Научная статья на тему 'QUYONLAR PSOROPTOZINI SAMARALI DAVOLASH USULINI ISHLAB CHIQISH'

QUYONLAR PSOROPTOZINI SAMARALI DAVOLASH USULINI ISHLAB CHIQISH Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Benzil benzoat 20% / emulsiya / malham / oltingugurt kukuni / brovermektin / akarasid / preparat.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — U.I.Rasulov, D.A.Boybutayeva, A.Sh.Shomaxsudov

Ushbu maqolada quyonlarda keng tarqalgan psoroptoz parazitar kasalligini arzon va samarali davolash usulini ishlab chiqishga, bundan tashqari ularning klinik ko‘rsatkichlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QUYONLAR PSOROPTOZINI SAMARALI DAVOLASH USULINI ISHLAB CHIQISH»

UDK:619:636.92:616.002:616.-084

QUYONLAR PSOROPTOZINI SAMARALI DAVOLASH USULINI ISHLAB

CHIQISH

U.I.Rasulov v.f.d.,dotsent, D.A.Boybutayeva tayanch doktorant, A.Sh.Shomaxsudov-^us/agil izlanuvchi, Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti

Аннотация Ushbu maqolada quyonlarda keng tarqalgan psoroptoz parazitar kasalligini arzon va samarali davolash usulini ishlab chiqishga, bundan tashqari ularning klinik ko'rsatkichlari,

Kalit so'zlar: Benzil benzoat 20%, emulsiya, malham, oltingugurt kukuni, brovermektin, akarasid, preparat.

Mavzuning dolzarbligi. O'zbekistonda quyonchilik chorvachilikning ancha yaxshi rivojlangan tarmog'i bo'lib kelmoqda. Ushbu issiq qonli hayvonlar butun yil davomida ko'payishi mumkin, urg'ochi quyonlar bug'ozlik davri o'rtacha 30-32 kunni tashkil etadi. Yosh quyonlar juda tez rivojlanadi. Hozirda Respublikamizda aholini go'sht mahsulotlari bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida chorvachilikni rivojlantirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Go'sht mahsulotlari kimyoviy tarkibi va ozuqaviy qiymati bo'yicha eng zarur oziq-ovqat mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Quyon go'shti parhez go'sht xisoblanib oqsilga boyligi hamda xolesterini kamroqligi bilan boshqa qishloq xo'jalik hayvonlar go'shtidan farq qiladi. Ma'lumki, barqaror oziq -ovqat bazasi va hayvonlarni saqlashning maqbul gigiyenasi chorvachilikning muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun shart-sharoitlarni belgilaydi. Hayvon organizmiga xos bo'lgan barcha samarali potensial xususiyatlardan to'liq foydalanishga xalaqit beradigan turli xil salbiy omillarni bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Noqulay omillarga ko'plab kasalliklar, shu jumladan parazitar kasalliklar kiradi, ular oarsida eng ko'p tarqalgani bu quloq qo'tiri-quyon psoroptozi. Quyonlarning psoroptozi keng tarqalgan invazion kasalligidir. Ma'lumotlarga ko'ra fermer xo'jaliklarda invaziyaning kengligi yuqori sonlar oralig'ida o'zgarib turadi va bu esa katta iqtisodiy zarar yetkazib kelmoqda.

Shuning uchun biz quyonchilik fermer xo'jaliklari va aholi quyon boquvchilarda quyonlar psoroptozini ajratib olib, davolash va oldini olishni maqbul bo'lgan usullarini ishlab chiqishni maqsad qildik.

Qo'tir kasalligining sabablarini aniqlash turli vositalar yordamida tashqi davolash usullaridan foydalanish 17 asrdan boshlab o'rganilib kelinmoqda. Qo'tirni davolash uchun ko'plab turli retseptlar taklif qilingan. Ular tarkibiga mishyak, oltingugurt,tamaki,smola,kreollar,lizol va benzin va boshqa moddalar kirgan

51

(R.S.Chebotarev, 1997) Birinchi davolashdan keyin qo'tir kanalari va lichinkalari o'ladi ammo qaysi akarasid preparat kuchsiz ta'sir etsa tuxumlari tirik qolishi mumkin,shu sababli davolashning 3-7 kunidan tuxumdan yana lichinka paydo bo'ladi. Bu esa kasal hayvonlarni akarasidlar bilan qayta -qayta davolash zarurligini tartibga soladi (V.S.Ershov,N.L. Zolotarev, V.A.Salyayev 1964; A.N.Davletshin, 2000; V.I.Malyarchuk,2001). V.G.Saushkin(2000), V.A.Yurkiyev, S.V.Berezkina (2000) avertin inyeksiyasini hayvon vazniga 0,2 mg/kg past terapevtik dozada yuqori samarali antiparaitik dori deb hisoblaydi. V.A.Sidorki, S.V.Semenov,S.V.Novikova (2000), Ivermekni qo'ylarning psoroptozi uchun mushak ichiga 50 kg tirik vazniga 1 ml dozada bir martalik va ikki marta qo'llash bilan samaradorlik 94,5-100% ga yetadi deb aytdi.

Tadqiqot obyekti, materiallari va usullari.

Samarqand viloyati Pastdarg'om tumanida" Darg'om Agro Velikan", Oqdaryo tumanidagi "Oq Muskat va Bulung'ur tumanidagi "Bo'riboy Mustayev Zamin Nur" nomli quyonchilik fermer xo'jaliklarida hamda aholi quyonchilik xo'jaliklarida va Samarqand veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga qarashli o'quv tajriba dalasida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi. Quyonlarga umumiy va maxsus tekshirish usullari qo'llanildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Tajriba uchun o'rtacha tana vazni 2,5-3 kg bo'lgan psoroptoz quyonlar turli joylardan olib kelinib alohida guruhlarga ajratildi. Tajriba uchun biz kasallikning klinik ko'rinishi, o'rtacha va jiddiy zararlangan 5 boshdan IV ta o'xshash guruhlar tamoyili asosida 20 bosh quyonlarda olib bordik. Davolash uchun to'rtala guruh quyonlarning quloqlariga, terisiga mexanik ishlov berildi. Tajribamizning I guruh quyonlar uchun Brovermektin dori vositasidan 1 ml 50 kg tana vazniga hisoblanilib har 7 kunda 1 martadan jami 2 marta teri orasiga inyeksiya qilindi. II guruh quyonlar uchun Benzil benzoat 20% emulsiya va malhamlardan qulog'iga dastavval shimdirilib keyin surtilib turildi. III guruh quyonlar uchun paxta yog'i va oltingugurt kukuni 1:1 nisbatda aralashtirilib surtilib turildi 1 kunda 1 mahaldan 2 kun davomida. IV guruhidagi quyonlar mexanik ishlov berildi nazorat sifatida o'rganilib borildi. Tajriba guruhlardagi barcha quyonlarda umumiy va maxsus tekshirishlar amalga oshirilib turildi. Tajribadagi barcha quyonlarda deyarli klinik belgilar bir xil quloqlarini osiltirib turishi, pulsi 200 tadan baland bo'lishi, nafas sonining oshishi, ishtahasining yo'qligi ozib ketish kabi belgilar kuzatilib turildi. Tajribamizning I guruhidagi quyonlarda davolash muolajasining samaradorligi 10 kunda natija berdi. Brovermektin faol modda sifatida quyon va yirtqich hayvonlarning quloq qo'tiriga qarshi qo'llaniladigan dorilar tarkibiga kiradi - ivomek, baymek, novomek, iversekt va boshqalar. Biroq, bu dorilar hayvonlarga teri ostiga yoki mushak ichiga yuborilganda hayvonlarda kuchli og'riqli va yallig'lanish reaksiyasi chaqirishi bo'lib, bu qo'shimcha stress omilini yaratishga sabab bo'ladi; qayta ishlash narxi oshadi, 2-3 hafta ichida hayvonning immuniteti tushishi kuzatiladi. Yuqoridagi

52

farmakologik vositalar chuqur to'qimalarga asta-sekin kirib boradi va past yallig'lanishga qarshi faollikka ega. Bundan tashqari, ular tanadan uzoq vaqt (21 kundan ortiq) saqlanadi.

Tajribamizning II guruhidagi quyonlarda davolash muolajasining samarali ta'siri 7 kunda ko'zga tashlandi. Benzil benzoat 20% emulsiya va malhamlarini har ikkisini qo'llanilganda ijobiy samara berishi teriga tez so'rilishi, dorining tan narxini pastligi yuqori samara berishi bilan ajralib turadi.

№ Guruhlar Psoroptoz quyonlar bosh soni Quyonlar psoroptozini davolashda qo'llanilgan dori vositalar:

1. I 5 - Quyonlarga mexanik ishlov berildi (ifloslangan junlar qirqildi, qatqaloqlar tozalanildi). - Bivermektin dori vositasidan 1 ml 50 kg tana vaziniga hisoblanilib har 7 kunda 1 martadan jami 2 marta teri orasiga ineksiya qilindi.

2. II 5 - Quyonlarga mexanik ishlov berildi (ifloslangan junlar qirqildi, qatqaloqlar tozalanildi). - Benzil benzoat-20% emulsiyasi hamda malhami shikastlangan joyiga shimdirilib keyin surtildi.

3. III 5 - Quyonlarga mexanik ishlov berildi (ifloslangan junlar qirqildi, qatqaloqlar tozalanildi). - Paxta yog'i va oltingugurt kukuni 1: 1 nisbatda aralashtirilib surtilib turildi 1 kunda 1 mahaldan 2 kun davomida.

4. IV nazorat 5 - Quyonlarga mexanik ishlov berildi (ifloslangan junlar qirqildi, qatqaloqlar tozalanildi).

III guruh quyonlarimizda dorining samarador ta'siri 8 kunda o'z tasir kuchini ko'rsatdi. Tajriba guruhlardagi barcha quyonlar 15 kunlik interval bilan davolanildi.

Tajribalar davomida quyonlar organizmining fiziologik ko'rsatkichlari ya'ni yurak urishi, nafas chastotasi tana harorati muntazam ravishda tekshirib turildi hamda tajriba va nazorat guruhlari bir xil ratsionga muvofiq oziqlantirilib borildi.

53

Tajribadagi quyonlarning klinik ko'rsatkichlari.

№ Tekshirish vaqti Tana harorati 0С P. 1 daqiqada Nafas soni 1 daq.

Me'y wrda

38,5-39,5 120-200 50-60

I tajribagacha 38,6±1,24 176±3,26 54,2±2,82

o'rtasida 39,6±2,18 188±1,92 53±1,93

yakunida 39,9±3,46 144±2,26 51,2±2,62

II tajribagacha 38,8±1,57 157±2,79 57±1,93

o'rtasida 39,7±2,30 175±1,16 56±1,93

yakunida 39,8±3,32 121±1,69 54±1,82

III tajribagacha 38,7±2,61 128±3,464 52±0,93

o'rtasida 39,2±1,57 121±4,25 54±1,55

yakunida 38,1±0,57 119±2,38 52±0,93

IV tajribagacha 39,3±1,61 208±3,46 64±0,93

o'rtasida 40,2±2,57 212±2,24 66±2,45

yakunida 41,1±1,21 225±2,38 64±2,93

Xulosa

1) Quyonlar psoroptoz parazitar kasalligini davolashda Benzil benzoat 20% emulsiya va malhamlarini ya'ni har ikkisi bir paytda qo'llanilganda davolashda yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega.

2) Quyonlar psoroptozini davolashda Benzil benzoat 20% emulsiya va malhamlarini birgalikda qo'llanilishi davolash muddatini 3 kunga qisqartiradi.

Adabiyotlar ro'yxati:

1. A.A. Shevtsov Veterinarnaya parazitologiya.-M «Kolos»1965

2. P.S. Haqberdiyev., F.B. Ibragimov Veterinariya protozoologiyasi va araxnoentomologiyasi.-T. 2020

3. K.I. Abuladze Praktikum po diagnostike invazionnix bolezney selskoxozay. jiv.- M «Kolos» 1978

4. I.V. Danilenko Lecheniye chesotki sosnovo- shelochno-krezolovim linementom//Veterinariya. -1947 №8.

5. Л.Л.Демьяненко Морфо-биологические особенности возбудителя и меры борьбы с псороптозом кроликов, автореферат дисс.биол.наук.-Уфа,2004,с,-25

6. А.Н.Давлетшин, . Н.Х.Жакупбаев Саркаптоидозы плотоядных животных. Екатеринбург, 2000.-с.24-38.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.