqin dekorativ iliq, sovuq tuslardagi kontrast pushti, tilla, ko'k ranglarda go'zal tabiatning bepayon kengligidagi qaynoq hayot o'z aksini topgan. Dengiz sathidagi quyosh nurlarida yarqirab turgan o'ynoqi baliqlar rassom tomonidan juda katta mahorat bilan tasvirlab berilgan.

O'rol Tansiqboev diapozoni keng rassom. U tabiatni aks ettiribgina qolmay, balki undagi inson qo'li, aql-zakovati orqali bo'layotgan o'zgarishlarni ham mahorat bilan tasvirlaydi. Uning ko'p asarlari Moskvadagi Tret'yakov galeriyasi, O'zbekiston Davlat san'at muzeylarida saqlanmoqda.

40-50 yillardagi o'zbek manzara san'atining yana bir vakili Nikolay Qoraxondir. Dastlabki ijodida qishloq hayoti, keng dalalar, yo'llar, mehnatkash xalq

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hayoti asosiy mavzu bo'lsa, keyinchalik yirik inshootlar va manzaralardan iborat bo'ldi. Uni xalqning farovon hayoti, mehnat jarayoni ko'proq qiziqtirardi. "Zavod trubalari" (1929 y) "Ishga ketyaptilar" (1934 y) shular jumlasidandir.

50-yillarga kelib rassom ijodida tog' mavzusi asosiy o'rinni egallaydi. Ko'proq bahor, kuz, tabiatning ertalabki, kechqurun paytlarini dekorativ ko'k, yashil, sariq, qizil ranglarda jozibali qilib tasvirladi. Tog'ning jo'shqin ohanglarini "Nanayga yo'l" (1954 y), "Amu daryoda" (1957 y), "Elektrostantsiya" (1957 y) asarlarida tasvirlab berdi.

1958 yillarga kelib rassom ijodining yangi qirralari ochila boshladi. Buni "Gullayotgan vodiy" asari misolida ko'rish mumkin. Bahor, tabiat bayram libosida, binafsha rangli tog' fonida gullab turgan oq, pushti, sariq oq ranglardagi daraxtlar, bepayon dalalarga gilam yozgan yashil maysalar, go'zal tabiatga chiroy ochib, insonga qanchadan-qancha shodlik va quvonch baxsh etadi. Asarda rang koloriti yechimi asosiy rol' o'ynaydi. Esayotgan mayin shabada, tizma tog'lar, sariq, tilla rangdagi bug'doyzorlar bunga misol bo'la oladi.

Samarqanddagi "Shohi-Zinda", "Hazrat Xizir", "Ulug'bek madrasasi", "Afrosiyob" yodgorliklarini chiroyli tasvirlagan Rashid Timurov manzarachi rassom sifatida tabiatni yaxshi his etardi. U "Samarqand" (1958 y GMI) asarida ko'rish nuqtasini juda to'g'ri topgan, panorama ko'rinishida tasvirlangan yodgorliklar chuqur falsafiy fikrlashga chorlaydi. Har bir rassom, har bir avlod o'z davrida manzara janrida ham o'zini sinab ko'radi. Lekin hammalari ham manzarani yaxshi his eta olmaydi. Manzarachi rassom bo'la olmaydi. Tabiatni vujudi bilan his etib sevgan malakali rassomgina o'z his-tuyg'ularini manzara tasvirida ifodalab beradi. Ko'plab keksa avlod rassomlari bizga go'zal manzara asarlarini yaratib meros qoldirganlar. Ular yaratgan san'at asarlarining mazmunini, kompozitsiya tuzilishini ularning ish tajribalarini yoshlarga o'rgatib, ko'rgazmali vosita sifatida foydalanish o'rinlidir.

Manzaraning bir necha turlari mavjud: shahar (me'morchilik), qishloq (tog') manzara, san'at (zavod, fabrika, inshoot qurilish), tarixiy, romantik, lirik, panorama (ko'rinishida) manzaralari shular jumlasidandir. Bularning har biri negizida ifodalovchi mazmun, g'oya yotadi.

Shahar manzarasida shahar hayoti bilan bog'liq (me'morchilik) transport vositalari, odamlar, oromgoh bog'lar hamda yer osti o'tish joylari kompozitsiya tasviri uchun misol bo'la oladi.

Qishloq manzarasi, bepayon kenglik, tog' manzarasi, yaylovlar, qoya tosh, o'simliklar, vodiydagi jilvakor suvlar tasviri kompozitsiya negizini tashkil etadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Sanoat manzarasi katta zavod hovlisi, suv ombori ko'prik, metro qurilishi, texnika qurilish vositalari bilan bog'langan.

Lirik manzarada tabiatni "Erta tong", "Bahor" kabi mavzudagi tabiatning nozik, sokin go'zalligini, uning uyg'onish holatini aks ettiruvchi, insonga olam-olam quvonch baxsh etuvchi asarni ko'z oldimizga keltiramiz.

Manzaraning kompozitsiya vositalari (belgilari): joyni tanlash, ko'rish nuqtasi, ko'rish chizig'i, fazoviy masofa, format, perspektiva, ritm, kolorit, yorug'lik, refleks, kompozitsiya markazi shular jumlasidandir.

Bu janrda kompozitsiya yaratish uchun, qalamtasvir, rangtasvir sohalarida mukammal bilimga ega bo'lish kerak. Naturadan dastlabki chizilgan chizgi, rangli etyudlar manzara kompozitsiyasini tuzishda asosiy mavzu bo'lishi mumkin. Qishloq manzarasini kompozitsiyasini tasvirlashda avvalo quyoshli, bulutli kunlar, peshin, oqshom kabi holatlarning xarakterli xususiyatlarini sinchiklab kuzatish lozim.

Hajmni aniqlab, ufq chizig'i, ko'rish nuqtasini belgilab olish kerak. So'ngra havo va yerning tekislik nisbatlarni belgilab, oldingi keyingi orqa planni va narsalar masshtabini topish darkor. Kompozitsiyaning bir necha variantlarini sangina, ko'mir kabi yumshoq materiallarda bajarish tavsiya etiladi.

Rassom asar yaratar ekan, ranglarni o'z didiga, uslubiga, maqsadiga bo'ysundirgunga qadar izlaydi. Uning asosida albatta, rang tushunchasi, rang nazariyasi va qonuni yotadi.

Mukammal rang nazariyasiga va amaliyotiga ega bo'lgan rassom rang orqali badiiy obraz yaratishga erishadi. Kompozitsiyalarda ham rang katta o'rinni egallaydi. Rassom qanday asar yaratishidan qat'iy nazar, birinchi navbatda rangga e'tibor bersa, izlansa shundagina uning asari muvofaqqiyat keltiradi.

Tasviriy san'atda rangtasvirning asosiy ifoda va tasvir vositasi rang hisoblanadi. Rassom rang orqali mavjud borliqning o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiradi. Jahon san'ati taraqqiyotida borliq ranglarini aks ettirishning turli uslub va tizimlari shakllangan, biroq hammasining asosida ranglarni bir-biri bilan aralashtirib, yangi rang hosil qilish uslubi yotadi. Yetti xil kamalak ranglarining bir-biriga aralashishi orqali 280 dan ortiq ranglar tuslanishini hosil qilish mumkin. Rang inson ruhiyatiga kuchli ta'sir etuvchi vosita bo'lib, u insonda quvonch va ma'yuslik, tetiklik yoki g'amginlik, hotirjamlik yoki bezovtalik tuyg'ularini uyg'otishi mumkin. Rassom uchun ranglarning ana shu kuchi muhim omil bo'lib, ular asarning g'oyaviy - plastik yechimida muhim rol o'ynaydi.

Tabiatdagi bor ranglar axromatik va xromatik ranglarga bo'linadi. Axromatik ranglarga oqdan to'q qoragacha bo'lgan, xromatik ranglarga qizil, sariq, ko'k va

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hokazo ranglar kiradi. Xromatik ranglar o'z navbatida issiq (qizil, sariq, zarg'aldoq) va sovuq (ko'k, moviy, binafsha) shuningdek, har ikkalasiga kiruvchi (binafsha, yashl) ranglarga ajratiladi. Rangtasvirda issiq va sovuq ranglarning o'zaro uyg'unligi asarning rang tizimi-koloritini tashkil qiladi, shuningdek, asar kompozitsiyasini tashkil etuvchi unsur va vosita hisoblanadi. Issiq rang yaqinlik, sovuq rang uzoqlik tuyg'usini berishi asarda masofani ko'rsatishda (ayniqsa manzara janrida) qo'l keladi. Tasviriy san'at tarixida ranglardan foydalanish jamiyat taraqqiyoti bilan birga rivojlanib borgan. Ibtidoiy jamoa rassomlari o'z asarlarini mavjud tabiiy (yog'och, ko'mir, olov kuyasi) ranglardan foydalanib ishlagan jamiyat rivoji bilan rang pigment va bog'lovchilar bilan ortib borgan. Ranglar texnologiyasi (akvarel, tempera, akustika) ishlab chiqilgan. O'rta asrlar oxirida moybo'yoq texnologiyasi paydo bo'lgan, shu davrda ranglar tuslanishi ham ortib, avvalgi lokal, yassi ranglar o'rnini nur-soya yordamida o'zgaruvchi, tuslanuvchi ranglar tizimi egallagan. Buyumlarning to'laqonli hajmli ko'rinishini aks ettirish fazoviy bo'shliqni ranglar orqali o'zlashtirish kuchayib borgan. REFERENCES

1. G.M.Abdurahmonov. Tasviriy san'at kompozitsiyasi. Toshkent. 1996.

2. L.Egamov. Kompozitsiya asoslari. "San'at jurnali" nashriyoti. T.2005 y.

3. A.Turdaliev. Kitobat san'ati. Namangan, 2004 y.

4. N.Abdullaev. O'zbekiston san'ati tarixi. Toshkent-2007 y.

5. Ахмедова, Н. Э. (2022). МУЪЖАЗ САНЪАТНИНГ БЕТАКРОР НАФОСАТ ОЛАМИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 125-130.

6. Ахмедова, Н. Э. (2022). БУГУНГИ ЁШ АВЛОДНИ АХЛО^ИЙ, КОГНИТИВ ВА ЭСТЕТИК ТАРБИЯСИНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА КИТОБОТ САНЪАТИНИНГ УРНИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 204-208.

7. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 7(2), 296-300.

8. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., Murodjon, K., & Makhpuzakhon, A. (2021). Drawing Tools And Design Elements In Geometric Drawing. Turkish Online Journal of Qualitative Inquiry, 12(10).

9. Сулайманова, С., Омонов, Д., & Аъзамжонов, А. (2022). Алишер Навоий асарларидан бадиий олий таълим муассасаларида тасвирий санъатни укитиш жараёнида фойдаланишнинг зарурияти. Research Focus, 1(2), 272-277.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

10. Sulaymanova, S. B. Q. (2022). BADIIY OLIY TA'LIM MUASSASALARDA TASVIRIY SAN'AT FANINI O'QITISHGA BO 'LGAN EHTIYOJNING OSHISHI VA UNING BUGUNGI HOLATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 89-96.

11.

12. Yunusaliyev, M. T. (2022). DEKORATIV KOMPOZITSIYALARDA KONTRAST VA NYUANS 'LARNING AHAMIYATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 5-8.

13. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.

14. Qurbonova, B., & Yuldashev, I. (2022). MOVAROUNNAHRDAGI MADANIY HAYOTDA TASVIRIY SAN'AT TURLARIGA BO 'LGAN E'TIBOR. Research Focus, 7(2), 248-253.

15. Mamirjonovich, M. N., Jumadillayevich, S. R., & Anvarovich, M. A. (2021). The Role Of Historical Monuments In The Development Of Central Asian Architecture. The American Journal of Engineering and Technology, 3(02), 1-5.

16. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.

17. Zulfiya, B., & Raxmonali, S. (2022). SAN'ATNING IJTIMOIY HAYOTNING MURAKKAB MUNOSABATLARI BILAN ALOQADORLIGI. Research Focus, 7(2), 296-300.

18. Курбанова, Б. М., Юнусал^в, М., & Apзиeвa, Н. (2022). ОСОБЕННОСТИ ТЕХНИКИ: АКВАРЕЛЬ, МАСЛО И ГУАШЬ. Research Focus, 7(2), 319-325.

19. Курбонова, Б., Aхмeдовa, Н., & Юлдaшeв, И. (2022). РАНГТАСВИР ТЕХНИКАСИДАН ФОЙДАЛАНИШ УСУЛЛАРИ. Research Focus, 7(2), 231237.

20. Boboyeva, Z. A., & Mo'Minova, D. B. Q. (2022). TALABALARNING KREATIVLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 221-233.

21. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). Use of Innovative Educational Technologies in Fine ARTS Classes of Higher Education Institutions. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 2(4),

25-27.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

22. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). CHIZMACHILIK FANI DARSLARIDA UYG'UNLASHGAN TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 167-173.

23. O'Rinov, M. X. O. G. (2022). TALABALAR MUSTAQIL TA'LIMIDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING CHIZMACHILIK FANIDAGI O'RNI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 110-114.

24. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.

25. EoôoeBa, 3. (2022). H^TKMOHH OAO-T-THKHH PHBO^AHTHPHm^A TACBHPHH CAHLATHHHT YPHH. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10-2), 51-55.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.