Научная статья на тему 'RANGTASVIR ASARINI ISHLASHDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI'

RANGTASVIR ASARINI ISHLASHDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
129
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
soya-yorug‘ / tus / kontrast / chuqurlik-fazoviy / kartina teksligi / «vertikal» / «gorizontal» / «doiraviy» / «kvadrat» / «burchak» / «Oltin kesim»

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Abdulaziz Ahmadxo’Jayevich Akbarxo’Jayev

Ushbu maqolada rangtasvir asarini yaratilishida kompozitsiyaning ahamiyati xaqida, kompozitsiya qonun-qoidalari, ijodkor oldida turgan vazifa va uni qay tarzda bajarishni yo‘l yo‘riqlarini koʼrsatib berishga harakat qildindi. O‘zbekiston rassomlari ijodi va ularning uslublari o‘rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni to‘liq yoritishga qaratilgan bu maqola bo‘lajak rassomlar o‘zlashtirishi lozim bo‘lgan kompozitsiya qonun qoidali haqida yoritilgan, shuningdek, amaliy ishlashga o‘rgatish usullari kabi masalalarga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RANGTASVIR ASARINI ISHLASHDA KOMPOZITSIYANING AHAMIYATI»

RANGTASVIR ASARINI ISHLASHDA KOMPOZITSIYANING

AHAMIYATI

Abdulaziz Ahmadxo'jayevich Akbarxo'jayev

a_abdulaziz62@mail.ru Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada rangtasvir asarini yaratilishida kompozitsiyaning ahamiyati xaqida, kompozitsiya qonun-qoidalari, ijodkor oldida turgan vazifa va uni qay tarzda bajarishni yo'l yo'riqlarini ko'rsatib berishga harakat qildindi. O'zbekiston rassomlari ijodi va ularning uslublari o'rganib chiqilgan. Mazkur mavzuni to'liq yoritishga qaratilgan bu maqola bo'lajak rassomlar o'zlashtirishi lozim bo'lgan kompozitsiya qonun qoidali haqida yoritilgan, shuningdek, amaliy ishlashga o'rgatish usullari kabi masalalarga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: soya-yorug', tus, kontrast, chuqurlik-fazoviy, kartina teksligi, «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak», «Oltin kesim»

THE IMPORTANCE OF COMPOSITION IN THE WORKING OF A

PAINTING WORK

Abdulla Abdullayevich Abdullayev a_abdullayev@gmail .com National Institute of Fine Arts and Design named after Kamoliddin Behzod

Abstract: This article tried to show the importance of composition in the creation of a painting, the rules of composition, the task before the artist and how to perform it. The works of Uzbek artists and their styles have been studied. This article, which aims to fully cover this topic, covers the rules of composition that future artists should master, and also focuses on issues such as teaching methods for practical work.

Keywords: shadow-light, color, contrast, depth-spatial, image flatness, "vertical", "horizontal", "circular", "square", "corner", "Golden section"

O'zbekiston tasviriy san'ati juda qisqa vaqtda rivojlanib, katta yutuqlarga erishdi. O'zbekiston san'ati zafarli yo'lni bosib o'tdi. Respublikamiz rassomlari ko'pgina ko'rgazmalarda faol ishtirok etib, san'atimiz ta'sirchanligining ortib borayotganini namoyish etdilar. Vatanimiznimizning kelajakda buyuk mamlakatga aylanishi, rivojlangan davlatlari qatoriga qo'shilishida xalqimiz madaniyati, ma'rifati, san'ati va manaviyatining roli beqiyosdir. Xalqimiz ma'naviyat va madaniyatini

boyitishda tasviriy san'atning ham o'z o'rni bor. Hozirgi davrda har sohada bo'lgani kabi tasviriy san'atni o'qitish borasida ham katta o'zgarishlar bo'lmoqda.

O'zbekiston xalqlarining tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o'rganish va tahlil etish g'oyat muhimdir. Shu maqsadda respublikamiz hukumatining qator hujjatlari Vatanimizning har tomonlama jahon andozalari asosida rivojlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, yoshlarga ta'lim-tarbiya berishda madaniyatimiz, qadriyatlarimiz, milliy san'atimiz namunalaridan, ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan va butun jahonga mashxur bo'lgan ajoyib san'at namunalaridan keng foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Bu boradagi ma'naviy-ma'rifiy ishlar keng ko'lamda olib borilib, ta'lim-tarbiya jarayonining barcha jabhalarida asosiy o'rinni egallashi lozim.

Xususan, tasviriy san'atni o'qitilishida bu vazifa talabalarda Vatan tuyg'usini shakllantirish - Ona Vatanga, uning tabiatiga mehr-muhabbat uyg'otish, o'lkamiz boyliklarini asrab-avaylab, tabiatdagi o'simliklar va hayvonlarga nisbatan ongli va to'g'ri munosabatni tarkib toptirish, ularning ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iborat. Xalq milliy an'analari va zamonaviy san'at turlarining rivojiga berilayotgan keng imkoniyatlar yurtimiz san'ati bilan chet mamlakatlarning tanishuvi va ular bilan bo'layotgan yangiliklarni o'rganishda va muloqot almashinuvini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Qalamtasvir yoki rangtasvir asarining kompozitsiyasi «struktura»siga aloqador tushuncha mohiyatini qisqacha tarzda ko'rib chiqaylik. Buning uchun kompozitsiyaning son bog'liqligi munosabatlarini birma-bir keltirib o'taylik: bu chizilayotgan narsaning absolyut o'lchamining uning asliga nisbati, chizilayotgan o'lcham tomonlarining o'zaro nisbatlari, predmetlarning masshtabi, ular orasidagi masofalar, narsalarning qanday burilib turganligi, ufq sathi darajasi, yorug'lik manbaining holati, soya-yorug'ning taqsimlanishi, tusi, soya va yorug'ning nisbiy muvozanati, shuningdek asosiy rang dog'lari muvozanati, tasvirlanayotgan ob'yektlar bo'laklarining o'zaro joylashishi, qiyofalar va fonga nisbatan «kontrast»lar farqi (rang, soya-yorug', o'lcham) kompozitsiya unsurlarining fazodagi ko'rinishini tashkil qilish (metr, ritm) va boshqalar.

Yuqorida keltirib o'tilganlarning barchasi predmetlarning sondagi belgilaridir. Ularni o'lchash va sanab ko'rsatish mumkin. Kompozitsiyada qancha narsa ishtirok etayotganini aniqlash imkoniyati aniq. Shunday qilib ko'rish orqali qabul qilish mumkin bo'lgan belgilarni kompozitsiyaning vositalari deb atashimiz mumkin. Bu asosda esa rassom ularning bevosita yordamida o'z fikrini ifodalash imkoniyatiga ega bo'ladi. Xuddi musiqa yaratayotgan kompozitor notalardan foydalangani singari rassom ham yuqorida sanab o'tilgan vositalardan foydalanib, o'z asari g'oyasini yuzaga chiqaradi, tasvirlarda ko'rsatib beradi Sondagi kompoztisiya sifatini ta'minlovchi, fikrni to'liq ifoda etishga xizmat qiluvchi belgilarni jamlovchi holat

mazmuni kompozitsiya tamoyillari deyiladi. Ular: yaxlitlik, mutanosiblik, o'lchamlar muvofiqligi muvozanat, birlik va uzviylikdir. Bular orqali rassom ishning sifat darajasini ta'minlaydi. Natijada asar kompozitsiyasi yuzaki emas, balki chuqur ma'no kasb etadi, tafakkurlash natijasida tushuniladi. Rassom kompozitsiya tamoyillarini ustalik bilan qo'llab, har tomonlama yutuqqa erishadi, kompozitsiya bekamu-ko'st bo'ladi Ma'lumki, kompozitsiya tamoyillari uch xil ko'rinishda namoyon bo'ladi. Ular quyidagicha: frontal, hajm-fazoviy va chuqurlik-fazoviy kabilardan iborat. Bulardan birinchisining belgisi - kompozitsiyaning ikkita koordinat orqali (vertikal va gorizontal) rivojlanishini bildiradi.

Unda uchinchi koordinat chuqurlik qolgan ikkisiga bo'ysungan holatda ishtirok etadi. Bunday kompozitsiya amaliy - bezak kompozitsiyalarida ko'p qo'llaniladi, hajm-fazoviy kompozitsiyalarida esa shakllar uch o'lchamli holatlarda yaratiladi. Ular har tomondan turib, aylanib ko'rishga mo'ljallangan bo'lib, haykaltaroshlikda qo'llanadi. Chuqurlik-fazoviy kompozitsiya predmetlarni kartina teksligida tasvir etishda qo'llanadi va dastgohli rangtasvirda foydalaniladi.

Kompozitsiya inson ijodining barcha turlarida ham keng qo'llaniladi. Shuningdek, u she'riyatda, san'atning barcha turlarida ham mavjud. Kompozitsiya rassomchilik asari, me'moriy obida, majmua, dizayn san'atiga xos sanoat buyumi yaratishda keng qo'llaniladi. Ushbu fan ijodiy yo'nalishdagi mutaxassislar uchun suv va havodek zarur. Ijodkor asarining muvaffaqiyati uning kompozitsiyasi bilan belgilanadi. Shuning uchun ham o'z asarlarida kompozitsiya jihatidan yaxshi natijalarga erishgan ijodkomi, u xoh rassom bo'lsin, xoh me'mor bo'lsin, o'z sohasining kompozitori deb atashgan. Kompozitsiya o'ziga xos qonun va vositalardan tashkil topgan. Uning asosiy qonunlariga muvozanat va umumiylik kiradi. Muvozanat simmetrik va asimmetrik kompozitsiyalarda turlicha namoyon bo'ladi. Muvozanatga elementlar miqdori, shakli, ularning muhit bilan o'zaro munosabati, rangi, fakturaviy ycchimining uyg'unligi bilan erishiladi.

Kompozitsiya san'at asarlari yaratilishida asos bo'luvchi qonunlarni uyg'unlik qonunlari deb atash qabul qilingan. Ularga muvozanat qonuni, birlik va birbiriga bo'ysunish qonuni kiradi. Ammo uyg'unlik qonunlari bo'yicha yordamchi badiiy vositalarsiz kompozitsiya yaratib bo'lmaydi. Ular qatoriga siz bilganingizdek, ritm, kontrast, nyuans, o'xshashlik, shuningdek, proporsiya va masshtab kiradi. Bular uyg'unlashtirishning asosiy vositalaridir. Ulaming ishtirokisiz tuzilgan kompozitsiya mavjud emas.

Kategoriyalari tektonika (kompozitsiya kategoriyasi) - buyum shaklida uning konstruksiyasi va undagi xomashyo mohiyatining ko'rinib turgan aksi. Aynan tektonikada shakl va mahsulot mohiyati aloqasi aks etadi. Hajmiy-fazoviy tuzilish -kompozitsiyaning ikkinchi muhim kategoriyasi. U bilan mahsulot shakli va fazo

munosabati, o'zaro aloqasi belgilanadi. Dizayner fazoni inobatga olmay estetik mukammal mahsulot yarata olmaydi.

Kompozitsiyaning xususiyat va sifatlarida mahsulotning quyidagi ko'rsatkichlarini ajratish mumkin: mahsulot shaklining uyg'unlikdagi yaxlitligi, elementlarning bir-biriga bo'ysunishi, elementlarning kompozitsion muvozanati, ular kombinatsiyasida simmetriya va asimmetriya, ulaming dinamikligi va statikligi, xarakter birligi mahsulot shaklining garmonik yaxlitligi konstruktiv yechim bilan uning kompozitsion talqini aloqasining mantig'i va uzviyligini ifodalaydi.

Tabiiyki, mahsulot estetik darajasi haqidagi yakunlovchi qarordan oldin funksiya, materiallar konstruksiyasi va texnologiya ko'rinishidagi obyektiv shakl hosil qiluvchi omillarni o'rganish kerak. Buyum elementlarining bir-biriga bo'ysunishi ham kompozitsiya qonuniyatlariga tayanadi. Buyum xarakteriga bog'liq ravishda uning elementlari birbiriga bo'ysunishi turli asoslarga ega bo'ladi.

Elementlarning kompozitsion muvozanati va mahsulot shakllari uning kompozitsion markazga nisbatan muvozanati bilan belgilanadi. Zamonaviy xomashyolar ko'rinishdan juda nomustahkam namoyon bo'luvchi ajoyib shakldagi pishiq va mustahkam konstruksiyalarni yaratish vazifasi - mahsulotga ko'rinishdan mustahkamlik imkonini beradi. Bunday holda dizaynerning berishdir. Simmetriya, asimmetriya va ular kombinatsiyasi Estetikada simmetriya deganda (grekchada "simmetria" - mutanosiblik) bir butunning alohida bo'laklarining fazoda uyg'un joylashuvi, mutanosibligi va ular orasidagi muvofiqlik tushuniladi. Simmetriyaning aks tasvir, markaziy, tekislikdagi va o'qli kabi oddiy turlari ancha ma'lum, lekin ular badiiy konstruksiyalash amaliyotida kamdan-kam qo'llaniladi.

Gap shundaki, mahsulotlar elementlarining katta miqdori (shu jumladan, radioelektronikada ham) hamda insonning mahsulot bilan ishlash qoidalari amalda qat'iy simmetrik tuzilishdan foydalanishga imkon bermaydi. Shuning uchun ko'pincha dizaynerning qisman mahsulot asimmetrik shakli, asimmetrik, lekin kompozitsion muvozanatlashgan tuzilishlar bilan ishlashga to'g'ri keladi.

Shakl yaxlitligining asosiy sharti uning ko'rinishdan kompozitsion muvozanatlashganligidir.

Shakl dinamikligi va statikligi. Shakl dinamikligi uning bir yo'nalishli shakl yaratuvchi qismlari munosabatlarining kontrastida namoyon bo'ladi. Aynan o'xshash bo'lgan munosabatlarda shakl statik. Bu munosabatlarni biz faqat gorizontal o'q bo'yicha baholaymiz. Gorizontal joylashgan konus dinamik figura namunasi bo'la oladi. U xuddi chapga harakat qilayotganday ko'rinadi. Agar to'g'ri burchak noteng bo'laklarga bo'linsa, hatto unga ham dinamiklik berish mumkin. Qismlar munosabatida qanchalik progressiya, ya'ni o'sish yoki kamayish ahamiyatli bo'lsa, shakl shunchalik dinamik bo'lib tuyuladi. Agar konus vertikal qo'yilsa, uning dinamikligi yo'qoladi. Gorizontal bo'yicha shaklning teng boiaklarga bo'linishi uning

statikligini kuchliroq namoyon qiladi. Agar shakl simmetrik bo'laklaming notekis bo'linishi uning simmetriya o'qiga yo'naltirilgan bo'lsa, shakl keskin static holda bo'ladi. Shakl xarakteri birligi - kompozitsiyaning muhim xususiyati hisoblanadi. U bilan berilgan shaklning hamma elementlari - shakl qurilishiga bo'lgan yagona yondashuv bilan belgilanadi.

Kompozitsiya vositalari har qanday kompozitsiya o'ziga xos vositalardan tuziladi. Vositalar uyg'unligi, mutanosibligi me'yorida va to'g'ri topilgan holda qo'llanilishi kompozitsiyaga ijodiy yondashilganlikdan dalolatberadi. Kompozitsiya vositalariga aniqlovchi kompozitsion usul, proporsiya va masshtab, contrast va nyuans, metrik takror va ritm, rang, soyalar va plastika kiradi. Aniqlovchi kompozitsion usul mahsulot shakli ustida ishlashda muhim tashkiliy asos hisoblanadi va ijodiy izlanishning yo'nalishini belgilaydi.

Texnik taklif yoki eskiz loyihasi bosqichida mahsulotning asosiy elementlari va ma'lum texnik parametrlarni ta'minlovchi uning joiz joylashish variantlari aniqlangandan so'ng, dizayner hal qiluvchi kompozitsion usulni tanlashi, mahsulot kompozitsiyasi g'oyasini aniqlashi lozim. Texnik joylashtirish sxemasi variantlarini bilgan holda, dizayner o'zining badiiy-konstruktorlik variantlarini yaratadi, shakl tuzilishi umumiy ko'rinishini aniqlaydi (tashkil etuvchi yuzalaming radiusli, andozali yoki tekis mayda shakllari, shaklning nyuans yoki kontrast yechimi, shakl elementlarining materiali va tutashgan joylari). Bu yagona belgilovchi kompozitsion usulda berilgan mahsulot yoki ularning guruhlari kompozitsiyasi vositalari birligini ko'rsatish imkonini beradi. Proporsiya va masshtab kompozitsiyaning muhimligi bo'yicha navbatdagi vositalaridir. Proporsiya shakl garmonikligining kuchli vositasi hisoblanadi, shuning uchun ko'pincha ma'lum qa t'iy munosabatlardan foydalanishga harakat qilinadi ("oltin kesim" yoki uning funksiyasi). Ammo amaliy tajriba shuni ko'rsatadiki, gap faqat qat'iy munosabatlardagina bo'lmay, dizaynerning murakkab shaklni uyg'unlashtirishdagi mahorati va iste'dodida hamdir.

Tarixdan ma'lumki o'tmishning ulug' rassomlari kompozitsiya masalalariga juda jiddiy yondoshganlar va o'z asarlarini yaratishda umumqoida bo'lib qolgan tamoyillarga amal qilganlar. Kompozitsiyaning «vertikal», «gorizontal», «doiraviy», «kvadrat», «burchak» va boshqa ko'rinishlarini qo'llab, yuksak natijalarga, go'zal ifodaviylikka erishganlar. «Oltin kesim» kompozitsiya usulidan unumli foydalanish har sohada qo'l kelgani ham ma'lum.

Kompozitsiya tuzishga mohir bo'lgan va uni o'z asarlarida mukammal darajaga olib kelgan mo'yqalam ustalari ko'p, ularga misol qilib quyidagilarni qisman atab o'tsak o'rinli bo'ladi. Bunday o'tmish tasviriy san'ati ustalari: Leonardo da Vinchi. Mikelanjelo, A.Dyurer, J.D.Engr, P.Rubins, Rafael, Tintoretto, A.Ivanov, K.Bryullov, I.Ye.Repin, Ya.Mateyko va boshqalardir.

O'zbek rassomlaridan tasviriy san'atning turli tur va janrlarida ijod qilgan va hozirgi paytda ajoyib asarlar yaratib kelayotgan musavvirlardan nomlarini ko'rsatib o'tishimiz mumkin. U.Tansiqboyev, I.Ikromov, Z.Inag'omov, Ch.Axmarov, X.Husniddinxo'jayev, A.Abdullayev, R.Axmedov, R.Choriyev, I.Jabborov, A.Boymatov, J.Umarbekov, Sh.Abdurashidov, A.Mirzayev, S.Abdullayev, A.Ikromjonov, B.Jalolov, A.Nuritdinov, O.G'oziyev va boshqa ko'plab ijodkorlarni bemalol kompozitsiya ustalari deb atashimiz, ularning asarlarini ijobiy jihatlarini tahlil qilib, ibrat olishimiz mumkin, bu albatta o'quv-mashqlarni bajarishda nazariy asos vazifasini o'taydi.

Foydalangan adabiyotlar

1. S.F.Abdirasilov. Tasviriy san'atni o'qitish metodikasi. T.: «Fan va texnologiya», 2012, 232 bet.

2. Apuxtin O. Tasviriy san'at asoslari. T. 1978 yil.

3. Amanullayev. A. Xomaki tasvirlar. Nam. 1992 yil.

4. Bulatov S. S. Ashirova M.O. Amaliy san'at qisqacha lug'ati. T., Qobuslar bosh taxririyati, 1992 yil.

5. Beda. V. Rangtasvir. M. 1968 yil.

6. Borsh K. Qalamtasvir. M. 1974 yil.

7. R.Hudayberganov. "Rangshunoslik asosolari" - T.;G'.G'ulom nomidagi matbaa ijodiy uyi 2006 y

8. Smirnov G. B. Rangtasvir.- M.:Prosvehenie , 1975

9. Volkov N. N. Rangtasvirda ishlash a?amiyati M.:Izdatelstvo, 1985

10. Kirillo A. A. O'qituvchilarga rangtasvirning ashyolari M.:Prosvehenie, 1971

11. Nemenskiy B.M. Mudrost krasotoV M.: Prosvehenie, 1987 g

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.