RAHBAR FAOLIYATIDA BOSHQARUV QARORLARINI QABUL QILISH
TAMOYILLARINI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSUSIYATLARI
Nazarov Azamat Sattarovich
O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada rahbar faoliyatida boshqaruv qarorlarini qabul qilish darajalari va bosqichlarini ijtimoiy-psixologik xusususiyatlari tahlil etilgan. Qaror qabul qilish jarayonining psixologik jihatini bilish mavjud bosqichlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. Gap shundaki, to'g'ri qaror qabul qilish va uni samarali ravishda joriy etish uchun rahbar psixologik jihatdan ham ma 'lum amallarga rioya qilishi kerak. Bu tadbirning asosiy mazmuni shundan iboratki, rahbar muammoli vaziyat haqida ma'lumot yig'ar ekan, muammo haqida birlamchi tasavvur -informasion model yarata boshlaydi. Bu modelning haqiqatga va mavjud vaziyatga qanchalik mosligi olinayotgan ma'lumotning to'la-to'kisligi, har tomonlamaligiga bog 'liq.
Kalit so'zlar: boshqaruv, qaror qabul qilish, boshqaruv qarorlari, shaxs, personal, rahbar, menejment, qaror qabul qilish bosqichlari.
ABSTRACT
The article analyzes the socio-psychological characteristics of the levels and stages of management decision-making in the activities of the leader. Knowing the psychological aspect of the decision-making process allows for more effective implementation of existing steps. The point is, in order to make the right decision and implement it effectively, a leader must follow certain psychological steps. The essence of this event is that as the leader gathers information about the problem situation, he begins to create a basic idea of the problem - an information model. The completeness and comprehensiveness of the information obtained depends on the accuracy of the model and the current situation.
Keywords: management, decision making, management decisions, person, staff, leader, management, decision making stages.
Zamonaviy boshqaruvda qarorlarni to'g'ri tayyorlash va qabul qilish ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-psixologik va iqtisodiy hayotning barcha sohalarida boshqaruv samaradorligiga erishish ikoniyatini yaratadi.
Boshqarnv qarorlari qabul qilish jarayoni yuqori malaka va amaliy ish tajribasini talab qiluvchi mehnat faoliyatining alohida turidir. Odatda, boshqaruv qarorlari qabul qilish biron-bir maqsadga yo'naltirilgan bo'lib, ma'lum qoida, aniq harakatlar doirasida amalga oshiriladi.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida ko'p omillilik tamoyili kuchga kiradi. Shunday omillardan biri shaxsiy kompetentli omil hisoblanadi.
Mazkur omilni qaror qabul qilish jarayonidagi o'rnini ko'rsatish uchun "Ringi" usulidan foydalanish mumkin. "Ringi" usuli yapon biznesida keng qo'llaniladigan usuldir. Bu usulga ko'ra majlislarda emas, balki so'rab chiqish yo'li bilan rozilik olish vositasida hal etiladi, bir necha bosqichda amalga oshiriladi (1-rasm).
"Ringi" usulini qo'llash bosqichlari
1-rasm
T/R Bosqichlar Izoh
1. Birinchi bosqich Bu bosqichda tashkilot rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul qilinishi lozim bo'lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab chiqarish)ga doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan birgalikda o'rtaga tashlaydi.
2. Ikkinchi bosqich Muammo «pastga», ya'ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog'onaga uzatiladi.
3. Uchinchi bosqich Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo'yicha ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir.
4. To'rtinchi bosqich Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferensiyalar o'tkaziladi.
5. Beshinchi bosqich Bu bosqichda xujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o'z muhrini bosadi va xujjat tashkilot rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi.
Yaponiyada "Ringi" usulini ehtiyotkorlik, avaylash, jamoat mas'uliyatini oldinga suruvchi boshqaruv falsafasining ko'rinishlaridan biri deb hisoblash odat tusiga kirgan. Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo'lgani uchun yapon matbuotida uning sha'niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo'lsa-da, uni qo'llashdan voz kechish to'g'risida hech narsa deyilmaydi.
Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to'g'ri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og'ish sodir bo'ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug'iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo'lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.
Qaror qabul qilish zarurati va tahlil qilinayotgan ob'ektdagi aniq vaziyat aniqlangach, turli yo'llar bilan erishiladigan qaror maqsadi shakllantiriladi va uning yechimi bo'yicha vazifalar belgilanadi. Qarorning maqsadi yuqori organ tomonidan ko'rsatib berilishi mumkin. Masalan, g'alla yetishtirishni keskin ko'paytirish va g'alla mustaqilligiga erishish maqsad qilib qo'yildi. Bir qator mulohazalar asosida donni yetishtirishga eng yaxshi moslashadigan tumanlar aniqlanadi. Vazirlik ularning ixtisoslashuvini o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qiladi va buning uchun u tumanlarni don yetishtirishga ko'chirish rejasini ishlab chiqadi. Tuman rahbarlari topshiriq olgach, qarorni ishlab chiqarishga tadbiq etish uchun har tomonlama tayyorgarlik ko'radi.
Bu yerda asosiy maqsad va vazifa respublika uchun zarur bo'lgan don mahsulotini yetishtirishdir. Shunday qilib, muammoni aniqlash, vaziyatni va muammoni kelib chiqish sabablarini aniqlashdan boshlanadi. Vaziyatni aniqlash deganda muammoning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish tushuniladi.
Qaror qabul qilish jarayonida vaqt omili ikki xil nuqtai nazardan tushuntiriladi: birinchidan, qaror qabul qilishda vaqtning cheklanganligi yoki cheklanmaganligi, ikkinchidan, qaror qabul qilishda ijroning bajarilishiga ketadigan vaqt. Vaqt omili ikkala holda ham qaror ijrosining sifatiga ta'sir ko'rsatadi. Vaqt omilini biz quyida birinchi ma'noda qo'llaymiz.
Ma'lumki, vaqtning oqimi vaziyatlarni o'zgartirishi mumkin. Agar vaqt jihatdan chiqarilgan qaror eskirib qoladigan bo'lsa, chiqarilgan qaror ham o'z kuchini yo'qotishi mumkin. Chegaralangan vaqt birligida qaror qabul qilish esa insondan
344
birmuncha qiyinchiliklarga sabab bo'lishi tabiiy. Shunday insonlar borki, ular vaqtning chegaralanganligida o'zlarini yo'qotib qo'yishlari mumkin. Natijada yo sifatsiz qaror qibul qilinadi, yoki xato qaror qabul qilinadi. Ayniqsa, noaniq vaziyatlarda chegaralangan vaqt birligida qaror qabul qilish vaziyatni yanada mushkullashtiradi. Shuning uchun rahbar qaror qabul qilayotganda ,albatta, vaqt omilini rejalashtirgan holda inobatga olmoqligi darkor.
Shuningdek, qaror qabul qilishda qarorning ijrosi uchun ajratilgan vaqt birligini ham e'tiborga olish talab etiladi. Qarorni uzoq muddat qabul qilib, ijroga oz muddat qoldirilishi ham qaror qabul qilishning e'tibor berishimiz lozim bo'lgan jihati hisoblanadi.
Informatsiya - konkret vaziyatlardan chiqish uchun to'plangan to'plami ma'lumotlar hisoblanadi. U muammoni hal etish uchun zarur. Ba'zida optimal qaror chiqarish uchun ma'lumotlar yetishmaydi yoki noaniq ma'lumotlarga ega bo'linadi. O'zgarib turadigan ma'lumotlar mavjud. Ular ham optimal qaror qabul qilish uchun bir qadar xavf tug'diradi. Shuning uchun rahbarlar qo'shimcha informatsiyalar olishga harakat qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Ibragimovich R. A. ADAPTATION OF THE THIRTEEN FACTOR VERSION OF CATTELL'S PERSONALITY QUESTIONNAIRE //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2018. - Т. 6. - №. 6.
2. Ibragimovich R. A. MEASUREMENT OF PERSONALITY TYPE AND ITS FEATURES //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2020. - Т. 8. - №. 6.
3. Khamidovna K. Z. Application of interactive methods in teaching psychology //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2020. - Т. 10. - №. 9. - С. 197-205.
4. Khamidovna K. Z. et al. Psychological Aspects Of The Development Of Ecological Ideas Among Students //Psychology and Education Journal. - 2021. - Т. 58. - №. 2. - С. 7812-7818.
5. Khamidovna K. Z. Professional orientation of communicative competence of students //European science. - 2020. - №. 2-2 (51).
6. Nazarov A. S. et al. Карор кабул килиш бошкарув фаолиятининг психологик мезони сифатида //Молодой ученый. - 2020. - №. 11. - С. 280-282.
7. Nazarov A. S. Psychological analysis of levels of administration of management decisions //Вопросы экономики и управления. - 2020. - №. 3. - С. 1-5.
8. Nazarov A. S. Psychological foundations of managerial decision-making //Молодой ученый. - 2021. - №. 3. - С. 46-48.
9. Nilufar R., Jakhongir I. Psychological interpretation of managerial phenomenon in Islamic sources //Bridge to science: research works. - 2019. - С. 150-153.
10. Nilufar R., Jakhongir I. Psychological interpretation of managerial phenomenon in Islamic sources //Bridge to science: research works. - 2019. - С. 150-153.
11. Rasulov A. The status of implementation of methodology of personal psychodiagnostics in psychological research in Uzbekistan //ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL. - 2021. - Т.
11. - №. 2. - С. 600-605.
12. Rasulova N. Psychological characteristics of surgeons in a state of occupational stress //Bridge to science: research works. - 2019. - С. 154.
13. Rasulova N. T. Узбек оилаларида репродуктив фаолиятнинг тарихий илдизлари //Молодой ученый. - 2020. - №. 8. - С. 343-345.
14. Umarov B. CONDITIONS OF ENSURING THE INFORMATION-PSYCHOLOGICAL SECURITY OF THE PERSON //The Light of Islam. - 2019. -Т. 2019. - №. 4. - С. 33.
15. Umarov B. M. et al. THE RELIGIOUS AND SOCIO-PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITIES //The Light of Islam. - 2020. -Т. 2020. - №. 1. - С. 122-127.
16. Дусмухамедов О. С., Дусмухамедова Ш. А. УЗБЕКИСТОН АХ,ОЛИСИНИНГ МОЛИЯВИЙ САВОДХОНЛИГИНИ ОШИРИШ ИСТЩБОЛЛАРИ ПЕРСПЕКТИВЫ ПОВЫШЕНИЯ ФИНАНСОВОЙ ГРАМОТНОСТИ НАСЕЛЕНИЯ УЗБЕКИСТАНА //ББК 74.48 Р 76. - С. 193.
17. Дусмухамедова Ш., Салиева Д., Максимова Л. А. Соотношение уровня развития академической самостоятельности младших школьников с показателями учебной мотивации и стилем педагогической деятельности (на примере учащихся начальных школ Узбекистана) //Педагогическое образование в России. - 2020. - №. 2. - С. 77-83.
18. Дусмухамедова Ш.А. Психологические особенности педагогической оценки в обучении детей шестилетнего возраста: Автореф. дис.... канд. психол. наук. М., 1987. 24 с : Канд дис. - М.: НИИ АПН СССР, 1988.-162 с, 1987.
19. Касимова З. Х. Особенности национальных ценностей и межкультурных коммуникаций в содержании гуманитарного образования //Вестник науки и образования. - 2019. - №. 22-3 (76).
20. Касимова З. Х. ПРОЯВЛЕНИЯ МЕЖЛИЧНОСТНОЙ КОММУНИКАЦИИ
В ЭПОХУ ВЗАИМОДЕЙСТВИЯ КУЛЬТУР //International scientific review. -2020. - №. LXX.
21. Назаров А. Scientific and methodological foundations of the influence of the social and psychological properties of the manager on managerial decisions //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 4/S. - С. 523-532.
22. Назаров А. Научно-методические основы влияния социальнопсихологических свойств руководителя на управленческие решения //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 4/S. - С. 523-532.
23. Назаров А. Психологические особенности руководителей, влияющие на принятие управленческих решений //Молодой ученый. - 2019. - №. 44. - С. 298-300.
24. Назаров А. С. Adoption of management decisions as the main function of the modern manager //Проблемы современной экономики. - 2020. - С. 7-12.
25. Назаров А. С. Psychological aspects of managerial decision making //Молодой ученый. - 2020. - №. 44. - С. 45-48.
26. Назаров А. С. THE PSYCHOLOGY OF DECISION-MAKING STRATEGIES //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2021. - №. 1-7. - С. 79-82.
27. Назаров А. С. и др. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗРАБОТКИ И РЕАЛИЗАЦИИ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2021. - №. 2-9. - С. 31-35.
28. Назаров А. С. Принятие управленческих решений как основная функция современного менеджера //Вопросы экономики и управления. - 2020. - №. 2. -С. 1-5.
29. Назаров А. С., Митина О. В. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРИНЯТИЯ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ //Наука и мир. - 2020. - №. 12-1. - С. 73-75.
30. Назаров А. С., Худайбергенова З. Socio-psychological features of management decision-making //Молодой ученый. - 2020. - №. 50. - С. 430-432.
31. Расулева Н. Т. ПСИХОЛОГИЯ ИСЛАМСКОЙ ЛИЧНОСТИ //XLIII INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" INTERNATIONAL SCIENTIFIC REVIEW OF THE PROBLEMS AND PROSPECTS OF MODERN SCIENCE AND EDUCATION". - 2018. - С. 123-124.
32. Расулов А. И. ПСИХОДИАГНОСТИЧЕСКИЙ ТЕСТ КАК МЕТОД ИЗУЧЕНИЯ ЛИЧНОСТИ //Сфера знаний: процессы развития современной научной мысли. - 2018. - С. 95-100.
33. Расулов А. И. У^ИТУВЧИ ШАХСИНИ ПСИХОЛОГИК ТАШХИС ЭТИШ //Современное образование (Узбекистан). - 2018. - №. 10.
34. Расулов А. И. УНИФИКАЦИЯ СИСТЕМЫ ОБРАБОТКИ РЕЗУЛЬТАТОВ ЛИЧНОСТНЫХ ОПРОСНИКОВ //ББК 1 Р76. - 2018. - С. 126.
35. Расулова Н. Т. ВАЖНОЕ ЗНАЧЕНИЕ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ЭТИКИ В ЛИЧНОСТИ УЧИТЕЛЯ //International scientific review. - 2020. - №. LXXIV.
36. Умаров Б. М. Неблагополучная семейная микросреда как фактор возникновения отклоняющегося поведения несовершеннолетних детей и подростков //Российский научный журнал «Федерация. - 2008. - №. 8. - С. 51.
37. Умаров Б. М. Социально-психологические проблемы преступности несовершеннолетних в Узбекистане : дис. - Ташкент : автореф. дис. на соискание учен. степени д-ра психол. наук/БМ Умаров, 2009.
38. Умаров Б. М., Назаров А. С. Низоли вазиятларда бошкарув карорларини кабул килишнинг ташкилий ва ижтимоий-психологик механизмлари //Молодой ученый. - 2020. - №. 7. - С. 352-353.
39. Умаров Б. М., Ражабова Ф. П. Вояга етмаганларда хулк огиши ва тарбия бузилишининг ижтимоий-психологик омиллари //Современное образование (Узбекистан). - 2015. - №. 8.