Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
TASVIRNING ASARGA AYLANISHIDAGI MUHIM OMILLAR
Soliyev Ozodbek Rahmatovich
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi Soliyevo0011@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada badiiy oliy ta 'lim muassasalarida Tasviriy san'atda kompozitsiyaning roli va ahamiyati tahlil qilinadi.
Kalit so'zlar: rang,rang tuslari,perspektiva, ufq chizig'i, shakl, konstruksiya, tasviriy echim,kolorit.
В данной статье анализируются роль и значение композиции в изобразительном искусстве в художественных вузах.
Ключевые слова: цвет, цветовые оттенки, перспектива, линия горизонта, форма, построение, живописное решение, цвет.
This article analyzes the role and importance of composition in the visual arts in art universities.
Key words: color, color shades, perspective, horizon line, shape, construction, pictorial solution, color.
Tasvir asarga aylanishida ko'plab qonunlarga bo'ysunadi. Tasviriy san'atda asar yaratilish jarayoni kompozitsiya deb ataladi. Kompozitsiya hayotiy voqeylikni fikrlash, umumlashtirish va aks ettirishdan iborat. San'at asarlarini taxlil qilganimizda, kompozitsiya qoida va usullari o'z mohiyatini asta - sekin yo'qotib, yangi kompozitsiya qoidalari paydo bo'la boshlaganini ko'ramiz. Badiiy asar yaratishda rassomlar tabiiy va ongli ravishda kompozitsiya qonunlariga rioya qilishadi. Har bir ijtimoiy jamiyat san'at oldiga yangi zamonaviy vazifalarni ko'ndalang qo'yadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hozirgi vaqtda biz kompozitsiyaning nazariy asoslarini ikki guruhga ajratamiz. 1). Kompozitsiya qonunlari. 2). Kompozitsiya qoida va usullari.
Kompozitsiyaning asosiy usullaridan biri ritmni ifodalash, kompozitsiya mavzusi markazini aniqlash, simmetrik yoki assimetrik holati, massani ikkinchi plandagi kenglikdagi asosiy qurilmasini joylashtirish. Ritm hayotda va san'atda mavjudligi rassom uchun yaxshi belgi, vositadir. U bir elementning oraliqda galma-
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
gal qaytarilishidir. Asar g'oyasining kompozitsiya tuzilishi idrok etishda ritm estetik obrazli tasavvur rolini o'ynaydi va kontrast rang, ton qonuniyatlariga suyanadi.
Insoniyat tashqi dunyoni tasvirlashga intilishi juda qadim zamondan ma'lum. Ibtidoiy davrdayoq odamlar mamont suyaklarida, g'orlarda toshlardagi chizgilarda mahoratga erishganlar. Ular xayotni zehn bilan kuzatsalarda kompozitsiya sezgisi juda bo'sh rivojlangan. Ularning tasviriy san'at namunalari tasodifiy emas, balki ko'p yillik mehnat tajriba natijasi ekanligiga guvoh bo'lamiz. Qattiq jism inson qo'lida pichok shakliga kelguncha uzoq muddatli bosqichlarni, tarixiy voqealarni bosib o'tgan. Inson qo'li bilan xayot uchun zarur bo'lgan mahsulot asbob - buyumlarni shakli, jixati avloddan - avlodga, otadan bolaga o'tish natijasida o'zgarib bordi. Hayotda inson qo'li bilan murakkab mehnat jarayoni orqali yuqori malakaviy bosqichga erishildi va uning sehrgar kuchi Rafael asarlarida, Poganin musiqasida namoyon bo'ldi. Odamlar o'zlariga boshpana qurishni, uy jixozlarini yaratishni, shuningdek tasviriy san'at vositalarini birdaniga anglamadilar. Inson ming yillar davomida to'alagan tajriba asosida tabiat dunyosini, qush va xayvonlarni chizgilarda tasvirlay boshlagan. Jonli kuzatish natijasida rasm chizishni o'rgatish amalga oshirilgan.
Ulug' rassomlarni asarlari misolida kompozitsiya tuzilishini tahlil qilib: kontrast, vertikal, gorizontal, dioganal simmetriya, assimetriya, aylana, uchburchak, muvozanat, ritm yaxlitlik, dinamik, statik holat, yorug, rang koloriti, ko'rish nuqtasi, gorizont, kompozitsiya plani, mahobatlik, dekorativlik kabi tasvir uslublarini ko'rsatib berdi. K. Yunon kompozitsiyani o'qitish metodikasi saviyasini yuqori darajaga qo'yish kerak deb hisoblardi. Har xil mavzudagi kompozitsiya eskizini bajarish jarayonida xomaki tasvir, yorug' va ranglarni har xil holatida perespektiva qoidalarini ishlata bilishni tavsiya qilardi. Hayot tassurotlarini, gavdani turli holati, guruh odamlarni harakatdagi ko'rinishi, tipaj, liboslar, xona, bino burchaklaridan chizgilar chizib, ulardan unumli foydalanishni tavsiya etardi.
Biror mavzu asosida rasm chizish jarayonida kompozitsiyani to 'g'ri tashkil etish uchun, avvalo, rassom rasmni ufqchizitidan boshlashi o'ta muhimdir. Ufqni osmon bilan yerni ajratib turuvchi chiziq sifatida qarash kerak. Ufqchizig'ini tasvirlanadigan ob 'ekt mazmunidan kelib chiqib belgidash maqsadga xguvofiqgshr. Ufq chizig'ini qog'oz betiga uch xil joylangtirish mumkip. Birinchisida ufqchizig'i qogoz yuzasining yuqorisidan, ikkinchisida pastidan, uchinchisida esa uning o'rtasidan o'tgan bo'ladi. Rassom yuqori ufq chizig'ini keng manzara yoki katta ob 'ektni aks ettirmoqchi bo 'lgan taqsirdagina tanlaydi. Shuningdek, rassomlar kishilar tasvirini yer fonida yaxshi ko'rsatish maqsadida ham shunday ufq chizigini
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tanlaydilar. Ikkinchi holda ufq chiziti qog'oz yuzasining pastki qismida o'tkazilishi rassomning osmondagi yoki yuqoridash narsa yoxud harakatni ko'rsatishi bilan bog'liqsir.
Rang tasvirda kompozitsiya inson idrokining murakkab jarayonini tashkil etadi. Tabiat va atrof-muhitim iz o'zining rang-barangligi bilan kishini hayratda qoldiradi, unga zavq bag'ishlaydi. Inson o'zi sevgan rangli muhitda bo'lgisi keladi. Bir so'z bilan aytganda, inson hayoti doimo rang bilan ham ohang bolgan. Rang qo'llash yo'li bilan issiq yoki sovuq, aktivlik yoki passivlik, yaqin yoki uzoq, balandlik pastlik, yoki quruqlik, ogir-yengil, turg'unlik (statik) yoki harakatchanlik (dinamik), jo'shqinlik yoki xotirjamlik kabi ta'sir (emotsiya) holatlarini bera oladigan muhit yaratish mumkin. Ranglar asosan ikki guruhga ajratiladi. Birinchi guruhga ochdan to'qqacha bo'lgan-oq, qora va barcha kulrang (neytral) ranglar kiradi. Ikkinchi guruhga barcha qizil, to 'q sariq, sariq, yashil, moviy ko'k, binafsha, qirmizi ranglar kiradi. Birinchi guruh ranglari axromatik, ikkinchi guruh xromatik deb yuritiladi. Toza ranglar rang spektorining asosini tashkil qiladi. Ranglar boy politrasini, y a'ni gam m asini xrom atik ranglardan qizil, sariq, ko'k, axrom atik ranglardan qora va oq ranglar tashkil qiladi. Shuningdek, ranglar «sovuq» va «iliq» mijoziy guruhlarga bo'linadi. Masalan, qizil rang iliq ranglar, binafsharang sovuq ranglar guruhiga kiradi. Ranglar o 'zgarishi bilan iliqlik ham kamayib yoki ko'payib boradi. Masalan, to'q sariq rang malina rangga nisbatan, sovuq ranglar guruhiga kiruvchi binafsharang k o'k rangga nisbatan iliqroq tus oladi. Kishi ko'z o'ngida uzoqlik va yaqinlik hissiyotini ham ranglar orqali belgilash mumkin.
XULOSA
Rangning boshqa ranglar bilan yonma-yon turishi tufayli yuzaga keladigan rang o'zgarishlari fonda rang kontrasti deb yuritiladi.
Kontrastning ikki xili ko'zga yaqqol tashlanadi: yorqin kontrast va xromatik kontrast. Yorqin kontrastning qoidalari quyidagicha xarakterlanadi:yorug zaminda (fonda) to'q rang yanada to'qlashdi, to'q zaminda och rang yanada yorishadi.Qo'shni xromatik ranglar ta'sirida rang tusining yoki rang to'yinganligining o 'zgarishiga xromatik kontrast deyiladi. Xromatik kontrastda kulrang turli xrom atik rang zaminlarda ishlansa, u turlicha tus oladi. Masalan, qizil zaminda kulrang yashilga monand tus oladi, sariq zaminda esa kulrang ko'kimtir tusga kiradi, yashil zaminda ko'kimtir rang pushti rang tusini oladi.
REFERENCES
1. Abduraxmonov G'.M. Kompozitsiya asoslari. Toshkent,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
2. E.Jabborov. Kompozitsiya. Qarshi, 2019
3. Xudoyberganov. R. Rangshunoslik asoslari- Toshkent 2006.
4. Egamov. A. Kompozitsiya asoslari - Toshkent 2005.
5. Shoroxov. E. V . Kompozitsiya - Moskva 1986.
6. Volkov. N.N . Tsvet v jivopise - Moskva 1985.
7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
8. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
9. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 17(6), 8894-8903.
10. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.
11. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.
12. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.
13. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.
14. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.
15. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
16. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.
17. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.