Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-315-322
RANGTASVIR ASARI ISHLASHDA KOMPOZITSIYA FANINING MUHUM
AHAMIYATI
I. S. Baxriyev
Chirchiq davlat pedagogika instituti «Tasviriy sanat» kafedrasi o'qituvchisi
ilxombaxriyev89@ gmail. com
ANNOTATSIYA
Maqolada tasviriy san'at asairni ishlash kampozitsion jihatdan firlash bo'lib, tasviriy san'atni kampozitsiyasiz tasavvur etib bo'lmasligi, badiy asar yaratishda barcha bosqichlarini bir-biri bilan chambarchas bog'liqligi, ular orasidagi ketma-ketlik, Ba'zan ikki yoki uch jarayon uchun bir vaqtning o'zida ish olib borilishii mumkinligi. Ijodiy jarayonning uzun-qisqaligi, kartinaning g'oyaviy-badiiy mazmunini ifoda etuvchi uzviy bir butunlikka birlashtirilishi, umuman asarnig qanday dunyoga kelishi va bu albatta bo'lg'usi rassom o'qituvchi uchun katta ahamiyatga ega ekanligi to'g'risida so'z boradi.
Kalit so'zlar: kompozitsiya, ijod, rassom, yechim, joylashtirish, tasavvur,asar, qoralama , eskiz, bo'lajak o'qituvchi, badiy, syujet, etyut
ABSTRACT
In the article, the work of fine art is a compositional twist, it is impossible to imagine fine art without composition, all the stages of creating a work of art are closely linked, the sequence between them, Sometimes two or that work can be done simultaneously for three processes. The brevity of the creative process, the integration of the picture into an integral whole that expresses the ideological and artistic content, how the work is born in general, and, of course, the importance of this for the future artist-teacher. goes
Keywords: composition, creation, artist, solution, placement, imagination, work, draft, sketch, future teacher, art, plot, etude
KIRISH
Mavzuli kompozitsiya ishlash turli xil ko'rinishda bo'lsada, kompozitsiya ishlash jarayoni haqida alohida to'xtalib o'tish joiz. Tasviriy san'atda badiiy asarniing g'oyasi, mazmuni, xarakteri va uning maqsadi kompozitsion qurilmalar asosida bunyod etiladi jumladan keng tarqalgan syujetli kompozsiya(maishiy, tarixiy, jang,
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-315-322
mifologik) ishlash qiziqarli va o'ziga xos hisoblanadi. Badiy asar xoh avangard, xoh realizm yo'nalishida bo'lsin, albatta biz uni kompozitsiya tuzilmasi sifatida qabul qilamiz. Realistik kompozitsiyada o'simliklar dunyosi, hayvonot olami, inson qomatlari va jismlarning tekislik ustida qanday joylashganligi, ular orasidagi masofalarini hosil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Kadimdan kompozitsiya asar g'oyasi bilan uzviy bog'lik xolda tushunib kelingan va ijodkor tasvirlamoqchi bo'lgan g'oya aynan, tasvir, voqea va shaxslarni umumiylikka g'oyaviy-badiiy mazmunini ifoda etuvchi uzviy bir butunlikka birlashtirishdir.. Kompozitsiyani faqatgina qalam, mo'yqalam yoki bo'yoqlar vositasida yaratibgina qolmay, balki noan'anaviy |ashyolarni biriktirish yo'llari bilan ham kompozitsiya tuzish mumkin. Rassom,kompozitsiya yaratishda tabiat qurshovidagi shakl va ranglardan jonli va jonsiz tabiat ashyolaridan o'z kompozitsiyasini yaratishda foydalanishi mumkin.1
Kompozitsiya ustida ishlashni nimadan va qanday boshlash kerak?
Kompazitsiya ustida ish boshlash arafasida polotno yuzasini to'g'ri tashkil etish muammosi paydo bo'ladi. Insonning ko'rish a'zolari va tafakkuri fazoviy mushohada etishga moslangan. Masalan, polotno yuzasiga o'tkazilgan to'g'ri chiziq gorizontal bo'lsa, pasti - yer, tepasi - osmon g'oyasini, vertikal chiziq - tomonlar g'oyasini beradi. Kompozitsiyani tadqiq qilishdan maqsad, asarning tashqi tuzilishini aniqlaydigan badiylik asoslarini topishi, undagi badiy materialni taqsimlash va joylashtirishni aniqlashdan iborat. (V. Jirmunskiy. adabiyot nazariyasidan olim) ko'plab teran fikrli rassomlar asar yaratishda o'zlarining rejissyor sifatidagi hususiyatlarini topganlar va ular xuddiki sahna maydoni kabi matoda (xo^CTga) ish olib boradilar.
Demak biror mavzuga oid asar ishlashni niyat qilgan ekanmiz qoralamalarsiz kompozitsiya ustida ishlashni tasavvur qilib bo'lmaydi. Shundan kelib chiqib rassom oldida kompozitsiyani yaratishdan avval quyidagi vazifalar turadi: taxminay asar g'oyasi va kompozitsion yechimi yaratiladi, ya'ni kompozitsiyadagi holat, asar syujetini topish, birinchi va keyingi plandagi shaxslarning bo'shliqdagi nisbat farqlari, gorizont chizig'ini aniqlash, asardagi yorug'-soyani taqsimlash, asar qaxramonining obrazi, qomat harakatini o'rganishni talab qiladi. Aynan qoralamalar,
1 A. Egamov. Kompozitsiya asoslari 5-9 sinflar. «San'at» jurnali nashriyoti. Toshkent - 2005
2Абдуллаев. С.А.. Рангтасвир асарида композиция муаммолари. услубий кулланма. Тошкент-1994 Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 12 \ 2Ö21
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2Ö21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2Ö2Ö-21: Ö.89
DOI: 1Ö.24412/2181-1385-2Ö21-12-315-322
yordamchi material hisoblanadi. Kompozitsiya ustida ishlash esa zarur komponent sifatida namoyon bo'ladi, u badiiy asarni yaratishda yaxlit ijodiy jarayonni aks ettiradi.
Albatta, bo'lajak rassom o'qituvchidan syujetli kompozitsiya yaratishida juda ko'p izlanish va mashqlar talab qilinadi. Shundan kelib chiqib u ko'plab qoralama va chizgilar hamda etyudlar bajarishi kerak bo'ladi. Kompozitsiyadagi inson obrazlari ayniqsa asar mazmunidan kelib chiqqan holda inson qomati kerakli pozalarni yoki kerakli yoshdagi asar qahramonini , yon atrofdan, bozorlardan kuzatsa bo'ladi. Agar kompozitsiyada jonivorlar ham ishtirok etishi nazarda tutilsa tabiat qo'ynida yoki xayvonot bog'idan qoralama va etyutlar ishlanishi kerak. Shu o'rinda Rembrandtni bir so'zini aytish to'g'ri bo'ladi, u shunday yozadi: "Eng avvalo, boy tabiatni o'rganib, undagi bor narsani tasvirlashni o'rgan: osmon, yer,suv, xayvonot dunyosi, yaxshi va yomon odamlar - bular xammasi, xammasi bizning mashqlarimiz uchun xizmat qiladi". Demak asar kompozitsiyasi uchun ashyo, materiallar yig'ilib, ularning yana bir bor plastik yechimlari nisbatlari anatomik tuzilishlari tekshirilishi, badiiy kompozitsiyaning yaratilish jarayoni deb aysak to'g'ri bo'ladi .
Bo'lajak rassom o'qituvchi tarixiy kompozitsiya ishlar ekan avvalo mavzu tanlanadi, mavzu nuqtai nazaridan adabiy, badiy asarlarni hamda kompozitsion voqeani tarixiy jihatlari o'rganilib, materiallar chuqur taxlil qilinadi, bo'lg'usi asarning g'oya va mazmuni chaqiladi. Asar vokealari qay tarzda rivojlanishi, atrof muhit, tabiat bilan bog'liqligi o'rganiladi va so'ngra naturadan materiallar chizib kompozitsiya yechimi ustida ish olib boriladi. Talabadan xayolan voqeaning qay darajada salbiy va ijobiy obrazlarini ajratish talab etiladi. Birlamchi vazifa naturadan bir necha o'nlab qoralama va xomaki chizgilarni bajarish maqsad qilib qo'yiladi. Bo'lg'usi ijodkor o'qituvchi atrof-muhitni kuzatib o'rganar ekan, mavzusi uchun kerakli bo'lgan qiziqarli, shu bilan birga o'ziga xos voqealarni, ayniqsa, xarakterli xususiyatga ega bo'lgan xodisalarni material sifatida to'plash ayni muddaodir.
Ijodkor rassomdan mavzuga doir bajariladigan etyudlar, mavzu doirasida kompozitsion ifodalilikka xizmat qiluvchi tasviriy ashyolar, kompozitsion muhitni tashkil etuvchi atributlarni jamlash talab etiladi. Kompozitsiyani tasviriy asar sifatida shakllanishida badiiy asar yaratish qonun-qoidalarini o'rganish va ijodkor sifatida unga bo'ysunish, rassom-san'atkor sifatida esa voqeylikka bo'lgan dunyoqarashni
3 А.Ж. Каланов. Графика композицияси. уцув цулланма (бакалавр йуналиши 1-босцич дастури асосида) Тошкент «info capital group» 2018
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-315-322
belgilovchi falsafiy mushohadani o'stirish, unga rioya etish va amalda qo'llay bilish juda katta yordam beradi.
Kompozitsiyani qurishda kompozitsion markaz va qismlarning muvofiqligi, yorug'lik, shakl o'lchamlari, va asarning ikkinchi darajali qismlarini bo'ysundirish, syujet ustida ishlash, tasvirdagi shaxslarning ichki kechinmalari, bir-biriga bo'lgan munosabatlari, holatlari, harakatlari, ma'nodorlik, ohangdorlikni qo'llash kompozitsion ko'rinishining asosiy qismlari bo'lib, kompozitsiyani maqsadli bajarilishiga xizmat qiladi. Bunday kompozitsiyada jismlar miqdori, vazni, perspektiva, ufq chizig'i, tasvirga ko'zning qarash nuqtasi, suratdagi bo'yoq ranglarning bir-biriga mos kelishi, jismlarning perspektiv qisqarishi, yorug' soyaning taqsimlanishi, holati va boshqalar shular jumlasidandir.
Adabiyot nazariyasidan olim V.M.Jirmunskiy. aytganidek Kompozitsiyani tadqiq qilishdan maqsad, asarning tashqi tuzilishini aniqlaydigan badiylik asoslarini topish, undagi badiy materialni taqsimlash va joylashtirishni aniqlashdan iborat.
Bo'lg'usi rassom va o'qituvchi o'z asarida ifoda etishni o'ylagan g'oya, tuyg'u va kechinmalardan iborat bo'lishi, mavzu hayotiy voqealarning muayyan doirasidan olingan teran bilim va tajribadan tuzilmog'i kerak.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Asarni ishlash bosqichlariga to'xtaladigan bo'lsak, rangtasvir asarini yaratishda ma'lum tartibga rioya qilinishi kerak. Talab tasviriy asar ustida ishlashni uncha katta bo'lmagan o'lchamdagi bir qancha eskiz va chizgilarni bajarishdan boshlashi lozim bo'ladi. Bu eskizlar yordamida o'z ijodiy fikrini aniqlab oladi va shundan so'ng yosh ijodkor bo'lajak ijodiy asarini tasvirlay boshlaydi. Buni bajarishda qalamdan, ko'mirdan yoki suyultirilgan bo'yoqdan va ingichka mo'yqalamdan foydalanishi mumkin. Asarning eskiz-chizgisini boshqa tekislikka ko'chirish zarur bo'lib qolsa, xitoy qog'ozi yoki kartondan foydalaniladi. Ba'zan talabalar ijodiy ishning bu bosqichini chetlab o'tadilar. Dastlabki qalam tasvirini tushirmasdan, bevosita bo'yoqlar bilan chiza boshlaydilar. Bo'yoqlarni tekislik yuzasiga surishning ko'p usullari mavjud, ba'zi rassomlar lessirovka usulidan foydalanishni afzal ko'radilar va quruq bo'yoqli qatlam ustiga nozik, yorqin ikkinchi qatlamni surishadi. Boshqalari zarur rang yechimiga birdaniga bir marta bo'yash orqali erishadilar. Uchinchilari esa surkama usulda mo'yqalam tortib bo'yoq beradilar. Musavvir bir vaqtning o'zida qalamtasvir, kompozitsiya, shakl, hajm chiqarish, fazoviy xususiyatlarni berish va rang uyg'unliklari ustida ishlashi mumkin. Buning uchun u, kuchli kuzatish
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-315-322
xotirasiga, qalam bilan aniq chizish qobiliyatiga, kompozitsiya tasavvuriga, ranglarni his qilish fazilatiga ega bo'lmog'i kerak. Aksariyat musavvirlar o'z ijodiy ishlarini umumiylikdan qismlarga bo'lib ishlashni afzal ko'rishadi. Ular buyum hajmini nazarda tutgan holda, rang ustida ish olib boradilar. Shundan so'ng tasvir rang uyg'unliklari va koloritini aniqlaydilar. Oxirgi bosqichni yana umumlashtirish bilan tugallaydilar. Asarning yaxlitligiga erishish uchun ortiqcha qismlari olib tashlash, kontrastni yumshatish, bosh g'oyani bo'rttirish kerak bo'ladi. Mashg' ulot jarayonida rangtasvir kompozitsiyasi ustida ketma-ketlik tartibida ishlash talab etiladi. Odatda, tekislik yuzasi maxsus qorishmalar yordamida gruntlanadi. Bunda turli guash, suvbo'yoq, tempera, moybo'yoq va hokazolardan foydalaniladi. Bo'yoqlar yuza tekisligiga turli kattalikdagi uchli, yapaloq, yumaloq va shu kabi boshqa shakldagi mo'yqalamlar yordamida surtiladi. Ba'zida buning uchun mastixin, pichoq, hatto barmoqlardan ham foydalaniladi. Biroq tasviriy san'at asarlarini yordamchi vositalar bilan emas, balki maxsus asboblarda yaratish afzalroqdir. Chizish texnikasi ko'pincha bo'yoqlar, eritgichlar va asboblaming mosligiga qarab tanlanadi. Rangtasvirdagi g'oya chiziqlar, shakllar yoki bo'yoqlarning mavhum birikmalarida emas, balki asarda qahramonning xulqi, ularning holati, gavda va qo'l harakatlari to'g'ri talqin etilsa, tasvir, jonli chiqadi va mazmundor badiiy obrazga aylanadi. Syujetning topilishi, har bir voqea, asarning zaruriy asosi hisoblanadi. Syujet ishtirok etuvchi shaxslarning miqdorini, joylashuvini, qiyofasini va hokazolarni belgilab beradi. Birgina mavzu turli syujetlarda ifoda etilgan bo'lishi mumkin.
Hayotiy voqealar tarixiy janr kompozitsiya olamida rassom tomonidan murakkab ijodiy tahlilidan o'tadi. Kompozitsiya qonunlariga amal qilib, tamoshabinga kartina mavzusini ochib berishga harakat qiladi.
Har bir san'at asarini yaratishda mazmun va g'oyaning asosiy yechimi eskizda o'z aksini topishi lozim.
Izlanish jarayonida kompozitsiyaga kerakli detallarni, predmetlarni aniqlab olish lozim, mavzuda sodir bo'layotgan voqeaning markaziy qismini topish kerak. Eskiz bajarish jarayonida yaxlitlik, masofa, keyinchalik, havo perspektivasi qonunlariga, asosiy va ikkinchi darajali guruh xususiyatlariga, kolorit tanlashga alohida ahamiyat berish o'rinlidir.
Kompozitsiya tuzilishini to'g'ri topish uchun naturadan odamlar guruhidan tezkor chizgilar, eskizlar bajarish zarur,
Ijodiy jarayonning yakuniy bosqichi (stadiyasi) — bu asami bir boshdan sinchiklab ko'rib chiqishdan iborat, bunda ko'p joylar o'zgartirilishi, nimadir
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 \ ISSUE 12 \ 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-315-322
yordamchi material bo'lib qolishi, nimadir chiqarib tashlanishi mumkin. Bu bosqich uchun rassom asarni to'laligicha yaxlit holda ko'ra olishi xarakterlidir. U kompozitsiyani yakuniy ishlab tugatish uchun nimalar qilishni, detallami ahamiyati qandayligini biladi.
Bu bosqichda asarni tugallash uchun alohida detallarni to'g'rilash, jilvirlash olib boriladi. Ba'zan kompozitsion tuzatish va qayta ishlash shunday asosli olib boriladiki, bu holatni haqli ravishda kartina yoki haykalning qayta tug'ilishi deb ham aytiladi.
XULOSA
Xullas, barcha bosqichlar bir-biri bilan chambarchas bog'langan, ular orasida qat'iy ketma-ketlik yoki chegara ham yo'q. Ba'zan bir vaqtning o'zida ikki yoki uch faza bir bo'lishi ham mumkin. Ba'zan ayrim qism qatnashmasligi ham mumkin. Ijodiy jarayonning uzun-qisqaligiga kartinaning g'oyaviy mazmuni bilan birga, xilma-xil tashqi shart-sharoitlar ham ta'sir ko'rsatadi. 4
REFERENCES
1. Kaлaнов.A.Ж Гpaфикa композицияси. укув кyллaнмa (бaкaлaвp йyнaлиши 1-боскич дaстypи aсосидa) Тошкент «info capital group» 2018
2. Egamov.A. Kompozitsiya asoslari 5-9 sinflar. "San'at" jurnali nashriyoti. Toshkent -2005
3. Aбдyллaев.C.A.. Рaнгтaсвиp aсapидa композиция мyaммолapи. услу6ий кyллaнмa. Тошкент-1994
4. XAITOV.E.X. KOMPOZITSIYA fanidan O'quv qo'llanma. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2019
5. Baxriyev I.S. (2021). PROBLEM EDUCATIONAL TECHNOLOGY IN TEACHING FINE ARTS LESSONS. Экономии и социум, 9(88), 33-35.
6. Baxriyev I.S. (2021). THE IMPORTANCE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN THE TEACHING OF FINE ARTS. Экономии и социум, 9(88), 28-32.
7. Baxriyev I.S, (2021). THE ROLE OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN TEACHING, Galaxy Internationa lnterdisciplinary Research Journal, 9(7), 63-66.
8. Baxriyev I.S. (2021). COMPOSITION AND IMPROVEMENT OF METHODOLOGY OF DESCRIPTION IN THE PROFESSIONAL TRAINING OF
4 E.X. XAITOV. KOMPOZITSIYA fanidan O'quv qo'llanma. Cho'lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2019
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 I ISSUE 12 I 2Ö21
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2Ö21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2Ö2Ö-21: Ö.89
DOI: 1Ö.24412/2181-1385-2Ö21-12-315-322
FUTURE FINE ART TEACHERS FOR PEDAGOGICAL ACTIVITY, Galaxy Internationa lnterdisciplinary Research Journal, 9(7), 60-62.
9. Bakhriyev I.S. (2020). 50 YEARS OF THE XX CENTURY THE DEVELOPMENT OF THE UZBEK LANDSCAPE GENRE. European journal and Reflection Sciences, 8(6), 62-64.
10. Bakhriev I. S., Ankabaev.R. T., Mahmudov M. J., & Irbutaeva M. T. (2020). THE ROLE AND SIGNIFICANCE OF THE LANDSCAPE GENRE IN THE FINE ARTS. EPRA International Journal of Research and Development (IJRD), 5(3), 423-424.
11. Bakhriev I.S., Sultanov Kh.E., Marasulova I.M., & Ankabaev R.T. (2020). The Need for Creation of a Cluster of Pedagogical Innovations in the System of Continuous Education. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(05), 6586-6591.
12. Бахpиев, И. (2020). Ривоятлаpнинг санъат асаpлаpидаги тyтган уpни ва унинг баpкамол ёшлаpни таpбиялашдаги ахдмияти. Academic Research in Educational Sciences, 1 (2), 286-295.
13. Султанов, Х. Э., Mаpасyлова, И. M., Mахмyдов, M. Ж., & Бахpиев, И. С. (2020). НА ПУТИ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ ИЗОБРАЗИТЕЛЬНОГО ИСКУССТВА В НЕПРЕРЫВНОМ ОБРАЗОВАНИИ: ИЗ ОПЫТА РАБОТЫ. Academic Research in Educational Sciences, 1 (4), 231-237.
14. Achilov, N. N., Baxriyev, I. S., & Mahmudov, M. J. (2020). MUHANDISLIK GRAFIKASIDA MULTIMEDIYANING TUTGAN O'RNI. Academic Research in Educational Sciences, 1(4), 639-646.
15. Baxriyev I.S. (2021). PROFESSIONAL PROFESSIONAL FINE ART TEACHERS THEORETICAL FUNDAMENTALS OF COMPOSITION IN PREPARATION. MyFаллим х,эм узликсиз билимлендиpу. Илимий-методикальщ жypнал. 3(2), 122125.
16. Baxriyev I.S. (2021). PROFESSIONAL PROFESSIONAL FINE ART TEACHERS TEACHING COMPOSITION IN PREPARATION STUDY OF THE PRACTICAL SITUATION. MyFаллим х,эм узликсиз билимлендиpу. Илимий-методикальщ жypнал. 3(2), 128-132.
17. Baxriyev I.S. (2020) STUDENTS IN HIGHER EDUCATION IN THE GENEALOGY WORK TRAINING AND PROFESSIONAL TRAINING STUDENTS IN HIGHER EDUCATION IN THE GENEALOGY WORK TRAINING AND PROFESSIONAL TRAINING, Мактаб ва ^аёт. ISSN 2010-5460. SPECIAL LAST №2, 25-26.
18. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). The use and importance of the three -dimensional features of the auto cad program in drawing projects in public schools.
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 12 | 2021
ISSN: 2181-1385
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-12-315-322
European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (3) Part II, 189192.
19. Achilov Nurbek Norboy o'g'li (2020). Pedagogical and psychological fundamentals of formation of space imagination and creative ability in students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (4), Part II, 38-40.
20. Xalimov, M.K., Achilov, N.N., Bekqulov, Q.Sh., Xo'jaqulov,E.E., & Ko'kiyev, B.B., (2020). CHIZMACHILIK VA CHIZMAGEOMETRIYA FANLARIDA BURCHAK TOPISHNING BAZI USULLARI. OH3HKA-MATEMATHKA OAH^APH ^ypHanu, 4(1), 47-52.
21. Raxmonov I., Valiyev A.N. Chizmachilik (chizmachilik fanida konstruksiyalash asoslari). -T., Voris-nashiryot, 2012.
22. Achilov Nurbek Norboy o'g'li, Bekqulov Qudrat Shaydulloyevich, Ko'kiyev Boburmirzo Baxodir o'g'li & Jumayev Isroil Omandovlat o'g'li (2020). Methods of developing creative abilities in children. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), Part II, 151-153.
23. Kukiev, B., O'g'li, A. N. N. & Shaydulloyevich, B. Q. (2019). Technology for creating images in autocad. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 7 (12), 49-54.
24. Valiyev A., Saydaliyev S., Mardov S. "Ko'rinishlar mavzusini o'qitish jarayonida o'quvchilarning fazoviy tasavvurini rivojlantirish "Xalq ta'limi" jurnali, 2013-yil 6- son, 90-bet.
25. Ro'ziyev E.I., Ashirboyev A.O. Muhandislik grafikasini o'qitish metodikasi. - T.: Fan va texnologiya, 2010.
26. Achilov, N. N. (2020). Maktablarda chizmachilik darslarini o'qitish metodlari va ularni tashkil qilish prinsiplari. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 280286.
27. Achilov, N. N. (2020). O'yinli texnologiyalardan foydalanib chizmachilik darslarida o'quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va dars samaradorligini oshirish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 49-60.
28. Achilov N.N. Develop students' spatial imagination by making simple cuts in drawing. MyFannuM x,9M Y3nyKCH3 GHnHMneHgupHy HnHMUHMeTOgHKanbi^ ^ypHanu №2 2020 ISSN 2181-7138