Научная статья на тему 'O’quvchilarni tasviriy san’atga qiziqtirish'

O’quvchilarni tasviriy san’atga qiziqtirish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
222
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
Avtoportret / reproduksiya / miniatyura / rangtasvir / viktorina / chaynvord / krosvord

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — A.O.Maxmudov, D.I.Sobirjonova

Ushbu maqolada tasviriy san’atda o’quvchilarning qiziqishlarini oshirishning bir qator yo’llari ochib berilgan. San’atning mohiyatini bolalar onggiga singdirish, qiziqarli bo’lgan san’at asarlari haqida suhbat va munozaralar o’tkazish kiritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’quvchilarni tasviriy san’atga qiziqtirish»

O'quvchilarni tasviriy san'atga qiziqtirish

A.O.Maxmudov D.I.Sobirjonova Andijon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada tasviriy san'atda o'quvchilarning qiziqishlarini oshirishning bir qator yo'llari ochib berilgan. San'atning mohiyatini bolalar onggiga singdirish, qiziqarli bo'lgan san'at asarlari haqida suhbat va munozaralar o'tkazish kiritilgan.

Kalit so'zlar: Avtoportret, reproduksiya, miniatyura, rangtasvir, viktorina, chaynvord, krosvord

Getting students interested in visual arts

A.O.Makhmudov D.I.Sobirjonova Andijan State Pedagogical Institute

Abstract: This article reveals a number of ways to increase students' interests in visual arts. Inculcation of the essence of art in the mind of children, conversations and discussions about interesting works of art are included.

Keywords: Self-portrait, reproduction, miniature, coloring, quiz, chainword, crossword

Tasviriy san'atda uning rangtasvir va grafika tushunchalari mavjud bo'lib, ular bir-biridan ishlanish yo'llari hamda uslublari, tasviriy vositalari bilan farqlanib turadi. Rang inson hayotida muhim ahamiyat kasb etuvchi hodisadir. U turli vaziyatlarda odamga har xil ta'sir etadi. Shuning uchun biz ayrim paytlarda ranglarni «quvonchli» va kayfiyatimizni tushkunligini ifoda etish mumkin bo'lgan «xira» deb atashimiz bejiz emas. Inson qadimgi paytlardanoq rangning ana shunday xususiyatlarini hisobga olib, o'z faoliyatida unumli foydalanib kelganligi ma'lum. Ayniqsa, shunday vosita sifatida rassomlar undan ustalik bilan foydalanganlar. Asarlariga har xil ranglar bilan jilo berib, odamlar kayfiyatiga turlicha ta'sir etib fikrlar uyg'otadigan tasvirlar yaratishga erishganlar. Shuning uchun tasviriy san'atning juda ko'p turlari va janrlarida rang hamda uni ishlata bilish juda qudratli ekanligi ma'lum bo'lib, haqiqatlardan eng asosiysi desak to'g'ri bo'ladi. Shuning uchun qadimdan qalamtasvir chizishga rangtasvirning asosi sifatida qarash shakllangan. Ammo rang

xususiyatlarini yaxshi bilish har bir tasvir chizishni o'rganuvchi uchun juda ahamiyatlidir.

Maktab fizika kursidan ma'lumki ranglarning deyarli hammasi spektming asosiy uch rangini qo'shish orqali olinadi. Ular qizil, sariq, zangori ranglardir. Bular asosiy ranglar deb ataladi. Asosiy ranglarni qo'shish orqali qo'shimcha ranglar olinadi. Masalan, qizil va zangorini qo'shish orqali binafsha, qizil va sariqni qo'shish orqali zarg'aldoq, sariq va zangorini qo'shish orqali esa yashil ranglarni hosil qilish mumkin.

Natyurmort (lug'aviy ma'nosi- jonsiz tabiat) haqida odatda, sabzavot - mevalar, gullar, qotirilgan ilvasinlar, (mulyaj) uy ro'zgor buyumlarni tasvirni ko'zda tutadilar.

Lekin natyurmortda jonsiz tabiat tasvirlanganiga qaramay, matoda jonli hayot nafasini sezamiz. Natyurmort kompozitsiyasini ma'noli va ta'sirchan chiqishi uchun yagona mavzudagi bir - biriga munosib va mos narsalar tabiiy bog'lanishda qo'yilishi kerak. Qo'yilgan natyurmort kishida , qiziqish va rasm chizishga havas xissini uyg'otadigan bo'lishi va albatta kompozitsiya talablariga javob beradigan bo'lishi lozim. Natyurmort tarkibiga kiradigan narsalar estetik ta 'sirchanlik talablariga javob beradigan, shakli, xajmi, materiali, sirti (fakturasi) rang va och - to'qligi (tus) bilan bir - biridan farq qilishi kerak.

Masalan, katta chelak yoniga quyilgan gugurt qutichasini ko'z ilg'amaydi, chunki ular o'rtasida uzviy bog'lanish sezilmaydi. Tanlab olingan narsalarni predmet tekisligida bir -biriga nisbatan qanday joylashtirilishi natyurmortni qiziqarli chiqishiga ta'sir etadi.

- Sharden, Surbaran, Kalf, Snayders Q.Korovin, I.Mashkov, P.Konchalovskiy va boshqa natyurmortnafis rassomlar asarlarida hayotiy xaqiqatni, matoda jonlangan tabiatni ko'ramiz.

Shardenning «piyozli natryumorti» da stol ustidagi ko'k piyozni cho'ziq shakli sur'at kompozitsiyasini cho'ziq bo'lishiga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin

Shakli jixatdan unda zid narsalar izlab, Sharden sharsimon olmalarni, ovalsimon tuxumlarni va ro'zgorda zarur bo'lgan buyumlarni, mis, qo'goz, sopol va shisha idishlarni tanlagan.

Rassom ataylab shakl o'lchami, materiali bir - biridan farq qiladigan narsalar tanlashda tabiatli juda xos, narsalarning rang- barang va turli - tumanligi qiyos qilgan. Bir qarashda bu natyurmort mazmun jahatidan, sodda ko'rinadi. Rassom turmushda zarur narsalardan bir nechasini olgan halos, Mazmunan bir - biriga monand tanlab olganidan keyin, ulardan shunday bir yaxlit guruh tashkil kilish kerakki, u kishida qiziqish uyg'otsin, diqqatini o'ziga tortib, albatta uning tasvirini yaratish ishtiyoqini hosil qilsin.

Sharden natyumort tuzish tanlagan narsalar mis qozon, sopol cho'mich, yashil ragli shisha idish, ko'k piyoz, ikkita olma va ikkita tuxumdan iborat.

Bular ulkan mo'yqalam sohibining yuksak talanti, tabiatning boyligini ko'ra olishi va to'gri idrok qila olishini natijasidir.

Natyurmortning kompozitsion muayyanligi uni tabiiyligidir. Shuning uchun natryumort tuzish, uni o'rnatish, vaqtida yaxlitlikka e'tibor berib, nihoyasiga etkazishga xarakat qilish lozim.

Buning uchun esa klassik na'munalarni kunlab tahlil qilib, u yoki bu asar insonga nima uchun shunchalik ta'sir etadi, zavqini keltiradi, degan savollarga javob izlash foydalidir. Natyurmortning manzara yoki interyerga nisbatan afzalligi yana shundaki, uni qo'yib olgandan keyin bir necha kun joyidan qo'zgatmasdan har -xil qarash nuqtalaridan qayta - qayta tasvirlash mumkun.

Natyurmortning atrofimizdagi tabiatdan farqi shundaki, uni inson ijod kilish yoki o'rganish maqsadida o'zi yana tuzadi, tafakkuri bilan barpo etadi.

O'quv natyurmortning kompozitsiyasi bir tomondan estetik talablariga, ikkinchi tomondan ta'limning didaktik talablariga javob berish kerak

Natyurmort qo'yilmasi puxta va uzoq vaqt o'ylab, mulohaza qilib tashkil etiladi. Unga ko'p narsa kirtilmasada predmedlarning shakl va ranglari har - xil bo'lishiga e'tibor berish kerak

Silliq yaltiroq sirtli idishni, sirti jilvasiz narsa bilan, qirrali buyumni dumaloq shakl bilan yonma - yon qo'yilsa, ularni taqqosslash va sinchiklab o'rganish uchun imkoniyat tug'iladi.

Natyurmortning asosiy talablaridan biri o'lcham, rang va fon jihatidan ajralib turishi, xamda surat teksligining markaziga yaqin joyga qo'ya bilishdir.

Bu surat mazmunini ochishda, so'zboshlovchi vazifasini o'taydi, kompozitsiyaning markazini bo'rttirib ko'rsatib beradi. Ko'pincha rassomlar asosiy predmaetni ataylab markazdan sal siljitib qo'yadilarda muvozanatni saklash uchun qarama - qarshi tomonda rang va och to'qligi unga zid bo'lgan peredmet oladilar.

Atoqli natyurmort nafislar Sezan, Sharden, Xrunskiylar bu usuldan unumli foydalanganlar, natyurmort janrida O'zbekistonlik rassomlardan S. Kolibanov, Yu. Elizarov, R. Axmedov kabilar o'z asarlarida tabiatni beqiyos boyligini milliy ruxda jozibali tarannum etdilar.

O'quv natyurmortining muhim tomonlaridan yana biri shundaki tasvirlanayottgan narsalarning fazoviy joylashishidir. Qo'yilmaga kiradigan narsalardan kattasi orqaroqda, maydalari oldinroqda, biri ikkinchisining va asosiy narsani bir oz berkitib turadigan qilib qo'yiladi. Natyurmortdagi narsalarni mazmunan bir-biriga bog'lash maqsadida unga cho'ziqroq shaklidagi narsa kiritiladi.

Tabiatdagi narsalarning aniq rangini belgilab ko'rsatadigan tayyor bo'yoqlar mavjud emas. Ammo, yetuk rassom ranglarning o'zaro ta'siri va ko'rinish holatlarini idrok etib, ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda har qanday narsani ham aks ettira oladi. Tasvirda shunday joziba va hayotiy haqiqatga erishish uchun rassomga

ranglar nisbatini bilishi, ranglar orasida qandaydir bitta rangning turli xil tovlanishini hisobga olib ishlata olishiga yordam bergan. Masalan, olov rang qizilni kuchliroq yonadigan qilib tasvirlash uchun shu rang atrofidagi narsalarning soyasini ko'kimtir, havorang, yashil, zangori tuslarda beriladi. Tasvir bilan chizilayotgan narsa, holat o'rtasida to'la o'xshashlik bo'lishi uchun ularning rang nisbatlarida ham o'xshashlik bo'lishi shart. Bunga erishish uchun rangshunoslik fanining asoslarini chuqur o'rganishi va bilishi kerak. Har xil bo'yoqlar bilan (akvarel, guash moybo'yoq) naturmortlarni tasvirlash uchun yuqorida qayd etilgan tajribalarni o'tkazib ko'rish, bo'yoqlar texnologiyasi xususiyatlarini yaxshi bilish, ularni ishlatish usullarini o'zlashtirish uchun ko'plab mashqlar bajarish tavsiya etiladi.

Tasviriy san'at darslarining muvaffaqiyati ko'p jihatdan bolalarni fanga bo'lgan kiziqishlarini shakllantirish va doimiy ravishda uni oshirib borishga bog'liq. Fanga qiziqishi bo'lmagan boladan yaxshi natija kutib bo'lmaydi. SHuningdek, o'quvchi darsdan birorta natijani ongli ravishda olganida hamda unga ega bo'lishga ishonch hosil qilgandagina fanga kizikish paydo bo'ladi.

Bolalar o'z tasviriy faoliyatlarida sof, mazmunli rasmlar ishlashga qiziqadilar. Bunga bolalarni afsonaviy mavzudagi asarlarning mazmuni, katta tezliqdagi va turli shakldagi raketalar, boshqa planetalardagi qaytarilmas ko'rinish va mavjudotlar, ularning transport vositalari, tog'lar, o'simlik va daraxtlar ilhomlantiradi.

Ayniqsa, fazodagi g'ayri tabiiy, aql bovar qilmaydigan ranglar bolalarni hayratgasoladi. Ayniqsa devlar, kentavrlar, suvparilari, ajdarlar va boshka shu kabi afsonaviy xayvonlar hayotidan olingan rasm va haykallar ishlash kompozitsiya mashg'ulotlarida yaxshi natija beradi.

Musika asboblari hisoblangan doira rubob, tambur, dutor, surnay, nay va boshqalar, natyurmortlar uchun yaxshi material bo'lib xizmat kilishi mumkin. [2]

Dekorativ kompozitsiya mashg'ulotlarida xontaxta, gilam, quticha, avtomobilni yangi markasi v.b. uchun eskizlar ishlash bolalarda katta kizikish orttiradi.

Shuningdek, hayoldan va tasavvurdan rasm ishlash mashg'ulotlarida «Buvim», «Eng yaxshi ko'rgan o'qituvchim», «Onam», «Mening do'stimni portreti», «Avtoportret» kabi mavzularda rasmlar ishlatish ham o'quvchilarning fanga bo'lgan kiziqishlarini oshirishga xizmat qiladi. Ular o'zlari sevgan kishilarning rasmlarini asliga o'xshatishga harakat kiladilar. Erishgan yutuq va ish natijalaridan esa zavklanadilar.

Shuni ham kayd qilib o'tish lozimki, o'quvchilarning qiziqishlarini oshirish maqsad kilib qo'yilar ekan, mavzular tanlashga bir yoklama qarash yaramaydi. Bunda asosiy e'tiborni faqat mavzularning va chizdiriladigan narsalarning, nakshlarning qizikarli bo'lishiga emas, bu materiallarning bolalarning idrokiga, tasviriy imkoniyatlariga, qobiliyatlariga mosligiga ham qaratmoq zarur.

O'quvchilarning qiziqishini oshirishda san'at asarlari reproduksiyalarini ko'rsatishni ahmiyati katta. Retsroduksiyani bolalarga shunchaki ko'rsatish, uning mazmunini tahlil qilish bilan chegaralanib qolmay, asarning yaratilish tarixi, asar xakida yirik olim, rassomlarning aytgan fikrlarini bolalarga etkazish muhimdir. Avvalo ko'rsatiladigan asarlar o'z mazmuni va yaratilish tarixiga ko'ra qiziqarli bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, bunday asarlar qatoriga I.Repinning «Ivan Grozniy va uning o'g'li Ivan», V.Perovning «Ovchilar manzilgoxda», Leonardo da Vinchining «Monna Liza. Jakonda» asarlari, T.Muxammedovning «Xo'ja Nasriddinning sarguzashtlari» nomli kitobga ishlangan illyustratsiyalari, K.Bryulovning «Pompeyning so'nggi kuni» kabilarni kiritish mumkin. Samarqand, Buxoro, Xiva me'morchiligi yodgorliklari ham suhbat darslari uchun qizikarli material bo'lishi mumkin. [3]

O'quvchilarni fanga qiziqtirishda mashg'ulotlarni o'yin va capguzasht tarzida tashkil etish katta ahamiyatga ega. Qiziqtirishni bunday shaklining quyidagi yo'llari mavjud: [4]

1. Tasviriy, amaliy va me'morchilik san'atiga oid chaynvord, krossvord, viktorinalar, testlar ishlatish. Bular musobaqa, individual tarzda bo'lishi mumkin.

i 11

Nri

nrl

G-krossvordi (Gorizontal bo'yicha)

1. Rus rassomi. 2. O'zbekiston rassomi. 3 Nemis shoiri va san'atshunosi. 4. Fransuz rassomi. 5. Rus rassomi 6. Italiya rassomi. 7. O'zbekiston haykaltaroshi. 8. Rus haykaltaroshi.

7 11

10

1 8 9 12

3 6 13 14

2 5

4

San'at krossvordi (vertikal bo'yicha)

Tasviriy san'atga doir ushbu krassvordni echsangiz gorizontal qatorda qaysi harf bilan boshlansa, o'sha harf bilan tugallanadigan san'at turini o'qiysiz. Siz topadigan harflar ham kaysi harf bilan boshlansa, shu so'zlar bilan tugallanishi lozim.

1. Amaliy san'at turi.

2. Mikelanjelo asari. 3 Rus rassomi.

4. O'zbek rassomi.

5. Rus haykaltaroshi.

6. Amaliy san'at ustasining kasblaridan biri.

7. O'zbek rassomi. 8.O'zbek rassomi.

9. Rassomni ishlatadigan materiali.

10. Rassomning ish quroli.

11. Amaliy san'atda ishlatiladigan devoriy bezak.

12.Tasviriy san'atdagi oqim.

13. Naqshturi.

14. Amaliy san'atda nusxa ko'chirishda ishlatiladigan atama.

Natijada bolalarni san'atning turlariga bo'lgan hurmat va qiziqishlari oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Xasanov. R. Maktabda tasviriy san'at mashg'ulotlarini takomillashtirish yo'llari. - Toshkent "O'qituvchi" 1996 y

2. Boymetov. B, Tolipov. N. Maktabda tasviriy san'at to'garagi. T, 1995 y

3. Boymetov.B Tolipov N "Maktabda tasviriy san'at to'garagi' Tosh 1995

4. Komenskiy Ya A " Velikaya didaktika" Izobr ped soch Moskva :Uchpedgiz

1995

5. Ahmedova X. va boshqalar. Bolangiz maktaga tayyormi?-T.: 2000.

6. Raxim Xasanov, Xoshimterdi Egamov "Tasviriy san'atdan dars ishlanmalari" Toshkent - 2003 yil.

7. S. F. Abdirasilov "Tasiriy san'at o'qitish metodikasi" Toshkent-2012 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.