Научная статья на тему 'QUYONLAR EYMERIOZINING PATOLOGOANATOMIK TEKSHIRISH'

QUYONLAR EYMERIOZINING PATOLOGOANATOMIK TEKSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
9
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yangi O‘zbekiston ustozlari
Область наук
Ключевые слова
quyonlar / patologoanatomik yorib tekshirish / eymerioz / kataral-gemorragik enterit / gemorragik tiflit / toksik distrofiya / muskullar atrofiyasi.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Xushnazarov A.X, Djurayev O.A.

Мaqolada quyonlarda uchraydigan invasion kasalliklardan biri – eymerioz bilan xo‘jaliklarda spontan zararlanib, davolash ishlari olib borilmasligi oqibatida nobud bo‘lgan quyonlarni patologoanatomik yorib ko‘rish usullari va olingan natijalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUYONLAR EYMERIOZINING PATOLOGOANATOMIK TEKSHIRISH»

QUYONLAR EYMERIOZINING PATOLOGOANATOMIK TEKSHIRISH

Xushnazarov A.X. - kichik ilmiy xodim ORCID - 0009-0007-3144-4965 Djurayev O.A. - v.f.n., katta ilmiy xodim ORCID - 0009-0002-4400-193X Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti

Annotatsiya. Maqolada quyonlarda uchraydigan invasion kasalliklardan biri -eymerioz bilan xo'jaliklarda spontan zararlanib, davolash ishlari olib borilmasligi oqibatida nobud bo'lgan quyonlarni patologoanatomik yorib ko'rish usullari va olingan natijalar bo'yicha batafsil ma'lumotlar bayon qilingan.

Kalit so'zlar: quyonlar, patologoanatomik yorib tekshirish, eymerioz, kataral-gemorragik enterit, gemorragik tiflit, toksik distrofiya, muskullar atrofiyasi.

Аннотация. В статье изложены подробные сведения по полученным результатам и методам патологоанатомического вскрытия кроликов, спонтанно инфицированных и павших от инвазионного заболевания эймериоз в результате отсутствия лечебных мероприятий в хозяйствах.

Ключевые слова: кролики, патологоанатомическое вскрытие, эймериоз, катаралъно-геморрагический энтерит, геморрагичекий тифлит,токсическая дистрофия, атрофия мышц.

Abstract. The article presents detailed information on the results obtained and methods of pathological anatomical autopsy of rabbits spontaneously infected and dying from the invasive disease eimeriosis due to the lack of treatment measures on farms.

Key words: rabbits, postmortem examination, eimeriosis, catarrhal-hemorrhagic enteritis, hemorrhagic typhlitis, toxic dystrophy, muscle atrophy.

Kirish: Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash dolzarb vazifa hisoblangan hozirgi davr chorvachiligida quyonchilik tarmog'ini ham samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu dolzarb vazifani bajarishda chorvachilik rivoji muhim o'rin tutib, kichik tarmoq quyonlar bosh sonini ko'payishida ularda uchraydigan ayrim kasalliklar to'sqinlik qilishi kuzatilib, patologik jarayonlarni oldini olish va samarali davolash usullarini joriy etish ushbu tarmoq uchun ishlab chiqarishdagi zarurat hisoblanadi. Chunki so'nggi yillarda respublikamizda quyonlarning kasalliklari (Eymerioz va boshqalar) ilmiy izlanuvchilar tomonidan deyarli o'rganilmagan.

Chorvachilikning kichik tarmog'i bo'lgan quyonchilikning rivojlanishi va mahsuldorligini oshirishga ayrim yuqumli va parazitar kasalliklar to'sqinlik qiladi. Xususan, ular orasida yuqumli kasalliklardan kolibakterioz, parazitar kasalliklardan eymerioz alohida o'rin tutadi. Yirik quyonchilik xo'jaliklarini sanoat asosida rivojlantirish jarayonida kolibakterioz va eymerioz quyonlar orasida keng tarqalib, xo'jaliklarga katta iqtisodiy zarar yetkazadi.

Mavzuning dolzarbligi. Eymerioz - bir hujayrali sodda parazitlar -eymeriyalar qo'zg'atadigan invazion kasallik hisoblanadi. Quyonlarda eymerioz turli klinik shakllarda kechadi. Eymerioz bilan asosan 3 oylikkacha bo'lgan quyon

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

bolalalari og'ir kasallanadi. Kasallik murakkab patologik o'zgarishlar bilan kechganda quyonlarning hazm tizimidagi buzilishlar oqibatida ishtahadan qoladi, harakatchanligi keskin pasayib ketadi, oziqlanishi sustlashadi, ichak faoliyati buziladi (ich ketadi), ich ketishi ba'zan qon aralashgan holda kechadi, natijada quyonlar o'sishdan qoladi va o'lim holatlari kuzatiladi. Kasallikni o'z vaqtida tashxislash, differensatsiya qilish, davolash va oldini olishda yuqori samarador vositalarni qo'llash kasal quyonlarning ertachi sog'ayishiga imkoniyat yaratadi va iqtisodiy zararning kamayishiga ko'mak beradi. Eymeriyalarning natijasida quyonlar o'sish va rivojlanishdan orqada qolib, o'z vaznining 12 - 30% gacha qismini yo'qotadi, davolash va profilaktika tadbirlari o'tkazilmasa yosh quyonlarning o'limi 85-100% ga etadi.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Quyon eymeriozining qo'zg'atuvchisi sistematika bo'yicha Protozoa hayvonot olamiga, Apicomplexa tipiga, Sporozoa sinfiga, Coccidiida turkumiga, eimeriidae oilasiga, eimerinae kichik oilasiga va eimeria avlodiga mansub. Ushbu eymeriyalar turlaridan biri eimeria stiedae quyon jigarida boshqa turlari e.perforans, e.media, e. magna, e.irresidua lar esa ichakda parazitlik qilib, patologik jarayonlarni yuzaga keltiradi.

Barcha sporalilar kabi quyon eymeriozi ham uchta taraqqiyot davrini boshdan kechiradi: 1 - davr - shizogoniya yoki jinssiz ko'p marta bo'linish yo'li bilan ko'payish; 2 - davr - gametogoniya yoki jinsiy ko'payish; 3 - davr - sporogoniya yoki jinssiz ko'payish yo'li orqali sporozoitlar hosil qilish yo'li (bir xo'jayin ishtirokida rivojlanuvchilarida tashqi muhit taassurotidan himoya qiluvchi spora hosil qilish) bilan ko'payadi.

Eymeriyalarni hayvon ozganizmida joylashuviga bog'liq ravishda quyon eymerozining uch shakli farqlanadi: 1. Ichak, 2. Jigar, 3. Aralash shakllari. Amaliyotda invaziyaning aralash shakli muhim o'rin tutadi. Kasallikning boshlanishida quyonning ichaklari zararlanib, keyinchalik jigari invaziyalanadi va natijada aralash shakl boshlanadi. Invaziyaning yashirin davridan keyin quyonchalar loxaslanadi, odatdagidek harakatchanligi yo'qolib, qornini yerga berib yotadi. Ishtahasi pasayib, ozuqa yemay qo'yadi. Qorin bo'shlig'i shishadi va og'riq beradi, axlati suyuqlashib, ba'zan shilliq va qon aralash bo'ladi. Kasal quyonlar o'sishdan qoladi, oriqlaydi, jun qoplami hurpayib turadi. Siydik ajralishi tezlashadi. Ba'zan so'lak ajralish kuchayib, burun shilliq pardasi kataral yallig'lanadi va kon'yuktivit rivojlanadi. Jigarda yallig'lanish jarayonlarini boshlanishi bilan organizm nimjonlashib, quyon tashqi muhitga e'tiborsiz bo'lib qoladi va uzoq yotadi. Ishtahasi yo'qoladi, qorni shishgan bo'lib, o'ng tomonini bosib ko'rganda og'riq sezadi. Ko'rinarli shilliq pardalari sarg'ayadi, oyoqlari va bo'yin mushaklari shol bo'lib, qaltiray boshlaydi, so'ngra esa 7-10 kunda nobud bo'ladi.

Patologoanatomik tekshirish - nobud bo'lgan va kasallikka gumon qilingan quyonlarning gavdasi mutaxassislar yordamida yorib ko'rildi. Keltirilgan quyon gavdalarining tashqi ko'rinishi: Quyon gavdasi juda oriq, ko'z, og'iz shilliq qavatlari oqimtir rangda, kamqonlik (anemiya), orqa chiqaruv teshigi atrofidagi junlar qon aralash, shilimshiqsimon fekali bilan ifloslangan. Skelet muskullari oqimtir rangda, atrofiya holatida. Og'iz, tomoq, qizilo'ngach shilimshiq qavatlari oqimtir ko'k rangda. Ichki ko'rinishi: Oshqozonda kam miqdorda ozuqa bor. Ingichka ichakning

zardob pardalari o'choqli qizargan, bir nechta 1-2 mm kattalikdagi yaltiroq nekroz o'choqlari hosil bo'lgan. Ichakdagi ximus yarim suyuq, oq qizg'ish rangda. Shilliq qavatlari shishgan, qizargan, chegaralangan, oqimtir rangdagi qoplamalar, ular oralig'ida shimilgan qon ko'rinadi, oqimtir o'choqlardan surtma olinib mikroskopik tekshirilganda, ko'p nusxadagi yumaloq va ovalsimon oosistalar borligi aniqlandi.

Xarakterli o'zgarishlar: ko'r ichakda kengayish va shishish holatlari, tashqi zardob pardalari to'q qizil rangda, paypaslaganda - qattiq konsistensiyali, kesilgan yuzada quyuq qatlamli qon laxtalari va yemirilgan shilliq to'qimalar aniqlandi.

Jigardagi o't yo'llarida biriktiruvchi to'qimaning o'sishi hisobidan qattiq konsistensiyali papillomasimon o'simtalar va bo'rtiqchalar ko'rinadi. Jigar kapsulasida va parenxemasida oqimtir rangdagi yo'lsimon, chiziqchasimon bo'rtiqchalar hosil bo'lgan. Ularni kesilganda oqimtir yarim suyuq massa oqib chiqdi, tayyorlangan surtmalarni mikroskopda ko'rilganda eymeriyalarning ko'p nusxadagi oosistalari borligi aniqlandi.

Patologoanatomik tashxis: 1. Kataral-gemorragik enterit; 2. Gemorragik tiflit; 3. Jigarning toksik distrofiyasi; 4. Skelet muskullarining atrofiyasi;

Yakuniy tashxis: Eymerioz (eymeriyalarning parazitlik qilishi oqibatida qo'zg'atilgan protozooz kasallik eymerioz oqibatida quyonlarning o'limi sodir bo'lgan).

Quyon eymeriozi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra ikki tumanda invaziyaning tarqalishi epizootik holatni rivojlanishida ko'maklashuvchi sabablar, quyonlarni asrash sharoiti, oziqlantirish va profilaktik tadbirlarini samarali amalga oshirish ko'rsatkichlariga bog'liq ekanligi yana bir bor qayd etildi. Xususan "Maqsudabonu biznes servis" xususiy korxonasi oxirgi zamonaviy texnologiyalardan unumli foydalanganlik va oziqlantirish uchun boyitilgan qo'shimchalari mavjud oziqa berilganligi evaziga kasallik tarqalishi nisbatan past bo'lsa, "Bo'riboy Mustaev Zamin Nur" fermer xo'jaligida invaziya ekstensivligi yuqori bo'lib, saqlash uchun yetarli gigiyenik qulayliklar yaratilmaganligi va oziqlantirish uchun sifatli omuxta yemdan foydalanilmaganligi, quyonlarga har xil oziqalar berilishi kasallikning tarqalishiga asosiy sabablar hisoblanadi.

Olib borilgan tadqiqotlar natijasida "Bo'riboy Mustaev Zamin Nur" fermer xo'jaligidada invaziya ekstensivligi 40-42 %ni, "Maqsudabonu biznes servis" xususiy korxonasida esa 10-15% ni tashkil etishi aniqlandi.

Kasallanib o'lgan quyonlarning gavdasi patologoanatomik yorib ko'rilganda xarakterli o'zgarishlar qayd etildi va quyon eymerioziga aniq tashxis qo'yildi.

Bulung'ur tumanidagi eymerioz bo'yicha nosog'lom "Bo'riboy Mustayev Zamin Nur" fermer xo'jaligida turli zotli quyonlarda o'tkazilgan tekshirishlarimiz natijalariga ko'ra yilning bahor faslida Xikol zotli quyonlarda 4 bosh, Kaliforniya zotli quyonlarda 2 bosh, Velikan zotli quyonlarda 1 boshida o'lim holati sodir bo'lgan, mahalliy zotga mansub quyonlarda o'lim holati kuzatilmadi, jami 7 bosh quyonda o'lim sodir bo'lgan bo'lsa, ularning ikkitasi, ya'ni 28,57%, eymeriozning jigar shakli bilan zararlanib nobud bo'lganligi, 3 boshi, ya'ni 42,85%, eymeriozning ichak shakli bilan zararlanganligi, qolgan ikki boshi, ya'ni 28,57% esa, eymeriozning aralash shakli bilan nobud bo'lganligi aniqlandi.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

Yoz faslidagi tadqiqotlarimizga ko'ra Xikol va Kalifomiya zotli quyonlaming bir boshida o'lim holati yuz berdi, Velikan va mahalliy zotli quyonlarda o'lim holati kuzatilmadi, yozda nobud bo'lgan quyonlarning bir boshi eymeriozning ichak shakli bilan, yana bir boshi esa aralash shakli bilan nobud bo'lganligi patologoanatomik tekshirishlarimizda aniqlandi.

Kuz faslidagi patologoanatomik yorib ko'rish tekshirishlarimizga ko'ra 4 bosh nobud bo'lgan quyon zotlarining 2 boshi Xikol, 1 boshi Kaliforniya, 1 boshi Velikan zotlariga mansub bo'lib, mahalliy zotli quyonlarda o'lim holati kuzatilmadi. Mazkur 4 bosh quyonning bir boshi eymeriozning jigar shaklidan, ikki boshi eymeriozning ichak shaklidan va yana bir boshi esa eymeriozning aralash shaklidan nobud bo'lganligi aniqlandi.

Qish faslidagi patologoanatomik yorib ko'rish ishlarimizga ko'ra xo'jalikdagi Xikol zotli quyonlarning 6 tasi nobud bo'ldi, Kaliforniya zotli quyonlarning 3 boshi, Velikan zotli quyonlardan 2 boshi va mahalliy zotli quyonlardan 1 boshi eymeriya oosistalari ta'siri oqibatida nobud bo'lganligi qayd etildi, patologoanatomik yorib ko'rish natijalariga ko'ra jami 12 bosh nobud bo'lgan quyonlarning 3 boshi ya'ni 25,0% eymeriozning jigar shaklidan, 5 boshi ya'ni 41,66% eymeriozning ichak shaklidan va qolgan 4 bosh quyon ya'ni 33,33% esa eymeriozning aralash shaklidan

"Bo'riboy Mustayev Zamin Nur" FX quyonlarni patologoanatomik tekshirish natijalari

№ Quyon turi Tekshirish natijasi

xikol kaliforniya velikan Mahalliy mi a Jigar ichak aralash

soni o4 soni % soni %

1 Bahor 4 2 1 - 7 2 28,57% 3 42,86 2 28,57

2 Yoz 1 1 0 - 2 - - 1 50,0% 1 50,0%

3 Kuz 2 1 1 - 4 1 25,0% 2 50,0% 1 25,0%

4 Qish 6 3 2 1 12 3 25,0% 5 41,66% 4 33,33%

5 Jami 13 7 4 1 25 6 24,0% 11 44,0% 8 32,0%

Xulosa. Jami nobud bo'lgan 25 bosh quyonlarning 13 boshi xikol zotiga, 7 boshi kaliforniya zotiga, 4 boshi velikan zotiga va 1 boshi mahalliy zotga to'g'ri kelganligi, kasallikning uchrash darajasida eymeriozning jigar shakliga 24,0 %, eymeriozning ichak shakliga 44,0% va aralash eymeriozda esa 32,0% ga to'g'ri kelishi aniqlandi.

ADABIYOTLAR

1. Газнакулов, Т., & Хушназаров, А. (2023). Литературный обзор по истории развития эпизоотологии и изучения бешенства. in Library, 1(2), 7-9.

2. Джураев, О., & Хушназаров, А. (2023). Порядок и методы патологического обследования сельскохозяйственных животных. in Library, 3(3), 21-25.

3. Хушназаров, А., Абдиев, Ф., & Акрамов, К. (2019). Распространение тениаринхоза на побережье Амударьи. in Library, 19(3), 25-26.

4. Хушназаров, А., Акрамова, M., & Телеманович, Ф. (2020). Аспекты снижения заболеваемости тениаринхозом на современном этапе. in

Library, 20(3), 19-20.

5. Хушназаров, А., Акрамов, К., & Кулманов, Б. (2024). Значение методов хранения и детоксикации навоза при получении биогумуса из навоза. in Library, 2(2), 37-39.

6. Хушназаров, А., & Джураев, О. (2024). Патоморфология атипичного микобактериоза кроликов. in Library, 2(2), 27-29.

7. Хушназаров, А., & Мамасова, Ф. (2024). Научно-практические основы инвазионных заболеваний. in Library, 2(2), 15-18.

8. Хушназаров, А., Мирзаев, Б., & Хакимов, Б. (2024). Ветеринарный радиомониторинг в Нуротинском районе Навойской области. in Library, 2(2), 190-194.

9. Хушназаров, А., Акрамов, К., & Кулманов, Б. (2024). Влияние ветеринарно-санитарных мероприятий на возникновение мастита у коров. in Library, 2(2), 34-36.

10. Хушназаров, А., & Газнакулов, Т. (2024). Восприимчивость видов животных к вирусу бешенства, современная диагностика и меры противодействия. in Library, 2(2), 11-14.

11. Балиев, Ш., Урокова, Р., Сулайманова, Н., Хушназаров, А., & Ботирова, З. (2024). Защитим рыбу от бронхиомикоза. in Library, 2(2), 133-137.

12. Baliev, S. K., Uroqova, R., Sulaymanova, N. A., Xushnazarov, A. X., & Botirova, Z. (2024). BALIQLARNI BRONXIOMIKOZDAN ASRAYLIK. Ustozlar uchun, 1(1), 133-137.

13. Мирзаев, Б. Ш., Хакимов, Б. Н., & Хушназаров, А. Х. (2024). ВЕТЕРИНАРНЫЙ РАДИОМОНИТОРИНГ В НУРАТИНСКОМ РАЙОНЕ НАВОИЙСКОЙ ОБЛАСТИ. Ustozlar uchun, 1(1), 190-194.

14. Хушназаров, А. (2020). Чорва фермер хужаликларида нутриячиликни ривожлантириш. in Library, 20(3), 59-60.

15. Хушназаров, А. Х., & Акрамов, К. Ш. ТЕНИАРИНХОЗНИНГ АМУДАРЁ СОХДЛЛАРНДА ТАРКДЛИШИ.

16. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2024). Эпизоотология эймерий кроликов, лечение и меры профилактики. in Library, 1(1), 181-184.

17. Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2024). Диагностика и эпизоотический статус эймерий кроликов в некоторых районах Ферганской области. in Library, 2(2), 23-29.

18. Axmadaliyev, N. T., Xushnazarov, A. X., & Davlatov, R. B. (2024). FARG 'ONA VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA QUYON EYMERIOZINING DIAGNOSTIKASI VA EPIZOOTIK HOLATI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 44(3), 23-29.

19. Akhmadaliyev, N. T., Kh, K. A., & Davlatov, R. B. (2024). DIAGNOSTICS AND EPISOTOTIC STATUS OF RABBIT EMERIOSIS IN CERTAIN DISTRICTS OF FERGANA REGION. Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods, 2(4), 56-62.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

20. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Диагностика и эпизоотический статус эймерии кроликов в некоторых районах Самаркандской области. in Library, 7(2), 38-42.

21. Хушназаров, А., Ахмадалиев, Н., & Давлатов, Р. (2023). Эпизоотология эймероза кроликов. in Library, 1(2), 94-99.

22. Tayloqov, T., & Xushnazarov, A. (2019). ECHKILARNING STRONGILYATOZLARINI DAVOLASHDA ALBEN GRANULASINI QO'LLASH. Chorvachilik hamda veterinariya sohalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilish va muammolar I qism.

23. Khushnazarov, A., Urokova, M., & Kurbonova, M. (2021). Rabbits from eimeria Let's protect. Library, 21(1), 44-47.

24. Урокова, М., Акрамова, М., & Хушназаров, А. Х. (2021). Эффективные методы лечения эмериозоза у кроликов. in Library, 21(2), 115-117.

25. Хушназаров, А., Урокова, М., & Курбонова, М. (2021). Защитим кроликов от эймерий. in Library, 21(1), 44-47.

26. Khushnazarov, A. K., Eshkoraev, A. M., Akhmadaliev, N. T., & Davlatov, R. B. (2023). EPIZOOTOLOGICAL DIAGNOSTIC AND PREVENTIVE DATA OF EIMERIOSIS IN RABBITS. Innovations in Technology and Science Education, 2(7), 1068-1080.

27. Khushnazarov, A., & Davlatov, R. (2022). Rabbit eimeriozin in treatment new of eimeriostatic efficiency. Library, 22(1), 28-29.

28. Khushnazarov, A., Khabibulaev, S. L., Rakhmatova, U., Orlova, G. I., Tolibova, F. T., & Khushnazarova, M. I. (2022). Quyonchilik xo'jaliklarmi eymeriozdan asrash. Library, 22(2), 5-8.

29. Хушназаров, А., Хабибулаев, С. Л., Рахматова, У., Орлова, Г. И., Толибова, Ф. Т., & Хушназарова, М. И. (2022). Quyonchilik xo'jaliklarini eymeriozdan asrash. Library, 22(2), 5-8.

30. Хушназаров, А., Хушназарова, М., & Исокулова, З. (2023). Применение эймериоцидных препаратов при эймериозе кроликов. in Library, 1(1), 138-143.

31. Khushnazarov, A., & Davlatov, R. (2022). Quyon eymeriozini davolashda yangi eymeriostatikning samaradorligi. Library, 22(1), 28-29.

32. Хушназаров, А., Ергашов, Ш., & Давлатов, Р. (2023). Препараты, широко используемые при лечении эймерий кроликов. in Library, 1(1), 58-64.

33. Хушназаров, А. (2023). История и систематическое состояние изучения эмероза кроликов (обзор литературы). in Library, 1(2), 16-19.

34. Хушназаров, А., Мохигул, И., & Худойбердиевна, З. (2022). Распространенность, диагностика, лечение и профилактика эймерии кроликов. in Library, 22(4), 245-249.

35. Хушназаров, А. (2021). Диагностика, распространение эймерии кролика и химиопрофилактика (на основе обзора литературы). in Library, 21(2), 516-520.

36. Хушназаров, А. (2021). Эймериозная болезнь кроликов (на основе анализа литературы). in Library, 21(4), 24-25.

37. Хушназаров, А., & Соатов, О. (2021). Литературные данные о лечение и профилактики эймериоза кроликов. in Library, 21(2).

38. Хушназаров, А. (2021). Разработка требования к периоду разработки (анализ литературы). in Library, 21(2), 7-8.

39. O'G'LI, X. A. X. (2021). ^УЁНЧИЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ДАВР ТАЛАБИ. Veterinariya meditsinasi.

40. Xushnazarov, A. (2018). QORAMOLLARNING XAFLI TREMATODOZLARI ULARNI DAVOLASH VA OLDINI OLISH CHORA-TADBIRLARI.

41. Xushnazarov, A. (2017). PARAMFISTOMATOZLARNING O'RGANILISH TARIXI VA SISTEMATIK HOLATI.

42. Xushnazarov, A. (2017). QORAMOLLAR PARAMFISTOMATOZINING EPIZOOTOLOGIK HOLATI.

43. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2023). Диагностика эмериоза кроликов. in Library, 1(1), 72-77.

44. Хушназаров, А., Мухаммадиев, У., & Давлатов, Р. (2023). Биологическая характеристика кроликов, технология консервирования и кормления. in Library, 1(2), 35-44.

45. Хушназаров, А., Хакбердиев, П., & Турсункулов, А. (2020). Личиночные цестоды животных и их предупредительные меры. in Library, 20(3), 332-337.

46. O'G'LI, X. A. X. (2020). ASPEKTY SNIJENIYA ZABOLEVAEMOSTI TENIARINKHOZOM NA SOVREMENNOM ETAPE. Veterinary medicine medicine.

47. Хушназаров, А., Давлатов, Р., Рустамов, Б., & Асомиддинов, У. (2019). Течение гистомоноза индеек и некоторые эпизоотологические особенности. in Library, 19(2), 98-100.

48. Хушназаров, А., & Тайлаков, Т. (2019). Применение гранул альбена при лечении стронгилятозов коз. in Library, 19(2), 179-180.

49. Хушназаров, А., & Даминов, А. (2017). История и систематическое состояние изучения парамфистоматозов. in Library, 17(2), 27-28.

50. Хушназаров, А. (2023). Дифференциальная диагностика эймерии кроликов и колибактериоза. in Library, 1(2), 53-50.

51. Khushnazarov, A. K., Eshkoraev, A. M., Akhmadaliev, N. T., & Davlatov, R. B. (2023). EPIZOOTOLOGICAL DIAGNOSTIC AND PROPHELACTIC DATA OF RABBIT EIMERIOSIS. Innovations in Technology and Science Education, 2(7), 1068-1080.

52. Хушназаров, А., & Давлатов, Р. (2022). Эпизотология и меры лечения эмериоза кроликов. in Library, 22(4), 11-13.

53. Xushnazarov, A., & Davlatov, R. B. (2023). SAMARQAND VILOYATINING AYRIM TUMANLARIDA QUYON EYMERIOZINING DIAG NOSTIKASI VA EPIZOOTIK HOLATI. OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI XAVFSIZLIGINI TA 'MINLASHNINGDOLZARB VAZIFALARI.

54. O'G'Li, X. A. X. (2020). Цистицеркоз Билан Касалланишни Камайтиришнинг Замонавий Тамойиллари. Veterinariya meditsinasi.

55. O'G'Li, X. A. X. (2020). Аспекты Снижения Заболеваемости Тениаринхозом На Современном Этапе. Veterinariya meditsinasi.

Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24

56. O'G'Li, X. A. X. (2019). Тениаринхознинг Амударе Сохилларида Таркалиши. Veterinariya meditsinasi.

57. O'G'LI, X. A. X. (2021). ^УЁНЛАРНИНГ ЭЙМЕРИОЗ КАСАЛЛИГИ. Veterinariya meditsinasi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

58. O'G'LI, X. A. X. (2021). LITERATURE FAMOUS AND TREATMENT AND PREVENTION OF EIMERIOZA KROLIKOV. Veterinary and animal husbandry in the field ofAchievements are available problems and their unsolvable .

59. O'G'LI, X. A. X. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TREATMENT OF EMERIOSIS IN RABBITS. In SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE OF MASTERS AND TALENTED STUDENTS.

60. O'G'LI, X. A. X. (2020). CONTEMPORARY PRINCIPLES OF REDUCTION IN CYSTITIS CERCOSIS. Veterinary medicine medicine.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.