RAHBARLARNING BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH VA
IJROSINI TA'MINLASH
Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiev Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Mazkur maqolada boshqaruv faoliyatida boshqaruvchi rahbarlarning qarorlar qabul qilishi, uning ijrosini ta'minlashi, shu bilan birgalikda qaror qabul qilish hamda uning bajarilishidagi e'tiborli omillari va jihatlari haqida ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: qaror qabul qilmoq, tadbiq etish, amaliy ijro, boshqaruv, reja, faoliyat, yechim, muammo, vaqt
ENSURING ADOPTION AND IMPLEMENTATION OF MANAGEMENT
DECISIONS BY LEADERS
Shahbozkhon Abdusamad oglu Mardiev Supervisor: Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article provides information about decision-making by managers in management activities, ensuring its implementation, as well as important factors and aspects of decision-making and its implementation.
Keywords: decision making, implementation, implementation, management, plan, activity, solution, problem, time
Vaqt o'gani sayin inson ijtimoiy hayotiga aloqador barcha soha rahbarlari endi shunchaki kursida o'tirib, yuklangan vazifalarning bajarilishini nazorat qilib ish vaqtini o'kazish naf bermasligini anglashmoqda. Prizidentimiz ta'kidlaganlaridek, endilikda ular o'z xonalaridan chiqqan holda tegishli soha bo'yicha muammolarni joyida bartaraf etishlari lozim. Muammolar esa o'z-o'zidan paydo bo'lib qolmaydi. Sabablar turlicha bo'lishi mumkin. Ammo asos rahbariyatga borib taqaladi. Chunki chiqarilgan qonunlar, qarorlar, beriladigan topshiriqlar va ularning ijrosini ta'minlash boshqaruv jarayonidagi rahbarlarning zimmasida bo'ladi. Shuning uchun har bir rahbar va xodimlar vakolati doirasidagi vazifalariga funksional hamda sidqidildan yondashishlari zarur. Gap shundaki ba'zi rahbarlarning faoliyati davomidagi
chiqargan qarorlarining hayotga tadbiq qilishda muammolar vujudga keladi. Ular bir yoqlama fikrlab qabul qilgan qarorlari makon-zamon eng muhim inson manfaatiga xizmat qilishida to'siqlarga duch keladi. Aynan rahbarlarni qaror qabul qilishiga urg'u berishimizga sabab shundaki, har tomonlama puxta ishlab chiqilgan qarorning ijrosi ham kutilganidek bo'ladi. Boshqaruvda rahbarlik faoliyatining asosiy omillaridan biri boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ijrosini ta'minlashdir. Shu o'rinda qarorning o'zi nima? uning tashkilot yoki muassasa faoliyatidagi o'rni qanday degan savol tug'iladi
Qaror - natija, nimadandir xulosa chiqarmoq, qaror qilmoq, hukm; qaror qilmoq
- fikrlab biron-bir xulosaga kelmoq, muayyan xatti-harakat qilish zaruriyati; nimadir haqida hukm chiqarmoq; hisob-kitob qilish natijasida izlangan narsani aniqlash; qarorga erishmoq - fikrlash, shubhalanish, ikkilanishlardan keyin xatti-harakatning qandaydir uslubini tanlash; nimadir qilishga jur'at etish.
Qaror - maqsadga erishish uchun birgalikda faoliyat yuritish, muvofiqlashtirish va rag'batlantirishni amalga oshirish yo'li aks etgan direktiv hujjat. Qaror boshqaruv organi yoki rahbarning shunday hujjatidirki, unda nafaqat maqsad belgilanadi, balki qator vazifalar shakllantirilgan, bajarilish muddati ko'rsatilgan, ijrochilar ko'zda tutilib, resurslar (mehnat, moddiy, moliyaviy,) ajratilgan, javobgarlik belgilangan bo'ladi.[1:20,21]
Demak, boshqaruv qarorlari faoliyatning qiyosiy rejasidir. Qabul qilingan qaror qanchalik aniq bo'lsa, shunchalik samarali bo'ladi. Aniqligi bajariladigan vazifalar, ularni kim va qanday bajarishi, amalga oshirish davomida qancha moddiyat talab qilinishi keltirilgan bo'ladi. Eng asosiysi qaror ijrosi to'la ta'minlansa, sohaga va insonlarga qanchalik foyda bo'lishi har jihatdan amaliy foydalilik tomoni tasniflanishidir.
Boshqaruvda qaror qabul qilish - tizimlashgan jarayon. Masuliyatli rahbar qaror qilishda faqat o'zi uchun emas, balki tashkilot uchun ham, jamoa uchun ham harakat yo'nalishini tanlaydi. Qabul qilingan boshqaruv qarori insonlar hayotiga ta'sir ko'rsatadi. Qaror - boshqaruv faoliyati mahsuli. Qarorni ishlab chiqish va qabul qilish
- boshqaruv faoliyatining asosiy shakli bo'lib, unda rahbar faoliyati jamoani, korxonani strategik maqsad sari yo'naltiradi. [2:57;58]
Barcha rahbarlar aniq, foydali va samarali qaror qabul qilinishi tarafdori bo'lishadilar. Lekin hamma jarayonlar kabi boshqaruvda ham amaliy ijrogacha qaror qabul qilishning avvalida sohaviy hamda kasbiy muaommolar vujudga keladi. Bu muammolar sohaga oid oldingi qarorlarning bajarilmay qolgan qismi, turli sabablar yoki javobgar ma'sullarning ma'suliyatsizligi oqibatlari hisoblanadi. Rahbarlar qaror qabul qilishdagi tugunli holatlar ham shunda. Sohaning rivojlanishi va oldingi muammolarni ham to'g'irlash uchun muqobil qaror qabul qilish katta bilim va tajriba talab qiladi.
Rahbar barcha muammolarni bir qatorda hal qilishni rejalashtirmasdan ularning ichidan eng muhim va ahamyatlilarini ajratib olishi kerak.
Muvoffaqiyatli qarorning mezonlarining belgilashda ikki turdagi - "biz qilishimiz kerak" va "biz istaymiz" qabilida mezonlar tanlab olinadi. Ikkinchi holda istalgan maqsadlar ko'rib chiqiladi qarorlar qabul qilish jarayoni quyidagi bosqichlardan tashkil topadi.
• muqobillarini ishlab chiqish;
• muqobillarini baholash;
• muqobillarini tanlab olish. [2:112]
Aytilganidek muhim, hal etilishi kerak bo'lgan muammolar tanlanishi va soha rivoji uchun qaror qabul qilinishi zarur. Ammo ayrim rahbarlar mavjud muammolarni ko'ra bila turib ko'p hollarda ularni yechishga harakat qilmaydilar. Aksincha qaysidir sohaga rahbar bo'lishgandan so'ng yangicha (tushunarsiz) qarorlar qabul qiladilar. Bu esa noo'rin harakatlardir. Bunaqa holatlarni qanday tushunish kerak? Rahbarlarda sohaga oid bilimlarning yetishmasligimi yoki erinchoqlik. Har qanday vaziyatda ham yechim topiladi. Rahbarlar ham qaror qabul qilishda har tomonlama o'ylab, soha vakillarining, xodimlarining, vaziyat taqozo etsa aholi fikri bilan qiziqishi kerak. Shunday qilishi qarorning amaliyotdagi samara va foydasini yanada kuchaytiradi.
Boshqaruv qarorlari, yuqoridagilardan kelib chiqqan holda turli alomatlar va yo'nalishlar bo'yicha tasniflanadi. Misol tariqasida qaror qabul qilgan shaxs yoki guruhlar, bajarilish davri, tashkilot ichki va tashqi yo'nalishi hamda ijroning ta'minlanishini keltiramiz. Bulardan asosiysi qabul qilingan qarorning ijrosidir. Chunki boshqaruv jarayonidagi rahbarlik faoliyatini me'yorlab turuvchi eng kerakli ikki jihatlar, qaror qabul qilish hamda uning ijrosini ta'minlashdir.
Qarorni ijrosi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
• Qarorni bajarilishini tashkil qilish;
• Qarorni bajarilishi ustidan nazorat o'rnatish;
• Qarorni bajarish bo'yicha faoliyatni baholash. [3:116]
Qaror ijrosini tashkil qilishda rahbarlar ko'p e'tiborli omillarni hisobga olishlari zarur. Bular qarorni bajaradiganlarning vakolatlari, majburiyatlari, qobiliyatlaridan samarali foydalanish hamda munosabatlar va manfaatlarni muvofíqlashtirishdir. Birinchi navbatda boshqaruvchi sifatida xodimlarni kasbiy tomondan undashi kerak. Bajarishning esa eng maqul usullaridan foydalanishini tartibga solib turishi kerak.
Ilmiy adabiyotlarda boshqaruv qarorlarini hayotga tadbiq etish jarayonining boshlang'ich bosqichiga xos umumiy kamchiliklar ko'rsatilgan. Bular quyidagilardan iborat:
o pirovard maqsadlardan uzoqlashish:
o boshqaruvning ko'p sonli uslublarini almashtirib yuborish
o jamoada avval boshdanaq kelishuvga erishush choralarining ko'rilmasligi;
o harakatlar turli yo'nalishlarda va haddan tashqari tez amalga oshirilishi; o axborot almashinuvining yomon yo'lga qo'yilganligi; [4:76] Qaror bajarilishida kuzatiladigan eng katta xato deb tariflashga arziydigan holat qarorni bajarishdan ko'zlangan maqsadni unitib qo'yishdir. Gap shundaki ba'zi rahbarlar va xodimlarning qarorlar amaliy ijrosiga yuzaki yondashishlar kuzatiladi. Ularga yuklatilgan vazifani shunchaki ish vaqtini o'tkazish uchun bajarishadi yoki boshqa hamkasbiga, xodimiga yo'naltirib yuborishadi. Aksincha ayrimlarning esa ishga haddan tashqari kirishib ketishlari ham mumkin. Bunaqa paytda jismoniy va ruhiy zo'riqish va ishdan zerikish vujudga keladi. Vazifaviy va komunikatsion muhit buziladi. Ya'ni ishga layoqatlilik darajasi hamda axborot almashinuvi pasayadi. Kutilgan natijaga erishishda ichki va tashqi axborot almashinuvi ham juda muhim jihat. Chunki rahbarlarning qaror ijrosi bo'yicha barcha voqea hodisalardan to'la xabardorligi jarayon ustidan nazorat o'rnatishlariga imkon beradi. Nazorat esa moddiy va ma'naviy imkoniyatlarning noto'g'ri sarflanishining oldini oladi. Nazorat faqatgina imkoniyatlar sarfi bilan cheklanib qolmasligi zarur. Qaror bajarilishi uchun o'lchovli vaqt belgilash har doim ham samarali emas. Ammo vaqt masalasi ijro mezoni vazifasini bajarishi lozim. Xodimlar tezroq natija ko'rsatish uchun ba'zi jihatlarni e'tiborsiz qoldirishmasliklarining rahbarlar tomonidan nazorat qilinishi nazarda tutilyotgan mezon aslida shudir. Qaror bajarilishi uchun safarbar qilingan xodimlarning qaror ijrosi davridagi faoliyatining mavjud qonunlar va me'yoriy hujjatlarga zid emasligi hamda harakatlar aniqligini ham rahbarlar nazorat qilib turishlari kerak. Ayrim xodimlar qarorning bajarilishida qiyinchilikdan qochib oson usullardan foydalanmoqchi bo'lishadi. Bu o'z navbatida to'g'ri yo'l. Qachonki, bu usullar samarali bo'lsagina to'g'ridir. Biroq ortiqcha aqliy, jismoniy mehnat va vaqt sarf etilsa, samaradorlik ko'rsatkichlari kutilgan natijani bermasa, bunday usullar va harakatlardan foydalanmaslik maqul. Harakatlar aniqligini nazorat qilish esa rahbarlardan jamoaning, o'zining faoliyat davomidagi harakatlarini doimiy baholab borishni talab etadi.
Qarorlarni hayotga tadbiq etish ko'rsatkichlari va baholash mezonlari turli qarorlar uchun turlicha bo'ladi. Masalan, boshqaruv qarorlarining ijrosini qandaydir qat'iy andozalar yoki aniq belgilangan madaniy-siyosiy namunalar asosida baholab bo'lmaydi. Boshqaruv qarorlarining natijalari, ayniqsa, strategik qarorlarning natijalarini baholashda miqdoriy baholar bilan cheklanib bo'lmaydi, garchi miqdoriy ko'rsatkichlar iqtisodiy va sotsial siyosat hamda boshqa davlat dasturlarini amalga oshirish natijalarining muhim o'lchovi bo'lib xizmat qilsa ham. [5:84]
Doimiy baholash, xatolarni tuzatish va muammolarga yechim topish imkonini beradi. To'g'ri baholangan va tahlil qilingan xatti-harakatlar xato qilish va muammolargacha yetib bormaydi. O'z o'rnida baholash ham bir tomonlama
bo'lmasligi kerak. Harakatlar va natijalami muvofiqlashtirishlari shart. Eng kerakli mezon esa nazorat hamda baholashni uyg'unlashtira olishlaridir.
Umuman olganda qaror qabul qilish va uning ijrosini ta'minlashda umumumiy to'sqinlik qiluvchi xususiyatlar mavjud:
■ arim boshqaruvchilarda qaror qabul qilish hamda uni amalga oshirish bo'yicha bilim yoki tajribaning yetishmasligi;
■ qaror qabul qilishga va uni amalga oshirishga yordam beruvchi eng qulay va zamonaviy usullardan foydalanmaslik;
■ yetarlicha ma'lumotga ega bo'lmasdan qaror qabul qilish;
■ qarorni amalga oshirishga xodimlarni yo'naltirishda keraksiz usullar;
■ qarorni amalga oshirishda nazoratning sustligi;
Qarorlar qabul qilishda qo'yiladigan texnologiyalar va mexanizmlar quyidagilarga bevosita bog'liq:
1) sifat jihatdan muayyan ko'rinishga va shaklga ega jarayonlar;
2) ushbu jarayonlarning o'ziga xos xususiyatlari;
3) mazkur jarayonlar kechayotgan soha;
4) bu jarayonlarda ishtirok etayotgan subyektlar;
5) turg'un shart-sharoitlar va boshqa omillar.
Shundan kelib chiqib, xususiy sektorda (alohida muassasalar darajasida), ommaviy munosabatlarda ("uchinchi" sektor nomini olgan fuqarolik institutlari) va davlat boshqaruvida qarorlar qabul qilishning o'ziga xos xususiyatlari farqlanadi. [6:40;41]
Albatta, qabul qilingan qaror qaysi sohaga oidligi muhim. Shuningdek, sohadagi ahvol va shart-sharoitlar ham. Chunki sohani va sohadagi muammolar, kamchiliklarni obyekt sifatida olsak, unga nisbatan subyektiv jihatdan rahbarlar nima uchun qaror qabul qilyotganliklarini hamda qarorlarni amalga oshirishni bilishlari shart. Ta'kidlanganidek, turli sohalar hamda turli bog'inlardagi rahbarliklar farqlangani kabi ularga oid qarorlarni qabul qilish ham farqlanadi. Masalan iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi qarorlarning qabul qilinishi bunga yaqqol misol bo'ladi. Aniqroq qilib aytganda bir-biriga uzviy bog'liq bu sohalarga oid qarorlar yuqorida keltirilgan har uchala (xususiy sektor, ommaviy sektor va davlat boshqaruvi) miqyosda ham qabul qilinadi. Qarorlar qabul qilinishi hamda ularning bajarilishida rahbar-xodimlarning funksional vazifalari yuzaga chiqadi. Chunki qaysidir bo'g'in yoki tarmoqqa nisbatan qaror qabul qiluvchi rahbar, o'zidan yuqori turuvchi vakolatli organ va tashkilotlar uchun qaror ijrosini ta'minlovchi xodim vazifasini bajaradi.
Iqtisodiy sohaning ishlab chiqarish, xizmat ko'rsatish kabi yo'nalishlari rahbarlari yoki tadbirkorlarning qaror qabul qilishlari asosan foyda uchun bo'lib, qarorlar shu korxona, tashkilot shart-sharoitidan kelib chiqib, manfaatlariga xizmat
qilish uchun qabul qilinsada, bu qarorlar ham davlat boshqaruvining shu sohaga oid qarorlar ijrosi negizida shakllana bo'ladi.
Ijtimoiy-madaniy sohada ham shunday vazifaviy bog'liqlik takrorlanadi. Masalan madaniyat sohasiga oid aholining bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazish va ularni madaniyat va san'atga qiziqishlarini orttirish to'g'risida qaror qabul qilinsa, mahalliy madiyat bo'limlari hamda madaniayat markazlari rahbarlari bu qarorning ijrosini ta'minlash uchun o'z imkoniyatlari hamda shu hududda yashovchi aholining qiziqishlarini inobatga olgan holda qarorlar qabul qiladi, xodimlariga topshiriqlar beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Xolov A. Boshqaruv qarorlari qabul qilishning nazariy konseptsiyalari // -Toshkent: "Akademiya", 2013, - 232 bet
2. Xolov A. Boshqaruv qarorlari ijrosini ta'minlashda rahbar ma'suliyati // -Toshkent: "Akademiya", 2013, - 232 bet
3. Haydarov A. Madaniyat va san'at sohasini boshqarish asoslari. O'quv qo'llanma // Toshkent. -"Kamalak" nashriyoti, 2019. 192 bet
4. O'sha manba
5. Xolov A. Boshqaruv qarorlari ijrosini ta'minlashda rahbar ma'suliyati // -Toshkent: "Akademiya", 2013, - 232 bet
6. O'sha manba
7. Xolov A. Boshqaruv qarorlari qabul qilishning nazariy konseptsiyalari // -Toshkent: "Akademiya", 2013, - 124 bet